Научная статья на тему 'ERKINLIK TUSHUNCHASINI TRANSFORMATSION XUSUSIYATINI IKKI DAVR О‘RTASIDAGI DIFFERENSIATSIYASINI SOTSIOLOGIK SО‘ROVNOMA ORQALI TAHLILI'

ERKINLIK TUSHUNCHASINI TRANSFORMATSION XUSUSIYATINI IKKI DAVR О‘RTASIDAGI DIFFERENSIATSIYASINI SOTSIOLOGIK SО‘ROVNOMA ORQALI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
143
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
erkinlik / qonun / axloqiy erkinlik / cheksiz erkinlik / mutlaq erkinlik / ixtiyoriylik / о‘zboshimchalik / javobgarlik / differensatsiya / komparativistik tahlil / sotsiologik sо‘rovnoma. / freedom / law / moral freedom / unlimited freedom / absolute freedom / discretion / arbitrariness / responsibility / differentiation / comparative analysis / sociological survey.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Raximdjanova, Dilnavoz Sunnat Qizi

Maqolada antik davr faylasuflarining turli talqinga ega erkinlik tо‘g‘risidagi fikrlari bilan hozirgi zamon qarashlari taqqoslash uchun sotsiologik tadqiqot natijalari berilgan. Jumladan, solishtirish jarayonida ularning fikrlarini aloqadorligidan tashqari va bir-birlaridan farq qiluvchi, ya’ni differentsiatsion taraflari kо‘rib chiqilgan. Ko’pgina tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, erkinlik tushunchasini bir yoqlamali tariflashning iloji mavjud emas, uning ilk talqinlari ildizi antik davrga borib taqalib, ularni barcha nuqtayi nazarlarning asosi sifatida qabul qilish mumkin. Ushbu maqolada ko’rsatilgan tadqiqot ishida esa sotsiologik sо‘rovnoma orqali bu tezislarni asoslashga harakat qilingan. Tadqiqot natijalari umumlashtirilib, erkinlik hozirgi kunda ham dolzarb muammoligi asoslangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF THE CONCEPT OF FREEDOM AND THE TRANSFORMATION CHARACTERISTICS OF DIFFERENTIATION BETWEEN TWO PERIODS THROUGH A SOCIOLOGICAL QUESTIONNAIRE

The article presents the results of sociological research to compare the opinions of ancient philosophers about freedom with different interpretations and modern views. In particular, in the process of comparison, their opinions were considered in addition to their relevance and different from each other, i.e. differentiation sides. Many studies show that it is not possible to define the concept of freedom in one way, its first interpretations go back to ancient times, and they can be taken as the basis of all points of view. In the research presented in this article, an attempt was made to justify these theses through a sociological survey. The results of the research are summarized and the issue of freedom is still relevant today.

Текст научной работы на тему «ERKINLIK TUSHUNCHASINI TRANSFORMATSION XUSUSIYATINI IKKI DAVR О‘RTASIDAGI DIFFERENSIATSIYASINI SOTSIOLOGIK SО‘ROVNOMA ORQALI TAHLILI»

