Научная статья на тему 'EKOLOGIK TARBIYANING BOSHLANG’ICH TA’LIMDA QO’LLASHNING O’ZIGA XOS JIHATLARI'

EKOLOGIK TARBIYANING BOSHLANG’ICH TA’LIMDA QO’LLASHNING O’ZIGA XOS JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

1214
116
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ekologiya / ekologik tarbiya / pedagogika / zamonaviy ta’lim / metod / kuzatuv metodi / suhbat metodi / savol-javob metodi / Ecology / environmental education / pedagogy / modern education / method / observation method / conversation method / question-answer method.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nasiba Alisher Qizi Tursunova

Bugungi XXI asr fan va texnikaning rivojlanishi zamonnig shiddat bilan o’sishi ilm fanga bo’lgan talabning oshishiga sabab bo’lmoqda. Aynan ilm-fanga talabning oshishi bevosita tarbiyaning ta’limga bog’liqlik nazariyasini ham kuchaytirmoqda. Ushbu maqolada tarbiyaning ta’lim bilan yaxlitligi, jumladan ekologik tarbiyaning zamonaviy ta’limda tutgan o’rni va metodlari bo’yicha turli olimlarning fikri hamda boshlang’ich ta’limda qo’llanilishi to’g’risida mulohazalar keltirib o’tilgan va tegishli xulosalar chiqarilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In today's XXI st century, the rapid development of science and technology is leading to an increase in demand for science. It is precisely the growing demand for science that reinforces the theory that education is directly related to education. This article provides feedback on the integration of education with education, including the views of various scholars on the role and methods of environmental education in modern education and its application in primary education. conclusions were drawn

Текст научной работы на тему «EKOLOGIK TARBIYANING BOSHLANG’ICH TA’LIMDA QO’LLASHNING O’ZIGA XOS JIHATLARI»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-277-281

EKOLOGIK TARBIYANING BOSHLANG'ICH TA'LIMDA QO'LLASHNING

O'ZIGA XOS JIHATLARI

Nasiba Alisher qizi Tursunova

Toshkent shahridagi Yodju texnika institute Birinchi bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Bugungi XXI asr fan va texnikaning rivojlanishi zamonnig shiddat bilan o'sishi ilm fanga bo'lgan talabning oshishiga sabab bo'lmoqda. Aynan ilm-fanga talabning oshishi bevosita tarbiyaning ta'limga bog'liqlik nazariyasini ham kuchaytirmoqda. Ushbu maqolada tarbiyaning ta'lim bilan yaxlitligi, jumladan ekologik tarbiyaning zamonaviy ta'limda tutgan o'rni va metodlari bo'yicha turli olimlarning fikri hamda boshlang'ich ta'limda qo'llanilishi to'g'risida mulohazalar keltirib o'tilgan va tegishli xulosalar chiqarilgan.

Kalit so'zlar: Ekologiya,ekologik tarbiya, pedagogika,zamonaviy ta'lim,metod,kuzatuv metodi,suhbat metodi,savol-javob metodi.

ABSTRACT

In today's XXI st century, the rapid development of science and technology is leading to an increase in demand for science. It is precisely the growing demand for science that reinforces the theory that education is directly related to education. This article provides feedback on the integration of education with education, including the views of various scholars on the role and methods of environmental education in modern education and its application in primary education. conclusions were drawn.

Keywords: Ecology, environmental education, pedagogy, modern education, method, observation method, conversation method, question-answer method.

KIRISH

2017 — 2021 -yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni so'zsiz amalga oshirish, respublika hududlaridagi ekologik muammolar yechimiga ta'lim tizimini joriy qilish bilan hissa qo'shish, o'sib kelayotgan yosh avlodning ekologik savodxonligini oshirish, ekologik ongi va ekologik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish, ekologik

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-277-281

ta'lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qildi.

"Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq uzluksiz ta'lim tizimida ekologik bilim va ekologik tarbiyaga oid tamoyillarni belgilash muhim strategik vazifaga aylantirildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ta'lim jarayonida ijtimoiy hodisalar negizida shaxsni tarbiyalashning eng ommabop vositasi ,shubhasiz ekologik tarbiyadir.O'quv mashg'ulotlari jarayonida bola shaxsining ijtimoiy dunyoqarashini shakllantirish, atrof- muhit tushunchasini rivojlantirishda ekologik tarbiyaning o'ziga xos jihatlari bor.

