Sarimova Dildora Soataliyevna,
Toshkent viloyati xalq ta'limi xodimlalirini qayta tayyorlash va ularninig malakasini oshirrish hududiy markazi "Aniq va tabiiy fanlar metodikasi" kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori, PhD
GAZLARNING NISBIY MOLEKULYAR MASSASINI ANIQLASH MAVZUSINIO'QITISHDA O'QUVCHILARNING TADQIQOTCHILIK KONIKMALARINISHAKLLANTIRISH
UO'K: 372.853 DOI: 10.34920/SO/VOL_2022_ISSUE_6_8
SARIMOVA D.S. GAZLARNING NISBIY MOLEKULYAR MASSASINI ANIQLASH MAVZUSINI O'QITISHDA O'QUVCHILARNING TADQIQOTCHILIK KO NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH
Ushbu maqolada gazlarning nisbiy molekulyar massasini aniqlash mavzusini o'qitishda o'quvchilarning tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirish yuzasidan tavsiyalar keltirilgan. O'quvchilarni mustaqil tadqiqot faoliyatiga yo'naltirishda ijodiy jarayonga jalb qilish orqali dunyoni o'rganishga va yangisini kashf etishga qiziqishni shakllantirishga erishish, tadqiqotchilik ko'nikmasini rivojlantirish usullari keltirilgan.
Tayanch so'z va tyshunchalar: gazlarning nisbiy molekulyar massasi, karbonat angidrid, kislorod, nisbiy zichlik, havoning nisbiy molekulyar massasi, texnokimyoviy tarozi, konussimon qopqoqli kolba, o'lchov silindri, termometr.
САРИМОВА Д.С. ФОРМИРОВАНИЕ ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКИХ НАВЫКОВ УЧЕНИКОВ ПРИ ПРЕПОДАВАНИИ ТЕМЫ ОПРЕДЕЛЕНИЯ ОТНОСИТЕЛЬНОЙ МОЛЕКУЛЯРНОЙ МАССЫ ГАЗОВ
В данной статье представлены рекoмендaции по формированию у учеников исследовательских навыков при обучении теме определения относительной молекулярной массы газов. Приведены способы развития интереса к познанию мира и открытия нового, развития исследовательских умений за счет вовлечения учащихся в творческий процесс, направления учащихся на самостоятельную исследовательскую деятельность.
Ключевые слова и понятия: относительная молекулярная масса газов, углекислый газ, кислород, относительная плотность, относительная молекулярная масса воздуха, технохимиче-ские весы, коническая колба, мерный цилиндр, термометр.
SARIMOVA D.S. FORMATION OF RESEARCH SKILLS OF STUDENTS IN TEACHING THE SUBJECT OF DETERMINATION OF THE RELATIVE MOLECULAR MASS OF GASES
This article presents recommendations on the formation of students' research skills in teaching the topic of determining the relative molecular mass of gases. Ways to develop interest in learning the world and discovering new ones, developing research skills by involving students in the creative process in directing students to independent research activities are presented.
Key words and concepts: relative molecular mass of gases, carbon dioxide, oxygen, relative density, relative molecular mass of air, technochemical balance, conical flask, measuring cylinder, thermometer.
Kirish. Bugungi kunda ta'limning rivojlanishi, har bir fanni o'qitilishida shaxsning intellektual salohiyatini rivojlanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omil sifatida qaralmoqda.
Mavzuning dolzarbligi. Jahon miqyosida ta'lim shaxsning kreativ imkoniyatlarini rivojlan-tirishga imkon beruvchi ijodiy muhitni shakllan-tirishda o'quvchilarning mustaqil izlanishidagi faolligi, o'quv-tadqiqotchilik qobiliyatini rivo-jlantirishga qaratilgan kimyoviy eksperimentlarni tashkil etish va o'tkazishda zamonaviy didaktik vositalar, shakl va metodlarni takomillashtirishni taqozo etadi.
O'qitish jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni qo'llash bilan bir qatorda kimyo fanida tadq-iqotchilik ko'nikmalarini bosqichma-bosqich riv-ojlantirib borish dolzarb masala bo'lmoqda.
Maqolaning maqsadi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining o'quv mashg'ulotlari jarayonida kimyo fanida o'tkazilgan eksperimentlar nati-jalarni taqqoslash, tahlil qilish, umumlashti-rish va xulosa chiqarish, muammoli vaziyatlarda mustaqil qaror chiqarish, tizimli tadqiqot ishlari olib borish va ijobiy natijalarni amaliyotga joriy etishda fanga oid kompetensiyalarni rivojlan-tirish maqsadida "Gazlarning nisbiy moleku-lyar massasini aniqlash" mavzusini o'qitishda o'quvchilarning tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirish masalasini ko'rib chiqaylik.
