Научная статья на тему 'GAZ KONDENASTINING TASNIFIY VA TARKIBIY TAVSIFLARI'

GAZ KONDENASTINING TASNIFIY VA TARKIBIY TAVSIFLARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
1266
116
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
tabiiy gaz / gaz kondensati / beqaror kondensat / barqaror kondensat. / natural gas / gas condensate / unstable condensate / stable condensate.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Jamshidbek Alisherovich Umarov, Murodillo Zoirovich Komilov, Saidjon Abdusalimovich G’aybullayev

Maqolada muayyan tavsif va tasnifli kondensatlarga misollar keltirilgan holda gaz kondensatining tarkibi, tasnifi va tavsiflari hamda ularning sifatiga qo’yilgan talablar haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CLASSIFICATION AND COMPOSITE CHARACTERISTICS OF GAS CONDENSATE

The article discusses the composition, classification and characteristics of gas condensate, as well as the requirements for their quality, with examples of specific descriptions and classifications of condensates.

Текст научной работы на тему «GAZ KONDENASTINING TASNIFIY VA TARKIBIY TAVSIFLARI»

GAZ KONDENASTINING TASNIFIY VA TARKIBIY TAVSIFLARI

Jamshidbek Alisherovich Umarov

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

Murodillo Zoirovich Komilov

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

Saidjon Abdusalimovich G'aybullayev

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

ANNOTATSIYA

Maqolada muayyan tavsif va tasnifli kondensatlarga misollar keltirilgan holda gaz kondensatining tarkibi, tasnifi va tavsiflari hamda ularning sifatiga qo'yilgan talablar haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: tabiiy gaz, gaz kondensati, beqaror kondensat, barqaror kondensat.

CLASSIFICATION AND COMPOSITE CHARACTERISTICS OF GAS

CONDENSATE

ABSTRACT

The article discusses the composition, classification and characteristics of gas condensate, as well as the requirements for their quality, with examples of specific descriptions and classifications of condensates.

Key words: natural gas, gas condensate, unstable condensate, stable condensate.

KIRISH

O'zbekistonning yoqilg'i energetika sohasidagi ishlab chiqarish quwatlarini chuqur modernizatsiya qilish hamda texnik va texnologik qayta jihozlash borasidagi islohotlari uglevodorod xomashyosini chuqur qayta ishlash negizida eksportga yo'naltirilgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ko'paytirish va ularning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.

Dunyo miqyosida motor yoqilg'isiga va uning sifatiga bo'lgan talabning doimiy oshishi hamda ekologik talablarning tobora qat'iylashib borishi neftni qayta ishlash sxemasini ixchamlashtirish va takomillashtirishni, texnik-texnologik qayta jihozlash, modernizatsiyalashni taqozo qilmoqda.

Qatlam gazini separatsiyalashda bosimning kamayishi natijasida gazdan ajraladigan suyuq uglevodorod fazasi kondensat sanalib, qatlam sharoitida kondensatning barcha komponentlari gazda erigan holda bo'ladi.

Gazdan ajratib olingan kondensatlar tarkibidagi komponentlarga ko'ra beqaror va barqaror kondensatlarga bo'linadi.

Beqaror kodensat deb, gazni kondensatdan ajratish (separatsiya) jarayoni davomida o'sha sharoit bosimi va haroratida ajralib chiqqan kondensatga aytiladi. U

asosan yuqori (C5 va undan yuqori) uglevodorodlardan iborat bolib, ular standart sharoitlarda suyuqlik holatidadir. Ular tarkibida bazan butan va H2S bug'lari uchraydi.

Barqaror kondensatlar deb, maxsus kondensat ajratib oluvchi asbob-uskunalarda ajratib olingan tayyor mahsulotiga aytiladi. Barqaror kondensat faqat pentan va undan yuqori uglevodorodlardan tashkil topgan bo'ladi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

"5

Gazokondensat uyumi gazlarining muhim xususiyati, bu separatsiyalangan 1 m

-y

gazga to'g'ri keluvchi sm da ifodalanadigan kondensat miqdorini ko'rsatuvchi gazning kondensat omili kattaligidir.

"5

Amaliyotda kondensatning gaz omili ham ishlatiladi - bu 1 m kondensatdan

"5

olinayotgan gaz miqdorini (m ) anglatadi. Gazkondensat omili kattaligi turli konlar

-5 -5

uchun 1500 - 2500 m / m oraliqda o'zgaradi.

