INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© K.S. Seitjanova1H_
Uzbekistan davlat san'at va madaniyat institutining Nukus filiali, Nukus, Qoraqalpog'iston
Annotatsiya
KIRISH: mazkur ilmiy ishda barkamol avlod tarbiyasida vokal va estrada qo'shiqchiligining o'rni tahlil qilinadi. O'zbekistonning yosh avlodini tarbiyalashda musiqa va san'atning muhim roli, xususan, vokal va estrada qo'shiqchiligining ta'siri ko'rib chiqiladi. Ishda, musiqa orqali yoshlarning estetik tafakkuri, hissiy va ma'naviy rivojlanishiga qanday ta'sir ko'rsatilgani, shuningdek, estrada qo'shiqchiligining yoshlar o'rtasida milliy va xalqaro madaniyatlarni uyg'unlashtirishdagi o'rni alohida ta'kidlanadi. Vokal ijro va estrada qo'shiqchiligi yordamida yoshlar uchun to'g'ri tarbiya, musiqiy didni shakllantirish va zamonaviy madaniyatning ta'siriga nisbatan tanqidiy yondashuvlar ham tahlil qilinadi.
MAQSAD: barkamol avlod tarbiyasida vokal va estrada qo'shiqchiligining o'rni va ahamiyatini o'rganishdir. Ushbu tadqiqot orqali vokal san'ati va estrada musiqasining yosh avlod tarbiyasidagi roli, ular ta'sirida shaxsiyatning shakllanishi, ma'naviy rivojlanish va estetik didning o'sishi kabilar tahlil qilinadi.
MATERIALLAR VA METODLAR: musiqashunoslik, psixologiya va pedagogika bo'yicha mavjud ilmiy adabiyotlar, ilmiy maqolalar va kitoblar tahlil qilinadi. Musiqaning yosh avlodni tarbiyalashdagi o'rni haqida yozilgan asarlar o'rganiladi. Yoshlar orasida vokal va estrada qo'shiqchiligining tarbiya jarayonidagi ta'sirini o'rganish uchun eksperimentlar o'tkaziladi. Bu metod orqali musiqa va vokal san'ati ta'limiga qiziqish va unga munosabat qanday shakllanishi kuzatiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: bizning yosh opera xonandalarimiz uchun ham mana shunday maktablar zarur. Bunday maktablarni egallashda eng avvalo yosh xonandalarni opera vatani bo'lmish Italiya, bundan tashqari, Fransiya va Germaniya kabi shaharlarga opera maktabini olib kelish uchun grantlar berilsa, yoshlar istedodi yanada oshgan bo'lar edi.Grant asosida o'qiyotgan talaba, opera maktabini, ya'ni asarni kuylash usullari, kuylash davomida asarning asl ma'nosini tinglovchiga yetkazib bera olish, asarnign ichki his tuyg'ularini ko'rsatib berish kabi bilimlarni puxta o'rganib kelinishi va yosh xonandalarga o'rgatilishi O'zbekistonda opera san'atiga juda katta rivoj bergan bo'lar edi. Lekin bunga qaramay, biz o'z milliy opera maktabimizni rivojlantirmog'imiz darkor.
XULOSA: o'quvchi yoshlarni jahon xalqlari musiqa san'atida yetakchi o'rinlardan birini egallagan vokal va zamonaviy qo'shiqlar bilan tanishtirish va bu san'atning go'zal musiqiy xususiyatlaridan bahramand qilishning tarbiyaviy ahamiyati beqiyosdir. Barkamol
ISSN 2992-9024 (online) 2025, №2
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
avlod tarbiyasida vokal va estrada qo'shiqchiligining o'rni katta ahamiyatga ega. Musiqa va san'at yoshlarning hissiy va ma'naviy rivojlanishida, shuningdek, ularning estetik didini shakllantirishda muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. Estrada qo'shiqchiligi va vokal ijro yoshlar o'rtasida nafaqat musiqiy, balki madaniy va axloqiy qadriyatlarni ham rivojlantiradi. Bu jarayon, yoshlarni zamonaviy va milliy musiqaning uyg'unlashgan shaklida tarbiyalash orqali barkamol shaxslarni yaratish uchun zarurdir.
Kalit so'zlar: barkamol avlod tarbiyasi, vokal ijro, estrada qo'shiqchiligi, yoshlar tarbiyasi, musiqa san'ati, madaniy rivojlanish, estetik tafakkur, ma'naviyat.
