КИСКА ХАБАРЛАР
UDK. 631.313.2
YERLARGA EKISH OLDIDAN ISHLOV BERUVCHI MASHINALARNING ISHLASH CHUQURLIGI VA UNING BARQARORLIGINI ISH KO'RSATKICHLARIGA TA'SIRI
A.X.Umurzaqov t.f.d., dos., NamMQI
D.A.Abduvaxobov t.f.f.d (PhD)., dos., NamMQI
M.Madraximova o'qituvchi, NamMQI D.A.Abduvaxobov magistrant, NamMQI
Аннотация. Maqolada ishlab chiqilgan yerlarga ekish oldidan ishlov beruvchi tishli borona tomonidan tuproqqa ishlov berish chuqurligi talab darajasida bir tekis bo'lishini ta'minlash bo'yicha o'tkazilgan nazariy va eksperimental tadqiqotlarning natijalari keltirilgan.
Аннотация. В статье приведены результаты проведенных исследований по обеспечению требуемой равномерности глубины обработки почвы разработанной зубовой бороной, работающей перед посевом.
Abstrakt. The results of the research to ensure the required soil treatment depth uniformity developed oscillatory spike-tooth harrow.
Kalit so'zlar: tishli borona, ishlov berish chuqurligining barqarorligi, boronaga ta'sir etuvchi kuchlar, boronani tuproqqa botiruvchi kuch, kuchlar ko'pburchagi, borona tayanch tekisligi, borona tortish chizig'ini gorizontga og'ish burchagi, boronaning osish qurilmasi va nuqtalari.
Ключевые слова: зубовая борона, равномерность глубины обработки, действующие на борону силы, сила заглублящая борону в почву, многоугольник сил, опорная плоскость бороны, угол наклона силы тяги бороны к горизонту, навесное устройство и точки навески бороны.
Keywords: tooth harrow, acting on the harrow power harrow power of bury in the ground, a polygon of forces supporting plane harrows angle traction harrows to horizon, and the attachment point linkage harrows.
Yerlarga ishlov berish qishloq xo'jaligi ekinlaridan yuqori hosil yetishtirishga yo'naltirilgan agrotexnika tadbirlari ichida eng muhim o'rinni egall aydi. Bu agrotexnika tadbiri o'z vaqtida va sifatli bajarilgandagina urug'larni bir tekis ekish va qiyg'os undirib olish, o'simliklarni rivojlanishi hamda hosil to'plashi uchun maqbul sharoitlar yaratiladi. Bundan tashqari tuproqqa sifatli ishlov berilganda ekish, ekinlarni parvarishlash va hosilni yig'ishtirib olishda qo'llaniladigan mashinalarning ish sifati va unumi ortadi, yonilg'i sarfi kamayadi [1].
Ishlov berish chuqurligi va uning barqarorligi(bir tekisligi) barcha tuproqqa ishlov berish mashinalarining asosiy ish ko'rsatkichlari hisoblanadi. Ishlov berish chuqurligi talab darajasida bo'lsa va uning barqarorligi, ya'ni bir tekisda bo'lishi ta'minlansa ekinlarni bir tekis rivojlanishi va pishib yetilishiga hamda ulardan yuqori hosil olinishiga erishilinadi, aks holda esa, ya'ni belgilangan ishlov berish chuqurligi va uning barqarorligi ta'minlanmasa o'simliklarni notekis rivojlanishi va pishib yetilishi kuzatiladi, hosildorlik 12-15 foizga pasayadi. Shu sababli ham har bir tuproqqa ishlov berish mashinasi uchun ishlash chuqurligi va uning belgilangandan chetlanishlari(notekisligi)ga qat'iy talablar qo'yilgan.
KHCKA XAEÁMÁP
Hozirda respublikamizda tuproqqa asosan osma plug, tirkama va osma tishli borona hamda chizel-kultivator va boshqalar yordamida ishlov beriladi.
