EL ARDOG'IDAGI SHOIR
Dilbar Muhiddinovna Nasriyeva
Chirchiq davlat pedagogika universiteti qoshidagi akademik litsey o' qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Erkin Vohidov hayoti va uning ijodi haqida soz boradi. Shoir ijodining xalqchilligi, jozibadorligi, boqiyligi haqida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: ijod, she riyat, manaviyat, adabiyot, qasida, toplam, nazm, nasr, milliy ozlik, inson.
ABSTRACT
This article talks about Erkin Vahidov's life and his work. Thoughts were made about the nationalism, attractiveness, and immortality of the poets work.
Keywords: creativity, poetry, spirituality, literature, poem, collection, poem, prose, national identity, human being.
KIRISH
Sheriyat -yurak sadosi. Dilning nozik torlarini cherta oluvchi, inson ruhiyatiga orom bagishlovchi ohanrabo.Bazan hayot tashvishlaridan qochib, uzoq-uzoqlarga ketging keladi. Yolg'iz qolib, yuraging bilan tillashging, dillashging keladi...
Shunday vaqtda, yuragimga, dilimga yupanch kerak bo lganda, beixtiyor sevimli shoirim Erkin Vohidov ijodiga, sheriyatiga suyanaman, undan manaviy oziq olaman, ruhim uyg onadi, tetiklashadi. Zero, Erkin Vohidov she riyati insonlar yuragiga iliqlik, musaffolik olib kiradigan mojizadir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Erkin Vohidov 1936-yil 28-dekabrda Farg'ona viloyati Oltiariq tumanida tug'ildi. Otasi - Cho'yanboy Vohidov o'qituvchi bo'lib, ilm -fan, she'riyatni nihoyatda qadrlagan inson bo'lgan. Onasi -Roziyaxon Vohidova ham adabiyot oshnosi, qalbi, didi nozik ayol edi.Shoir 9 yoshida otasidan yetim qoladi.Onasi ham ko'p o'tay, olamdan ko'z yumadi.O'sha davr qiyinchiliklari haqida shoir o'z xotiralarida aytib o'tgan.Erkinning tarbiyasi tog'asi -adabiyot homiysi Karimboy Sohiboyev zimmasiga tushadi. Karimboy akaning asli kasbi yurist bo lsa ham san atni, adabiyot va she riyatni juda qadrlaydigan inson edi.Shuning uchun ham jiyanining yetuk inson bo'lishiga alohida e'tibor qaratadi.Uni zamonasining ko zga ko ringan ijodkorlari davrasida bo lishini istaydi, she'riyat to'garaklariga qatnashiga sharoit yaratib
December, 2024
66
beradi.Ularning xonadoniga shoir Chustiy va ko'plab boshqa soha vakillari tez -tez kelib turishar, dasturxon atrofida Hofiz, Navoiy, Bedil, Fuzuliy baytlarini tahlil qilib, har birlari o'zlaricha talqin qilishardi.Bunday adabiy bahslarga tola yig'ilishlar yosh Erkinnning kelajakda el ardog'idagi shoir bo'lib yetishida muhim o'rin egalladi .
Erkin Vohidov 1960-yil Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini tomomladi.So'ng turli nashriyot va gazeta- jurnallarda ishladi.Ilk she'ri 14 yoshida, "Mushtum" jurnalida nashr etildi. Shoirning ilk she'riy to'plami "Tong nafasi" nomi bilan 1961 -yilda chop etildi. Shundan keyin uning bir qator she'riy asarlari dunyo yuzini ko'rdi. Jumladan, "Qo'shiqlarim sizga", "Yurak va aql", "Nido", "Lirika", "Palatkada yozilgan doston", "Yoshlik devoni", "Charog'bon", "O'rtada begona yo'q", "Yaxshidir achchiq haqiqat" kabi yigirmadan ortiq she'riy to'plamlari adabiyot ixlosmandlariga taqdim etildi.
Erkin Vohidov mohir tarjimon sifatida ko'plab xorij ijodkorlari, jumladan, Aleksandr Tvardovskiy, Blok, Shiller, Gyote, Ukrainka va Sergey Yeseninlarning asarlarini o'zbek tiliga o'girgan.Ayniqsa, nemis yozuvchisi Gyotening mashhur, , Faust» asarini o'zbek kitobxonlari aynan Erkin Vohidov tarjimasi orqali o'z ona tilida o'qish baxtiga muyassar bo'lganlar.Shu o'rinda aytish joizki, shoir she'rlari o'z navbatida nemis, ingliz, urdu, fransuz, hind va arab tillarida tarjima qilingan.Bir qancha xorij ijodkorlari E.Vohidov asarlarini yuqori baholagan.Ayniqsa, millatimiz, xalqimiz ma'naviy mulkining bir qismiga aylanib ulgurgan, "Inson" qasidasining BMT minbarlaridan turli tillarda yangrashi har bir o'zbek qalbida yuksak faxr, g'urur tuyg'ularini junbishga keltirdi desak, mubolag'a bo'lmaydi.Chunki bu qasida Erkin Vohidov ijodining shohbaytlari bo'lib, nainki, insonga, balki butun bashariyatga aytilgan go'zal alyordir.