Iqtibos uchun: Seitjanova K.S. Barkamol avlod tarbiyasida vokal va estrada qo'shiqchiligining o'rni. // Inter education & global study. 2025. №2 B. 593-602.
РОЛЬ ВОКАЛА И ЭСТРАДНОГО ПЕНИЯ В ВОСПИТАНИИ ГАРМОНИЧНОГО ПОКОЛЕНИЯ_
© К.С. Сеитжанова1И
Жукусский филиал государственного института искусств и культуры Узбекистана, Нукус, Каракалпакстан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в данной научной работе анализируется роль вокального и эстрадного пения в воспитании гармоничного поколения. Будет рассмотрена важная роль музыки и искусства в воспитании подрастающего поколения Узбекистана, в частности влияние вокала и эстрадного пения. В работе подчеркивается влияние музыки на эстетическое мышление, эмоциональное и духовное развитие молодежи, а также роль эстрадного пения в интеграции национальной и международной культур в молодежной среде. На примере вокального исполнительства и эстрадного пения анализируются критические подходы к правильному воспитанию молодежи, формированию музыкального вкуса, а также влияние современной культуры.
ЦЕЛЬ: изучить роль и значение вокала и эстрадного пения в воспитании гармонично развитого поколения. В ходе исследования будет анализироваться роль вокального искусства и эстрадной музыки в воспитании молодежи, их влияние на формирование личности, духовное развитие и рост эстетического вкуса.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: будут проанализированы научные литературные источники по музыковедению, психологии и педагогике, а также научные статьи и книги, посвященные роли музыки в воспитании молодежи. Для изучения влияния вокала и эстрадного пения на процесс воспитания среди молодежи будут проведены эксперименты. Этот метод позволит наблюдать, как формируется интерес к музыкальному и вокальному искусству, а также отношение к нему.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: для наших молодых оперных певцов такие школы также необходимы. Важно предоставить гранты для обучения в странах, таких как Италия, Франция и Германия, чтобы молодые таланты могли пройти обучение в оперных школах. Это способствовало бы развитию их талантов.
© intereduglobalstudy.com 2025, ISSUE 2
ISSN 2992-9024 (online) 2025, №2
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Студенты, обучающиеся на грантовой основе, могли бы получить глубокие знания, такие как методы пения, способность донести до слушателя истинное значение произведения, выразить внутренние чувства произведения, что способствовало бы значительному развитию оперного искусства в Узбекистане. Однако несмотря на это, нам необходимо развивать нашу национальную оперную школу.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: знакомство учащихся с вокалом и современными эстрадными песнями, которые занимают ведущее место в мировой музыкальной культуре, а также возможность наслаждаться прекрасными музыкальными особенностями этих искусств имеет неоценимое воспитательное значение. Роль вокала и эстрадных исполнителей в воспитании гармонично развитого поколения имеет большое значение. Музыка и искусство играют важную роль в эмоциональном и духовном развитии молодежи, а также в формировании их эстетического вкуса. Эстрадное пение и вокальное исполнение развивают у молодежи не только музыкальные, но и культурные, моральные ценности. Этот процесс необходим для воспитания гармоничных личностей через сочетание современного и национального музыкального воспитания.
Ключевые слова: воспитание подрастающего поколения, вокальное исполнительство, эстрадное пение, воспитание молодежи, музыкальное искусство, культурное развитие, эстетическое мышление, духовность.
Для цитирования: Сеитжанова К.С. Роль вокала и эстрадного пения в воспитании гармоничного поколения. // Inter education & global study. 2025. №2. С. 593-602.
THE ROLE OF VOCAL AND POP SINGING IN THE UPBRINGING OF A
HARMONIOUS GENERATION_
© Kamar S. Seitjanova1®
1Nukus branch the State Institute of Arts and Culture of Uzbekistan,Nukus,
Karakalpakstan_
Annotation
INTRODUCTION: this scientific work analyzes the role of vocal and pop singing in the upbringing of a harmonious generation. The important role of music and art in the upbringing of the younger generation of Uzbekistan, in particular, the influence of vocal and pop singing, is considered. The work emphasizes how music influences the aesthetic thinking, emotional and spiritual development of young people, as well as the role of pop singing in harmonizing national and international cultures among young people. The correct upbringing of young people, the formation of musical taste and critical approaches to the influence of modern culture with the help of vocal performance and pop singing are also analyzed.
