UO'K: 614
Ergashev S.A. dotsent
Fuqaro muhofazasi instituti o 'qituvchisi
GLOBAL IQLIM O'ZGARISHINING TA'SIRINI OLDINI OLISH BO'YICHA O'ZBEKISTONDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN
HARAKATLAR
Annotatsiya: So 'ngi yillarda Markaziy Osiyo mintaqasining ko 'p qismlarida anomal qish va jazirama yoz tendentsiyasi kuzatilmoqda, bu esa Pamir va Tyan-Shan tog'larida muzliklar va abadiy muzlarning erishini keltirib chiqaradi. Kuchliyomg'ir, qurg'oqchilik, suv toshqini va sel oqimlarixavf oshadi. Bu o'z navbatida, iqlim o'zgarishi suv resurslari, qishloq xo'jaligi va inson salomatligiga ta 'sir ko 'rsatishi, ma 'lum bir xududlarni cho 'llanishi, ekotizimlar va tabiiy resurslarning buzilishi kabi mavjud muammolarni kuchaytirishi mumkin. Ushbu maqolada iqlim o 'zgarishining ta 'sirini oldini olish va uning oqibatlarini yumshatish hamda iqlim o 'zgarishiga moslashish bo 'yicha O 'zbekistonda amalga oshirilayotgan dasturlar va harakatlar to 'g'risida ma 'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: O'zbekiston, iqlim o'zgarishi, Markaziy Osiyo, global, harakat, inson salomatligi, mintaqa, suv resurslari, issiq havo, anomal sovuq, qurg'oqchilik, tabiiy ofat, "Yashil" iqtisodiyot.
Ergashev S.A. associate professor Lecturer at the Institute of Civil Protection
ACTIONS TAKEN IN UZBEKISTAN TO PREVENT THE CONSEQUENCES OF GLOBAL CLIMATE CHANGE
Annotation: In recent years, many parts of the Central Asian region have experienced a trend of anomalous winters and hot summers, causing melting of glaciers and permafrost in the Pamir and Tien Shan mountains. The risk of heavy rains, droughts, floods andflash floods will increase. This, in turn, can exacerbate existing problems such as climate change affecting water resources, agriculture and human health, desertification of certain areas, destruction of ecosystems and natural resources. This article provides information on the programs and actions implemented in Uzbekistan to prevent the impact of climate change and mitigate its consequences, as well as adapt to climate change.
Key words: Uzbekistan, climate change, Central Asia, global, movement, human health, the region, water resources, hot weather, an anomalous drought, poppy farming, natural disasters, "The green " economy.
Kirish. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, so'nggi besh yil ichida dunyo bo'yicha o'rtacha harorat har qachongidan ham yuqori bo'lgan. Prognozlarga ko'ra, harorat ko'tarilishi shu tarzda davom etsa, 2050-yilga kelib, dunyoning oltita mintaqasida 216 million kishi, shu jumladan Markaziy Osiyoda 5 million kishi iqlim qochqinlariga aylanadi. Bugungi kunda ro 'yxatga olingan tabiiy ofatlar soni 1970-yilga nisbatan 5 barobar ko'pni tashkil etmoqda. So'nggi 20 yil ichida tabiiy ofatlar 1,2 milliondan ziyod odamni bevaqt xayotdan ko'z yumishiga sababchi bo'ldi, iqtisodiy zarar esa 3 trillion dollardan ortiq miqdorni tashkil etdi. Kelgusi 30 yil ichida iqlim o'zgarishi va uning oqibatlari jahon iqtisodiyotiga 8 trillion dollar zarar keltirishi taxmin qilinmoqda. 2050-yilga kelib esa iqlim o'zgarishi oqibatida dunyoda yalpi ichki mahsulotning o'sishi 3 %ga kamayishi kutilmoqda.
Xozirgi kunda zamonaviy ilmiy hamjamiyat "global isish" atamasidan asta sekin yuz o'girmoqda, chunki sayyoramizda sodir bo'layotgan iqlim o'zgarishlari jadalligi yildan-yilga ortmoqda. Shuning uchun "global isish" atamasidan ko'ra "global iqlim o'zgarishi" degan atama ko'proq mos keladi. Yerning turli mintaqalaridagi meteorologik kuzatuvlar shuni ko'rsatadiki, iqlim o'zgaruvchanligi va issiqxona effekti sayyoramiz atmosferasi shakllanganidan so'ng paydo bo'lgan.
Natijalar. Markaziy Osiyo mamlakatlari iqlim o'zgarishiga eng ko'p uchraydigan va zaif hisoblanadi. Bu yerdagi havo harorati sayyoramizdagi o'rtacha haroratdan 1,7 baravar tezroq o'smoqda, bu esa muzliklar maydoni qisqarishiga olib kelmoqda, ularning hajmi so'nggi 50 yil ichida deyarli 32% ga kamaydi. Bu esa daryolar oqimini kamaytiradi, mintaqaning oziq-ovqat va energiya xavfsizligi uchun xavf tug'diradi.