ERKINLIK TUSHUNCHASINI TRANSFORMATSION XUSUSIYATINI IKKI DAVR O'RTASIDAGI DIFFERENSIATSIYASINI SOTSIOLOGIK

SO'ROVNOMA ORQALI TAHLILI

RAXIMDJANOVA Dilnavoz Sunnat qizi

Tashkent International University of Education o 'qituvchisi, PhD,

Toshkent, O'zbekiston ruzmatova.dilnavoz@gmail.com +998 90 805 71 80

d https://doi.org/10.24412/2181-2993-2023-2-33-46

Maqolada antik davr faylasuflarining turli talqinga ega erkinlik to'g'risidagi fikrlari bilan hozirgi zamon qarashlari taqqoslash uchun sotsiologik tadqiqot natijalari berilgan. Jumladan, solishtirish jarayonida ularning fikrlarini aloqadorligidan tashqari va bir-birlaridan farq qiluvchi, ya'ni differentsiatsion taraflari ko'rib chiqilgan. Ko'pgina ANNOTATSIYA tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, erkinlik tushunchasini bir yoqlamali tariflashning iloji mavjud emas, uning ilk talqinlari ildizi antik davrga borib taqalib, ularni barcha nuqtayi nazarlarning asosi sifatida qabul qilish mumkin. Ushbu maqolada ko'rsatilgan tadqiqot ishida esa sotsiologik so'rovnoma orqali bu tezislarni asoslashga harakat qilingan. Tadqiqot natijalari umumlashtirilib, erkinlik hozirgi kunda ham dolzarb muammoligi asoslangan. Kalit so'zlar: erkinlik, qonun, axloqiy erkinlik, cheksiz erkinlik, mutlaq erkinlik, ixtiyoriylik, o'zboshimchalik, javobgarlik, differensatsiya, komparativistik tahlil, sotsiologik so'rovnoma.

The article presents the results of sociological research to compare the opinions of ancient philosophers about freedom with different interpretations and modern views. In particular, in the process of comparison, their opinions were considered in addition to their relevance and different from each other, i.e. differentiation sides. Many studies ABSTRACT show that it is not possible to define the concept of freedom in one way, its first interpretations go back to ancient times, and they can be taken as the basis of all points of view. In the research presented in this article, an attempt was made to justify these theses through a sociological survey. The results of the research are summarized and the issue of freedom is still relevant today.

Key words: freedom, law, moral freedom, unlimited freedom, absolute freedom, discretion, arbitrariness, responsibility, differentiation, comparative analysis, sociological survey.

33

> www.birunijournal .uz

KIRISH (Introduction)

Erkinlik muammosi jahon miqyosidagi dolzarbligi jihatidan axborotlashgan jamiyatning turli sohalarida shakllanayotgan erkinlikni asoslash zaruriyatini tug'diradi. Xususan, huquq, axloq, ijtimoiy, siyosiy sohalarida ham u o'z dolzarbligini yo'qotmagan. Bu masala yechimini topishga bo'lgan intilish rivojlangan mamlakatlar sanalgan AQSH, Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Shvetsariya, Gollandiya, shuningdek, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Yaponiya kabi sharq mamlakatlarida ham hech qachon to'xtamagan. Erkinlik muammosining falsafiy aspektlari barcha davr mutafakkirlari, yangi zamon faylasuflari, ekzistetsialistlar, irratsionalistlar tomonidan o'rganilgan. Hozirgi zamon izlanuvchilari esa Platonning dialoglari, «Davlat», «Qonunlar», Aristotelning «Etika», Plotinning «Enneadalar» asarlarini tadqiq etmoqdalar. Tadqiqot ishlari natijalari o'rganganilganda zamonaviy tadqiqotchilar antik davr falsafiy tizimining barcha bosqichlaridagi erkinlik bilan bog'liq savollarga bir-biriga o'xshamagan, ba'zan ziddiyatli, xullas, turli javoblar berganlarini ko'rish mumkin. O'sha davrdagi fikrlarda qarama-qarshilik mavjudligi va har bir tadqiqotchi o'z idealidan kelib chiqib, izoh berishi ham sabab bo'lgan.

Quyidagi tadqiqot ishida esa erkinlik borasidagi fikrni antik davr tajribasi orqali to'g'ri shakllantirish, erkinlik tomonidan kelib chiqadigan muammolarni bartaraf etish uchun meyorini belgilash, erkinlikni transformatsion xususiyatini ochib berish, hozirgi fikrlarni ayrimlari antik falsafadagi fikrlar bilan o'xshashligini ko'rsatish kabilarni uchratish mumkin. Shunday ekan, antik davrdagi erkinlik haqidagi qarashlarni bizning davr jamiyatini erkinlikka bo'lgan munosabati bilan taqqoslash yordamida uning differensatsiyasini tadqiq etish dolzarb ahamiyatga ega.

