UOK: 376:37.06:316.752.4
GLOBALLASHUV SHAROITIDA YOSHLARNI BUZG'UNCHI AXBOROTLAR TAJOVUZIDAN HIMOYA QILISH
Xo'janova Tamara Jo'raevna,
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti dotsenti, f.f.n. E-mail: tamaraxujanova7@gmail.com Tel: (90) 996 06 20 F.f.d., professor G.K.Masharipova taqrizi asosida
ANNOTATSIYA
Maqolada globallashuv sharoitida yoshlarni buzg 'unchi axborotlar tajovuzidan himoya qilishning muhim jihatlari ilmiy jihatdan asoslab berildi. Globallashuv - bu butun jahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiyalashuv (bir-birga yaqinlashuv) jarayonidir. Asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurslarining erkin harakati, qonunchilik, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlarning madaniyatining qo 'shilish va yaqinlashuvidir. Bu ob'ektiv jarayon bo'lib jamiyatning barcha sohalarini qamrab oluvchi tizimli xususiyatga ega. Har qanday axborot xurujlaridan yoshlarni himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit so'zlar: axborot, globallashuv, tajovuz, ijtimoiy ong, mafkuraviy jarayonlar, axborot tarqatish, internet tizimi, usul, vositalar.
ЗАЩИТА МОЛОДЕЖИ ОТ ДЕСТРУКТИВНОЙ ИНФОРМАЦИИ В
В статье научно обоснованы важные аспекты защиты молодежи от агрессии деструктивной информации в условиях глобализации. Глобализация -это процесс всемирной экономической, политической, культурной интеграции и унификации (конвергенции). Основными чертами являются международное разделение труда, свободное движение капитала, рабочей силы и производственных ресурсов, стандартизация законодательства, экономических и технологических процессов, а также интеграция и сближение культур разных стран. Это объективный процесс, имеющий системный характер, охватывающий все сферы жизни общества. Важно защитить молодежь от любых информационных атак.
УСЛОВИЯХ ГЛОБАЛИЗАЦИИ АННОТАЦИЯ
133
www.birunijournal .uz
Ключевые слова: информация, глобализация, агрессия, общественное сознание, идеологические процессы, распространение информации, система Интернет, сердце и разум человека, метод, средства.
PROTECTING YOUTH FROM DESTRUCTIVE INFORMATION UNDER GLOBALIZATION
ABSTRACT
The article scientifically substantiates important aspects of protecting young people from the aggression of destructive information in the context of globalization. Globalization is a process of worldwide economic, political, cultural integration and unification (convergence). The main features are the international division of labor, free movement of capital, labor and production resources, standardization of legislation, economic and technological processes, as well as integration and rapprochement of cultures of different countries. This is an objective process of a systemic nature, covering all spheres of society. It is important to protect young people from any information attacks.
Keywords: information, globalization, aggression, public consciousness, ideological processes, dissemination of information, Internet system, human heart and mind, method, means.
KIRISH
Bugungi kunda axborot xurujlari insonning ijtimoiy ongini noto'g'ri shakllantirish va shu tariqa o'zligiga ega bo'lmagan olomonni tarkib toptirishni ko'zlagan holda, asosan internet vositasida kirib kelmoqda. Hozirgi davr dunyo miqyosida mafkuraviy jarayonlar misli ko'rilmagan darajada globallashib borayotgan davrdir. Axborot tarqatish jarayoni butun Er yuzini qamrab olmoqda. Darhaqiqat, olamning globallashuv sharoitida internet tizimi mafkuraviy ta'sir o'tkazishning asosiy vositasi bo'lib xizmat qilmoqda. Bu esa bugungi kunda o'ta jiddiy va xavfli muammolarni keltirib chiqarmoqda. Masalan, internetdan shaxs ongini vayronkor g'oyalar orqali zaharlash maqsadida foydalanish, aniqroq qilib aytganda, shaxsning qalbi va ongini mafkuraviy kurash ob'ektiga aylantirish mafkuraviy kurashning eng ommaviy va tezkor usullaridan biri bo'lib qolmoqda. Uni oldini olish, omillari, usul va vositalari ishlab chiqish eng dolzarb vazifalardan biridir.