Ekologiya atamasi yaqin vaqtlargacha faqat mutaxassislarga ma'lum bo'lib,uni fanga 1866-yili nemis olimi E.Gekkel kiritgan. ,,Ekologiya"so'zi ,,eko"-uy,turar joy", ,,logos"-fan so'zlarini anglatib,u atrof-muhitning buzilishi va bunga sabab bo'lgan omillar,muhit halokatining oldini olish,chora -tadbirlarini ishlab chiqish borasidagi bilimlarni targ'ib etishdagi nazariyalarni ham O'rta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Muso al-Xorazmiy, Abu Nassr farobiy Abu Rayhon Beruniy ,Abu Ali ibn Sino kabi allomalar tabiat fanlariga katta hissa qo'shganlar. Jumladan,g'arb madaniyatining ajralmas qismi sifatida ekologik omil va tarbiyaning o'rni beqiyos. Buyuk yunon faylasufi Arastu barcha fanlarni tabiat va fizikaga ajratishi ham ularning tabiat sirlarini bilishga katta qiziqish bilan qaraganidan dalolat beradi. Qadimgi yunon tafakkurida,oldingi sahifalarda qayd etilganidek, ,,kullura" tushunchasining ,,yerga ishlov berish", ,,yerni qayta ishlash" ma'nosida qo'llanilishi ham qadimgi yunonlar ta'savvurida ma'naviy madaniy hayotnni va tabiatning o'zaro bog'liq ekanligini ifodalaydi.2

Hozirgi vaqtda o'quvchilarda ekologik bilim (ta'lim) va ekologik madaniyat (tarbiya) ning dolzarb pedagogik muammolardan biridir. Jumladan bugungi mavzuyimiz ekologik tarbiya ekan,demak biz ekologik bilimda keying jarayonga aloqador bilimlarni almashamiz. Ekologik tarbiya-ekologik bilim mahsuli ya'ni ekologik nazariyaning amaldagi ko'rinishini axloqiy jihatdan shakllantirish me'yori.

Bu izoh natijasida ekologik madaniyat atamasi vujudga keladi. Shuni aytish joizki,ekologik tarbiyaga ega bo'lgan shaxsda ekologik madaniyat yuksak ko'rsatkichga yetishi tabiiy holdir. Shu o'rinda mashhur g'arb olimi V.A.Suxamlinskiy talqini juda

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-277-281

o'rinlidir. V.A.Suxamlinskiy shunday deydi:,,tabiatni inson tushungandagina tabiat uning tarbiya manbasi bo'lib qoladi".

Ekologik madaniyat

1

Ekologik ong Ekologik tafakkur Ekologik tushuncha

Ekologik bilim Ekologik munosabat

Ekologik tasavvur

Ekologik ta'surot

MUHOKAMA VA NATJALAR

Boshlang'ich sinf o'quvchisida ekologik tarbiyani shakllantirish bevosita atrof-muhitni o'rgatish bilanaloqadordir. Pedagogik izlanishlar natijasida o'quvchilarda ekologik tarbiyani shakllantirishning metodlari,usul va uslublari aniqlangan. O'quvchilarda tarbiya turini shakllantirishda pedagogic kuzatuv, suhbat va savol-javob metodlari muhim o'rin tutadi.

1. Pedagogik kuzatuv-mazkur metod o'quvchi shaxsini tabiiy holda hamda maxsus tashkil etilgan sharoitlarga o'rganish uning ruhiy-irodaviy,intelektual irodaviy hamda emotsional xususiyatlarini aniqlash,ularga tayangan holda o'quvchiga muayyan ta'sir ko'rsatish xususida umumiy ta'savvurni hosil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mening nazdimda ushbu metodning ekologik tarbiyani shakllantirishdagi boshlang'ich metod sifatida qaralsa o'rinli bo'ladi. Kuzatish metodi orqali o'quvchi shaxsining tabiat va undagi muammolarga qarashini, savol-javob yoki hikoya vaqtida,muzokaralar jarayonindagi talqinini o'rganishga foyda beradi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-277-281

1. Suhbat metodi: mazkur metod bevosita kuzatish metodi bilan uyg'undir. Suhbat metodi orqali o'quvchi shaxsida ekologik tarbiyani shakllantirishning og'zaki usulidan foydalanilib,bu metod orqali ekologik tarbiyani turli hikoyalar,rivoyatlar,xalq og'zaki ijodi namunalari,jumladan maqollar orqali,tanqid va tahlilar yuzasidan olib boorish o'rinlidir. Suhbat metodida o'quvchi shaxsiga hamda pedagog zimmasiga to'siqlar qo'yilmay,aksincha, erkin muloqoqt qurish tarbiyaning yetarlicha nuqtaga chiqishiga yordam beradi deb hisoblayman. Jumladan,o'rtaga tashlangan mavzu yoki muammoga ekologik bilimlarni ishga solgan holda fikr bildirish,jamoa bilan yohud pedagog orqali xato talqinlar va qarashlarga barham berish yoki ijobiy fikrlarni ekologik madaniyat darajasida shakllanishiga ko'maklashish mazkur metod faoliyatida amalga oshiriladi.

