Научная статья на тему 'FRANSUZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA O'ZLASHGAN SO'ZLAR'

FRANSUZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA O'ZLASHGAN SO'ZLAR Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

28
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Leksika / avans / adres / album / anketa / ansambl / afisha / ampermetr / assembleya / Lexicon / advance / address / album / questionnaire / ensemble / poster / ammeter / assembly.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Munavvarxon Sharobiddinovna Maraimova, Norali Xudoymurod Ogli Amirov

Zamonaviy tilshunoslikda va xalqaro munosabatlarda fransuzcha kelib chiqishga ega so„zlarni bilish amaliy kommunikatsiyani yengillashtiradi.O„zlashgan so„zlarni bilish orqali tilning lug„aviy boyligi oshadi va ularning kelib chiqishi, ma‟nosi, ishlatilish doirasini tushunishga yordam beradi. O„zlashgan so„zlar ikki xalq madaniyatining aloqalarini aks ettiradi. Ularni o„rganish tarixiy, madaniy va lingvistik munosabatlar haqida bilimni oshiradi.Fransuzcha so„zlar ilmiy terminologiyada ko„p qo„llaniladi. Ularni o„rganish ilmiy va texnik sohalardagi bilimlarni o„zlashtirishni osonlashtiradi.O„zlashgan so„zlarni o„rganish orqali o„zbek tilining rivojlanish jarayonini kuzatish, yangi so„zlar qabul qilish mexanizmini tushunish mumkin

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In modern linguistics and international relations, knowledge of words of French origin facilitates practical communication. Knowledge of borrowed words increases the lexical richness of the language and helps to understand their origin, meaning, and scope of use. Borrowed words reflect the connections between the cultures of the two peoples. Studying them increases knowledge about historical, cultural, and linguistic relations. French words are widely used in scientific terminology. Studying them facilitates the acquisition of knowledge in scientific and technical fields. By studying borrowed words, one can observe the development process of the Uzbek language and understand the mechanism of adopting new words

Текст научной работы на тему «FRANSUZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA O'ZLASHGAN SO'ZLAR»

FRANSUZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA O'ZLASHGAN SO'ZLAR

Munavvarxon Sharobiddinovna Maraimova

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Roman-german tillar kafedrasi

fransuz tili o'qituvchisi [email protected]

Norali Xudoymurod o'g'li Amirov

Termiz davlat unversiteti Xorijiy Filologiya va tillarni o'qitish fransuz tili yo'nalishi

4-kurs talabasi

Zamonaviy tilshunoslikda va xalqaro munosabatlarda fransuzcha kelib chiqishga ega so'zlarni bilish amaliy kommunikatsiyani yengillashtiradi.O'zlashgan so'zlarni bilish orqali tilning lug'aviy boyligi oshadi va ularning kelib chiqishi, ma'nosi, ishlatilish doirasini tushunishga yordam beradi. O'zlashgan so'zlar ikki xalq madaniyatining aloqalarini aks ettiradi. Ularni o'rganish tarixiy, madaniy va lingvistik munosabatlar haqida bilimni oshiradi.Fransuzcha so'zlar ilmiy terminologiyada ko'p qo'llaniladi. Ularni o'rganish ilmiy va texnik sohalardagi bilimlarni o'zlashtirishni osonlashtiradi.O'zlashgan so'zlarni o'rganish orqali o'zbek tilining rivojlanish jarayonini kuzatish, yangi so'zlar qabul qilish mexanizmini tushunish mumkin.

Kalit so'zlar: Leksika, avans, adres, album, anketa, ansambl, afisha, ampermetr, assembleya

In modern linguistics and international relations, knowledge of words of French origin facilitates practical communication. Knowledge of borrowed words increases the lexical richness of the language and helps to understand their origin, meaning, and scope of use. Borrowed words reflect the connections between the cultures of the two peoples. Studying them increases knowledge about historical, cultural, and linguistic relations. French words are widely used in scientific terminology. Studying them facilitates the acquisition of knowledge in scientific and technical fields. By studying borrowed words, one can observe the development process of the Uzbek language and understand the mechanism of adopting new words.