- Mavzuga oid adabiyotlar tahlili (Literature review).
Globallashuv jarayoni N.Jo'rayev [1, 221 -b.] to'g'ri qayd etganiday, hozircha faqat qandaydir mavhum ijobiy jihatlari bilangina emas, balki ko'proq "hozirgi
134
www.birunijournal .uz
davr global muammolari"ni vujudga keltirgani bilan xarakterlidir. Ko'pchilik mutafakkirlar bu davrni xatto global kriziz (bo'hron) davri deb atamoqdalar. "XX asr krizisni kuchli his etish bilan boshlangan edi va shu hissiyot bilan poyoniga etdi", [2, 132-b.] - deb yozadi mashhur faylasuf S.I.Dudnik. Darhaqiqat, globallashuv zamonaviy jamiyatga ko'plab ijobiy jihatlar olib kirish bilan birga, insoniyat taraqqiyotidagi shunday pallani ham o'zida aks ettiryaptiki, endilikda dunyo xalqlari vujudga kelayotgan muammolarga qarshi yolg'iz kurasha olmaydi, ularni birgalikda hal qilish mumkin.
Globallashuvning salbiy oqibatlari asosan, quyidagi sohalarda namoyon bo'lmoqda: ekologiya, sog'liqni saqlash, demografik, resurslar, axloq, oila, ta'lim-tarbiya, ma'naviy, dunyoqarash va boshqalar shular jumlasidandir. Ayni shu ma'noda bugungi kunda eng yangi fan sinergetika ham shu krizis holatini ifodalash uchun "global bifurkatsiya nuqtasi" degan maxsus yangi tushunchani kiritgani, "katastrofalar nazariyasi"ni ishlab chiqqani bejiz emas. Chunki S.P.Kapitsa, S.P.Kurdyumov, G.G.Malinetskiy ta'kidlaganlaridek, "Olimlar siyosatchilarning qo'liga butun Planetadagi hayotni bir emas, birnecha necha bor yo'q qilish quvvatiga ega bo'la oladigan qurollarni tutqazdilar, vaholanki, kelajakda ularni qanday yo'qotish va nima qilish mumkinligini aniqlashga harakat qilmadilar.., ular energiyaning yangi manba'larini kashf etdilar va etmoqdalar, shuning bilan birga radioaktiv chiqindilar va yadroviy terrorizmdan qutulishday juda jiddiy muammolarini ham vujudga keltirdilar.., ular odamlarga antibiotiklarni sovg'a qildilar, ayni paytda, zararli mikroorganizmlarning tabiiy tanlanish jarayonini kuchaytirdilar" [3, 3-5-bb.].
Oksford universiteti direktori, professor Nik Bostrom bu ishlarning salbiy oqibatlari haqida o'ylab ko'rilmayotgani haqida shunday deydi: "Texnologik progressning tezlashuvi tufayli insoniyat hozir o'z taraqqiyotining keskin burilish nuqtasga katta tezlik bilan yaqinlashib kelayotgan bo'lishining ehtimoli katta. Insoniyatga yaxshi tanish bo'lib qolgan yadroviy xavf-u xatar yoniga endilikda nanotizimlar va mashina intellekti kabi sohalarning jadal rivojlana boshlagan texnologiyalari misli ko'rilmagan o'z imkoniyatlari va xatarlari bilan qo'shilmoqda [4, 6-10-bb.].
