UO'T 004.02:004.5:004.9
GLOBAL IQLIM O'ZGARISHI JARAYONINI SEKINLASHTIRISHDA O'ZBEKISTONNING O'RNI QANDAY
Raxmanov Sharifjon Valijonovich Namangan muhandislik-qurilish instituti Mehnat muhofazasi va ekologiya kafedrasi dotsenti t.f.n.,(PhD raxmanovsharif 10@gmail. com
Turgunov Avazxon Axmadjanovich Namangan muhandislik-qurilish instituti Mehnat muhofazasi va ekologiya kafedrasi katta o'qituvchisi
Annotatsiya. Maqolada bugungi kunda iqlim o'zgarishi va ekologik masalalar butun dunyoni tashvishga solayotgan jarayonlardandir. Global isish, iqlim o'zgarishlari, yildan yilga tabora kuchayayotgan qurg'oqchiliklarning ta'siri ichimlik suvi bilan bog'liq muammolar ayni qsa, ko'zga tashlanyapti. Mamlakatimiz esa iqlim o'zgarishi ta'siriga ko'proq moyil bo'lgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Shu sabab O'zbekiston hukumati bu muammolarni hal etish masalalariga etibor qaratilgan.
Kalit so'zlar: global isish, iqlim o'zgarishi, sanoat korxonalari, atmosfyera havosi,o'rmon yong'inlari, issiqxona.
Ключевые слова: глобальное потепление, изменение климата, промышленные предприятия,атмосферный воздух, лесные пожары, теплица.
Keywords: global warming, climate change, industrial entyerprises,atmosphyeric air, forest fires, greenhouse.
Jumladan, atmosfyera havosiga tashlanayotgan tashlamalarni kamaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida to'xtaladigan bo'lsak, XX asrga kelib dunyo mamlakatlarida sanoatning katta sur'atlarda rivojlanishi, tabiatga yyetkazilgan ulkan zarar, uning resurslaridan noto'g'ri foydalanish natijasida atmosfyeraga behisob miqdorda issiqxona gazlari chiqmoqda. Bu esa iqlim o'zgarishiga, dunyoning turli burchaklarida, yilning turli fasllarida haroratning keskin o'zgarishiga, turli xil tabiiy kataklizmlarga olib kelmoqda.
Butunjahon meteorologiya tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kungacha global yillik o'rtacha havo harorati 1880-yildagi darajadan 1 gradusga ortgan. O'zbekistonda xuddi shu davr uchun o'rtacha yillik havo harorati 1,6 gradusga ko'tarilgan - biz global masshtabda kuzatilayotgan o'rtacha templardan ko'proq "isiganmiz".
Shunday bir vaziyatda, mamlakatimiz sanoat korxonalaridan atmosfyera havosiga yillik sanoat tashlamalari miqdori 2022-yilda 874 ming tonnani tashkil etdi. Tashlamalarning 360,5 ming tonnasi - neft va gaz, 200 ming tonnasi - enyergetika, 185,5 ming tonnasi - metallurgiya, 25 ming tonnasi - qurilish va 103 ming tonnasi boshqa tarmoqlar hisobiga to'g'ri keladi. Atmosfyeraga asosiy ta'sir ko'rsatuvchi tarmoqlar issiqlik elektr stansiyalari hamda syement ishlab chiqaruvchi korxonalar hisoblanadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda 12 ta IESlar, shu jumladan, ko'mirga ixtisoslashgan "Angren" va "Yangi Angren" issiqlik elektr stansiyalari faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari, 36 ta syement ishlab chiqaruvchi korxona, 15 ta neft va gazni qayta ishlash hamda 4 ta metallurgiya sanoati mavjud.