Keywords: Lexicon, advance, address, album, questionnaire, ensemble, poster, ammeter, assembly.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

December, 2024

KIRISH

Fransuz tili dunyo madaniyati, san'ati va diplomatiyasiga katta hissa qo'shgan tillardan biri hisoblanadi. Tarixiy jarayonlar davomida Leksika har qanday tilning eng dinamik va tez harakatlanuvchi qatlamidir. Tilning lug'at boyligi doimiy ravishda yangi so'zlar bilan boyib, yangilanib boradi. Bugungi kunda o'zbek tili ham boshqa tillar kabi jahon miqyosida yangi so'zlarni faol qabul qilish jarayonini boshdan kechirmoqda. Yangi so'zlarning paydo bo'lishi bevosita xalqning ma'naviy o'sishi, madaniy, siyosiy va iqtisodiy hayotidagi o'zgarishlar bilan uzviy bog'liq. Bu so'zlar xalq hayotida yuz berayotgan o'zgarishlarni aks ettirgan holda, mahalliy tilga hech qanday to'siqlarsiz kirib keladi va tilning lug'aviy tarkibida doimiy yangilanishlarni yuzaga keltiradi.

Tilning lug'aviy tarkibi barqaror elementlar majmuasidan iborat bo'lsa-da, u yangi tushunchalar va leksik birliklar bilan muntazam boyib boradi. Ayniqsa, o'zbek tiliga kirib kelgan yangi so'zlarning lug'atlarda qayd etilishi va tilda mustahkam o'rin topishi bu jarayonning muhim bosqichidir. O'zbek tilining izohli lug'atlari har yili yangi so'zlar bilan to'ldirilayotgani ham tilning boyib borish jarayonini yaqqol ko'rsatib beradi.

Mazkur tadqiqot doirasida o'zbek tili izohli lug'ati orqali tilimizga fransuz tilidan kirib kelgan so'zlarning o'ziga xos xususiyatlarini ko'rib chiqish, ularning tilimizda qanday qaror topganligini o'rganish niyatidamiz. Bundan tashqari, kundalik hayotda faol qo'llanilayotgan so'zlarning mohiyati, semantik tarkibi va madaniy ahamiyatini aniqlash orqali ularning tilimizdagi o'rnini yanada chuqurroq ochib berishga intilamiz.

O'zlashma so'zlar har bir tilning rivojlanish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Til tarixida o'zlashma so'zlar orqali milliy til madaniy, iqtisodiy va ilmiy rivojlanishga moslashadi. Fransuz tilidan o'zlashgan so'zlar ham O'zbek tilida o'ziga xos o'rinni egallagan bo'lib, ular madaniyatlararo aloqalarning natijasi sifatida yuzaga kelgan. Ushbu maqola fransuz tilidan o'zlashgan so'zlarning semantik, morfologik va pragmatik xususiyatlarini IMRAD talablari asosida tahlil qiladi.

ADABUYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tadqiqotda quyidagi usullar qo'llanildi:

1. Korpus tahlili: O'zbek tilida fransuz tilidan o'zlashgan so'zlarning zamonaviy qo'llanilishi kuzatildi.

2. Leksikografik tahlil: O'zbek tilidagi lug'atlar va fransuzcha-o'zbekcha so'zlashuv kitoblari asosida o'zlashma so'zlar aniqlab chiqildi.

3. So'rovnoma: Turli yoshdagi o'zbek ona tili sohiblari

orasida o'zlashma so'zlar bo'yicha so'rovnoma o'tkazildi.

December, 2024

Ushbu metodlar orqali fransuz tilidan o'zlashgan so'zlarning kelib chiqishi, qo'llanilish sohalari va ma'no o'zgarishlari o'rganildi.

Natijalar (Results)

Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, fransuz tilidan o'zlashgan so'zlar asosan quyidagi yo'nalishlarda uchraydi:

1. Madaniyat va san'at:

"Balet" (ballet), "rejissor" (réalisateur), "artist" (artiste).

2. Moda va kiyim-kechak:

"Kostyum" (costume), "pardoz" (parure), "aksessuar" (accessoire).

3. Fan va texnika:

"Matematika" (mathématique), "fizika" (physique), "kompyuter" (ordinateur).

4. Ijtimoiy-siyosiy terminlar:

"Prezident" (président), "ministir" (ministre), "parlament" (parlement).