AIM: the goal of this study is to examine the role and significance of vocal and pop singing in the upbringing of a harmonious generation. Through this research, the role of
© intereduglobalstudy.com 2025, ISSUE 2
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
vocal art and pop music in the education of young people, their impact on personality formation, spiritual development, and the growth of aesthetic taste will be analyzed.
MATERIALS AND METHODS: the scientific literature on musicology, psychology, and pedagogy, as well as scientific articles and books on the role of music in youth education, will be reviewed. To study the impact of vocal and pop singing in the educational process among young people, experiments will be conducted. This method will allow observing how interest and attitude toward music and vocal art are formed.
DISCUSSION AND RESULTS: such schools are also necessary for our young opera singers. It would be important to provide grants for studying in countries like Italy, France, and Germany, so that young talents could attend opera schools. This would significantly boost their potential. Students who study on grants could acquire in-depth knowledge such as singing techniques, the ability to convey the true meaning of a piece to the audience, and the ability to express the internal feelings of a piece, which would significantly contribute to the development of opera art in Uzbekistan. However, despite this, we need to develop our national opera school.
CONCLUSION: introducing students to vocal music and modern pop songs, which occupy leading positions in world music culture, and allowing them to appreciate the beautiful musical features of these arts has immeasurable educational value. The role of vocal and pop performers in the upbringing of a harmonious generation is of great importance. Music and art play a key role in the emotional and spiritual development of youth, as well as in shaping their aesthetic taste. Pop singing and vocal performance not only develop musical but also cultural and moral values among youth. This process is necessary for raising harmonious individuals through the integration of modern and national music education.
Key words: upbringing of a harmonious generation, vocal performance, pop singing, youth education, musical art, cultural development, aesthetic thinking, spirituality.
Yosh avlodning tarbiyasida musiqaning, qo'shiqning o'rni beqiyos. Ma'lumki, qo'shiqchilik san'ati qadim zamonlarda vujudga kelgan va hozirgi kunlarda ham o'z rivojini davom ettirayotgan ijodiyot turidir. Qo'shiq azal-azaldan insoniyat hayotida hamroh bo'lib kelgan va insonning ma'naviy va madaniy, g'oyaviy va axloqiy tarbiyasida bosh tarbiyachi rolini o'tagan. Bugun ham qo'shiq hayotimizda ma'naviy va madaniy, axloqiy tarbiyani joriy qiladigan asosiy omillardan biridir. Bu borada "Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar" risolasida ham alohida keltirilgan. Yurtimiz mustaqillikka erishgach, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida musiqa va qo'shiq san'ati rivojiga katta ahamiyat qaratildi, bu san'at turi millatning qiyofasi, tarbiya vositasi sifatida baholandi. Buning bosh sababi - milliy anglash, milliy yuksalish va milliy uyg'onishdir. Haqiqatan ham qo'shiq
For citation: Kamar S. Seitjanova. (2025) 'The role of vocal and pop singing in the upbringing of a harmonious generation', Inter education & global study, (2), pp. 593602. (In Uzbek).
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
insonlarning qalbiga tez kirib boradigan, qalb pardalarini chertadigan, dillarning tub-tubida cho'kib yotgan vatanparvarlik tuyg'ularini anglatib yuboradigan, ezgu ishlarga da'vat qiladigan kuchli omildir. Insonning ruhan poklanishida qalban ulg'ayishiga chorlaydigan, irodasi, iymon- e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg'otadigan beqiyos kuch ham qo'shiqdir. Barkamol inson, komil inson tarbiyasida musiqaning, qo'shiqning kuchi va ahamiyati kattadir. Barkamol inson va barkamol jamiyat haqida fikr yuritar ekanmiz, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning nutq, ma'ruza va suhbatlarida, yaratilgan asarlarida ana shu barkamol inson qiyofasini shakllantirish manbai va asosi bo'ladigan, ushbu qiyofani komillik darajasini belgilaydigan omillar bosqichma-bosqich qayd etilganining guvohi bo'lamiz. Islom Karimov mamlakatimizning yorqin kelajagi, bu kelajak sohibi bo'ladigan yuksak ma'naviyatli barkamol avlod haqida "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" asarlarida shunday deydilar:
"Tabiiyki, milliy g'oyamiz shu yurtda yashayotgan barcha odamlarning olijanob niyatlarini, hayotiy manfaatlarini mujassam etadigan yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi degan yuksak tushunchalarni o'z ichiga oladi... Vatan ravnaqi va taraqqiyoti -ma'naviyati yuksak va mustahkam, barkamol avlodga bog'liq. Tarix haqiqati shuni ko'rsatdiki, tomirida milliy g'urur, Vatan ishqi jo'sh urgan odamgina buyuk ishlarga qodir bo'ladi" 1. Ta'kidlab o'tish joizki, ma'naviy-axloqiy barkamollik, insoniy komillik bizga ota-bobolarimizdan o'tib kelayotgan bebaho merosdir. Aslida insonning eng oliyjanob va muqaddas burchi - Vatanga, millatga fidoyi bo'lib xizmat qilishdir.