Mavzu bo'yicha adabiyotlar sharhi

Antik davr falsafasi bilan shug'ullangan va shug'ullanayotgan falsafa tarixchilari juda ko'p. Zamonaviy tadqiqot ishlarining aksariyati antik falsafaning turli jabhalari va uni o'rganish masalalariga bag'ishlangan. Shuningdek, antik davr yunon klassik faylasuflari ta'limotlarida muhim joy olgan erkinlik tushunchasini o'rgangan tadqiqotchilar safiga V.S.Solovyev [3], A.N.Xarlamov [5], I.Berlin [1], G.Uotson [12] kabilar kiradi.

Lekin boshqalardan farqli ravishda ushbu tadqiqot doirasida esa antik davr falsafasidagi qarashlarni sotsiologik so'rovnoma asosida hozirgi jamiyatdagi shaxslarning individual fikrlari bilan solishtirilib, o'xshashliklari va qarama-qarshiliklari aniqlandi. Shu o'rinda antik faylasuflarning nuqtayi nazarlari insonlarni erkinlik to'g'risidagi yanglish fikrlarini to'g'irlashda foydalanish tavsiya etildi.

34

www.birunijournal .uz

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Tadqiqot olib borish davomida tizimlilik, nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, tarixiylik va mantiqiylik, qiyosiy-komparativistik tahlil kabi ilmiy-falsafiy tamoyillar va sotsiologik so'rovnoma kabi usullardan foydalanildi.

Sotsiologik so'rovnomada 168 ta yoshlar ishtirok etdi. Shulardan 84 ayol va 84 nafari erkakni tashkil etadi.

ISHTIROKCHILARNING JINSI

Tor guruhda o'tkazilgan bu jarayonda, asosan, Toshkent Davlat sharqshunoslik universiteti va O'zbekiston Milliy universiteti talabalari hamda oz miqdordagi bank xodimlari qatnashdilar.

Ishtirokchilarning ish yoki o'qish joylari

Ki O'zMU talabasi U TDSHU talabasi HBankxodimi

Qatnashchilarni ko'p qismi yoshlarni tashkil etib, 155 nafar 18 dan 30 yosh oralig'idagi respondentlar hamda 3 nafari 31 dan 60 yosh oralig'idagi shaxslarni o'z ichiga olgan.

35

www.birunijournal .uz

ISHTIROKCHILARNING YOSHLARI

■ 18-30 «31-60

Izlanish davomida quyidagi tadqiqot masalalari belgilab olindi:

T.M.1. Erkinlik tushunchasini to'g'ri talqin qilishda antik davr faylasuflarining fikrlarini ta'siri;

T.M.2. Hozirgi jamiyatdagi mavjud erkinlik antik davrdagi erkinlik bilan o'xshash tomonliri;

T.M.3. Erkinlik tushunchasi bir yoqlamali emas transformatsion xususiyatga egaligi.

Ushbu masalarni ochib berishda sotsiologik tadqiqotdan foydalanilganligi yuqorida ta'kidlandi. Uning natijalari esa keyingi xatboshilarida ko'rib chiqilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR (Discussion and results)

«Erkinlik» fenomenini tarixiy jihatdan o'zgaruvchanligining misolini uning ilk ko'rinishidan to hozirgi kundagi aksi va ahamiyatini solishtirgan holda ko'rish mumkin. Masalan, ibtidoiy odam erkinlikni o'z qavmida yashash orqali anglagan, qavmdan alohida mustaqil umr kechirish o'limga olib boruvchi omil bo'lgan. Oradan asrlar o'tib, erkinlik inson dunyoqarashida o'zgacha ko'rinishda tuslangan. Hozirgi industrial va postindustrial, informatsion jamiyatda yashayotgan inson uchun erkinlik boshqa shaklda, qarama-qarshi ma'noda namoyon bo'ladi. O'zining shaxsiyati, faoliyati mustaqilligi, fikr, din, so'z erkinligi, xususiy mulkka egaligi ko'rinishiga kirib borgan. Qisqa qilib aytganda, erkinlik huquqiy, iqtisodiy shaklda o'zini ko'rsatadi. O'tgan asrda yashab ijod qilgan faylasuf V.V.Sokolovning quyidagi gapini shu o'rinda eslab o'tish joiz: «Ijtimoiy voqelik shaxsiy ong va xulqni determinlashtiradi, erkinlik masalasi esa ularning o'ziga xos xususiyatlarini namoyon qiladi» [4].

