Научная статья на тему 'BAG'DOD TUMANIDA XALQ ISTEʼMOL MOLLARI ISHLAB CHIQARISHNING GEOGRAFIK JIHATLARI'

BAG'DOD TUMANIDA XALQ ISTEʼMOL MOLLARI ISHLAB CHIQARISHNING GEOGRAFIK JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
187
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ixtisoslashuv / dehqonchilik / geografik joylashuv / yerning tuprog'i / Specialization / farming / geographical location / soil

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Vahobjonov Akbarjon Adhamjon O’g’li

Ushbu maqola Bag'dod tumanida xalq iste'mol mollari ishlab chiqarish va ko'rsatkichlarni tahlil qilishga bag'ishlangan. Ibtidoiy odamlar yovvoyi holda o'suvchi o'simliklar donini yig'ishtirib olishdan asta -sekin ularni sun'iy ravishda yetishtirishga o'ta boshlashgan. Bunda, asosan, liman dehqonchilik yuritilgan, ya'ni ekinzorlar daryo sohilida barpo qilinib, toshqin paytida ularni suv bosgan va ularning suvga bo'lgan ehtiyoji ta'minlagan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GEOGRAPHICAL ASPECTS OF CONSUMER GOODS PRODUCTION IN BAGHDAD DISTRICT

This article is devoted to the analysis of consumer goods production and indicators in Baghdad district. Primitive people gradually shifted from harvesting wild-grown plants to artificially cultivating them. In this case, mainly port farming was carried out, that is, crops were planted on the banks of the river, which flooded them during the flood and provided their water needs.

Текст научной работы на тему «BAG'DOD TUMANIDA XALQ ISTEʼMOL MOLLARI ISHLAB CHIQARISHNING GEOGRAFIK JIHATLARI»

Scientific Journal Impact Factor

О

BAG'DOD TUMANIDA XALQ ISTE'MOL MOLLARI ISHLAB CHIQARISHNING GEOGRAFIK JIHATLARI

Vahobjonov Akbarjon Adhamjon o'g'li Farg^ona davlat universiteti Tabiiy fanlarfakulteti Geografiyayo'nalishi talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqola Bag'dod tumanida xalq iste'mol mollari ishlab chiqarish va ko'rsatkichlarni tahlil qilishga bag'ishlangan. Ibtidoiy odamlar yovvoyi holda o'suvchi o'simliklar donini yig'ishtirib olishdan asta -sekin ularni sun'iy ravishda yetishtirishga o'ta boshlashgan. Bunda, asosan, liman dehqonchilik yuritilgan, ya'ni ekinzorlar daryo sohilida barpo qilinib, toshqin paytida ularni suv bosgan va ularning suvga bo'lgan ehtiyoji ta'minlagan.

Kalit so'zlar: Ixtisoslashuv, dehqonchilik, geografik joylashuv, yerning tuprog'i

Аннотация: Данная статья посвящена анализу производства и показателей производства товаров народного потребления в Багдадском районе. Первобытные люди постепенно перешли от сбора семян дикорастущих растений к их искусственному выращиванию. При этом в основном велось портовое земледелие, то есть посевы были посажены на берегах реки, которая их затапливала во время паводка и обеспечивала их потребности в воде.

Ключевые слова: специализация, земледелие, географическое положение, почва.

Abstract: This article is devoted to the analysis of consumer goods production and indicators in Baghdad district. Primitive people gradually shifted from harvesting wild-grown plants to artificially cultivating them. In this case, mainly port farming was carried out, that is, crops were planted on the banks of the river, which flooded them during the flood and provided their water needs.

Keywords: Specialization, farming, geographical location, soil

Dehqonchilik insoniyatning qadimiy faoliyat turlaridan bo'lib, ekinlarni yetishtlrishga oid dastlabki ma'lumotlar qadimgi yunon olimi Gesiod (mil. avv. 776 y.) va faylasuf olim Aristotel (mil. avv. 384 y.) asarlarida keltiriladi. Rus olimi Vergiliy (mil. avv. 70-19 y.) dehqonchilik to'g'risidagi asarida tuproq xususiyatlari, shudgorlik, ekinlami dalada navbatlab ekishning ahamiyati haqida to'xtalib, yerga ishlov berishga oid tavsiyalar yozib qoldirgan.

Miloddan avvalgi VI-V ming yillikda liman sug'orish Markaziy Osiyoning janub -g'arbidagi tog'oldi hududlarida tarkib topgan va rivojlangan. Miloddan avvalgi

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

0

IV ming yillikda Markaziy Osiyoning janubiy tog'oldi hududlarida liman va qayir dehqonchiligidan sug'orib dehqonchilik qilishga o'tila boshlagan va shu ming yillikning ikkinchi yarmi hamda III ming yillik boshlarida ziroatchilikning ushbu usuli kengaya bordi.

