Научная статья на тему 'POROSHOKLARNING XUSUSIY TEXNOLOGIYASI (TO’ZG’UVCHI, BO’YOVCHI VA QIYIN MAYDALANUVCHI MODDALAR, EKSTRAKTLAR VA EFIR MOYLARI BILAN POROSHOKLAR TAYYORLASH)'

POROSHOKLARNING XUSUSIY TEXNOLOGIYASI (TO’ZG’UVCHI, BO’YOVCHI VA QIYIN MAYDALANUVCHI MODDALAR, EKSTRAKTLAR VA EFIR MOYLARI BILAN POROSHOKLAR TAYYORLASH) Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
1390
99
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PARASHOKLAR / SIGNATURA / EKISTRAKT / QOVUSHQOQLIK TEXNOLOGIYALARI TA'SIRI / TRITURATIO ATROPINI SULFATIS- ATROPIN SULFAT TRITURATE / ZAHAR-VENENA / SIGNATURA-BELGILA

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Shukurova D.Yo., Usmanova M.B., Imomova Yu.A.

Poroshoklarning xususiy texnologiyasi bo’lgan to’zg’uvchi, bo’yovchi va qiyin maydalanuvchi moddalar, ekstraktlar va efir moylari bilan poroshoklar tayyorlash texnalogiyasi keng yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPECIAL TECHNOLOGY OF POWDER (PREPARATION OF POWDER WITH DESTROYING, DYING AND DIFFICULT SUBSTANCES, EXTRACTS AND ESSENTIAL OILS)

The technology of preparation of powders with abrasives, dyes and hard powders, extracts and essential oils, which are special technologies of powders, is widely covered.

Текст научной работы на тему «POROSHOKLARNING XUSUSIY TEXNOLOGIYASI (TO’ZG’UVCHI, BO’YOVCHI VA QIYIN MAYDALANUVCHI MODDALAR, EKSTRAKTLAR VA EFIR MOYLARI BILAN POROSHOKLAR TAYYORLASH)»

Shukurova D. Yo. Farmatsiya fakulteti 3-kurs 310-guruh talabasi

Usmanova M.B.

Ilmiy rahbar, Sam DTI Farmakologiya kafedrasi assistenti

Imomova Yu.A.

Ilmiy rahbar Sam DTI Farmakologiya kafedrasi assistenti

POROSHOKLARNING XUSUSIY TEXNOLOGIYASI (TO'ZG'UVCHI, BO'YOVCHI VA QIYIN MAYDALANUVCHI MODDALAR, EKSTRAKTLAR VA EFIR MOYLARI BILAN POROSHOKLAR

TAYYORLASH)

Annotatsiya: Poroshoklarning xususiy texnologiyasi bo'lgan to'zg'uvchi, bo'yovchi va qiyin maydalanuvchi moddalar, ekstraktlar va efir moylari bilan poroshoklar tayyorlash texnalogiyasi keng yoritib berilgan.

Kalit so'z: parashoklar, signatura, ekistrakt, qovushqoqlik texnologiyalari ta'siri, triturat, trituratio atropini sulfatis- atropin sulfat triturate, zahar-venena, signatura-belgila.

Shukurova D. Yo. 3rd year student 310 group faculty of pharmacy Usmanova M.B. supervisor assistant

department of pharmacology

Sam DTI Imomova Yu.A. supervisor assistant

department of pharmacology

Sam DTI

SPECIAL TECHNOLOGY OF POWDER (PREPARATION OF POWDER WITH DESTROYING, DYING AND DIFFICULT SUBSTANCES, EXTRACTS AND ESSENTIAL OILS)

Annotation: The technology of preparation of powders with abrasives, dyes and hard powders, extracts and essential oils, which are special technologies of powders, is widely covered.

Keywords: powders, signatures, extracts, effects of viscosity technologies, triturat, trituratio atropine sulfatis- atropine sulfate triturate, poison-venena, signatura-mark.

Tadqiqot natijalari: Poroshoklar qadim zamonlardan ma'lum dori shakllari bo'lib, eramizdan oldingi 3000 yil avval ham tabobatda qo'llanilgan.

Elaki dorilarning juda mayda bo'lganligi uchun ta'siri yuqori bo'ladi. Shuning uchun elaki dorilar qattiq dori shakllariga nisbatan yuqori ta'sir ko'rsatadigan dori hisoblanadi.