Tabiiyki, yoshlarning ma'naviy dunyosini shakllantirishda tarixiy va milliy ma'naviy omillar bilan birga vatanparvarlik ruhidagi qo'shiqlarning kuchi va ahamiyati kattadir. O'zbekiston mustaqillikka erishgach, davlatimiz rahbariyati tomonidan qo'shiqchilik san'ati rivojiga, ayniqsa Vatanparvarlik ruhidagi qo'shiqlarga katta e'tibor berilmoqda. 1996-yildan beri O'zbekistonimiz bo'ylab keng qanot yozgan "O'zbekiston - Vatanim manim", "Yagonasan, muqaddas vatan", "Sharq taronalari" Xalqaro musiqa festivali kabi tanlovlar, Mustaqillik, Navruz va boshqa davlat konsert tadbirlari dasturiga kiritilgan vatanparvarlik ruhidagi qo'shiqlar ijrosi shuning dalilidir. Oxirgi yillar ichida o'zbek ijodkorlari tomonidan minglab Vatanni, tinch hayotni madh etuvchi qo'shiqlar yaraldi. Bugungi kunda har bir professional xonandaning repertuaridan Vatan mavzusidagi qo'shiq o'rin olgan. Vatanparvarlik asarlari asosida yosh avlodni va jamiyatni haqiqiy vatanparvar millat etib, Vatan manfaati bilan yashash, uning istiqboli va taraqqiyoti yo'lida xizmat qilish va kurashishni tarbiyalash, insonning ongiga Vatan tuyg'usini singdirish mumkin Qo'shiqchilik san'at turli millatning qiyofasi, tarbiya vositasi sifatida baholanyapti. Buning bosh sababi -milliy anglash, milliy yuksalish va milliy uyg'onishdir. Qo'shiq san'ati insoniyatning tarixiy taraqqiyot yo'lida jamiyat bilan birgalikda sayqallanib kelmoqda. U shaklan va usluban juda ko'p o'zgarishlarni boshidan o'tkazgan, davrlar o'zgargan sayin transformatsiyalanib kelmoqda. XX asrga kelib bu janr "estrada qo'shig'i" qiyofasida dunyoni zabt eta boshladi va eng ommabop janrga aylandi. Dunyo miqyosida estrada qo'shiqchilik san'ati kundan -
1 Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch Toshkent Ma'naviyat 2008 yil 90-bet.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
kunga rivojlanib, yangi turli oqimlar va ko'rinishlarni kashf etmoqda, estrada osmonida yangi yulduzlar paydo bo'lmoqda. Bu yangicha ko'rinishlar va stilistik uslublar Respublikamizning estrada san'atiga ham o'z ta'sirini ko'rsatib kelmoqda. Biz o'zbek estrada qo'shiqchilik san'atiga umumiy baho bersak, aytish mumkinki, milliy estradamizning bugungi ko'rinishi, kechagi tarixi bu sohada katta ishlar qilinganidan dalolat beradi. O'zbek milliy estradasiga asos solgan taniqli san'atkor Botir Zokirovdan boshlab, bugungi bu sohaning kenja avlodi ham jahondagi eng katta sahnalarda jahon qo'shiq shinavandalarini qoyil qoldirishga erishganlar va erishmoqdalar. Misol qilib Sevara Nazarxon, Rovshan Namozov, Sogdiana, Xurshid Inagamov, Diana Ziyatdinova, Sardor Milanolarning jahondagi eng murakkab va nufuzli Xalqaro tanlovlarda va baland sahnalarda o'zbek millatini, o'zbek madaniyatini, o'zbek san'atini yuksak pog'onalarda targ'ib qilayotganlarini g'urur bilan aytishimiz mumkin. Ular kam bo'lsa-da, o'zbek xalqidan ham