Bobonazarova Y.B.
O'qituvchi
Toshkent avtomobil va yo'llar texnikumi, O'zbekiston
GLOBALIZATSIYA JARAYONLARINING MAMLAKAT TURMUSH DARAJASIGA TA'SIRI (O'ZBEKISTON MISOLIDA)
Annotatsiya: Ushbu maqolada globallashuv jarayonlarining mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga, xususan, O'zbekiston misolida turmush darajasiga ta'siri o'rganiladi. Maqolada global iqtisodiy va madaniy o'zgarishlar, innovatsiyalar, investitsiyalar va xalqaro integratsiyaning O'zbekistonning turmush darajasiga ta'sirini tahlil qilish orqali globallashuvning ijobiy va salbiy jihatlari yoritiladi.
Kalit so'zlar: globallashuv, turmush darajasi, O'zbekiston, iqtisodiy o'sish, madaniy o'zgarishlar, investitsiyalar, xalqaro integratsiya.
Bobonazarova Y.
Teacher
Tashkent Automobile and Road Technical School, Uzbekistan
INFLUENCE OF GLOBALIZATION PROCESSES ON THE STANDARD OF LIVING IN THE COUNTRY (UZBEKISTAN AS AN EXAMPLE)
Abstract: This article examines the impact of globalization processes on the living standards of a country, using Uzbekistan as a case study. The article analyzes the economic and cultural changes driven by globalization, innovations, investments, and international integration, and their effects on the living standards in Uzbekistan, highlighting both the positive and negative aspects of globalization.
Keywords: globalization, living standards, Uzbekistan, economic growth, cultural changes, investments, international integration.
Kirish. O'zbekiston sharoitida globallashuv, iqtisodiy, ijtimoiy, iqtisodiy siyosiy va jug'rofiy, madaniy, diniy va boshqa masalalarning xalqaro miqyosda o'zgarishi va o'zaro almashuv asosida dunyo miqyosida muhit yaratilishi g'oyalariga yug'rilgan bo'lib. Boshqacha qilib aytganda, O'zbekiston iqtisodiy globallashuv jarayoniga 1991-yildan, ya'ni mustaqillikni qo'lga kiritgandan so'ng yuzlandi. Dastlab, mamlakat o'z iqtisodiy siyosatini ichki resurslarga va o'z-o'zini ta'minlashga qaratgan bo'lsa-da, 2000-yillarning boshidan boshlab global iqtisodiyotga integratsiya qilishga harakat qila boshladi. 2016-yildan keyin esa, Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida iqtisodiy islohotlar va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan chora-tadbirlar ko'rila boshlandi. Bu jarayonlar O'zbekistonni global iqtisodiy tizim bilan yaqinlashtirishga xizmat qildi. O'zbekiston iqtisodiy globallashuv jarayonidagi o'zgarishlarni asosan quyidagi davrlarga bo'lish mumkin:
> 1991-2000-yillar: Mustaqillikdan so'ng O'zbekiston iqtisodiy siyosatini ichki resurslarga qaratdi. Dastlabki yillarda iqtisodiy izolyatsiya va davlat tomonidan kuchli nazorat hukm surdi.
> 2000-yillar: Globalizatsiya jarayonlari boshlanadi, lekin O'zbekiston hali ham iqtisodiy islohotlarni sekinlik bilan amalga oshirardi. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan bir necha dasturlar ishga tushirildi.
> 2016-yildan keyin: Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida iqtisodiy islohotlar, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va bozor iqtisodiyotiga o'tishga qaratilgan keng ko'lamli dasturlar amalga oshirila boshlandi. Mamlakatning global iqtisodiyotga integratsiya qilish jarayoni tezlashdi.
> 2020-yildan keyin: O'zbekiston xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirdi va tashqi savdo siyosatini liberallashtirdi. Turizm, agrar soha va texnologiyalarga qaratilgan investitsiyalar oshdi.
