GAZLARNI QURITISH USULLARI VA JARAYON PARAMETRLARI
O'lmas Niyoz o'g'li Namozov
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
Qayum Karimovich Jumayev
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
Saidjon Abdusalimovich G'aybullayev
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
ANNOTATSIYA
Maqolada tabiiy gazlarni namsizlantirish va quritish usullarining tasnifi, quritish jarayoniga ta'sir qiladigan omillar, ishlatiladigan quritkichlar turlari va tavsiflari yoritilgan.
Kalit so'zlar: tabiiy gazlar, gazning namligi, qurituvchi absorbentlar, suyuq quritkichlar, gazlarning shudring nuqtasi, shudring nuqtasi depressiyasi.
GAS DRYING METHODS AND PROCESS PARAMETERS
ABSTRACT
The article discusses the classification of methods for drying and dehydration of natural gases, factors affecting the drying process, the types of dryers used and their characteristics.
Key words: natural gases, gas humidity, absorbent dryers, liquid dryers, gas dew point, dew point depression.
KIRISH
Malumki kondan chiqadigan gaz tarkibida suv bug'lari, N2, CO2, H2S va mexanik zarralar kabi qo'shimchalar uchraydi. Gazni bunday qo'shimchalarning tozalash GQIZ ga uzatishda bir qator salbiy holatlarga olib keladi. Chunki, gazlar sovutilganda yoki, bosimi oshirilganda bug'simon namlik kondensatsiyalanishi va ozod suv, muz yoki gidrat hosil qilishi mumkin.
Bu esa o'z navbatida gazni qayta ishlash va gaz ta'minoti tizimining jihoz va quvuruzatkichlarida metallar korroziyasiga; gaz quvurlarida suyuqlik yig'ilib qolishiga; texnologik jihozlarning gidratli tiqinlar tufayli torayishiga hattoki, gazni iste'molchilarga uzatilishining to'xtab qolishiga sabab bo'ladi.
Shunga ko'ra qayta ishlashga yoki, iste'molchiga uzatilayotgan gaz soha standart talablariga muvofiq, kelgusi qayta ishlash texnologiyasiga ko'ra quritilish talab etiladi.
Gidrat hosil bo'lishi gazning tarkibiga va termodinamik sharoitga (bosim va haroratga) bog'liq. Shuningdek, gidrat hosil bo'lishi suv tarkibidagi tuzlar miqdoriga ham bog'liq. Tuz miqdori ortishi bilan gidrat hosil bo'lishi harorati pasayadi. Gidrat muz yoki zichlashgan qor shaklida bo'ladi. Gidratlar quvurning o'tkazuvchanlik
qobiliyatini pasaytiradi, kompressorga ortiqcha yuklama tushiradi, quvurlar, jihozlarning korroziyasiga sabab bo'ladi.
Gazlarni qurtish jarayonining asosiy ko'rsatkichi gazlardagi namlik miqdori orqali ifodalanadi.
Quritish - gazdan bug'simon namlikni ajratish jarayoni. Gazdagi qoldiq namlik miqdori quritilgan gazning shudring nuqtasi orqali ifodalanadi.
Gaz sanoatida suyuq yutuvchilar yordamida gazlarni quritish keng qo'llaniladi. Gazlarni quritish qurilmada glikollarni qo'llash ikki ko'rinishda bo'ladi: gaz oqimiga glikolni purkash va absorbsion.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Gaz gidratlari doimiy tarkibga ega bo'lmaganligi bois, nostexiometrik birikmalarga mansub sanaladi.
Gidrat hosil qiluvchi komponentlar asosan tabiiy gaz tarkibidagi yengil uglevodorodlar - metan, etan, propan, izobutan, shuningdek, azot, uglerod ikki oksidi va vodorod sulfid hisoblanadi. Tabiiy gaz gidratlari quyidagi formulaga egadir (1-jadval):
metan geksagidrati- CH4 • 6H20;
etanning oktagidrati- C2H6 • 8H20;
propan geptadekagidrati- C3H8 • 17H20;
izo-butan geptadekagidrati- i-C4H10-17H2O;
vodorod sul 'fidi geksagidrati - H2S • 6H20;
azot geksagidrati - N2 • 6H20;
uglerod dioksidi geksagidrati - C02 • 6H20.
