Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-712-725
O'ZBEKISTONDA QIMMATLI QOG'OZLAR BOZORINING HOZIRGI HOLATI TAHLILI VA BU BOZORDA KAPITAL JALB QILISHNING
ISTIQBOLLARI
Gulbahor Matyoqubovna Baqoyeva
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, PhD, "XMI" kafedrasi dotsenti
gulibakoeva@gmail.com
Khamza Khamidovich Qilichov
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 1 -bosqich magistranti
ANNOTATSIYA
Hozirgi vaqtda qimmatli qog'ozlar eng moslashuvchan moliyaviy instrumentlardan biri bo'lib hisoblanadi. Qimmatli qog'ozlar fuqaro huquqlarining obyekti sifatida tovar-pul munosabatlarini rivojlantirish va mamlakat iqtisodiyotini rivojlatirishga yaqindan yordam beradi. Avvallari, rejalashtirilgan iqtisodiyot sharoitida qimmatli qog'ozlarning ayrim turlari mulk munosabatlarida ishlatilgan(obligatsiyalar, lotoreya chiptalari, tashqi savdo aylanmasidagi veksellar). Hozirgi kunga kelib esa iqtisodiyotni bozor iqtisodiyotiga o'tkazish va qimmatli qog'ozlar bozorini shakllantirish qimmatli qog'ozlarning turlarini qayta tiklash va yangi turlarini yaratishni talab qildi. O'z navbatida ushbu bozor tomonidan taqdim etiladigan barcha imkoniyatlarni o'rganish bu bozorda kapital jalb qilishning zamonaviy usullarini tahlil qilish zaruriyatini ham keltirib chiqardi.
Kalit so'zlar: Qimmatli qog'ozlar, iqtisodiyot, bozor, kapital.
KIRISH
Ozbekiston fond bozorining yosh bo lishiga qaramay, uning tarixidan optsionlar vo fyuchers boyicha aniq bitimlar bilan bog'liq sahifalar joy oldi. Ayrim optsion shartnomalari 1992 yilda 'Toshkent' birjasining fond bo limida tuzilgan. Davlat mulki ulushini, shuningdek, erkin sotuvga va hamkorlarga sotish uchun mo ljallangan ulushlarni sotish uchun davlat mulki qo mitasining optsioni to'g'risidagi Nizom Respublika Adliya vazirligi tomonidan 1994 yil 24 oktyabrda 110- raqam bilan royxatga olindi, unga muvofiq xususiylashtirilayotgan korxonalarning ustav fondlari ulushlarini (bo lajak aksiyalarni) sotish amalga
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-712-725
oshirildi.1 Nizomga kora optsionlar ulushlari boyicha optsion shartnomalarining birjadan tashqari kimoshdi savdolari otkazildi, ular boyicha mukofotlarniig dastlabki baholari korxona ustav fondi ulushining sotuvga qoyilgan paketi nominal qiymatining taxminan 40 foizini tashkil etdi. Kimoshdi savdosida yutib chiqqan shaxs korxona ustav fondi ulushini xarid qilish, lekin qimmatli qog'ozlar korinishida, emitent tomonidan ular muomalaga chiqarilganidan keyin shartnomada kelishilgan qat iy (odatda nominal) narxda yoki bitimdan voz kechish huquqini qo lga kiritdi. 1995-yilda O zbekiston Respublikasi davlat mulki qo mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi va 'Toshkent' Respublika fond birjasi tomonidan Toshkent viloyati davlat mulki boshqarmasining davlat mol-mulkini, shuningdek, erkin sotuvga moljallangan ulushlarni sotish uchun fyuchers shartnomasi to'g'risida nizomi tasdiqlandi. Davlat mol-mulkini, shuningdek, erkin sotuvga va hamkorlarga sotishga moljallangan ulushlarni fyuchers shartnomasi asosida sotish tizimi xususiylashtirish jarayonini jadallashtirishga, fond bozorini faollashtirishga va sotish tanlovi asosida qimmatli qog'ozlarning bozor narxlarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratishga yo'naltirilgan edi. Nizomga muvofiq, xususiylashtirilayotgan korxonalorning davlat mol-mulkini, shuningdek, erkin sotuvga va hamkorlarga sotishga moljallangan ulushlar uchun fyuchers shartnomasi (Toshkent viloyati davlat mulki boshqarmasining fyuchers shartnomasi) ikki tomonlama shartnoma bolib, u davlat mol-mulki ulushini kafolatlangan (qatiy) narxda muayyan vaqt mobaynida yoki ma lum kelajak sanada sotib olish uchun majburiyatni ta minlagan edi. Ozbekistonda fyucherslar bilan operatsiyalar faqat fond birjalarida amalga oshirilishi mumkin.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog'ozlar va fond birjalari to'g'risida» gi Qonuniga muvofiq «Qimmatli qog'ozlar bu ularni chiqargan shaxs bilan ularning egasi o'rtasidagi mulkiy hududlarini yoki qarz munosabatlarini tasdiqlovchi dividentini yoki foiz ko'rinishida daromad to'lashni xamda ushbu xujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxsga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi pul xujj atlaridir».