Bizning kelajagimiz, agar u bor bo'lsa, bizning ana shu jarayonlarga munosabatimizga bog'liq. Hamon biz jadal rivojlanayotgan texnologiyalarga bog'liq ekanmiz, insoniyat jamiyatidan "post-insoniyat" (keyingi insoniyat) jamiyatiga o'tish dinamikasini yaxshi anglab etishimiz kerak. Ayniqsa tuzoq qayerda joylashganini, muqarrar o'limga olib borishi mumkin bo'lgan yo'llarni payqay bilishimiz zarur"
135
www.birunijournal .uz
Bir necha yillik tadqiqotlari natijasida A.Chumakov "Globallashuv ijtimoiy hayotning barcha sohalarning, ma'naviy qadriyatlar, dunyoqarash yo'nalishlarini universallashuviga olib kelishi bilan birga, an'anaviylik, o'ziga xoslik va madaniy xilma-xillikni saqlashni istisno qilmaydi" [6, 259-b.], - degan xulosaga keladi. Bunday davrda shaxs murakkab ijtimoiy muhit sharoitida faoliyat ko'rsatishga majburdir. Inson yashayotgan zaminining, tinch va barqaror kechirayotgan hayotining mohiyatini to'la anglashi, qadrlashi, ya'ni ijtimoiy muhitning ob'ekti sifatida namoyon bo'lishi kerak.
- Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology). Maqolani yoshich jarayonida dialektik, retrospektiv, qiyosiy tahlil va tizimli yondoshuv kabi tadqiqot usullaridan foydalanildi.
- Tahlil va natijalar (Analysis and results). Globallashuv jarayoni kuchayib borayotgan hozirgi dunyoda davlatning raqobat shartlariga tez moslashuvi uning muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanishining asosiy ustunligi - ta'lim tizimining holati bilan aniqlanadigan, shaxsni ma'naviy rivojlantirish imkoniyatlari mavjudligi bilan bog'liq. Davlatning bugungi va istiqbolidagi barqaror iqtisodiy o'sishini ta'minlovchi omillar aynan ta'lim sohasi rivojlanishiga bevosita bog'liq. Shu sababli Yangi O'zbekiston iqtisodiyotini tubdan isloh qilish jarayonida ta'lim sohasida jahonda munosib o'rinni egallashga qaratilgan yangi uzluksiz ta'lim tizimini yaratish va rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.
Bu borada alohida ahamiyat kasb etadigan siyosiy globallashuv davlatlarning siyosiy tuzilishini, xalqlar va mintaqalar o'rtasidagi siyosiy aloqalarning kengayishini, o'zaro bog'liqligini ifodalaydi va oxir-oqibat, ularning unifikatsiyalashuviga olib keladi. Bunda o'ziga xos siyosiy munosabatlar ko'lamiga ko'ra global va barcha davlatlarning ichki tuzilishi bir tarmoqqa ulanib ketishi kuzatiladi [7, 521-524-bb.].
Globallashuv fenomeni ob'ektiv va ochiq ekanligini hisobga olinsa uning turli muqobillarda namoyon bo'lishi tabiiy tus oladi. SHunday ekan globallashuv jarayonining biror-bir aspektini mutlaqlashtirib, unga mutlaq ijobiy yoki mutlaq salbiy jarayon sifatida qarash nojoizdir. O'z navbatida nemis sotsiolog olimi U.Bek "SHubhasiz, globalizatsiya eng ko'p qo'llaniluvchi va eng ko'p suiste'mol qilinuvchi va eng kam o'rganilgan, ehtimol tushunarsiz mavhum, siyosiy jihatdan samarali so'zdir (bahs-munozarada kuchli qurol, shior)" [8, 40-b.], - deb yozadi.
Globallashuv jarayonida axborot olishning tezlashuvi, shuningdek, internet orqali uzatiladigan turli yangiliklarni ijobiy va salbiy jihatlarini tahlil qilish masalalarini e'tibordan chetda qoldirmaslikni taqozo etadi. Masalan, globallashuv haqida 1998 yilda Nobel mukofotini olgan Portugaliyalik yozuvchi J.Saramagu:
136
www.birunijournal .uz
"Men antiglobalistik harakatlar tarafdoriman. CHunki menga hozir sayyoramizda keskin tezlikda shakllanayotgan tartib, nizom yoqmaydi" - degan bo'lsa, J.Soros "globallashuvning shuncha kamchiliklariga qaramay, men uning rashkchi tarafdoriman. Men uni qo'llab-quvvatlashim sababi nafaqat u beradigan qo'shimcha boyliklar, balki u odamlarga berishi mumkin bo'lgan erkinlik sababli hamdir" [9, 176-b.], - deb yozadi.
