Научная статья на тему 'EKOLOGIK KOMPITENTLIK: KENG DUNYOQARASH VA TOZA HAYOT SARI YO’L'

EKOLOGIK KOMPITENTLIK: KENG DUNYOQARASH VA TOZA HAYOT SARI YO’L Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
30
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ekologik madaniyat / huquqiy asoslar / ekologik me’yorlar / ijtimoiy munosabatlar / ekologik faoliyat. / ecological culture / legal bases / ecological standards / social relations / ecological activities.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Abdunazarov L.M., Boronov Sh.Sh.

Bugungi ta’lim tizimining yangilanish jarayonlari davrida talabalarda ekologik dunyoqarashinii shakllantirishning zarurligi davr talabi bo'lmoqda. Ushbu maqolada mazkur talabni jamiyat, davlat va ta’lim muassasalari orqali amalga oshirishning imkoniyatlari o'z ifodasini topgan. Shu bilan birgalikda ekologi dunyoqarashni shakillantirishning sharq mutafakkirlarining qarashlari, diniy manbaalarda keltirilgan qarashlardan namunalar keltirib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ECOLOGICAL COMPETENCE: THE PATH TO A BROAD OUTLOOK AND A CLEAN LIFE

During the modern education system renewal process, the necessity of forming an ecological worldview among students is becoming a demand of the time. This article describes the possibilities of implementing this demand through society, state and educational institutions. At the same time, examples of views of eastern thinkers and religious sources on the formation of an ecological worldview are given.

Текст научной работы на тему «EKOLOGIK KOMPITENTLIK: KENG DUNYOQARASH VA TOZA HAYOT SARI YO’L»

Abdunazarov L.M.

Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi dotsenti

Bo>onov Sh.Sh.

Qo^qon DPIAniq va tabiiy fanlarfakulteti tyutori

EKOLOGIK KOMPITENTLIK: KENG DUNYOQARASH VA TOZA

HAYOT SARI YO'L

Anotatsiya: Bugungi ta'lim tizimining yangilanish jarayonlari davrida talabalarda ekologik dunyoqarashinii shakllantirishning zarurligi davr talabi bo'lmoqda. Ushbu maqolada mazkur talabni jamiyat, davlat va ta 'lim muassasalari orqali amalga oshirishning imkoniyatlari o'z ifodasini topgan. Shu bilan birgalikda ekologi dunyoqarashni shakillantirishning sharq mutafakkirlarining qarashlari, diniy manbaalarda keltirilgan qarashlardan namunalar keltirib o 'tilgan.

Tayanch so'zlar: ekologik madaniyat, huquqiy asoslar, ekologik me 'yorlar, ijtimoiy munosabatlar, ekologikfaoliyat.

Abdunazarov L.M.

Associate Professor of the Department of Geography and Fundamentals of Economic Knowledge

Bo'ronov Sherzod Sh.

Tutor

of the Faculty of Exact and Natural Sciences Kokand State Pedagogical Institute

ECOLOGICAL COMPETENCE: THE PATH TO A BROAD OUTLOOK

AND A CLEAN LIFE

Abstract: During the modern education system renewal process, the necessity of forming an ecological worldview among students is becoming a demand of the time. This article describes the possibilities of implementing this demand through society, state and educational institutions. At the same time, examples of views of eastern thinkers and religious sources on the formation of an ecological worldview are given.

Keyword: ecological culture, legal bases, ecological standards, social relations, ecological activities.

KIRISH

Bugungi kunda kuzatilayotgan ekologik muammolar nafaqat ekologik muammo balki bu, aslida, insoniyat taraqqiyotini ishlab chiqarish va tasavvur qilishning ma'lum bir yo'lining muammosi va shuning uchun u qadriyatlar muammosidir. U kuch va bilimning ma'lum shakllariga asoslangan degradatsiyaning ijtimoiy-ekologik jarayonlarida kelib chiqadi. Bir necha o'n