dunyo sevib eshitadigan san'atkorlar yetishib chiqayotganligi quvonarli hol. XX asrning 60-80-yillarida O'zbekiston hududida barmoq bilan sanoqli estrada xonandalari faoliyat ko'rsatgan bo'lsalar- da, bugungi kunda, istiqlol tufayli yoshlarning ijodiy erkinlikka ega bo'lishi, senzura masalasida hamma to'siqlar olib tashlanganligi, zamonaviy ovoz yozish studiyalarining texnik imkoniyatlari o'sib ketgani tufayli, teleradio efirlarida minglab yosh ijrochilarning chiqishlarini kuzatmoqdamiz. O'sib chiqayotgan yosh estrada san'atkorlari orasida ustoz va maktab ko'rgan, haqiqiy iste'dod va ovoz egalari: Sevara Nazarxon, Gulsanam Mamazoitova, Yulduz Turdieva, Ozodbek Nazarbekov Dilnoza Ismiyaminova kabi professional, yuqori badiiy didga ega xonandalar bilan bir qatorda o'zlarini "yulduz" darajasida xisoblagan, musiqa savodidan xabarsiz, ma'naviy va madaniy ongi past, san'at va sahna talablariga javob bera olmaydigan, saviyasi past havaskor yoshlarning chiqishlariga chidashga majbur bo'lyapmiz. Bunday ahvolga ijobiy baho berish qiyin. Bugungi sahna va teleradio efirlaridagi achinarli ahvol bo'yicha ko'p savollar tug'ilmoqda. Xo'sh, umuman, bugungi yoshlar qanday qo'shiqlarni kuylashmoqda? Ularning san'at to'g'risidagi tasavvuri nima bilan izohlanadi ? Radio va televidenie efirlari qanday xonandalarni va qanday qo'shiqlarni targ'ib qilmoqda?
O'sib kelayotgan yosh avlod bog'chadan boshlab maktab va Oliy yurtlarda qanday musiqa asarlari orqali tarbiyalanmoqda? O'zbeknavo estrada konsert birlashmasi, O'zbekiston milliy teleradio kompaniyasi havaskor san'atkorlar va qo'shiqlar saviyasini oshirish masalasida qanday chora-tadbirlar o'tkazmoqda? Teleradio kompaniyasida musiqiy dasturlarni efirga uzatayotgan muharrir va rejissyorlarning ma'lumoti, ma'naviy, madaniy, axloqiy dunyoqarashi qay darajada, musiqa va san'at targ'iboti bilan shug'ullanishga ularning ma'naviy huquqi bormi? Ayonki, qo'shiqchilik san'ati, yosh avlodning ma'naviy va madaniy tarbiyasi ko'proq davlat tashkilotlari faoliyati bilan bog'liq. Zamon talablariga javob bera oladigan, o'zbek Estrada san'atini yuqori pog'onalarga olib chiqadigan, xalqaro miqyosda o'zbek estrada qo'shiqchiligini munosib targ'ib qila oladigan yuqori malakali yosh mutaxassislarni tayyorlash masalasi davlat ta'lim dasturining asosiy mezonidir. Professional, yuqori malakali estrada xonandasini tarbiyalash masalasi ko'pqirrali va nihoyatda murakkab jarayondir.Har bir yosh ijodkorning barcha tomonlarini
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
hisobga olib yondashishimiz zarur: uning iste'dod qirralari va doirasi, uning umumiy musiqiy tayyorgarlik darajasi, ovoz diapazoni va vokal texnik imkoniyatlari, ijodiy fikrlash doirasi, fizik holati. Har bir vokal pedagogining vazifasi bo'lajak estrada san'atkorining vokal imkoniyatlari va ijodiy qirralarini ochib berishdan iboratdir.