Ushbu maqolada tuproqqa sayoz ishlov berishda qo'llaniladigan yangi ishlab chiqilgan tishli boronaning ishlov berish chuqurligi bo'yicha barqaror (bir tekis) yurishini ta'minlash maqsadida o'tkazilgan nazariy va eksperimental tadqiqotlarning natijalari keltirilgan.
Ishlab chiqilgan borona [2] asos va unga o'rnatilgan tishlardan tashkil topgan ishchi zvenolardan yig'iladi. Ular, ya'ni ishchi zvenolar bir-biri bilan halqalar, rama bilan esa halqalar va tortqilar orqali bog'langan. Shu sababli ish jarayonida har bir ishchi zveno dala yuzasidagi notekisliklarga moslashish va uchchala fazoviy tekislik bo'yicha tebranma harakat qilish imkoniyatiga ega. Bu o'z navbatida tuproqqa ishlov berish sifati yaxshilanishi va energiya sarfi kamayishiga olib keladi.
Boronani ishlov berish chuqurligi bo'yicha barqaror yurishi asosan uni tuproqqa botiruvchi kuchning o'zgaruvchanligiga bog'liq. O'z-o'zidan ravshanki boronaning ishlov berish chuqurligi bo'yicha barqaror yurishini ta'minlash va demak u tomonidan tuproqqa ishlov b erish (boronalash) chuqurligi bir tekis bo'lishi uchun ta'kidlangan kuch ish jarayonida mumkin qadar kam o'zgarishi, eng maqbuli esa u o'zgarmasligi lozim [3].
1-rasmda boronaga bo'ylama - tik tekislikda ta'sir etuvchi kuchlar sxemasi va ko'pburchagi keltirilgan. Ulardan foydalanib boronani tuproqqa botiruvchi kuch Q6 ni aniqlaymiz
Q6 = N = m6g - pxz sina (1)
yoki PXZ = R0/cosa ekanligini hiosbga olganda (bu kuchlar ko'pburchagidan kelib chiqadi)
q6 = N = m g - Ro*ga, (2)
bunda N - tuproq tomonidan boronaga ta'sir etuvchi tik reaksiya kuchi;
m6 - boronaning massasi (rama bilan);
g - erkin tushish tezlanishi;
PXZ - bo'ylama - tik tekislikda traktor tomonidan boronaga qo'yilgan tortish kuchi (bu kuch boronaning oniy aylanish markazi 7 ga qo'yilgan);
a - boronaning bo'ylama - tik tekislikdagi tortish chizig'ini, ya'ni u oniy aylanish (1-rasmdagi 7 nuqta) va qarshilik (1-rasmdagi O nuqta) markazlarini birlashtiruvchi 7Ü chiziqni gorizontga og'ish burchagi;
R0 - boronaning tortishga qarshilik kuchi.
Tuproq fizik - mexanik xossalarining o'zgaruvchanligi va dala yuzasining notekisligi sababli ish jarayonida boronaning tortishga qarshiligi R0 to'xtovsiz o'zgarib turadi. (2) ifodadan ko'rinib turibdiki, bu o'zgarish boronani tuproqqa botiruvchi kuch Qb ni va demak uning tuproqqa botish chuqurligini o'zgarishiga olib keladi. Natijada ishlov berish chuqurligining bir tekisda bo'lishi ta'minlanmaydi [4].
(2) ifoda bo'yicha yana shuni ta'kidlash mumkinki, R0 kuchning va demak tuproq fizik -mexanik xossalari o'zgaruvchanligi hamda dala yuzasi notekisligining Qb ga ta'siri borona tortish chizig'i nO ning gorizontga og'ish burchagi a ga bog'liq bo'lib, bu burchak qanchalik kichik bo'lsa, R0 kuchni Qb ga ta'siri shunchalik kam, boronaning ishlov berish chuqurligi bo'yicha barqaror yurishi esa shunchalik yuqori bo'ladi. Eng yaxshi natijaga a=0 bo'lganda erishilinadi. Chunki bunda (2) ifodaning ikkinchi tashkil etuvchisi nolga aylanishi natijasida ish jarayonida Qb kuchni o'zgarmasligi ta'minlanadi [5].