Sobit-u sayyorada inson o'zing, inson o'zing, Mulki olam ichra bir xoqon o'zing, sulton o'zing Sobit o'z ma'vosida, sayyor fazo dunyosida, Koinot sahrosida karvon o'zing, sarbon o'zing.
Inson «asari butun insoniyat sha'niga bitilgan qasida.Unda insonning barcha tuyg'ulari, inson dahosining zakovati, fan - texnika sohasida erishgan mislsiz g'alabalari o'z aksini topgan. Bugungi kunda insoniyat shu taraqqiyot tufayli jahon ayvonida «arkon» (ustun) ayni paytda «vayron» ekanini ham aytib o'tadi. Shoir bugungi globallashuv zamonida ma'naviy va mafkuraviy tazyiqlarning, turli ofatlarning ortayotganligidan insoniyatni ogohlikka chaqiradi, go'yo Marsga to'p otquchi -sen, Zuhroni uyg'otquchi -sen Uyquda qotquchi -sen, uyg'on o'zing, uyg'on
o zing
Kelding olamga demak, etmas uni so'rmak, yemak,
December, 2024
67
Academic^esearch^n^ducational^
Yerni etmog'ing kerak bo' ston o'zing, rizvon o'zing ...
Erkin Vohidov ijodi, she'riyati haqida so'z borar ekan, uning she'rlarida vatanparvarlik, milliy o'zlikni anglash, ajdodlar ruhiga cheksiz hurmat, Vatanga, uning yorug' kelajagiga ishonch mavzusi keng o'rin egallaydi.Shoir umrining so'ngiga qadar xalqining bir parchasi, millati rivoji uchun mas'ul ekanligini unutmadi.Xalqiga, bobolariga mos yashab o'tdi.
Qulluq qil demasman, Yurt tuprig'in o'p, Unga qullar emas, fidolar kerak. Uning sen-u mendek shoirlari ko'p, Buyuk elga endi daholar kerak desa, boshqa bir she'rida El -ustozim, men esa tolib, So'z durlrin termoqdir ishim. Odamlarning o'zidan olib, Odamlarga bermoqdir ishim.
Darhaqiqat, satrlardan anglashiladiki, ijodkor hamisha uni e'zozlagan xalqi bilan birga, uning ichida yashab o'tdi, xalqning, millatning ruhi unga ilhom bag'ishladi. Xalqning kechmishlarini qalban his qildi, uning dard-u nolalarini o'z uslubida xalqona tilda ifoda etdi.
E.Vohidov she'riyati tuyg'ularning tabiiyligi, haqqoniyligi bilan ajralib turadi.Unda insonni ishontira olish qobiliyati, iste'dodi namoyon.Chunki shoir hayotiy tuyg'ularni, sodda dil kechinmalarini ifoda etadi, satrlarga ko'chiradi.O'z she'rlarida tilning turli tasviriy ifodalaridan unumli foydalanadi.Har bir so'zning qadrini, zalvorini chuqur his etib, anglab, uni o'z o'rnida qo'llaydi. Shuning uchun bo'lsa kerak, uning she'rlari kirib bormagan xonadon yo'q. Uning ijodi necha yillardan beri xalqimiz ma'naviyatini boyitib kelmoqda. Chunki shoir she'rlarida davr manzarasi, xalqning olmas ma'naviyati, millatning haqiqiy qiyofasi tola aks etadi She'rlarini o'qir ekansiz, satrlarda ilgari surilayotgan g'oyani o'quvchi bir qarashda anglay oladi, shoir oddiygina so'zlar va lirik qahramonning sodda xatti -harakatlari orqali kitobxon qalbiga kirib boradi.U so'zning chinakam jozibasini o'ziga xos tarzda aks ettirgan, xalqning dilidagini qalamga olib, millat ruhini olmas satrlarda muhrlagan qalami o'tkir, chapdast ijodkordir.Yillar, davrlar o'tsa-da, xalqimiz Erkin Vohidovga o'xshagan asl farzandlarini aslo unutmaydi.Uning ijodi she'riyat shaydolarining ko'nglini munavvar etaveradi.
XULOSA
1. "Vohidov, Erkin» Ensiklopedik lug'at .Toshkent -1992
REFERENCES
December, 2024
2. R .Shokirova, , Ozbek adiblari» .Toshkent-2016 .G.Gulom nashriyoti
3. Erkin Vohidov» .Ziyonet.uz
4. Xurshid Davron kutubxonasi. Internet malumotlari. Ziyonet.uz sayti
5. Mengdobilova, M. Q. (2024). METHODS OF TEACHING SCIENCE "EDUCATION" IN THE CONDITIONS OF MULTIFACETED DEVELOPMENT OF THE COUNTRY. European Science Methodical Journal, 2(6), 103-107.
6. Mengdobilova, M. Q. (2024). TARIX FANINI O „QITIShNING MUAMMOLARI. PEDAGOG, 7(3), 615-618.
7. Mengdobilova, M. Q. (2022). TEACHING THE SCIENCE OF «EDUCATION» IN THE CONDITIONS OF GLOBALIZATION AS A NEED AND A NECESSITY. Theoretical & Applied Science, (7), 131-134.
©
© © ©
December, 20241 Multidisciplinary Scientific Journal
69