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy isloxotlarning ikkinchi bosqichi qimmatli qog'ozlar bozorni rivojlantirishda yangi bosqich bo'ldi. Chunki endilikda qimmatli qog'ozlar bozoriga jiddiy etibor berila boshladi. Jumladan,
1 "Qimmatli qog'ozlar bozori va uning xususiyatlari" Alimov S, Toshkent-2008
Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 713 www.ares.uz
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-712-725
ikkilamchi bozorni tashkil qilinishiga kirishildi. Fond bozori infrastrukturasini jadal sur'atlar bilan tashkil qilish maqsadida investtsiya kompaniyalari va fondlari, kliring palatalari va fond do'konlari, reklama firmalari va XIF( xususiy investitsiya fondi)lari shakillantirildi.
1992-yilning yanvarida «Toshkent» birjasining Fond bo'limi respublikada birinchi bo'lib qimmatli qog'ozlar bilan muntazam savdolarini o'tkazishga kirishdi. O'sha 1992 yilda «Toshkent» birjasi Fond bo'limining qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalar bo'yicha aylanmasi 26 mln.rublni tashkil qildi, bu Rossiyani dongdor fond birjalarining xuddi shunday ko'rsatkichlari bilan taqqoslanadigan darajada edi. Fond birjasi o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, birja ustaviga hamda qimmatli qog'ozlar bilan bog'liq yumushlarni a malga oshirishning ichki qoidalariga qiladi Fond birjasi (mol-fond birjasining yoki valyuta birjasining fond bo'limi) O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ro'yxatdan o'tkaziladi va u qimmatli qog'ozlarga doir birja faoliyati yuritish uchun O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan litsenziya oladi. Qimmatli qog'ozlarga doir birja faoliyati yuritish uchun litsenziya olmagan tashkilot bunday faoliyat yurtishga haqli emas. Mol-fond birjalari va valyuta birjalarida mustaqil tarkibiy bo'linma va mustaqil bo'lmagan tarkibiy bo'linma sifatida fond bo'limlari tashkil etilishi mumkin. Fond bo'limlari o'z faoliyatlarida fond birjalariga qo'yiladigan barcha talablarga amal qilishlari lozim. Qimmatli qog'ozlar muomalasini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnoma (litsenziyasi) bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslar fond birjasi muassislari bo'lishlari mumkin. Birjada brokerlik o'rnini sotib olgan yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, ajnabiy yuridik va jismoniy shaxslar fond birjasining (mol-fond yoki valyuta birjasi fond bo'limining) a'zolari bo'lishlari mumkin. Fond birjasi a'zolarining miqdorini birjaning boshqaruv organlari, ularning mansabdor shaxslari va mutaxassislari fond birjasi a'zolari bo'lishga haqli emaslar. (O'zRning 22.09.2005 yil O'RQ-7-son Qonunining 2-moddasiga asosan tahrirda so'zlar bekor qilindi) Fond birjasi a'zolari qimmatli qog'ozlar muomalasini amalga oshirish uchun ruxsatnomalarga ega bo'lgan hamda investitsiya muassasasi maqomini olgan taqdirdagina oldi-sotdiga qo'yiladi. Brokerlik o'rnini sotib olgan jismoniy shaxs uni davlat hokimiyati mahalliy organlarida ro'yxatdan o'tkazganidan va bankda hisob-kitob schyoti ochganidan keyingina oldi-sotdiga qo'yilishi mumkin. Qimmatli qog'ozlarga doir birja amallari qoidalarini birjaning yuqori boshqaruv organi tasdiqlaydi.
