Научная статья на тему 'TOʻGʻRIDAN-TOʻGʻRI XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISH – IQTISODIY TARAQQIYOT GAROVI'

TOʻGʻRIDAN-TOʻGʻRI XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISH – IQTISODIY TARAQQIYOT GAROVI Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
3606
508
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
investitsiya / xorijiy investitsiyalari / asosiy kapital / investitsiya muhiti / to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar / imtiyozlar / yalpi ichki mahsulot / chet el investitsiya ishtirokidagi korxonalar. / investment / foreign investment / fixed capital / investment climate / foreign direct investment / incentives / gross domestic product / enterprises with foreign investment.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Sitorabonu Bahodir Qizi Rahmonova

Maqolada to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar mazmuni, jalb qilish shakllari, O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishdagi roli yoritilgan, shuningdek investitsiya muhiti jozibadorligini oshirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar faol jalb qilishga qaratilgan taklif va tavsiyalar shakllantirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ATTRACTING THE RIGHT FOREIGN INVESTMENT GUARANTEE OF ECONOMIC DEVELOPMENT

The article describes the content of foreign direct investment, forms of attraction, its role in the development of the economy of Uzbekistan, as well as to increase the attractiveness of the investment climate and the active involvement of foreign direct investment focused suggestions and recommendations are formed.

Текст научной работы на тему «TOʻGʻRIDAN-TOʻGʻRI XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISH – IQTISODIY TARAQQIYOT GAROVI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

TO'G'RIDAN-TO'G'RI XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISH -

IQTISODIY TARAQQIYOT GAROVI

Maqolada to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar mazmuni, jalb qilish shakllari, O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishdagi roli yoritilgan, shuningdek investitsiya muhiti jozibadorligini oshirish va to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar faol jalb qilishga qaratilgan taklif va tavsiyalar shakllantirilgan.

Tayanch so'zlar: investitsiya, xorijiy investitsiyalari, asosiy kapital, investitsiya muhiti, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar, imtiyozlar, yalpi ichki mahsulot, chet el investitsiya ishtirokidagi korxonalar.

ATTRACTING THE RIGHT FOREIGN INVESTMENT - GUARANTEE OF

ECONOMIC DEVELOPMENT

The article describes the content of foreign direct investment, forms of attraction, its role in the development of the economy of Uzbekistan, as well as to increase the attractiveness of the investment climate and the active involvement of foreign direct investment focused suggestions and recommendations are formed.

Key words: investment, foreign investment, fixed capital, investment climate, foreign direct investment, incentives, gross domestic product, enterprises with foreign investment.

Jahonda globallashuv jarayonlarining tezlashib borishi hozirgi davrda mamlakatlar iqtisodiyotida to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish imkoniyatini oshirishni taqoza etmoqda. "To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiya mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda eng asosiy omillardan hisoblanadi" [1]. Dunyo mamlakatlari ilmiy tadqiqotlarida to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishda davlat mulkining va davlat ulushi bo'lgan xo'jalik yurituvchi jamiyatlarning ishlab chiqarish maydonlari va ob'ektlaridan samarali foydalanish, investitsiyalarni faol jalb etish uchun qulay sharoitlarni shakllantirish, yangi raqobatbardosh ishlab chiqarishlarni

Sitorabonu Bahodir qizi Rahmonova

Toshkent moliya instituti

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

va kichik korxonalami rivojlantirishni yanada qo'llab-quvvatlash masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.

O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda hududlar roli nihoyatda muhim hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotda xorijiy investitsiyalarni jalb etishning asosiy muommolaridan biri, hududlarda ularni to'g'ri taqsimlash muommosidir. «O'zbekiston Respublikasining investitsiya salohiyatini to'liq ro'yobga chiqarish, investitsiya muhitini yanada takomillashtirish, yillik investitsiya dasturlarini sifatli ishlab chiqish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratish, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumatlarning moliya institutlari, yetakchi chet el kompaniyalari va bank tuzilmalari bilan hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, jalb etiladigan chet el investitsiyalari samaradorligini oshirish" [2] vazifasi alohida belgilab berildi.

ASOSIY QISM

To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar keng qamrovli tushuncha bo'lib, uni quyidagicha izohlab chiqamiz.