Kasbiy estrada xonandalarini tayyorlovchi O'zbekiston davlat konservatoriyasining "Estrada xonandaligi" ta'lim yo'nalishida yosh professional estrada xonandalarining professional ko'nikmalari: vokal texnikasini, ijrochilik mahoratlarini, yangi stilistik ja nr va yo'nalishlarini mukammal darajada egallashga va yuqori ma'naviy-g'oyaviy ruhda tarbiyalashga qaratilgan. Yosh xonandaning kasbiy yetukligi - uning estetik qadriyat nima ekanligi, insonlar tinglab zavqlanishi uchun sahnaga chiqqanda yetuk darajadagi ijro mahoratini, estrada yo'nalishidagi zamonaviy stilistik yo'nalish va uslublarni egallaganini, ijrodagi ovoz texnikasi ko'nikmalari borligini, musiqa va sahna qonunlarini puxta egallagan, qolaversa, o'z milliy madaniy merosini buzmagan holda zamonaviy ko'rinishda yarata olishdan iboratdir. Vokal pedagogikasining vazifasi - bo'lajak estrada san'atkorining vokal imkoniyatlari va ijodiy qirralarini ochib berishdan iboratdir. Shu bilan birga, yosh xonandaning ijro dasturi, ya'ni repertuar masalasi zarur omill ardan biridir. Bu juda zarur masaladir. Erkinlik shiori ostida oxirgi yillar davomida teleradio orqali yangrayotgan qo'shiqlarning deyarli ko'pi professional san'at va g'oyaviy - axloqiy jihatdan talablarga javob bera olmaydigan, mavsumiy qo'shiqlardir. Jamiyatning estetik va madaniy tarbiyasini buzayotgan, na musiqada, na she'rda, na ijroda, na sahna ko'rinishida saviyasi past, axloqiy bema'ni va bachkana chiqishlar yosh avlodning didini buzmoqda, ma'naviy hayotimizni sayozlantirmoqda, san'at muxlislari tomonidan ochiq e'tirozlarni ko'paytirmoqda. Albatta bu achinarli hol respublikamizda qo'shiqchilik sohasida kuchli erkinlashtirish jarayoni, ijodkorning erkin ijod qilish imkoniyati berilganligi, repertuar masalasida to'siqlar olib tashlanganligi tufayli ro'y beryapti. Sayoz xonandalarga litsenziya berayotgan va saviyasi past qo'shiqlarni targ'ib qilayotgan davlat tashkilotlari -"O'zbeknavo" va teleradio kompaniya faoliyatini ijobiy baholab bo'lmaydi. "Bunday holatlarning oldini olish uchun san'atkorlar orasida sog'lom ijodiy muhit tashkil qilish, o'sib kelayotgan yosh avlodning ma'naviy olami va madaniy saviyasini yuksaltirish, yoshlarimizning milliy va jahon musiqa madaniyatining mumtoz asarlari bilan birga, ularning kayfiyati va intilishlariga mos keladigan zamonaviy estrada san'ati namunalaridan keng bahramand bo'lishi uchun zarur shart- sharoitlar yaratish, musiqiy ta'limni yanada rivojlantirish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi", - deydi Birinchi Prezidentimiz I.Karimov "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch"2 asarlarida. Xaqiqatan ham masalaning yechimiga juda jiddiy yondashishimiz zarur. Shu masalada quyidagilarni taklif qilamiz: Biz birinchi o'rinda san'at va madaniyat qonunini ishlab chiqib, qabul etishimiz darkor. Bu qonun milliy g'oya, milliy mafkura asosida tuzilishi darkor. Unda: san'at va madaniyat kriteriylariga aniq izoh berish; san'atimizni yanada rivojlantirish mexanizmlarini ishlab
2 Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch Toshkent Ma'naviyat 2008 yil 143-bet.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
chiqish; yosh avlodning ma'naviy va madaniy yuksaltirish tizimining nazariy va metodologik tamoyillarini ishlab chiqish, hayotga tadbiq etish; mumtoz va klassik san'atimizni har hil xurujlardan himoya qilish tizimini; professional shoir va bastakorlarning qalam haqini oshirish tizimini ishlab chiqish; professional ijodkorlarning mualliflik huquqini himoya qilish tizimini ishlab chiqish, xalqaro konvensiyaga kirish; xususiy nashriyotlar, xususiy ovoz yozish studiyalarining faoliyatini to'g'ri yo'naltirish; targ'ibot etuvchi davlat tashkilotlarining faoliyatini to'g'ri yo'naltirish, badiiy kengashlarning tizimini tiklash va yo'naltirish; jamoatchilik nazoratini kuchaytirish mexanizmlarini ishlab chiqishimiz darkor.