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-712-725
Qimmatli qog'ozlar muomalasini amalga oshirishda foydalaniladigan shartnoma, hisobot, buyurtma va xabarnomalar hamda birjaga oid boshqa hujjatlar namunalari.Fond birjasi birja oldi-sotdisi vaqtida bitimlar tuzish, bitimlarni tekshirib ko'rish va ular yuzasidan hisob-kitob qilish tartibini mustaqil ravishda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Fond birjalari va fond bo'limlari O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishib olingan qimmatli qog'ozlar muomalasi bitimlarini amalga oshirish nizomlari va ichki qoidalari, fond birjasi ustavi (fond bo'limi to'g'risidagi Nizom) asosida ish tutadilar. Fond birjasida amallarni uning a'zolarigina amalga oshira oladilar.
Fond birjasi faoliyatining pul ta'minoti:
• fond birjasi aksiyalari va paylarini sotish;
• fond birjasidagi brokerlik o'rinlarini sotish;
• fond birjasi a' zolari muntazam to' lab boradigan a' zolik badallari;
• birja bitimlarini ro'yxatdan o'tkazishda olinadigan yig'imlar;
• qimmatli qog'ozlar muomalasida vositachilik qilishda olinadigan komission haq;
• birja ustavida nazarda tutilgan axborot xizmati va boshqa oid xizmatlar ko'rsatishdan keladigan daromadlar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasida davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash qo'mitasi qoshida qimmatli qog'ozlar bozori faoliyatini lashtirish va nazorat qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining (30 mart 1996 y) binoan maxsus markaz tashkil etildi.
Markazning o'z faoliyatlari doirasida qabul qilgan qarorlari, mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar, xo'jalik birlashmalari, korxonalar va tashkilotlar, shuningdek O'zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarining fuqarolari tomonidan bajarilishi majburiydir.
Nisbatan katta hududlarga ega bo'lgan mamlakatlarda, odatda qimmatli qog'ozlarning mintaqaviy yoki mahalliy bozorlari shakllanadi. O'zbekistonda masalan, qimmatli qog'ozlarning local bozorlari qimmatli qog'ozlar bilan savdo qilishni Qoraqolpog'iston Respublikasi, Toshkent shaxri va 12 ta viloyatdan iborat bo'lgan ma'muriy-xududiy tuzilmalar ixtiyoriga topshirish tamoyili bilan namoyon etilgan. Bu mintaqalarning har birida davlat boshqaruvi idoralari, fond birjalarining bo'linmalari, qimmatli qog'ozlar bozori umumiy va maxsus infratuzilmasining muassalari mavjud. Tashkil etilishning yagona tamoyiliga qaramasdan mintaqaviy
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-712-725
bozorlar bir-biridan umuman iqtsodiyotning rivojlanishi darajasi, emitetlarning ma'lum bir tarmoqqa tegishliligi, emitentlar va imkoniyatli sarmoyadorlarning miqdoriy hamda sifat hususiyatlari, infratuzilamalarining rivojganligi, professional ishtirokchilarning faolligi va o'z navbatida qimmatli qog'ozlar bilan bajariladigan operatsiyalarning hajmi bilan farq qiladi. Tabiyki masalan, Surxandaryo viloyati hududida chiqarilgan qimmatli qog'ozlarning egalari, asosan mahalliy tashkilotlar va fuqarolar bo'ladi. Shunday qilib mintaqaviy bozorlarda viloyat doirasida xo'jaliklar va axoli tomonidan pul mablag'larini yetkazib berishhamda iste'mol qilish bo'yicha nisbatan chegaralangan aylanmasiga yo'l qo'yiladi. Shu munosabat bilan bir-birlaridan yuqorida ko'rsatilgan xususiyatlari bilan farqlanuvchi masalan, Toshkent shaxri, Andijon viloyati, Qoraqolpog'iston Respublikasi va xokozo mintaqalarda shakillangan qimmatli qog'ozlar bozorlari to'g'risida gapirish mumkin. Biroq doimo shuni yodda tutish kerakki, ushbu bozorlar bir-birlari bilan uzviy bog'langan, yagona markaz tomonidan tartibga solinadi va boshqariladi hamda barcha uchun umumiy bo'lgan qonuniy asosga ega bo'lib, O'zbekistoning yagona fond bozorini tashkil qiladi.
