Научная статья на тему 'Farzand tarbiyasida ota-onaning roli'

Farzand tarbiyasida ota-onaning roli Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
7965
202
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
oila / jamiyat / ota-ona / burch / tarbiya / xulq-atvor / sog’lom avlod / psixologiya / ma’naviy yetuklik

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — O’g’iloy Mo’minjon Qizi Madaminova

Ushbu maqola farzand tarbiyasi va unda ota-onaning o’rni, ma’suliyati hamda vazifa va burchlari masalalariga bag’ishlanadi. Shuningdek ushbu maqolada farzand tarbiyasi bu shunchaki tajriba, oddiy ko’rsatma va bilimlar jamlanmasi emas, balki o’z ichiga diniy-axloqiy bilimlar, tibbiyot, etika, psixologiya, pedagogika kabi sohalariga oid bilimlarni ham qamrab oladigan murakkab jarayon ekanligi ta’kidlangan. Shu boisdan bu kichik tadqiqot tarbiyachilar, pedagoglar, psixologlar va ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Farzand tarbiyasida ota-onaning roli»

Farzand tarbiyasida ota-onaning roli

O'g'iloy Mo'minjon qizi Madaminova Namangan davlat unversiteti

Annotatsiya: Ushbu maqola farzand tarbiyasi va unda ota-onaning o'rni, ma'suliyati hamda vazifa va burchlari masalalariga bag'ishlanadi. Shuningdek ushbu maqolada farzand tarbiyasi bu shunchaki tajriba, oddiy ko'rsatma va bilimlar jamlanmasi emas, balki o'z ichiga diniy-axloqiy bilimlar, tibbiyot, etika, psixologiya, pedagogika kabi sohalariga oid bilimlarni ham qamrab oladigan murakkab jarayon ekanligi ta'kidlangan. Shu boisdan bu kichik tadqiqot tarbiyachilar, pedagoglar, psixologlar va ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar: oila, jamiyat, ota-ona, burch, tarbiya, xulq-atvor, sog'lom avlod, psixologiya, ma'naviy yetuklik.

The role of parents in raising a child

Ogiloy Mominjon kizi Madaminova Namangan State University

Abstract: This article is devoted to the issues of child upbringing and the role, responsibility, tasks and duties of parents in it. Also, in this article, it is emphasized that child education is not just a collection of experience, simple instructions and knowledge, but a complex process that includes knowledge in the fields of religious and moral knowledge, medicine, ethics, psychology, pedagogy. Therefore, this small study is important for educators, pedagogues, psychologists and parents.

Keywords: family, society, parents, duty, education, behavior, healthy generation, psychology, spiritual maturity.

Xalq pedagogikasi barkamol avlod tarbiyasi, uning kamolotiga oid barcha masalalarni o 'zida mujassam etgan. Shunga ko'ra barkamol shaxs vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, ahllik, ilm va kasb-hunarga mehr-muhabbat, adolatlilik, ziyraklik, tashabbuskorlik, e tiqod va sadoqatlilik, oqibatlilik, odoblilik kabi fazilatlarga ega bolishi, shu bilan birga chuqur ilm egallashi, vaqtning qadriga yetishi, xalq udumlari va milliy urf-odatlarini yaxshi bilishi va qadrlashi, diniy ta'limotlarni to 'g 'ri tushunishi, muomala odobi va kiyinish madaniyatiga rioya qilishi lozimligi uqtirilgan. Bu fazilatlaring aksi bo'lgan nodonlik, badxulqlilik, manmanlik, qo'rqoqlik, yolg'onchilik, odobsizlik, insofsizlik, sabrsizlik, baxillik,

kibru havo, hasadgo'ylik, farosatsizlik kabi illatlardan xoli bo' lishi talab etilgan. Ana shu ijobiy fazilatlani yoshlar tarbiyasiga singdirish va illatlardan yiroq tutish yoki xoli qilish bo'yicha xalq pedagogikasida qator tarbiya metodlari, usul va vositalari mavjud. O'git-nasihat qilish, ibrat-o'rnak ko'rsatish, rag'batlantirish va qoralash kabi metodlarni xalqimiz asrlar davomida qo'llab kelgan bo'lib, uning quyidagi ijobiy shakllari:

