Научная статья на тему 'EKOLOGIK MUOMOLAR: OLDINI OLISH VA HIMOYA QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI'

EKOLOGIK MUOMOLAR: OLDINI OLISH VA HIMOYA QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

9
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ekologiya / Konstitutsiya / BMT / Yashil makon / Qonun / Atrofmuhitni muhofaza qilish / AQSH / Yaponiya / Xito

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Surayyo Muhammad Qizi Eshonqulova

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BAAning Dubay shahrida bo`lib o`tayotgan BMTning iqlim o`zgarishiga bag`ishlangan 2023 yilgi sammitida mamlakatimizda “Yashil makon” tashabbusi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda Orol dengizining qurigan tubida mustahkam himoya qalqonini o`rnatish maqsadida 2 million gektar maydonda o`rmonlar barpo etilayotganligi to`g`risida o`z nutqida aytib o`tdi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «EKOLOGIK MUOMOLAR: OLDINI OLISH VA HIMOYA QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI»

EKOLOGIK MUOMOLAR: OLDINI OLISH VA HIMOYA QILISHNING

HUQUQIY ASOSLARI

Surayyo Muhammad qizi Eshonqulova

Toshkent davlat transport universiteti talabasi Ilmiy rahbar: Toshkent davlat transport universiteti dotsenti Mafura Muxtarxanovna

Inagamova

ANNOTATSIYA:

Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BAAning Dubay shahrida bo'lib o'tayotgan BMTning iqlim o'zgarishiga bag'ishlangan 2023 yilgi sammitida mamlakatimizda "Yashil makon" tashabbusi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda Orol dengizining qurigan tubida mustahkam himoya qalqonini o'rnatish maqsadida 2 million gektar maydonda o'rmonlar barpo etilayotganligi to'g'risida oz nutqida aytib o'tdi.1

Kalit so'z: Ekologiya, Konstitutsiya, BMT, Yashil makon, Qonun, Atrof-muhitni muhofaza qilish, AQSH, Yaponiya, Xitoy

Yurtboshimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish, ekologiyani asrash, unga har taraflama zarar yetkazayotgan omillarga qarshi kurashish kabi muammolar yurtboshimizning diqqat e'tiborini tortmoqda hamda bu borada bir qancha samarali ishlarni yo'lga qo'ymoqdalar. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada Ozbekiston dunyoviy davlat deb e'tirof etilgandan so'ng Prezidentimiz ekologiya muammosiga yanada jiddiy qaramoqdalar. Buning asosi sifatida O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasining 80-maqsadini misol qilishimiz mumkin:

Unga ko'ra "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida har yil kamida 200 million tup daraxt ekish. "Yashil makon" umummilliy loyihasi tashabbuslariga mos tarzda respublikaning 10 ta hududida aerobiologik monitoring tizimini yo'lga qo'yish.

Maishiy chiqindilarni yig'ishni 100 foizga, ularni qayta ishlash darajasini 2026-yilga qadar 21 foizdan 50 foizga yetkazish.

Respublika bo'yicha 51 ta yer usti tabiiy suv obyektlari (daryolar, kichik daryolar va tabiiy ko'llar)ning sanitariya-muhofaza zonalari va sohil bo'yi mintaqalarini belgilash ishlarini yakunlash.

1 BMTning 2023 yilda Birlashgan Arab Amirligida "Iqlim o'zgarishiga bagishlangarï'sammitdagi Ozbekiston Prezidenti nutqi.

2024-yil, 7-dekabr

328

Toshkent shahrini aholiga qulay, ekologik toza va yashash uchun barcha imkoniyatlar mavjud bo'lgan hududga aylantirish, ko'kalamzorlashtirish darajasini 30 foizga yetkazish.

Orol dengizining qurigan tubida qo'shimcha 500 ming gektar yashil maydonlarni barpo etib, 2026-yil yakuniga qadar ularning umumiy hajmini 2,5 million gektarga yoki hududning 78 foiziga yetkazish.

Orolbo'yida xalqaro "Yashil iqlim" va Global ekologik jamg'armalarning bioxilma-xillik, iqlim o'zgarishi va tuproq yemirilishining oldini olishga qaratilgan dasturlari asosida 300 million AQSh dollari qiymatidagi loyihalarni amalga oshirish.