Yuqorida O'zbekistoning qimmatli qog'ozlar bozorini bilan batafsil tanishib chiqdik, endi esa ushbu sharoitda Buyuk Britaniya va AQSh qimmatli qog'ozlar bozori tajribasini qo'llash istiqbollariga to'xtalib o'tsak. O'zbekiston qimmatli qo'gozlar bozorni rivojlantirish va tartibga solish usullarini takomillatirish borasida Buyuk Britaniya va AQSh tizimining quyidagi elementlari qo'llash maqsadga muvofiq bo'lar edi:
• Buyuk Britaniyaning riskni bartaraf qilish(Debt Management Office) va ishtirokchilarni rag'batlantirish tizimini joriy qilish lozim;
• Rivojlanib borayotgan yangi qimmatli qog'ozlar bozori hali to'yinmagan bo'lib, jahon tajribasini kiritish va texnologik modernizatsiya qilish orqali sohani kengaytirish lozim;
• AQShning yetakchi fond birjalarida birjaga kiritilgan maxsus maklerlarni tashkil qilish. Bu birjani nazorat qilishda yordam beradi;
• Qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantiruvchi maxsus qo'mita tashkil qilish
lozim;
• Qimmatli qog'ozlar bozori strukturasini kengaytirib, palatalar va qo'mitalarga ajratish lozim;
• Buyuk Britaniya kabi bozor ishtirkchilarini banklar bilan ishaydigan erkin maklerlarga aylantirish lozim.
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-712-725
Agar yuqoridagi usullardan foydlanilsa, o'ylaymizki hozirda qimmatli qog'ozlar bozorida mavjud bo'lgan muammolar o'z yechimini topishi mumkin. Albatta buni bosqiсhma bosqiсh amalga oshirish har tomonlama maqsadga muvofiq bo'ladi.
Hozirgi kunda "Toshkent" Respublika fond birjasi mamlakatimiz qimmatli qog'ozlar bozorining asosiy savdo maydoni hisoblanib, u yerda turli xil qimmatli qog'ozlar bilan savdolar amalga oshirilmoqda.
2
Rasm 1. "Toshkent" Respublika fond birjasining 2020-yildagi savdo aylanmasi.
2020-yil davomida bitimlar hajmi 103 emitentning 99 milliarddan ortiq qimmatli qog'ozlari 578,15 milliard so'mni tashkil etdi. Bitimlar hajmining eng yuqori darajasi avgust oyida sodir bo'lgan ko'rsatkich 100 milliard so'mdan oshdi; minimal miqdori aprel oyida qayd etildi - jild respublikadagi blokirovka paytida bitimlar 773 million so'mni tashkil etgan bo'lsa. Bir yil davomida hamma uchun bitimlar soni saytlar 36 ming donadan oshdi. Eng ko'p bitimlar tuzilgan yanvar oyida tuzilgan - 4 477 bitim, bu bitimlarning o'rtacha oylik sonidan oshib ketdi 2020-yil uchun 49 foizdan oshdi. Eng kam bitimlar soni qayd etildi Aprel - atigi 2,336 Qimmatli qog'ozlarning birlamchi bozori - bu qimmatli qog'ozlar emissiyasini va
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-712-725
birlamchi joylashtirilishini amalga oshirish, ya'ni qimmatli qog'ozlarni emitent yoki
"5
uning vakili tomonidan dastlabki sarmoyadorga sotish bozoridir.
Xususan, qimmatli qog'ozlarning ikkilamchi bozorda erkin muomalada bo'lish darajasi yildan-yilga o'sib bormoqda. 2020 yilda uning aylanmasi 2011 yilga nisbatan 1,3 barobarga kamaydi.
