Научная статья на тему 'FARZAND MA'NAVIYATINI SHAKLLANTIRISHDA OILANING O'RNI'

FARZAND MA'NAVIYATINI SHAKLLANTIRISHDA OILANING O'RNI Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
111
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
farzand / ota – ona / ajdod / avlod / ilmiy meros / jamiyat / tarbiya / fazilat / bola / atrof – muhit.

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Zulxumor Abdurasilovna Yavkacheva

Maqolada farzand tarbiyasi, ota – onaning vazifalari, ajdodlarimizning tarbiya toʼgʼrisidagi ilmiy merosi, tarbiya uslubi, turlari, farzand tarbiyasi inson hayotining asosiy mazmuni ekanligi, jamiyatimizda har bir inson oʼz oʼrniga ega boʼlishida tarbiyaning ahamiyatli ekanligi keng yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FARZAND MA'NAVIYATINI SHAKLLANTIRISHDA OILANING O'RNI»

FARZAND MA'NAVIYATINI SHAKLLANTIRISHDA OILANING O'RNI Zulxumor Abdurasilovna Yavkacheva

Toshkent Davlat Transport Universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.7931093

Annotatsiya. Maqolada farzand tarbiyasi, ota - onaning vazifalari, ajdodlarimizning tarbiya to'g'risidagi ilmiy merosi, tarbiya uslubi, turlari, farzand tarbiyasi inson hayotining asosiy mazmuni ekanligi, jamiyatimizda har bir inson o'z o'rniga ega bo'lishida tarbiyaning ahamiyatli ekanligi keng yoritilgan.

Kalit so'zlar: farzand, ota - ona, ajdod, avlod, ilmiy merosjamiyat, tarbiya, fazilat,bola, atrof - muhit.

Ota - ona bo'lish, farzand tarbiyalash, ulg'aytirish har bir insonning dunyodagi eng muqaddas vazifasidir.Bu insonni ich - ichidan sevintiradigan, hayajonga soladigan, qanoatlantiradigan vazifa sanaladi. Farzandni dunyoga keltirish va uni parvarish qilish mas'uliyatli ish. Shu bilan bir qatorda, solih farzand ulg'aytirish - ma'nan sog'lom, keng dunyoqarashga ega, o'zi va boshqalar bilan til topishib, atrofda bo'layotgan voqealarga munosabat bildira oladigan shaxsini tarbiyalash kerak.Tarbiya ota - ona hayotidagi eng asosiy, muqaddas va bir umr davom etadigan san'at hisoblanadi. Farzand tarbiyasi - uzluksiz jarayon.Bunda sabr - qanoat va ishonch lozim.

Eng jiddiy va nozik sanalgan farzand tarbiyasida san'at olamidagidek nafis va atroflicha fikrlash, sabr va mehr bilan harakat qilish talab etiladi.Eng kichik xatolar ham katta noxushliklarga sabab bo'lishi mumkin.Shu sababdan farzandi bor insonlarning hammasi ota -ona nomiga loyiq bo'la olmaydi.Ota - ona bo'lish - majburiyat ekanligini his qilishdir.Shu bilan birga bola deb atalmish qadrli bebaho, biroq ojiz omonatni yelkaga ko'tarishdir.Farzand ulg'aytirayotgan har bir ota - ona quyidagi savollarga javob axtaradi:

- Qanday qilib farzandimni yetuk inson qilib ulg'aytira olaman?

- Bolaga tanbeh va ozor bermasdan voyaga yetkazish mumkinmi?

- Farzandimni jamiyatga foydasi tegadigan shaxs qilib tarbiyalash uchun nimalarga e'tibor qaratishimiz lozim?

- Farzandimga qanday suyanchiq bo'la olaman?

Bunday savolarga va vaziyatlarga tushishini bilgan ota - onalar bilim, tajriba,farzand tarbiyasiga oid maslahatlarni topishga harakat qiladilar.

Bola tarbiyasida - qat'iyat, chidam va bilim ham muhim sanaladi.Bilimning o'zi kifoya qilmaydi, uni har doim amalda qo'llash lozim bo'ladi.Bolaning dunyosiga uning olami bilan kirib borish lozim.Farzandning istak va xohishlarini ota - ona tinglab, fikrlab, uni to'g'ri yo'lga yo'naltirish ular uchun eng to'g'ri yo'l hisoblanadi.Bolaga sevgimizni, mehrimizni o'z vaqtida ko'rsatishimiz,uni rag'batlantirib, ruhlantirib turishimiz, suhbatlashib, ularni qiynayotgan savollarga birgalikda javob topishimiz lozim.