Barqaror kondensat faqatgina suyuq uglevodorodlar - pentan va undan yuqori (C5+ yuqori) bo'lgan komponentlardan iborat. Uni beqaror kondensat oxirgisidan gazsizlash yo'li bilan olinadi. Kondensatning asosiy komponentlari 40-2000S

temperaturada qaynaydi. Molekulyar og'irligi 90-160. Barqaror kondensatning zichligi

2

standart sharoitlarda 0,6 dan 0,82 g/sm oralig'ida o'zgaradi va u uglevodorod

komponentining tarkibiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'ladi. Gazokondensat konlarining

2 2

gazlari kondensat miqdoriga qarab kam kondensatli (150 sm /m gacha), o'rta (150 -2 2 ? ? ? ? 300 sm /m ), yuqori (300 - 600 sm /m ) va juda yuqori (600 sm /m dan yuqori)

turkumlarga bo'linadi.

Kondensatsiyaning boshlanish bosimi kondensat konlarining eng muhim

ko'rsatkichidir. Agar qazib chiqarish jarayonida kondensatli gaz konlarining bosimi

kamayib borsa, natijada gazdan ajralib chiqib, qatlab g'ovaklariga singib qoladi. U

qatlamga suyuqlik sifatida shimilib, maqsadli mahsulotlar yo'qotilishiga sabab bo'ladi.

Bunga yo'l qo'ymaslik uchun kondensatli gaz konlari bilan ishlashning dastlabki

davrida uni hartomonlama yaxshilab tadqiq qilish lozim bo'ladi.

Gazokondensat konlarini qazib chiqarishning o'z xususiyatlari mavjud. Tabiiy

tarzlarda foydalangan holda ularni ishlatish bosimning kamayishiga olib keladi va

natijada qatlam bosimi gazning to'yinganlik bosimiga tenglashganda undan

qimmatbaho xom-ashyo kondensat ajralib chiqa boshlaydi. Shu sababli bunday konlarda

sun'iy usul bilan qatlam bosimini ushlab turish kerak. Qatlam bosimini saqlash

tadbirlari asosan, qatlamga suv yoki, gaz haydash yo'li bilan amalga oshiriladi.

Aksariyat hollarda qatlamga gaz haydash maqsadga muvofiqdir. Bunda qatlamda

olingan gazning o'zidan bemalol unumli foydalanish mumkin. Buning uchun olingan

gaz kondensatdan ajratiladi va quruq gaz holida qatlamga qaytariladi. Bu jarayon

qatlamdan olinishi mumkin bo'lgan kondensat darajasiga olib boriladi.

Bunda quydagilarga amal qilish kerak:

> Qatlamdagi gaz tarkibi va undan kondensat miqdorini (sm3\m3) aniqlash

> Kоndensatsiya ^ManisM ko'rsatkichi va maksimal kоndensatsiya ko'rsatkichini aniqlash (MPa)

> Qatlam sharоitida kоndensat sistemasining fazali ^latini belgilash

> Har хil bоsim va harоratda 1 m3 gazdan ajralish mumkin bo'lgan kоndensatni (sm \m ) aniqlash

> Bоsimning pasaymasligini taminlash chоralarini qo'llanmaganda sоdir bo'lish mumkin bo'lgan kоndensatning yo'qоtish miqdоrini chamalash

> Quduq stvоlida, separatorlarda va gaz quvurlarida bo'lishi mumkin, tondensat aralashmalarining хоssalarini o'rganish jumlasidandir

Kоndensatning harоrati pasayishi natijasida uning tarkibidan parafin serezin mоddalari ajralib chiqa bоshlaydi. Kоndensat va bоshqa neft mahsulоtlari harоrati pasaytirilganda, qattiq hоlatga o'tish birdaniga kuzatilmay asta-sekin o'tadi. Bu tolda kоndensatning avval rangi хiralashadi va sekin-asta qоtadi. Natijada kоndensat tarkibida kristallsimоn parafin mоddalarining ajralib chiqishidan bоshlanadi. Sekin-asta tondensat tarkibida kristallar ko'payib, охiri qоtish hоlatiga yetib keladi.

Barqaror kondensat sifat ko'rsatkichlari. OST 51.65-80 ga muvofiq tovar kondensatlar ikki guruhga bo'linadi: I - kondensatni barqarorlashtirish qurilmalari uchun; II - konlar uchun (1-jadval).

Barqaror kondensatning to'yingan bug' bosimi uning asosiy sifat ko'rsatichi bo'ib hisoblanib, kondensatdagi yengil uglevodorodlar miqdorini tavsiflaydi. Bu ko'rsatkich ikkala guruh kondensatlari uchun ham 66,7 kPa (500 mm.sim.ust)ni tashkil etadi.

