Научная статья на тему 'EKSPERIMENTAL ISHCHI ORGAN ISKANASI TUMSHUG‘INI EGILISHGA MUSTAHKAMLIGINI SINASH'

EKSPERIMENTAL ISHCHI ORGAN ISKANASI TUMSHUG‘INI EGILISHGA MUSTAHKAMLIGINI SINASH Текст научной статьи по специальности «Механика и машиностроение»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ishchi organ / ustara / abraziv yeyilish / panja / parametr / havfli kesim kengligi / havfli kesim qalinligi / deformatsiya / resurs / mustahkamlik sharti. / Working body / blade / abrasive wear / paws / parameter / width of dangerous section / thickness of dangerous section / deformation / resource / strength conditions.

Аннотация научной статьи по механике и машиностроению, автор научной работы — Kuvandikov Yokub Tursunbayevich

Ushbu maqolada uch iskanali panja tumshug‘ining tuproq qatlamining og‘irlik kuchi, tuproq qatlami va yer orasidagi ishqalanish kuchi hamda har xil dinamik kuchlar ta’sirida eksperimental ishchi organ tumshug‘ining 12-14 sm chuqurlikda ishlov berganda egilmaslik shartini hisobga olib uning havfli kesimi qalinligini asoslaymiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EXPERIMENTAL WORKING BODY BENDING STRENGTH TEST

In this article, we base the substantiation of the thickness of the dangerous section of a three-bit experimental working body on the basis of the condition of the toe of the experimental working body, which does not sag when working at a depth of 12-14 cm under the influence of gravity, the soil layer, the friction force between the soil layer and the ground and various dynamic forces .

Текст научной работы на тему «EKSPERIMENTAL ISHCHI ORGAN ISKANASI TUMSHUG‘INI EGILISHGA MUSTAHKAMLIGINI SINASH»

UDK 631.316.022

EKSPERIMENTAL ISHCHI ORGAN ISKANASI TUMSHUG'INI EGILISHGA

MUSTAHKAMLIGINI SINASH

Kuvandikov Yokub Tursunbayevich Jizzax politexnika instituti "Umumtexnika fanlari" kafedrasi katta o'qituvchisi, E-mail: obidpardavev143@gmail.com

Annotasiya. Ushbu maqolada uch iskanali panja tumshug'ining tuproq qatlamining og'irlik kuchi, tuproq qatlami va yer orasidagi ishqalanish kuchi hamda har xil dinamik kuchlar ta'sirida eksperimental ishchi organ tumshug'ining 12-14 sm chuqurlikda ishlov berganda egilmaslik shartini hisobga olib uning havfli kesimi qalinligini asoslaymiz.

Аннотация. В данной статье обоснована толщины опасной сечения трехдолотной экспериментального рабочего органа, мы основываемб, исходя из состояния носка экспериментального рабочего органа, не прогибающегося при работе на глубине 12-14 см под действием силы тяжести слоя почвы, сила трения между слоем почвы и землей и различные динамические силы.

Abstract. In this article, we base the substantiation of the thickness of the dangerous section of a three-bit experimental working body on the basis of the condition of the toe of the experimental working body, which does not sag when working at a depth of 12-14 cm under the influence of gravity, the soil layer, the friction force between the soil layer and the ground and various dynamic forces .

Kalit so'zlar. Ishchi organ, ustara, abraziv yeyilish, panja, parametr, havfli kesim kengligi, havfli kesim qalinligi, deformatsiya, resurs, mustahkamlik sharti.

Ключевые слова. Рабочий орган, лезвие, абразивный износ, лапы, параметр, ширина опасного сечения, тольщина опасного сечения, деформация, ресурс, условия прочности.

Keywords. Working body, blade, abrasive wear, paws, parameter, width of dangerous section, thickness of dangerous section, deformation, resource, strength conditions.

Tadqiqot usullari. Ma'lumki eksperimental ishchi organ 12-14 sm chuqurlikda ishlov berganda, uning iskanasiga tuproq ta'sirida katta bosim kuchi ta'sir etadi. Iskana tumshug'ining egilishini taxlil qilamiz. Demak, etksperimental ishchi organ tumshug'i tuproq qatlamining og'irlik kuchi, tuproq qatlami va er orasidagi ishqalanish kuchi hamda har xil dinamik kuchlar ta'sirida egiladi.

