Научная статья на тему 'JAMOAT BINOLARI “MADANIY-MA’RIFIY MARKAZLARNING” TIPOLOGIK BELGILARINI SHAKLLANTIRUVCHI OMILLAR.'

JAMOAT BINOLARI “MADANIY-MA’RIFIY MARKAZLARNING” TIPOLOGIK BELGILARINI SHAKLLANTIRUVCHI OMILLAR. Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
1045
167
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sivilizatsiya / funksional ansambllya / madaniy-ma’rifiy markaz / landshaft-rekreatsiya / klub / tarz / tarx / qirkim / funksional asos / funksiyaviy zonalar. / Civilization / functional ensemble / functional co-therapy / cultural-educational center / landscape-recreation / club / style / history / kirkim / functional basis / functional zones.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Shadmanova Zuxra Salaxovna, Aripova Nasiba Atxamovna, Raximov Lazizbek Shaxnazarovich

Madaniy va ma’rifiy markaz binolari axoli o‘rtasida keng miqyosida madaniy-ma’rifiy ishlarni olib borish uchun mo‘ljallanadi. SHu bilan birga aholining barcha tabaqalarini birlashtiruvchi, bir biriga yaqinlashtiruvchiahamiyatga ega bo‘lishligi uchun ham qishloq va shahar aholi markazlarida asosiy bino bo‘lib dominant vazifasini ham bajaradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMMUNITY BUILDINGS FACTORS FORMING THE TYPOLOGICAL SIGNS OF "CULTURAL AND EDUCATIONAL CENTERS".

The buildings of the cultural and educational center are designed to carry out large-scale cultural and educational work among the population. At the same time, it plays a dominant role as the main building in rural and urban population centers, as it unites and brings together all segments of the population.

Текст научной работы на тему «JAMOAT BINOLARI “MADANIY-MA’RIFIY MARKAZLARNING” TIPOLOGIK BELGILARINI SHAKLLANTIRUVCHI OMILLAR.»

Scientific Journal Impact Factor

R

UDK 711.455

JAMOAT BINOLARI " MADANIY-MA'RIFIY MARKAZLARNING" TIPOLOGIK BELGILARINI SHAKLLANTIRUVCHI OMILLAR.

dotsent Shadmanova Zuxra Salaxovna (TACI,z.shadmanova 61@ mail.ru) dotsent Aripova Nasiba Atxamovna (TACI, nasiba.aripova76@mail.ru) assistentRaximov Lazizbek Shaxnazarovich (TACI, lazizbek arx@mail.ru) Toshkent arxitektura-qurilish instituti.

Annotatsiya: Madaniy va ma'rifiy markaz binolari axoli o'rtasida keng miqyosida madaniy-ma'rifiy ishlarni olib borish uchun mo'ljallanadi. SHu bilan birga aholining barcha tabaqalarini birlashtiruvchi, bir biriga yaqinlashtiruvchiahamiyatga ega bo'lishligi uchun ham qishloq va shahar aholi markazlarida asosiy bino bo'lib dominant vazifasini ham bajaradi.

Kalit so'zlar:Sivilizatsiya, funksional ansambllya,madaniy-ma'rifiy markaz, landshaft-rekreatsiya, kl ub,tarz, tarx,qirkim, funksional asos, funksiyaviy zonalar.

Аннотация: Здания культурно-просветительского центра предназначены для проведения масштабной культурно-просветительской работы среди населения. В то же время он играет доминирующую роль в качестве главного здания в сельских и городских населенных пунктах, поскольку объединяет и объединяет все слои населения.

Ключевые слова:Цивилизация, функциональный ансамбль, культурно-образовательный центр, ландшафт-отдых, клуб, стиль, история, разрез, функциональная основа, функциональные зоны.

Abstract: The buildings of the cultural and educational center are designed to carry out large-scale cultural and educational work among the population. At the same time, it plays a dominant role as the main building in rural and urban population centers, as it unites and brings together all segments of the population.

Keywords: Civilization, functional ensemble, functional co-therapy, cultural-educational center, landscape-recreation, club, style, history, kirkim, functional basis, functional zones.

Jamoat binolari va inshootlari arxitekturasi ijtimoiy-iqtisodiy, shaharsozlik,ekologik, sanitariya, funksional, xajmli-rejali, konstruktiv, kompozitsion-badiiy omillarning o'zaro va birgalikdagi ta'siri ostida shakllanadi.