> tushuntirish;

> o'rgatish, mashq qildirish;

> odatlantirish;

> kun tartibini rejalashtirish;

> yaxshi xislat va ishlarga undash;

> istak bildirish;

> maqtash;

> olqish aytish;

> duo qilish;

> alqash;

> tasalli berish;

> m ukofotlash, taqdirlash;

O'zbek xalq pedagogikasida bolalarda ijobiy fazilatlarni, tarbiyani shakllantirish uchun birinchi navbatda oila a'zolari ota-ona, aka-uka, opa-singil va oilada kattalarga bo'lgan mehr-muhabbat hissini tarbiyalash zarurligiga amal qilingani ko'rinadi.

Oilada bolalarning kattalarga bo'lgan mehribonligi tarbiya natijasidagina tarkib topadigan ma'naviy fazilat ekanligi ta'kidlanadi.Tarbiyani insonga yetkazishda ota-onaning o'rni beqiyosligini Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ta'kidlaydilar. Abu Hurayra(roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: "Nabiy (sollallohu alayhi va sallam): "Har bir tug'ilgan bola faqat fitrat (sof tabiat) bilan tug'iladi. Bas, ota-onasi uni yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi...". Bu hadisi sharifdan irsiyat, ya'ni biologik omil insonni shakllanishida asosiy o'rin tutadi degan fikrni ilgari suruvchi G'arb faylasuf va oqimlarining fikrlari asossiz ekanini va tarbiyaning muhimligini bilib olamiz. O' rta Osiyolik mutafakkirlardan Forobiy va Abu Ali ibn Sino inson tarbiyasiga ta'sir etadigan omillar ahamiyatiga e'tibor berganlar.

Forobiy inson kamolotida ta'lim-tarbiyaning muhimligini ta'kidlab: Munosib inson bo'lish uchun insonda ikki xil imkoniyat: ta'lim va tarbiya olish imkoniyati bor. Ta'lim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi, tarbiya esa kishilar bilan muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yo'ldir..." deydi. Abu Ali ibn Sino oila tarbiyasida ota-onaning o'rniga alohida to'xtalib: "Bola tug'ilgach, avvalo, ota unga yaxshi nom qo'yishi, so'ng uni yaxshilab tarbiya qilishi kerak... Agar oilada tarbiyaning yaxshi usullaridan foydalanilsa, oila baxtli bo'ladi" degan fikrni ilgari suradi.

Inson yaralibdiki o'zining oilasida tarbiyalanadi. Onalar farzand tarbiyasida hamisha oilada muhim o'rin tutganlar. Farzand tug'ilgandan keyin ham otasi ish yoki boshqa sabablar bilan ko'p vaqt uyda bo'lmaydi, tarbiyaga doir zarur og'itlar, ko'rsatmalar bergan holda, asosiy ishi moddiy ta'minot bo'lib qolaveradi. Illo, ona soliha, ilmli bo'lsa, farzandi kelajakda buyuk inson bo'lib yetishishi uchun astoydil harakat qiladi. Agar "nega farzand tarbiyasi yolg'iz mening zimmamda bo'lar ekan?!" deya u ham tarbiya bilan shug'illanmasa, nafaqat bir bolaning balki butun boshli millatning kelajagini barbod qiladi.