Xc

4 >

1-rasm. Egilishga sinalayotgan eksperimental ishchi organning

ustidan ko'rinishi.

Bu jarayonni o'rganish uchun 1-rasmdagi eksperimental ishchi organ iskanasi tumshug'ini konsol balka deb qabul qilamiz.

Natijalar. Ishchi organ tumshug'i ustida ma'lum tezlikda harakatlanayotgan tuproq qatlamining og'irlik kuchini tekis taqsimlangan yoyilgan kuch deb qabul qilamiz. Bunga ko'ra eksperimental ishchi organ tumshug'ini uchi tuproqqa chuquroq botib yurganligi uchun, tekis taqsimlangan kuch q ishchi organ tumshug'ining uch qismiga kattaroq qiymatga ega bo'ladi [1;87-b]. Ammo, eksperimental ishchi organ mahkamlangan A nuqtada, ya'ni havfli kesimiga ta'sir etayotgan kuch miqdori kichik, eguvchi moment miqdori esa katta qiymatga ega bo'ladi (2-rasm).

Ma'lum kesmada ixtiyoriy qonun bilan tarqalgan o'zgaruvchi kuchlar sistemasining teng ta'sir etuvchisi Q kuchning moduli shu ABCD shaklning yuzasiga bog'liq bo'lib, uning ta'sir chizig'i og'irlik markazini kesib o'tadi [1].

2-rasm Konsol balka ko'rinishida ishlayotgan eksperimental ishchi organga taqsimlangan kuchning ta'sir etish sxemasi.

Bu yerda: Q -tekiis taqsimlangan kuchni teng ta'sir etuvchusi N, q-tekiis taqsimlangan kuch N/mm ,

Demak, yuqoridagi ifoda bo'yicha aniqlanganda ekanligi ma'lum bo'ladi Eksperimental ishchi organ iskanasi tumshug'iga ta'sir etayotgan tekiis taqsimlangan kuchni teng ta'sir etuvchusi

(1)

Bu yerda: L-eksperimental ishchi organ tumshug'i uzunligi, L=150 mm q = m ■ g tekis taqsimlangan kuch intensivligi (tuproq qatlamini og'irlik kuchi). N/mm

g = 9,8 m/s- erkin tushish tezlanishi, -tuproq qatlami massasi. kg, V = S ■ h= 1096-1280 mm tuproq qatlami hajmi, S- ishchi organ iskanasi tumshug'i yuzasi mm h=120-140 mm ishlov berish chuqurligi, p=1,18-1,36 g/sm tuproq qatlami zinchligi.

Formula orqali aniqlab (2.19) mustahkamlik shartidagi Mx eguvchi momentni aniqlash

uchun moment tenglamasini tuzamiz:

3 Qi + Q, MA=0; Xc C-Q -- n *Z)+MX = 0

I

Bu yerda: Xc-kuch yelkasi uzunligi, mm

Q -tekiis taqsimlangan kuchni teng ta'sir etuvchusi, N; Qi-tuproq va yer orasidagi ishqalanish kuchi; N;

Q: -tuproq qatlami va qisman yumshatilgan tuproq qatlami orasidagi

ishqalanish kuchi, N;

Mx-havfli kesimiga ta'sir etayotgan eguvchi moment. N'mm.

Eksperimental ishchi organ tumshug'ining simmetriya o'qi bo'ylab bukilishidan hosil bo'lgan burchakning 1550-1600 oralig'ida ekanligi uchun bu ko'ndalang kesimni to'g'rito'rtburchak deb qarashimiz mumkin.

Xavfli kesimning eni bz = 70 mm o'zgarmagan holatda, qalinligini uch xil = ■": = r-- = qiymatlarda olamiz[2].

