Научная статья на тему 'FARG'ONA VILOYATINING EKOLOGIYASINI YAXSHILASHDA MANZARALI DARAXT VA BUTALARNI EKISH HAMDA PARVARISHLASHNING AHAMIYATI'

FARG'ONA VILOYATINING EKOLOGIYASINI YAXSHILASHDA MANZARALI DARAXT VA BUTALARNI EKISH HAMDA PARVARISHLASHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
135
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Farg’ona viloyati / sanoat / qishloq xo‘jaligi / ekologiya / daraxt / buta / shahar / aholi / chang / eman / sofora / aylant / qayrag‘och / fitonsidlar. / Fergana region / industry / agriculture / ecology / tree / bush / city / population / dust / oak / sophora / aylant / slate / phytoncides.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Umarov Bekzod Baxtiyorjon O’g’li, Isaqova Ozodaxon Numanovna, Axmadov Qosimjon Furqat O’g’li

Ushbu maqolada Farg'ona viloyatining ekologiyasini yaxshilashda manzarali daraxt va butalarni ekish hamda parvarishlashning ahamiyati to’g’risida qimmatli ilmiy ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF PLANTING AND CARING FOR LANDSCAPES AND SHARES IN IMPROVING THE ECOLOGY OF FERGANA REGION

This article provides valuable scientific information on the importance of planting and caring for ornamental trees and shrubs in improving the ecology of the Fergana region

Текст научной работы на тему «FARG'ONA VILOYATINING EKOLOGIYASINI YAXSHILASHDA MANZARALI DARAXT VA BUTALARNI EKISH HAMDA PARVARISHLASHNING AHAMIYATI»

FARG'ONA VILOYATINING EKOLOGIYASINI YAXSHILASHDA MANZARALI DARAXT VA BUTALARNI EKISH HAMDA PARVARISHLASHNING AHAMIYATI

Umarov Bekzod Baxtiyorjon o'g'li

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti "Dehqonchilik va o'rmon meliorasiyasi"

kafedrasi assistenti Isaqova Ozodaxon Numanovna Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti magistranti Axmadov Qosimjon Furqat o'g'li Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabasi https://doi.org/ 10.5281/zenodo.6547671 Annotasiya. Ushbu maqolada Farg'ona viloyatining ekologiyasini yaxshilashda manzarali daraxt va butalarni ekish hamda parvarishlashning ahamiyati to'g'risida qimmatli ilmiy ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Farg'ona viloyati, sanoat, qishloq xo'jaligi, ekologiya, daraxt, buta, shahar, aholi, chang, eman, sofora, aylant, qayrag'och, fitonsidlar.

ЗНАЧЕНИЕ ПОСАДКИ И УХОДА ЗА ЛЕЧЕБНЫМИ ДЕРЕВЬЯМИ И ПАЛЯМИ В УЛУЧШЕНИИ ЭКОЛОГИИ ФЕРГАНСКОЙ ОБЛАСТИ Аннотация: В данной статье представлена ценная научная информация о значении посадки и ухода за декоративными деревьями и кустарниками в улучшении экологии Ферганской области.

Ключевые слова: Ферганская область, промышленность, сельское хозяйство, экология, дерево, кустарник, город, население, пыль, дуб, софора, айлант, сланец, фитонциды.

THE IMPORTANCE OF PLANTING AND CARING FOR LANDSCAPES AND SHARES IN IMPROVING THE ECOLOGY OF FERGANA REGION Annotation: This article provides valuable scientific information on the importance of planting and caring for ornamental trees and shrubs in improving the ecology of the Fergana region.

Keywords: Fergana region, industry, agriculture, ecology, tree, bush, city, population, dust, oak, sophora, aylant, slate, phytoncides.

Farg'ona viloyati-O'zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat bo'lib, 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 6770 km2. Aholisi 2020-yilda 3,817,000 kishi.Tarkibi 15 ta tuman, 4 yirik shaharlar Farg'ona, Qo'qon, Marg'ilon va Quvasoy. Markazi-Farg'ona shahri.

Farg'ona viloyati g'arbda va janubi-g'arbida Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh bo'lib, chegara Sirdaryo, Qayroqqum suv ombori undan keyin Toshkent-Qo'qon temir yo'l magistraligacha bo'lgan tekislik yerlaridan o'tib, janubi-g'arbda Isfara darayosi quyi qismi tekisligi hamda Turkiston-Oloy tog' oldi va adirlik yerlardan o'tadi. Janubdan viloyat Qirg'iziston Respublikasi bilan chegaradosh bo'lib, chegara Oloy tog'oldi, adirlar va adirora vodiylardan o'tib chegara ko'p joyda kishilar yashaydigan gavjum hududlardan o'tadi. Viloyatning sharqi Andijon viloyati bilan chegaradosh bo'lib, ko'pchilik yerlarda kishilar yashaydigan voha tekisliklariga to'g'ri keladi. Viloyat shimolida Namangan viloyati bilan

chegaradosh bo'lib, chegara asosan Markaziy Farg'onadagi Qoraqalpoq va Yozyovon cho'lli yerlaridan va kishilar yashaydigan tekislik joylaridan o'tadi.