Karima Ashurovaning "Bag'dod va Bag'dodliklar" nomli asarida metodologik manba sifatida foyladanildi. Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning tarixiylik, mantiqiylik, analiz, sintez va obyektivlik usulidan foydalanildi. Mazkur tadqiqot jarayonida Bag'dod tumanida xalq iste'mol mollari ishlab chiqarishning geografik jihatlari obyektiv ochib berildi.

Markaziy Osiyoning o'rta va sharqiy qismlarida sug'oriladigan dehqonchilik nisbatan kech tarqalgan. O'zbekistonning tog'oldi vohalarida o'troq dehqonchilik tarixini o'rganish bo'yicha olib borilgan arxeologik tadqiqotlar sug'orib dehqonchilik qilish miloddan avvalgi II ming yillikda Surxondaryo vodiysi (Sopollitepa, Kuchuktepa, Dalvarzintepa), Farg'ona vodiysining sharqiy qismi (Chust), Amudaryo deltasi (Ko'kcha, Bozor) va Zarafshon vodiysi (Zamonbobo) da yuzaga kelganligini ko'rsatdi. Miloddan avvalgi I ming yillikda Markaziy Osiyoda sug'orish ishlarini rivojlantirishda yangi davr boshlandi. Xorazm, Marg'iyona va Kofarnihonda miloddan avvalgi VI-IV asrlardan milodiy IV asrgacha, Farg'ona, So'g'd va Toshkent vohalarida milodiy III-IV asrlarda sug'orish ishlari taraqqiy etdi. O'zbekistonning janubi (Zang kanali va boshqa suv manbalari) va Tojikiston (Vaxsh, Hisor vodiylari) dagi, Toshkent va Samarqand vohalaridagi qadimiy sug'orish tizimlarining qoldiqlari antik dehqonchilikning tez sur'atlarda rivojlanishi milodiy I-IV asrlarga to'g'ri kelganligini tasdiqlaydi. Aytilganidek Farg'ona vodiysi dehqonchilik uchun juda ham qulay geografik o'ringa ega tog'lardan oqib tushadigan daryolar soylar vodiy bo'ylab hamma joyni suv bilan ta'minlashga yetadi. Bu esa dehqonchilikning vodiyda azaldan mavjudligining sabablaridan biridir. Vodiyda Farg'ona viloyati dehqonchilik yerlari ko'pligi bilan ajralib turadi. Viloyatning tumanlari ham dehqonchilik ya'ni xalq iste'mol mollari ishlab chiqarishda o'zining ma'lum bir ixtisoslashuviga egadir. Masalan Quva tumani anor yetishtirishga ixtisoslashgan bo'lsa, Rishton tumani o'rik yetishtirishga ixtisoslashgan. Farg'ona viloyatida chorvachilikda qoramollar va parrandalar soni 34767 tani tashkil etadigan bo'lsa shundan qariyb 30 foizi 4 ta tuman Farg'ona, Oltiariq, O'zbekiston, Bag'dod tumanlariga to'g'ri keladi. (1-jadval ).

Bag'dod tumani 1926-yil 29-sentabrda tashkil topgan. Markazi - Bag'dod shaharchasi (15 300 kishi). Maydoni - 0,63 ming km.kv. Aholisi - 198 200 kishi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Aholi zichligi - 315 kishi (1 km.kv). Urbanizatsiya darajasi - 51,8%. Qishloq fuqarolar yig'ini - 10 ta.

Shuningdek Bag'dod tumani ham o'zining xalq iste'mol mollari ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi bilan boshqa tumanlardan ajralib turadi.

Tuman Farg'ona viloyatining markaziy hududida joylashgan bo'lib, 333,3 km.kv. maydonni egallaydi. U janubda Rishton, sharqda Oltiariq, shimolda Buvayda, g'arbda Uchko'prik tumani bilan chegaradosh.

Hududi asosan tekislikdan iborat bo'lib, janubi-g'arbida toshloqli dasht yerlar bor. Bundan tashqari katta qismini cho'l zonasi tashkil etadi .Bunday geografik joylashuv tuman iqlimining xilma-xil bo'lishiga sabab bo'ladi.

1 - jadval

So'yish uchun boqiladigan mollar va parrandalar soni. (2020 yil)