Maqolaning ilmiy yangiligi. O'quvchilarda o'quv-tadqiqotchilik ko'nikmalarini rivojlan-tirishga yo'naltirilgan motiv, kreativlik, faollik, individual ishlash, tajriba qurilmasini yig'ish, natijalarni kuzatish va taqqoslash hamda tahlil qilish orqali o'quv-tadqiqotchilik ko'nikmalarini rivojlantirish mumkin.
Asosiy qism.
Zamonaviy jamiyat maktab oldiga bilimli, mustaqil fikrlaydigan, mustaqil ravishda bilim olishga va qo'llay oladigan o'quvchini tayyor-lash vazifasini qo'ymoqda. Zamonaviy ta'lim muammolarini hal qilish bilan bog'liq holda, o'qituvchilar o'quvchilarning shaxsini o'z-o'zini namoyon qilish, o'z-o'zini rivojlantirish va o'zini o'zi anglash uchun amalda keng imkoniyatlar yaratadigan mazmun, yangi shakllar, usullar, o'qitish vositalarini izlamoqda.
Bu yo'nalishda L.Zankov o'quvchining mustaqil bilish faoliyatining namoyon bo'lishi uchun sinfda sharoit yaratish haqida gapiradi. Har bir vazifa aqliy harakatlarni rag'batlantirishi, kuza-tishni, taqqoslashni rag'batlantirishi, naqsh-larni aniqlashtirishi, xulosalar chiqarishi kerak; jamoaviy va individual izlanishlarni amalga oshirish uchun avtonomiya va ijodkorlikni o'z ichiga oladi" deb talqin qiladi1.
Fikrimizcha o'quvchilarni mustaqil tadqiqot faoliyatiga yo'naltirishda ijodiy jarayonga jalb qilish orqali dunyoni o'rganishga va yangisini kashf etishga qiziqishni shakllantirish, rivojlantirish hamda bolalarni turli manbalar va vositalar bilan qidirish va ishlashga jalb qilish lozim. Bu orqali bolalarning tadqiqot, ijodiy va izlanish faolligini rivojlantirish mumkin.
"Gazlarning nisbiy molekulyar massasini aniqlash" mavzusini o'rganaylik.
1-tajriba. Karbonat angidridning molekulyar massasini aniqlash.
Ishning maqsadi: O'quvchilarga gazsimon moddalarning molekulyar og'irligini aniqlash usullarni o'rgatish, gazlarning nisbiy zichligi haqida tushuncha berish.
Kerakli jihozlar: Texnokimyoviy tarozi va toshlari; karbonat angidrid hosil qilish asbobi
1 https://nastavnik124.ru/uz/fairy-tales/process-formirovaniya-issledovatelskih-umenii-u-mladshih/.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 6 (115)
f ч.
1-rasm. Karbonat angidrid olinadigan qurilma: a) Kipp apparati; b) Tishenko sklyankalari.
(ikkita yuvgich sklyanka ulangan Kipp apparati), 250-300 ml sig'imdagi konussimon qopqoqli kolba, o'Ichov silindri, termometr.
Kerakli reaktivlar: marmar, xlorid kislotan-ing 10%-1i eritmasi, NaHCO3 mum qalam, kons. H2SO4 CaCl2, MgO. Kaliy permanganat.
Nazariy qism. Xalqaro kimyogarlar uyush-masi tomonidan atomning va molekulaning massa birligi sifatida uglerod atomining 6C12 izo-topi massasining 1/12 qismi qabul qilingan.
Elementning bitta atomi massasini uglerod 6C12 izotopi massasining 1/12 qismiga nisbati nisbiy atom massa yoki qisqacha atom massa deb yuritiladi.
Moddaning bitta molekulasi massasini uglerod 6C12 izotopi massasining 1/12 qismiga nisbati nisbiy molekulyar massa yoki qisqacha molekulyar massa deb yuritiladi.
Moddaning molekulyar massasi uni tash-kil etuvchi barcha atomlar massalarining yig indisiga teng, masalan: H2SO4:
Mu __ =1*2 +32*1 +64*4 = 98y.6.
H 2*3 C/4
Modda molekulyar massasiga son jihatdan teng qilib olingan gramm miqdoriga gramm molekula yoki qisqacha mol deb ataladi. Masalan: 1 mol kislorod 32 g. ga teng.