O'zbekiston Respublikasining «Investitsiya va investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qonuniga ko'ra, to'g'ridan to'g'ri chet el investitsiyalari-chet ellik investorning hukumat kafolatlarisiz, tavakkalchilik sharoitlarida o'z mablag'lari yoki qarz mablag'lari hisobidan investitsiyalari [3].

A.Sh.Bekmurodov fikricha, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar-investorga korxonani nazorat qilish huquqini beruvchi kapitalni to'g'ridan-to'g'ri eksport qilish va shu bilan karxona asosiy bosh kompaniyasining xorijiy sho'ba korxonasiga aylanadi [4].

B.A.Vaxobov esa to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar-investorga iqtisodiy faoliyati ustidan ta'sirchan nazorat etish imkonini beradigan investorning uzoq muddatli, firmaning kamida 10 foizi ulushiga yoki aksiyadorlar kapitaliga egalik qilishiga imkon beradigan investitsiyalardir, deb ta'kidlaydi [5].

A.S.Azizov to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar atamasini, avvalo, xo'jalik faoliyati ustidan qisman yoki to'liq nazoratni ta'minlash orqali xorijiy korxonaga investitsiya sifatida tushunish kerakligini ta'kidlaydi[6].

To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning asosiy omillari bozorlar va resurslarga kirishdir. Chet el kapitalining faqat ayrim mintaqalarda va ayrim tarmoqlarda kontsentratsiyasi boshqa mintaqalar iqtisodiyotining rivojlanishini cheklaydi, birinchi navbatda sanoati rivojlanmagan mintaqalar iqtisodiyotiga ta'sir qiladi [7].

Tadqiqot metodologiyasi

Maqolada guruhlash, taqqoslash, prognozlashtirish, tahlil va sintez usullaridan keng foydalanilgan.

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 4 I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Tahlil va natijalar

Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo'lsa, o'z iqtisodiyotining barqaror o'sishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya -bu "iqtisodiyot drayveri", desak, mubolag'a bo'lmaydi. Investitsiya bilan turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg'or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi [8].

To'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni jalb etishdagi asosiy muammolar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: investitsiya infratuzilmasining yetarli darajada rivojlanmaganligi; tijorat banklari, investitsiya fondlari, sug'urta va lizing kompaniyalarining investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ularning ishtirokini samarali yo'lga qo'yilmaganligi; sifatli va talab darajasidagi malakali ishchi kuchining yetishmasligi va shulardan iborat.

2017-2020 yillarda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga jalb qilingan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar oqimini ko'rib chiqadigan bo'lsak, uni quyidagi 1-rasm orqali ifodalab chiqamiz.

1000 900 800 700 600 500 400 300 200 100 0

1-rasm. 2017-2020 yillarda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga jalb qilingan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar oqimi [9]

Yuqoridagi rasm ma'lumotlarini tahlil qilib chiqadigan bo'lsak, 2020 yil yakuniga kelib, rivojlangan mamlakatlarda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar oqimi 58 foizga qisqargan, ammo rivojlanayotgan mamlakatlarda ushbu ko'rsatkich 8 foizga tushgan ko'rinib turubdiki asosan rivojlangan mamlakatlarda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar oqimi sezilari darajada tushub ketgan.

■ Rivojlangan mamlakatlar ■ Rivojlanayotgan mamlakatlar

_950

2017 2018 2019 2020

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

2020 yilda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarning 22,1 foizi tabiiy gaz ishlab chiqarish sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga, 22,5 foizi boshqa metall bo'lmagan mineral mahsulotlarni ishlab chiqarish, 9,3 foizi qurilish ishlariga yo'naltirilgan.