Davlat farmakopeyasida elaki dorilar — ichish va tana yuzasiga qo'llash uchun ishlatiladigan qattiq dori shaklli hisoblanadi, sochiluvchan-lik xususiyatga ega bo'ladi. Poroshoklar ikki xil bo'ladi

a) oddiy — (Pulveres simplices) bitta dori moddasidan tashkil topgan yoki

b)murakkab — ikki va undan ortiq ingredientdan iborat (pulveres compositi) bo'lishi mumkin ekan. Undan tashqari kukunlar ya'ni, elaki dorilar alohida dozalarga bo'lib taqsimlangan (pulveres divisi) va taqsimlanmagan (pulveres indivisi) bo'ladi. Ichish uchun mo'ljallangan kukunlar asosan dozalangan usulda yoziladi yoki taksimlangan bo'ladi, sirtga ishlatiladigan kukunlar esa taqsimlanmagan usulda berilar ekan.

Poroshoklarga qo'yiladigan asosiy talabalar:

1. Sochiluvchanlik

2. Disperslik (barcha tarkibiy qismlarning optimal maydalik darajasida bo'lishi

3. Bir xilligi (murakkab poroshoklarda barcha tarkibiy qismlarni bir xil tarqalganligi)

4. Dozaning aniqligi

5. Turg'unligi (saqlanish jarayonida moddalarning o'zgarmasligi)

6. Ba'zi bir poroshoklar uchun sterillik (ochiq yaralar uchun sepmalar, yangi tug'ilganchaqaloqlar uchun poroshoklar va b.)

Parashoklarning xususiy texnalogiyasi 3 xil

1. Qiyin maydalanadigan moddalar bilan poroshoklar tayyorlash Qiyinmaydalanadigan moddalarga yod, kamfora, mentol, timol,

fenilsalitsilat, benzol, salitsilat kislota, tetraborat natriy, streptotsid va boshqa moddalar kiradi. Bularni maydalash uchun uchuvchan erituvchilar ishlatiladi. Erituvchilar sifatida spirt, efir, spirt-efir aralashmasi ishlatiladi.

2. To'zg'uvchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash Agar murakkab poroshoklar tarkibiga to'zg'uvchi moddalar kirsa (magniy

oksid, talk,kaolin va boshqalar), bunday poroshoklarni tayyorlashda to'zg'uvchi moddalar eng oxirida qo'shiladi va uzoq aralashtirilmaydi. Chunki poroshoklarni yuqotish miqdori meyoridan ko'p bo'lib ketishi ehtimoli bor.

3. Bo'yovchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash

4. Agar murakkab poroshoklar tarkibiga bo'yovchi moddalar kirsa (akrixin, etakridin laktat, riboflavin, metilen kuki, brilliant yashili va boshqalar), ular bilan poroshok tayyorlaganda alohida hovoncha va tarozilar ishlatiladi.

Dori moddalarni bo'yovchi xususiyatga ega bo'lishi va kam miqdorda yozilganligi uchun, havoncha va dastani ifloslanishi oldini olish maqsadga muvofiqdir.

Ekstraktlar bilan poroshoklar tayyorlash

Ekstraktlar (Extractum) deb, o'simlik xom ashyosidan biologik faol moddalar suv, spirt, efir yoki boshqa ajratuvchilar yordamida ajratib olingan va ajratuvchisi qisman, ba'zan butunlay bug'latilgan ajratmalarga aytiladi.

Ekstraktlar konsistentsiyasiga qarab quyidagicha tasniflanadi:

Quyuq ekstrakt (Extractum spissum 1:1) uta qovushqoq, idishdan tukilmaydigan asalsimon chuziluvchan massa bo'lib, 25% gacha namlik saqlaydi. Ular 3:1, 4:1, 5:1, 6:1 nisbatlarda tayyorlanadi

Quruq ekstrakt (Extractum siccum 1:2), quruq poroshok holida bo'lib, 5% gacha namlik saqlaydi

Suyuq ekstrakt (Extractum fluidum 1:2) kontsentrlangan ajratmalar bo'lib, 50% dan ko'p namlik saqlaydi. Ajratuvchi sifatida har xil quvvatdagi etil spirti ishlatiladi.Agarda retseptda ekstrakt turi ko'rsatilmagan bo'lsa, DF XI nashriga asosan quyuq ekstrakt olinadi.