yilliklar davomida mamlakatimizda ham, dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida ham ta'lim tizimidagi islohotlar ekologik ta'limni turli darajadagi o'quv dasturlariga ekologik muammolarni o'rgatishning muhim mazmuni sifatida kiritdi. Hozir kunda ekologik ta'lim sayyoradagi barcha odamlarga ta'sir qiladi. Garchi ta'lim tizimida uzoq vaqtdan beri o'z darslariga bugungi kunda ekologik ta'lim doirasida tuzilgan mavzularni o'rgatishni boshlagan bo'lsalar ham, ushbu material ushbu bilim sohasida yangi nazariy nuqtai nazarni tarqatish va qabul qilishni rag'batlantirishni maqsad qilgan, ammo bugungi kunda ekologik dunyoqarashni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Ma'lumki ekologik dunyoqarash bugun paydo bo'lib qolgan narsa emas. Bu jarayon uzoq davrlar mobaynida shakillanib kelganligi barchamizga ma'lum. Insoniyat tamadduniga o'zining ulkan xissasini qo'shgan g'arb va sharq mutafakkirlarining bu boradagi ishlarini yodga olb o'tish lozimdir.

Har qaysi tarixiy davrlarda ham insonlarning tabiatga bo'lgan munosabatlari mavjud bo'lgan. Sharq mutafakkirlari asarlarida halollik, poklik, atrof-muhitning

tozaligi va tabiatni sevish xislatlariga ahamiyat berilgan. Vatandoshimiz ibn Sino «Tabiatda g'ubor bo'lmaganda insonlar umri yanada uzayishi» haqidagi nazariyani ilgari surgan. Chex pedagogi Ya.A.Komenskiy XVII asrda ta'lim jarayonining mohiyatini ilmiy asoslashga urindi. Alloma bolaning aqliy, jismoniy o'sishini tabiat qonuniyatiga muvofiq kelishi g'oyasini asoslagan. XVIII asrda fransuz olimi Jan Jak Russo ham insonning tabiat va jamiyatdagi o'rni haqidagi falsafiy g'oyalar asosida ta'lim mohiyatini ochib berishga harakat qilgan. Uning fikricha, ta'lim jarayonining mohiyati bolaning atrof-muhitni bilishiga asoslanadi. Ekologik va nafosat tarbiyasining vositalari o'quvchilarni go'zallikni sevish ruhida tarbiyalash maqsadida turmush, tabiat, san'at go'zalligi va bolalarning badiiy faoliyatini tashkil etishga yo'naltirilgan pedagogik jarayonda qo'llaniluvchi omillar sanaladi. Tabiat, mehnat, insoniy munosabatlar ekologik tarbiya vositasidir. Tabiat ekologik tarbiyaning muhim manbaidir. K.D.Ushinskiy tabiatni yosh avlod estetik tuyg'ularining rivojlanishiga chuqur ta'sir ko'rsatadigan ajoyib tarbiyachidir, degan edi. Sayohat, sayr, tabiatga bag'ishlangan san'at asarlarini o'rganish mazkur yo'nalishdagi an'anaviy faoliyatlardir. Biroq tabiat ichida bo'lishning o'zi etarli emas. Tabiatdagi go'zallikni ko'ra bilish, his etish lozim. Bunday qobiliyat asta-sekin rivojlanib boradi. Sayr, ekskursiya hamda maktab tajribaviy yer maydonchasida ishlash paytida o'qituvchilar e'tiborni tabiat boyliklariga, uning shaklidagi mukammalliklarga qaratish nafosat, tabiatni sevish ehtiyojigina bo'lmay, shuningdek, uni ehtiyotlashdan ham iboratligini o'quvchilarga tushuntirib borishlari lozim [2].

Ekologik dunyoqarash bugungi kunda shunday bir qadrli sifat bo'lib bormoqdaki mamlakat aholisining, mentalitetining bir ko'rinishi sifatida ham namoyon bo'lmoqda. Albatta bu ekologik dunyoqarashni dastlabki tamal toshi ta'lim jarayonidan boshlanadi. Ta'lim jarayonida atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishni nafaqat o'rgatish balki, bunga ta'lim beruvchilar ham amaliy jihatdan namuna bo'lishlari lozimdir.