Shahar va tuman markazlarida har 50 — 100 ming aholi uchun "jamoat parklari"ni tashkil etish. Orolbo'yi mintaqasida yashovchi aholini ijtimoiy jihatdan qo'llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish kabi loyihalar hozirgi paytda mamlakatimiz tabiatini jonlantirishga qaratilgan.2

Qo'shimcha qilib aytadigan bo'lsam, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirish orqali - cho'l, tog'li va tog' oldi hududlarda cho'llanish va qum ko'chishi, tuproqning suv va shamol eroziyasining oldini olish hamda ekologik muhitni yaxshilash maqsadida himoya o'rmonlari barpo etilishi loyihaga kiritilgan holda ularni sekinlik bilan amalga oshirish kutilmoqda.

Xususan, yashil belbog', yashil bog' va yashil jamoat parklar hamda yashil qoplamalar - himoya o'rmonzorlarini barpo etish va doimiy foydalanuvchiga topshirilgunga qadar saqlab turish; asosiy temir yo'l va magistral avtoyo'llar bo'yida daraxt ko'chatlarini ekish; har bir tuman va shaharda 5 gektardan kam bo'lmagan maydonlarda bog'lar barpo etish nazarda tutilgan.

Bundan tashqari Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 62-moddasida " Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ektiyotkorona munosabatda bo'lishga muajburdirlar " 3deyilgan - bu nafaqat davlat balkim fuqarolar ham atrof-muhit, ekologiyani asrashda davlat bilan birgalikda o'z majburiyatlariga ega ekanliklarini anglatadi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining " Tabiatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunning 12- moddasi uchinchi qismida - "O'zbekiston Respublikasi

2 O'zbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning tarqqiyot strategiyasi Prezidentining farmoni, 28.01.2022.

Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/60/0082-son, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son; 10.02.2023-y., 06/23/21/0085-son; 03.01.2024-y., 06/24/221/0003-son.

3 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi // qonun Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241 -son XI bob.

2024-yil, 7-dekabr Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

329

aholisi tabiiy resurslardan oqilona foydalanishi, tabiat boyliklariga ehtiyotlik bilan munosabatda bo'lishi, ekologiya talablariga rioya etishi shart."4

O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining VIII bobi "Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma'muriy javobgarlik"5

O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi maxsus qismining to'rtinchi bo'limi "Ekologiya sohasidagi jinoyatlar" 6kabi qonunlarning barchasi tabiatni muhofaza etish munosabatlarini takomillashtirishga, tabiiy resurslarni muhofaza etishning huquqiy samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Shu ma'noda, atrof-muhit, ekologiyani saqlab qolish va uni o'zgartirish, yaxshilash ko'p jihatdan inson faoliyati, ekologik-huquqiy savodxonlik, hamda ekologik ta'lim va tarbiya bilan ham bog'liq. Misol uchun, AQSH, Germaniya, Yaponiya, Xitoy kabi rivojlangan xorijiy mamlakatlarning tajribalariga e'tibor beradigan bo'lsak, ularda birinchi galdagi vazifa sifatida ekologik-huquqiy talim va tarbiyaga alohida e'tibor berilgan.

Qo'shimcha qilib aytadigan bo'lsam, ekologiyani yaxshilash, saqlash borasida xorij tajribasi ham ko'plab muvaffaqiyatli amaliyotlarni o'z ichiga oladi.

Binobarin, rivojlangan davlatlardan biri bo'lgan Shvetsiya chiqindilarni qayta ishlash sohasida yetakchi hisoblanadi. Ular chiqindilarning katta qismini qayta ishlashadi va xatto chiqindilardan energiya ishlab chiqaradi. Shvetsiyada chiqindilarni yoqish orqali energiya olish texnologiyasi keng qo'llaniladi, bu esa energiya resurslarini tejashga yordam beradi.