Har qanday moddaning 1 molida 6,02 * 1023 ta molekula mavjud. Bu son Avogadro soni deb ataladi. Avogadro qonuniga muvofiq, har qanday gazsimon moddaning 1 mol miqdori normal sharoit (P = 101,3 kPa, t=0oC) da 22,4 litr hajmni egallaydi. Bu hajm gazning molyar hajmi dey-iladi. Gazlarning molyar hajmidan foydalanib,
gazsimon moddalarning molekulyar massasini hisoblash mumkin1.
Ishning bajarilish tartibi. Quruq kolba og'zini qopqoq bilan berkitib, mum qalam yor-damida qopqoqning qayergacha botib turgan-ligi belgilab quyiladi. Kolba qopqoq bilan birga-likda texnokimyoviy tarozida 0,02 g gacha aniq-lik bilan tortiladi (g1). Kipp apparatidan chiqayo-tgan gazni (birinchisiga NaHCO3 eritmasi, ikkin-chisiga konsentrlangan sulfat kislota quyilgan) Tishenko sklyankalari orqali o'tkazib, tozalangan karbonat angidrid gazi bilan kolba to'ldiriladi2 (1-rasm).
Kolbani gaz bilan sekin to'ldirish kerak, bunda sklyankadan chiqayotgan pufakchalar sonini sanash mumkin bo'lsin. Kolbaning gaz bilan to'lganligini bilish uchun yonib turgan cho'pni kolba og'ziga yaqinlashtiring. Agar cho'p o'chib qolsa, gaz o'tkazishni to'xtating, qopqoq bilan berkiting va kolbani bo'g'zidan barmoq bilan ehtiyotlik bilan ushlab, tik holatda dastlabki tor-tilgan taroziga qo'ying va yuqorida ko'rsatilgan aniqlikda torting (g2). Kolbaning bo'g'zidagi bel-gigacha suv quying, bu suvni silindrga quyib, hajmini o'lchang (Vt)3.
Asbob sxemasini chizing va har bir asbobning vazifasini tushuntiring.
Tajriba ma'lumotlarini quyidagi tartibda yozing:
Kolbaning qopqoq va havo bilan birgalikdagi
1 M.A.Kuchkarov, D.S.Sarimova. Umumiy kimyodan laboratoriya mashg'ulotlari. O'quv qo'llanma. - T.: 2022, 80 b.
2 S.Masharipov, A.Mutalibov, E.Murodov, H.Islomova. 11-sinf uchun darslik. - Toshkent. 2018.
3 Ismatov I.Sh., Omonov H.T., Mahmudov Yu.G\, Kenjayev D.M., Qo'chqorov M.A., Xolmirzayev Z.J. Xolmatova D.B. Umumiy o>ta talim maktablarida kimyo fanini o'qitishni takomillashtirish texnologiyalari. - Toshkent, "Yangi nashr". 2016.
massasi, g hisobida
Kolbaning qopqoq va karbonat angidrid bilan birgalikdagi massasi, g hisobida Kolbadagi gazning hajmi Harorat, oC hisobida Atmosfera bosimi (Pa) Natijani hisoblash:
Klapeyron tenglamasidan foydalanib, kolbadagi gazning hajmini (Vt) normal sharoitga keltiring:
P V PV PVT
^ = —, bundan V0 = ——°-T0T P0T
Normal sharoitda 1 l havoning massasi 1,298 g, 1 l vodorodning massasi 0,089 g ekanligini nazarda tutib, kolbadagi havoning massasi g3 hamda vodorod massasi g4 ni hisoblang.
Bo'sh kolba massasi: Kolbadagi karbonat angidrid massasi:
g5 = gl - g3 g6 = g2 - g5
Karbonat anqidridninq havoqa nisbatan D. ,
zf zf zf havo'
vodorodqa nisbatan DH2 zichliqini topinq:
Dhavo=q^ , D H2=q6/q4
Karbonat anqidridninq molekulyar massasini quyidaqi tenqlama bo'yicha hisoblanq:
M = 29*Dhavo, M = 2*D H2 , M = qRT/PV
Vazifa.
1. Karbonat anqidridninq molekulyar mas-sasini aniqlanq.
2. Karbonat anqidridninq havoqa nisbatan Dhavo, vodorodqa nisbatan DH2 zichliqini topinq.
3. Asbob sxemasini chizinq.
4. Karbonat anqidridninq molekulyar massasini tenqlama bo'yicha hisoblanq. Xulosalarni daftarinqizqa yozinq.
2-tajriba. Kislorodning nisbiy molekulyar massasini aniqlash.
