Научная статья на тему 'FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR OBRAZLILIK VA EMOTSIONAL-EKSPRESSIVLIKNI YUZAGA KELTIRUVCHI ENG MUHIM VOSITA'

FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR OBRAZLILIK VA EMOTSIONAL-EKSPRESSIVLIKNI YUZAGA KELTIRUVCHI ENG MUHIM VOSITA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
683
117
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
frazeologik birliklar / obrazlilik / emotsional-ekspressivlik / ma’naviyat / madaniyat / axloqiy e’tiqod / tilshunoslik / ibora / phraseological units / figurative / emotional-expressive / spirituality / culture / moral belief / linguistics / phrase.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Bekiyeva, Malika Jamoldin Qizi

Ushbu maqolada frazeologik birliklar obrazlilik va emotsional-ekspressivlikni yuzaga keltiruvchi eng muhim vosita ekanligi haqida so`z yuritilgan. Tilshunoslikda o’zining alohida o’rniga va salmog’iga ega soha – frazeologiya sohasi ham yangi bosqichga ko’tarildi. Frazeologik birliklar til egasi hisoblangan xalqning ma’naviy madaniyati, urf-odati, kasbi, yashash joy va tarkibi, intilishi, voqelikka munosobati bilan chambarchas bog’liqdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PHRASEOLOGICAL UNITS ARE THE MOST IMPORTANT TOOL FOR IMAGINATION AND EMOTIONAL-EXPRESSIVITY

This article discusses that phraseological units are the most important means of creating imagery and emotional expression. The field of phraseology, which has a special place and weight in linguistics, has also reached a new level. Phraseological units are closely related to the spiritual culture, customs, profession, place and composition, aspirations, attitude to reality of the people who speak the language.

Текст научной работы на тему «FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR OBRAZLILIK VA EMOTSIONAL-EKSPRESSIVLIKNI YUZAGA KELTIRUVCHI ENG MUHIM VOSITA»

Scientific Journal Impact Factor

FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR OBRAZLILIK VA EMOTSIONAL-EKSPRESSIVLIKNI YUZAGA KELTIRUVCHI ENG MUHIM VOSITA

Ushbu maqolada frazeologik birliklar obrazlilik va emotsional-ekspressivlikni yuzaga keltiruvchi eng muhim vosita ekanligi haqida so^z yuritilgan. Tilshunoslikda o'zining alohida o'rniga va salmog'iga ega soha - frazeologiya sohasi ham yangi bosqichga ko 'tarildi. Frazeologik birliklar til egasi hisoblangan xalqning ma 'naviy madaniyati, urf-odati, kasbi, yashash joy va tarkibi, intilishi, voqelikka munosobati bilan chambarchas bog'liqdir.

Kalit sozlar: frazeologik birliklar, obrazlilik, emotsional-ekspressivlik, ma 'naviyat, madaniyat, axloqiy e'tiqod, tilshunoslik, ibora.

This article discusses that phraseological units are the most important means of creating imagery and emotional expression. The field of phraseology, which has a special place and weight in linguistics, has also reached a new level. Phraseological units are closely related to the spiritual culture, customs, profession, place and composition, aspirations, attitude to reality of the people who speak the language.

Keywords: phraseological units, figurative, emotional-expressive, spirituality, culture, moral belief, linguistics, phrase.

В данной статье рассматривается, что фразеологизмы являются важнейшим средством создания образности и эмоционального выражения. На новый уровень вышла и область фразеологии, занимающая особое место и вес в языкознании. Фразеологизмы тесно связаны с духовной культурой, обычаями, профессией, местом и составом, стремлениями, отношением к действительности людей, говорящих на языке.

Ключевые слова: фразеологизмы, образность, эмоционально-экспрессивность, одухотворенность, культура, нравственное убеждение, языкознание, словосочетание.

Bekiyeva Malika Jamoldin qizi

Andijon davlat universiteti mustaqil izlanuvchi E-mail: malikaxonj amoldinovna@gmail .com

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

Scientific Journal Impact Factor

KIRISH

Mamlakatimiz istiqlolga erishishi tufayli o'zbek xalqining madaniy-ma'naviy hayotiga ulkan ijobiy o'zgarishlarning yuzaga kelishiga sabab bo'ldi. Istiqlol tufayli milliy qadriyatlarimiz tiklanmoqda, xalqimizning ma'naviyati, madaniyati, axloqiy e'tiqodlari milliy ruh va yangi mazmun bilan tiklanmoqda. Ma'naviyatimizning asosi bo'lgan adabiy tilimizni yanada rivojlantirish, xalqimizning asrlar davomida shakllangan milliy-ma'naviy qadriyatlarini tiklash, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ma'naviy merosni o'rganish, mustaqillik mafkurasini badiiy ijod sohasida, ta'lim jarayonida yoshlarimiz ongiga singdirish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biriga aylanib bormoqda. Hozirgi kunda frazeologik majmuani ilmiy o'rganishga katta e'tibor berilmoqda. Shunday tadqiqotlar natijasida frazeologiya tilshunoslikning alohida sohasi sifatida qaror topdi. Bu holat nutqda keng qo'llab kelinayotgan frazeologizmlarni yanada chuqurroq ilmiy tadqiq etishni taqazo qiladi.