Atrof-muhit kodeksi (Miljöbalken)- bu Shvetsiyaning asosiy ekologik qonunidir, 1999 yilda kuchga kirgan hamda 7 bo'lim 33 bobdan iborat. Kodeks atrof-muhitni himoya qilish, inson sog'lig'ini saqlash va tabiiy resurslardan barqaror foydalanishni ta'minlashni maqsad qilgan. U ifloslanishni nazorat qilish, chiqindilarni boshqarish, suv va havo sifatini saqlash, hamda tabiatni muhofaza qilish bo'yicha qoidalarni o'z ichiga oladi.

4 O'zbekiston Respublikasining "Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida" // qonun 09.12.1993. 754 - XII - son (O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 38-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda;1997-y., 4-5-son, 126-modda; 1999-y., 1-son, 20-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda; 2000-y., 7-8-son, 217-modda; 2002-y., 9-son, 165-modda; 2003-y., 9-10-son, 149-modda; O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2004-y., 25-son, 287-modda; 51-son, 514-modda; 2006-y., 41-son, 405-modda; 2011-y., 1-2-son, 1-modda, 36-son, 365-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; 2014-y., 36-son, 452-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda, 37-son, 978-modda Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son; 29.12.2023-y., 03/23/891/0989-son; 07.02.2024-y., 03/24/904/0102-son; 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)

5O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi // kodeks - 21.02.2021 ORQ-683 son

6 O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi - 21.04.2021 ORQ-683 son.

2024-yil, 7-dekabr

330

Ushbu davlatning qonunchiligi 1-moddasiga ko'ra "Ekologik Kodeks shunday

birinchidan, inson salomatligi va atrof-muhit ifloslanish yoki boshqa ta'sirlar natijasida kelib chiqadigan zarar va noqulayliklardan qat'i nazar, ikkinchidan, qimmatli tabiiy va madaniy muhit muhofazasi va g'amxo'rligi,

to^rtinchidan, yer, suv va umuman jismoniy muhitdan shunday foydalaniladiki, ekologik, ijtimoiy, madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy nuqtai nazardan uzoq muddatli yaxshi boshqaruv ta'minlanadi

beshinchidan, qayta foydalanish va qayta ishlash, shuningdek, siklga erishish uchun materiallar, xom ashyo va energiyaning boshqa boshqaruvi targ'ib qilinadi. "

Shuningdek, Shvetsiyada ekologiyani saqlash va yaxshilash bo'yicha ko'plab ilg'or amaliyotlar o'tkazilgan. Ulardan biri - bu ekologik toza transport tizimi.

Shvetsiya ekologik toza transport vositalarini joriy etishga katta e'tibor qaratadi. Elektr avtomobillar va jamoat transporti keng qo'llaniladi.

Elektr transport vositalarini rivojlantirish uchun hukumat subsidiyalar ajratadi. Elektr quvvatlantirish stansiyalari va ekologik toza yo'llar tarmog'i rivojlantiriladi. Elektr transport vositalarini sotib olish uchun soliq imtiyozlari va boshqa rag'batlantiruvchi chora-tadbirlar qo'llaniladi.

Shuningdek, Germaniya qayta tiklanadigan energiya sohasida yetakchi hisoblanadi. Ular quyosh va shamol energiyasidan keng foydalanadi. "Energiewende" siyosati orqali Germaniya ko'mir va yadro energiyasidan voz kechib, qayta tiklanadigan energiya manbalariga o'tmoqda.

Ushbu davlatning "Iqlimni muhofaza qilish to'g'risidagi qonun" da(Klimaschutzgesetz):

- Ushbu qonun Germaniyaning iqlim o'zgarishiga qarshi kurashda majburiyatlarini belgilaydi. Qonun Germaniyaning 2045 yilgacha net-nol uglerod chiqindilariga erishish maqsadini qo'llab-quvvatlaydi, shuningdek ushbu qonun 5 bo'lim, 16 bobdan iborat.

Germaniya qonuniy ravishda majburiy bo'lgan milliy iqlim maqsadlari bilan xalqaro standartlarni o'rnatdi. Germaniya 2045 yilga kelib issiqxona gazlari neytral bo'lishi kerak deydi.