Viloyat hududi g'arbdan sharqqa 158 kmgacha tortilgan (690.101 dan 720151 sharqiy uzoqlik), shimoldan janubga 96 km bo'lib (40°-45° shimoliy kenglik) shimoldan Qoraqalpoq kollektoridan tortib So'x hududigacha davom etadi. Viloyat maydoni bo'yicha Buxoro viloyatidan 6 marta, Toshkentdan 2,3 va Samarqanddan 2 marta kichikdir. Farg'ona shahrida gigant zavodlarimiz FNQIZ, Farg'ona azot, vodiy bo'yicha esa 143 ta paxta tozalash va neftni qayta ishlash zavodi, Qo'qon va Marg'ilon shaharlarida esa qator zavod va korxonalar mavjud. Bulardan tashqari Farg'ona viloyati aholisi O'zbekistonda zich hisoblanadi. Farg'ona viloyati hududi 6770 km2 yoki O'zbekistonning 1,5% maydonini egallab, respublika aholisining 11% tashkil qiladi.

Farg'ona viloyati respublika hududida kichik hududni egallashga qaramay unda respublikaning 11% ortiq aholisi yashaydi. Yana shuni aytish o'rinliki, Farg'ona viloyati aholisining zichligi bo'yicha respublikada zich bo'lib, faqat Andijon viloyatidan keyin turib 1 km2 yerga 417,7 kishi to'g'ri keladi. Shu vaqtda respublika aholisining zichligi esa 1 km2 yerga 79 kishiga tengdir.Farg'ona viloyatining respublikadagi u yetakchilik mavqeyi yana shuki, viloyat O'zbekistonda iqtisodiy jihatdan yaxshi o'zlashtirgan hududlardir. U O'zbekistonning sanoat va qishloq xo'jaligi yaxshi taraqqiy etgan viloyat hisoblanadi.

Viloyat respublikaning kimyo sanoati kompleksi (mineral o'g'itlar, sun'iy tola va charm, neftni qayta ishlash va boshqalar), ip gazlama, ipak gazlama, paxta tolasi, trikotaj, o'simlik moyi, qurilish materiallari (sement, shifer, oxak va boshqalar), elektr energiyani ishlab chiqarish markazlaridan biri hisoblanadi. Hozir Farg'ona viloyatining respublikada ishlab chiqaradigan sanoat mahsulotlaridagi ulushi 12% dan ortiqdir. Shuningdek, O'zbekistonda ishlab chiqarishdagi paxta tolasining 12,1% dan ortig'i, o'simlik moyining 13,3% viloyat korxonalari hisobiga to'g'ri keladi. Farg'ona viloyati respublikada qishloq xo'jaligi yaxshi taraqqiy etgan viloyat bo'lib, respublikada tayyorlanadigan qishloq xo'jalik mahsulotlarining 11% ortig'i yetishtiriladi. Farg'ona viloyatida O'zbekistonda keksa paxtakor hudud bo'lib respublika paxtasining 10% dan ortig'ini yetkazib beradi. Viloyat yana O'zbekistonning 10% ortiq sabzavot, 11% dan ortiq meva va uzum mahsulotlarini tayyorlaydi. Qishloq xo'jaligining asosiy tarmoqlari — paxtachilik, g'allachilik, pillachilik, bog'dorchilik va chorvachilik. Viloyatdagi barcha ekin maydoni 288,9 ming ga, shu jumladan, 129,6 ming ga yerga don, 115,9 ming ga yerga paxta, shuningdek, texnika ekinlari, 11,7 ming ga yerga sabzavot va poliz ekinlari, 24,1 ming ga yerga ozuqa ekinlari ekiladi. 20,3 ming ga yaylovlar tashkil qiladi. Ma'lumki yurtimizning boshqa hududlari singari Farg'ona shahrida ham keng ko'lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda, buning natijasida esa zamonaviy shaharlarning eng yuksak namunalari o'laroq viloyatimizda ham ulkan bunyodkorlik va ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borilayotgani hammamizga ma'lum. Viloyatimizda ayniqsa obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari yurtboshimizning 'Yashil makon' umummilliy loyihasi doirasida o'tkazilmoqda. Chunki, atrof-muhitiga bo'lgan zararli ta'sirini kamaytirish vazifasini ko'kalamzorlashtirilgan hududlar va o'rmon hiyobonlari bajaradi. Yashil ekinzorlar shahar ko'chalarining havo almashinuvini yaxshilaydi va uni tozalashga imkon yaratadi.

