INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© J.X. Abduxalilov1H_
1O'zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti, Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: ushbu maqolada estrada xonandaligining o'ziga xos jihatlari, xususan, ovoz ustida ishlash texnikasi va ijro talablari tahlil etilgan. Estrada san'ati vokal madaniyatining muhim yo'nalishlaridan biri bo'lib, uning ijrochilik mezonlari klassik, an'anaviy va zamonaviy uslublarni o'z ichiga oladi. Xonandaning ovoz diapazoni, artikulyatsiya, nafas nazorati, intonatsion aniq ijro va emotsional ifodalilik estrada ijrochiligining asosiy talablari sifatida qaraladi.
MAQSAD: ushbu maqolaning maqsadi estrada xonandaligining o'ziga xos jihatlarini, xususan, ovoz ustida ishlash texnikasi va ijro talablari asosida ilmiy tahlil qilishdan iborat. Estrada san'atining vokal xususiyatlari, ovozning texnik va badiiy jihatdan shakllanishi, shuningdek, zamonaviy estrada ijrochiligi uchun zarur bo'lgan asosiy talablarga e'tibor qaratiladi.
MATERIALLAR VA METODLAR: estrada san'ati nafaqat vokal imkoniyatlarni namoyon etish, balki ijro jarayonida his-tuyg'ularni tomoshabin qalbiga yetkazish san'ati hamdir. Har bir estrada xonandasi o'zining ovoz diapazoni, tembri, nafas nazorati va sahna harakatlarini puxta egallashi lozim. Chunki estrada musiqasi jonli ifodani talab qiladi - u faqatgina qo'shiq kuylash emas, balki butun bir sahna namoyishidir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: estrada xonandaligi har tomonlama puxta yondashuvni talab etadigan ijrochilik san'atidir. Ovoz ustida doimiy ishlash, nafasni to'g'ri boshqarish, sahna madaniyati va auditoriya bilan bevosita aloqa o'rnatish estrada san'atining ajralmas qismlaridir. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanish estrada xonandalarining imkoniyatlarini kengaytirishi mumkin, biroq bu texnologiyalar tabiiy vokal san'atining o'rnini bosmasligi lozim.
XULOSA: estrada xonandaligi bugungi kunda nafaqat musiqiy san'atning muhim yo'nalishi, balki ommaviy madaniyatning ajralmas qismiga ham aylanib bormoqda. Ushbu san'at turi ijrochidan nafaqat vokal mahoratini, balki sahna xarizmasini, auditoriya bilan jonli muloqotni va ijodiy yondashuvni talab qiladi.
Kalit so'zlar: estrada xonandaligi, vokal texnikasi, ovoz ustida ishlash, ijro talablari, nafas nazorati, intonatsiya, emotsional ifodalilik, zamonaviy estrada, ovoz texnologiyalari.
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Iqtibos uchun: Abduxalilov J.X. Estrada xonandaligining o'ziga xosliklari: ovoz ustida ishlash va ijro talablari. // Inter education & global study. 2025. №2 B.609-616.
СОБЕННОСТИ ЭСТРАДНОГО ПЕНИЯ: ВОКАЛЬНАЯ РАБОТА И ТРЕБОВАНИЯ К ИСПОЛНЕНИЮ_
© Дж.Х. Абдухалилов1И
1 Национальный институт эстрадного искусства имени Батыра Закирова при Государственной консерватории Узбекистана, Ташкент, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в статье анализируются специфические аспекты эстрадного пения, в частности, приемы работы над голосом и требования к исполнению. Поп -арт является одним из важных направлений вокальной культуры, критерии его исполнения включают классические, традиционные и современные стили. Основными требованиями к эстрадному исполнению считаются вокальный диапазон певца, артикуляция, контроль дыхания, точность интонирования и эмоциональная выразительность.