Bola jamiyat qadriyatlarini, avvalo, oilada o'rganadi.Axloq, e'tiqod, insoniy fazilatlar bolada yoshlik chog'larida shakllanadi.Bola, eng avvalo, ota - onasining har qanday sharoitda o'zlarini qanday tutishlari, qilayotgan amallaridan o'rnak oladi.Har bir bolaning o'z dunyosi bor,shu sababli faqat kitoblar, udumlar asosida bolani tarbiyalash mumkin emas.Me'yoridan ortiq qattiqqo'llik ham bolaning ruhiy muvozanatini o'zgartiradi.

Har bir xalq o'z bolalarining baxtli bo'lishi uchun qadimdan kurashib kelgan.Buni avlodlardan avlodlarga o'tib kelgan ma'naviy xazina - kitoblardan bilsa bo'ladi.Ana shunday

kitoblardan biri - " Avesto" dir.Taniqli olim Jo'ra Yo'ldoshev "Avestoda axloqiy - ta'limiy qarashlar" kitobida zardushtiylik dinining muqaddas kitobi " Avestoda" ta'lim - tarbiya to'g'risida fikrlar bildirgan.Zardushtiylik dinining asoschisi va " Avesto" kitobining muallifi Spitama Zaradushtra ( eramizdan avvalgi II ming yillikning oxirlaridan I ming yillikning keyingi asrlarigacha bo'lgan davr) tarbiya to'g'risida quyidagi fikrlarni bildiradi: Tarbiya hayotning eng muhim tayanchi bo'lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash lozimki, u avvalo yaxshi o'qishni va so'ngra esa yozishni o'rganish bilan eng yuksak pog'onaga ko'tarilsin".

" Avesto"da bolalarni o'qitish va tarbiyalash qoidalari quyidagi tartibda tavsiya etilgan:

a) diniy va axloqiy tarbiya;

v) jismoniy tarbiya

s) o'qish va yozishga o'rgatish

Zardushtiylikda ma'rifat va bilimning kuchiga qattiq e'tiqod qilinadi va jamiyat hayotida ham oqibat natijada ma'rifat yutib chiqadi deb hisoblangan.O'sha davrda bolalarning faqat sihat

- salomatlik va jismonan baquvvat bo'lishi haqidagi emas, balki ilmu - ma'rifat olishi va ma'naviy sofligi, yaxshilik, ezgulik xislatlarini egallashlari to'g'risida ham g'amxurlik qilishgan.Ana shunday kitoblardan yana biri - Sharqda mashhur bo'lgan " Qobus -noma"dir.U XI asrda, fors - tojik tilida yaratilgan, juda ko'p tillarga tarjima qilingan." Qobusnoma"da kasb -hunar o'rganishning zarurligi xususida shunday deyiladi:" Agar tabiating har qancha asl bo'lsa ham, unga mag'rur bo'lmagil, chunki tan go'zalligi hunar bezagi bilan ziynatlanmas,hech narsaga arzimaydi. Ulug'lik aql va bilim bilandir, nasl - nasab bilan emas. Ota - onang qo'ygan ismga mag'rur bo'lmagil, bu ism faqat tashqi ko'rinishdan boshqa narsa emas.Ammo sen hunar bilan birga nomga ega bo'lgil".

O'rta Osiyolik buyuk mutafakkirlardan biri bo'lgan Abu Ali ibn Sino oilaviy tarbiyaning umumiy asoslarini bayon etishga harakat qilgan.Ibn Sino bolani tarbiyalash omillarini tahlil qilib, ulardan eng to'g'risi - bolalar bilan birga bo'lish va ijobiy misollardan foydalanib, alohida

- alohida suhbatlashish, uning izzat - nafsiga tegmaslik, deb uqtirgan.Ibn Sino tarbiyada otaning rolini ifodalashga katta ahamiyat bergan. " Ro'zg'orshu-noslik" kitobida oilada asosiy tarbiyachi ota bo'lishi, u maqsadga erishmoq uchun bolaga tanbeh berishi, ba'zida rag'batlantirishi, maqtashi to'g'risida fikr bildirgan.Tarbiya haqida Imom G'azzoliyning " Ihyou ulumud - din " kitobida bunday deyiladi: " Bola ota - ona qo'lida bir omonatdir.Qalbi turli naqsh va rasmlardan pok, nima naqsh solinsa, qabul qiladi, nimaga moyil qilinsa, moyil bo'laveradi. Agar yaxshilikka undalsa va o'rgatilsa, uning ustida o'saveradi, dunyo va oxiratda saodatli bo'ladi, ota - onasi hamda odob, ta'lim - tarbiya berganlar barchasi savobiga sherik bo'lishadi"

Har bir oilaning tarbiyalash uslubi har xil.Kimdir o'z farzandining orzularini amalga oshirishga harakat qiladi, kimdir esa o'z orzularini farzandi orqali amalga oshirishga intiladi.

