CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES A
ISIAN iqfflKNAI. OF SCI PCISHRY RESEARCH IAGEMENT STUDIES
.ISSJf
DUTORCHI SOZANDALARIJODIGA BIR NAZAR
Bebetova Marjona Bahriddin qizi Guliston davlat universiteti, San'atshunoslik fakulteti 1-bosqich talabasi Karimov Dilshod Mashrab o'g'li Guliston davlat universiteti, San'atshunoslik fakulteti o'qituvchisi, dilshod3288882gmail.com +998906105099 https://doi.org/10.5281/zenodo.14289324
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 29 th November 2024 Accepted:1st December 2024 Published:6 th December 2024
KEYWORDS Dutor cholg'usi, oilasi, tuzilishi, shtrixlar,
ijrochilik, applikatura, dombra, zarb.
Dutor cholg'usi Markaziy Osiyoda keng tarqalgan cholg'u hisoblanadi. Ushbu maqolada dutorlarlar oilasi va ularning ijro uslublari haqida ma'lumot berilgan.
Dutor - bu xalqimizning musiqiy madaniyatida alohida o'ringa ega bo'lgan qadimiy torli cholg'u sozi hisoblanib, uning mayin va jozibali ovozi yillar davomida ko'plab mashhur hofiz va san'atkorlarning ijodida o'chmas iz qoldirib kelayotganini ko'rishimiz mumkin. Ammo ular dutor cholg'usini chin ma'noda jonlantirib, uni xalq qo'shiqlari va mumtoz musiqalarning ajralmas bir qismiga aylantirganini kuzatishimiz mumkin. Bular dutorchilar, ya'ni dutor chaluvchi san'atkorlar hisoblanadi. Ushbu maqolada mashhur dutorchilar, dutorga hissa qo'shgan san'atkorlar hayoti va ularning musiqiy merosini yoritishga harakat qilamiz. Qadimiy san'atni davom ettirgan sozanda darg'alar.
Dutorchilik san'ati asrlar davomida ustoz-shogird an'analari asosida rivojlanib kelmoqda. Har bir dutorchi o'z ustozidan saboq olib, o'ziga xos ijro uslubini yaratadi va bu san'atni keyingi avlodlarga yetkazib berishayotganini ko'rmoqdamiz. Quyida dutorchilik san'ati rivojiga katta hissa qo'shgan mashhur dutorchilarning hayoti va faoliyati haqida siz bilan birga hozir yanada aniqroq tahlil qilamiz.
Turg'un Alimatov - o'zbek mumtoz musiqasining buyuk dutorchisidan biri hisoblanadi. Turg'un Alimatov o'zbek musiqa san'ati tarixida o'chmas iz qoldirgan buyuk san'atkorlardan biri sanaladi. Alimatov XX asrning o'rtalarida dutorchilikni yangi bosqichga olib chiqdi va bu cholg'u sozining imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Alimatovning ijodida xalq kuylariga bo'lgan hurmatni va mumtoz musiqaga bo'lgan mehrni his qilishimiz mumkin. Alimatovning ijrosidagi "Segoh", "Chorgoh" va "Dilxiroj" kabi kuylar tinglovchilarning qalbiga chuqur kirib boradi.
Turg'un Alimatovning eng katta yutug'I bu o'z dutorchilik uslubini yaratganligidir. Alimatov kuylarni ijro qilayotganda barmoqlar harakatini juda ravon va nozik usulda olib borar edi. Bu esa uning ijrosiga alohida ruh va nafislik qo'shar edi. Bugungi kunga kelib Alimatovning shogirdlari bu uslubni davom ettirmoqda. Alimatov tomonidan yuksak mahorat bilan ijro etilgan "Dutor navosi" , "Tanovar" , "Chorgoh" ,"Munojot" , "Navro'zi ajam" , "Buzruk" , "Kuygay" kabi mumtoz musiqa namunalari juda katta shuhrat qozongan Orif Alimov - dutorchilik an'analarining zamonaviy targ'ibotchisi O'zbekistonda dutorchilik san'atini xalqaro miqyosga olib chiqqan san'atkorlardan biri
Orif Alimov sanaladi. Alimov nafaqat mumtoz kuylarni, balki zamonaviy musiqani ham dutor cholg'u sozini mahorat bilan ijro etishi bilan ajralib turadi. Alimov o'zining ijodiy faoliyatida dutorning ohangdorligini yangi darajaga olib chiqib, uni turli musiqiy janrlarga moslashtirdi.
Orif Alimovning maqsadi - yosh avlodlarni dutorchilik san'atiga qiziqtirish va bu qadimiy cholg'u sozini zamon bilan hamnafas qilish bo'lgan. Alimov ko'plab xalqaro festivallarda qatnashib, dutorning jozibasini, nafisligini dunyoga tanitgan. Ziyodaxon Qodirova - dutor ovozidagi nazokat.
Dutorchilik san'ati ayollar orasida ham keng tarqalgan. Ziyodaxon Qodirova - bu yo'nalishda alohida e'tirofga sazovor bo'lgan ijodkorlardan biri sanaladi. Qodirovaning ijrosidagi kuylar nafaqat nafisligi, balki ichki hissiyotlar bilan boyitilganligi bilan ajralib turadi. U dutor ovozida xalqning qalbini, dardini va quvonchini namoyon qilishga harakat qiladi.
Bugungi kunda dutorchilik san'ati yoshlar orasida qayta tiklanib borayotgani quvonarlidir. Ko'plab san'at maktablarida dutor cholg'u sozi bo'yicha maxsus darslar tashkil etilgan, mashhur san'atkorlarning shogirdlari esa bu an'anani davom ettirish uchun astoydil harakat qilmoqda. Masalan, yosh dutorchilar orasida Dilshod Narziyev , Ulug'bek Yunusov , Xusnora Shukurjonova va Madina Ismoilova kabi iqtidorli ijrochilar o'z mahoratlari bilan tanilib kelayotganini va yangi kuylar yaratishga intilishayotganini ko'rishimiz mumkin. Dutorchilar va xalq musiqasi.