Rasm 2. "Toshkent" Respublika fond birjasining 2020-yildagi savdo aylanmasi4
2020-yil 31-dekabr holatiga ko'ra "Toshkent" RFB birjalar kotirovkalari ro'yxatida bozor kapitallashuvi 54,80 trillion so'm bo'lgan 145 ta aksiyadorlik jamiyatlari mavjud edi. O'rtasida Aprel, birja bozorining kapitallashuvi 2020-yilga va minimal darajaga yetdi 49 trillion so'mlik ko'rsatkichga yaqinlashdi. Bozor kapitalizatsiyasining bu pasayishi boshlandi Fevral, asosan, 18 ta aksiyadorlik jamiyatining ro'yxatdan chiqarilishi tufayli, uning asosiy qismi birja kotirovkalari ro'yxati to'g'risidagi nizom talablariga javob bermagan. Keyin keyingi 5 oy ichida
3 https://www.uzse.uz/system/analytics/pdfs/000/000/098/original/market_overview_2020_rus.pdf?1613567625
4
www.uzse.uz
Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 718 www.ares.uz
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-712-725
birja bozorining kapitallashuvi o'rtacha darajani ko'rsatib 50 trln. so'mga yaqinlashdi.5
Birja savdolarining 2020-yil natijalariga ko'ra, qimmatli qog'ozlarni birlamchi joylashtirilish hajmining umumiy birja aylanmasidagi ulushi 50,9 % ni yoki 86,8mlrd. so'mni tashkil etdi. Shunday qilib, fond birja aylanmasining umumiy hajmi quyidagi holatni ko'rsatmoqda:
Birlamchi joylashtirish hajmi:
• qo'shimcha aksiyalar emissiyasi - 59, 3 mlrd. so'm;
• korporativ obligatsiyalar - 34,4 mlrd. so'm.
Ikkilamchi bozor aylanmasi hajmi:
• aksiyalar - 51,2 mlrd. so'm;
• korporativ obligatsiyalar - 24,5 mlrd.so'm.
"Toshkent" RFBda qimmatli qog'ozlarning birlamchi joylashtirilishi va ikkilamchi bozordagi aylanmasida qimmatli qog'ozlarning investitsion jozibadorligini quyidagicha tahlil qilish mumkin:
2020 yil yakunlar ibo'yicha aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan birinchi marta chiqarilgan aksiya va obligatsiyalarni birlamchi joylashtirish orqali jalb qilingan mablag'larning asosiy qismini tijorat banklari qimmatli qog'ozlarining ulushi tashkil qilmoqda, ya'ni umumiy qo'shimcha aksiyalar chiqariluvi emissiyalari hajmining 67,8% i. O'zlarining qo'shimcha emissiyalarini fond birjasi orqali muvaffaqiyatli joylashtirgan emitentlar qatoriga sanoat tarmog' i korxonalarini -25,8% va savdo tarmog'I korxonalarini - 6,4% ham kiritish mumkin.
Tijorat banklarining qimmatli qog'ozlari ikkilamchi bozorda ham yuqori mavqeni egallab turibdi, ya'ni ikkilamchibozor umumiy aylanmasining 65,4% ini tashkil qilmoqdi. Shuningdek, ikkilamchi bozorda sanoat korxonalarining qimmatli qog'ozlariga ham qiziqish kata bo'lmoqda - 19,4%.
Shuningdek, sanoat tarmog'idagi korxonalarning qimmatli qog'ozlari bilan tuzilgan bitimlarning hajmi ham umumiy birja aylanmasida 21,6% ulushni tashkil qildi (46,0 mlrd. so'm).