Ijtimoiy-iqtisodiy omillar.Sivilizatsiya rivojlanishidagi ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar binolarni me'moriy loyihalanishiga qanchalik tez ta'sir qilishini tarix

KIRISH:

yaqqol namoyish qilib bergan. Muayyan davr va voqeliklar jamoat binosining u yoki bu turiga bo'lgan ehtiyojni, shuningdek har bir tur ichidagi muayyan tarixiy davr va iqtisodiy tuzilma uchun mos bo'lgan aniq o'ziga xos xususiyatlar yunalishini belgilab beradi. Alohida turlar o'rtasidagi aniq chegaralarning yuqolib borishi, polifunksionallik,universallik,bino turini shakllantiruvchi omillarning o'zaro bog'liqligi va bir biriga ko'shilib ketishi hozirgi kun uchun xoshisoblanadi. Arxitektura va shaharsozlikka menejment metodlarining tatbiq etilishi shahar rivojlanishi manfaatlariga zid kelishi mumkin.

Shaharsozlik yo'nalishidagi loyihalash o'z mohiyatiga ko'ra ijtimoiy aksiya bo'lib, jamoaviy birdamlikni ifodalaydi. SHaharsozlik komplekslarini, bir nechta binolardan tarkib topgan ko'p funksional ansambllarning tashkil etilishi o'rniga individual ob'ektlarni joylashtirish amaliyoti tatbiq etilmoqda. Binolarni loyihalashtirishga bu kabi yondoshish natijasida shakllanib ulgurgan shahar qabul kilaolishi mumkin bo'lgan miqdordan ko'proq dominantalar yaratilishiga olib keladi. Bu erda shaxarsozlik boshqaruvida axamiyatli mavqega ega yirik investorlar va banklar tomonidan "dominant-polislar"qurishga bo'lgan talab va buyurtmalar hajmi kun sayin ortib borishi kuzatiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning obektivlik, tarixiylik va umumiylik usulidan foydalanildi. Shuningdek, shaharsozlik rivojlanishining ijtimoiy-madaniy omillari tizimli yondashuv asosida tahlil qilindi. S.A. Kodirovaning "Jamoat binolarini loyihalash" haqidagi ilmiy maqolalar metodologik manba bo'lib belgilandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR Bu muammoning boshqa jihati sifatida shaharsozlik siyosatida ikki tomonlama echimga ega funksiyalarning ajratilishini e'tirof etish mumkin. Bu holatni hayotning real voqeliklarini iqtisodiy konsepsiyalar asosida ajratilishi va turmushning barcha sohalarini qamrab olgan mehnat taqsimotining iqtisodiy toifalanishi natijalari bilan izohlash mumkin. SHaharsozliknuqtainazaridabuholatikki tendensiya sifatidaaksettiriladi:

- funksiya koopsrapiyasi va ixtisoslashuvi shaharning jamoat markazida joylashgai ko'pqavatli kompleks bo'lishini talab kiladi;

- funksiyaning qismlarga ajratilishi shahar markazidan uzoqda joylashgai kam kavatli jamoat binolari qurilishi taqozo kiladi.

Biroq, funksional zonalash nazariyasi erkin va alohida turuvchi, keng xududlar bilan o'ralgan va tegishli energiya yo'kotishlari mavjud bo'lgan binolar qurilishi g'oyasini ilgari suradi. Ushbu nazariyaning yaqqol va kundalik isboti sifatida tijorat

zonalardagi avtoturargohlami keltirish mumkin.Buinshootlar, xuddi biznes-markazlarsingaritundaumumanbo'm-bo ' shbo'ladilar. Xuddishundayxolatniturar-joyzonalaridakunduzsoatlaridakuzatishmumkin. Ko'p energiya sarflaydiganva "katta energiya yukotishli", ya'ni sanoat-tijoratzonalaridagi energiyani bexuda sarflaydigan ulkan yuzali yassi tomlar ochiq dam olish joylari sifatida foydalanilmaydi. Muammoning echimi ekologik loyihalash va ko'p funksiyali universal binolarni qurish, bino fasadlarini yo'nalishga qarab assimetrik joylashtirish, sanoat-tijorat binolarining yassi tomlarida turar-joy xonalarini qurish bilan bog'liq. Bu kabi yondoshuvlar mintaqaviy iqlim sharoitlari, qurilishning maxalliy xususiyatlari, uzoq muddat xizmat qiladigan maxalliy materiallardan foydalanish ko'lamini kengaytirilishiga asoslanadilar. SHunday qilib, yangi mintaqaviy sifat rivojlanishi zarur. Ekologik qurilish, birinchi navbatda, mintaqaviy farqlanishlarga ega va ularni hisobga olgan xoldagina bino va umuman shaharning yangi individual turini yaratish mumkin.

