CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES A
VOLUME 1.1SHJE 1(202«): MIMK.MS
ARTICLE INFO
DUTORLAR OILASIGA MANSUB CHOLG ULAR TASNIFI
Saidvaliyeva Mashhura Saidbahodir qizi Guliston davlat universiteti, "Xalq cholg'ularida ijrochilik" ta'lim yo'nalishi 1- kurs talabasi Xusnora Shukurjonova Guliston davlat universiteti o'qituvchi Email:[email protected]
Tel: 99 870-98-24 https://doi.org/10.5281 /zenodo. 14289372
ABSTRACT
Received: 29 th November 2024 Accepted:1st December 2024 Published:6 th December 2024
KEYWORDS Dutor, dutor alt, dutor prima, dutor sekunda, dutor kontrabas, cholg'u, san 'at, ijrochilik, yakkanavoz, jo'rnavoz.
Dutor sozi o'zbek xalqining musiqiy madaniyati bilan tarixan chambarchas bog'liq san'at ramzi hisoblanadi. Dutor haqidagi dastlabki ma'lumotlarni bizga Mavlono Zaynulobiddin al-Husayniyning Alisher Navoiyga bag'ishlagan. "Musiqiy ilm va amaliyot qonini" risolasida uchratamiz. Ushbu maqolada dutor cholg'usining oilalari haqida ma'lumotlar berilgan.
"Dutor chertib chalinadigan torli musiqiy asboblar sirasiga mansub bolib, Markaziy Osiyo davlatlarining deyarli barcha o'lkalarida, shuningdek, ko'pgina xorijiy Sharq mamlakatlarida tarqalgan. Dutor chalish san'atini puxta egallagan sozandalar ijrochiligi hamda kasbiy va havaslik ijodi namunalari avlodlardan-avlodlarga o'taverib sayqallashgan va O'zbekistonda azaldan o'troq o'troq holda yashagan aholi orasida uni qiyomiga yetkazib ijro etish an'analariga aylana borgan. Dutorda va dutor jo'rligida ijro etilgan qo'shiq, ashula va cholg'u kuylarining ohanglari zamirida sharq mumtoz adabiyotining namoyondalari Lutfiy, Navoiy, Atoiy, Bobur, shuningdek, Zebiniso, Uvaysiy, Nodira, Mahzuna, Ojiza va boshqalarning ijodidan rang olgan lirik-falsafiy mazmun yotadi. Dutor ohanglarining rang-barangligi va boyligi xalqning turmush tarzi, madaniyati qirralarini o'zida aks ettirgan bo'lib, Sharq xalqlari musiqiy tafakkurining nafis jilolarini o'zida mujassamlashtirilgan"1.
Dutor sozi o'zbek xalqining musiqiy madaniyati bilan tarixan chambarchas bog'liq san'at ramzi hisoblanadi. Dutor haqidagi dastlabki ma'lumotlarni bizga Mavlono Zaynulobiddin al-Husayniyning Alisher Navoiyga bag'ishlagan. "Musiqiy ilm va amaliyot qonini" risolasida uchratamiz, XV asrlarning ikkinchi yarmida yozilgan. Bu risola o'sha zamonda kvarta oralig'ida sozlanuvchi 11 pardadan iborat dutor cholg'usi haqida aytib o'tilgan. Dutor va dutor cholg'ulari haqida ma'lumot beruvchi manba Al-Husayniy risolasidan 200 yildan leyin yozilgan " Risolai musiqiy" bo'lib, uning muallifi changchi sozanda Darvish Ali bin Mirzo Ali bin Xo'ja-Mahmud Marvariddir. Darvish Alining bu asari ikki bo'limdan iborat, ular tarixiy va nazariy qismlardir.
Dutor alt- an'anaviy dutorni 1930-yillarda qayta ishlash natijasida paydo bo'lgan turi hisblanadi. Dutor -O'rta Osiyo, Eron va Janubiy Osiyo davlatlarida an'anaviy ikki torli musiqa asbobidir. Nomi fors tilidan olingan bo'lib ikki tor degan ma'noni anglatadi. Dutor XV asr atroflarida paydo bo'lgan deya taxmin qilinadi. Ushbu cholg'u o'zbek, tojik, uyg'ur, Turkman, qoraqalpoq xalqlari orasida keng tarqalgan. O'zbek milliy cholg'usi dutor muloyim, nafis va shirali ovozi bilan boshqa cholg'ulardan ajralib turadi. Dutor yakkanavoz va jo'rnavoz cholg'u
Rasultoyev J. O'zbek dutor ijrochiligi, T.:1997, 3-bet
Volume 1, Issue 17, December 2024
Page 35
bo'lib, ijrochidan katta mahorat talab etadigan sozdir. Dutorda har xil zarblar mavjud, ularga yakka zarb, qo'sh zarb, bilak zarb, teskari zarb kabi usullar mavjud.