Global iqlim o'zgarishi natijasida so'nggi 50-60 yil ichida mintaqaning muzliklar maydoni taxminan 30% ga kamaydi. 2050-yilgacha Sirdaryo havzasida suv resurslari 5% gacha, Amudaryo havzasida esa 15% gacha kamayishi kutilmoqda. 2050-yilga kelib Markaziy Osiyoda toza suv yetishmovchiligi yalpi ichki mahsulotning 11% ga pasayishiga olib kelishi mumkin.[1]
O'zbekistonda ham iqlim o'zgarishi sodir bo'layotganini ko'rish uchun maxsus asbob-uskunalar talab qilinmaydi. Misol uchun, 2007-2008-yillar qish oylarida butun mamlakat bo'ylab termometr ustunlari - 200C gradusgacha tushib ketdi. 2009- yilda esa buning aksi bo'ldi: yanvar oyining o'rtalarida havo harorati juda yuqori bo'ldi, taxminan +100C issiq.
Tahlillar shuni ko'rsatadiki, iqlim o'zgarishi O'zbekistonda suv tanqisligini kuchaytirishi, qurg'oqchilikning davomiyligini uzaytirishi, shuningdek, iqtisodiyotning suv resurslariga bo'lgan ehtiyojini qondirishda jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Agar 2015-yilgacha bo'lgan davrda O'zbekistonda umumiy suv tanqisligi 3 milliard kub metrdan ziyod bo'lgan bo'lsa, 2030-yilga kelib u 7 milliard kub metr, 2050-yilga kelib 15 milliard kub metrni tashkil qilishi mumkin. So'nggi 15 yil ichida aholi jon boshiga suv bilan ta'minlanganlik 3048 kub metrdan 1589 kub metrga kamaydi.
Bundan tashqari, hududda suvdan oqilona foydalanish bilan bog'liq muammolar mavjud. So'ngi ma'lumotlarga ko'ra, mintaqaning ba'zi mamlakatlarida suvdan foydalanish tanqidiy darajaga (100% dan ortiq) yetdi. Xususan, O'zbekistonda bu ko'rsatkich 169%, Turkmanistonda esa 144% ni tashkil etadi. Tojikistonda suv tashvishlari o'rtacha 62% deb baholanadi. Qirg'iziston va Qozog'istonda ham shirin suvdan foydalanish ko'rsatkichlari jahon darajasidan yuqori bo'lib, mos ravishda 50% va 33% ni tashkil etadi.
O'zbekistonda iqlim o'zgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatish bo'yicha izchil choralar ko'rilmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Bu borada institutsional baza mustahkamlandi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, Gidrometeorologiya xizmati markazi to'liq isloh qilindi, O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi tashkil etildi.[1]
Ekologik xavfsizlikni ta'minlashga, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga, iqtisodiyotning turli tarmoqlariga yangi, ekologik toza texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan uzoq muddatli strategiyalar qabul qilingan. Ular orasida 2030-yilgacha atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi, 2020-2030-yillarda suv xo'jaligini rivojlantirish, 2019-2030-yillarda respublikani "Yashil" iqtisodiyotga o'tkazish strategiyasi, 2019-2028-yillarda qattiq maishiy chiqindilar bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish va boshqalar. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining samaradorligini oshirishda aholining ekologik madaniyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
2008-yilda fuqarolik jamiyati sa'y-harakatlarini birlashtirishga qaratilgan O'zbekiston Ekologik Harakati tashkil etilishi bu borada muhim qadam bo'ldi. 2019-yilda Ekologik harakat Ekologik partiyaga aylandi, bu esa tabiatni muhofaza qilish kun tartibini siyosiy munozaralar darajasiga ko'tarishga imkon berdi. Aholining ekologik madaniyatini shakllantirishning muhim omili yosh avlodni tarbiyalashdir. O'zbekistonda uzluksiz ekologik ta'lim tizimi barpo etilmoqda.
2019-yilda yosh avlodda ekologik bilimlar, ong va madaniyatni shakllantirishni, innovatsion texnologiyalarni jalb etgan holda ekologiya sohasidagi fanni takomillashtirishni va ta'lim va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida kadrlar salohiyatini oshirishni nazarda tutuvchi ekologik ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi.