Semantik o'zgarishlar: Ko'plab so'zlar o'zbek tilida original ma'nosini saqlagan holda qo'llanadi, biroq ba'zilari yangi ma'nolar bilan boyitilgan.

Morfologik o'zgarishlar: So'zlar o'zbek tilining grammatik tizimiga moslashgan. Masalan, "rejissorlar" so'zining ko'plik qo'shimchasi qo'llanilgan.

Pragmatik xususiyatlar: O'zlashma so'zlar zamonaviy o'zbek tilida ko'proq yoshlar tomonidan, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida

MUHOKAMA

Fransuz tilidan o'zlashgan so'zlar madaniy va iqtisodiy aloqalarning natijasi sifatida O'zbek tilida o'z o'rniga ega bo'lgan. Tadqiqot davomida aniqlanganidek, ushbu so'zlar o'zbek tilining rivojlanishiga va boshqa tillar bilan integratsiyaga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, san'at, moda va texnika sohasida ushbu so'zlarning roli katta. Lekin, ba'zi o'rinlarda o'zlashma so'zlarning haddan tashqari ishlatilishi tilning asl boyligiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Xususan, hozirgi zamonaviy til rivoji jarayonida fransuz tilidan o'zlashtirilgan so'zlar alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu so'zlar o'zbek tili lug'at tarkibini boyitib, unga yangi ma'no va uslubiy tuslar baxsh etmoqda. Bunda nafaqat o'zlashgan so'zlarning o'zbek tiliga moslashuvi, balki ularning turli ilmiy, madaniy va kundalik muloqotda qo'llanishi ham diqqatga sazovordir. Shu sababli tilshunoslar va leksikograflarning bu boradagi izlanishlari nafaqat lingvistik, balki madaniy-ma'naviy jihatdan ham dolzarb ahamiyatga ega. Bugungi kunda fransuz tilidan o'zlashtirilgan so'zlar nafaqat o'zbek tilini boyitib, balki xalqaro muloqotlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Bu

ishlatiladi.

December, 2024

tilimizning ochiqligini, rivojlanish salohiyatini va turli madaniyatlarni qamrab olish qobiliyatini namoyish etadi.

Xulosa o'rnida shuni alohida ta'kidlash joizki, til - bu jamiyatning hayoti, madaniyati va ma'naviyatini aks ettiruvchi tirik organizmdir. U doimo rivojlanish va o'zgarish jarayonida bo'lib, har bir yangi davr til boyligini yangi atamalar, so'zlar va iboralar bilan boyitadi. Lug'atlar esa bu rivojlanishning muhim ko'zgusi sifatida nafaqat jamiyatni dunyo bilan bog'lovchi vosita, balki o'zaro tushunishni mustahkamlovchi manba hamdir.

Xalqning lug'at va so'z boyligi uning turmush tarzi, tafakkuri va madaniy o'ziga xosligini aks ettiradi. Shu sababli barcha tillardagi izohli lug'atlar faqat so'zlarning ma'nosini izohlab qolmay, balki jamiyatning tarixiy, madaniy va ijtimoiy taraqqiyotiga ham guvohlik beradi. Bu lug'atlar zamon o'tishi bilan jamiyat hayotining aks-sadosi sifatida doimiy ahamiyatga ega bo'lib kelmoqda.

REFERENCES

1. A.Hojiyev. O'zbek tilining atamalar lug'ati

2. Азим Хржиев. Тилшунослик терминларининг изошли луFати.тошкент «Узбекистан миллий энциклопедияси» давлат илмий нашриёти

3. Jurayeva Sh.X. "CHET TILINI O'QITISHDA ELEKTRON DARSLIKLARNING AHAMIYATI". Eurasian journal of Academic research. Volume 1, Issue 8. 98-

4. Jurayeva Shalola Xusanboyeva, "FRANSUZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA O'ZLASHGAN SO'ZLARNING IFODALANISH XUSUSIDA". ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE ,International scientific-online conference, page 45,46,47,48.

5. Deliqonov Islom Teshaevich. (2021) L'interculturel en francais langue etrengere. Международная научно-практическая конференция. 3 (3) 135-137.

XULOSA

100.2021.

December, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.