Ekologik dunyoqarashimizni o'zgartirishimiz yoki oldingidek «Tabiatdagi baгcha naгsalaг inson uchun xizmat qiladi» degan fikrdan voz kechib, endilikda «Tabiat bizning uyimiz, biz uning Ыг bo'lagimiz, tabiatni asrab avaylashimiz lozim» degan shiorni, doimo dilimizda va tilimizda takroгlab unga amal qilishimiz keгak. Inson o'zini tabiatni Ыг bo'lagi va unga xamoxang ekanligini, tabiiy jarayonlarga aralashmasligi va tabiat qonunlaгini buzmasligi, agarda bu qonunlaг buzilsa misli ko'rilmagan og'iг oqibatlarga olib kelishini tushinib etishi keгak.

Biгinchi Pгezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganlaгidek «Asгlaг tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz axolisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo'l qovushtirib o'tirish o'z-o'zini o'limga maxkum etish bilan barobardir» [3]. Shuning uchun ekologik madaniyat, ekologik bilimlar va tushunchalar xar biг insonga faqatgina uning turmish taгzi yaxshilanishi uchun emas, balki uning tabiat bilan xamoxang bo'lishi uchun xam kerakdir. Ekologik madaniyat, bilim va malumotga ega inson xech kachon tabiatga nisbatan salbiy munosabatda bo'lmaydi.

Tabiatning ekologik barqarorligi, turg'unligi va uning tabiiy qonunlari buzilishiga insonda ekologik bilimlar yetishmasligi, kelajakda ekologik xolat qanday bo'lishini oldindan ko'ra bilmasligi sabab bo'ldi. Ekologik bilim tirik tabiatning tuzilishi, rivojlanishi, o'zgarishi, yer yuzidagi tirik jonzodlarning xolati, ularni bir-birlari va atrof-muxit o'rtasida bo'lib turadigan munosabatlarini, tabiiy boyliklarning son va sifatini, xajmini, xillarini xamda ularni saqlash va tejamkorlik bilan foydalanish yo'llarini o'zlashtirishdan iborat. Ekologik ta'lim va tarbiyaning tub ma'nosi - bu tabiat va jamiyat urtasidagi doimiy birlik va ularni bir-birlariga bog'lovchi tabiiy xamda ijtimoiy qonunlarni o'rganish, xayotga tatbiq, qilish yo'li bilan tabiiy barqqarorlikni saqlashdan iborat [4].

NATIJALAR

Bugungi kunda barchamizning qulog'imizga eshitilayotgan, ommaviy axborot vositalarida tinimsiz bong urayotgan «Toza shaxar», «Ekologik toza hudud», «Ekologik toza maxsulot» kabi shu va shunga o'xshash jumlalarni tinimsiz eshitmoqdamiz. Bu jumlalarning zamirida olam-olam ma'no yotganligini ko'rishimiz mumkin. Tozalik, tabiiylik bugungi kunda insonga uchun suv va havodek zarur bo'lmoqda. Buni rivojlantirish uchun esa har birimiz ta'lim jarayonida bo'ladimi, jamiyat orasida bo'ladimi ekologik bilimni targ'ib qilishimiz va o'zimiz ham shunga amal qilishimiz lozimdir. Jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy taraqqiyoti shaxsning xar tomonlama kamol topishi bilan bog'lik. Xususan ona tabiatning bir zarrasi bo'lgan inson barkamolligi uning tabiatga munosabati, o'z oilaviy muxiti, butun borliqqa mexr-muxabbati asosida shakllanishi xam tabiiy xol, albatta. Shaxsda ekologik dunyoqarashni boyitishga xizmat qiluvchi milliy va umuminsoniy qadriyatlar moxiyatini o' rganib chiqib quyidagicha xulosalarga kelish mumkin:

- ekologik dunyoqarashning shakllanish evolyutsiyasi insonning yashash tarzi, qadriyatlari bilan mushtarak xolda xar bir davr mazmuni, xususiyatlarini o'zida aks ettirish bilan bir vaqtda tabiat va borliqqa tegishli yangi tushuncha xamda kontseptsiyalar bilan mazmunan boyib boradi;

- dunyoqarashning barcha shakllari kabi ekologik dunyoqarash xam millat va xalq merosi, qadriyatlari bilan aloqadorlikda takomillashadi, boyiydi va ijtimoiy amaliyotga singadi;

- sivilizatsiyalararo muloqot asri bo'lgan XXI asrda tabiiy va ijtimoiy muxitdagi global o'zgarishlar shaxs ekologik dunyoqarashiga individual va ijtimoiy ma'noda o'z ta'sirini o'tkazib xar bir aloxida kishini milliy va umuminsoniy qadriyatlarga extiyojmandligini yanada oshiradi [1].