O'zbekistonning iqlim kun tartibining eng muhim jihatlaridan biri "Yashil" iqtisodiyotga bosqichma-bosqich o'tishdir. Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish, uglevodorodlardan foydalanishni kamaytirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini oshirish bo'yicha choralar ko'rilmoqda. Masalan, 2030-yilga kelib energiya samaradorligini ikki baravar oshirish va yalpi ichki mahsulotning uglerod sig'imini kamaytirish kutilmoqda. Aholining o'sib borayotgan talabini ta'minlash uchun qayta tiklanadigan energiya manbalarining elektr energiyasi ishlab chiqarishdagi ulushini 25% gacha oshirish rejalashtirilgan.[4]
Bunda asosiy e'tibor quyosh energiyasiga qaratilmoqda. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko'ra, quyosh elektr stansiyalarini qurish orqali O'zbekiston 600 milliard kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Bu esa respublikada mavjud ehtiyojdan 8 baravar ko'pdir. 2025-yilga kelib xalqaro kompaniyalar bilan birgalikda umumiy quvvati 2900 MVt bo'lgan quyosh va shamol elektr stansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilgan. Avgust oyida Navoiy viloyatida 100 MVt quvvatga ega birinchi quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.
Suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida qishloq xo'jaligiga eng yangi texnologiyalar joriy etilmoqda. 2020-yilda mamlakatimizda 133,6 ming gektar maydonda suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etildi . Shunday qilib, so'nggi yillarda suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalarini joriy etish maydoni 291,2 ming gektarga yetdi, bu sug'oriladigan yerlarning umumiy maydonining qariyb 7% ini tashkil etadi. Sug'orishning tejamkor texnologiyalarini qo'llash natijasida vegetatsiya davrida 280 mln kub metr suv tejadi, 300 ming gektardan ortiq sug'oriladigan yerlarning suv ta'minoti yaxshilandi, shuningdek, 16 ming gektardan ortiq maydonda takroriy ekinlarni qo'shimcha sug'orish imkoniyati yaratildi.
Mamlakat shaharlari va aholi punktlarini ko'kalamzorlashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Nukus, Urganch va Xiva shaharlarida mahalliy daraxt va buta o'simliklaridan "Yashil mintaqani" yaratish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, yaqin kelajakda yashil zonalar yaratiladi, 125 million daraxt o'tkaziladi. Toshkent shahrining umumiy maydonini ko'kalamzorlashtirish darajasi hozirgi 26,4% dan 2023-yilga kelib 30% ga yetkaziladi . 2019-yil 1-noyabrdan boshlab davlat o'rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho turlarini kesishga moratoriy joriy etildi. Ekologiya sohasidagi buzilishlarning, shu jumladan noqonuniy kesish, brakonerlik, chiqindilarni noqonuniy tashlashning oldini olish uchun mas'ul bo'lgan Ekopolisiya tashkil etish rejalashtirilgan.[5]
Orol dengizining qurib ketishi oqibatlarini kamaytirish va Orolbo'yi mintaqasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish O'zbekistonning iqlim siyosatidagi ustuvor vazifalardan biridir. Orol dengizining qurigan tubida himoya daraxtzorlarini barpo etish hisobiga (1,5 mln ga) O'zbekiston o'rmonlar va butalar bilan qoplangan hududlarni ko'paytirmoqda. So'nggi 4 yil ichida respublikada o'rmonlar o'sishi 10-15 barobar ko'paydi. Agar 2018-yilgacha o'rmonlarni tashkil etishning yillik hajmi 47-52 ming gektar doirasida bo'lgan bo'lsa, 2019-yilda bu ko'rsatkich 501 ming gektarga, 2020-yilda 728 ming gektarga oshdi.
Xulosa. Hech bir mamlakat iqlim o'zgarishi oqibatlarini o'z kuchi bilan bartaraf eta olmaydi. O'zbekiston bu sohada xalqaro tashkilotlar, AQSh, Yevropa Ittifoqi va boshqa mamlakatlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan. BMT iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish va quruqlikdagi ekotizimlarni saqlashni o'z ichiga olgan barqaror taraqqiyot maqsadlariga (BTT) erishishga ko'maklashadi. 2020-yilda Germaniya Markaziy Osiyo va Afg'onistonda iqlim va xavfsizlik bo'yicha "Yashil Markaziy Osiyo" mintaqaviy tashabbusini boshladi. Tashabbusning
maqsadi kelgusi to'rt yil ichida о1Ш:а ishtirokchi mamlakatlar o'rtasida ma'lumotlarga kengroq kirishni yaratish va akademik hamkorlikni qo'llab-quvvatlashdan iboratdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. 2030-yilgacha bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasining muhitni muhofaza qilish Konsepsiyasi//Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy Ьм^, 31.10 .2019-у, 06/19/5863/3979-son.
2. Mamlakatdagi sahrolanish va yerlarning yemirilishi ^ЕТЕ). Bundan qanday qutilish mumkin?// www.sgp.uz
3. ^Нт o'zgarishiga qarshi kurash samaradorligini oshirish. 24.07.2013//www.parliament.gov.uz.
4. Узбекистан: Обзоры результативности экологической деятельности. Третий обзор. ООН, Женева, 2020.
5. Tolipov Н. Cho'llanish va qurg'oqchilikning salbiy ta'sirlariga qarshi qanday kurashilmoqda? 16.12.2020//www.uza.uz.