Bundan tashqari, eksport salohiyati yuqori bo'lgan - mashinasozlik, elektrotexnika, metallurgiya, kimyo va farmatsevtika tarmoqlarida asosiy kapitalni shakllantirish uchun to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarning darajasi pastligicha qolmoqda. «Mazkur tendensiya ushbu sohalarda qulay investitsiya muhiti yaratilmaganligi, xususan raqobat muhiti, xususiy mulk daxlsizligi, moliya bozorlari, ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasida tizimli muammolarning mavjudligidan dalolat beradi»,

Shuningdek, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarning yuqori texnologiyali va inson kapitaliga faol yo'naltirilmasligi mamlakatda yuqori darajadagi inklyuziv o'sishga erishish va kambag'allik darajasini qisqartirish kabi maqsadlarga erishish jarayonini xavf ostiga qo'ymoqda. Investitsiya muhitini yaxshilash sohasida asosiy qadam xususiy va to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo'yicha shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan sa'y-harakatlar orqali to'liq va samarali institutsional asosni shakllantirish kerak deb hisoblaymiz.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Hayotning o'zi va o'tgan yillar tajribasi hududlarni kompleks rivojlantirishni va infratuzilma faoliyatini tubdan o'zgartirishni ta'minlashdagi jiddiy kamchiliklarni bartaraf etishni talab qilmoqda [10].

O'zbekistonda 2021 yilda jami 10 milliard dollardan ortiq, jumladan, 8,1 milliard dollar to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiya o'zlashtirilgan. Buning natijasida 318 ta yirik va 15 mingdan ziyod hududiy loyiha amalga oshirilib, 273 mingdan ortiq ish o'rni tashkil etilgan. Yangi korxonalar jami 1 milliard dollardan ziyod eksport va 530 million dollarlik import o'rnini to'ldirish imkoniyatiga ega.

Ta'kidlanishicha, koronavirus pandemiyasi iqtisodiy jarayonlarga hamon jiddiy ta'sir o'tkazayotganiga qaramay, eksportda izchil o'sishga erishilmoqda. Xususan, 2020 yilda mamlakatda eksport miqdori 9 milliard dollardan oshgan bo'lsa, 2021 yilda 12 milliard dollarni tashkil etgan. E'tiborlisi, bunda tayyor va yarim tayyor mahsulotlar ulushi sezilarli ko'paygan. 2022 yilda 9,5 milliard dollardan ziyod to'g'ridan to'g'ri xorijiy sarmoyalarni o'zlashtirish, 282 ta yirik va 9 mingdan ortiq hududiy loyihalarni ishga tushirish mo'ljallangan. Eksport hajmini 14 milliard dollarga yetkazish hisob-kitob qilingan.

2022 yil 1 yanvar holatiga ko'ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko'rsatayotgan korxonalarning soni 2017 yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,7 barobarga oshgan bo'lib, 2022 yilda ushbu ko'rsatkich 13289 tani tashkil qildi. Bunga sabab 2018 yil 1 avgustdan boshlab mamlakatimizda xorijiy

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 4 I 2022|

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

investitsiya ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitalidagi xorijiy investitsiyalarning ulushi 30 foizdan 15 foizga kamaytirilishi natijasida ushbu ko'rsatkichga erishilgan.

4,5 --4,2

4 -

3,5 3

2,5 2 1,5 1

0,5 0

_2,3

1,8 1,7

I ,

2017 2018 2019 2020 2021

2-rasm. 2017-2021 yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilgan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar oqimi mlrd. AQSH dollar [11]

2-rasm ma'lumotlarini tahlil qiladigan bo'lsak, mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilingan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar oqimi yillar davomida o'sish va pasayish tarzda davom etgan. Shuningdek, 2020 yilda pasayish tendensiyasi kuzatilgan bunga sabab covid-19 pandemiyasi ta'siri desak to'g'ri bo'ladi. Ammo 2021 yilga kelib to'g'ri xorijiy investitsiyalar oqimi 2,5 barobarga o'sgan bunga sabab mamlakatimizda xorijiy investorlarga yaratilgan shart-sharoitlar shuningdek, qulay investitsiya muhiti yaratilgani bois to'g'ri xorijiy investitsiyalar hajmi ko'paygan.

Mamlakatimiz iqtisodiyotiga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun tayyor investitsiya takliflarini ishlab chiqish, investitsiya va biznes forumlar, taqdimotlar («Road Show») va marketing kampaniyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo'yicha ustuvor yo'nalishlarni tashkil etish ustuvor yo'nalishlar sifatida qayd etiladi.

Shuningdek, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni taqsimlashda cheklashlar va iqtisodiyotning ustuvor yo'nalishlarini rivojlantirishda investitsiyalarni rag'batlantirish, xususiy mulkni dahlsizligi kafolatlarini mustahkamlashda davlatning rolini oshirish maqsadga muvofiq.