2-rasmda keltirilgan sxemadan foydalanib, a burchakni borona, uning osish qurilmasi
KHCKA XAEAMAP
va traktor osish mexanizmining parametrlari va o'lchamlari orqali ifodalaymiz
1-rasm. Bo'ylama - tik tekislikda boronaga ta'sir etuvchi kuchlar sxemasi (a) va
ko'pburchagi (b)
2-rasm. Borona tortish chizig'ining gorizontga og'ish burchagini aniqlashga doir sxema
Demak, ishlab chiqilgan boronaning ishlov berish chuqurligi bo'yicha barqaror yurishini ta'minlash uchun u tortish chizig'i nO ning gorizontga og'ish burchagi mumkin qadar kichik yoki nolga teng bo'lishi lozim.
a = arctg {{ H2(H3 - H + h) yjl26 -(H3 - H + h )2 - XA + (Hx - 0,5h)x
x
X
+ L
(H2 - z,yl26 -(H3 - H1+h)2 - X,(H3 - H!+h)
H2V12 -(H3 - H1+h)2 [V12 -(H3 - H1+h)2 - X, (H2 -zAy 12 -(H3 -H1+h)2 -X,(H3 -H1+h)
+
(3)
bunda H - borona tayanch tekisligi(tishlari uchi)dan u osish qurilmasining pastki osish nuqtalari C(C) gacha bo'lgan tik masofa;
H2 - borona osish qurilmasining pastki C(C) va yuqorigi B osish nuqtalari orasidagi tik masofa;
H3 - traktor tayanch tekisligidan u osish mexanizmi pastki bo'ylama
tortqilarining qo'zg'almas sharnirlari D(Dl) gacha bo'lgan tik masofa; XA, ZA - mos ravishda traktor osish mexanizmining qo'zg'almas nuqtalari A va
KHCKA XÀEAMÀP
D(D1 ) orasidagi gorizontal va tik masofalar;
h - ishlov berish chuqurligi;
/6 - traktor osish mexanizmi pastki bo'ylama tortqilarining uzunligi;
L - borona pastki osish nuqtalaridan uning qarshilik markazi O gacha bo'lgan
masofa.
(3) ifodadagi H2, H3, XA, ZA, /6 va L masofalar standartlashganligi [6] hamda traktor
va borona konstruksiyalaridan ma'lum bo'lganligi, ishlov berish chuqurligi esa agrotexnika talablariga mos kelishi lozimligi sababli boronani ishlov berish chuqurligi bo'yicha barqaror yurishini ta'minlovchi yuqorida ta'kidlangan shart, ya'ni borona tortish chizig'ini gorizontga og'ish burchagi mumkin qadar kichik yoki nolga teng bo'lish sharti asosan H masofani o'zgartirish hisobiga ta'minlanadi.
O'tkazilgan nazariy tadqiqotlar asosida ishlab chiqilgan tishli boronaning eksperimental tadqiqotlari o'tkazildi. Bunda tishli boronaning tayanch tekisligidan u osish qurilmasin ing pastki taqish nuqtasigacha bo'lgan tik masofa 50 mm interval bilan 550 dan 700 mm gacha oraliqda o'zgartirildi. Agregat harakat tezligi 6,7 va 9,3 km/soat etib belgilandi. Asosiy ko'rsatkich sifatida ishlov berish chuqurligi qabul qilindi va qo'shimcha ravishda boronaning tortishga qarshiligi o'rganildi (3 va 4-rasmlar).