Shaharsozlik omillari. SHaharsozlik omillari jamoat binolarini shaharning rejali tuzilmasidagi joylashuvini belgilab beradilar. SHahar xududi funksional foydalanishiga qarab istiqomat, iilab chiqarishva landshaft-rekreatsiya zonalariga bo'linadi. Istiqomat xududiyy-joy fondini, jamoat binolari va inshootlarini, shu jumladan ilmiy-tadqiqot institutlari va ularning komplekslarini, shuningdek sanitariya-ximoya zonalarini tashkil etishni talab etmaydigan alohida kommunal va sanoat ob'ektlarini joylashtirish, shahar ichidagi qatnov yo'llari, ko'chalar, maydonlar, park va bog'lar, bulvar va umumiy foydalanishdagi joylar uchun mo'ljallanadi. SHaxar va qishloq aholi punktlaridagi istiqomat xududlarining rejali tuzilmasini jamoat markazlari,turar-joy imoratlari,ko'cha-yo'ltarmog'i, umumiy foydalanishdagi ko'kalamzorlashtirilgan hududlarning o'zaro bog'lanishini va shu bilan birga umuman aholi punktining maydoni va hududining tabiy sharoitlariga bog'liq bo'lgan rejali tuzilmasini inobatga olgan holda loyihalashtirish lozim.SHaharlarda o'z tarkibida umumshahar markazi rejalashtirilgan xududlar (zonalar)markazlari turar-joy va sanoat zonalari,dam olish zonalari,kundalik ehtiyojlar uchun savdo-maishiy markazlari,shuningdek shahar yaqinida joylashtirilishi mumkin bo'lgan ixtisoslashtirilgan (tabiy,o'quv,sport va boshqa) markazlar mavjud bo'lgan jamoat markazlari tizimini shakllantirish lozim.Jamoat markazlarining soni, tarkibi va joylashtirilishi shaharning kattaligi, uning joylashuv tizimida tutgan o'rni va hududning funksional-rejali tashkil etilishini xisobga olgan holda qabul qilinadi. Yirik va juda yirik shaharlar, shuningdek tuzilmasi qismlarga ajratilgan shaharlarning umumshahar jamoat markazi, odatda, shahar miqyosidagi kichik markazlar bilan to'ldiriladi. Kichik shaharlar va qishloq axoli punktlarida

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

R

VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

yagona jamoat markazi shakllantirilib, turar-joy imoratlari zonasida joylashtariladigan kundalik foydalanishdagi ob'ektlari bilan to'ldiriladi.

Mikrotuman markazi.Mikrotumon - turar-joy binolari qurilmasining tuzilmaviy elementi, odatda 10-60 gektar, lekin 80 gektardan ko'p bo'lmagan maydonda joylashadi. Mikrotuman magistral yo'llar va ko'chalar bilan qismlarga ajratilmaydi. Mikrotuman doirasida kundalik maishiy xizmat ko'rsatish korxonalari va muassasalari joylashgan bo'lib, ularnipg xizmat ko'rsatish radiusi 500 metrdan oshmaydi (maktab va maktabgacha ta'lim muassasalari bundan istisno); chegaralari, odatda, magistral yoki turar-joy ko'chalari, piyoda yullari, tabiiy to'siqlar bilan belgilanadi. Mikrotumantarkibiga quyidagi jamoat binolari kiradi: maktabgacha ta'limmuassasalari,maktab, ozik-ovkat (sut, non va non maxsulotlari) do'konlari, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, aloqa bo'limi, bank filiali, poliklinika.

Turar-joy tumanining markazi.Turar-joy tumani - shaharning axoli istiqomat qiladigan xududining tuzilmaviy elementi, odatda, 80-250 gektar maydonni egallaydi va uning doirasida xizmat ko'rsatish radiusi 1500 metrdan oshmaydigan muassasa va korxonalar, shuningdek shahar ahamiyatiga ega ob'ektlarning bir qismi joylashtiriladi; tabiiy va suniy to'siqlar, magistral ko'chalar va umumshaxar ahamiyatiga ega yo'llar bilan chegaralanadi. Turar-joytumanimarkazitarkibigaquyidagilarkiradi:

Ixtisoslashtirilganmaktablar, bank bo'linmalari, pochta muassasalari, kutubxonalar, katta bo'lmagan sport inshootlari,klublar(madaniy-ma'rifiy markazlar),kinoteatrlar, universal zallar, kafe.