Investitsiyalarni jalb etish va biznesni yuritish shart-sharoitlarini (qulay investitsion va ishbilarmonlik muxitini, kredit resurslarga erishish imkoniyatlarini, kreditlash va xalqaro savdo sohalaridagi rasmiyatchiliklarni soddalashtirishni) ta'minlash, hududlarga investitsiyalarni jalb etish va ularni o'zlashtirishda soliq pereferensiyalarini berish bo'yicha normativ bazani takomillashtirish bilan bir vaqtda

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

mahalliy xokimiyat organlarining qabul qilinayotgan qarorlar bo'yicha mas'uliyatlarini oshirish to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga jalb etish va uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ta'siri oshirish uchun xizmat qilishi mumkin.

To'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo'yicha quyidagi xulosalarga kelindi. Jumladan:

To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishning samarali tizimini yaratish uchun birinchidan, rivojlanish strategiyani ishlab chiqish, ikkinchidan, "yo'l xaritalari" yaratish, uchinchidan, o'zoq yillarga mo'ljallangan konseptsiya ishlab chiqish zarurligi asoslandi. Investitsiyalarni kiritish qarorini qabul qilishga ta'sir ko'rsatuvchi omillar to'plami investorning qaysi tarmoqqa mansubliligiga qarab farqlanadi, lekin barcha turdagi va guruhdagi investorlarni jalb qilishda hududning investitsion muhitini tavsiflovchi va unga xizmat qiluvchi indikatorlar mavjud bo'lishi maqsadga muvofiqligi ilmiy jihatdan asoslandi.

To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish tizimini takomillashtirish quyidagi vazifalarni amaliy ijrosini ta'minlash o'rinli:

to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarga oid milliy qonunchilikni xalqaro va mintaqaviy standartlarga uyg'unlashtirish, xalqaro tajribada investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash bo'yicha turli modelli huquqiy tartibga solish usullaridan foydalanish;

innovatsion loyihalarni ishlab chiqayotgan va uni joriy etayotgan yuqori texnologik tarmoqlarga va korxonalarga qo'shimcha rag'bat va imtiyozlar berish;

to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar bilan kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, xususan ularning ishlab chiqarish zanjiriga kirish orqali mahalliy iqtisodiyotni jahon bozoriga integratsiyalashuvini ta'minlash zarur deb hisoblaymiz.

Xulosa qiladigan bo'lsak, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga jalb etish bo'yicha turlicha yondoshuvlar bo'lib, ularning asosiy maqsadi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish imkonini berishi zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. James E. Anderson, Mario Larch, Yoto V. Yotov. Trade and Investment in the Global Economy. Journal of NBER Working Paper No. 23757 (2017) 1879-1913. https: //www.nber.org/papers/w23757.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017 - 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to'g'risida" gi Farmoni. 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308-son.

3. O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 25 dekabrdagi «Investitsiya va investitsiya faoliyati to'g'risida» gi O'RQ-598-son Qonuni, 3-modda.

4. A.Sh.Bekmurodov. Xorijiy investitsiyalar. - Toshkent: Iqtisodiyot. - T. - O'quv qo'llanma.

5. A.B.Vaxobov. Xorijiy investitsiyalar. - Toshkent: Moliya, 2010. - T. - O'quv qo'llanma.

6. A.S.Azizov. (2021) To'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar jalb qilishda moliyaviy-iqtisodiy va mamlakat xatarlarini kamaytirish. Iqt. fan. bo'y. fals. dokt. (PhD) diss. Avtoref. - Toshkent: 2021. - 11 b.

7. G.M.Galeeva and E.N.Kadeeva. Problems of attracting foreign direct investment into the regional economy. Journal of Physics: Conference Series, 1730(2021) 012118, 2020. - P. 8.

8. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabrdagi "2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to'g'risida"gi Parlamentga Murojaatnomasidan.

9. World Investment Report 2020. https://unctad.org/webflyer/world-investment-report-2020

10. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 yanvarda o'tkazilgan majlisdagi «Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak» ma'ruzasi. //Xalq so'zi. 2017 y. 16.01.

11. www.stat.uz ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.