Tarbiya bir necha xil bo'lishi mumkin: badan tarbiyasi, ruhiy tarbiyasi, aql va fikr tarbiyasi,axloqiy tarbiyasi, iroda tarbiyasi, mehnat tarbiyasi va boshqalar kiradi.

1.Badan tarbiyasiga bolani jismonan baquvvat qilib tarbiyalash, tozalik va poklikka o'rgatish, sport va badantarbiya mashqlariga ko'niktirish kabilar kiradi.

2.Ruhiy tarbiyada bolaning maqsadi, e'tiqodi, diyonati, imonini shakllantirish, uning chin insoniy fazilatlarini kamol toptirish; hissiyotga beriluvchan va ta'sirchan bolalarda haqiqatni ko'ra bilish, jasurlik, matonat kabi xislatlarni shakllantirish,aksincha, diydasi qattiq bolalarning qalbini yumshatadigan omillar yordamida ularni mayin hissiyotli qilib tarbiyalashdan iborat.Bolani ruhiy tushkunlikka tushishdan, qiyinchiliklar oldida esankirab qolishdan himoyalashda bunday tarbiyaning ahamiyati katta.

3.Aql va fikr tarbiyasini yaxshilash uchun bolaning fikrlashi,zakovati, xotirasi va mushohada qobiliyatini takomillashtirishga yordam beruvchi mashg'ulotlar o'tkaziladi, unga turli ibratli ertak va hikoyalar so'zlab beriladi, zarur bilim va ma'lumotlarlar yodlatiladi.Odatda,bolalar kichik yoshda har bir ko'rgan narsasi haqida so'raydigan, ularni tekshirib,sinab ko'radigan,tinimsiz savollar beradigan bo'ladi.Bunday paytda ularning savollariga erinmay, hafsala bilan tushunarli, sodda qilib javob berish kerak.

4.Axloqiy tarbiya berish uchun, eng avvalo, ota - ona farzandiga axloq va odob bobida o'rnak ko'rsatishi, odobdan muntazam saboq berib borishi kerak bo'ladi.

5.Iroda tarbiyasida farzandingizni irodasi kuchli shaxs qilib kamol toptirishdir.Bolaning qaysarlik davrida ( 4 yoshdan 16 yoshgacha) olib boriladigan tarbiyada qattiqqo'llik, chidam kerak bo'ladi, ammo ayni damda mehr, samimiylikni his etib turishi lozim.

6.So'zlashuv tarbiyasida bola kamolotida muhim o'rin tutadi. Odatda, o'g'il - qizlar bir yarim - ikki yoshdan gapira boshlashadi. Ularga kichikligidan so'zlarni to'g'ri talaffuz qilishni, kattalarga murojaat qilish odoblarini o'rgatish, behayo so'zlarni yomonligini tushuntirish lozim.Endi tili chiqqan vaqtida farzandimiz og'zidan chiqayotgan nobop so'zlarga befarq bo'lmasdan, bunday so'zlar yaxshi emasligini darhol uqtirishimiz lozim.Aks holda, bir kun kelib o'sha so'zlar farzandimiz tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatishi oqibatida o'zimizga nisbatan ham aytilishi mumkin.

7.Mehnat tarbiyasida bolaga halol kasb bilan kun ko'rish haqida nasihatlar qilinadi, mehnatga muhabbat uyg'otish uchun bolaligidan unga turli mayda yumushlar buyurib turiladi.

Yuqoridagi fikrlardan shunday xulosa qilishimiz mumkinki, farzandlarga mehr shafqatli bo'lish, ularni sevib erkalash, hamisha ochiq chehra bilan muloyim muomala qilish,zaruriy ehtiyojlarini qondirish, har jabhada ularga shaxsiy ibrat ko'rsatish ota - onaning muhim vazifalaridandir.Farzandlarimizning ilmiy saviyalari, kasbu hunarlari bir qatorda axloqiy fazilatlari ham ko'payib borishi zarur. Yosh avlodning ta'lim va tarbiyasi to'g'risida g'amxo'rlik qilish faqat hukumatimizning yoki maktablarning emas, birinchi navbatda har bir ota - onaning muqaddas burchlaridan biri hisoblanadi.

REFERENCES

1. Alimov U. Oilada farzand tarbiyasi. - T.:" Movarounnahr ", 2017.

2. Komilova G., Shoyzoqova D. Hamma narsa bolam uchun.-T.: "Yurist -media markazi", 2009.

3. Maqsudov T. Oila etikasi va psixologiyasi. - T.:" O'qituvchi ", 1991.

4. Yo'ldashev J. Avestoda axloqiy - ta'limiy qarashlar. - T.:" O'qituvchi ", 1992.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.