Научная статья на тему 'GLOBALIZATSIYA SHAROITIDA INVESTITSION JOZIBADORLIK HAMDA INVESTITSIYALAR KOʻLAMINI OSHIRISHNING IQTISODIY OMILLARI'

GLOBALIZATSIYA SHAROITIDA INVESTITSION JOZIBADORLIK HAMDA INVESTITSIYALAR KOʻLAMINI OSHIRISHNING IQTISODIY OMILLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
233
61
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
investitsiya / investitsiya muhiti / investitsiya jozibadorligi / iqtisodiy omillar / investitsion loyiha / erkin iqtisodiy zona.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Asliddin Junaydullayevich Abdulloyev, Adhamjon Rahmonjonovich Eshmurodov

Mazkur maqolada investitsiya muhitining mohiyati, xorijiy investitsiyalarning iqtisodiyotdagi o‘rni hamda o‘zlashtirilgan investitsiyalarning tarkibi xususida so’z borgan, shuningdek, investitsion loyihalar tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GLOBALIZATSIYA SHAROITIDA INVESTITSION JOZIBADORLIK HAMDA INVESTITSIYALAR KOʻLAMINI OSHIRISHNING IQTISODIY OMILLARI»

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 5 I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

GLOBALIZATSIYA SHAROITIDA INVESTITSION JOZIBADORLIK HAMDA INVESTITSIYALAR KO'LAMINI OSHIRISHNING IQTISODIY

OMILLARI

Asliddin Junaydullayevich Abdulloyev Adhamjon Rahmonjonovich

Eshmurodov

Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot (PhD), dotsent (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)

mutaxassisligi 1-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada investitsiya muhitining mohiyati, xorijiy investitsiyalarning iqtisodiyotdagi o'rni hamda o'zlashtirilgan investitsiyalarning tarkibi xususida so'z borgan, shuningdek, investitsion loyihalar tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: investitsiya, investitsiya muhiti, investitsiya jozibadorligi, iqtisodiy omillar, investitsion loyiha, erkin iqtisodiy zona.

Kirish

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasida "iqtisodiy o'sishga, avvalo, raqobatdosh sanoat zanjirlarini yaratish hamda bunday loyihalarga investitsiyalarni ko'paytirish orqali erishiladi" [1] deb ta'kidlab o'tgan edi. Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy resurslar unumdorligi va tejamkorligini oshirish, qulay investitsion va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, iqtisodiyotni texnik-texnologik jihatdan yangilash orqali modernizatsiya qilish, investitsion jarayonlarni raqobatbardosh yuqori texnologik bilimlar iqtisodiyotiga yo'naltirish asosida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo'yicha ilmiy izlanishlarni yanada chuqurlashtirish maqsadga muvofiq.

Xorijiy investitsiyalarni respublika iqtisodiyotiga jalb etish uchun zaruriy shartsharoitlar yaratilishi muhimdir, u, qachonki, qaysi mamlakatda iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va huquqiy shart-sharoitlar mavjud (ijobiy) bo'lsagina o'sha davlat iqtisodiyotiga qo'yilishi mumkin [3. B. 320].

Muhokama va natijalar

Ilmiy adabiyotlarda investitsion muhit terminiga juda ko'p tushunchalar berilgan. Jumladan, Glagoleva va Beloguralarning fikricha, "mamlakat yoki mintaqaning investitsion muhiti moliyaviy qo'yilmalar jozibadorligi ma'lum darajasini belgilovchi

792

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy hamda davlatni huquqiy sharoitlari tavsifini birgalikda umumlashtirilganidir" [3. B.15].

Investitsion muhit to'g'risidagi ilmiy qarashlarni umumlashtirgan xolda, bu tushunchani ma'lum investitsion jarayonlarni amalga oshishi va rivojlanishini belgilaydigan turli omillar yig'indisi sifatida ifodalanganligini ko'rish mumkin.

Shunday qilib, investitsion muhit - bu u yoki bu xo'jalik tizimini investitsiyalashni imkoniyatlari va jozibadorligini oldindan belgilab beruvchi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, madaniy, tarixiy, moliya, boshqaruv va boshqa shart-sharoitlarni umumlashgan tavsifidir.