Umumshaxarmarkazitarkibiga quyidagilar kiradi: Teatrlar, muzeylar, kinomarkazlar, ko'rgazma zallari, yirik sport inshootlari, yirik savdo markazlari, klublar(madaniy-ma'rifiy markazlar).

Mustaqillik davridan boshlab Respublikamizdagi siyosiy va ma'naviy barqarorlik, jamiyatimizni demokratiyalashtirish islohotlari, ijtimoiy va ilmiy -texnikaviy taraqqiyot mamlakatimiz hududlaridagi qishloq arxitekturasi va qurilish sohasidagi olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini rivojlantirib yubordi. Funksional jihatdan yanada mukammal bo'lgan, yangi qurilish ashyolaridan foydalangan holda arxitekturaviy loyihalash va qurilishning yangi uslublaridan foydalanish ishlari kengaytirildi. Ayniqsa, respublikamizning qishloq va shahar arxitekturasini rivojlantirish, halqning madaniy, ma'rifiy sohalardagi yuz bergan o'zgarishlari, zamonaviy turar joy uylari bilan bir qatorda madaniy markazlar, klublar va sport inshootlarini ko'paytirishni taqozo etmokda. Odamlar o'zlarining dam olish vaqtlarini fayzli o'tkazish uchun mo'ljallangan yig'ilishlarni o'tkazadigan muassasalarni ya'ni

XULOSA VA TAKLIFLAR

klublarni(madaniy-ma'rifiy markazlarni) ko'paytirish masalasi bugungi kunning asosiy muammolaridan bo'lib hisoblanadi. SHu bois loyiha qilishga mo'ljallangan klub binosi qishloq va shaharlarda qurilishga moslashgan holda mazkur hudud joylaridagi madaniy muassasalarning arxitekturaviy jihatdan mukammal bo'lgan jamoat binolaridan bo'lib hisoblanadi.

Aholining hududlar bo'ylab joylashtirishda ishlab chiqarishga hamda madaniy-ma'rifiy ishlarini keng tarqatish maqsadida shakllanishga bir qator aktiv va passiv shakldagi turli xil omillar bilan birga, qishloq hayotining qiyofasi, bo'sh vaqtning tarkibiy qismi, mashg'ulotlarning xususiyatlari va ularni madaniy qatlamga bog'lash hamda sog'lomlashtirish tadbirlari ta'sir etadi. Madaniy-ma'rifiy muassasalar tarmog'ini ishlab chiqarish hududlari va tuman aholisini yashash joylarini qamrab olgan joygacha qurish maqsadga muvofiq bo'ladi.

SHunday qilib,hozirga kelib klublarning ommaviy bino tiplaridan biri u ham bo'lsa, to'garaklarni o'z tarkibiga olgan holda tamoshabinni zeriktirmaydigan zal, sahnaga ega bo'lgan hamda artistlar xonasi bo'lgan barcha xizmat ko'rsatish xonalariga ega bo'lgan klub hisoblanadi. Hozirgi vaqtda madaniy-ma'rifiy markaz binolari asosan ikki qismdan iborat bo'lib, biri - ommaviy ko'ngil ochar qismi va ikkinchi qismi to'garaklarni olib borishga mo'ljallanadi. Bulardan tashqari boshqa turdagi klublar ham mavjud yoshlar klubi, bolalar, shaxmat, aeroklub, adabiyotchilar klubi kabi maxsus turlari ham bor.

Madaniy ma'rifiy markazi loyihasi.

1-Rasm 2-Rasm

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI(REFERENCES)

1 .KodirovaS. A. "Jamoat binolarini loyihalash" Toshksnt2015y.

2. Gelfond.A.L. "Arxitekturnoe proektirovanie ob^estvenntix zdaniy i soorujeniy''. Moskva Iz. "Arxitektura- S" 2006 g.

3. KMK 2.08.02-09 "Jamoat binolari va inshootlari".

4. KMK 2.07.01-94 "SHahar va qishlok manzillar inirejalashtirish va qurish"

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.