So'zlar tilning barcha leksik, semantik, grammatik sohalarida keng o'rganilayotgan bo'lsada frazeologizmlar, bu sathlarda har tomonlama o'rganildi deya olmaymiz. Frazeologizmlarning ma'no tarkibi, ma'no taraqqiyoti, hosil bo'lish yo'llari, lingvokulturologik va kognitiv talqini kabilar o'z tadqiqotchilarini talab qiladi. O'zbek tilshunosligida frazeologizmlarning semantik, grammatik, uslubiy tadqiqotiga doir qator ishlar mavjud. Ammo frazeologizmlarni o'rganishda o'zbek milliy madaniyati, milliy koloritidan, turmush tarzidan kelib chiqib yondashish,ularning lingvokulturologik va kognitiv talqini kabi masalalar hozirgi tilshunoslikning dolzarb muammolari sarasiga kiradi va bu jihati bilan mavzu dolzarblik kasb etadi.

Tilimizning leksik boyligini tashkil etuvchi frazeologizmlar tilshunoslarning doimo diqqat e'tiborida bo'lgan. Frazeologizmlar murakkab til hodisasi sifatida ikki yoki undan ortiq komponentlardan tashkil topadi. Shu ma'noda ularni amaliy va ilmiy o'rganish o'ziga xos yondashuvni, o'ziga xos metod va usulni taqozo etadi. O'zbek tilshunosligida iboralar grammatik, semantik, uslubiy yo'nalishda o'rganilgan. O'zbek tilshunosligida frazeologiya asoschisi filologiya fanlari doktori professor Sh.Rahmatullayev hisoblanadi. U o'zining qator ilmiy tadqiqotlarida iboralarning til hodisalari bilan o'xshash va farqli xususiyatlari va grammatik tabiatini o'rgandi, ilk bor o'zbek frazemalarining izohli lug'atini tuzdi. Bu lug'atda iboralarning ma'nosini izohlab bergan. Uning o'zbek tilidagi frazeologik birliklarga xos grammatik-leksik, semantik xususiyatlarga bag'ishlangan bir qancha maqolalari, qo'llanmalari va monografiyalari e'lon qilingan. Jumladan, "O'zbek tilida frazeologik birliklarning asosiy semantik turlari haqida" (1956), "Sintaktik tahlilda frazeologik birliklar ustida

Scientific Journal Impact Factor

ishlash" (1956), "Hozirgi zamon o'zbek tilidagi o'zlashgan frazeologik birliklar haqida"(1957), "Hozirgi zamon o'zbek tilidagi frazeologik birliklar grammatik qurilishining o'zgarishi haqida" (1963), "Fe'l frazeologik birliklarda moslashuv"(1964), "O'zbek frazeologiyasining ba'zi masalalari", "Nutqimiz ko'rki"(1970), kabi tadqiqotlari Shavkat Rahmatullayevning haqli ravishda mamlakatimizda o'zbek frazeologiyasini o'rganishning asoschisiga ko'tardi. Shuningdek, Sh.Almamatova "O'zbek tili frazemalarining komponent tahlili" mavzusida ilmiy tadqiqot olib borgan. Bu dissertatsiyada frazemalarning komponent tahlili, xususan, frazemalarning ifodaviy va mazmun jihatidan shaklantirishdagi komponentlarning o'rni, frazemalarning o'z va paradigmatik shakli, komponentlarning tarkibi, variantlanishi kabi masalalarni tatqiq etishni asosiy maqsad qilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zbek tilshunosligida frazeologiya sohasi 50-yillardan boshlab, mustaqil soha sifatida shakllana boshlagan. Bunda Sh.Rahmatullayevdan tashqari Y. Penxasov, E. Umarov, I. Qo'chqortoyev, H. Qahhorova, M. Husainov, M. Ro'ziqulova kabi olimlarning xizmati katta.