Qonun, shuningdek, samarali choralar bilan iqlimni muhofaza qilish bo'yicha keng qamrovli dasturni - federal hukumatning iqlimni muhofaza qilish siyosatining umumiy rejasini nazarda tutadi. Ushbu iqlimni muhofaza qilish choralari bilan Germaniyada issiqxona gazlarining umumiy emissiyasi ushbu o'n yil ichida sezilarli darajada kamayishi mumkin.

qo'llanilishi

kerak:

uchinchidan, biologik

xilma-xillik.

331

2024-yil, 7-dekabr

Ushbu qonunning maqsadi iqlimni muhofaza qilish bo'yicha milliy maqsadlarning bajarilishini va global iqlim o'zgarishi ta'siridan himoya qilish uchun Yevropa maqsadlariga muvofiqligini ta'minlashdan iborat. Ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlar hisobga olinadi. Buning asosi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o'zgarishi bo'yicha doiraviy konventsivasiga asoslangan Parij kelishuvi bo'yicha majburiyat bo'lib, unga ko'ra global o'rtacha haroratning oshishi avvalgiga nisbatan 2 darajadan ancha past va iloji bo'lsa, 1.5 daraja Selsiygacha cheklanishi kerak. -global iqlim o'zgarishi ta'sirini kamaytirish uchun sanoat darajasini iloji boricha past darajada ushlab turish.

Germaniya davlati qonunining 2-bo'lim 3-bobida "Issiqxona gazlari emissiyasi 1990 yilga nisbatan bosqichma-bosqich qisqartiriladi. Xususan, 2030 yilga kelib kamida 65 foiz bo'lishi taxmin qilinayotgan bo'lsa, 2040 yilga kelib kamida 88 foizga oshishi kutilmoqda.

2045 yilga kelib issiqxona gazlari emissiyasi shu darajada kamayadiki, issiqxona gazlarining aniq neytralligiga erishiladi. 2050 yildan keyin salbiy issiqxona gazlar emissiyasiga erishish kerak.

Issiqxona gazlari chiqindilarni kamaytirish bo'yicha davlatlararo mexanizmiar doirasida iqlimni muhofaza qilish bo'yicha milliy maqsadlarga qisman erishish imkoniyati ta'sir ko'rsatmaydi.

Agar iqlimni muhofaza qilish bo'yicha yuqori milliy maqsadlar Yevropa yoki xalqaro iqlimni muhofaza qilish maqsadlariga erishish uchun zarur bo'lsa, Federal hukumat 1-bandga muvofiq maqsadli qiymatlani oshirish uchun zarur choralarni ko'radi. Iqlimni muhofaza qilish maqsadlanni oshirish mumkin, ammo kamaytirilmaydi.7

Yana bir ekologiya, inovatsiya sohasida Yaponiya texnologiya va innovatsiyalar orqali ekologiyani yaxshilashda ilg'or hisoblanadi. Masalan, ular suvni tozalash va chiqindilarni qayta ishlash texnologiyalarini rivojlantirgan. Shuningdek, Yaponiya ko'p qavatli uylar va shaharlarda yashil makonlar yaratishga e'tibor qaratmoqda.

Ushbu davlatning Atrof-muhitni himoya qilish asosiy qonuni (Basic Environment Law):

- 1993 yilda qabul qilingan ushbu qonun Yaponiya ekologik siyosatining asosiy tamoyillarini belgilaydi. U atrof-muhitni himoya qilish, tabiiy resurslarni barqaror boshqarish va ekologik ta'limni rivojlantirishga qaratilgan.

Ushbu qonun kuchga kirgunga qadar Yaponiyaning ekologik siyosati ikkita asosiy qonunga asoslangan edi: 1967 yilda qabul qilingan Atrof-muhitning ifloslanishini nazorat qilish bo'yicha asosiy qonun va 1972 yilda qabul qilingan

7https://www.bmuv.de/fileadmin/Daten BMU/Download PDF/Gesetze/191118 ksg lesefassung bf.pdf