Dutor haqidagi dastlabki yozma ma'lumotlarni Navoiyning zamondoshi Zaynulobiddin al-Husayniyning "Musiqaning ilmiy va amaliy qoidalari nomli risolasining XVI bobida uchratishimiz mumkin. XVI - XVII asrlarda "Dutoriy" taxallusi bilan ijod etgan (hirotlik Yusuf Mavdudiy Dutoriy) kabi sozandalarning nomlari manbalarda saqlanib qolgan. Hozirgi milliy dutor ijrochiligining o'ziga xos uslublari 4 ta asosiy dutorchilik maktablari mavjud, ular Andijon, Toshkent, Samarqand va Xorazim viloyatlarda. Dutor torlari kapron (yoki boshqa polimer iplari)dan ushlangan. Dastasiga xromatik tartibda joylashgan yog'och yoki suyak pardalari yelimlab yopishtiriladi. Dutor cholg'usi asosida (O'zbek xalq cholg'ulariga moslab) turli hajmdagi dutor xillari ishlandi ular - dutorbas, dutor-kontrabasdir.
"1930-yillarning o'rtalarida A.Petrosyans rahbarligi ostida bir guruh musiqa ustalari (V.Romanchenko, A.Kevxoyans, S.Didenko ) V.Andreyev ish tajribasiga tayangan holda ( torli chertma) cholg'ularni 12 bosqichli teng temperatsiyalangan prinsip asosida ijrochilikning zamonaviy talab darajasiga moslashtirishga, ya'ni modernizatsiyalashga kirishdilar. Modernizatsiyalashtirishdan asosiy maqsad: ko'p ovozli ansambl va orkestr jamoalarini tuzishdan iborat edi. Shu paytning o'zida A.Petrosyansda cholg'ularning oilasini yaratish fikri paydo bo'ldi"2. Dutor tenor asosida dutor prima, dutor sekunda,
dutor alt, dutor bas va dutor kontrabasdan tashkil topgan dutor oilasi yaratildi.
Dutor alt - yangi yaratilgan cholg'u bo'lib, ovoz jihatdan o'rta registrga ega. Dutor-alt partiyalari skripka kalitida yozilib, yozilishiga nisbatan 1 oktava past eshitiladi. Ikki kapron simlari kvarta (mi-lya 1-oktava) oralig'ida sozlanadi. Pardalari yog'ochdan bo'lib, dastaga yopishtirilib o'rnatilgan. Xromatik tovush qatoriga ega. Diapazoni yozilishi bo' yicha "mi" 1-oktavadan "lya" 3-oktavagacha. Eshitilishi bo'yicha "mi" kichik oktavadan "lya" ikkinchi oktavagacha. Ko'p ishlatiladigan tovush qatori yozilishi bo'yicha "mi" 1-oktavadan "mi" 3-oktava, eshitlishi bo'yicha "mi" kichik oktavadan "mi" ikkinchi oktavagacha.
Dutor-alt cholg'usi ijro etish uslublariga juda boy bo'lib, o'ng qo'l bilagi va barmoqlari yordamida ikki torlarni chertib (yakka, bilak, teskari- zarblar, rez, pizzikato va x.k.) turli murakkab kombinatsiyalashgan ritmik zarblarni amalga oshirish mumkin. Dutor-altda; tersiya, kvarta, kvinta, yuqori registrlarda kichik seksta intervallar ijro etish qulay. Agar bir torni bosib ikkinchisini ochiq holda ijro etilsa, barcha intervallarni chalish imkoniyatlari mavjud. Cholg'u: yakkanavoz, duet, trio, kvartet, kvintet, turli hil ansambllarda, kamer orkestrlar va orkestrlarda keng qo'llaniladi.