Tarixiy-falsafiy jarayon asnosida erkinlik fenomeni transformatsiyasini tahlil qilish orqali hozirgi zamon talablari bo'yicha erkinlikni tushunish aynan antik

36

www.birunijournal .uz

davrdagi ushbu tushunchaning o'xshash taraflari ko'pligi hamda bu jamiyat hayotida alohida o'rin egallashini, har bir shaxsning individualligini tasdiqlashini kuzatish qiyinchilik tug'dirmaydi.

Bizning davrimizda ham u jamiyatimizda alohida o'ringa ega. Uning aksi va himoyasini har bir davlatning huquqiy hujjatlarida ko'plab uchratamiz. Jumladan, O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida «erkinlik» so'zining o'zi 18 marotaba ishlatilgan. Ushbu atama davlat fuqarosi, jamiyatdagi har bir shaxs bilan uzviy bog'lanadi. Ularning himoyasi normativ hujjatlarda belgilab qo'yilgan.

«O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.

Demokratik huquq va erkinliklar Konstitusiya va qonunlar bilan himoya qilinadi» (13-modda) [13].

Konstitusiyada keltirilgan erkinlik haqidagi qismlar antik davr mutafakkirlarining qarashlari bilan mos kelishini isbotlash qiyin emas.

Ilmiy adabiyotlarda aks etuvchi «erkinlik» tushunchasi ko'p asrlik tarixga ega. Erkinlik kategoriyasi jamiyat rivojlanib borishi jarayonida yangi mohiyat bilan to'ldirib borilgan. Dunyoviy tarixiy pedagogik jarayon mazmunida erkinlik ham umumfalsafiy, ham tor pedagogik ma'no kasb etadi.

Falsafa tarixchilarining tadqiqotlaridan xulosa qilsak, unda ilk bor, dastlabki shakldagi yunon dunyoqarashida bunyod bo'lgan «erkinlik» tushunchasi asl falsafiy mohiyat orqali ochib berilmaganligi ko'zga yaqqol tashlanadi. Yunon falsafasi tashkil topgan ilk davrlarda borliq, tabiat, taqdir, zaruriyat kabi masalalar mutafakkirlari fikrini chuqur egallagan [11]. Bunga misol qilib, Gessiod yoki Anaksimandr falsafiy qarashlarida «taqdir» tushunchasi inson hayotidagi ilohiy kuchlarning hukmronligi tasnifi bilan ifodalangan. Bunday fikrlarni biz inson faoliyati yoki qilmishlarining ehtimoliy erkinligi yoxud erkin bo'lmasligi ta'riflari bilan ko'rib chiqish imkoniga ega bo'lamiz.

Agar yunon klassik falsafasi vakili Sokrat fikrlarini undan oldin yashab o'tgan faylasuflar qarashlari bilan taqqoslasak, uning spetsifik hech kimga o'xshamagan yondashuvini ko'rish mumkin. U ilk bora axloqiy tanlovni erkinlik sifatida qo'llaydi. Ya'ni, avvalgidek inson faqat polis fuqarosi bo'lgani uchun yoki hech qanday tazyiqlarsiz faoliyat olib borish orqali erkin hisoblanmay, axloq normalari chegarasidan chetga chiqmagan holda, faoliyat olib borishi orqali erkinligini aytib o'tgan. Erkinlik o'z hirslarini qondirish faoliyati emas, balki ana shu hirsdan voz kechgan holda ezgulikka intilishdir [10].