2. Savol-javob metodi. Mazkur metod suhbat metodining tub mohiyati asnosida shakllanadi. Savol-javob usuli pedagog va o'quvchi shaxsida faol muloqotni yuzaga keltiruvchda bir qator imkoniyatlarga ega. Bu metoddan samarali foydalanishning ham bir qancha vositalariga e'tibor qaratish joiz. Ya'ni:

-pedagog tomonidan ishlab chiqilayotgan savollarning o'quvchi yoshiga va psixologik holatiga mosligi;

-savollarning muayyan mavzu yoki holat mazmunining tahlil etishga yo'naltirilganligi;

-savollarning bir-birini mantiqiy to'ldirib borishi,ular o'rtasida o'zaro aloqadorlik,izchillik hamda uzviylikka erishish;

-savollarga to'la qonli javob berih uchun o'quvchilarga imkoniyat yaratish.

Pedagog sifatida ekologik tarbiyani shakllantirar ekanmiz,albatta qadriyatlarga,urf-odatlarga,ilmiy va badiiy adabiyotlarga tayanib mulohaza yuritish darkor. Bugungi kunda kuchli fuqarolik jamiyati qurish arafasida turgan davlat ekanmiz, pedagoglar zimmasiga o'quvchi shaxsini komil shaxs sifatida komol toptirish vazifasi kuchaytirildi. Jumladan komil shaxs dunyoviy va diniy bilimlarni egallagan barkamol shaxs ekan,demak biz pedagoglar ta'lim tarbiya jarayonida,ayniqsa tarbiya nuqtayi nazarida ham diniy,ham dunyoviy manbalar negizida uzluksiz jrayonni olib borishimiz darkor. Jumladan, Qur'oni Karim, hadislar,qadimgi diniy manbamiz bo'lmish ,,Avesto",qolaversa zamonaviy adabiyot namoyondalari asarlaridan suhbat va savol-javob metodlarimizdan foydalanishimiz o'rinli. Bugungi zamon hamnafasi bilan aytadigan bo'lsak,dunyo hamjamiyatlarida aynan ekologik tarbiyaga qanday yechimlar topilayotgani, bartaraf etilayotgani,usul va uslublaridan ham yetarlicha o'rganib,uni boshlang'ich sinf

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-277-281

ishlanmalarimizga qo'shishimiz darkor. Jumladan rus pedagogikasidagi ekologik tarbiya yondashilgan usul samaralidir.

Rus pedagogikasi uchun bolalarning tabiat bilan yaqin aloqasini shakllantirish maqsadida ekskursiyalar sonini ko'paytirish. Ushbu yondashuv bir tomondan bolada axloqiy tamoyillarni rivojlantirish, tabiatning go'zalligini ko'rish,uni his qilish va tushunish qobiliyatini, boshqa tomondan, bilim qiziqishini rivojlantirish, tabiatni bolani o'qitishning universal obyekti sifatida ko'rib chiqishni nazarda tutgan. Buning natijasida aqliy va axloqiy-estetik rivojlanish uchun tabiatdan foydalanishning katta imkoniyatlarini ta'kidlanadi. Bu metod orqali bolaning tabiat haqidagi bilimlarini va tabiat bilan aloqani kengaytirishni tavsiya qilaman.

XULOSA

Muhtasar aytganda, boshlang'ich ta'lim yoshidagi bolalarning ilmiy va kabiy bilimlarini rivojlantirishda ekologik tarbiyadan foydalanish bugungi kunning muhim vazifaalrdan sanaladi. Ta'lim jarayonida ekologik tarbiyani asosan amaliy jihatdan olib borilishi samarali usul deb hisoblayman. Shu asosda bolaning ekologik madaniyatini shakllantirishda yuzaga chiqarish mumkun bo'lgan natijaga erishiladi.

REFERENCES

1. 1 .https://lex.uz/docs/-4354743.

2. Pedagogika. 1-qism (M.To'xtaxo'jayeva, S.Nishonova) Toshkent 2020

3. N. Isakulova. ,,Sinfdan tashqari o'quv jarayonida o'quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishnnig pedagogic shart-sharoitlari' Toshkent-2012

4. https://voilokmaikop.ru/uz/istoriya-ekologicheskogo-obrazovaniya-kratko-ekologicheskoe-obrazovanie-v.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.