Bizga ma'lumki, to'liq ko'kalamzorlashtirish natijasida havo changdan deyarli batamom tozalanadi. Bunda o'simliklardan ajralib chiqadigan fitonsidlar havodagi zararli

mikroblarni 40-50% ga kamaytiradi. Hatto, qish oylarida daraxtlarning barglari bo'lmasa ham, ularning changdan himoyalashdagi ahamiyati katta. Havoning tozaligini ta'minlash uchun boshqa qo'shimcha tadbirlar - sanoat korxonalari chiqindilarining tarqalishini oldini olish chora tadbirlari bilan birga ko'chalarni obodonlashtirish ham muhim hisoblanadi. Yoz mavsumida daraxt va butalar bargidagi changni tez-tez yuvib turish zarur, aks xolda ekinzorlar asta sekin nobud bo'lishi mumkin. Katta yoshdagi bitta daraxt o'sish davrida havodagi chang miqdorini ushlab qolishi u yoki bu turdagi daraxt va butalarning changdan himoyalash xususiyatini o'rganib, ularni to'g'ri tanlab joylashtirilsa, yuqori himoya samarasiga erishish mumkin.

Muhandislik va ekologik-biologik jihatdan to'g'ri loyihalash orqali yashil ekinzorlar ishining sanitarlik vazifasi samaradorligi ta'minlanadi. Yashil sanitar ekinzorlarni barpo yetishda shamol yo'nalishi, atmosferaga tarqaladigan chiqitlarning turi, balandligi va tarkibi, kimyoviy va fizik xossalari inobatga olinishi lozim. Ko'kalamzorlashtirishning asosiy jihati shundan iboratki, bunda tabiiy daraxt ekinzorlari hududidan foydalangan xolda, qiyofasini o'zgartirib borish, tabiat namunalarini amaliy san'at ishlari bilan birlashtirib, yaxlit bir manzarani yaratishdir. Manzarabop ekinlarni ko'paytirish quldorlik jamiyati davrida vujudga kelgan. O'sha vaqtlarda ham saroylar, maqbaralar, badavlat xonadonlarda hiyobon va bog'lar barpo yetish va ko'kalamzorlashtirishga alohida e'tibor qaratilgan. Qadimiy Misr bog'larini rejalashtirishda ma'lum qoidalarga amal qilingan: kompozitsiya markazida asosiy bino joylashgan, ikki tomoniga daraxt ekilgan uzun yo'lak (alleya) ushbu kompozitsiyaning asosiy qismi bo'lib, hovliga kirish joyi bilan bog'langan hamda bog' hududini ikkita teng bo'limga ajratgan. Har bir bo'lagida esa to'g'ri burchakli suv havzalari barpo etilgan. Qadimiy Mesopotamiya davlatlarida ov qilishga mo'ljallangan katta qo'riqxonalar tashkil qilingan. Yirik shox-shabbali, tuklangan, ajinsimon, g'adir- budir, notekis bargli daraxt turlari (eman, qayrag'och, tut, qora yong'oq, oq terak, chinor, mayda bargli jiyda, zirk, katalpa, sovun daraxti, karkas va b.) havodagi changni yaxshi ushlaydi. Xuddi shular zaxarli kamyoviy birikmalarni, ayniqsa, karbonat angidridni tortib olib, o'zlashtiradi.

Ninabarglilar yaproq bargi daraxtlarga nisbatan changni ko'proq ushlab qoladi. Kuz, qorsiz qish va erta bahorda, aholi turar joylarida chang ko'p to'planganida ninabarglilarning jumladan ayniqsa kiparisdoshlar oilasining vakillarini barglari tangacha bargli bo'lganligi tanani zich qoplab turganligi ham ahamiyati katta, chunki bu vaqtda bargli daraxtlarning yaproqlari bo'lmaydi.

Baland o'suvchi eman, sofora, aylant, qayrag'och, shumtol daraxtlari katta barg sathiga ega bo'lganligi uchun, ulardan tuzilgan yashil massivlar atmosferani transport -sanoat chiqitlari va changlaridan yaxshi himoya qiladi. Yuqorida keltirib o'tilgan manzarali daraxt va butalardan foydalanilayotganligi sababli Farg'ona viloyatining barcha hududlarida ekologik vaziyat barqarorligi ta'minlanmoqda deb xulosa qilishimiz mumkin. Ta'kidlash joizki, obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari Farg'ona viloyatida izchil davom ettirilmoqda hamda ekologik vaziyat barqarorlashib bormoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

l.To'xtayev A.S.,Xamidov A.Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish Toshkent "O'qituvchi" 1994-y.

2.Shodimetov Y. "Ijtimoiy ekologiyaga kirish" Toshkent . "O'qituvchi" 1994-y.

3.M.Nazarov.,M.T.Abdullayeva "Farg'ona vodiysida introduksiya qilingan o'simliklar klassifikatsiyasi" Toshkent. "O'qituvchi" 2005-y.

4.www.nature.ru

5.www.edu.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.