Gidratlar ko'rishini - oq kristal moddalar bo'lib, hosil bo'lish sharoitiga ko'ra muz yoki zichlashtirilgan qorga o'hshaydi. Uglevodorodli gaz gidratlarida suvli kristall panjara katta qismi suyuq propan va izobutan to'la bo'ladi, kichik qismida esa metan, etan, azot, vodorod sulfid va uglerod ikki oksidi bo'ladi.
Gazdagi ushbu qo'shimchalar uzatish quvurlarida gidrat hosil bo'lishiga sabab bo'ladi hamda uni uzatish va qayta ishlash jarayonini qiyinlashtiradi.
Sanoatda gaz ta'minoti tizimida bunday salbiy oqibatlarni bartaraflash maqsadida gazlar talab darajasiga qadar quritiladi. Quritish chuqurligi soha standart talablariga va kelgusi qayta ishlash texnologiyasiga ko'ra aniqlanadi.
Sanoatda gaz va siqilgan uglevodorodlarning quritishning keng tarqalgan quyidagi usullari mavjud:
- suyuq yutuvchilar - glikollar (mono, di, tri etilen glikollar)
- qattiq yutuvchilar - (aktivlangan alyuminiy oksidi, silikagel, boksitlar) sintetik seolitlar va boshqalar.
Tabiiy gazlarni quritish usullari sifatida kondensatsion quritish, absorbsion quritish, glikol purkab quritish va adsorbsion quritish usullarini sanab o'tish mumkin.
Gazlarning qurtish jarayonining asosiy ko'rsatkichi gazlardagi namlik miqdori orqali ifodalanadi.
Quritish - gazdan bug'simon namlikni ajratish jarayoni sanalib, gazdagi qoldiq namlik miqdori quritilgan gazning shudring nuqtasi orqali ifodalanadi.
Shudring nuqtasi - berilgan bosim va tarkibli gazda birinchi namlik tomchisi kondensatsiyalanishidan yuqoriroq harorati bo'lib, nam va quritilgan gaz shudring nuqtalari farqi - shudring nuqtasining depressiyasi sanaladi.
Shunga ko'ra quritish usullari quyidagicha tasniflanadi:
1. Absorbsiya usuli - gazlarni glikolli quritish usuli;
2. Adsorbsiya usuli - gazlarni seolit, silikagel yoki, faol alyuminy oksidlari kabi adsorbentlar yordamida quritish;
3. Kondensatsiya usuli - gazlarni gidratlanishga qarshi ingibitorlar (glikol yoki metanol) purkab sovutib, separatsiyalash;
4. Membranali usul - gazlarni elastomerlar va shishasimon polimerlar yordamida quritish;
5. Kimyoviy usul - gazlarni metallarning xlorli gigroskopik tuzlari (CaCl2 va b.) yordamida quritish.
Quduq va quvuruzatkichlarda suv bug'larining kondensirlanib, to'planishi muayyan sharoitlarda uglevodorodli gaz komponentlari (metan, etan, propan, butan)ning har bir molekulasi 6 — 17 ta suv molekulasi bilan bog'lanish qobilyatiga ega (1-rasm). Suvning uglevodorodli gazlar bilan hosil qilgan fizik-kimyoviy birikmasi -qattiq kristal modda - kristallogidratlar deb, ataladi.
1-rasm. Gaz
gidratining tuzilishi
Gazlarni \ -<>. quritish usullaridan eng
keng tarqalgan Suv mokkuiaM usuli bu absorbsion quritish
usulidir. Absorbsion quritish jarayoniga quyidagi omillar ta'sir qiladi: harorat, bosim, absorbent sirkulyatsiya karraligi, regenerirlangan absorbent konsentratsiyasi, absorberning kontakt elementlari, gazda uglevodorodli kondensatning miqdori, gazdagi sho 'r qatlam suvining miqdori va gazdagi vodorod sul 'fidining miqdori.