ЦЕЛЬ: целью данной статьи является научный анализ специфических аспектов эстрадного пения, в частности, на основе методик работы над голосом и требований к исполнению. Будет уделено внимание вокальным особенностям эстрадного искусства, техническому и художественному формированию голоса, а также основным требованиям, необходимым для современного эстрадного исполнения.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: поп-арт — это не только искусство демонстрации вокальных данных, но и искусство передачи эмоций в сердца зрителей в процессе выступления. Каждый поп-певец должен в совершенстве владеть своим вокальным диапазоном, тембром, контролировать дыхание и сценические движения. Потому что поп-музыка требует живого самовыражения — это не просто пение, а целое сценическое шоу.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: эстрадное пение — исполнительское искусство, требующее комплексного и основательного подхода. Постоянная работа над голосом, правильный контроль дыхания, сценическая культура и установление прямого контакта со зрителем являются неотъемлемыми составляющими поп-арта. Также эффективное использование современных технологий может расширить возможности эстрадных певцов, однако эти технологии не должны заменять естественное вокальное искусство.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: эстрадное пение сегодня становится не только важным направлением музыкального искусства, но и неотъемлемой частью массовой культуры. Этот вид искусства требует от исполнителя не только вокальных данных, но и сценической харизмы, живого общения со зрителем и творческого подхода.
© intereduglobalstudy.com
2025, ISSUE 2
сс
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Ключевые слова: эстрадное пение, вокальная техника, работа с голосом, исполнительские требования, контроль дыхания, интонирование, эмоциональная выразительность, современная эстрада, звуковые технологии.
Для цитирования: Абдухалилов Дж.Х. Собенности эстрадного пения: вокальная работа и требования к исполнению. // Inter education & global study. 2025. №2. С. 609-616.
CHARACTERISTICS OF POP SINGING: WORKING ON THE VOICE AND PERFORMANCE REQUIREMENTS_
© Jamshid Kh. Abdukhalilov1®
National Institute of Pop Art named after Botir Zakirov under the State Conservatory of Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: this article analyzes the specific aspects of pop singing, in particular, the technique of working on the voice and performance requirements. Pop art is one of the important areas of vocal culture, and its performance criteria include classical, traditional and modern styles. The singer's vocal range, articulation, breath control, intonation accuracy and emotional expressiveness are considered the main requirements of pop performance.
AIM: the purpose of this article is to scientifically analyze the specific aspects of pop singing, in particular, the technique of working on the voice and performance requirements. Attention is paid to the vocal characteristics of pop art, the technical and artistic formation of the voice, as well as the main requirements necessary for modern pop performance.
MATERIALS AND METHODS: pop art is not only the art of demonstrating vocal capabilities, but also the art of conveying emotions to the audience during the performance process. Every pop singer must master his or her vocal range, timbre, breath control and stage movements. Because pop music requires live expression - it is not just singing, but a whole stage show.
DISCUSSION AND RESULTS: pop singing is a performing art that requires a comprehensive approach. Constant work on the voice, proper breath control, stage culture and direct contact with the audience are integral parts of pop art. Also, the effective use of modern technologies can expand the capabilities of pop singers, but these technologies should not replace natural vocal art.
CONCLUSION: pop singing is becoming not only an important direction of musical art today, but also an integral part of mass culture. This type of art requires not only vocal skills from the performer, but also stage charisma, live communication with the audience and a creative approach.
© intereduglobalstudy.com 2025, ISSUE 2
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Keywords: »op singing, vocal technique, work on the voice, performance requirements, breath control, intonation, emotional expressiveness, modern pop, sound technologies.
For citation: Jamshid Kh. Abdukhalilov. (2025) 'Characteristics of pop singing: working on the voice and performance requirements', Inter education & global study, (2), pp. 609-616. (In Uzbek).
Musiqa inson ruhining eng nozik qatlamlariga ta'sir qiluvchi san'at turlaridan biridir. Xususan, estrada san'ati zamonaviy musiqiy madaniyatning ajralmas qismi bo'lib, o'zining jozibadorligi, ijro uslubidagi erkinligi va yangilikka intilishi bilan ajralib turadi. Estrada xonandaligi oddiy qo'shiqchilikdan ko'ra kengroq mahorat talab etadi. Chunki estrada ijrochiligi nafaqat vokal imkoniyatlarning mukammalligi, balki sahna madaniyati, tinglovchi bilan bevosita aloqaga kirishish va his-tuyg'ularni jonli ijroda yetkazib bera olish bilan ham bog'liqdir.
Bugungi kunda estrada xonandalari uchun faqatgina chiroyli ovozga ega bo'lish yetarli emas. Ular sahnada o'zlarini erkin tutish, ovoz diapazonidan to'g'ri foydalanish, ovoz tembrini muvozanatlash, nafasni boshqarish va intonatsion aniq ijro etish kabi ko'p lab jihatlarga e'tibor qaratishlari zarur. Ayniqsa, estrada musiqasining rivojlanishi bilan ovoz ustida ishlash texnologiyalari ham takomillashib bormoqda. Bugungi kunda zamonaviy ovoz yozish studiyalarida turli ovoz effektlari, avtomatik tovush sozlash texnologiyalari va ovozni qayta ishlash usullari estrada ijrochiligini yanada mukammal qilishga xizmat qilmoqda.
