Научная статья на тему 'DOSTON IJROCHILIGIDA SOZ VA SO‘Z UYG‘UNLIGI'

DOSTON IJROCHILIGIDA SOZ VA SO‘Z UYG‘UNLIGI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
226
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
doston / baxshi / shoir / ijrochilik / soz / do‘mbira / dutor / doira / tor / bulamon / sozanda

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Bekzod Normurodovich Safarov

Doston ijrochilik maktablarining oʻziga xos anʼanalari bor. Har bir dostonchilik maktablari o‘zining doston ijrochiligi xususiyatlari bilan boshqa dostonchilik maktablaridan farq qiladi. Ushbu maqolada doston ijrochilik maktablari, ijrochilik an’analari, ijrochilikda soz va so‘zning uyg‘unligi, doston ijrochiligida sozning o‘ziga xos jihatlari ilmiy tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DOSTON IJROCHILIGIDA SOZ VA SO‘Z UYG‘UNLIGI»

DOSTON IJROCHILIGIDA SOZ VA SO'Z UYG'UNLIGI

Bekzod Normurodovich Safarov Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti

Annotatsiya: Doston ijrochilik maktablarining o'ziga xos an'analari bor. Har bir dostonchilik maktablari o'zining doston ijrochiligi xususiyatlari bilan boshqa dostonchilik maktablaridan farq qiladi. Ushbu maqolada doston ijrochilik maktablari, ijrochilik an'analari, ijrochilikda soz va so'zning uyg'unligi, doston ijrochiligida sozning o'ziga xos jihatlari ilmiy tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: doston, baxshi, shoir, ijrochilik, soz, do'mbira, dutor, doira, tor, bulamon, sozanda

THE HARMONY OF MUSIC AND WORDS IN THE PERFORMANCE OF

THE EPIC

Bekzod Normurodovich Safarov Uzbek National Music Art Institute named after Yunus Rajabi

Abstract: Epic performance schools have their own traditions. Each epic school differs from other epic schools in its performance characteristics. In this article, there is a scientific analysis of the schools of epic performance, traditions of performance, the harmony of music and words in performance, and the unique aspects of music in epic performance.

Keywords: epic, bakhshi, poet, performance, music, dombra, dutar, tambourine (doira), tar, bulaman, musician

KIRISH

Qadimiy dostonlarimiz juda uzoq o'tmishga borib taqalishi haqida tarixiy manbalar, shu bilan birga Mahmud Qoshg'ariy, Alisher Navoiy kabi allomalar asarlarida ko'plab dalillar bor. Baxshichilik san'ati xalq og'zaki ijodining turli shakllari - so'z o'yinlari va qochirimlar, maqol va matallaridan unumli foydalanishga asoslanadi. Tinglovchini o'ziga rom etuvchi ohang dostonni jozibali va qiziqarli qiladi. Bu esa baxshilardan katta iste'dod, kuchli mahorat va xotirani, muntazam mashq qilishni talab etadi.

Ma'lumki, xalq og'zaki ijodida dostonlar necha ming yillardan beri baxshilar tomonidan kuylanib, sayqallanib, avlodlarga og'zaki tarzda o'tib kelgan. Baxshichilik an'analarini kuzatarkanmiz, u soz chertganda sozanda, she'riy parchalarni aytganda xonanda, shuningdek, parchalarni bir zumda to'qib ketadigan shoir hamdir. Shoirtabiat

I icOE^^^^HI 84 http://oac.dsmi-qf.uz

baxshi hech qachon dostonni bir xil, ya'ni o'zgarishsiz ijro etmaydi. Baxshi "Alpomish" dostonini kuylaganda uning mardligi, Barchinni so'zlaganda go'zal va oqila qiz ko'z oldimizda gavdalanadi. Shuning uchun doston ham har bir tinglovchiga beqiyos ma'naviy zavq beradi.

Doston juda ulkan va murakkab, noyob xazina bo'lib, uning yaratilishi va sayqal topishiga ajlodlarimizning juda katta o'rni bor. O'zbekistonda xalq dostonchiligi, shuningdek, epik musiqa, doston janri deb nomlangan o'zining nasriy va nazmiy unsurlarini musiqa cholg'usi jo'rnavozligida qamrab olganligini namayon etadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Hozir O'zbekistonda doston ijrochiligining uchta yirik yo'nalishi mavjud bo'lib, bu yo'nalishlarni ijrochilik uslublari, deb atash to'g'ri bo'ladi. Chunki ularning barchasida doston va termalar ijrosi asosiy o'rin tutadi. Qashqadaryo va Surxondaryoda keng tarqalgan doston ijrochilik uslubida baxshilar doston va termalarni yakka holda, do'mbira jo'rligida va ichki ovoz bilan kuylaydi. Muqaddam bu uslubda kuylaydigan baxshilar Samarqand, Navoiy, Toshkent, Jizzax, Namangan viloyatlarida ham mavjud bo'lgan va keyinchalik turli sabablarga ko'ra, butunlay faoliyatni to'xtatgan yoki juda kamchilikni tashkil etadi. Buning sababini tinglovchilarda ko'rish lozim. Qayerda baxshilar aholining oilaviy marosimlariga taklif etilib, oddiy rag'batlantirish olsa, shu erda baxshilar saqlangan, aksincha, baxshilar e'tibordan chetda qolgan joylarda o'z faoliyatini davom ettirmagan va shogirdlar tayyorlamagan.