Suyuq yutuvchining muhim xossalaridan biri, unda ajratib olinayotgan komponentning yutiluvchanligi, uning harorat va bosimga bogliqligidir. Komponent yutiluvchanligiga absorbentni sirkulyasiya qilishi uchun sarflanadigan elektr energiya miqdori, gazning desorbsiyasi uchun issiqlik sarflari tögridan-tögri mutanosibdir.
Gaz sanoatida suyuq yutuvchilar yordamida gazlarni quritish keng qo'llaniladi. Gazlarni quritish qurilmada glikollarni qo'llash ikki ko'rinishda bo'ladi: gaz oqimiga glikolni purkash va absorbsion.
Gazlarni quritish chuqurligi qo'llaniladigan absorbent turiga ham bog'liq (2-jadval).
2-jadval. Gazlarni quritish absorbentlarining afzallik va kamchiliklari hamda
qiyosiy tavsiflari
Absorbent
Kal'siy xlor eritmasi
Litiy xlor eritmasi
Eritma: 10-30 % MEA, 60-85 % DEG, 5-10 % suv
DEG
(dietilenglikol)
Afzalligi
Arzon. Solishtirma sarfi
"5
kam (1 mln. m quritilgan gaz uchun 1,4-6,4 kg)
Suvga ko'ra yuqori yutuvchanlik qobilyati.
Korrozion faolligining pastligi. Gidrolizga nisbatan barqa-rorligi. Gaz shudring nuqtasining depressiyasi 22,237,2 0S ga yetadi.
Gazdan bir vaqtda suvni, CO2 va H2Sni ajratadi. ya'ni, bir vaqtda ham quritadi, ham tozalaydi. Aminni
ko'piklanishga moyilligini kamaytiradi.
Gigroskopikligining yuqoriligi. Odatiy haroratlarda oltingugurtli birikmalar, O2 va
Kamchiligi
Suyuq uglevodorodlar bilan emeul'siya hosil qiladi. H2S bilan kimyoviy birikma hosil qiladi. Elektrolitik korroziya. Gaz shudring nuqtasi depressiyasining kamligi (11-19,5 0S).
Yuqori tannarx. Tovar navlari tarkibida korroziyani keltirib chiqaruvchi
qo ' shimchalar mavj udligi.
Quritilgan gaz oqimining yellashi hisobiga
yo'qotilishlar TEGni
qo'llashdagiga nisbatan katta. Faqatgina nordon gazlarni quritish va tozalash uchun qo'llaniladi. Regeneratsiya haroratlarida korroziyalashi. Gaz shudring nuqtasi depressiyasining kamligi.
Quritilgan gaz oqimining yellashi hisobiga
yo'qotilishlar TEGni
CO2 mavjudligida ham barqarorligi. Konsentrlangan eritmalari qotirib qo'ymaydi. qo'llashdagiga nisbatan katta. Yuqori konsentartsiyalarni (95 % dan yuqori) olishning murakkabligi. Gaz shudring nuqtasining depressiyasi TEGni qo ' llagandagiga nisbatan kam. Yuqori tannarx.
TEG (trietilenglikol) Gigroskopikligi yuqori. Quritila-yotgan gaz shudring nuqtasining yuqori depressiyasi (27,8-47,3 0S). Odatiy haroratlarda oltingugurtli birikmalar, O2 va CO2 mavjudligida ham barqarorligi. 99 % konsentrat-siyaga qadar regenereatsiyalashning soddaligi. Konsentrlangan eritmalari qotirib qo'ymaydi. Kapital xarajatlari katta. Yengil uglevodorodli suyuqliklar mavjud bo'lganda ko'piklanishga moyilli-gi. Ba'zan antiko ' piklantirgichlar qo ' shish zaruriyati.
Agar absorbsiya jarayoniga muvozanat qiymatidan ortiq yutuvchi uzatilayotgan bo'lsa, kamroq yutiluvchan gaz yo'qotilishi ko'payadi. Undan tashqari, gazlarni ajratish selektiv samaradorligiga gazlar absorbsiya tezliklarining har xilligi salmoqli ta'sir etadi.