Ammo shuni unutmaslik kerakki, texnologik yutuqlar estrada xonandasining tabiiy ovoz madaniyatini o'rnini bosa olmaydi. Har bir san'atkor o'zining ovoz imkoniyatlarini chuqur o'rganib, uni rivojlantirish yo'lida izlanishi, vokal texnikalarini mukammallasht irishi va ijro jarayonida his-tuyg'ularni jonli yetkazish san'atini o'zlashtirishi lozim. Zero, estrada xonandasi sahnada tomoshabinga jonli ijro orqali chinakam estetik zavq ulashishi, har bir ijroda o'ziga xoslik va samimiylikni namoyon qilishi kerak. Ay nan mana shu xususiyatlar estrada xonandaligini boshqa vokal yo'nalishlaridan ajratib turadi va uning musiqiy madaniyatdagi o'rnini mustahkamlaydi.
Estrada xonandaligining ovoz ustida ishlashi va ijro talablari: Estrada san'ati nafaqat vokal imkoniyatlarni namoyon etish, balki ijro jarayonida his-tuyg'ularni tomoshabin qalbiga yetkazish san'ati hamdir. Har bir estrada xonandasi o'zining ovoz diapazoni, tembri, nafas nazorati va sahna harakatlarini puxta egallashi lozim. Chunki estrada musiqasi jonli ifodani talab qiladi - u faqatgina qo'shiq kuylash emas, balki butun bir sahna namoyishidir. Shuning uchun estrada xonandasi ovoz ustida ishlash texnikalarini puxta bilishi, uni ijodiy tarzda qo'llay olishi va ayni paytda o'zining betakror uslubini shakllantirishi kerak.
Ovoz ustida ishlash estrada ijrochiligining eng muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Har bir xonandaning ovoz imkoniyatlari har xil bo'lib, uni to'g'ri shakllantirish va rivojlantirish uzoq yillik mehnat talab etadi. Nafas nazorati, ovoz bog'lamlarini chiniqtirish, artikulyatsiya va diksiya ustida ishlash estrada xonandasining kundalik mashg'ulotlaridan biriga aylanishi
© intereduglobalstudy.com 2025, ISSUE 2
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
kerak. Chunki estrada janrida qo'shiqlar keng diapazonli, emotsional jihatdan boy va turli xil ifodaviy elementlarga ega bo'lishi mumkin. Bu esa, o'z navbatida, xonandadan yuqori texnik mahoratni talab qiladi.
Ijro jarayonida ovozning tiniqligi va barqarorligi ham muhim o'rin tutadi. Estrada qo'shiqlari odatda turli dinamik o'zgarishlarga ega bo'lib, ijrochi ovozining har bir notada aniq va muvozanatli eshitilishi kerak. Shuningdek, estrada xonandasi o'z ovozi bilan harakatni uyg'unlashtirishi, sahna ifodaliligi va harakatlarini nazorat qilishi kerak. Chunki estrada sahnasi faqatgina ovoz bilan emas, balki butun vujud orqali ifodalangan san'atdir.
Zamonaviy estrada ijrochiligida texnologiyalarning o'rni ham katta. Bugungi kunda ovoz texnologiyalari orqali xonandaning ijrosi yanada mukammallashmoqda. Mikrofon texnikasi, ovozni qayta ishlash, turli akustik va raqamli vositalar yordamida ijroni yanada ta'sirchan qilish mumkin. Ammo shuni unutmaslik kerakki, texnologiya faqat yordamchi vosita bo'lib, haqiqiy estrada xonandasi ovoz madaniyatini tabiiy ravishda rivojlantirishi va jonli ijroni mukammallashtirishi lozim. Estrada ijrochiligi nafaqat ovoz texnikasi, balki hissiyotlarni yetkazish san'atidir. Xonanda ijro paytida nafaqat qo'shiq kuylaydi, balki tomoshabin bilan bog'lanadi, ularning kayfiyatiga ta'sir o'tkazadi va ichki dunyosini ochib beradi. Bu esa estrada san'atining eng muhim xususiyatlaridan biridir. Har bir estrada xonandasi o'zining betakror ovozi, ijrochilik uslubi va sahna xarizmasi bilan barchaning e'tiborini tortishi kerak. Chunki estrada san'ati - bu inson qalbiga yo'l topa oladigan musiqiy ifoda san'atidir.