Qashqadaryo-Surxondaryo doston ijrochilik maktabi baxshilarining eng yaqin hamkori bu - Do'mbira cholg'usi hisoblanadi. Do'mbira cholg'usi asosan, Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari, shuningdek, boshqa viloyatlarning ayrim tumanlarida tarqalgan. Mazkur cholg'udan baxshilar xalq dostonlarini, termalarni kuylashda jo'rovoz sifatida, do'mbirakashlar esa "Cho'poncha", "Do'mbira kuy", "Baxshi kuy", "Kelinoy", "Qo'ng'iroti" kabi do'mbira kuylarini ijro qilishda foydalanadilar. Tashqi ko'rinishi, tuzilishi va tembri do'mbiraga o'xshash bo'lgan cholg'u sozlari Oltoylarda (topshur), Tojiklarda, Afg'onlarda (do'mbiroq), Qirg'izlarda Qo'mis, Eski turkiy xalqlarining ayrim hududlarida Xomis deb ham nomlangan. [12, 794 b.]

Xorazm doston ijrochiligi uslubi yuqoridagi ijrochilik uslubidan keskin farq qiladi. Ya'ni baxshilar doston qo'shiqlariga tor cholg'usida jo'r bo'ladilar, ularga doira va bulamon cholg'usi ham qo'shiladi. Baxshi ochiq ovozda so'zlaydi va kuylaydi. Shuningdek, Qashqadaryo-Surxondaryo uslubidan farqli o'laroq, doston qo'shiqlari alohida holda ham kuylanadi. Shuning uchun ham Xorazm xalq qo'shiqlari nomi ostida kuylanadigan qo'shiqlarning yarmidan ko'pini doston qo'shiqlari tashkil etadi. Xorazmlik ko'plab mashhur qo'shiqchilar dastlabki ta'limni baxshilardan olgani buni

isbotlaydi. Masalan, Komiljon Otaniyozov va Ochilbek Matchonov shunday maktabni o'tagan.

Biz yuqorida, Xorazmda qadimdan buyon dutorda ijro etib kelinayotgan janr va ijrochilik an'analari bog'liqligiga urg'u berib o'tmadik. Binobarin, O.Matyoqubov "Maqomot" nomli monografik kitoblarida: "O'zbek baxshichiligining yana bir katta Xorazm maktabi o'zining yorqin musiqa - ashulachilik ibtidosi bilan dutor cholg'usiga asoslanadi" - deya alohida ta'kidlab o'tgan. [5, 279b.] Qolaversa, O.Matyoqubov Botir Matyoqubov tomonidan yozilgan kitobdagi so'z boshida: "Dostonning bosh qahramoni sozanda. U dutor chalib, qo'shiq aytib kun ko'radi. Doston boshidan oxirigacha soz nafasi bilan sug'orilgan. Soz vasfiga qaratilgan" - deya takidlab o'tgan. [6, 3b.] Bundan ko'rinadiki, Xorazm baxshichilik maktabi vakillari dostonlarni soz va so'zni musiqiy-badiiy timsoliy aks ettirishda dutor cholg'usidan keng foydalangan. Aynan dutorda turli "Chap", "Pirrang" "Zud pirrang" va "Islimiy bezak" singari zarblar Xorazm doston ijrochiligini badiiy jihatdan ifoda etishda muhim hisoblanadi.

TADQIQOT NATIJALARI

Qoraqalpoq doston ijrochilik uslubi esa ikki yo'nalishga bo'linadi. Qahramonlik dostonlarini yakka holda qo'biz cholg'usi jo'rligida, ichki ovozda kuylovchilar "jirov" deb ataladi. Olamo'ynoq dutori (qoraqalpoqlar chaladigan metall torli dutor shunday ataladi)ni chalib ochiq ovozda lirik dostonlarni kuylovchilarni "baqsi" deb atashadi. Ularga an'anaviy uch torli g'ijjak va bulamon cholg'uchilari jo'r bo'ladi.