Dutor prima - yangi yaratilgan cholg'u bo'lib, dutor cholg'usi oilasida eng yuqori registrga egadir. Dutor-prima partiyalari skripka kalitida yozilib, yozilgan oktavasida eshitiladi. Simlari kaprondan bo'lib, kvarta (mi-lya 1-oktava) oralig'ida sozlanadi. Xromatik tovush qatoriga ega. Pardalari yog'ochdan bo'lib, dastaga yopishtirilgan. Diapazoni "mi" 1-oktavadan "lya" 3-oktavagacha. Ko'p ishlatiladigan tovush qatori "mi" 1-oktavadan "fa#" 3-oktava. Applikatura jihatdan "rubob-prima" applikaturasiga o'xshash. Bu o'xshashlik dutor-primaning bir simida ijro jarayonida qo'llaniladi, lekin cholg'uning ikki torida ikki ovozlik musiqa ijro etilganda applikatura o'zgaradi.
Cholg'uga ijro etishda: tersiya, kvarta, kvinta, yuqori registrlarda katta seksta qulay intervallar xisoblanadi. Ochiq bir sim bilan barcha intervallarni ijro etish ham qulaydir. Dinamik jixatdan "piano" chalinganda juda mayin, yumshoq ovoz chiqadi va aksincha "forte" dinamikasi ijro etilganda jarangdor tovush yangraydi. Lekin shunga qaramay dutor-prima obertonlarga boy cholg'u xisoblanmaydi. Unda asosan tremolo, bilak zarblar, o'ng va chap qo'l "pizzikato", "flajoletto" ijro uslublari ko'p qo'llaniladi. Dutor-prima; yakkanavoz, duet, turli hil ansambllarda, kamer orkestrlar va orkestrlarda qo'llaniladi.
2 Tashmatova.A. Ijrochilik san'ati tarixi,94-bet.
Dutor sekunda - yangi yaratilgan cholg'u bo'lib, ovoz jihatdan o'rta registrga ega. Dutor-sekunda partiyalari skripka kalitida yozilib, yozilgan oktavasida eshitiladi. Ikki kapron simlari kvarta, kvinta (re 1-oktava, lya yoki sol kichik oktava) oralig'ida sozlanadi. Pardalari yog'ochdan bo'lib, dastaga yopishtirilib o'rnatilgan. Xromatik tovush qatoriga ega. Diapazoni "lya" yoki "sol" kichik oktavadan "lya" 2-oktavagacha. Ko'p ishlatiladigan tovush qatori "lya" yoki "sol" kichik oktavadan "sol" 2-oktava.
Dutor-sekunda cholg'usida ijro etish uslublariga juda boy bo'lib, o'ng qo'l bilagi va barmoqlari yordamida ikki torlarni chertib (yakka, bilak, teskari- zarblar, rez, pizzikato va x.k.) turli murakkab kombinatsiyalashgan ritmik zarblarni amalga oshirish mumkin.
Cholg'uda ijro etishda: tersiya, kvarta, kvinta, yuqori registrlarda katta seksta qulay intervallar xisoblanadi. Ochiq bir sim bilan barcha intervallarni ijro etish ham qulaydir. Dutor-sekunda; duet, trio, kvartet, kvintet, turli hil ansambllarda, orkestrlarda qo'llanilishi mumkin.
Dutor tenor - o'zbek xalqining eng sevimli an'anaviy sozlaridan biri bo'lib, tarixdan xozirgi kunga qadar deyarli o'zgarmay kelgan. Ovoz jixatdan o'rta registrga ega. Cholg'u uchun asarlar skripka kalitida yoziladi va yozilishiga nisbatan 1 oktava past eshitiladi. Ikki ipak torlari; unnison, kvarta, kvinta, oktavaga(re, do unnison va oktava; 2-tori kichik oktava lya yoki sol, 1-tori re, ba'zida do) oralig'ida sozlanadi. Pardalari ichak yoki kapron ipdan boylangan bo'lib, diatonik tovush qatoriga ega. Diapazoni: yozilishi bo'yicha "sol" yoki "lya" kichik oktavadan "lya" 2-oktava; eshitilishi bo'yicha "sol" yoki "lya" katta oktavadan "lya" 1-oktavagacha.