Estrada xonandaligi va uning o'ziga xos jihatlarini ilmiy asosda o'rganish uchun turli manbalarga tayanish zarur. Estrada san'ati bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar, ovoz texnikasi, sahna ijrochiligi va musiqiy pedagogika yo'nalishidagi ilmiy maqolalar ush bu yo'nalishning nazariy va amaliy asoslarini belgilashda muhim rol o'ynaydi.
Estrada ijrochiligini tahlil qilishda, avvalo, vokal texnikasi bo'yicha tadqiqotlarga e'tibor qaratiladi. Masalan, vokal pedagogikasi sohasida mashhur mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan nazariyalar estrada xonandalarining ovoz ustida ishlash jarayonida qanday yondashuvlardan foydalanish kerakligini ko'rsatadi. Ovoz nazorati, nafas olish texnikasi va artikulyatsiya bo'yicha zamonaviy tadqiqotlar estrada ijrochilarining ovoz imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan muhim metodikalarni o'z ichiga olad i.
Shuningdek, estrada xonandaligining musiqiy-madaniy jihatlarini yorituvchi asarlar ham alohida e'tiborga loyiq. XX asrda estrada musiqasining rivojlanishi va uning turli janrlarga bo'linishi haqida G. L. Timofeev[1] va A. A. Kireyev[2] kabi olimlar o'z izlanishlarida yoritib berganlar. Ularning fikricha, estrada san'ati an'anaviy xalq musiqasi, klassik vokal ijrochiligi va zamonaviy texnologiyalarning uyg'unlashuvi natijasida shakllangan. Ayniqsa, sahna madaniyati va ijrochilik talablarini o'rganishda estrada xonandaligida tanlov va festival tajribalarini o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Zamonaviy estrada ijrochiligida ovoz ustida ishlash texnologiyalarining rivojlanishi ham alohida tadqiqotlarni talab qiladi. Bugungi estrada san'ati ovoz yozish va qayta ishlash texnologiyalari bilan chambarchas bog'liq. Shu jihatdan, ovoz qayta ishlash vo sitalari, elektron vokal effektlari va sahna mikrofon texnologiyalari bo'yicha ilmiy tadqiqotlar estrada
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
xonandaligi ijro imkoniyatlarini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. A. V. Kuznetsovning[3] vokal texnikasi bo'yicha tadqiqotlari estrada xonandalarining nafas nazorati, ovoz diapazonini kengaytirish va mikrofon bilan ishlash qoidalarini o'rganishda muhim qo'llanma sifatida e'tirof etiladi.
Estrada xonandalarining sahna harakatlari va emotsional ifodaliligiga bag'ishlangan tadqiqotlar ham mavjud. Masalan, M. V. Rudenko[4] va E. S. Markovning ishlari estrada san'atining teatr va kino san'ati bilan uzviy bog'liqligini ko'rsatadi. Estrada xonand asi uchun sahnada tabiiy harakatlanish, auditoriya bilan bevosita aloqa o'rnatish va emotsional ifodalilik muhim omillar hisoblanadi. Ushbu tadqiqotlar estrada san'atining faqat vokal ijrochilik emas, balki butun bir sahna ko'rinishi ekanligini tasdiqlaydi. Estrada xonandaligining o'ziga xos xususiyatlari, xususan, ovoz ustida ishlash va ijro talablari bo'yicha tadqiqotlar vokal pedagogikasi, musiqiy texnologiyalar va sahna san'ati sohalari bilan chambarchas bog'liq. Ushbu yo'nalishda olib borilgan ilmiy izlanishlar estrada xonandalarining kasbiy mahoratini oshirish, ovoz texnikasini rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish borasida muhim ilmiy-amaliy asos yaratadi.