Tabiiy gaz tarkibidagi namlikni ajratish uchun qo'llaniladigan quritgichlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
a) konsentratsiya, bosim va haroratning keng oralig'ida yuqori yutuvchanlik qobilyati;
b) bug'lanish hisobiga yo'qotishlar sezilarsiz bo'lishi uchun to'yingan bug' bosimipast bo'lishi;
c) yutilgan suvni quritgichdan sodda usullarda ajrata olish uchun qaynash harorati suvning qaynash haroratidan farq qilishi;
d) sodda usullarda aniq ajralishni ta'minlash uchun absorbentning zichligi uglevodorodli kondensatning zichligidan farq qilishi;
e) absorber, issiqlik almashtirgichlar va boshqa modda almashinish jihozlarida gaz bilan yaxshi kontaktlashish imkonini berishi uchun ekspluatatsiya sharoitida quyi qovushqoq bo'lishi;
f) gaz komponentlariga nisbatan yuqori tanlovchanlik namoyon etishi ya'ni, ular bilan pat eruvchan bo'lishi;
g) qo'llaniladigan ingibitorlar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishmasligi ya'ni, neytralxossaga ega bo'lishi;
h) korrozion faolligi past bo'lishi;
i) gazli aralashmalar bilan kontakt sharoitida quyi ko'piklanishi;
j) oksidlanish va termikparchalanishga qarshiyuqori turg'unlilik.
Absorbent-glikol absorberda xomashyo gaz bilan kontaktida suvga to'yinadi. Bundan tashqari glikolning tizim bo'ylab sirkulyatsiyasi davomida turli qo'shimchalar yig'ilib qoladi.
MUHOKAMA
Gazlarni qazib olish jarayonida suyuqlik tomchilari, kern zarralari, burg'ilash eritmasi qoldiqlari va shu kabi qatlamdan keluvchi boshqa qo'shimchalarning zararli oqibatlarini bartaraflash maqsadida konlarda tomchili suyuqlik va mexanik qo'shimchlardan tozalovchi kirish separatorlari qo'llaniladi.
Tomchili suyuqlik - qatlam suvi tarkibida muayyan miqdorda asosan natriy xlordan tarkib topgan erigan tuzlar saqlaydi. Bu tarkibda undan tashqari tuz tarkibida kal'siy xlor, kal'siy va natriy karbonatlari, magniy xloridi va shu kabilar uchraydi.
Kirish separatorlarida tomchili suyuqlikning gazdan to'liq ajralishiga erishib bo'lmaydi. Suyuqlikning bir qismi gazni suv bug'laridan xalos qilishda absorbent sifatida foydalaniladigan glikolga yutilib, absorberga o'tadi. Shu vaqtning o'zida glikolda og'ir uglevodorodlar, quritish qurilmasi jihozlarining korroziyalnish mahsulotlari va glikolni o'zining smolalanish hosilalari va shu kabilar yig'iladi.
Sirkulyatsiyalanuvchi DEGda qo'shimchalarning mavjudligi gazlarni quritish qurilmasi ishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Chunki, qizdirish va regeneratsiyalash jarayonlarida kristallik tuzlar, mexanik qo'shimchalar, gilmoya zarralari, qum va okalin (metal sirtida hosil bo 'ladigan oksidlanish mahsulotlari), smolali mahsilotlar jihozlarning issiqlik uzatuvchi sirtlarida asfal't kabi konglomerat (lot. conglomeratus — «yig'ilgan, jamlangan, to'plangan, zichlashgan» turli jinslarning tartibsiz aralashmasi) aralashma hosil qiladi. Qizdiriladigan sirtlarda bu kabi yotqiziqlarning paydo bo'lishi issiqlik almashinishni qiyinlashtirib, energiya-xarajatining oshishiga va apparatlarning issiqlik uzatuvchi sirtlarida ularning kuyishi hisobiga shikastlanib, ishdan chiqishiga olib keladi.