Ma'lum bo'lyaptiki, tishli boronaning tayanch tekisligidan u osish qurilmasining pastki taqish nuqtasigacha bo'lgan tik masofa ortishi bilan ishlov berish chuqurligi ortib borgan, uni o'rtacha kvadratik chetlanishi
6,6
Mfp, cm
5,4
4,2
3,0
1 >
Jf 2
1,6
6,6
±<j, (cm) Myp, CM
1,3
1,0
5,4
4,2
0,7
3,0
1
1 H 2
1,6
±<7 CM
1,3
1,0
0.7
550
600
650
H,, mm
700
550
a)
600
b)
650
H,, mm
700
1 - M0-r =f(pHi); 2 - ±o=f(H i) a) va b) - mos ravishda agregat harakat tezligi 6,7 va 9,3 km/soat bo'lganda 3-rasm. Tishli boronaning tayanch tekisligidan osish qurilmasining pastki taqish nuqtasigacha bo'lgan tik masofani ishlov berish chuqurligi (Mo>r) va uning o'rtacha
kvadratik chetlanishi (±o) ga ta'siri
КИСКА ХАБАРЛАР
1,29
0,60 -I---
550 600 650 Hj, мм 700
1 va 2 - mos ravishda agregat harakat tezligi 6,7 va 9,3 km/soat bo'lganda 4-rasm. Tishli boronaning tortishga qarshiligini uning tayanch tekisligidan osish qurilmasining pastki taqish nuqtasigacha bo'lgan tik masofaga bog'liq holda o'zgarish
grafigi
esa kamaygan, ya'ni ishlov berish chuqurligining bir tekisligi yaxshilangan. Yana shuni ta'kidlash o'rinliki, borona tayanch tekisligidan uning pastki taqish nuqtasigacha bo'lgan masofa 600 mm dan kichik bo'lganda u belgilangan chuqurlikka botmagan va nobarqaror ishlagan, 600 mm va undan katta bo'lganda esa boronani belgilangan chuqurlikka botish i va shu chuqurlikda barqaror ishlashi ta'minlangan. Borona tayanch tekisligidan u osish qurilmasining pastki taqish nuqtasigacha bo'lgan tik masofani 550 mm dan 700 mm gacha ortishi uning tortishga qarshiligini 0,27-0,31 kN ga ortishiga olib kelgan.
O'tkazgan tajribalarimiz 1,4-2,0 klassdagi traktorlar bilan ishlatilganda borona tomonidan tuproqqa ishlov berish chuqurligi talab darajasida (5±1 cm) hamda energiya sarfi kam bo'lishi uchun H masofa, ya'ni boronaning tayanch tekisligidan u osish qurilmasining pastki osish nuqtalarigacha bo'lgan tik masofa kamida 600-650 mm bo'lishi lozimligini ko'rsatdi.
ADABIYOTLAR
1. Abduvaxobov D.A. Sharnirli - tebranma tishli borona ishchi zvenolarini ramada joylashtirish // "Iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishi-ni ta'minlovchi fan, ta'lim hamda modernizatsiyalashgan energiya va resurstejamkor texnologiyalar, texnika vositalari: muammolar, yechimlar, istiqbollar" mavzusidagi Respublika ilmiy-texnik anjuman materiallari to'plami (II-qism). - Jizzax, 2016. - B.17-19.
2. Абдувахобов Д. А., Мадрахимова М. Б., Крыгин С. Е. Равномерность хода почвообрабатываюших машин по глубине обработки и их устойчивость //Вклад университетской аграрной науки в инновационное развитие агропромышленного комплекса. - 2019. - С. 8-11.
3. Качармин А. А. и др. Переработка пожнивных остатков для использования в качестве удобрения //вклад университетской аграрной науки в инновационное развитие агропромышленного комплекса. - 2019. - С. 152-156.
4. Абдувахобов Д. А. Разработка и обоснование параметров зубовой бороны, копирующей рельеф поля //автореф. дис.... д-ра философи техн. наук. - 2018.
5. Abduvahidovich A. D., Jobirhon M., Hakimovich U. A. Layout diagram of the hinged oscillatory spike-tooth harrow and determination of its row-spacing width //European science review. - 2016. - №. 5-6. - С. 175-176.
6. ГОСТ 10677-2001. Устройство навесное заднее сельскохозяйственных тракторов
КИСКА ХАБАРЛАР классов 0,6-8. -Минск: ИПК Издательство стандартов, 2002. - 11 с.