37

www.birunijournal .uz

Yana bir komparativistik tahlilni Sokrat va Platon qarashlarini solishtirganda ko'rish mumkin. Platon o'zining falsafiy qarashlarining boshida Sokratning fikrlariga qo'shilgan holda, inson qalbi o'z taqdirini erkin ravishda tanlaydi, unga hech qanday to'siqlar qo'yilmaydi, hech qanday aralashuvlar uning erkin tanlovini o'zgartira olmaydi. Qalb tanlovdan so'ng barcha xotiralarni unutib, o'sha tanlagan qismati bilan yashaydi. Sokratning erkinlikka erishish to'g'risidagi fikrlarida Platon faylasuflargina unga yetishgan holda soyalar olamidan chiqishlari mumkinligi haqida fikr yuritadi. Biroq faoliyatining so'nggi davrlarida Platon erkinlikka inson uchun zararli va kerak bo'lmagan narsa sifatida qaray boshlaydi. Shu o'rinda, V.S.Solovyev «Platon o'z ijodida Sokratning erkin fikrni ulug'lovchi kuylaridan past, quyi darajaga, inson ustidan total nazoratni oqlovchi «Qonunlar» darajasiga tushib ketgan» [3], - deb hisoblagan. Platon o'zining «Davlat»ida erkinlik inson qo'lida vayronkorlikka olib borishi to'g'risidagi salbiy fikrlarni ilgari suradi. Erkinlik faqat davlatga xos, barcha davlat uchun xizmat qilishi darkor [10].

Aristotel va Platon qarashlari tahlil qilinganda, ularning farqlarini anglash qiyin emas. Aristotel Platonning fikrlarini yoshlik davrida yoqlaydi, ulardan ilhomlanadi, hayratlanadi. Ammo vaqt o'tib, ustozining kamchiliklarini anglab, o'z fikrini o'zgartirib boradi. U erkinlikni salbiy tusda ko'rmaydi, yana uni mavhumlik bilan ham bog'lamaydi. Erkinlik har bir insonda erkin faoliyat yuritish, o'zboshimchalik bilan ifodalanadi. Aristotel falsafasida uchraydigan o'zboshimchalik to'g'risidagi masala inson tabiatidagi tanlov, iroda, intilish va maqsadlarning o'zaro uzviy aloqadorligini o'zida mujassamlashtiradi [5]. Inson ko'pincha aql bilan emas, balki hissiyot, ehtiroslar bilan ish tutadi. Shunda uning erkin tanlovi yuzaga chiqadi. Mustaqil xatti-harakat qilar ekan, har bir faoliyatining keltirib chiqaruvchi oqibatlariga ham o'zi mas'uldir. O'zboshimchalik tagida qilmishlariga javobgarlik, mas'uliyat kabi faktorlarga ham bog'lanib ketadi. Har bir inson muayyan qilmishni tanlash imkoniga ega va bu tanlovda u mustaqil. Tanlovining oqibatiga o'zidan boshqa hech kim javobgar emas. Ko'rinib turganidek, erkinlik Aristotel yondashuvida determinizm bilan uyg'un holda keladi.

Neoplatonizm vakillari ijodida erkinlik o'ziga xos ko'rinish kasb etadi. Unda inson erkinligi haqida gap ketar ekan, u bir vaqtning o'zida ham erkin, ham erkin emas. Neoplatonchilar qarashlarini Sokrat, Platon va Aristotel ishlari bilan solishtiradigan bo'lsak, bir tomondan, barchasining sintezi, boshqa tomondan, ularga umuman o'xshamagan yondashuv guvohi bo'lamiz. Bunda qiyosiy tahlil o'z ishining natijasini ko'rsatadi. Ular fikricha, insonlarning o'zi emas, balki ularning qalblarigina erkin bo'lishi mumkin, mutlaq tugal erkinlik Yagonalikda o'z o'rnini topadi. E'tibor beradigan bo'lsak, ulargacha bo'lgan faylasuflarda absolyut erkinlikka erishish