Umuman olganda, globallashuv murakkab va serqirra jarayon bo'lib, uni turli mamlakatlar hayotiga o'tkazayotgan ta'siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, ma'naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog'liq. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o'tkazayotgan salbiy ta'sirini kamaytirish va ijobiy ta'sirini kuchaytirish, davlatlar kelajagini belgilab beruvchi asosiy omil bo'lib qolmoqda [10, 37-41-bb.].
Globallashuvning asosiy ko'rinishlari, tendensiyalari va oqibatlari tevaragidagi munozaralar so'ngi yillarda nafaqat jonlandi, balki qizg'in tus olmoqda. Bugun nafaqat bir davlatda, balki butun dunyoda bir-biriga qarshi kurash olib borayotgan "globalistlar" va "anti globalistlar"ga ajraldi. Ayrim olimlar globalizatsiyani farovon turmush, tanlash huquqi va yanada ko'prok erkinlik, ya'ni ko'chib yurish, to'liq axborot olish, ko'proq xaq to'lanadigan joyda ishlash, eng yaxshi universitetlarda ta'lim olish erkinligi bilan bog'lasalar, boshqalar uchun esa globallashuv insoniyatga taxdid soluvchi, global isish, atrof muhitning ifloslanishi, nazoratsiz migratsiya omillarining vujudga kelishi, ishsizlarning ko'payishi, an'anaviy qadriyatlarga putur etishi kabi muammolarni tug'diruvchi jarayon sifatida baholamoqdalar [11, 169-173-bb.]. Bizning nazarimizda, globallashuv, eng avvalo, taraqqiyot sur'atlarining tezlashuvi orqali butun insoniyat yalpi Er shari taqdirini birlashtirayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy-axloqiy, madaniy-ruhiy hodisa sifatida o'zini namoyon etayotgan bir paytda, uning yaxlit mohiyatining ijtimoiy-falsafiy jihatdan tadqiq etishni taqozo etmoqda. Ayni shu nuqtai-nazardan qaraganda, globallashuv odamlar orasida ma'lum bir universal va umumhajmli aloqani o'rnatishni nazarda tutadi [12, 256-b.].
XXI asr insoniyat tarixiga sivilizatsiyalararo muloqot asri, texnika texnologiya va axborot kommunikatsiyalar tizimi misli ko'rinmagan darajada takomillashib boruvchi asr sifatida kirib keldi. Ayni paytda dunyodagi hodisa va jarayonlarni globallashuv tendensiyasi, mamlakatlar, xalqlar o'rtasidagi sivilizatsiyalararo o'zaro ta'sirni yanada kuchayishiga sabab bo'lmoqda. Hozirgi vaqtda insoniyat tarixini sivilizatsiyaviy jarayonlar, ularning turli ko'rinishlari va bosqichlari sifatida qarash ilmda etakchi o'rinni egallaydi. Buning asosiy sabablari:
137
www.birunijournal .uz
Birinchidan, uning fan tarixida 250 yildan beri davom etib kelayotgan jiddiy an'analari mavjud;
Ikkinchidan, davrimizning barcha murakkabliklarini asosiy jixatlariga ko'ra sivilizatsiyaviylik yondashuv bilan xiyla keng tushuntirish mumkin;
Uchinchidan, tafakkurimizga, dunyoqarashimizga yillar davomida singdirilgan taraqqiyotni farmatsion bosqichdan iborat ekanligi haqidagi markscha-lenincha dogmaning ijtimoiy-gnoseologik jihatdan asossizligini ochib berish uchun ham taraqqiyot jarayoniga sivilizatsiyali yondashuv muhim o'rin tutadi [13, 339-340-bb.].