O'zbekistonda asosiy kapitalga investitsiyalar o'sish tendensiyasiga ega bo'lib borayotgani investitsiya muhitining qulayligidan dalolat beradi. Bunday investitsiya holati iqtisodiy o'sish texnologik darajasini tezkor o'zgartirish imkoniyatini berib kelmoqda. Ko'plab ekspertlarning fikrlariga qaraganda, o'sish sur'atlarini yanada oshirib borish taqozo etilmoqda. Investitsiyalarning bunday o'sish sur'atlari investorlar uchun qulay muhit yaratilganligi, investitsiya dinamikasi va tarkibiga ta'sir ko'rsatadigan jami iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy, siyosiy va ijtimoiy sharoitlar bilan belgilanadi. Xususan, investitsiyalar importining oshib borayotganligi ham bundan dalolat berib turibdi. Ijobiy investitsiya muhitini yaratish vazifasini hal qilgan holda iqtisodiyotning globallashuvi jahonda mavjud investitsiya resurslaridan foydalanishni kengaytirgan holda shu orqali investitsiya retsipiyentlari o'rtasidagi raqobatni kuchaytirishini ko'zda tutish muhim. Mos ravishda, agar biz tashqaridan qo'yilmalar hajmini oshirishni xohlasak, ular uchun raqobatchilardan ko'ra yaxshiroq sharoitlarga ega bo'lishimiz kerak. Bunda nafaqat xorijiy, balki milliy investitsiya resurslari ham ko'zda tutilmoqdaki, ularning chet elga «oqib ketishi» ular uchun o'z mamlakatida yaratilgan muhit unchalik qulaymasligini ko'rsatadi. Mintaqalar investitsiya muhitining mazmuni quyidagilar hisoblanadi:

- obyektiv omillar;

- iqtisodiyotning turli darajalari bo'yicha investitsiya muhitini tabaqalashtirish;

- milliy iqtisodiyot investitsiya muhitining mintaqalar investitsiya muhitlari majmuiga olib kelmasligi (sinergizm xossasi);

- mintaqa iqtisodiy tizimiga investitsiya muhitini kiritish;

- ma'lum sharoitlar oqibati sifatida turli risklarning vujudga kelishi. Investitsiya muhitini doimiy ravishda monitoring qilish vazifasi dolzarb

hisoblanadi. Milliy iqtisodiyot uchun uchinchi ko'rinish ko'proq ustuvor hisoblanadi, chunki u quyidagilarga imkon beradi:

- investitsiya muhitini tahlil qilish jarayonida sub'ektivizmni kamaytirish;

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

- barcha darajalarda investitsiya muhitini yaxshilash bo'yicha axborotlar yig'ish, qayta ishlash va uzatish, monitoring tizimi boshqaruvini soddalashtirish;

- mintaqalararo tuzilmalar o'xshashligi va farqlarini hisobga olish.

2020 yil 6 oyligida o'zlashtirilgan xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 4,8 mlrd. dollarni, shu jumladan, to'g'ridan - to'g'ri xorijiy investitsiyalar - 3,2 mlrd. dollarni va davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar - 1,6 mlrd. dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, asosiy kapitalga kiritilgan to'g'ridan - to'g'ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2,6 mlrd. dollarni tashkil etib, 2019 yildagi shu ko'rsatkichga nisbatan 1,2 marotaba o'sish kuzatildi. To'g'ridan - to'g'ri xorijiy investitsiyalarning umumiy investitsiya hajmidagi ulushi 29,5% gacha o'sdi. Mazkur davrda 494 ta loyiha ishga tushirildi: 28 ta yirik ishlab chiqarish korxonasi va 466 ta hududiy ahamiyatga ega sanoat ob'ektlari. O'zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalarni kiritish bo'yicha Rossiya, Xitoy, Germaniya va Turkiya davlatlari yetakchilik qildi, respublika iqtisodiyotiga investitsiya kiritgan mamlakatlarning umumiy soni 37 tani tashkil etdi. Ushbu davrda elektrotexnika sanoati (o'sish - 13 barobar), qurilish materiallari ishlab chiqarish (o'sish - 3,6 barobar), AKT (o'sish - 3,5 barobar) sohalari investorlar uchun eng jozibador bo'lib qoldi. Oziq-ovqat sanoati (o'sish - 1,5 barobar), kimyo sanoati (o'sish - 1,3 barobar) va to'qimachilik sanoati (o'sish - 1,6 barobar) ham yaxshi o'sish dinamikasini ko'rsatdi. Shu bilan birga, mintaqaviy ahamiyatga molik loyihalarga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb qilishning o'sish tendensiyasi mustahkamlandi va ushbu davrda 2 mlrd. dollarni tashkil etib, 1,05 barobarga oshdi. Umumiy summaning 1,6 mlrd. dollari asosiy kapitalga yo'naltirildi. Hududiy loyihalar doirasida investitsiyalarni o'zlashtirish hajmi to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar umumiy hajmining 62,3 foizini tashkil etdi[4].