Kondensatdagi suv va mexanik qo'shimchalar miqdorining me'yorlari mahsulotni saqlash va uzatish talablaridan kelib chiqib, qolaversa, kelgusida qayta ishlashni hisobga olib o'rnatiladi.

Kondensatlarning tovarlik sifatlarini to'liq baholash uchun shuningdek, fraksion tarkib, oltingugurtli birikmalar, aromatik uglevodorodlar va yuqori qaynovchi parafinlar miqdori, qotish harorati va shu kabi boshqa ko'rsatkichlar aniqlanishi lozim.

1-jadval.

OST 51.65-80 ga 01.10.96 yilgi o'zgartmalarga ko'ra I va II guruh barqaror

kondensatlari sifatiga qo'yilgan asosiy talablar

Ko'rsatkichlar Me'yorlar Sinov usuli

I guruh II guruh

To'yingan bug' bosimi, kPa (mm.sim.ust) 66,7 (500) GOST 1756-52

Suvning og'irlik ulushi, % gacha 0,1 0,5 GOST 2477-65

Mexanik qo'shimchalar og'irlik ulushi, % 0,005 0,050 GOST 6370-59

Xlorli tuzlar miqdori, mg/l gacha 10 100 GOST 21534-76

Umumiy oltingugurt og'irlik ulushi, % Me'yorlanmaydi, talabga ko'ra aniqlanadi GOST 19121-73

Vodorod sul'fidining og'irlik ulushi, % Oltingugurtli kondensat uchun aniqlanadi GOST 17323-71

20 0S dagi zichligi, kg/l Me'yorlanmaydi, albatta aniqlash lozim GOST 3900-47

NATIJALAR

Umumiy oltingugurt miqdoriga ko'ra kondensatlar uch sinfga bo'linadi:

1 - umumiy oltingugurt miqdorining og'irlik ulushi 0,05 % gacha bo'lgan oltingugurtsiz va kam oltingugurtli kondensatlar. Bu kondensatlarlarni oltingugurtli birikmalardan tozalash zarurati yo'q.

II - umumiy oltingugurt miqdori 0,05 dan 0,8 % gacha bo'lgan oltingugrtli kondensatlar. Bu sinfga mansub kondensatlar va uning fraksiyalarini tozalash har bir muayyan vaziyatda dastlabki talablarga ko'ra hal etiladi.

III - umumiy oltingugurt miqdori 0,80 % dan yuqori bo'lgan yuqori oltingugurtli kondensat.

Gaz kondensatlari tarkibidagi aromatik uglevodorodlar og'irlik ulushiga ko'ra uchta turga bo'linadi:

A], A2 va A3.

A], A2 va A3 turdagi kondensatlarga mos holda tarkibida kamida 20, 15-20 va 15 % gacha aromatik uglevodorod saqlovchi kondensatlar mansub.

Qaynashining boshlang'ich harorati 200 0S dan oshuvchi alkanlarning miqdoriga binoan va reaktiv dvigatellar yoqilg'ilari, qishki dizel yoqilg'ilari va suyuq parafinlar olish imkoniga ko'ra kondensatlar to'rt xilga bo'linadi - H], H2, H3 va H4:

H] - yuqori parafinli kondensatlar, 200-320 0S da qaynovchi fraksiyasida kompleks hosil qiluvchilari 25 % (mass.) dan ko'p. Bu kondensatlardan suyuq normal alkanlar hamda deparafinlash jarayonini qo'llab, reaktiv va dizel yoqilg'ilari olish mumkin;

H2 - parafinli kondensatlar, 200-320 0S da qaynovchi fraksiyasida 18-25 % (mass.) kompleks hosil qiluvchilari mavjud;

H3 - kam parafinli kondensatlar, 200-320 0S da qaynovchi fraksiyasida 12-18 % (mass.) kompleks hosil qiluvchilari mavjud;

H4 - parafinsiz kondensatlar, dizel fraksiyasida 12 % (mass.) dan kam kompleks hosil qiluvchilari mavjud.

Fraksion tarkibga ko'ra kondensatlar uch guruhga - @], 02 va 03 ga bo'linadi:

0] - tarkibida 80 % dan kam bo'lmagan miqdorda 250 0S gacha haroratda qaynovchi benzin fraksiyasi saqlovchi yengillashgan fraksion tarkibli kondensatlar;

02 - qaynash harorati 250-320 0S oralig'ida bo'lgan oraliq fraksion tarkibli kondensatlar;

03 - 320 0S dan yuqori haroratlarda qaynovchi kondensatlar.