Glikolda og'ir uglevodorodlarning yetarli miqdorda yig'ilishi qaynoq quvurlar sirtida uglevodorodlarning bir qismi cho'kib emul'siya ko'rinishida va plyonka paydo bo'lib, ikki fazali tizim hosil qildi. Bu jarayon devorlarning kokslanishini va natijada quvurlarning sirti notekis bo'lib qoladi. Quyi joylarida esa yuqori harorat ta'sirida parchalanadigan glikol va uglevodorodlar yig'iladi. Vujudga kelgan kislota korroziyani kuchaytirib, jihoz materialini buzilishiga olib keladi. Korroziya mahsulotlari glikolda to'planib, yuqoridagi muammolarni yanada chuqurlashtiradi.
Shu bois eritmalarni namdan regeneratsiyalash va ularni mineral tuzlar, mexanik qo'shimchalar, korroziya mahsulotlari va shu kabi boshqa turli qo'shimchalardan tozalash masalasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Gaz quritishdan maqsad uning tarkibidagi suv buglarini ajratib olib hamda suvga nisbatan "shudring hosil bölish nuqtasi" judayam kichik bölishini taminlashni yani gazni transpartirovka qilish yoki qayta ishlash sistemalaridagiga nisbatan ham pastroq qilishga erishishdir. Sanoatda gazni quritishning quyidagi usullari joriy qilingan: namlikni gigroskopik suyuqliklar bilan absorbsiyalash, namlikni aktivlashtirilgan qattiq qurituvchilar bilan adsorbsiyalash, gaz namligini siqish yoki sovutish evaziga kondensatsiyalab quritish usullari mavjuddir.
Absorbsion usulda gazni quritish juda keng kölamda gazni qayta ishlash zavodlari va magistral quvurlar bosh inshootlarida qöllaniladi. Qurituvchi absorbent sifatida mono, di- va trietilenglikollarning konsentrlangan suvli eritmalari ishlatiladi.
Gazlarni suvga ko'ra quritish jarayonida gazning shudring nuqtasiga ta'sir etuvchi asosiy omillar: «gaz—glikol» kontakti harorati; glikol turi (DEG yoki TEG); glikol konsentratsiyasi; glikol solishtirma sarfi.
2-jadval. Glikollarning asosiy fizik-kimyoviy xossalari
Nomlanishi DEG TEG
Kimyoviy formulasi C4H10O3 C6H1404
Molekulyar og'irligi 106,12 150,18
20 0S dagi zichligi, kg/m3 1 118,4 1 125,4
Atmosfera bosimida qaynash harorati, 0S 245 287,4
20 0S dagi absolyut qovushqoqligi, MPa • s 35,7 47,8
20 0S dagi solishtirma issiqlik sig'imi, ]/g • K 2,093 2,198
Atmosfera bosimida solishtirma bug'lanish issiqligi, k] / kg 348,34 414,91
Parchalanish harorati (nazariy), 0S 164,4 206,7
Muzlash harorati, 0S -8 -7,2
Quyida turli xildagi glikolli qurituvchilarning afzallik va kamchiliklari keltirilgan.
DEG ning afzalliklari
Yuqori gigroskopligi, oltingugurtli birikmalarga nisbatan yaxshi barqarorligi, oddiy haroratlarda kislorod va C02 ga nisbatan turgunligi.
Konsentrlangan eritmalarining absorbsiya sharoitida qotmasligi uning afzalligidir.
TEGga nisbatan gaz bilan chiqib ketishi ya^ni shuni hisobidan yoqotilish ancha yuqoridir. Regeneratsiyalash vaqtida DEG eritmasini 95%dan yuqori bolgan konsentratsiyasini olishning qiyinligi, shudring hosil bolish nuqtasining depressiyasi TEGga nisbatan kichikligidir. Narxi ham ularga nisbatan baland.
TEG ning afzalliklari
Yuqori gigroskoplikka ega. Quritiladigan gazni shudring nuqtasining yuqori darajadagi depressiyasini ta^minlaydi (27,8-47,3 0S). Oltingugurtli birikmalarga nisbatan barqarorligining yaxshiligi, oddiy haroratlarda kislorod va C02 ga nisbatan turgunligi. Regeneratsiyalash vaqtida 99%li faol konsentratsiyasini qiyinchiliklarsiz oson olinishi, konsentrlangan eritmalari qotmasligi uning asosiy afzalligidir.