Eksperimental ishchi organ tayyorlangan material qalinligi 6 mm ekanligini hisobga olib, yuqoridagi holatni hosil qilish uchun har bir iskana xavfli kesimini temir arra yordamida 2 mm, 1 mm va 0 mm dan olib, qalinligini mos ravishda 4 mm, 5 mm va 6 mm li qalinliklarni vujudga keltiramiz.

Eksperimental ishchi organ tayyorlangan material qalinligi 6 mm ekanligini hisobga olib, yuqoridagi haolatni hosil uchun har bir iskana xavfli kesimini temir arra yordamida 2 mm, 1 mm va 0 mm dan olamiz va mos ravishda 4 mm, 5 mm va 6 mm li qalinliklarni vujudga keltiramiz.

Eksperimental ishchi organ tumshug'ini "AlfaTest X050" markali qurilma yordamida egilishga mustahkamligini sinash yo'li baholaymiz.

Buni uchun eksperimental ishchi organni 4 mm, 5 mm va 6 mm qalinlikdagi iskanalarini xar birini alohida sinaymiz va "AlfaTest X050" markali qurilmaga ulangan kompyuterdan vaqt va kuch o'sishi natijasida ishchi organ xavfli kesimida eguvchi moment ta'sirida yuz berayotgan o'zgarishlarni ifodalovchi diagramalarini olamiz.

4 mm qalinlikdagi iskanani egilishga 5 mm qalinlikdagi iskanani egilishdagi mustahkamligini sinash. 3-rasm. diagrammasi. 4-rasm.

3-rasmda 4 mm qalinlikdagi iskanani egilishga mustahkamligini sinaganda olingan diagramma 4-rasmda ifodalangan, bunda kuchning miqdori 0,95-1,00 kN qiymatga yetganda ishchi organ xavfli kesimida o'zgarish bo'lganligini ko'ramiz.

5-rasmda 5 mm qalinlikdagi iskanani egilishga mustahkamligini sinaganda olingan diagramma 6-rasmda ifodalangan, bunda kuchning miqdori 2,0-2,05 kN qiymatga yetganda ishchi organ xavfli kesimida o'zgarish bo'lganligini ko'ramiz.

5 mm qalinlikdagi iskanani egilishga 5 mm qalinlikdagi iskanani egilishdagi

mustahkamligini sinash. 5-rasm. diagrammasi. 6-rasm.

Test time(s)

6 mm qalinlikdagi iskanani egilishga 6 mm qalinlikdagi iskanani egilishdagi mustahkamligini sinash. 7-rasm. diagrammasi. 8-rasm.

7-rasmda 6 mm qalinlikdagi iskanani egilishga mustahkamligini sinaganda olingan diagramma 8-rasmda ifodalangan, bunda kuchning miqdori 2,60 kN qiymatga yetganda ishchi organ xavfli kesimida hech qanday o'zgarish bo'lmaganligini ko'ramiz.

Xulosa. Shunday qilib, quyidagi xulosaga kelamiz, qalinligi 6 mm bo'lgan ishchi organ tumshug'ining uchiga 2,6 kN kuch ta'sir etganda ham, ishchi organ xavfli kesimida hech qanday o'zgarish bo'lmas ekan. Demak, ishchi organ xavfli kesimi qalinligini 6 mm qabul qilsak, eksperimental ishchi organ tumshug'i xavfli kesimining qalinligini nazariy asoslab 6 mm qabul qilganimiz tajribada o'z tasdig'ini topdi.

ADABIYOTLAR

1. С.М.Тарг. Краткий курс теоретической механики. Москва «Высшая школа» 1998416 с.

2. Тухтакузиев А. Имомкулов ^.Б. Тупрокни кам энергия сарфлаб деформациялаш ва парчалашнинг илмий-техник асослари. - Тошкент: KOMRON PRESS, 2013. - 120 б.

3. Кувандиков Ё. Т. ОБОСНОВАНИЕ ДЛИНЫ НОСКА И ВЫСОТЫ СКАЛЫ ПОВОРОТНОГО РАБОЧЕГО ОРГАНА КУЛЬТИВАТОРА //Universum: технические науки. - 2024. - Т. 2. - №. 1 (118). - С. 15-18.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.