Bugungi kunda sanoat korxonalaridan atmosfyeraga tashlanmalarni kamaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan maxsus dastur qabul qilingan. Uning doirasida 2023 yilga belgilangan 145 ta sanoat korxonalarida 723 ta chang-gazlarni tutib qolish uskunalarini ta'mirlash va yangilariga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Atrof-muhitga xavf darajasi yuqori va o'rta bo'lgan yangi tashkil etilayotgan korxona va tashkilotlar (shu jumladan, sexlar) uchun ishlab chiqilgan "Ekologik oqibatlar to'g'risida bayonot" (ZEP) loyiha hujjatlari asosida samaradorlik darajasi 99,5 foizdan kam bo'lmagan chang-gazlarni tutib qolish uskunalarini o'rnatish ta'minlanmoqda.
Transportlardan tashlamalar bo'yicha konsepsiya doirasida jamoat transportining kamida 50 foizini gaz-ballon yoqilg'i, elektr va boshqa muqobil yoqilg'i turlariga o'tkazish maqsad qilib olingan. Bu juda katta raqam va agar ushbu ko'rsatkichga yerishilsa, avtomobillardan havoga yyetkazilayotgan zarar keskin kamayadi. Hozir respublikada jismoniy shaxslarga tegishli jami 3 million 268 ming 480 ta avtotransport vositalari foydalanishda bo'lib, shundan 796 ming 34 tasi benzin, 71 ming 88 tasi dizel va 2 million 401 ming 348 tasi gaz yoqilg'isida harakatlanishga mo'ljallangan. Yana bir masala: mamlakatimizda harakatda bo'lgan avtotransportlarning 100 mingtasi nosoz avtotransportlar hisoblanadi. Ulardan atmosfyeraga yiliga o'rtacha 1,27 million tonna tashlamalar tashlanmoqda.
Respublikamizda atmosfyera havosiga avtotransportlardan tashlanayotgan tashlamalar miqdorini kamaytirish maqsadida bir yilda II bosqichli "Toza havo" oyligi tadbiri o'tkaziladi. Mazkur oylik davomida 2022-yilda 295 ming transport vositalari tekshirilgan bo'lsa, joriy yilda 300 ming transport vositalarini nazoratdan o'tkazish belgilangan. Bunday nazorat tadbirlari davomida gazlarda ifloslantiruvchi moddalar belgilangan standartlarni qo'pol ravishda buzgan 3 ming 329 ta avtotransport haydovchilariga nisbatan Yo'l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan tegishli choralari qo'llanildi hamda 2 ming 914 tasining harakati vaqtinchalik to'xtatib qo'yildi. Tekshirilgan avtotransport vositalarining 1 ming 43 tasi yoki 2,2 foizida ishlatilgan gazlarining ifloslantiruvchi moddalari miqdori o'rnatilgan me'yorlardan yuqoriligi aniqlangan va bu holatni bartaraf etish uchun avtomobillar texnik xizmatga yo'naltirilgan. Umuman, yo'l harakati xavfsizligi xizmati ma'lumotlariga qaraganda, "Toza havo" oyligida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish evaziga jami 209,232 tonna ifloslantiruvchi moddalar atmosfyera havosiga chiqarilishining oldi olingan. Bu raqam mana shunday tadbirlar va aksiyalar naqadar muhim ekanligini yaqqol ko'rsatib turadi. Chunki shahar va tumanlarimizda avtomobillar soni muttasil ko'paymoqda va bu jarayon yana davom etadi.
Iqlim o'zgarishi va insoniyat. Global isish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan tahdidlar Iqlim o'zgarishi - keng tarqalayotgan, jadal va tezlashib borayotgan jarayondir. G'arbda yashovchilar uchun ham sayyoraning isish xavfi endi faqat chekka hududlarga ta'sir qiladigan muammo emas. Dunyoning deyarli barcha qismida istiqomat qilayotgan insonlar iqlim o'zgarishi
natijasida yuzaga kelayotgan hodisalarni o'z tanalarida his qilishmoqda. Issiq to'lqinlar, kuchli shamollar, qurg'oqchilik, suv toshqinlari va yong'inlar yanada ko'proq sodir bo'la boshladi, muzliklar yerishi yanada kuchaydi. Ayniqsa, joriy yilda bu jarayon judayam tezlashganini kuzatishimiz mumkin.