Ulug'larimiz hayotiga nazar soladigan bo'lsak, ularning onalari hatto otlari vafot qilganda ham moddiy ta'minotni o'z zimmalariga olishgan, han farzand tarbiyasi bilan shug'ullanishgan. Yillar davomida chekilgan zahmat natijasida Imom Ahmad, Imom Buxoriy kabi buyuk insonlar yetishgan. Abdurauf Fitrat "Rahbari najot" asarida shunday yozgan edi: "Suv qaysi rangdagi idishda bo'lsa, o'sha rangda tovlangani kabi bolalar ham shunday muhitda bo'lsalar, o'sha muhitning har qanday odat va axloqini qabul qiladilar. Abdurauf Fitrat "Rahbari najot" asarida shunday yozgan edi: "Suv qaysi rangdagi idishda bo'lsa, o'sha rangda tovlangani kabi bolalar ham shunday muhitda bo'lsalar, o'sha muhitning har qanday odat va axloqini qabul qiladilar.

Onaning tarbiya maskani zararga yo'liqsa, nasllarda o'nglanmaydigan yaralar ochiladi, onani yuqotadi. Farzandning ilk tarbiya makoni onaning ko'ksidir. Bolaning dunyo va ohirat hayotiga bog'liq bilimlarga ona mehru muhabbati bilan berilishi eng go'zal tarbiya shaklidir. Bolaning tarbiyalanishida ota-onalar o'z farzandlariga ma'naviy merosimiz bo'lgan milliy urf-odatlar, an'analar, marosimlar, udumlarning o'ziga xosligini asta sekinlik bilan tushuntirib borishga ma'suldirlar. Zeri, yurtboshimiz ta'kidlaganlaridek "Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon e'tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir".

Farzandning tarbiyalanishida ota-onalar diniy ta'limotlarga ham alohida ahamiyat berishlari lozim. Diniy tarbiyada bola Vatanga muhabbat bilan ajdodlarga sadoqat ruhida tarbiyalanadi. Bola tarbiyalashda buyuk mutafakkir bobomiz Mirzo Ulugbek shunday deganlar: "Oilada ota-onalar ayniqsa o'qimishli ota-onalar o'z farzandlarining haqiqiy inson bo'lib kamol topishiga alohida e'tibor berishlari lozim".

Shunday ekan, har bir ota-ona farzandining tarbiyasiga ko'proq e'tibor berishi, ularga alohida vaqt ajratib, odob-axloqdan dars berishi, yomonlarga yaqin yo'latmasligi lozim ekan. Har bir ota-ona farzand tarbiyasida albatta ota-bobolarning fikrlariga e'tiborli bo'lishlari kerak. Ana shunda ular ota-onasi va el-yurtiga xizmat qiladigan, ularga ikki dunyoda obro' olib keladigan yuzlarini yorug' va boshlarini yuqori qiladigan farzand bo'lib ulg'ayishadi. Ota-ona bolaning vaqtini to'pa qamrab oladigan zarur va manfaatli mashg'ulotlarni tayyorlashi kerak va ana o'sha mashg'ulotlar bolaning ongini rivojlantirivchi bo'lishi shart.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Azimaxon Kamolova osh avlodni tarbiyalashda xalq pedagogikasini manbalarining o'rganishning o'rganishning ilmiy-nazariy asoslari. "Science and Education" Scientific Journal / December 2022 / Volume 3 Issue 12. 590-592 betlar

2. Niyozmetova R. XX asr o'zbek adabiyotini o'qitish mazmunini belgilash masalalari. - T.: TDPU, 2000. - 105 b.

3. Niyozmetova R. Uzluksiz ta'lim tizimida o'zbek adabiyoti o'rganish metodikasi. - T.: Fan. 2007. - 215 b.

4. Nishonova S. SHarq uyg'onish davri pedagogik fikr taraqqiyotidabarkamol inson tarbiyasi. Ped. fan. dok. diss... - T.: 1988. - 289 b.

5. Okont V. OsnovM problemnogo obucheniya. - M.: Prosvern,enie, 1998. - S. 87-98.

6. Ochil Safo. Mustaqillik ma'naviyati va tarbiya asoslari: (O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, akademik I.A.Karimov asarlarimisolida). 2 - to'ldirilgan va qayta ishlangan nashri. O'qituvchi. - T.: 1997. - 256 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.