Xususan, frazeologik birliklar I. Qo'chqortoyev, Sh, Rahmatullayev, A. Rafiyev, Sh.Usmanova, M. Mirzayev, I. Rasulov, A. G'ulomov, A. Mamatov kabi olimlar tomonidan turlicha tadqiq etilgan. Ularning izlanishida frazemalar o'ziga xos tomonlari, shakl va ma'no xususiyatlari, badiiy asar tarkibida qo'llanilish imkoniyatlari kabi masalalarga diqqat qaratilgan. Zero, iboralarning mukammal tahlilini har tomonlama chuqur o'rganishni taqozo etadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tilshunoslikda o'zining alohida o'rniga va salmog'iga ega soha - frazeologiya sohasi ham yangi bosqichga ko'tarildi. Frazeologik birliklar til egasi hisoblangan xalqning ma'naviy madaniyati, urf-odati, kasbi, yashash joy va tarkibi, intilishi, voqelikka munosobati bilan chambarchas bog'liqdir.

Frazeologik birliklar obrazlilik va emotsional-ekspressivlikni yuzaga keltiruvchi eng muhim vositalardan biridir. Ular badiiy, siyosiy va publitsistik matnlarning ifodaviy ta'sirchanligini oshirish uchun xizmat qiladi. Shu boisdan frazeologizmlar tilshunoslikning alohida sohasi hisoblangan uslubshunoslikda muhim ahamiyat kasb etadi. Frazeologizmlar ixcham, ma'no jihatdan salmoqli til birligi bo'lib, davr ruhiga mos keladi, chunki milliy qadriyatlar, urf-odatlar rivoj topib borayotgan davrda

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

so'zlovchidan har tomonlama ixcham, asosli, obrazli va ta'sirchan shaklda ifodalashni taqozo etadi.

Frazeologik iboralarning turli xil xususiyatlarini tashqi shaklga qarab tasnif qilish orqali ham aniqlash mumkin. Bu tasnifda ko'proq frazeologik iboralarning tarkibidagi so'zlar soniga qarab e'tibor beriladi. Tasnif natijasida iboralar tabiatiga ko'ra nechta so'zdan tashkil topganligini aniqlash mumkin. Ko'pgina tilshunoslar frazeologik iboralar faqat ikki so'zdan ortiq bo'ladi degan fikrlarni bildiradilar. Ammo kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, frazeologik iboralar ikki, uch va undan ortiq so'zlardan iborat bo'ladi. Ammo ayrim tilshunoslar bir so'zdan iborat iboralar ham bor deb fikr yuritadilar. Jumladan, professor A. Jafarovning fikricha bir so'zdan iborat iboralar idiomatik iboraning eng yuqori taraqqiyot bosqichida hosil bo'ladi. Bu turdagi iboralar qo'shma so'z yoki yakka so'z bilan ifodalanadi, ular to'g'ridan -to'g'ri fikrni anglata olmasligi jihatdan ham qo'shma so'zlardan farqlanadi. To'g'ri bir so'z orqali ham idiomatik ma'no anglashiladi. Lekin bunday so'zlarni ibora deyish qiyin. Chunki ibora so'zlar birikmasidan iborat bo'lishi kerak. Bu haqda V. V. Vinogradov, A. Abakumov, A. Shaxmatovlarning fikrlari qimmatga sazovordir.1

Idiomatik so'zlar faqat yolg'iz so'zlardangina tashkil topib, idiomatik ma'no anglatadi. Lekin ibora aks ettirgan xususiyatlarni anglata olmaydi. Akademik V.V. Vinogradovning aytishicha, frazeologik birliklarning taraqqiyoti frazeologik butunlikdan boshlanib, frazeologik qo'shilmalarga aylanishi kerak. Frazeologik butunlikdan frazeologik chatishmalar, keyinchalik esa frazeologik qo'shilmalarga taraqqiy etib borishi kerak. Shu fikrga asoslanib Sh. Raxmatullayevning " idiomatik so'zlar frazeologik qo'shilmalar negizida vujudga keladi" degan fikrlari asoslidir.