"Jirovlar" - "qo'biz" cholg'usi yordamida asosan botirlik jirlarining ijrochilari hisoblanadi. Qoraqalpoq xalqi orasida jirovchilik maktabining asoschisi sifatida, xalq orasida afsonaga aylangan Soppasli Sipira jirov ko'rsatiladi. Soppasli Sipira jirov XIV asrda yashab otgan jirov bo'lib, u turkiy tilda so'zlashuvchi qavmlar yoki Oltin O'rda xonligi qo'l ostida yashab turgan bir davrda umr guzoronlik qilgan qozoq, bashqurd, tatar, nog'oy folklorida ham uchratishimiz mumkin. Soppasli Sipira jirov nomini ilk bora adabiyotchi, etnograf, musiqa tadqiqotchisi Ch.Valixanov: "Sipira jirov, To'xtamishxonning eng obro'li maslahatshilaridan bittasi edi, u no'g'oyli davrining ko'pgina epik jirlarini ijro qiladigan edi" - deb ko'rsatib o'tgan. [13, 266 b.] Jirovlar asosan asarlarni qo'biz musiqiy asbobida ijro etadilar. Qo'biz qoraqalpoq xalqining eng qadimiy musiqiy asboblaridan biri hisoblanadi. Qo'biz sozi qoraqalpoqlardan tashqari boshqa sharq xalqlari, qozoq, qirg'iz, uyg'ur shuningdek ukrainlarda (bandur) ham uchratishimiz mumkin. XI asrning buyuk olimi Maxmud Qoshg'ariyning "Devonu lug'atit turk" kitobida musiqiy asboblardan - qo'biz, sibizg'a, karnay v.b ko'rsatilib o'tiladi. [14, 7 b.]

Qoraqalpoq xalq og'zaki ijodining ko'plab janrlarida hazil-mutoyiba va hajviy asarlar ko'p uchraydi. Ularga misol tariqasida xalq og'zaki nasriy ijodi namunalarini keltirish mumkin. Yoki kulguli qo'shiq dialoglar-aytis yoki juaplar ham ushbu janrdagi ijodga kiradi. Ular asosan yosh yigit va qizlar o'rtasidagi so'z o'yinlarida qo'llaniladi.

I icclT^^^^H 86 http://oac.dsmi-qf.uz

Juap-savollarni qisqa, takomillashgan, ijodiy va qofiyalashgan shaklda berishga va tezda, o'zini yo'qotmasdan, hozirjavoblik bilan javob qaytarish qobiliyatiga asoslanadi. Ular musiqasiz, ammo, ohang bilan va ritmik o'tishlar bilan ijro etiladi. Qadimda, shuningdek, xalq shoirlari orasidagi so'z aytishuvlari ham mashhur bo'lgan. [11, 67b.]

MUHOKAMA

Hajmi yirik bo'lgan dostonlar baxshilardan badihago'ylik va musiqiy-nazmiy qobiliyatni, o'qish-yozish va mahoratini talab etadi. Dostonlarning asosiy musiqiy janri - termadir. Terma so'z va kuydan tashkil topib, musiqa cholg'usi do'mbira yoki qo'biz va cholg'u asbobi bilan birga aytiladi. Har bir dostonda 5 tadan 36 gacha kuy - ohanglar qo'llanadi. Doston kuylari "nag'ma", "nola" yoki "nolish" va "baxshi kuy" deb ataladi. O'zbek dostonchilik san'atida ikkita asosiy ijro uslubi mavjud.

1. Rechitativ - deklamatsion - tomoq, ya'ni "bog'iq ovoz" aytish: Bu aytim jarangsiz, xira bo'lib u do'mbira yoki qo'biz jo'rligida yaxshi ijro etiladi.

2. Qo'shiqsimon - kuychang - cholg'u ansambli jo'rligida ijro etiladi.

Ularda kuy tuzilishi, xarakteri va ritim - usul holatlari ancha rivojlangan. Ushbu dostonlarda terma qo'shiq ijro tarzi turlicha bo'lib, u baxshining badiiy didi va mahoratiga bog'liq bo'ladi. [8, 47 b.]

Sherobod maktabining mashhur baxshisi Umir shoir Safar o'g'li Sherobod baxshilik maktabining asoschilaridan biri Surxandaryolik Sherna baxshiga shogird tushib, ustozidan doston va termalar, do'mbira nag'malarni o'rgangan. [4, 8 b.] Umir shoir Safar o'g'li o'z ijrosida Qamay maktabi nomalari soni keltiriladi:

"Ey do 'mbram gajakdor,

O 'ttiz ikki nomang bor.

Hammasi ham maftunkor,

Birin chalsam biri bor - deb, nomalar soni qayd etiladi. Umir shoirning o'g'li O'zbekiston xalq baxshisi Qora baxshi Umirovning axborot berishicha, mazkur nomalar soni Qodir baxshi Rahimov tomonidan oltmish to'rttagacha yetkazilgan" [6, 40 b.] Yuqoridagi ma'lumotlardan ko'rib turibmizki, baxshilik san'atining o'ziga xos ijro mahoratini ko'rsatuvchi birinchi va eng asosiy omil do'mbiradir. Do'mbira sozi orqali baxshilar o'ziga xos bo'lgan nag'malar orqali doston kuylaydi.