TEG ning kamchiliklari
Ishlatishda kapital xarajatlarning kattaligi. TEG eritmasi yengil suyuq uglevodorodlar bilan kopik hosil qilishga moyilligining yuqoriligi. Uglevodorodlarning erishi DEGga nisbatan TEGda yuqoriligi.
10-30% li MEA eritmasi, 60-85%li DEG, 5-10% suvli aralashmaning afzalliklari
Absorbent gaz tarkibidan suvni ajratishi bilan birga C02 va H2Sni ham ajratib bir vaqtning ozida gazni ham quritadi, ham tozlaydi.
Kamchiliklari
Gaz bilan birga absorbentning ketib qolishi TEGga nisbatan ancha yuqori. Faqat nordon gazlardan tozalash va quritish uchun ishlatiladi. Adsorbentni regeneratsiyalash haroratida u metallar korroziyasini keltirib chiqarib, gazning shudring nuqtasi quyi depressiyasini ta^minlab beradi.
Gazlarni bu absorbentlar bilan quritish gaz va absorbentdagi suv buglarining parsial bosimlarining farqiga asoslangan. Sanoat qurilmalarida gazni muvozanat shudring hosil bolish nuqtasigacha quritishni imkoni yoq, chunki gaz faqat absorberni birinchi yuqorisidagi tarelkasida hisoblangan konsentratsiyali glikol bilan kontaktlashadi, qolgan talelkalarda esa glikolni suvli eritmasida suvning miqdori kopayib boradi va shuning evaziga absopbent suvga toyinadi.
Shuning uchun texnologik qurilmalarda quritilgan gazning chin shudring nuqtasi muvozanat holatiga nisbatan 5 — 1 1 ° S yuqori boladi.
Shunday qilib gazni glikollar yordamida quritishni shudring nuqtasi kam bolmagan holatda olib boriladi. Yanada chuqquroq quritishda glikolni yuqori konsentratsiyali eritmasini qollash talab etiladi. Bu oz navbatida bir necha qiynchiliklar bilan bogliq hisoblanadi (yuqori konsentratsiyali glikol qollanganda uni quritilgan gaz bilan chiqib ketishi hisobiga yoqotilishi kuzatiladi). Gazni quritish qurilmalarida regeneratsiyalangan yuqori konsentratsiyali glikollarni olish uchun uni inert gaz ishtirokida olib borish kerak boladi. Keyingi yillarda yuqori konsentratsiyali glikollar yordamida gazlarni quritish ishlari amalga oshirilmoqda.
Q
Umumiy tolda qurituvchi absоrbеntlar yordamida gaz tarkibidan оlinishi mumkin bolgan namlik qurituvchilarning gigroskopik xususiyatlari bilan, harorat va bosim, gaz va absorbentni konaktlashuvining effektivligi, sirkulyasilanuvchi sistemada qurituvchining massasi va qovushqoqligi bilan tavsiflanadi.
Dietilenglikol (DEG) va trietilenglikol (TEG)lar suyuq erituvchilar sifatida tabiiy gazni quritish sanoatida keng kolamda ishlatilib, u rangsiz (kimyoviy jihatdan toza) yoki ochiq-jigarang korinishdagi (texnik) suyuqlik bolib hisoblanadi.
Sanoatda toza sof holdagi glikollar bilan emas balki, uning suvli eritmalari bilan ish koriladi. Quritish jarayoniga quyidagi korsatgichlar birinchi darajali ahamiyatga ega:
1). Glikollarni turli konsentratsiyali eritmalarining absorbsiya jarayonining turli xildagi haroratlaridagi quritish qobilyati;
2). Turli xil konsentratsiyali glikollar eritmasining turli xil haroratlardagi zichligi;
3). Glikollarni suvli eritmalarini qaynash harorati;
4). Har xil konsentratsiyali glikol eritmalarini qotish harorati.
Egri chiziqdagi sonlar-glikol konsentratsiyasining og'irligi, %.