38

www.birunijournal .uz

to'g'risida so'z bormaydi. Plotin va uning izdoshlari absolyut erkinlik Yagonalikda o'z aksini topishi, u insonga Yagonalikdan Aql, Qalb bosqichlari orqali o'tishini ta'kidlaydilar. Biroq inson tanasi erkin bo'la olmaydi, chunki u tabiat va jamiyat qonunlariga bo'ysunishga majbur. Aynan shu tomondan inson erkin emas. Lekin inson qalbiga quloq solib, moddiy dunyo lazzatlarini ortda qoldirsagina erkinlik hissini tuya oladi. Bu qarashlar ko'rinishi Sokratning ruhiy erkinlik to'g'risidagi fikrlari bilan aynanlashadi [10].

Demak, erkinlik masalasini tarixiy-falsafiy jarayondagi antik davr chegarasida o'rganib, o'sha davrga tegishli mutafakkirlar fikrlarini komparativistik usuldan foydalangan holda, uning transformatsiyaga uchraganini aniqladik. Tadqiqot ishimizni ilmiy va amaliy jihatdan boyitish maqsadida sotsiologik uslublarni ham yordam uchun jalb qildik. Sotsiologik yondashuv asosidagi tadqiqot usullaridan aynan sotsiologik so'rovnomadan foydalandik. Ularni tuzib chiqishda aynan antik davr faylasuflarining qarashlariga tayandik. Ushbu tadqiqot usullari yordamida biz jamiyatdagi, xususan, falsafa sohasi bilan yaqindan tanish bo'lgan shaxslar ishtirokida erkinlik umumiy tushunilishi, shu o'rinda antik davr qarashlari bilan hozirgi davrdagi aynan erkinlikka bo'lgan munosabatning o'xshash tomonlari borligi, ayrim jihatlarda uni aynan tarixiy tajribalardan o'rganishga zaruriyat mavjudligi kabi natijalarga ega bo'ldik.

Ushbu sotsiologik so'rovnomadan quyidagi natijalar olindi: • erkinlikni qanday tushunishlari to'g'risidagi fikrlar, asosan, «o'zi istagan ish, fikr, gap yoki faoliyatni xohlagancha bajarish» ko'rinishida aks etildi;

39

www.birunijournal .uz

• erkinlik nima orqali ta'minlanishi to'g'risidagi savolga ko'pchilik «ruhiy va qonuniy-huquqiy qarashlarni birlashtirgan holda insonning o'zi» deya javob qaytarishdi;

• so'rovnomaning uchinchi qismida antik davr erkinlik haqidagi qarashlarining hozirgi davrimiz bilan mosligi sо'ralganida respondentlarning asosiy qismi mos emasligini va yana ko'p yoshlar ma'lumotga ega emasliklarini bildirdilar;

• erkinlikni davlat faoliyatidagi o'rnida u ustuvor bo'lishi darkorligi aniqlandi hamda bu o'zlari bilgan va bilmagan holatda Platonning mazkur masalada bildirgan fikrlariga qo'shilganliklarini anglatadi;

40

Erkinlikning davlat boshqaruvidagi o'rni

100 80 60 40 20 0

U u nda erkinlilk ustuvor bo'lishi kerak d u yerda erkinlikkayo'l qo'yilmaydi

U davlat erkinlikni fuqarolarqo'liga berish vazifasini bajaradi U boshqa javob

• erkinlikning salbiy oqibatlari uning haddan ortiq insonlar tomonidan qo'llanilishi borasidagi harakatlar jamiyat va axloqning inqiroziga sabab bo'lishini yuzdan ortiq yoshlar ta'kidlashdi;