Ishning bajarilish tartibi. Hajmi oldindan o'lchab olinqan silindr bo'q'ziqacha suv bilan to'ldiriladi.
Quruq probirkaqa taxminan 1 sm3 kaliy per-manqanat solinadi va teshik kichik bir bo'lak paxta bilan berkitiladi. So'nqra probirkani 0,001 qrammqacha aniqlik bilan texnik kimyoviy
tarozida tortiladi. Kaliy permanganat probirka ichiga bir tekis qilib yoyiladi, probirka og'zi gaz o'tkazgich nay o'rnatilgan tiqin bilan zich berkitiladi va shtativga o'rnatiladi. Asbobning germetikligi tekshiriladi. Probirkadagi aralashma ohistalik bilan qizdiriladi va bir necha daq-iqadan so'ng gaz o'tkazgich nayning uchi suv to'ldirilgan silindr og'ziga tutiladi. Reaksiya sekin borishi lozim. Reaksiya (gaz pufakchalari chiqi-shi) tamom bo'lgandan keyin probirka ichiga suv so'rilib ketmasligi uchun probirkadagi tiqin chiqarib olinadi1.
Silindrdagi yig'ilgan gazning hajmi o'lchanadi. Tajriba vaqtida termometr va barometrning ko'rsatgichlari belgilanadi. Probirka xona tem-peraturasiga qadar sovutilgandan so'ng uning og'irligi texnik- kimyoviy tarozida tortiladi.
O'lchov natijalari:
1. Probirkaning tajribadan oldigi massasi -
mi, g
2. Probirkaning tajribadan keyingi massasi
g
3. Temperatura- K
4. Bosim - P, Pa
5. Kislorodning hajmi - Vo2 ml
Hisoblash va natijalarni qayta ishlash yuqori
tajribada keltirilgandek davom etadi.
Vazifa:
1. Bu tajribani o'tkazish uchun qanday quril-malar yig'amiz.
2. Sodir bo'layotgan reaksiya tenglamasini yozing.
3- tajriba. Havoning nisbiy molekulyar massa-sini aniqlash.
Ishning bajarilish tartibi. Aynan yuqori-dagi amaliy mashg'ulotlarning muqobil varianti sifatida havoning nisbiy molekulyar massasini aniqlash mumkin. Havoning nisbiy molekulyar massasini quyidagi berilgan usulda aniqlash uchun qo'shimcha reaktiv va asboblar talab etil-maydi va qisqa vaqt ichida ishni bajarish mumkin.
Toza quruq kolba olib tarozida massasi aniqlanadi - m1 (kolba havo bilan birga - g).
Kolbaga suv to'ldiriladi va tarozida tortiladi -m2 (kolba suv bilan birga - g).
1 Тошев И.А., Рузиев Р.Р. Анорганик кимё. - Т.: Узбекистан, 2002. - 256 с.
Kolbadagi suvni o'lchov silindriga solib, suv hajmi o'lchanadi, kolbaning hajmi ham shunga teng - v (ml).
Havo harorati termometr yordamida aniqla-nadi - t (C0).
Xonadagi atmosfera bosimi barometr yordamida aniqlanadi - P (kPa).
Barcha ma'lumotlar daftarga yozib qo'yiladi so'ngra hisoblash ishlari olib boriladi.
m3, . = p,V= 1 , V=V (suvning zichligi
3 (suvning massasi) r* * zt zt
1 g/ml)
m, ,u u, ,u ,=m, - m,
4 (bosh kolbaning massasi) 2 3
m.„ lk, .k .,= rm-m,
5(kolbadagi havoning massasi) 1 4
Hisoblash va natijalarni qayta ishlash yuqori tajribada keltirilgandek davom etadi.
Vazifa: bu tajribani laboratoriyadan tashqa-rida ham o'tkazib ko'ring va tegishli xulosalar chiqaring.
Mashg'ulot jarayonida quyidagi nazorat savollaridan foydalanish mumkin.