O'rmon yong'inlari Anomal issiq tufayli Turkiya g'arbi va janubida ham dahshatli yong'inlar yuz byerishi natijasida sayyohlik tadbirlari, ekskursiyalar butunlay to'xtatildi. Qishloq xo'jalik maydonlari, fyermalar yong'in ichida qolib, chorva mollari nobud bo'ldi. Gresiyada ham bir necha kundan buyon kuchli o'rmon yong'inlari davom etmoqda. Ofat bir haftadan ortiq vaqt mobaynida havo harorati 40 darajadan yuqori bo'lishi oqibatida sodir bo'lgan. Ayrim hududlarda havo harorati 47 darajagacha ko'tarilgan. Rossiya sharqidagi Yoqutiston Respublikasida o'rmon yong'inlari, rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, 6 mln gektar hududni qamrab olgan — bu Belgiya hududidan ikki barobar katta. Jazoirdagi kuchli yong'inlar oqibatida halok bo'lganlar uchun mamlakatda 3 kunlik motam e'lon qilindi.
Suv toshqinlari Tabiiy ofatlarning yana bir dahshatlisi suv toshqinlaridir. Afg'oniston sharqida joylashgan Nuriston viloyatida yuz byergan toshqinlarda kamida 150 kishi halok bo'ldi. Xitoyning Jengjou shahrida kuchli yomg'ir yog'ishi natijasida suv toshqinlari sodir bo'ldi va bir qancha insonlarning hayotiga nuqta qo'yildi.
Hindistonning Goa va Maharashtra shtatlarida ro'y byergan keng ko'lamli suv toshqinlaridan keyin minglab binolar vayron bo'ldi.
Belgiyada 14-16 iyul kunlari yuz byergan toshqinlar 10 mlrd yevrodan ko'proq zarar yyetkazgan. G'arbiy Gyermaniyada minglab odamlar suv toshqinlari sabab uylarini tark etdi, 100 mingdan ortiq kishi elektr ta'minotisiz qoldi.
Anomal issiq 3-7 iyun kunlari Toshkentda uch asrning maksimum harorati kuzatilgani qayd etilgandi. Poytaxtda 5, 7 va 8 iyul kunlari yana rekord darajadagi issiq harorat takrorlandi. Fransiyaning ijtimoiy masalalar va sog'liqni saqlash vaziri Anes Byuzen yozda kuzatilgan anomal issiqlik 1,5 ming kishining o'limiga sabab bo'lganini ma'lum qildi. Kanadaning Britan Kolumbiyasi provinsiyasida anomal issiq havo sababli deyarli 500 kishi vafot etgan. Provinsiyada havo harorati rekord ko'rsatkich — 49,6 darajaga yetgan. Bungacha Kanadada harorat 45 darajadan oshmagan. Yaponiyada sakkiz mingdan ortiq odam kasalxonalarga yotqizilgan. Bunga jazirama tufayli issiqlik urishi sabab sifatida ko'rsatilgan.
Bu hodisalarning har biridan iqlim o'zgarishi insoniyatga qanchalik xavf tug'dira boshlaganini ko'rishimiz mumkin.
Mutaxassislar asrlar davomida dengiz sathining ko'tarilishini bashorat qilmoqdalar, ilgari «asr toshqini» deb hisoblangan narsa 80 yil ichida har yili sodir bo'ladigan hodisaga aylanishi mumkin. «Cloud to Streyet» kompaniyasi mutaxassislari tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko'ra, XXI asr boshidan buyon suv toshqinidan jabr ko'rgan odamlar soni 24 foizga ortgan. Bu ko'rsatkich olimlarning prognozidan 10 barobar ko'p.
