Научная статья на тему 'EFIR MOYLARI VA ULARNI ANFLERAJ USULIDA AJRATIB OLISH'

EFIR MOYLARI VA ULARNI ANFLERAJ USULIDA AJRATIB OLISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
56
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Efir moylari / biologik faol qo’shilma / nevrosteniya / bakteriosid / ruhiy holat / aromaterapiya / davolovchi massaj / essential oils / biologically active compound / neurosthenia / bacteriocide / mental state / aromatherapy / therapeutic massage.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Razzakov N.A., Aliyev L.M., Ortikov M.M.

Maqolada efir moylari haqida qisqacha ma’lumot berilib, o‘simliklar tarkibidagi efir moylarini uy sharoitida anfleraj usuli bilan qattiq yog’larga yuttirish yo’li bilan ajratib olish usuli haqida so’z boradi. Bundan tashqari, EM dan tibbiyotda qo’llash o’rinlari hamda davolovchi massajlarda ushbu moddalardan kompozitsiya tayyorlash namunalari berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ESSENTIAL OILS AND THEIR SEPARATION BY ANFLERAGE METHOD

The article gives brief information about essential oils and talks about the method of extracting essential oils from plants in home conditions by digesting them into solid oils using the anflaring method. In addition, examples of the use of EM in medicine and the preparation of compositions from these substances in therapeutic massages are given.

Текст научной работы на тему «EFIR MOYLARI VA ULARNI ANFLERAJ USULIDA AJRATIB OLISH»

Razzakov N.A. dotsent

Qo'qon unversiteti Andijon filiali

Aliyev L.M. katta o'qituvchi

Qo'qon unversiteti Andijon filiali

Ortikov M.M. assistant

Qo'qon unversiteti Andijon filiali EFIR MOYLARI VA ULARNI ANFLERAJ USULIDA AJRATIB OLISH

Annotasiya: Maqolada efir moylari haqida qisqacha ma'lumot berilib, o 'simliklar tarkibidagi efir moylarini uy sharoitida anfleraj usuli bilan qattiq yog'larga yuttirish yo'li bilan ajratib olish usuli haqida so'z boradi. Bundan tashqari, EM dan tibbiyotda qo 'llash o 'rinlari hamda davolovchi massajlarda ushbu moddalardan kompozitsiya tayyorlash namunalari berilgan.

Kalit so 'zlar: Efir moylari, biologik faol qo 'shilma, nevrosteniya, bakteriosid, ruhiy holat, aromaterapiya, davolovchi massaj.

Razzakov N.A. associate professor Andijan branch of Kokan University

Aliyev L.M. head teacher Andijan branch of Kokan University

Ortikov M.M. assistant

Andijan branch of Kokan University

ESSENTIAL OILS AND THEIR SEPARATION BY ANFLERAGE

METHOD

Abstract. The article gives brief information about essential oils and talks about the method of extracting essential oils from plants in home conditions by digesting them into solid oils using the anflaring method. In addition, examples of the use of EM in medicine and the preparation of compositions from these substances in therapeutic massages are given.

Key words: essential oils, biologically active compound, neurosthenia, bacteriocide, mental state, aromatherapy, therapeutic massage.

Kirish. Ma'lumki, insonlar bir necha ming yillar mobaynida tabiatdagi o'simlik va hayvon mahsulotlaridan tayyorlangan shifobaxsh vositalardan

oqilona foydalanish uslublari bilan o'zlari va boshqalarni salomatligini saqlab kelganlar [1]. Hozirda xalq tabobatining minglab yillik tajribalari bilan zamonaviy tibbiyotning ilmiy asosga ko'ra isbotlangan bilimlarni jamlashga ehtiyoj paydo bo'ldi. Chunki, har ikkisining ham asl maqsadi va vazifalari bir ya'ni, jamiyatning salomatligini profilaktika qilish hamda davolashdan iboratdir.

Inson doim kasallikka qarshi kurashib kelgan, u birinchi bor dorivor vositani tabiat deb atalmish dorixonadan: o'simlik (bargi, ildizi, meva va boshqa organlari), hayvon va minerallardan olgan [2]. Dorivor o'simliklar tabiiy dorivor resurslar ichida xalq tabobati, zamonaviy tibbiyot uchun yana biologik faol qo'shilmalar (BFQ), zamonaviy preparatlar ishlab chiqarish uchun xom-ashyo sifatida asosiy biologik resurs hisoblanadi [3].