Erkinlikni xaddan ortiq qo'llanilishining oqibatlari

0 20 40 60 80 100 120 140

■ boshqa javob

■ shu vaqtgacha meyordan ortmagani uchun oqibatini bilib bo'lmaydi

■ undan faqat foyda borzarar mavjud emas

■ u axloqiy, jumladan, jamiyat inqiroziga olib keladi

• erkinlikni meyorlashtirish va unga chegara qo'yish u olib keladigan oqibatlarga javobgarlik orqali amalga oshishi mumkinligi aniqlandi;

41

www.birunijournal .uz

• Sokratning erkinlikni etika bilan bog'lagan qarashlariga mos keluvchi axloqiy qoidalarga anglab rioya qilish ko'rinishidagi fikr so'rovnoma ishtirokchilarining ko'pchiligi orqali qabul qilindi;

• erkinlik atamasini to'g'ri va to'liq tushunishga hayotiy tajriba bilan bir qatorda konstitusiya, qonunlar yordam berishini ta'kidlaganlar ko'pchilikni, falsafiy-nazariy qarashlarga tayanish kerakligini aytganlar ozchilikni tashkil etdi;

42

• erkinlikni ruhiyat bilan aloqasi ruhiy barkamollikka intilish va davlat, jamiyat qonunlarini anglab, ularni qalban tushunish sifatida belgilandi;

• absolyut erkinlik mavjudligi to'g'risidagi so'rovga inkor javob bergan ishtirokchilar ko'p bo'ldi hamda unga qarama-qarshi fikr sifatida uning faqat ruhiy olamda borligini aytgan yoshlar soni ellikka yaqinni tashkil etdi.

43

Mutlaq, ya'ni absolyut erkinlik mavjudmi?

0

20

40

60

80

U boshqa javob

U vaqt, vosita va sharoitorqali yaratsa bo'ladi Mfaqat ruhiyolamda mavjud M dunyoda mutlaq shakldagi narsaningo'ziyo'q

Olingan natijalarni tahlil qiladigan bo'lsak, ularni antik davr g'oyalari bilan solishtirsak, о'xshashliklar kо'p uchrayotganining guvohi bо'lamiz. Shunday ekan, erkinlikning antik davrdagi mazmunini o'rganish hozirgi kun tajribasiga kerakli manba sifatida xizmat qiladi. Bundan tashqari, ushbu paragrafda erkinlik fenomenini bir davrning o'zida bir necha bor transformatsiyaga uchraganiga guvoh bo'ldik. Bu erkinlik tushunchasi yaxlit bir ma'no kasb etolmasligini anglatadi. Erkinlikni xozirgi kunda istagan ishni qilish kabi tushunish xaos va anarxiyaga olib kelishini antik davr o'z tajribasida isbotlab bergan. Shu bois ularni burch va majburiyat bilan bog'lashni hozirgi jamiyatimiz yoshlari o'rganishi lozim.

XULOSA (Conclusion)

Hozirgi zamon ruhiyatidan kelib chiqqan holda, «erkinlik» tushunchasini ham huquq, ham siyosat, ham jamiyat, ham qonun, ham axloq, ham ilm, xullas, barcha sohalarda qo'llanilishini kuzatish mumkin. Shunday ekan, yuqorida keltirilgan barcha fikrlarni davrimizga bog'lab ko'rsatishimiz qiyinchilik tug'dirmaydi. Ya'ni, o'sha davr ruhiyati bilan hozirgi zamon ruhiyatidan kelib chiqqan holda, uning transformatsiyaga uchraganini ham anglash mumkin. Xulosa qilib aytganda, «erkinlik» tushunchasi davrlararo shaklan transformatsiyaga uchrab kelgan bo'lsada, mazmunan u inson qalbi va ruhida asl mazmunini yo'qotmagan.