O'zgarishlarga qanchalik qarshilik ko'rsatilmasin, ular bari bir hayotimizga kirib kelaveradi. Ayniqsa, globallashuv jarayonidan o'zining g'arazli maqsadlari yo'lida foydalanuvchi kuchlar bor ekan, bu o'zgarishlardagi salbiy jihatlar ham kuchayib boradi. Binobarin, globallashuv jarayonining asosiy sub'ekti va harakatlantiruvchi kuchlari manfaatlariga hizmat qiladigan bunday sa'iy-harakatlardan ko'zlangan maqsad milliy manfaat va qadriyatlarga tayangan an'anaviy tafakkur tarziga zarba berib, butun dunyoda g'arbona andozalarga asoslangan, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy hamda madaniy jihatdan yagona tamaddun hukmronligini o'rnatishidan iborat. Bunday sa'y-harakatlarning hatarli jixati shundaki, uning boshqa tamaddunlar, xalqlar va davlatlar uchun qanday oqibatlar keltirib chiqarishi, masalan, yaqindagina mustaqillikka erishgan mamlakatlarning milliy manfaatlari, an'ana va qadriyatlariga qay tarzda ta'sir etishi mumkinligi global hukmronlikka intilayotgan kuchlarni u qadar tashvishlantirmaydi [14, 16-b.].
Ana shunday global ta'sirlar xalqaro telekommunikatsiyalar, internet tizimi orqali yoshlarimiz ma'naviyatiga salbiy ta'sir etayotganligi bugungi kunda isbot talab qilmaydigan xaqiqatdir. Kishilar ongli faoliyati tabiiy tarixiy jarayon, u kundalik a'nanaviy turmush faoliyatidan tarkib topmaydi, balki ongi shuuriga ta'sir qiluvchi vosita va omillarning mantiqan izchil va shaqlan xilma-xil hodisalari in'ikosi kishilar qalbini junbushga keltiruvchi vokeliklarning tafakkurida namoyon bo'lishidir.
Voqean inson har doim o'z qalbiga quloq tutishi, uning unsiz sadosini tinglay bilishi hayotiy zaruratga aylanadi. Kishilar ongli faoliyatining ganjinasi sifatida ma'naviyat jamiyat hayotida nakadar muhim o'rin tutishini yaqqol his qila boradi. Eng achinarlisi shundaki, intelektual aql va qobiliyat egalari bo'lgan ziyolilarni moddiy turmush sharoitlarini yaxshilash hamda ijtimoiy himoyasini ta'minlash masalasiga ham panja orasidan qaraldi. Ma'lumki, hech kim murabbiy va o'qituvchidek o'sib kelayotgan avlod qalbi va shuuriga kuchli ta'sir ko'rsata olmaydi. Ammo, uni avlod tarbiyasini yo'lga qo'yishda muammo bo'lgan ko'plab ob'ektiv sabablar qiynaydi. Avvalo, deyarli isitilmaydigan eski, talabga javob bermaydigan binolarda dars o'tish qolaversa, oylik maoshidan kelgusi oylik maos higacha amal-
138
www.birunijournal .uz
takal qilib yashash, uch-to'rt yil davomida o'ngib- o'chib ketgan kostyumda har kuni ishga kelish kabi holatlar unga ma'naviy-ruhiy jihatdan ta'sir etibgina qolmasdan, uni obro'-e'tiboriga, el orasidagi nufuziga, ijtimoiy madaniyatiga ham ta'sir etadi [15, 180-b.].
Bugun internetni cheklab qo'yish yoki axborot olishni taqiqlash bilan muammo hal bo'lmasligi barchamizga ayon. Shunday ekan, ongi va dunyoqarashi endigina shakllanayotgan yosh avlodning ma'naviy olami daxlsizligini asrash oldimizda turgan eng muhim masalalardan biridir [16, 54-55-bb.].
- Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations).