Estrada xonandaligi - bu shunchaki qo'shiq kuylash san'ati emas, balki ijro uslubining betakrorligi, ovozning emotsional ifodaliligi va sahna madaniyatining uyg'unligidir. Bugungi estrada san'ati tobora o'zgarib, yangi texnologiyalar, zamonaviy ijrochilik uslublari va sahna harakatlari bilan boyib bormoqda. Shu sababli estrada xonandalarining oldida faqatgina chiroyli ovozga ega bo'lish emas, balki uni mahorat bilan boshqarish, his-tuyg'ularni jonli ifoda etish va auditoriyani o'ziga jalb qilish vazifasi tu ribdi.
Xonandaning ovozi uning eng muhim vositasi bo'lib, unga har kuni e'tibor berish talab etiladi. Ayniqsa, estrada xonandalarining ovoz diapazoni va intonatsiya aniqligi ustida doimiy ishlashlari lozim. Nafas nazorati va ovoz bog'lamlarini chiniqtirish texnikalari xonandaning uzoq yillar barqaror ijro etishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, estrada san'atida ovoz ustida ishlashga oid mashg'ulotlar doimiy ravishda yangilanib borishi va rivojlanishi kerak. Zamonaviy vokal texnikalari, jumladan, belting, mikst ovoz va legato texnikalarining estrada xonandalarining repertuariga tatbiq qilinishi bu yo'nalishning yanada mukammal bo'lishiga xizmat qiladi.
Shuningdek, estrada ijrochiligi nafaqat texnik mukammallikni, balki emotsional ifodalilikni ham talab qiladi. Biror qo'shiqni tinglovchi qalbiga yetkazish faqat kuchli ovoz bilan emas, balki sahna xarizmasi va ijro uslubining betakrorligi bilan ham bog'liq dir. Dunyo miqyosida mashhur estrada xonandalari sahnadagi har bir harakatini, ovozning tembrini va ijroning intensivligini oldindan o'ylab chiqishadi. Zero, estrada san'ati his-tuyg'ularni ifoda etish va auditoriya bilan bevosita aloqa o'rnatish imkonini beruvchi san'at turidir.
Bugungi estrada san'atining rivojlanishida texnologiyalar muhim rol o'ynaydi. Mikrofon texnikasi, ovoz effektlari va avtomatik tovush sozlash tizimlari estrada xonandalarining ijrosini yanada jozibali qiladi. Biroq bu texnologiyalar tabiiy vokal mahoratini o'rnini bosmasligi kerak. Haqiqiy estrada xonandasi ovozini tabiiy ravishda nazorat qila olishi va uni tinglovchiga yetkazish qobiliyatiga ega bo'lishi lozim. Texnologiyalarning rivojlanishi bilan ba'zi xonandalar jonli ijrodan ko'ra studiyada yozilgan
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ovozga tayanishga moyil bo'lishadi. Biroq, jonli ijro estrada san'atining asosiy mezonlaridan biri bo'lib qolishi zarur.
Muhokama jarayonida yana bir muhim jihat shundaki, estrada ijrochiligida milliy va zamonaviy uslublarni uyg'unlashtirish muhim ahamiyatga ega. O'zbek estrada san'atida milliy ohanglar, an'anaviy kuy-qo'shiqlar va zamonaviy musiqiy yo'nalishlarning uyg'unli gi yangi ijodiy imkoniyatlarni ochib beradi. Ayniqsa, estrada musiqasida xalq musiqasi va zamonaviy musiqiy janrlar sintezini yaratish orqali ijrochilar o'zlarining ovoz imkoniyatlarini kengaytirishlari va musiqiy madaniyatni rivojlantirishlari mumkin. Estrada xonandaligi har tomonlama puxta yondashuvni talab etadigan ijrochilik san'atidir. Ovoz ustida doimiy ishlash, nafasni to'g'ri boshqarish, sahna madaniyati va auditoriya bilan bevosita aloqa o'rnatish estrada san'atining ajralmas qismlaridir. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanish estrada xonandalarining imkoniyatlarini kengaytirishi mumkin, biroq bu texnologiyalar tabiiy vokal san'atining o'rnini bosmasligi lozim. Haqiqiy estrada san'ati jonli va samimiy ijro orqali tinglovchiga chuqur ta'sir o'tkazish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. Estrada xonandalari nafaqat texnik jihatdan mukammal ijrochi, balki his -tuyg'ularni ifodalovchi san'atkor ham bo'lishlari muhimdir.