5 https://www.uzse.uz/system/analytics/pdfs/000/000/098/original/market_overview_2020_rus.pdf?1613567625 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 719 www.ares.uz
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-712-725
Rasm 3. "Toshkent" Respublika fond birjasi savdo aylanmasida iqtisodiyot tarmoqlari
tarkibi.6
2020 yilda fond birjasi savdo aylanmasida iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari tarkibi quyidagicha:
- moliya tarmog'ining umumiy birja aylanmasidagi ulushi 55,9% yoki 95,4 mlrd. so'm shu jumladan, banklar - 51,6% yoki 88,1 mlrd. so'm, sug'urta kompaniyalari - 2,1% yoki 3,6 mlrd. so'm va lizing kompaniyalari -2,2% yoki 3,7 mlrd. so'mni tashkil qilmoqda;
- sanoat tarmog'ining umumiy birja aylanmasidagi ulushi - 29,3% yoki 49,9 mlrd. so'm;
- qurilish korxonalari tarmog'ining ulushi - 2,1% yoki 3,5 mlrd.so'm;
Fond birjasi faoliyatini faollashtiruvchi omillardan biri bu imkoniyatli
investorlar sonini kengaytirishdir. Bugungi globallashuv jarayonida, oldingi yillarga haraganda qimmatli qog'ozlar savdosi orqali tez foyda olish imkoniyati kengayib bormoqda. Jahon tajribasidan ma'lumki, qimmatli qog'ozlarga yo'naltirilgan investitsiyalar boshqa ba'zi sohalarga yunaltirilgan investitsiyalarga nisbatan ko'prog' foyda keltirishi va inflyatsiyadan ishonchli himoya qila olishini ko'rsatmoqda. Shubhasiz, bizning mamlakatimizda ham qimmatli qog'ozlar bozorida o'z faolligini oshirayotgan va aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini sotib olish hisobiga ularning aktivlariga egalik qilishi mumkinligini tushunadigan investorlar sinfi shakllanib bormoqda.
"Toshkent" Respublika fond birjasi tomonidan fond bozoriga keng investorlar oqimini jalb qilish maqsadida birja bitimlarini amalga oshiruvchi
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-712-725
texnologiyalarning ishlash tizimini yanada takomillashtirish va savdo ishtirokchilarining transaksion xarajatlarini imkon qadar kamaytirish borasida qator tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, fond birjasining xizmat ko'rsatish xaqlari miqdori aprel oyidan boshlab deyarli ikki barobargacha kamaytirildi.
Fond birja bozorining tarkibi investorlar toifasi bo'yicha tahlil qilinganda, asosiy qismini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari tashkil qiluvchi yuridik shaxslar iqtisodiyotning barcha sohalari qimmatli qog'ozlariga yunaltirgan investitsiyalari miqdori 158,7 mlrd. so'mni yoki birja jami savdo aylanmasining 93%ini tashkil etmoqda. Jismoniy shaxslarning umumiy birja aylanmasidagi ulushi 2020-yilda 7% ni yoki 11,9 mlrd. so'mni tashkil etdi.
7
Rasm 4. "Toshkent" Respublika fond birjasi savdo aylanmasida investorlar tarkibi.
Fond birjasining bugungi kundagi asosiy maqsadlaridan biri -respublikamizdagi moliyaviy barqaror va likvidli aksiyadorlik jamiyatlarini listingga jalb qilishdir. Aksiyadorlik jamiyatlarining rasmiy birja listingiga kiritilishi bu -ushbu jamiyatlarning ma'lum darajada ishonchliligidan va moliyaviy barqarorligidan darak beradi hamda ular to'g'risidagi axborotlarning doimiy oshkor qilinib bo rilishi esa investorlarning investitsiya kiritishga bo'lgan ishonchini oshiradi.
Bundan tashqari, aksiyadorlik jamiyatlarining fond birjasi listingiga kiritilishi, ularning xalqaro fond bozorlariga integratsiyalashuvida keng imkoniyatlar yaratadi, ya'ni xorijiy investorlar birinchi navbatda listingga kirgan kompaniyalar aksiyalarini afzal deb hisoblaydilar. Chet el fond birjalari esa asosan o'z mamlakati fond birjasi
7
www.uzse.uz
Google Scholar
Academic Research, Uzbekistan
721
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-712-725
listingiga kirgan aksiyadorlik kompaniyalariga tegishli qimmatli qog'ozlarnigina savdoga chiqaradilar.
Aksiyadorlik jamiyatlarini birja listingiga jalb qilish maqsadida "Toshkent" Respublika fond birjasi tomonidan amaldagi listing jarayonlari tartibiga tegishli o'zgartirishlar kiritildi, ya'ni aksiyadorlik jamiyatlarini listing kiritish jarayoni soddalashtirildi va listing to'lovlari miqdori qayta ko'rib chiqildi.