XULOSA

Baxshi xalq dostonlarini xotirasida mustahkamlab, ayni noyob boylikni yanada takomillashtirib, xalq orasida ommalashtirib, avloddan-avlodga olib o'tuvchi ma'sul shaxs bo'lib hisoblanadi. Ahamiyatli tomoni shundaki, baxshi alohida iqtidor egasi sifatida bir vaqtning o'zida sozandalik va ijro qilish jarayonini olib boradi. Baxshilardan mustahkam xotira, o'ziga xos chaqqonlik va tiniq ovoz kabi xususiyatlar talab etiladi. Qashqadaryo va Surxondaryoda keng tarqalgan doston ijrochilik uslubida baxshilar asosan do'mbira va chanqovuz cholg'u asboblari jo'rligidan foydalaniladi.

I [ccñ^^BI 87 http://oac.dsmi-qf.uz

Xorazm doston ijrochiligida esa baxshilar, doston qo'shiqlariga tor cholg'usida jo'r bo'ladilar, ularga doira va bulamon cholg'usi ham qo'shiladi. Qoraqalpoq doston ijrochiligida baxshilar yakka holda qo'biz cholg'usi jo'rligida ijro etishgan. Bu esa xalq dostonchiligi, shuningdek, epik musiqa, doston janri deb nomlangan o'zining nasriy va nazmiy unsurlarini musiqa cholg'usi jo'rnavozligida qamrab olganligini namayon etadi.

Hozirda baxshichilik san'atiga e'tibor asosida, birinchi navbatda, ta'lim tizimida baxshilarni tayyorlash vazifalari qo'yilgan edi. Buning natijasi o'laroq, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil, 2-sentabrdagi 536-son qarori asosida Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti faoliyati tashkil etildi va institutda Xalq ijodiyoti: (baxshichilik va dostonchilik) ta'lim yo'nalishi ochilib talabalarga baxshichilik san'atining sir-asrorlari ustoz baxshilar tomonidan o'rgatib kelinmoqda. Talabalar yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, doston ijrochiligi bilan birga cholg'u sozlarini o'rganish kabi ixtisoslik fanlarini mukammal o'zlashtirib, doston ijrochiligining o'ziga xos an'ana va uslublarini puxta egallab kelajak avlodga yetkazuvchi vazifasini bajarishlari lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mirzayev T. Xalq baxshilarining epik repertuari / Mas'ul muharrir: O'zR FA akademigi Shoabdurahmonov Sh. - Toshkent: Fan, 1979.

2. Madayev O. O'zbek xalq og'zaki ijodi: O'quv qo'llanma / Mas'ul muh.: fil.f.d., prof. H.Boltaboev. Toshkent:, 2010.

3. Begmatov S., Matyoqubov M. O'zbek an'anaviy cholg'ulari. - T.: "Yangi nashr" 2008.

4. Yuragimning jo'ri bo'lgin do'mbiram / to'plab nashrga tayyorlovchi Hakimov O'.- Toshkent: Akademnashr, 2019.

5. Matyoqubov O. Maqomot. - T.: Musiqa 2004.

6. Matyoqubov B. Xorazm doston ijrochiligining sarxat sahifalari. - "Xorazm" nashriyoti, 1999.

7. Mirzayev T., Turdimov Sh., M.Jo'rayev., J.Eshonqulov., A.Tilovov. O'zbek folklori: Darslik / Mas'ul muh. Fil.f.n.,dots. O.Madayev. Toshkent: "Tafakkur bo'stoni", 2020.

8. Matyoqubov B. Doston navolari / Mas'ul muharrir: san.f.n., prof. Yunusov R. - Toshkent, 2009.

9. Qurbonov R. San'atning sirli olami: San'atnoma 1. - T.: G'ofur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2011.

10. "O'zbek mumtoz musiqasi" Abdullayev R. T.: 2008.

11. Rametullaeva Gulparshin. Xalq og'zaki ijodi hamda doston ijrochilik uslublari / Solution of social problems in management and economy - International scientific-online conference. - 65-67-b.

12. Safarov B. Do'mbira sozining tuzilishi, imkoniyatlari va doston ijrochiligida tutgan o'rni / "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / Volume 3 Issue 2 / June 2022. 793-798-b.

13. Валиханов Ч. "Записки Императорского Русского географического общества по отделению этнографии.". Том 1, XXIX.Cn6, 266-267 с.

14. Adambayeva T. Jiraw namalari. Qoraqalpog'iston, Nukus -1991.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.