Frazeologik birikmalar asosan so'zlar birikmasidan iborat, boshqacha aytganda, frazeologizmlar tilning alohida birligi bo'lib, tuzilishiga ko'ra erkin bog'lanma yoki gapga teng, to'liq yoki qisman semantik qayta shakllangan obrazli, turg'un so'z birikmalarini o'z ichiga oladi. 2 Frazeologizmlarning aksariyati o'zbek tilida ham, boshqa xildagi tillarda ham xalq tomonidan yaratilgan, ularning mualliflari ma'lum emas, kelib chiqish manbalari aniq emas. Shu ma'noda frazeologik olim A.V. Kunin frazeologizmlarning ko'pchiligining muallifi noma'lum bo'lib, ular xalq tomonidan yaratilgan degan fikrlarni asosli ravishda ko'rsatib o'tgan. Ammo ba'zi frazeologik birliklarning kelib chiqish manbalarini aniqlash mumkin. Shu ma'noda frazeologiya tilning umumiy tizimiga kiruvchi mikrosistema bo'lib, bu tizim o'zida o'tmish merosni, qadriyatlarni aks ettiradi, avloddan - avlodga o'tadi. Tizimni tashkil etuvchi

1 Mamatov A.E."O'zbek tili frazeologizmlarining shakllanishi.-T.:1997.-B.37.

2 Yo'ldoshev B. Frazeologizmlarning adabiy til normasi munosabatiga doir.-T.:O'TA.1992.3-son.-B.37-42.

653

Scientific Journal Impact Factor

frazeologik birliklarning ko'pchiligi ma'lum tilning boyish manbaidir. Frazeologik tizimni frazeologik birliklar, ularning asosiy komponentlari o'rtasidagi munosabatni tashkil etadi. Frazeologizmlar birdan ortiq so'zlardan tashkil topgan, ma'no va shakl jihatdan turg'un bo'lgan so'zlar bog'lanmasidir. Frazeologizmlar ko'chma ma'noda, obrazli ifodalarda qo'llaniladi hamda tarixiy qo'llanish me'yorlariga, usullariga ega bo'lib, ularning ma'nosi muayyan nutq jarayonida oydinlashadi. Fгazeologizmlaг so'z birikmasi yoki gap shaklida bo'lsa ular nutq birligi bo'lgan gaplardan farq qiladi. Ular lug'aviy birlik sifatida ko'p jihatdan so'zlarga yaqin turadi, so'zlarga xos bo'lgan juda ko'p xususiyat^ frazeologizmlaTga ham xosdir

Frazeologiyaning obyektini belgilashda turli xil farazlar mavjud. Frazeologiyaning obyektini faqat turg'un birikmalar tashkil qiladi. Frazeologiya fani frazeologik birliklarni ma'noviy struktural xususiyatlarini tadqiq qiluvchi, ularning til sistemasida paydo bo'lishi va nuqtda ishlatish xususiyatlarini o'rganuvchi fan deb ta'riflangan. Frazeologiya til va madaniyatning o'zaro aloqalarini yaqqol tushuntiruvchi tilshunoslik bilimlarining eng yuqori cho'qqisidir. Frazeologiyaning alohida fan sifatida tan olinishi bir necha bosqichlarni bosib o'tgan bo'lsada, hozirda frazeologiya o'zining ichki tuzilishi-yu, tadqiqot masalalariga ega bo'lgan alohida tilshunoslik bo'limi sifatida shakllanib bo'ldi. Undagi ko'plab muammolar hali o'z yechimini kutayotgan bo'lsada, hozirgi zamon tilshunosligida dolzarb frazeologik masalalar birin-ketin yoritilmoqda.

REFERENCES

1. Жамолдиновна, Б. M. (2020). ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИЧЕСКИЕ НАУЧНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ И ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ЯЗЫКА И КУЛЬТУРЫ В СОВРЕМЕННОЙ ЛИНГВИСТИКЕ. Вестник Приамурского государственного университета им. Шолом-Алейхема, (3 (40)).

2. Bekiyeva, M. J. (2020). LINGVOKULTUROLOGIYANING TADQIQOT ОВУЕКП, PRЕDMЕTI, MAQSADI VA VAZIFALARI. Интернаука, (18-3), 6970.

3. BEKIYEVA, M. (2020). Bekiyeva Malika O'ZBEK TILINI KOGNITIV O'RGANISH OMILLARI, VAZIFALARI VA AHAMIYATI.

4. Bekiyeva, M. J. (2021) КОШЕРТМШ LINGVOKULTUROLOGIYADAGI BAZAVIY KATЕGORIYALARDAN BIRI. АКТУАЛЬНЫЕ НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ. 3-7 (71). С 233-241. https://www.elibrary.ru/item.asp?id=45747276

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

5. BEKIYEVA, M. (2020). INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDAGI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING DUNYONING KOGNITIV TASVIRIDAGI O 'RNI.

6. BEKIYEVA, M. (2020). FRAZEOLOGIZMLARNI O'RGANISH-INTERAKTIV USULLARNING BIRI SIFATIDA.

7. BEKIYEVA, M. (2020). nE^ATOrHK MAXOPATHH

mAK^^AHTHPHmHHHr myxhm XYCYCH^TTAPH.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.