2024-yil, 7-dekabr

Tabiatni muhofaza qilish qonuni. Bu qonunlar sanoatning jiddiy ifloslanishiga qarshi kurashish uchun ishlab chiqilgan. va tabiiy muhitni asrab-avaylash borasida juda muvaffaqiyatli ishladilar. Biroq, bizning ijtimoiy-iqtisodiy tizimimiz va turmush tarzimiz tobora ommaviy ishlab chiqarish, ommaviy iste'mol va ommaviy yo'q qilish xarakterini olganligi sababli, asosan cheklovlar qo'yish orqali ishlaydigan o'sha paytda mavjud bo'lgan qonunchilik bazasi endi yangi paydo bo'lgan murakkab va xilma-xillik bilan etarli darajada ishlay olmadi. atrof-muhit muammolari, masalan, shahar va maishiy turdagi ifloslanish va global ekologik muammolar. Shunday qilib, 1993 yil noyabr oyida Yaponiyaning asosiy ekologik siyosatining yangi yo'nalishini belgilash uchun "Atrof-muhit to'g'risida asosiy qonun" qabul qilindi va u 3 bob, 10-bo'lim hamda 46 ta moddadan iborat. Qonunning asosiy maqsadi atrof-muhitni hayotimizni ta'minlashning muhim tizimi sifatida e'tirof etib, uni kelajak avlodlarga yetkazish orqali muhofaza qilishdan iborat. Ushbu maqsadga atrof-muhitga ta'sir qilmasdan, iqtisodiy jihatdan barqaror jamiyat qurish va global atrof-muhitni saqlashga ijobiy hissa qo'shish orqali erishiladi.

Shu bilan birgalikda aytishimiz mumkinki, ushbu qonunning 10-moddasida "(Atrof-muhitni muhofaza qilish kuni)

Birinchidan, Korporatsiyalar va odamlar o'rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish to'g'risida xabardorlik va tushunchani oshirish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog'liq faoliyatni amalga oshirishga tayyorlikni rag'batlantirish maqsadida Atrof-muhit kunini belgilash kerak.

Ikkinchidan, Atrof-muhitni muhofaza qilish kuni 5-iyun.

Uchinchidan, Davlat va mahalliy hokimiyat organlari atrof-muhitni muhofaza qilish kunining ruhi va maqsadini qo'llab-quvvatlovchi tadbirlarni o'tkazishga harakat qilishlari kerak."

Yaponiyada chiqindilarni to'g'ri ajratish juda muhim hisoblanadi. Har bir hududda chiqindilarni turli kategoriyalarga ajratish tizimi mavjud va bu chiqindilarni qayta ishlashni osonlashtiradi.

Ko'plab yaponiyaliklar energiya tejash va ekologik zararlarni kamaytirish uchun "yashil" texnologiyalardan foydalanadigan uylar qurishadi. Bu uylar quyosh panellari, yomg'ir suvini yig'ish tizimlari va yaxshi izolyatsiyaga ega.

Maktablarda ekologiya va atrof-muhitni asrash bo'yicha ta'lim beriladi, bu bolalarni kichik yoshdan ekologik mas'uliyatni o'z zimmalariga olishga o'rgatadi.

Yaponiyaliklarning bu kabi odatlari va tajribalari atrof-muhitni saqlashga katta hissa qo'shadi va boshqa davlatlar uchun ham ilhom manbai bo'lishi mumkin.

XULOSA

333

2024-yil, 7-dekabr

Ekologik muammolarni oldini olish va atrof-muhitni himoya qilish global miqyosda dolzarb masala hisoblanadi. Ushbu sohadagi huquqiy asoslar ekologik xavfsizlikni ta'minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik balansni saqlashga qaratilgan. Har bir davlat o'zining qonunchiligida ekologik masalalarni tartibga soluvchi huquqiy me'yorlarni shakllantiradi va ijrosini nazorat qiladi. Bunga xalqaro shartnomalar va milliy qonunchilik tizimlari asos bo'ladi. O'zbekistonda ekologik qonunchilikning rivojlanishi va muhofaza qilinishi davlat tomonidan nazorat qilinib, qonunchilikda tabiiy resurslardan foydalanishning oqilona usullari, ekologik xavfsizlik choralarini kuchaytirish muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, xalqaro tajribalarni hisobga olib, yangi qonun va tashabbuslar joriy qilinmoqda. Fikrimcha, ekologik huquqiy asoslarning takomillashishi kelajak avlodlar uchun barqaror ekologik muhitni yaratishda muhim o'rin tutadi.