Bu jarayonlar O'zbekistonni global iqtisodiy tizimga kirish va rivojlantirishda muhim rol o'ynadi. So'nggi globallashuvga nazar tashlasak, uni beshta asosiy sababga ko'ra birlashtirish mumkin. Bular erkin savdo, autsorsing, aloqa inqilobi, erkinlashtirish va qonunga rioya qilish. Ko'p masalalarda davlatlarning eksport -import choralari va bojxona tariflari bekor qilinishi bilan erkin savdo davri boshlandi. Kompaniyalar turli xil va xorijiy mamlakatlarda mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarishni boshladilar. Shu tarzda, autsorsing ishlari boshlandi. Aloqa uzatilishi dunyoga konteynerizatsiya deb nomlangan tovarlarni tashishni va xarajatlarni kamaytirgan holda keng polosali tizimga o'tishni osonlashtiradigan tizim bilan tajribaga ega. Agar globallashuv tanqidlariga nazar tashlasak, u iqtisodiy, inson huquqlari va madaniyat nuqtai nazaridan tanqid qilinadi. Agar buning sabablarini ko'rib chiqsak, dunyoda boylikning umumiy o'sishiga qaramay, ishlab chiqarilgan boylik teng taqsimlanmaydi degan tanqid bor. Gumanitar yo'nalishlar nuqtai nazaridan, ba'zi kompaniyalarda ishchilarni, ayniqsa poyabzal va kiyim-kechaklarni juda kam daromad olish uchun juda ko'p s oat ishlashi inson huquqlarining buzilishi deb hisoblanadi. Tanqidlarning madaniy o'lchovi haqida gap ketganda, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mavjudligi va xalqaro bazaga asoslangan kompaniyalarning jahon bozoriga tarqalishi kabi tanqidlar mavjud. Globallashuvning yaxshi ko'zga tashlanadigan, ijobiy xususiyatlari Texnologik va aloqa vositalarining rivojlanishi bilan u turli madaniyatlar, tillar, hayot, ta'lim va ish imkoniyatlari nuqtai nazaridan xilma-xillik va farqlanishni ta'minlashga yordam beradi. Ba'zi hollarda ishsizlikni keltirib chiqarish bilan bir qatorda, globallashuv ko'plab odamlarning shu yo'l bilan boyib ketishiga imkon berdi va bu ko'plab mamlakatlarning eksporti o'sishiga olib keldi. Shu tarzda o'z xarajatlarini kamaytiradigan kompaniyalar iste'molchilarni tejashga yordam berdi. Bu tashqi savdo va iqtisodiy o'sishga ham ta'sir qiladi. Globallashuvning bizning nuqtai nazarimizdagi, salbiy xususiyatlari, Dunyo globallashuvi olib borgan ijobiy o'zgarishlar bilan bir qatorda, salbiy ta'sirlar ham mavjud. Masalan, boshqa mamlakatlarga qaraganda kichikroq bo'lgan va globallashuv jarayoni endigina boshlangan mamlakatlar; boshqa mamlakatda iqtisodiy inqirozning globallashuv ta'siridan, ishsizlik oqibatlari bilan ta'sir ko'rsatadigan ushbu jarayonni kuzatadi. Raqobatdan tashqari, xalqaro va yirik firmalar birinchi o'ringa chiqadi; mahalliy va kichik firmalar fonda. Rivojlangan davlatlar birinchi o'ringa chiqsa, kam rivojlangan davlatlar orqada qolmoqdalar. Bu daromad taqsimotiga ta'sir qiladi va ekologik
muammolarni keltirib chiqaradi. Har bir rivojlanish darajasining salbiy va ijobiy tamonlari bo'lgani singari glabalizatsiya jarayonlarining ham ikkala tamonini ko'rib chiqdik. Shu bilan birga iqtisodiy jarayonlarda globalizatsiya jarayoni bir necha asosiy bosqichda rivojlantirishi bilan ahamiyatga molik sanaldi: jumladan.