2 - a va b rasmlarda quritilgan gazning shudring nuqtasi bilan DEG va TEG eritmasining turli konsentratsiyalariga hamda kontakt vaqtidagi haroratga bogliqlik grafigi tasvirlangan. Grafiklardan korinadiki masalan, konsenratsiyasi 9 5 % li DEG eritmasi haroratga ega bolgan gaz bilan kontaktlashganda shudring nuqtasini
haroratini — 5 ° S tushirsa, 9 8 %% li DEG esa aynan shu haroratda shudring nuqtasini —1 3 °S gacha tushiradi. Glikolni konsentratsiyasi qancha yuqori bolsa quritish darajasi ham shunchalik yuqori boladi. Yani quritilgan gazning shudring nuqtasi shunchalik past boladi.
2-rasm. Glikol eritmasi konsentratsiyasi va kontakt vaqtidagi haroratga nisbatan quritilgan gazning o'sish nuqtasi orasidagi bog'liqlik grafigi
DEG va TEG larni qaynash harorati va qurituvchanlik qobilyati deyarli bir xil. Biroq TEG ni xususiyati yuqoriroq, chunki u 206 0S dan boshlab parchalana boshlaydi. Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 608
D
Shu xususiyatidan foydalanib uni regeneratsiya qilishni vakuumsiz ham amalga oshirsa böladi.
XULOSA
Gazni quritish usulini tanlash xom-ashyoning tarkibiga bogliq. Ozchil gazlarni quritish uchun absorbsion va adsorbsion usullardan foydalaniladi. Agar gaz tarkibida qöshimcha kondensat mavjud bölsa gazni qayta ishlash past haroratli jarayonlardan foydalaniladi. Bu holatda gazni sovutish bosqichida suv buglarining kondensatsiyalanishi gazni muvozanat holatda namlik sigimi kamayishi hisobiga amalga oshadi. Avvalambor qarama-qarshi oqimli absorbsion jarayonlar tarkibida ogir uglevodorodlar bölmagan gazlarni quritish uchun qöllaniladi. Bundan tashqari qarama-qarshi oqimli absorbsion jarayonlar nordon gazlarni ham quritish uchun ishlatiladi.
Tögri oqimli absorbsion jarayonlar asosan neft qazib chiqarish konlarida qöllaniladi. Gazni quritish gorizontal absorberda amalga oshiriladi. Rossiyadagi konlar (Tyumen viloyati, Tomskneft', Bashneft', Dogneft', va h.zo. larda) gazlarini quritishda sobiq GDR davlatida ishlab chiqarilgan qurilmalar ishlatiladi. Bunday qurilmalarning quvvati katta bölmay sutkasiga 0 ,5 dan 2 ,5 mIn m3 / sutkani tashkil etadi. Absorbsion jarayonlar nafaqat yengil uglevodorodli gazlarni naqliyo qilish uchun balki gazni chuqur quritib past haroratli jarayonlarga yuborishdan oldinroq geliy gazini ajratib olish uchun ham qöllaniladi.
Gazni quritish qurilmasini loyihalash gazning suvga ko'ra talab etiladigan shudring nuqtasini aniqlash, dastlabki va to'yingan konsentratsiyali qurituvchilarni qabul qilish, quritish blogi uchun va regeneratsiyalash uchun kerakli jihozlarni tanlab olish va shu kabilarni o'z ichiga oladi.
REFERENCES
1. Toshboyev S. O. O. G. L., & G'Aybullayev S. A. (2022). Tabiiy gazlardagi keraksiz komponentlarni gazning tovarlik xususiyatlariga ta'siri. Science and Education, 3 (3), 206-213.
2. Urunov N. S. et al. PIROKONDENSAT TARKIBINING KIMYOVIY TAHLILI //Science and Education. - 2021. - T. 2. - №. 3. - C. 32-40.
3. G'aybullayev S. A. MEMBRANALI USULDA TABIIY GAZLARDAN GELIY AJRATIB OLISH //Academic research in educational sciences. - 2021. - T. 2. - №. 5. - C. 1594-1603.
4. Sadriddinovch S. M. et al. INFLUENCE OF THE QUANTITY OF BENZENE ON THE PERFORMANCE CHARACTERISTICS OF GASOLINE //Euro-Asia Conferences. - 2021. - T. 4. - №. 1. - C. 188-192.