Olimlarning hisob-kitobicha, 2000 yildan 2018 yilgacha toshqinlar sayyoramizning 2,23 mln kvadrat kilometrlik hududiga zarar keltirgan, toshqinlardan 290 millionga yaqin kishi jabr ko'rgan. Suv toshqinlarining qariyb 90 foizi Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga, ayniqsa Hind, Ganga-Braxmaputra va Mekong daryolari mintaqasiga to'g'ri kelmoqda.
Bundan tashqari, sun'iy yo'ldosh ma'lumotlari Lotin Amyerikasining janubiy qismi, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlarida ham suv toshqinlari ko'payganini ko'rsatadi. Iqlim va demografik o'zgarishlar tufayli 2030-yilga borib suv toshqinlari yana 25 ta mamlakatda yuz byera boshlashi prognoz qilinmoqda.
Iqlim o'zgarishining asosiy sababi nimada?
Mutaxassislar iqlim o'zgarishining asosiy omili issiqxona effekti ekanligini ta'kidlashadi. Quyoshdan kelgan issiqlikning Yyer sathida jamlanib, dimlanib qolishi issiqxona effekti deyiladi. Ya'ni quyoshdan kelgan nurni Yyer ham o'z navbatida atmosfyera orqali koinotga qaytaradi. Ushbu nurlarning bir qismi koinotga chiqib ketish o'rniga odamlardan chiqarilgan turli gazlarga yutiladi.
Uning koinotga qaytib chiqib ketmasligi oqibatida Yyer yuzi me'yoridan ortiq qiziydi va iqlimga ta'sir ko'rsatadigan issiqxona qatlami xosil bo'ladi. Natijada sutka mobaynida eng yuqori va eng past harorat orasida kam farq bo'ladi. Ya'ni odamlar va tabiat tunda ham kunduzgi kabi issiq va dim havo ta'sirida qoladi. Bunday sutkalik issiqlik esa keskin isish hodisasini keltirib chiqaradi.
Issiqxona effektini xosil qiluvchi asosiy gaz bu - karbonat angidrid. U atmosfyeraga ham tabiiy, ham sun'iy yo'l bilan qo'shiladi. Metan, azot oksidi kabi boshqa iflos gazlar havoga inson omili tufayli chiqarilib, bular bir butun issiqxona effekti darajasini belgilaydi.
Issiqxona effektini xosil qiluvchi gaz konsentratsiyalarining ortishi, sayyorada tabiiy issiqlik balansini buzadi va antropogen issiqxona effektini keltirib chiqaradi.
Hisob-kitoblarga ko'ra, 2100-yilga borib issiqxona effekti oqibatida global yalpi ichki mahsulot 20 foizdan ortiqqa pasayishi mumkin.
Shuningdek, hozirgi kunda asosiy muammolar sifatida antropogen omillar ta'siri va qurg'oqchilik natijasida uglyerod gazini yutuvchi o'rmon maydonlari keskin qisqarib ketishi, ozon qatlamining yemirilishi, yovvoyi tabiat maydonlarining qisqarib borayotganini ham keltirib o'tish mumkin. Iqlim o'zgarishi O'zbekistonda ham qator salbiy oqibatlarga olib kelyapti:
• Harorat ko'tarilishi natijasida suvning bug'lanish koyeffisiyenti oshishi hududlarda suv resurslari kamayishiga, tanqisligiga ta'sir etmoqda;
• Ekologik tanglik oqibatida yil davomida umuman yog'ingarchilik bo'lmagan kunlar soni ko'paymoqda;
• Tuproqning namligi kamayishi hisobiga takroriy qurg'oqchilik xavfi ortmoqda va xosildorlik ko'rsatkichlari tushib ketmoqda;
• Orol dengiziga quyiladigan suv hajmining kamayishi daryo deltasining cho'lga aylanishi va qurigan dengiz tubida yangi cho'l maydonlari paydo bo'lishini tezlashtiryapti;
• Atmosfyera havosida katta maydonlarda changlanish ortmoqda;
• Isish va sovish kabi anomal hodisalarning o'zgarishi qishloq xo'jaligi mahsulotlari va mevalarning nobud bo'lishiga olib kelmoqda.