Fond birjasi tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarini listing jalb qilish bo'yicha ko'rilayotgan chora - tadbirlar o'z samarasini berdi, jumladan, 2006-yilda listing kompaniyalari soni 4 tani tashkil etgan bo'lsa, 2020-yil yakuni bilan birja listingiga kiritilgan aksiyadorlik jamiyatlarning soni 113 tani tashkil etdi. Listing kompaniyalari tarkibiga tijorat banklari, sug'urta kompaniyalari, neft va gaz sanoati, engil sanoat, qurilish mollari ishlab chiqaruvchi, agrosanoat kompleksi, energetika va metallurgiya tarmog'idagi hamda boshqa korxonalar kiritilgan.
Bugungi kunda birja listingiga kiritilgan aksiyadorlik jamiyatlarining 17 tasi oily toifa xisoblanadigan "A" toifaga, 20 tasi "V" toifaga, 76 ta aksiyadorlik jamiyatlari "S" toifaga javob beradi.
Shunday qilib, "S" toifa talablariga javob beradigan aksiyadorlik jamiyatlari salmog'I ko'pchilikni tashkil etmoqda, ya'ni ushbu aksiyadorlik jamiyatlarining nizom jamg'armasi jamiyat davlat ro'yxatidan o'tkazilgan sanada O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo'yicha 400 000 (to'rt yuz ming) AQSh dollariga teng bo'lgan ekvivalent summani tashkil etishi hamda oxirgi ikki moliyaviy yil natijalari ijobiy bo'lganligini ko'rsatadi.
So'nggi yillarda listing kompaniyalarining aksiyalari bilan amalga oshirilayotgan bitimlar salmog'I umumiy birja aylanmasida sezilarli darajada o'sishi kuzatilmoqda. 2006 yilda ushbu ko'rsatkich 3,3% ni tashkil qilganbo'lsa, 2020 yil yakunlari bo'yicha 49,6% ni tashkil qildi.
Fond birjasi listing tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlarining yana bir muhim afzallik tomoni shundaki, listingdagi qimmatli qog'ozlar shakshubhasiz kotirovkaqilinadi, bu esa mazkur aksiyalar bahosi shakllani shining bozor mexanizimini yaratishda xamda aksiyalarning haqiqiy bozor bahosini aniqlash imkoniyatini yaratadi, bu esa o'z navbatida uning kapitallashuv darajasining o'sishiga olib keladi.
2020 yilning 31 dekabr holatiga birja rasmiy listingiga kirgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining bozor kapitalizatsiyasi darajasi ko'rsatkichlari 5448,9 mlrd. so'mni tashkil qildi. «Toshkent» Respublika fond birjasining xizmatlari turini
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-712-725
kengaytirish strategiyasining mantiqiy davomiyligi bu mamlakatimizda rep o bozorini rivojlantirishdir. REPO bitimlari qimmatli qoqozlarni garovga qyish yo'li bilan pul mablag'larini qarzga olishning ommabop usuli hisoblanadi. Mijozga tegishli bo'lgan qimmatli qog'ozlar nafaqat foyda keltirishi, balki kredit mablag'larini zudlik bilan jalb qila oladigan samarali vosita sifatida ham qo'llanilinishi mumkin.
BH&.1i (pes.Majj.li anp.12 Ma».12 hioh.12 Hwn.l2 aer.12 -ceh.12 okt.12 Hon.12 ask.12
■ I kküa mc h i bozo r ■ B i rl a AC h i bo to r
Rasm 5. 2020-yilning oylari bo'yicha listingga kirgan kompaniyalarning aylanma tuzilishi.
2020-yil mobaynida birjaning REPO bitimlarini o'tkazish savdo maydonida jami 7,0 mlrd. so'mlik, ya'ni 10 ta emitentning aksiyalari bilan 4,8 mlrd. so'mlik 20 ta birinchi bosqich REPO bitimlari va 7 ta emitentning aksiyalari bilan 2,2 mlrd. so'mlik 8 ta ikkinchi bosqich REPO bitimlari amalga oshirilgan.