Cholg'u juda mayin, yoqimli, mungli tovushga ega bo'lganligi sababli xalq orasida keng tarqalgan. Dutor tenor cholg'usi ijro etish uslublariga juda boy bo'lib, o'ng qo'l bilagi va barmoqlari yordamida ikki torlarni chertib (yakka, bilak, teskari- zarblar, rez, pizzikato va x.k.) turli murakkab kombinatsiyalashgan ritmik zarblarni amalga oshirish, chap qo'l "Pizzikato"ijro uslublari, dutor dekasiga chertib usul berish xalq va bastakor asarlarida keng qo'llaniladi. Dutor tenor asosan; yakkanavoz, turli xil an'anaviy ansambllarda keng qo'llaniladi.
Dutor cholg'usi oilalarining paydo bo'lishi o'zbek xalq cholg'ulari orkestri va ansamblida cholg'uning ahamiyatini oshirdi. Hozirgi kunda o'zbek xalq cholg'ulari orkestrida dutor alt, dutor bas, dutor prima cholg'usi qo'llanilmoqda. An'anaviy milliy dutor esa maxsus asarlarni ijro etish uchun foydalanilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Rasultoyev J, "O'zbek dutor ijrochiligi"
2. Tashmatova A. "Ijrochilik san'ati tarixi".
3. M.Safarova - "Dutor mutaxasisligi bo'yicha o'quv qo'llanma"
4. G.Muhamedova - "Dutor darsligi".
5. Qizi, S. X. F., & Shahnoza, A. (2022). MUSIQA TA'LIMIDA CHOLG 'U IJROCHILIGINING UZVIYLIK MASALALARI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(Conference DSMI), 123-129.
6. Bahadirov, N., Karimov, D., & Shukurjonova, X. (2024). KOMPOZITOR REFAT IBADLAYEV. Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и исследований в области управления, 1(6), 72-79.
7. qizi Shukurjonova, X. F. (2023). DUTOR IJROCHILIGINING SHAKLLANISHI. Educational Research in Universal Sciences, 2(11 SPECIAL), 237-240.
8. qizi Shukurjonova, X. F., & Shahnoza, A. (2023, January). BOSHLANG 'ICH MUSIQIY TA'LIM TIZIMIDA BOLALARNING MUSIQIY RITM QOBILYATINI RIVOJLANTIRISH. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 1, pp. 257-262).
9. Djurayev, M., Husenov, J., & Qurbonova, C. (2024). GEOGRAFIYA DARSLARIDA ZAMONAVIY O'YIN TEXNOLOGIYALAR. Журнал академических исследований нового Узбекистана, 1(5), 67-70.
10. Djurayev, M., Qurbonova, C., & Husenov, J. (2024). GEOGRAFIYA FANINING MAKTABLARDA O'TILISH SIFATI. Журнал академических исследований нового Узбекистана, 1(5), 71-73.
11. Musayeva, S. I. (2024). ADVANTAGES AND DISADVANTAGES OF INTERACTIVE METHODS INTRODUCING THE CLT (COMMUNICATIVE LANGUAGE TEACHING) APPROACH. World Scientific Research Journal, 32(1), 217-219.
12. Musayeva, S. I., & Mengliyeva, S. S. (2022). Kursantlarning madaniyatlararo rivojlantirish.
13. АМАНБАЕВ, Ж. (2022). НАРКУЛОВА ИРК Технология организации самостоятельной работы в высших военных образовательных заведениях Республики Узбекистан. МОЛОДОЙ УЧЕНЫЙ Учредители: ООО" Издательство Молодой ученый".-2022,23, 136-139.
14. Наримова, Г. А., Сиддикова, Н., & Саматова, Г. (2015). Различные подходы в преподавании иностранного языка студентам в неязыковых вузах. Научный альманах, (11-2), 292-296.
15. Shaimova, G. A., Shavkieva, D., & Abdukadyrova, N. (2014). The Importance of WebQuest Technologies in Formation of the Professional Speech in Future Specialists. In Young Scientist USA (pp. 160-162).
16. Dilshod, K. (2023, April). O'ZBEK KINOFILMLARIDA MILLIY MUSIQALARDAN FOYDALANISH HOLATI: MUAMMO VA YECHIMLAR. In Integration Conference on Integration of Pragmalinguistics, Functional Translation Studies and Language Teaching Processes (pp. 46).
17. Karimov, D. (2023, April). Muvaffaqqiyat Yo 'Lim: Unda Topganlarim Va Yo 'Qotganlarim. In International Conference on Multidimensional Research and Innovative Technological Analyses (pp. 6-8).