№ Hududlar Soni Foiz hisobda

1. Farg'ona viloyati 34,767.0 100

2. Farg'ona tumani 3,444.0 9.9

3. Oltiariq tumani 2,481.0 7.1

4. O'zbekiston tumani 2,305.0 6.6

5. Bog'dod tumani 2,254.0 6.4

6. Farg'ona shahri 2,233.0 6.4

7. Quva tumani 2,132.0 6.1

8. Buvayda tumani 2,021.0 5.8

9. Beshariq tumani 2,005.0 5.7

10. Uchko'prik tumani 1,934.0 5.5

11 Qo'qon shahri 1,910.0 5.4

12 Qo'shtepa tumani 1,712.0 4.9

13 Rishton tumani 1,697.0 4.8

14 Dang'ara tumani 1,636.0 4.7

15 Quvasoy shahri 1,593.0 4.5

16 Marg'ilon shahri 1,428.0 4.1

17 Furqat tumani 1,333.0 3.8

18 Toshloq tumani 1,272.0 3.6

19 Yozyavon tumani 855.0 2.4

20 So'x tumani 522.0 1.5

Manba: Jadval statistik ma'lumotlar asosida muallif tomonidan ishlangan

Tumanda achchiq qalampir yetishtirish Qo'qon xonligi davridan buyon mavjud bo'lib bu yerning tuprog'i geografik jihatdan olib qaraganda achchiq qalampir

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

yetishtirish uchun qulay hisoblandi. Ya'ni Bag'dod tumani vodiyning geografik jihatdan eng past joylaridan biri bo'lib asli zax bo'lishiga qaramay, shu yerdagi mavjud zovurlarning ko'pligi tuprogning zaxini qochirib va vaqtida suv berilganligi sababli tuproq unumdorligi yuqori. Hozirgi vaqtda achchiq qalampir nafaqat o'zimizning bozorlarga, balki Rossiya davlatiga ham eksport qilinmoqda. Tumanning cho'l hududida kartoshka yetishtirish bir necha yillardan buyan viloyatda kartoshkaga bo'lgan ehtiyojni sezilarli darajada taminlab kelinmoqda. Buni tumanning viloyat tumanlari orasida kartoshka yetishtirish bo'yicha 1 o'rindaligidan ko'rishimiz mumkin. (2 - jadval ).

2-jadval

Farg'ona viloyatida kartoshka yetishtirish (2020 yil)

№ Hududlar Tonna Foiz

1. Farg'ona viloyati 298107.1 100

2. Bog'dod tumani 25903.6 8.68

3. Toshloq tumani 23129.5 7.7

4. Beshariq tumani 20662.5 6.9

5. O'zbekiston tumani 20139.8 6.7

6. So'x tumani 19937.4 6.6

7. Buvayda tumani 19521.1 6.5

8. Quva tumani 19500.1 6.5

9. Qo'shtepa tumani 18871.6 6.3

10. Dang'ara tumani 17962.9 6.0

11 Yozyavon tumani 17506.8 5.8

12 Farg'ona tumani 17407.3 5.8

13 Oltiariq tumani 17012.2 5.7

14 Uchko'prik tumani 13715.9 4.6

15 Furqat tumani 13521.5 4.5

16 Rishton tumani 12759.3 4.2

17 Quvasoy shahri 12490.2 4.1

18 Farg'ona shahri 4062.5 1.3

19 Marg'ilon shahri 3600.9 1.2

20 Qo'qon shahri 402 0.13

Tumanda paxta tozalsh zavodi, don mahsulotlari va qurilish materiallari, mebel fabrikasi va qo'shma korxonalar mavjud. Qishloq xo'jaligida asosan paxtachilik, bog'dorchilik, pillachilik, sabzavotchilik, polizchilik rivojlangan.

Scientific Journal Impact Factor

0

Tumanda xalq iste'mol mollari ishlab chiqariladi. Bu qadimdan o'zbek xalqining urf odatlari bilan chambarchas bog'liq bo'lgan supurgidir. Supurgi bilamizki ko'p joylarda o'sadi. Lekin Bag'dodda ekiladigan supurgi o'zining pishiq ekanligi va boshqa jihatlari bilan ajralib turadi.

Geografik jihatdan olib qaraganda supurgi yetishtriladigan hudud tuprog'i supurgi yetishtirish uchun qulay bo'lganligi uchun supurgi yetishtirishga ixtisoslashgan. Xulosa qilib aytganda bugungi kunda dunyoda aholi soni kundan kunga ko'payib boryapti. Global muammolar avj olmoqda shularda biri bu Afrika qit'asidagi ocharchilik muammosidir. Umuman olganda dunyoda xalq iste'mol mollariga ehtiyoj kundan kunga ortib bormoqda. Biz hozirdan bunga tayyorgarlik ko'rib borishimiz xalq iste'mol mollari yetishtirishni yuksak darajaga olib chiqishimiz kelajakda kelajak avlod uchun bu muammolarni yechimini topib yechishimiz burchimizdir.

1."Bag'dod va Bag'dodliklar " kitobi. Karima Ashurova 2016-yil.2."Ta'limda islohot: o'zgarishlarni ozimizdan boshlaylik" mavzusidagi iqtidorli o'qituvchilar konferensiyasi. Bag'dod tumani. 2020. 567- bet.

3.Z.A.Ortiqmetov. Qishloq xo'jaligi asoslari. «O'zbekiston faylasuflari milliy ja'miyati» nashriyoti. Toshkent. 2012.

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.