Shu asosda gaz kondensatlari uchun uni qayta ishlashning maqsadga muvofiq yo'nalishini aniqlash bo'yicha texnologik tavsiflovchi shifr o'rnatiladi.

Masalan, Shodlik koni kondensati IA3H103 shifri bilan tavsiflanadi. Shifrdagi simvollar quyidagi kengaytmani namoyon etadi:

I-sinfi: kondensatdagi umumiy oltingugurt miqdori 0,05 % (mass.) dan ko'p

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

emas;

A3 -turi: aromatik uglevodorodlar miqdori 15 % (mass.) dan kam;

H1-xili: 200-320 0S fraksiyasida kompleks hosil qiluvchilari 25 % (mass.)dan yuqori tarkibli yuqori parafinli kondensat;

®3-guruM: 320 0S dan yuqori haroratlarda qaynovchi kondensatlar.

Oltingugurtli va yuqori oltingugurtli kondensatlar asosan quyi xiralanish va qotish (—6 0 °S)harorat namoyon etadi. Bunda tarkibida ko'p miqdorda qattiq parafinlar ( C16+) saqlagan kondensatlar mustasno. Quyida kondensat tarkibida saqlagan qattiq parafinlar miqdori konlar bo'yicha keltirilgan, % (mass.): O'rtabuloq - 2,7; Qarachag'anok - 3; Dengizkul - 1,8; Xauzak - 0,68; Beshtentak - 3,8.

Oltingugurtli birikmalar konsentratsiyasi va tarkibi bo'yicha kondensatlar quyidagi uch guruhga bo'linadi:

C1 — asosan merkaptanli oltingugurt saqlovchi kondensatlar (Buxoro, Orenburg, Kumjinsk va sh.k.);

C2 — asosan sulfidli oltingugurt saqlovchi kondensatlar (Uchqir, Qandim, Doyaxotin, Dengizkul, O'rtabuloq, Xauzak);

C3 —tarkibida merkaptanli va sulfidli oltingurtni bir xil miqdorda saqlovchi kondensatlar (Janubiy Muborak).

MUHOKAMA

2018 yilning yanvar-dekabr oylarida 2,14 million tonna, 2019 yilning shu davrida 2,09 million tonnadan ortiq gaz kondensati qazib olindi.

Iste'molchilarni sifatli neft mahsulotlari bilan bir maromda ta'minlash va eksportni o'zlashtirishga yo'naltirilgan BNQIZ ning 3 bosqichda amalga oshiriladigan modernizatsiya loyihasi yiliga 2,5 mln. tonna neft va gaz kondensatini qayta ishlovchi zavodning amaldagi texnologik tizimlarini modernizatsiya va rekonstruksiyalash orqali yiliga 200 ming tonna Jet A-1 aviakerosini, Euro-5 ekologik standartlariga to'la mos keluvchi 750 ming tonna dizel yoqilg'isi ishlab chiqarish va 30 ming tonna mazut olish bilan bir qatorda "Euro-5" talablariga muvofiq keladigan 1,2 milion tonna benzin yoqilg'isini ishlab chiqarish imkonini beradi. Modernizatsiya loyihasi zavodda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning ekologik va ekspluatatsion xossalarini yaxshilashdan tashqari xomashyoni qayta ishlash chuqurligini ham oshirishga qaratilgan bo'lib, qayta ishlash chuqurligini 79 foizdan 95 foizgacha, ochiq tusdagi mahsulotlar unumini esa 77 foizdan 92 foizgacha oshishiga erishiladi. Ko'zlangan ushbu marralarga erishish uchun

albatta asosiy xomashyo sanalgan gazkondensatinining tarkibini chuqur tahlil qilish va uning sifat ko'rsatkichlarini batafsil o'rganish orqali tarkibidagi keraksiz qo'shimchalami yetarli darajada ajratish hamda uni qayta ishlab EURO-5 ekologik standartlariga qadar yaxshilinagan yoqilg'i mahsulotlari olish tizimini ishlab chiqish lozim.

REFERENCES

1. Toshboyev S. O. O. G. L., & G'Aybullayev S. A. (2022). Tabiiy gazlardagi keraksiz komponentlarni gazning tovarlik xususiyatlariga ta'siri. Science and Education, 3 (3), 206-213.

2. Urunov N. S. et al. PIROKONDENSAT TARKIBINING KIMYOVIY TAHLILI //Science and Education. - 2021. - Т. 2. - №. 3. - С. 32-40.

3. G'aybullayev S. A. MEMBRANALI USULDA TABIIY GAZLARDAN GELIY AJRATIB OLISH //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 5. - С. 1594-1603.