Bu yuqoridagi qarashlar erkinlikni xato yo'nalishda tushunishning oldini olgan holatda, uning asl mohiyatini ochishga yordam beradi. Shu kabi qarashlarni jamiyatimizda shakllanib kelayotgan yosh avlod ruhiga singdirish jamiyat va davlat rivojiga o'z hissasini qo'shuvchi yoshlar safini kengaytiradi. Erkinlikka nisbatan bu kabi yondashuvlar uning hozirgi zamonda ham, kelajakda ham o'rni beqiyos bo'lishini ta'minlaydi. Zero, insoniyat mavjud ekan «erkinlik» tushunchasi ham u bilan birdek mavjud.

44

Fikrlarimiz amaliy tasdiq topishi uchun tadqiqot ishimizni olib borishda biz nafaqat antik davr mutafakkirlarining fikrlari bilan tanishdik, balki hozirgi zamon yosh avlod vakillarining erkinlik borasidagi tasavvurlarini o'rganishga harakat qildik. Bu masalani sotsiologik so'rovnoma orqali amalga oshirdik. Ushbu tadqiqotimiz natijalari yuzasidan yuqorida alohida to'xtalib, batafsil ma'lumotlarni keltirdik. Ulardan xulosa qiladigan bo'lsak, yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan erkinlik haqidagi qarashlar u darajada to'liq va to'g'ri emasligi, u to'g'risidagi ayrim bilimlarning yetishmasligi ayon bo'ldi.

REFERENCES

1. Берлин И. Философия свободы. Европа / пред. А. Эткинда. - М.: Новое литературное образование, 2001. - 448 с.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. Рахимджанова, Д. С. К (2021). ЮНОН МУМТОЗ ФАЛСАФАСИДАГИ АРАСТУ ФАЛСАФИЙ КАРАШЛАРИДА ЭРКИНЛИК ФЕНОМЕНИ. Academic research in educational sciences, 2(2), 995-1006.

3. Соловьев В.С. Соч.: В 2 т. - М., 1990. - Т. 1. - 892 с.

4. Соколов В.В. Введение в классическую философию. - М.: Изд-во МГУ, 1999. - С. 295.

5. Харламов А.Н. Особенности формирования категорий свобода воли, вина и ответственность в эпоху Античности // Вестник: Воронежского государственного университета. Серия «Лингвистика и межкультурная коммуникация». - 2007. - 98-102 с.

6. Rakhimdjanova D.S. The concept of the idea of freedom in ancient and mendival philosophy // Psychology and Educational. https://doi.org/10.17762/pae.v58i1.1562 -Volume 58, Issue 1, 2021-01-29. - 4553-4563 p.

7. Rakhimdjanova D.S. The emergence and transformation of the term freedom, studied in the philosophy of antiquity // The Journal of Academic Research in Educational Sciences. https://doi.org/10.24411/2181-1385-2021-00443 - Tashkent, Uzbekistan, 2021. - Volume 2, Issue 3. - P. 603-613.

8. Rakhimdjanova D.S. Comparative Analysis of the Interpretation of the Phenomenon of Transformational Freedom in Antiquity with Its Modern Approach // International Journal of Social Science Research and Review. http://dx.doi.org/10.47814/ijssrr.v6i1.921 - Germany, Duisburg, 2023. - Volume 6, Issue 1. - P. 457-466.

9. Qizi, R. D. S. (2021). AFLOTUN QARASHLARIDA ERKINLIK TUSHUNCHASINING TASNIFI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(1), 45-55.

45

www.birunijournal .uz

10. Qizi, R. D. S. (2021). KOMPARATIVISTIK USLUBDA ANTIK YUNON FALSAFASIDAGI ERKINLIK MASALASINING TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(3), 154-165.

11. Warnach W. Freiheit. - Ritter, 1972. - P. 1064.

12. Watson G. Responsibility and the Limits of Evil: Variations on a Strawsonian Theme // Responsibility, Character and the Emotions / Ed. F. D. Schoeman. -Cambridge: Cambridge University Press, 1987. - 256-286 p.

13. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O'zbekiston, 2019. - 29 b.

46

www.birunijournal .uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.