Dutorchilarning ijodi xalq musiqasi bilan chambarchas bog'liq. Ular xalq kuylarini ijro etish, ularni yangi uslubda talqin qilish va yangi kuylar yaratish orqali milliy musiqamizni boyitishda davom etmoqda. Har bir dutorchi o'z ijrosida faqat kuy emas, balki xalqning tarixini, his-tuyg'ularini va madaniy qadriyatlarini aks ettiradi.
Xulosa
Dutorchilar - bu qadimiy san'atning tirik jonlantiruvchilari hisoblanadi. Ularning har biri o'z hayoti va ijodi orqali dutorning sehrli,nafis,jozibali,nazokatli ovozini avlodlarga yetkazib kelmoqda. Bugungi kunda dutorchilik san'atining rivoji va davomiyligi yosh avlodning bu san'atga bo'lgan qiziqishiga va ustozlarning bilimlari bilan bog'liqdir. Shunday ekan, dutorchilik faqat milliy cholg'u emas, balki xalqning madaniy boyligi sifatida o'z o'rnini saqlab qolishi muhim sanaladi.
Dutor yakkanavoz va jo'rnavoz cholg'u sozi bo'lib, sozandadan katta ijro mahoratini nafislikni talab etadi. Dutorda yakka zarb, qo'shzarb, bilak zarb, bidratma,tremolo, teskari zarb kabi ijro usullari mavjud. Dutor haqidagi dastlabki yozma ma'lumotlarni Navoiyning zamondoshi Zaynulobidin al-Husayniy ,,Musiqaning ilmiy va amaliy qoidalari" nomli risolasi (XVI bobi) da uchratamiz. XVI - XVII asrlarda „Dutoriy" taxallusi bilan ijod etgan (hirotlik Yusuf Mavdudiy Dutoriy, mashhadlik Mirquliy Dutoriy kabi) sozandalarning nomlari manbalarda saqlangan. Hozirda milliy dutor ijrochiligining o'ziga xos uslublari 4 ta asosiy (Andijon, Toshkent, Samarqand va Xorazm) dutorchilik maktablari orqali namoyon bo'ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. J.Rasultoev "O'zbek dutor ijrochiligi" T., 1997
2. Shavkat Rahimov "Dutor" (Musiqa va san'at maktablari uchun o'quv qo'llanma) T., 2004.
3. G.Muhammedova "Dutor" (Musiqa va san'at maktablari uchun o'quv qo'llanma).
4. Dilshod, K. (2023, April). O 'ZBEK KINOFILMLARIDA MILLIY MUSIQALARDAN FOYDALANISH HOLATI: MUAMMO VA YECHIMLAR. In Integration Conference on Integration of Pragmalinguistics, Functional Translation Studies and Language Teaching Processes (pp. 46).
5. Karimov, D. (2023, April). Muvaffaqqiyat Yo 'Lim: Unda Topganlarim Va Yo 'Qotganlarim. In International Conference on Multidimensional Research and Innovative Technological Analyses (pp. 6-8).
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES A
6. Djurayev, M., Husenov, J., & Qurbonova, C. (2024). GEOGRAFIYA DARSLARIDA ZAMONAVIY O'YIN TEXNOLOGIYALAR. Журнал академических исследований нового Узбекистана, 1(5), 67-70.
7. Djurayev, M., Qurbonova, C., & Husenov, J. (2024). GEOGRAFIYA FANINING MAKTABLARDA O'TILISH SIFATI. Журнал академических исследований нового Узбекистана, 1(5), 71-73.
8. Наримова, Г. А., Сиддикова, Н., & Саматова, Г. (2015). Различные подходы в преподавании иностранного языка студентам в неязыковых вузах. Научный альманах, (11-2), 292-296.
9. Shaimova, G. A., Shavkieva, D., & Abdukadyrova, N. (2014). The Importance of WebQuest Technologies in Formation of the Professional Speech in Future Specialists. In Young Scientist USA (pp. 160-162).
10. Bahadirov, N., Karimov, D., & Shukurjonova, X. (2024). KOMPOZITOR REFAT IBADLAYEV. Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и исследований в области управления, 1(6), 72-79.
11. qizi Shukurjonova, X. F. (2023). DUTOR IJROCHILIGINING SHAKLLANISHI. Educational Research in Universal Sciences, 2(11 SPECIAL), 237-240.
12. Musayeva, S. I. (2024). ADVANTAGES AND DISADVANTAGES OF INTERACTIVE METHODS INTRODUCING THE CLT (COMMUNICATIVE LANGUAGE TEACHING) APPROACH. World Scientific Research Journal, 32(1), 217-219.
13. Musayeva, S. I., & Mengliyeva, S. S. (2022). Kursantlarning madaniyatlararo rivojlantirish.
14. АМАНБАЕВ, Ж. (2022). НАРКУЛОВА ИРК Технология организации самостоятельной работы в высших военных образовательных заведениях Республики Узбекистан. МОЛОДОЙ УЧЕНЫЙ Учредители: ООО" Издательство Молодой ученый".-2022, 23, 136139.
15. qizi Shukurjonova, X. F., & Shahnoza, A. (2023, January). BOSHLANG 'ICH MUSIQIY TA'LIM TIZIMIDA BOLALARNING MUSIQIY RITM QOBILYATINI RIVOJLANTIRISH. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 1, pp. 257-262).