MUHOKAMA

Ekologik axloqiy qarashlar va madaniyatni shakillantirishda dinimizning muqaddas kitobi bo'lmish Quroni Karim, xadislardan foydalanmog'imiz zarur. Bugungi kunda ekologik madaniyatni shakillantirish masalasiga turlicha yondoshuv va qarashlar mavjud. Tarixda ulamolarimizdan Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, al-Moturudiy, Abu Nasr Forobiy, G'azzoliy, Husayn Voiz Koshifiy, Mahmud az-Zamaxshariy, Jaloliddin Rumiylarning asarlarida Quroni Karim va Xadisi shariflardan foydalangan xolda komil inson tarbiyasiga qo'yiladigan talablar bayon qilingan. Tabiat, borliqni asrashga undash, tabiiy omillardan tejamkorlik bilan foydalanish masalalari nafaqat ekolog yoki pedagoglarni, balki din peshvolarining ham diqqat markazida turganligi bizni quvontiradi [5]. Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam): «Din (Islom) poklik ustiga qurilgandir», deydilar. Demak, poklik-ozodalik yo'lida qilingan har bir ish yuqori baholanadi. Shu yo'lda amal qilgan kishiga yuqori martaba va ulkan ajr-savoblar beriladi. Islom dini insonni turar joyini pok-ozoda tutishga buyurarkan, bu uning ibodati qabul bo'lishiga xizmat qilishni uqtiradi. Ibodat paytida makon pokligiga alohida diqqat qilinishi lozimligini ko'rsatadi. Hadisda: «Albatta, Alloh taolo pokdir, poklik va ozodalikni yoqtiradi. Saxiydir, saxovatni xush ko'radi. Poklaninglar, yon-atroflaringni ozoda, hovli, uy-joylaringizni toza tutinglar», deyiladi (Imom Termiziy rivoyati). Shu talabga javoban turar joylarimizni saranjom-sarishta, ozoda tutishimiz lozim [6].

Aytib o'tilgan hikmatlarga amal qilish uchu avvalo undan habardor bo'lishimiz lozimdir. Bu esa o'z navbatida ma'naviyatimiz ham yuksaltirishga xizmat qiladi.

Albatta, bu dunyoda halol va pok yashashni o'zi uchun hayotiy e'tiqod, oliy maqsad deb biladigan odamlar ko'pchilikni tashkil qiladi. Aynan ana shunday insonlar va ularning ezgu ishlari tufayli bu yorug' olamda ma'naviyat hamisha barqaror bo'lib keladi. Lekin, bunday olijanob fazilatlardan butunlay uzoq bo'lib yashaydigan, hayotning ma'no-mazmunini o'zicha talqin qiladigan shaxslar ham oz emas. Ming afsuski, ular o'zini xuddiki dunyoning haqiqiy egasidek, bekamu ko'st, boshqalarning havasini tortadigan umr kechirayotgandek, baxt qushi boshiga qo'ngandek his qilishga urinadi [7].

Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) odamlarni ko'cha va yo'llarni ham ozoda tutishga targ'ib qilganlar. U zot bunday marhamat qiladilar: «Odamlar yo'lidagi ozor beruvchi narsalarni olib tashlanglar». Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) yana: «Imon yetmish nechta qismdir. Uning eng yuqorisi tavhid bo'lsa, eng quyisi yo'lda ozor beradigan narsani olib tashlashdir», deya ta'lim berganlar.