1. Karbonat angidridni laboratoriyada qan-day yo'llar bilan olish mumkin?
2. Karbonat angidrid olishda qanday asbob va qurilmalardan foydalanish mumkin?
3. Karbonat angidrid olishda reaktiv sifatida xlorid kislota o'rniga sulfat kislotadan foydalanish mumkinmi?
4. Karbonat angidrid olishda reaktiv sifatida marmar o'rniga ohaktosh yoki bordan foydalanish mumkinmi?
5. Karbonat angidridni sklyankalar orqali o'tkazilishiga sabab nima?
6. Kislorod olishda qanday asbob va qurilmalardan foydalanish mumkin?
7. Kislorod olishda kaliy permanganatdan tashqari qanday reaktivlardan foydalanish mum-kin?
8. Havoning nisbiy molekulyar massasini qanday aniqlash mumkin?
Atmosfera bosimi qanday aniqlanadi?
Bizning fikrimizcha XXI asr ko'nikmalarini shakllantirishda o'qituvchilar faoliyati maktab o'quvchilari zamonaviy ta'limning mustaqil-lik, faollik, yuzaga kelayotgan muammolarni hal etishga ijodiy yondasha olish kabi fazilat-larga ega shaxsni shakllantirishga, o'quv-tadq-iqotchilik ko'nikmalarini tadqiqot madaniyatini shakllantirishlari lozim. Chunki insonning kela-jakdagi muvaffaqiyati bog'liq bo'lgan ko'plab
shaxsiy fazilatlari maktab davriga shakllantiriladi. Ilmiy-tadqiqot faoliyati yosh bola uchun tabiiy ehtiyojdir, uni amalga oshirish uchun uni zarur ko'nikmalar bilan jihozlash kifoya.
Kuzatishlar natijasida o'quvchilarda kognitiv qiziqishning rivojlanishi va yangi narsalarni kashf etishga tayyorligi bilish jarayonida mustaqil-lik va faollikni rivojlantirishni taqozo etishiga, ularning ichki motivatsiyasidan kelib chiqadigan mustaqillik esa har qanday ilmiy yoki hayotiy muammoga izlanish, ijodiy pozitsiyadan yon-dashish zaruriyatini shakllantiradi deb hisoblay-miz.
Zero, o'quvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyat-ining muvaffaqiyati o'qituvchilarning jarayonga qiziqish uyg'ota olishi , yangi tajriba va bilimlarga bo'lgan ehtiyoji, jamoada ijodiy izlanish muhitini yaratishi, kognitiv, aniq amaliy muammolarni hal qilish, tadqiqotni amalga oshirishda talabalarn-ing mustaqilligini ta'minlash kabi qator mezon-larni amalga oshirishi lozim.
Хулосалар.
O'tkazilgan tajribamizdan kelib chiqqan holda xulosa qilishimiz mumkinki, o'quvchilarni kimyoviy eksperimentlar asosida o'quv-tadq-iqotchilik faoliyatiga yo'naltirish quyidagi nati-jalarga olib keladi:
- o'quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlash, ularning dunyoqarashini rivojlantirish;
- kimyoviy eksperimentlarni o'tkazish, tadq-iqotchilik ishlariga qiziqishining oshishiga xiz-mat qiladi.
Respublikamizda umumta'lim maktablar-ida kimyo fanini o'qitishda "Gazlarning nisbiy molekulyar massasini aniqlash" mavzusini o'qitishda o'quvchilarda kimyoviy eksperiment-lar asosida o'quv-tadqiqotchilik ko'nikmalarni rivojlantirish orqali:
- olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo'llay olish, o'quv-tadqiqotchilik ko'nikmalarini shak-llantirish va rivojlantirish;
- tanlagan mavzusi bo'yicha o'quv-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi va kimyoni o'qitishda o'quvchilarni o'quv-tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlashga xizmat qiladi.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 6 (115)
с 60 МАКТАБ ТАЪЛИМИ / ШКОЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ N у
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. https://nastavnik124.ru/uz/fairy-tales/process-formirovaniya-issledovatelskih-umenii-u-mladshih/.
2. M.A.Kuchkarov, D.S.Sarimova. Umumiy kimyodan laboratoriya mashg'ulotlari. O'quv qo'llanma. - T.: 2022, 80 b.
3. S.Masharipov, A.Mutalibov, E.Murodov, H.Islomova. 11-sinf uchun darslik. - Toshkent. 2018.
4. Ismatov I.Sh., Omonov H.T., Mahmudov Yu.G\, Kenjayev D.M., Qo'chqorov M.A., Xol-mirzayev Z.J. Xolmatova D.B. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida kimyo fanini o'qitishni takomillashtirish texnologiyalari. - Toshkent, "Yangi nashr". 2016.
5. Тошев И.А., Рузиев P.P. Анорганик кимё. - Т.: Узбекистон, 2002. - 256 с.