Efir moyi qo'shib poroshok tayyorlash

Efir moyi poroshok tarkibiga qand bilan aralashgan holda qo'shiladi va bu aralashmani efir moy-qand aralashmasi (eleosaccharum) deb ataladi. Efir moyi poroshok tarkibiga ta'sir etuvchi va ma'lum ta'm beruvchi modda sifatida ham qo'shiladi.Efir moy-qand aralashmasi 2,0 g qandga 1 tomchi efir moyi qo'shib tayyorlanadi. Ammo efir moy-qand aralashmasi atirgul va achchiq apelsin efir moyidan tayyorlanadigan bo'lsa, u holda 4,0 g qandga 1 tomchi efir moyi qo'shiladi. Efir moy-qand aralashmasi kerak bo'lganda tayyorlanadi, chunki efir moylari oddiy sharoitda ham uchuvchan bo'ladi. Tayyor efir moy-qand aralashmasi ogzi jips berqiladigan shisha idishlarda, miqdorlarga bo'lingani esa pergament kogozlarda beriladi. Suyuqliklar bilan poroshok tayyorlash

Murakkab poroshoklar tarkibiga ayrim hollarda nastoykalar kiradi. Nastoyka deb, o'simlik va hayvon mahsulotlaridan har xil konsentratsiyali spirt, spirt-efir yordamida olingan ajratmalarga aytiladi. Nastoykalar odatda 1:5 va 1:10 nisbatda tayyorlanib, dorixonalarga tayyor holda keltiriladi. Suyuqliklar poroshok tarkibiga qo'shib tayyorlanganda, ularning sochiluvchanlik darajasiga ta'sir etmasligi kerak. Agarda sochiluvchanligi talabga javob bermasa, u holda quyidagi ikki usulning biridan foydalaniladi:

1. Poroshok tarkibidagi nastoykani ta'sir etuvchi moddasi uchmaydigan bo'lsa (masalan, belladonna nastoykasi) u holda poroshok qizdirilgan hovonchada tayyorlanadi.

2. Poroshok tarkibidagi nastoykani ta'sir etuvchi moddasi uchsa (masalan, valeriana nastoykasi), u holda poroshokka indifferent modda (qand, sut qandi) qo'shib tayyorlanadi

Triturat — lotincha trituratio so'zidan olingan, zaharli yoki kuchli ta'sir etuvchi moddalarni anik tortib olish uchun qulaylik yaratish maksadida biror indifferent modda qoshib tayyorlangan aralashmaga triturate deyiladi.XI DF ga asosan retseptda zaxarli yoki kuchli ta'sir etuvchi moddalarning umumiy miqdori 0,05g dan kam bulganda trituratdan foydalanish tavsiya etiladi.

Triturat tarkibidagi indifferent modda sifatida sut qandi tavsiya etiladi. Sut qandining solishtirma ogirligi kopchilik alkaloidlarning solishtirma ogirligiga yaqin va u gigroskopik emas.Trituratlar «zaharli moddalar» ro'yxatidagi moddadan 1:100 (1+99)nisbatda va «kuchli ta'sir qiluvchi moddalar» ro'yxatidagi moddadan 1:10(1+9) nisbatda tayyorlanadi.

Xulosa: Poroshoklarning xususiy texnologiyasi (to'zg'uvchi, bo'yovchi va qiyin maydalanuvchi moddalar, ekstraktlar va efir moylari )bilan poroshoklar tayyorlash texnalogiyasini o'ganishda Zaharli, narkotik va psixotrop dori vositalarining saqlanishi, hisobi, retseptga yozilishi, berilishi, qo'llanilishi va ishlatilishini nazorat qilishning kuchaytirilishi tartibi haqida O'zRSSVning1996yil 17 iyun 489-sonli buyrug'I chiqqan va shundagi ko'rsatmalarga rioya qilinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Farmatsevtik texnalogiya (Maxmudjonova. K.S, Shadmonova. Sh va Rizayeva.N) fan darsligi

2. Ivan.I.K, Galina.V.|M va Murodova.L.I.

3. Chueshov V.I, Gladux.E V va boshqalar.

4. Andriy Stanislavovich Gavrilov 2010.

5. Mixayilova G.V, Murodova.L.I 2011,

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.