Inson o'zi yashayotgan joylarni ozoda tutsa, odamlarga zarar beradigan narsalarni yo'ldan olib tashlasa, Alloh taolo buning evaziga uning gunohlarini mag'firat qiladi. Bu haqda Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam): «Bir kishi yo'lda ketayotib, ko'zi tikanli bir shox-shabbaga tushdi. U yo'ldan odamlarga zarar beradigan o'sha shox-shabbani olib tashladi. Alloh taolo bu ish uchun u kishining gunohlarini kechirdi», deganlar. Yo'llar, ish joylari va ibodat joylarini ham ozoda saqlashga undagan Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam):

S Har bir insonda uch yuz oltmishta bo'g'im bor. Har bir bo'g'imi uchun sadaqa qilib turish lozim, dedilar. Odamlar so'rashdi:

S Yo Rasululloh, uch yuz oltmish bo'g'imga sadaqa qilishga kimning toqati etadi?

S Shunda Payg'ambarimiz (alayhisalom):

S Agar ikki rakat zuho namozini o'qiy olmasanglar yo masjiddagi balg'amni ketkazing yoki yo'lda zarar beradigan narsani chetga surib qo'yinglar, deb javob

S berdilar. Islom dinida ko'cha, yo'lga, ariqlar va ulardagi suvlarga har xil chiqindi-axlatlarni tashlab nopok Poklik va ozodalik dini qilish qattiq qoralanadi [6. 73-b].

XULOSA

Ekologik dunyoqarash ta'lim muassasalari uchun inson madaniyati va inson hayoti o'rtasidagi munosabatlarni, atrof-muhitga nisbatan individual mas'uliyatni va jamiyatni, shaxsiy xatti harakatlarning ijtimoiy harakatini tushunishga hissa qo'shishga harakat qilish imkoniyatidir. O'quv yurtlari o'quvchilarda ko'nikma va laboratoriya mashg'ulotlaridan foydalangan holda ekologik ta'limga bo'lgan ishtiyoqini uyg'otish uchun o'quv dasturlarini moslashtirib, yangi turdagi ta'limni rivojlantirishlari, tabiatda xizmat va amaliy mashg'ulotlarini rivojlantirishlari, kerak. Jamiyatning xulq-atvori bog'larda, daryolarda, tozalash tadbirlarida, turistik yo'llardagi chiqindilarni qayta ishlash, o'simliklar amaliy saboq sifatida va turli xil tashqi ta'sir omillarining ta'sirida namoyon bo'ladi. Ularni to'g'ri yo'naltirish orqali ijodkorlik sifatini rivojlantirib chiqindidan zamonaviy moda, badiiy rasm yoki dizayn arxitekturasini yaratish uchun ishlatilishi mumkin. Ekologik ta'limning tayanchi va tayanchi bo'lgan talabalar universitetlarini rag'batlantirish, yangi fuqaroni turli harakatlarga undash zarurdir. Xulos qilib aytganda diniy va dunyoviy manbaalardan foydalanib jamiyatimizning har bir a'zosini ekologik dunyoqarashini yuksaltirishga undashimiz lozimdir. Chunki tabiiy muhitni asrar ekanim bu esa o'z navbatida iqtisodiyotimizga, tabiiy boyliklarimizga, mamlakatning kelajagi va yoshlarimizning farovon hayot kechirishi uchun o'z hissamizni qo'shgan bo'lamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ochilova B. Ekologiya va dunyoqarash (o'quv qo'llanma) / B.Ochilova; O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi; Toshkent: «Tafakkur» nashriyoti, 2013. - 152 b.

2. Azimova S.T., Toshkent davlat pedagogika universiteti «Umumiy pedagogika» kafedrasi o'qituvchisi. Talabalarda ekologik madaniyatni shakillantirishning muhim xususiyatlari, ilmiy maqola Zamonaviy ta'lim 2014-yil 6 b.

3. Karimov I.A. «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka taxdid, Barkarorlik Shartlari Va Taraqqiyot Kafolatlari» T.: Uzbekiston. 1997.

4. Ergashev A.E., Sheraliev A.Sh., Suvonov X.A., Ergashev T.A. «Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish» T:. «Fan» nashiryoti 2009.

5. Abdunazarov L.M. Diniy adabiyotlardan ekologik madaniyatni shakillantirish vositasi sifatida foydalanishning ahamiyati.

6. Usmonov, Rahmatillo «Poklik va ozodalik dini» mas'ul muharrir Shayx Abdulaziz Mansur: Toshkent: «Movarounnahr», 2013. 80 b.

7. Islom Karimov «Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch» T.: «Ma'naviyat» 2009, 108 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.