1. Инагамова М.М. Сифатли таълим тизимини ривожлантиришнинг баъзи стратегик асослари //Республикаси ИИВ Малака ошириш институти ахборотномаси. Т.- 2023. № 3. 63-70 б.

2. Инагамоыв М.М .Узбекистонда аёлларга нисбатан зуравонлик масалалари: муаммолар, ютуклар ва истикболлар/Лnternational Journal of Intellectual and Cultural Heritage Volume: 3 Issue: 06 | 2023 ISSN: P - 2181-2306, E - 2181-2314. Р. 107-112

3. Инагамова М.М., Журабоев Н. Ю. . Туркистонлик аёлларнинг сиёсий макоми//Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. (E)ISSN: 2181-1784 4 (5), May, 2024. Б.78-90

4. Инагамова М.М Оила, никох муносабатларида махалла институининг ташкилий-хукукий жихатлари/ZYangi O'zbekiston taraqqiyotida ilm-fan istiqbollari" mavzusidagi davra suhbati materiallari to'plami. - Toshkent. Jamoat xavfsizligi universiteti nashriyoti. 2022. - Б. 48-55

5. Инагамова М.М . Конституциявий ислохотларда инсон-жамият- давлат масалаларининг ривожланиш боскичлари//«O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. Т.: 2023. Б. 59-64.

6. Инагамова М.М Конституциявий ислохотлар - аёл хукуклари химоясининг гарови// Конституция - тинчлик ва тараккиёт кафолати: Узбекистон Республикаси Конституцияси кабул килинган куннинг 27 йиллиги байрамини нишонлаш максадида утказилган Республика илмий-амалий конференция

REFERENCES

334

2024-yil, 7-dekabr

материаллари (2019 йил 5 декабрь). -Т.: Узбекистан Республикаси ИИВ Академияси, 2020. -Б. 121-125.

7. Узбекистоннинг максадли тараккиёт стратегияси уюшган жиноятчилик, экстремизм ва терроризмга карши курашишнинг хукуки кафолати//Трансмиллий уюшган жиноятчилик, терроризм ва экстремизмга карши курашда ички ишлар органларининг роли хамда хамкорлик йуналишлари: Республика илмий-амалий конференция туплами / Масъул мухаррир техника фанлари номзоди, доцент О.Т.Ахмедов. -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Малака ошириш ошириш институти, 2023. - Б.5-9.

8. O'zbekiston Respublikasining " Tabiatni muhofaza qilish to'g'risidagi" qonun 09.12.1992 lex.uz 754-XII-son

9. O'zbekiston Respublikasining "Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi" kodeksi 21.04.2021 lex.uz O'RQ-683-son

10. O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 21.04.2021 lex.uz 03/21/683/0375-son

11. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 01.05.2023 lex.uz

12. O'zbekistonning "2022-2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasi" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60 son

13. Дадашева А.А. The role of mass media in the development of civil society in new Uzbekistan // Educational Research in Universal Sciences VOLUME 2.ISSUE 4. 2023. Р. 203-207.

14. Дадашева А.А. Янги Узбекистонда махаллий ижро органлари фаолиятида жамоатчилик назорати// Фалсафа ва хукук. 2022/2. Б-137-138.

15. Дадашева А.А. Давлат хизматини ислох килиш шароитида хокимлар фаолияти устидан жамоатчилик назоратини амалга оширишнинг асосий йуналишлари// Tashkent State Transport University Google Scholar indexed Prospects for Training International Specialists in the Field of Transport DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1 Volume 3 TSTU Conference 1 2022 . Б. 117-122.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

16. Дадашева А.А. Жамоатчилик фикри-фукаролик жамиятини ривожлантиришнинг мухим омили// Узбекистон Республикаси Президент хузуридаги давлат бошкаруви академияси. Жамият ва бошкаруви. Тошкент. № 2 (92). 2020. Б-125-129.

17. Дадашева А.А. Махаллий ижро хокимияти фаолияти устидан жамоатчилик назоратини натижадорлигини оширишнинг илмий-назарий ечимлари// Хукукий тадкикотлар журнали. 2-махсус сон. Тошкент. 2020. Б-227-232

335

2024-yil, 7-dekabr

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.