4. Sadriddinovch S. M. et al. INFLUENCE OF THE QUANTITY OF BENZENE ON THE PERFORMANCE CHARACTERISTICS OF GASOLINE //Euro-Asia Conferences. - 2021. - Т. 4. - №. 1. - С. 188-192.

5. Nilufar Saydyaxyayevna Maxmudova, Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev TABIIY GAZLARNI VODOROD SUL'FIDIDAN TOZALASH USULLARINING TASNIFI // Scientific progress. 2021. №5.

6. Sharipov M. S., G'aybullayev S. A. TASHLAMA GAZLARNI NOAN'ANAVIY USULLARDA TOZALASH //Science and Education. - 2021. - Т. 2. - №. 3.

7. Абдулазизов С. С. У., Шарипов М. С., Гайбуллаев С. А. МОЙ ФРАКЦИЯЛАРИНИНГ КИМЁВИЙ ТАРКИБИ ВА РЕОЛОГИК ХОССАЛАРИ //Science and Education. - 2021. - Т. 2. - №. 3.

8. Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev. "TABIIY GAZLARNI ABSORBSION QURITISH JARAYONIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR" Scientific progress, vol. 2, no. 4, 2021, pp. 659-668.

9. Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev. "TABIIY GAZLARNI UZATISH VA QAYTA ISHLASHDA GIDRATLANISHGA QARSHI KURASH" Scientific progress, vol. 2, no. 4, 2021, pp. 675-681.

10. Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev. "QURITUVCHI ABSORBENTLARNING QIYOSIY TAHLILI" Scientific progress, vol. 2, no. 4, 2021, pp. 649-658.

11.Zaripov, M. X. O. G. L., & G'Aybullayev, S. A. (2021). PIROLIZ KINETIKASINING MATEMATIK MODELI. Academic research in educational sciences, 2(9), 619-625.

12.Jumaev, A. V. O. G. L., & G'Aybullayev S. A. (2021). Adsorbentlarning turlari va tasnifi. Science and Education, 2 (9), 145-154.

13.G'Aybullayev, S. A. (2021). MEMBRANALI USULDA TABIIY GAZLARDAN GELIY AJRATIB OLISH. Academic research in educational sciences, 2 (5), 15941603. doi: 10.24411/2181-1385-2021-01074

14.Raupov, B. K. O. G. L., Mavlonov, B. A., & G'Aybullayev S. A. (2021). Bitumlarning ekspluatatsion xossalari va ularni yaxshilash. Science and Education, 2 (9), 170-179.

15.Mizrobjon Xalim O'G'Li Zaripov, & Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev (2021). UGLEVODORODLARNING TERMIK PIROLIZI MAHSULOTLARI HOSIL BO'LISHIGA REAKSIYA SHAROITINING TA'SIRI. Academic research in educational sciences, 2 (11), 723-731.

16.Behruz To'Ymurodovich Salomatov, Murodillo Zoirovich Komilov, & Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev (2022). UGLEVODORODLI GAZLAR TARKIBIDAGI NORDON KOMPONENTLAR VA ULARNI GAZNING XOSSALARIGA TA'SIRI. Scientific progress, 3 (1), 71-78.

17. Yulduz Malikjon Qizi Murodova, & Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev (2022). BENZOLNING NEFTKIMYOVIY SINTEZDA QO'LLANILISHI. Scientific progress, 3 (1), 79-86.

18.Nodir Sirojiddinovich Hasanov, & Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev (2022). Neft mahsulotlarini gidrotozalashning nazariy asoslari. Science and Education, 3 (1), 229-237.

19.Nodir Sirojiddinovich Hasanov, & Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev (2022). Neft mahsulotlari tarkibidagi oltingugurtli birikmalar va ularning xossalari. Science and Education, 3 (1), 137-146.

20.Nodir Sirojiddinovich Hasanov, & Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev (2022). NEFT MAHSULOTLARINI GIDROTOZALASH JARAYONIGA TA'SIR ETUVCHI ASOSIY OMILLAR. Scientific progress, 3 (1), 784-792.

21.Турсунов Б. Ж., Гайбуллаев С. А., Жумаев К. К. Влияние технологических параметров на гликолевую осушку газа //MEDICAL SCIENCES. - 2020. - Т. 1. -№. 55. - С. 33.

22.Зарипов Г. Б., Гайбуллаев С. А. Выбор режима работы процесса низкотемпературной сепарации углеводородных сырьевых ресурсов //Молодой ученый. - 2016. - №. 3. - С. 98-100.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.