Estrada xonandaligi bugungi kunda nafaqat musiqiy san'atning muhim yo'nalishi, balki ommaviy madaniyatning ajralmas qismiga ham aylanib bormoqda. Ushbu san'at turi ijrochidan nafaqat vokal mahoratini, balki sahna xarizmasini, auditoriya bilan jonli muloqotni va ijodiy yondashuvni talab qiladi. Estrada ijrochiligi shunchaki chiroyli qo'shiq aytish emas, balki his-tuyg'ularni, ichki kechinmalarni va shaxsiy dunyoqarashni ovoz orqali ifoda etishdir.
Bugungi estrada xonandalarining muvaffaqiyati ko'p jihatdan ularning ovoz ustida ishlash qobiliyatiga bog'liq. Nafas nazorati, intonatsiya aniqligi, artikulyatsiya va emotsional ifodalilik estrada ijrochiligining asosiy elementlari hisoblanadi. Har bir xon anda o'z ovozini to'g'ri boshqarishni o'rganishi va uni yanada mukammallashtirish yo'lida izlanishi zarur. Mashhur estrada san'atkorlarining tajribasi shuni ko'rsatadiki, faqat tabiiy iste'dod muvaffaqiyat garovi bo'lolmaydi - bu sohada doimiy mehnat, izlanish va o'z ustida ishlash juda muhim.
Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi estrada san'atida yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Ovoz yozish studiyalarida ovozni qayta ishlash, ovoz effektlaridan foydalanish va jonli konsertlarda zamonaviy ovoz kuchaytirish texnologiyalaridan foydalangan holda ijroni yanada mukammal qilish mumkin. Biroq haqiqiy estrada xonandasi texnik vositalarga qaram bo'lmasligi, jonli ijroni asosiy san'at mezoni sifatida qabul qilishi lozim. Zero, tomoshabin qalbiga yo'l topish va sahnadagi ijro orqali tinglovchilarga haqiqiy his-tuyg'ularni yetkazish estrada san'atining eng muhim vazifalaridan biridir.
Shuningdek, estrada xonandaligining milliy va xalqaro tajribalar bilan uyg'unlashuvi ham dolzarb masala hisoblanadi. O'zbek estrada san'ati o'zining milliy ohanglari, an'anaviy kuy-qo'shiqlari va zamonaviy musiqiy yo'nalishlari bilan boyib bormoqda. Har bir xonanda o'ziga xos uslubini topishi va uni milliy va global musiqiy oqimlar bilan uyg'unlashtirishi
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
lozim. Bunday yondashuv estrada san'atining yanada rivojlanishiga xizmat qiladi va uni xalqaro maydonda tanitishga yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda, estrada xonandaligi murakkab va serqirra ijodiy jarayondir. Ovoz ustida ishlash, ijro mahoratini oshirish, sahna madaniyatini o'zlashtirish va zamonaviy texnologiyalardan to'g'ri foydalanish estrada san'atining muhim tarkibiy qismlaridir. Haqiqiy estrada xonandasi faqat kuchli ovozga emas, balki tomoshabin bilan samimiy aloqa o'rnatish qobiliyatiga ham ega bo'lishi kerak. Estrada san'ati - bu his-tuyg'ularni ovoz orqali yetkazish, musiqaning sehrli olamini tinglovchilarga ulashish san'atidir.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Тимофеев, Г. Л. (2005). Эстрадный вокал: методика преподавания и исполнительские аспекты. Москва: Музыка.
2. Киреев, А. А. (2015). Развитие эстрадного искусства в XXI веке: теоретические и практические аспекты. Москва: Изд-во МГУКИ.
3. Кузнецов, А. В. (2018). Вокальная техника и сценическое мастерство эстрадного исполнителя. Санкт-Петербург: Артис.
4. Руденко, М. В., Марков, Е. С. (2013). Сценическое движение и пластика в эстрадном искусстве. Москва: Искусство сцены.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO
Abduxalilov Jamshid Xurramovich, O'zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti, Katta o'qituvchisi, [Абдухалилов Джамшид Хуррамович, старший преподаватель Национального института эстрадного искусства имени Батыра Закирова при Государственной консерватории Узбекистана], [Jamshid Kh. Abdukhalilov. Senior Teacher, National Institute of Pop Art named after Batir Zakirov under the State Conservatory of Uzbekistan], manzil: O'zbekiston, Toshkent sh., Botir Zokirov ko'chasi, 1-uy [адрес: Узбекистан, Ташкентский район, улица Батира Закирова, 1 дом], [address: Uzbekistan, Tashkent district, Batir Zakirov street, 1 house].