Kundalik xayotimizda insonlar orasida turli xil voqea va xodisilar, dipressiyalar, turli xayajonli xolatlar yuz berib turadi. Insonlarning oilaviy muhiti, ishlash jarayonlarida asab tizimining buzilishi, strestlar bu - nevro'z kassalligiga olib keladi.

Anashunday biologik faol moddalar qatorida efir moylari muhim o'rinni egallaydi. Efir moylari to'g'risidagi dastlabki tasavvurlar XVIII asrlarda paydo bo'lsada, ularning xossalari to'g'risidagi tushunchalar XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida paydo bo'ldi. O'simliklar dunyosida efir moylari juda keng tarqalgan bo'lib, aniqlanishicha, 2500 dan ortiq tur o'simliklarda ushbu moddalar bo'ladi. Ayniqsa, yasnotkadoshlar - Lamiaceae oilasi, labguldoshlar -Labiatae, selderdoshlar - Apiaceae, soyabonguldoshlar - Umbelliferae, murakkabguldoshlar - Compositae, sho'radoshlar - Chenapodiaceae, mirtadoshlar - Myrtaceae, rutadoshlar - Rutaceae, ra'noguldoshlar - Rosaceae va boshqa oilalarning vakillari efir moylariga boydir [4].

Ma'lumki, efir moylari deb - o'simliklar tarkibidan suv bug'lari orqali haydash yo'li bilan olinadigan, o'ziga hos hidaga hamda ta'mga ega bo'lgan uchuvchan organik moddalar aralashmasiga aytiladi. O'simliklarning deyarli barcha organlarida efir moylari bo'ladi, asosan yer ustki qismlarida (gul, meva kebi) to'planadi. Olimlarning olib borgan tadqiqotlari natijalariga ko'ra efir moylari (EM) ga boy o'simliklar orasida shimol hududlarida o'suvchi vakillariga nisbatan janubiy zonalarda uchrovchi vakillari boyroq bo'lar ekan. Ushbu moddalar o'simliklar tarkibida asosan ikki hil tarzda: erkin holda hamda glikozidlar tarkibi ko'rinishida uchraydi.

EM o'simlik hayotida qanday rol o'ynashi va qanday muhim biologik vazifani o'tashi to'g'risida olimlarning farazlari mavjud. Asosan, dorivor o'simliklar o'sish va rivojlanish davrlarida turli hil noqulay sharoitlarga duch keladi, shu vaziyatlarda EMni o'simlikning yashash uchun kurashga yordam beruvchi moddalar qatoriga kirgizishadi. Bundan tashqari ularning ikkinchi foydasi deb, bu moddalar hushbo'y hidga ega bo'lganligi sababli, o'simlik gullash davrida changlanishi uchun hashoratlarni jalb qilish ahamiyati ham bor deb e'tirof etiladi.

Efir moylari tarkibida bir qator ko'p komponentli organik birikmalar mavjud. Bular yuqori organik kislotalar, efirlar, bir va ko'p atomli spirtlar, aldegidlar, ketonlar, terpenlar va fenollar bo'lib, ularning soni 120 dan 500 gacha o'zgarib turadi. Asosiy guruh izopren tuzilishga ega bo'lgan moddalardan iborat

[5].

Metodologiya. Odatda EM ni bu usulda ajratib olishda yuqori organoleptik (qizdirilganda parchalanib ketuvchi) hususiyatli, yuqori sifatli namunalarini yuttirib olishga asoslanadi. O'simlik gullari salqin sharoitda yig'ib olinadi, gullar yog'larga bir necha kun davomida yutilib o'tishi orqali ajratib olingani sababli usulni anfleraj (yuttirish) usuli deb nomlanadi.