Biz yoshlarning estetik va ma'naviy tarbiyasini boqchadan boshlab tarbiyalashimiz darkor. Bola yoshligidan yuksak professional, milliy istiqlol va odamiylik g'oyalari bilan yo'g'rilgan musiqa durdonalari asosida tarbiya olishi zarur. Bolalarimizning ma'naviy, madaniy, estetik didini shakllantirish juda murakkab va mas'uliyatli jarayon. Biz avvalo bu jarayonni boshqara bilishimiz kerak. Bu masalada bizning takliflarimiz: Boqcha va maktab tizimidagi "Musiqa" darslariga jiddiy e'tibor berish lozim, musiqa fanidagi soatlarni ko'paytirib, o'qituvchilarning kasbiy saviyasini o'stirish tizimini yaratish lozim.
Bolalar musiqasini yaratuvchi maxsus bastakorlar va shoirlarning sermahsul ijodi uchun, bolalar xor va ansambl jamoalari bilan hamkorlikda yangi asarlar yaratishi uchun qulay imkoniyatlarni yaratib berishimiz lozim. ■ Bog'cha va maktab bolalari uchun maxsu s musiqiy tarbiyaviy dasturga asoslangan musiqiy lektoriyalar tizimini yaratishimiz darkor. ■ Bolalar musiqa adabiyotini nashr etish masalasini davlat o'z zimmasiga olishi darkor. Bu adabiyotlar davr talabiga mos ravishda bo'lishi shart. Televidenieda bolalar uchun mahsus ma'rifiy-tarbiyaviy musiqa ko'rsatuvini tashkillashtirish zarur va bu ko'rsatuvni faqat professional musiqashunoslar olib borishi shart. 14 yoshgacha bo'lgan iqtidorli bolalar assotsiatsiyasini tuzib, iste'dodli bolalarning ulg'ayishida sh art-sharoitlar yaratish tizimini ishlab chiqish lozim. ■ Bolalar xor xonandaligini rivojlantirish tizimini ishlab chiqish zarur. Bolalar xor jamoalarini ko'paytirish bo'yicha dastur ishlab chiqish va yilda bir marta bolalar xor festivallarini o'tkazish sharoitlarini yaratib berish darkor. Biz bugunimizni ham, ertamizni ham musiqasiz, qo'shiqsiz tasavvur qila olmaymiz. Qo'shiqchilik janrining rivojlanishi va taraqqiyotini ham jamiyatning taraqqiyotidan alohida ko'rib bo'lmaydi. Jamiyat rivojlanar ekan, qo'shiqchilik janri ham taraqqiy etadi. Buyuk mutafakkir Aflotun aytgan ekan: "Davlatning, millatning qudratini qay darajada ekanligini bilmoqchi bo'lsang - uning musiqasini, uning qo'shiqlarini tingla". Xaqiqatan ham musiqa san'ati har bir davrning akssadosi, jamiyatda kechayotgan o'zgarishlarning ko'zgusidir Ertangi hayotimiz va o'sib kelayotgan yosh avlodning ma'naviy va madaniy darajasi bugungi yangrayotgan musiqamizga bog'liqdir.
Jahondagi eng buyuk musiqa yo'nalishlaridan bo'lmish opera san'ati o'zbek xalqining ham turmush madaniyatiga kirib kelishi, jahon xalqlari o'rtasida o'ziga yarasha obro' -e'tiborini yaqqol ko'rsatib turibdi.
O'zbekistonda dastlab opera san'atiga ustozlarimiz Halima Nosirova, Saodat Qobulova, Sattor Yarashev, Nasim Hoshimov, Qo'rqmas Muhiddinov va boshqa ko'plab san'at darg'alari o'z hissalarini qo'shganlar. Dastlab O'zbekistonda yaratilgan ko'plab
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
operalarning birinchi ijrochilari ham shular edi. Bir qator kompozitorlarimizning yaratgan operalari , o'zbek xalqining hayoti, turmush tarzi, milliy ma'naviyati va boy tarixini yorqin ko'rsatib bera olgan.
Mustaqillikdan so'hg, ayniqsa yosh opera xonandalari uchun ko'p tomonlama imkoniyatlar berila boshlandi. Prezidentimiz tomonidan yosh iste'dodlar uchun ta'sis etilgan " Nihol" davlat mukofoti yoshlar uchun eng yuksak e'tibor hisoblanadi. Bundan tashqari, Nazira Ahmedova, Sulaymon Yudakov nomidagi ko'plab katta-yu kichik ko'rik tanlovlar yosh xonandalarni turli sinovlardan o'tkazib kelmoqda.