Axborot makonidagi real voqelikdan kelib chiqib, keng jamoatchilikning manfaatlarini ro'yobga chiqarish maqsadida yoshlarimizni nosog'lom axborotl ardan himoyalash masalasini tartibga soluvchi huquqiy mexanizmlarni yanada takomillashtirish, turli ma'naviy buzg'unchilik va vayronkorlik harakatlari va xurujlarining oldini olish, aholi, ayniqsa, unib-o'sib kelayotgan yoshlarimizda ularga nisbatan ma'naviy immunitetni shakllantirish, ezgu g'oyalarni targ'ib qilishga alohida e'tibor qaratish, ta'limning barcha bosqichlari uchun o'quv va amaliy dasturlar ishlab chiqish va ularni joriy etish, yoshlarning ma'naviy-ma'rifiy savodxonligini yangi bosqichga ko'tarishni talab etadi. Internet orqali berilayotgan tahlillar kim tomonidan va qanday manfaatlarni ko'zlashi, mediamatnlardagi targ'ibot-tashviqotni, bir -yoqlamalikni va buning sabablarini, ma'lumot tarqatuvchining niyatlarini bilish uchun keng dunyoqarash, ma'lum bilim va ko'nikmalar talab etiladi. SHuning uchun yoshlarning internet tarmog'iga ko'p tashrif buyurishini e'tiborga olib, tarmoqda milliy axborot tizimi va manbalarini yanada boyitish, ma'rifiy saytlarga ko'proq e'tibor berish zarur, deb hisoblaymiz.
ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Jurayev N. Tarix falsafasining nazariy asoslari. - Toshkent: Ma'naviyat, 2008. -
2. Дудник С. И. Парадигмы исторического мышления ХХ века: очерки по современной философии культуры. - СПб.: Санкт-Петербургское философское общество, 2001. - Б.132.
3. Капица С.П., Курдюмов С.П., Малинецкий Г.Г. Синергетика и прогнозы будущего Изд. 2-ое. - Москва: Эдиториал УРСС, 2001. - Б. 3-5.
4. Masharipova G.K. Development of scientific creativity in the era of renaissance // International conference bridge to science. - San Francisco, California, USA conference proceedings. Research work april, 15, 2019. - Pp. 6-10.
B.221.
139
www.birunijournal .uz
5. Ник Бостром - Ph.D., is Director of Oxford University's new Future of Humanity Institute.Yrpo3bi существованию человечества. Анализ сценариев вымирания. http: //www.nickbo strom.com.
6. Чумаков А.Н. Глобализация. Контуры целостного мира. - Москва: Проспект, 2005. - С.259.
7. Masharipova G.K. Globallashuv jarayoni to'g'risida zamonaviy yondashuvlar va madaniyatlararo integratsiya masalasi // «Mustaqillik sharoitida xalqimizning g'oyaviy tarbiyalanishining dolzarb masalalari» mavzusida onlayn respublika miqyosida ilmiy-nazariy anjuman. 2020-yil 5 may. - B.521-524.
8. Бек У. Что такое глобализация? - Москва, 2001. - Б.40.
9. Сарамагу Ж. Почему я поддерживаю антиглобалистов//Россия в глобальной политике. 2003. - №1. - С.176.
10. Masharipova G.K. Globallashuv jarayoni va ma'naviy tahdidlarning yoshlar ma'naviyatiga ta'siri. // "Sog'lom avlod tarbiyasida ma'naviyatning o'rni" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to'plami. - Toshkent, 2014. - 37-41-bb.
11. Xo'janova T. Axborotlashgan jamiyat va uning mafkuraviy texnologiyalarini OAV tizimidagi to'g'ri foydalanishning yosh avlodni g'oyaviy himoyalashdagi ma'no-mazmuni va ahamiyati. - O'zMU xabarlari. 2022 1/8. - 169-173-bb.
12. Xo'janova T. Mafkuraviy profilaktika - yosh avlodni g'oyaviy himoyalash omili (ijtimoiy-falsafiy tahlil). Monografiya. - Toshkent, «O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2019. - 256 b.
13. Masharipova G.K. Globallashuv va XXI asr yoshlari // "Globallashuv va milliy-ma'naviy taraqqiyot tеndеntsiyalari" Rеspublika ilmiy-amaliy anjumanidagi mavzusidagi ma'ruzalar to'plami. (2015 yil 23 may) - Toshkent, 2015. - 339-340-bb.
14. Umarov B. G'arb tamadduni: inqiroz alomatlari. - "Tafakkur" jurnali, 2/2007 yil, 16-bet.
15. Жумаев Р.З. Политический система Республики Узбекистан: постоновление и развития. - Тошкент: Фан, 1996, стр. 180.
16. Qosimova N. Internet jurnalistikaning texnologik asoslari. - Toshkent, 2012. 5455 betlar.
140
www.birunijournal .uz