Mutaxassislar iqlim o'zgarishining oldini olish uchun bir qancha tavsiyalar byerishgan:
• qazib olinadigan yoqilg'idan foydalanishni kamaytirish va qayta tiklanadigan enyergiya manbalariga o'tish;
• enyergiya samaradorligini oshirish va sohalarni enyergiya tejovchi texnologiyalar bilan modyernizatsiya qilish;
• tabiatda yashillikni ko'paytirish, o'rmon yong'inlarining oldini olish, daraxtzorlarni ko'paytirish;
• ekologik toza qishloq xo'jaligiga o'tish;
• tuproq tarkibidagi organik moddalarni saqlab qolish (chunki ularning yo'qolishi to'g'ridan to'g'ri issiqxona effektiga ta'sir qiladi);
• ekologik tej amkor transport turlariga o'tish.
Xulosa. Iqlim ko'rsatkichlarining yil sayin tobora yomonlashib borayotganini insoniyat Yyerdan shafqasizlarcha foydalanishni davom ettirayotgani bilan bog'lash mumkin. Ko'pchilik davlatlar tomonidan bu jarayon xavfsizlikka qarshi eng katta tahdid sifatida ko'rilmoqda. Dunyo bo'ylab sodir bo'lgan ayanchli hodisalar ekologik xavfsizlikni ta'minlashning qo'shimcha mexanizmlarini ishlab chiqishga yetarli darajada kuchli turtki byerishi kyerak bo'lmasa keyinchalik juda kech bo'lishi mumkin.
ADABIYOTLAR
1.Valijonovich, R. S., Axmadjanovich, T. A., & Khoshimjon, Y. S. (2021). Causes and Consequences of Floods and Floods in The Safety of Life, Measures to Protect the Population and The Tyerritory. Intyernational Journal of Progressive Sciences and Technologies, 25(1), 83-86.
2.Valijonovich, R. S., Axmadjanovich, T. A., & Khoshimjon, Y. S. (2021). Causes and Consequences of Floods and Floods in The Safety of Life. Measures to Protect the.
3.PaxMaH0B, ffl. B., & TypryHOB, A. A. (2021). TaGuaTHH Myx,o$a3a KH.nHm-x,ap Gup ^yKopoHHHr GypHHgup. Intyernational Journal of Discourse on Innovation, Integration And Education, 2(1), 97-98.
4.Rakhmanov, S. V., & Turgunov, A. A. (2022). THE USE OF BIOLOGICAL RESOURCES IS A GUARANTEE OF ECONOMIC STABILITY. ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603, 11(03), 48.
5. .Valiganovich, R. S., Alimovna, I. D., & Ogly, V. S. O. (2017). USING ALTYERNATIVE ENYERGY SOURCES AS THE SUPPLY OF ENYERGY TO URBAN AREAS. Science Time, (6 (42)), 105-107.
6.Raxmanov, Sh. V., Igambyerdiyeva, D. A., & Raximov, U. Yu. (2017). Puti povbisheniya plodorodiya yerodirovannbix pochv v Namanganskoy oblasti. Molodoy uchenbiy, (20), 226-228.
7.Raxmanov, Sh. V., & Turgunov, A. A. (2022). Kimyoviy ifloslangan tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilash. FarPI ilmiy-texnik jurnali.- Farg'ona.-2022, 3, 237-239.
8.Raxmanov Sh.V. Sug'oriladiigan tipik bo'z tuproqlarga yeroziyani ta'siri va unga qarshi kurashish Scientific-technical journal (STJ FyerPI, FarPI ITJ, NTJ FyerPI, 2021, T.25, №1) 9.B.Axmedov.,Sh.V. Raxmanov. Tuproq yeroziyasi va unga qarshi kurash choralari. FarPI ilmiy texnika jurnali.Farg'ona-2013 yil № 3 Mejdunarodnbiy nauchnbiy jurnal № 9 (100), chast 2 «Nauchnbiy impuls» aprelya, 2