Opera xonandalari uchun eng zarurr hisoblanuvchi ovoz kuchi, yashaydigan iqlim muhitiga ham bog'liqdir. O'z ijodiy kuzatishlarimiz natijasida shunga amin bo'ldikki, O'rta Osiyo, ayniqsa, O'zbekiston hududida yashab ijod qilayotgan va ulg'ayayotgan yosh avl od kuchli va baquvvat, keng diapazon, chiroyli tembr va aql-zakovat bilan yuksalmoqda. Eng asosiysi yosh xonandalarning har biri o'ziga xos ovoz sohibi.
Hozirgi yosh opera xonanadalari orasida dunyo sahnalarida o'z iste'dodlarini namoyish etib kelayotganlari ham kam emas.Ramiz Usmonov, Abdumalik Abduqayumov, Najmiddin Mavlyanov, Jenisbek Piyazov, Samandar Alimov, Rahim Mirzakamolov va bir qancha yosh ijodkorlar xalqaro ko'rik tanlovlar g'olibi va davlat mukofoti sovrindorlari hisoblanadilar.
Xalqimizda "Ustozsiz shogird har maqomda yo'rg'alar" degan maqol bor. Har bir kasbni o'rganish tarixi bo'lgani kabi opera san'atining ham o'z maktabi bor. Dunyo bo'ylab eng ko'p tarqalgan italiya , fransuz, nemis va rus maktablari bo'lib, jahon opera yu lduzlari mana shunday maktablarni mukammal o'rganganlar. Shuning uchun ham dunyo sahnalari ular uchun muntazirdir.
Ustozlarimiz Halima Nosirova, Saodat Qobulova, Sattor Yarashevlar o'zbek tilida yaratilgan opera , romans, xalq qo'shiqlarini mahorat bilan ijro etib, milliy maktabga asos solganlar. Ularning ijrolari ikki buyuk yo'nalishni o'z ichiga olgan, o'zbek ashulachilik an'analari va vokal ijro yo'li. Mana shu ikki yo'nalish birligidagi ijro yo'li opera maktabini asoslab beradi. O'zbek operalarini butun jahonga tanitish uchun ham milliy maktabimizni puxta o'zlashtirmog'imiz kerak. Buning uchun milliy musiqa boyligimiz bo'lmush katta ashula va maqomlar ijrosiga e'tibor berishimiz kerak.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Rizayeva M, Yosh xonandaning kamoloti. Toshkent "Cho'lpon"2003-yil.
2. Sharipova T. M. "Musiqa o'qitish metodikasi" (O'zbekiston'quv qo'llanma Toshkent 2008-yil).
3. Rahimov.H. O'zbekiston vatanim manim. III kitob mehnati Toshkent 1992-yil
4. Norxo'jayev.N. Rahimov H. O'zbekiston vatanim manim. IV kitob G'.Gulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti. Toshkent 2000-yil
5. Muhammodova G. Xonandalik uslubiyati asoslari. O'z.D.K. Toshkent 2007-yil.
6. KarimovaD. "Musiqiy pedagogik mahorat" asoslari "Iqtisod moliya"2008-yil.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
7. "San'at yo'nalishlarida yoshlarni na'naviy-axliqiy tarbiyalash: izlanish, echim, va istiqbollar" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to'plami. Buxoro-2013-yil.
8. Qodirov D. An'anaviy qo shiqchilik. O'quv qo'llanma. Toshkent "Turon Iqbol" 2008-yil
9. Hamidova M.A. Xonandalik san'ati "San'at" jurnali nashriyoti. Toshkent 2009-yil.
10. Xolboyeva G. Yakkaxon qo'shiqchilik asoslari. Toshkent 2008-yil.
11. Yuldasheva N. Raxmatova N. O'zbek musiqa adabiyoti. "Iqtisod-moliya" Toshkent. 2010-yil.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Seitjanova Kamar Saparbaevna, o'qituvchi, [Сейтжанова Камар Сапарбаевна,
преподаватель], [Kamar S. Seitjanova, teacher]; manzil: Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus shahri, Qoraqalpog'iston ko'chasi, raqamsiz uy, [адрес: Республика Каракалпакстан, город Нукус, улица Каракалпакстан, дом без номера], [address: Republic of Karakalpakstan,city of Nukus, Karakalpakstan street, house without a number].