Jami bo'lib, 2004-yildan buyon 47 ta emitentlarning aksiyalari ishtirokida 332 ta REPO bitimlari amalga oshirilgan. Bitimlarning birinchi bosqichdagi hajmi 40,9 mlrd. so'mni tashkil qilgan bo'lsa, ikkinchi bosqichda 34,9 mlrd. so'mni tashkil qildi. Birjaning REPO bitimlari bilan umumiy savdolari hajmi 75,8 mlrd. so'mni tashkil qiladi.
XULOSA
Umuman, REPO tashabbuskori uchun ham va uning aktseptanti (kreditori) uchun ham REPO bitimi tuzishning manfaatli ekanligini yana bir bor ta'kidlash lozim. Uning oddiylik va ishonchlilik jarayoni moliyaviy bozor ishtirokchilari uchun jozibador bo'lib, bunday bitimlarni tuzishga investorlarni kengroq jalb qiladi.
Iqtisodiy islohotlarning hozirgi sharoitida mamlaktimizda shakllanib borayotgan qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirish korporativ tuzilmalarning
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-712-725
ahamiyatini oshirish zarurligi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda ham muhim masala hisoblanadi. Bu borada quyidagi takliflarni berishimiz mumkin.
• Birinchidan, jahon amaliyoti talablariga muvofiq O'zbekiston moliya bozori faoliyatini tartibga solish, nazorat qilish va barqaror rivojlanishini ta'minlash, shuningdek, moliyaviy xizmatlar bozori ishtirokchilari va investorlarining huquqlarini himoya qilishning qonunchilik asoslarini yanada takomillashtirish hamda jahon standartlari talablariga muvofiq moliya bozorini yanada erkinlashtirish, uning barqarorligi va kapitallashuv darajasini oshirish.
• Ikkinchidan, mamlakatdagi korporativ tuzilmalarning qimmatli qog'ozlar savdosini ikkilamchi bozorlarga olib chiqish va uni erkin joylashtirishni kuchaytirish. Bu borada eng avvalo mamlakatimizda qimmatli qog'ozlar ikkilamchi bozorini faollashtirish.
• Uchinchidan, mamlakatimiz moliya bozorida real iqtisodiyot yoki moliya bozoridagi bazis aktivlar muomalasi doirasida hosila moliyaviy vositalar bilan operatsiyalarni amalga oshirish. Bunda hosila moliyaviy vositalar bilan spekulyativ amaliyotlarni cheklash mexanizmlarini joriy etish. Hamda moliya bozoridagi likvidlilikni tartibga solish maqsadida REPO, SVOP operatsiyalarini yanada rivojlantirish.
• To'rtinchidan, mamlakatimizdagi tijorat banklari tomonidan qimmatli qog'ozlarni muomalaga chiqarish bilan bog'liq bo'lgan jarayonlarni yanada soddalashtirish va ularning emitentlar hamda investorlar uchun jozibadorligini oshirish, banklarning uzoq muddatli resurslarini ko'paytirish borasida bank depozitlari, depozit sertifikatlari va korporativ obligatsiyalarining yangi turlarini yanada takomillashtirish.
Yakuniy xulosa o'rnida shularni ta'kidlash mumkinki, hozirgi kunda jahon iqtisodiyotining muhim ajralmas qismi hisoblangan qimmatli qog'ozlar bozorini chuqur o'rganish, ularni tashkil qilish va bu bozorlarda kapital jalb qilishni samarali yo'lga qo'yish yakunda mamlakat iqtisodiyotining jadal sur'atlarda o'sishini ta'minlaydi.
REFERENCES
1. "Qimmatli qog'ozlar bozori turlarining rivojlanish tarixi" Usmonova X, Toshkent -2006
2. John C. Hull "Options, futures, & other derivatives", Fifth Edition, Prenticehall , Uppersaddle River, New Jersey, 2005
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-712-725
3. Тaтьянников В. Фондовый рынок: новый этaп pa3Bm^? // Рынок ^нных 6yMar. - 2003. - № 6.
4. Sh. Sh Shoxa'zamiy "Фондовый рынок и Рынок ^нных 6yMar" Kniga II, 2005
5. World Federation of Exchanges - Statistics/Monthly
6. www.sec.gov
7. www.wikipedia.org
8. www.uzse.com