- Tijorat va investitsiyalar:
- Texnologiya va innovatsiyalar:
- Xalqaro hamkorlik:
- Savdo va investitsiya tizimining liberallashuvi:
- Turizm va servis sohalarini rivojlantirish:
Dastlab, mamlakatlar o'rtasidagi savdo va investitsiyalar ko'paydi. O'zbekiston xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan dasturlarni amalga oshira boshladi, bu esa iqtisodiy o'sishni ta'minladi. O'zbekiston xorijiy texnologiyalarni joriy qilishga intildi, bu esa ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va samaradorlikni oshirishga yordam berdi. Bundan tashqari xalqaro moliyaviy tashkilotlar, masalan, Jahon Banki va Xalqaro Valyuta Jamg'armasi bilan hamkorlikni kuchaytirdi, iqtisodiy islohotlar va loyiha tashabbuslarini qo'llab-quvvatladi. 2020-yildan boshlab O'zbekiston savdo va investitsiya siyosatini liberallashtirdi, bozor mexanizmlarini kuchaytirdi va xorijiy kompaniyalar uchun sharoitlarni yaxshiladi. Turizmni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar amalga oshirildi, bu esa mamlakatni global iqtisodiyotga integratsiya qilishda muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Bu jarayonlar O'zbekistonning global iqtisodiyotga kirishiga yordam berib, iqtisodiy o'sishni ta'minlashga xizmat qildi. Bundan tashqari O'zbekistonning globalizatsiya jarayonidagi tub o'zgarishlarini, iqtisodiy islohotlar samarasi bilan amalga oshirish anchayin unimli sanaladi. 2016-yildan boshlab iqtisodiy islohotlar dasturi doirasida bozor iqtisodiyotiga o'tish va davlat nazoratini kamaytirish amalga oshirildi. iqtisodiy islohotlar tashabbusi bilan davlat yoki mintaqaning iqtisodiy tizimini takomillashtirish, samaradorligini oshirish va barqaror rivojlanishni ta'minlash maqsadida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar amalga oshirildi. O'zbekistondada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar quyidagi asosiy yo'nalishlarni o'z ichiga oladi:
- bozor iqtisodiyotiga o'tish;
- davlat nazoratini kamaytirish;
- xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
- tashqi savdo siyosatini liberallashtirish;
- sanoat va qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish;
- ijtimoiy islohotlar;
- moliya va bank islohotlari;
Davlat tomonidan boshqariladigan iqtisodiy tizimdan bozor mexanizmlariga asoslangan iqtisodiyotga o'tish. Bu erda talab va taklif asosida narxlar shakllanishi bilan ahamiyatli hisobladi. Davlatning iqtisodiyotdagi rolini qisqartirish va xususiy
sektorni rivojlantirish. Bu orqali raqobatni oshirish va iqtisodiy samaradorlikni yaxshilash maqsad qilinadi. Xorijiy investorlar uchun qulay sharoitlar yaratish va investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan siyosat. Investitsiya muhiti yaxshilaydi, hamda xorijiy investorlar uchun qulay sharoitlar yaratildi, bu esa iqtisodiy o'sishni rag'batlantirdi. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish — bu mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim omil bo'lib, quyidagi asosiy yo'nalishlarni o'z ichiga oladi: Investitsiya muhitini yaxshilash uchun siyosiy barqarorlikni ta'minlash, qonunchilik va tartibga solish sohalarida islohotlar o'tkazish zarurligini mujassam etadi. Bu iqtisodiy o'sish va texnologik taraqqiyotga xizmat qiladi. Xorijiy investitsiyalarni rag'batlantirish uchun soliq imtiyozlari va boshqa iqtisodiy stimullar taqdim etish. Bu, investorlar uchun jalb qiluvchi omil bo'lishi mumkin. Transport, kommunikatsiya, energiya va boshqa infratuzilma sohalarini rivojlantirish orqali investitsiya uchun qulay sharoitlar yaratish. Bunda asosiy maqsad savdo to'siqlarini kamaytirish, bojxona tariflarini pasaytirish va eksport-importni osonlashtirish orqali savdo faoliyatini rivojlantirish qaratiladi. Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarishni samarali boshqarish orqali sohalarni rivojlantirish, iqtisodiy o'sishni ijtimoiy farovonlik bilan birlashtirish, ta'lim va sog'liqni saqlash sohalarini rivojlantirish, moliya sektori va bank tizimini modernizatsiya qilish, kredit olish sharoitlarini yaxshilash va moliyaviy xizmatlarni kengaytirish. O'zbekistondagi iqtisodiy islohotlar global iqtisodiyotga integratsiyalashishga va barqaror iqtisodiy o'sishga xizmat qiladi. O'zbekistonda xorijiy investitsiyalarni ja lb qilish maqsadida ko'plab islohotlar va dasturlar amalga oshirilmoqda, bu esa mamlakat iqtisodiy glabalizatsiyasini ta'minlaydi va global iqtisodiyotga integratsiyasini kuchaytiradi. O'zbekistonning xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan sa'y-harakatlari mamlakatning iqtisodiy o'sishi, barqaror rivojlanishi va global iqtisodiyotga integratsiyasi uchun muhim ahamiyatga ega. O'zbekistonda turizm va servis sohasining rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiyalashga, yangi ish o'rinlarini yaratishga va xalqaro aloqalarni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, globalizatsiya O'zbekistonda — o'zining unikalligi va ustun taraflarini nazarda tutadigan, jahon trendlari va bozor chaqiriqlarini puxta o'rgangan holda aholining bilim darajasini oshirish va bosqichma-bosqich integratsiyani qamrab oladigan mamlakat darajasidagi maqsadli yondashuv bo'lib chiqmoqda.
Использованные источники:
1. "Turmush darajasi" atamasining ta'rifi va guruhlari. "Yangi O'zbekiston" va "Pravda Vostoka" gazetalari tahririyati» 2020 y.
2. Bobonazarova Yulduz "Raqamli iqtisodiyotga o'tish sharoitida budjet hisobini yanada rivojlantirish istiqbollari" (2024). Ta'limda Raqamli Texnologiyalarni Tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari, 35(2), 11-15.
3. T. M. Odintsova, O. V. Ruhr Development of types, objects and methods of accounting in the digital economy and information society Scientific and technical sheets of SPbSPU. Economics. Volume 11, No. 4, (2018).
4. Dustova M. COINS TO CRYPTOS: TRACING THE THREADS OF ECONOMIC TRANSFORMATION //Iqtisodiyot va ta'lim. - 2023. - Т. 24. - №.
5. - С. 78-82.
5. Дустова М. К., Шомуротова С. Роль иностранных инвестиций в развитии экономики //Научный прогресс. - 2022. - Т. 3. - №. 2. - С. 1021-1025.
6. Khudayberdievna D. M. Improving the Mechanism of Financial Lending to Agricultural Enterprises. - 2023.
7. Махмутуллаева С. РОЛЬ ТРАНСПОРТНОЙ ИНФРАСТРУКТУРЫ В РАЗВИТИИ ЭКСПОРТНОГО ПОТЕНЦИАЛА ПЛОДООВОЩНОЙ ПРОДУКЦИИ //Мировая наука. - 2024. - №. 8 (89). - С. 43-51.
8. Makhmutullaeva S. ANALYSIS OF EXISTING LOGISTICS SYSTEMS IN THE EXPORT ACTIVITIES OF UZBEKISTAN: PROBLEMS AND PROSPECTS //Экономика и социум. - 2024. - №. 8 (123). - С. 117-120.
9. Makhmutullaeva S. Optimization of Global Logistics Networks: Experience of Asian Countries //International Journal of Leadership and Innovative Management. - 2024. - Т. 1. - №. 2. - С. 22-28.
10. Khujakulova N. R. Economic Efficiency of Using Innovative Technologies In the Cultivation of Medicinal Plants //The Journal of Economics, Finance and Innovation. - 2023. - С. 198-202.
11. Rustamovna K. N. State Support Areas for the Cultivation of Medicinal Plants in Agriculture. - 2023.