Buning uchun 50 X 50 sm hajmdagi qalin oynani olib, uni qalinligi 5 sm bo'lgan ramkaga o'rnatiladi. So'ngra, ramkaning ikki tomoniga yuqori sifatli yog'lar aralashmasi yupqa tarzda surtiladi. Yog'lar o'rnida mol yog'i va qo'y yog'lari

(3: 2) nisbatda olish mumkin. Surtilgan yog' qatlamga o'simlikning gullari yoki tojbarklari joylanadi. Quyida ushbu jarayonning atirgul tojibarglari

1- Rasm. Efir moylarini anfleraj usulida ajratib olish

Ramka mahsus tahtaga o'rnatiladi, EM ning yog'larga yutilishi jarayoni tabiiy sharoitda kechadi. O'simlik organlari 1 - 2 kun tirgandan so'ng, gullar (tojibarklar) yangilanadi. Shu jarayon qayta - qayta takrorlanadi va yog'lar ajratib olinadi. Shunday qilib, uchuvchan, haroratga chidamsiz bo'lgan namunalarini shunday olish mumkin.

Efir moylari "aromaterapiya" ko'rinishida inson tanasiga ta'siri uzoq vaqtdan beri keng qo'llanilib kelinmoqda. Ularning aromaterapiya qo'llanilishining sababi, efir moylarining xushbo'y hidlari inson tanasining jismoniy va psixologik holatiga ta'sir qilishidadir. Bundan tashqari EM bakteriosid xossaga ham ega bo'lib, shu o'rinda qo'llanilib kelinmoqda. Bundan tashqari EM boy dorivor o'simliklardan endilikda, asab tizimi kasalliklarida aniqrog'i, nevrosteniya kabi kasalliklarda tinchlantiruvchi tabiiy vosita sifatida ham keng ishlatilmoqda. Misol uchun, lavandaning EM eng yaxshi tabiiy antiseptiklaridan biridir, shu bilan birga ayni paytda sedativ ta'sirga ham ega, kayfiyatni yaxshilaydi, charchoqni, depressiyani, bosh og'rig'ini qoldiradi [6].

Xulosa. Demak, EM boy dorivor o'simliklar tarkibidan uy sharoitida ham Anfleraj (yuttirish) usuli bilan ushbu biologik faol moddalarni ajratib olish mumkin. Olinfan termolabil EM ni parfimeriya maqsadlarida, terini sillig'lash, uni yoshartirish maqsadlarida qo'llash mumkin [7-8]. Tibbiyot maqsadlarida uning hush bo'y hidi orqali asab tizimimizni tinchlantirishimiz mumkin. Aromaterapiya va massaj o'rinlarida qo'llash uchun tavsiya: 15-20 tomchi efir moyini 50 ml uy ro'zg'ordagi moy bilan yaxshilab aralashtiriladi, bolalar uchun 5-7 tomchi etarli, chaqaloqlar uchun esa - bitta tomchi kifoya qiladi, tayyorlab olingan aralashmani tananing massaj qilinadigan o'rniga surtish bilan davom ettiriladi.

Foydalingan adabiyotlar:

1. Аскаров И.Р., Сирли табобат, Тошкент, 2021, 3-б

2. Галкина И.В//Основы химии биологически активных веществ// Казань, 2011. Стр.6

3. Handa.S.S, Khanuja.S.S, Longo.G, Rakesh.D.D// Extraction Technologies for Меdicinal and Aromatic Plants// Italy. 2008. P.7

4. X X.Xolmatov, У.А. Ахмедов// Фармакогнозия// Tошкент. Абу Али ибн Сино номидаги Тиббиёт нашриёти, 1997. 125 - б

5. Н.Н.Сентябрев, В.В.Караулов, В.С.Кайдалин, А.Г.Камчатников// ЭФИРНЫЕ МАСЛА В СПОРТИВНОЙ ПРАКТИКЕ// Монография. Волгоград, 2009, 12 -стр

6. Ирина Алексеевна Буренина// Основные методологические принципы применения ароматерапии в восстановительном лечении// Вестник современной клинической медицины. 2009, Том 2, вып. 2. Стр.47

7. Tuychiyev, G., Razzakov, N., & Ortikov, M. (2024). DORIVOR NA'MATAK VA ZIRK MEVALARINING KIMYOVIY TARKIBI O'RGANISHGA KIRISHISH. QO'QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 10(10), 150-152. https://doi.org/10.54613/ku.v10i10.937

8. Razzakov, N. (2024). DORIVOR O'SIMLIKLAR EKSTRAKSIYASINING OPTIMAL USULINI ISHLAB CHIQISH. QO'QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 10(10), 147-149. https://doi.org/10.54613/ku.v10i10.936

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.