2021 yilda O'zbekiston Respublikasida 21 ta erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) mavjud bo'lgan bo'lib, ulardan 19 tasi sanoat, 1 tasi qishloq xo'jaligi va 1 tasi turizm sohasiga ixtisoslashgan. 2008 yildan 2021 yilgacha bo'lgan davrda erkin iqtisodiy zonalar hududlarida 2,4 milliard dollarlik jami 448 ta loyihalar amalga oshirildi. Umumiy summadan 764,6 mln dollarni to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar tashkil etadi. Loyihalar hisobiga 34 mingga yaqin yangi ish o'rinlari yaratildi. Ushbu loyihalarning eng yirigi Angren EIZ (730,7 mln dollarlik 73 ta loyiha), "Urgut" EIZ (312,9 mln dollarlik 55 ta loyiha), "Navoiy" EIZ (282,8 mln dollarlik 53 ta loyiha) va "Buhoroagro" ElZda (325,1 mln dollarlik 112 ta loyiha) amalga oshirildi. 2020 yil yakuniga qadar faoliyat ko'rsatayotgan EIZ hududlarida umumiy qiymati 487,4 mln dollarga teng bo'lgan 128 ta loyiha amalga oshirildi. Shundan 162,1 mln dollarni to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar tashkil etadi. Loyihalar zamonaviy issiqxonalar qurish (204,7 mln dollarlik 62 ta loyiha), qurilish materiallari ishlab chiqarish (140 mln dollarlik 18 ta loyiha), kimyo va neft-kimyo sanoati (50,6 mln dollarlik 13 ta loyiha),

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

oziq-ovqat sanoati (15,9 mln dollarlik 10 ta loyiha), to'qimachilik sanoati (20,1 mln dollarlik 8 ta loyiha), mashinasozlik (6 mln dollarlik 2 ta loyiha), charm-poyabbzal sanoati (14,9 mln dollarlik 5 ta loyiha), elektrotexnika sanoati ( 13,7 mln dollarlik 3 ta loyiha), farmatsevtika sanoati (56,3 mln dollarlik 6 ta loyiha), mebel va qog'oz ishlab chiqarish (1,1 mln dollarlik 1 ta loyiha) kabi sohalarni qamrab oldi [5].

Yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo'lsak, mamlakatimizda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, hududlarni investitsion jozibadorligini oshirishga qaratilgan hamda jalb etilgan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar samaradorligini oshirish bo'yicha tizimili ishlar tashkil etilgan. Bundan tashqari investitsion loyihalar samaradorligini monitoringini amalga oshirish bo'yicha ma'ul hududiy organlar tashkil etilgan. Amalga oshirilgan bu chora-tadbirlar investitsiyalarni hududlarni va mamlakat iqtisodiyotiga yanada ko'proq xissa qo'shishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Узбекистан Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг 2020 йил 29 декабрдаги Узбекистан Республикасининг Олий Мажлисга мурожаатномаси. www.prezident.uz

2. Мустафакулов Ш.И. (2017). Инвестицион му^ит жозибадорлиги. Илмий-амалий кулланма. Тошкент: Baktria press,320 б. / Mustafakulov Sh.I. (2017). The attractiveness of the investment climate. Scientific and practical guide. Tashkent: Baktria press, 320 p.

3. Глаголев П., Белогур С. (1997) Инвестиционные просторы России // Российский инвестиционный вестник. № 3. с 15. / Glagolev P., Belogur S. (1997) Investment spaces of Russia // Russian investment bulletin. No. 3. p. 15.

4. https: //strategy.uz/index.php?news= 1033&lang=uz2

5. https://mift.uz/uz/menu/svobodnye-ekonomicheskie-zony-uzbekistana-itogi-2020goda-i-perspektivy-razvitiia-na-2021-god

Xulosa

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.