5. Nilufar Saydyaxyayevna Maxmudova, Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev TABIIY GAZLARNI VODOROD SUL'FIDIDAN TOZALASH USULLARINING TASNIFI // Scientific progress. 2021. №5.
6. Sharipov M. S., G'aybullayev S. A. TASHLAMA GAZLARNI NOAN'ANAVIY USULLARDA TOZALASH //Science and Education. - 2021. - Т. 2. - №. 3.
7. Абдулазизов С. С. У., Шарипов М. С., Еайбуллаев С. А. МОЙ ФРАКЦИЯЛАРИНИНГ КИМЁВИЙ ТАРКИБИ ВА РЕОЛОГИК ХОССАЛАРИ //Science and Education. - 2021. - Т. 2. - №. 3.
8. Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev. "TABIIY GAZLARNI ABSORBSION QURITISH JARAYONIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR" Scientific progress, vol. 2, no. 4, 2021, pp. 659-668.
9. Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev. "TABIIY GAZLARNI UZATISH VA QAYTA ISHLASHDA GIDRATLANISHGA QARSHI KURASH" Scientific progress, vol. 2, no. 4, 2021, pp. 675-681.
10. Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev. "QURITUVCHI ABSORBENTLARNING QIYOSIY TAHLILI" Scientific progress, vol. 2, no. 4, 2021, pp. 649-658.
11.Zaripov, M. X. O. G. L., & G'Aybullayev, S. A. (2021). PIROLIZ KINETIKASINING MATEMATIK MODELI. Academic research in educational sciences, 2(9), 619-625.
12.Jumaev, A. V. O. G. L., & G'Aybullayev S. A. (2021). Adsorbentlarning turlari va tasnifi. Science and Education, 2 (9), 145-154.
13. G'Aybullayev, S. A. (2021). MEMBRANALI USULDA TABIIY GAZLARDAN GELIY AJRATIB OLISH. Academic research in educational sciences, 2 (5), 15941603. doi: 10.24411/2181-1385-2021-01074
14.Raupov, B. K. O. G. L., Mavlonov, B. A., & G'Aybullayev S. A. (2021). Bitumlarning ekspluatatsion xossalari va ularni yaxshilash. Science and Education, 2 (9), 170-179.
15.Mizrobjon Xalim O'G'Li Zaripov, & Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev (2021). UGLEVODORODLARNING TERMIK PIROLIZI MAHSULOTLARI HOSIL BO'LISHIGA REAKSIYA SHAROITINING TA'SIRI. Academic research in educational sciences, 2 (11), 723-731.
16.Behruz To'Ymurodovich Salomatov, Murodillo Zoirovich Komilov, & Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev (2022). UGLEVODORODLI GAZLAR TARKIBIDAGI NORDON KOMPONENTLAR VA ULARNI GAZNING XOSSALARIGA TA'SIRI. Scientific progress, 3 (1), 71-78.
17. Yulduz Malikjon Qizi Murodova, & Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev (2022). BENZOLNING NEFTKIMYOVIY SINTEZDA QO'LLANILISHI. Scientific progress, 3 (1), 79-86.
18.Nodir Sirojiddinovich Hasanov, & Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev (2022). Neft mahsulotlarini gidrotozalashning nazariy asoslari. Science and Education, 3 (1), 229-237.
19.Nodir Sirojiddinovich Hasanov, & Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev (2022). Neft mahsulotlari tarkibidagi oltingugurtli birikmalar va ularning xossalari. Science and Education, 3 (1), 137-146.
20.Nodir Sirojiddinovich Hasanov, & Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev (2022). NEFT MAHSULOTLARINI GIDROTOZALASH JARAYONIGA TA'SIR ETUVCHI ASOSIY OMILLAR. Scientific progress, 3 (1), 784-792.
21.Турсунов Б. Ж., Гайбуллаев С. А., Жумаев К. К. Влияние технологических параметров на гликолевую осушку газа //MEDICAL SCIENCES. - 2020. - Т. 1. -№. 55. - С. 33.
22.Зарипов Г. Б., Гайбуллаев С. А. Выбор режима работы процесса низкотемпературной сепарации углеводородных сырьевых ресурсов //Молодой ученый. - 2016. - №. 3. - С. 98-100.