Научная статья на тему 'DOLLAR DARAXTINING YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI'

DOLLAR DARAXTINING YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
154
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zamiokulkas / barg / ildiz poya / novda / gumus / qum / tuproq / suv / o’g’itlash / yorug’lik / kasallik. / zamiokulkas / leaves / rhizomes / twigs / humus / sand / soil / water / fertilizer / light / disease.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Saminov Avazbek Alimardon O‘g‘li, Abdug‘aniyeva Durdona O‘ktamjon Qizi, Nazirova Bonuxon Hayrulla Qizi

Maqolada dollar daraxtini turli xil ko‘paytirish usullarini takomillashtirish orqali dorivor o‘simliklar yetishtiriladigan plantatsiyalariga yosh nihollarini yetkazib berish yo’llari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DOLLAR TREE GROWTH TECHNOLOGY

The article discusses ways to supply young seedlings to medicinal plantations by improving the various methods of propagating the dollar tree.

Текст научной работы на тему «DOLLAR DARAXTINING YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI»

DOLLAR DARAXTINING YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI Saminov Avazbek Alimardon o'g'li

Farg'ona davlat universiteti zootexniya va agronomiya kafedrasi o'qituvchisi Abdug'aniyeva Durdona O'ktamjon qizi

FDU talabasi Nazirova Bonuxon Hayrulla qizi

FDU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6796277 Annotatsiya. Maqolada dollar daraxtini turli xil ko'paytirish usullarini takomillashtirish orqali dorivor o'simliklar yetishtiriladigan plantatsiyalariga yosh nihollarini yetkazib berish yo'llari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: zamiokulkas, barg, ildiz poya, novda, gumus ,qum, tuproq, suv, o'g'itlash ,yorug'lik, kasallik.

ТЕХНОЛОГИЯ РОСТА ДОЛЛАРОВОГО ДЕРЕВА Аннотация. В статье рассматриваются способы доставки молодых саженцев на лечебные плантации путем совершенствования различных способов размножения долларового дерева.

Ключевые слова: замиокулькас, листья, корневища, веточки, перегной, песок, почва, вода, удобрения, свет, болезни.

DOLLAR TREE GROWTH TECHNOLOGY Abstract. The article discusses ways to supply young seedlings to medicinal plantations by improving the various methods of propagating the dollar tree.

Keywords: zamiokulkas, leaves, rhizomes, twigs, humus, sand, soil, water, fertilizer, light, disease.

KIRISH

Bugungi kunda dorivor o'simliklarga bo'lgan qiziqish tobora ortib bormoqda, butun dunyo pandemiyasida insonlar sog'lig'iga alohida e'tibor berishi, salomatlik sirlaridan xabardorligi ortishi, qarigan va surunkali kasalliklarga chalingan insonlar immun tizimini faollashtirish uchun tabiiy vositalarni afzal ko'rishi, tabiiy vositalarning mutloq zararsizligi va foydasi ushbu sohada ilmiy tadqiqotlarga investitsiyalar hajmining va xalqaro bozorlardagi dorivor o'simliklarga bo'lgan talabning keskin ortishiga sabab bo'ldi. Shuning uchun dorivori o'simliklarni muxofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish lozim.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Zamiokulkas (Zamioculcas) - aroidlar (Arceae) oilasiga mansub,ko'p yillik ildiz poyali o'simlik. Vatani - Sharqiy Afrika, Zanzibar, Madagaskar. Bu dekarativ - barglari doimo yashil o'smilikni xalq tilida "DOLLAR DARAXTI" deb ham atashadi. Zamiokulkas 1996-yilda Gollangiyada birinchi bo'lib, ommaga taqdim etilgan. Bu o'simlik ko'p yillik bo'lgani bilan o'rtacha umri 8-10 yilni tashkil etadi. Zamiokulkas o'simligini o'stirish parvarish qilish hamda zararkunanda va turli xildagi kassaliklarga chalinmay gurkirab o' sishi uchun bir qancha agrotexnik tadbirlarni talab etadi.

Ekish texnologiyasi - Zamiokulkalarni ko'paytirishni 3 ta usuli mavjud:

1.Bargidan ko'paytirish;

2. Ildiz poyasidan yoki tupidan ajratish orqali ko'paytirish;

3. Novdasidan ko'paytirish;

TADQIQOT NATIJALARI

Zamiokulkas ekish uchun qo'llarga qo'lqop kiyib olish maqsadga muvofiq. Tuproq holati yumshoq va unumdor bo'lishi kerak, mana shundagina kislorod namlik va g'ovakliklar orqali ildizlargacha yetib boradi. Ushbu o'simlikni ekish uchun tayyor tuproq sotib olishimiz yoki o'zimiz tayyorlashimiz mumkin[1, 2, 3] .

Tuproqni tayyorlashimiz uchun 1:1:1 nisbatda gumus ,qum, mayda granulali mayin tuproq aralashtiriladi. Ushbu tayyor tuprog'imizga dollar daraxtidan kattaroq bargini kesib olib substratga yoki gumusli aralashmamizga joylashtirib olamiz. Bundan tashqari substratga bir oz miqdorda ko'mir qo'shish tavsiya etiladi [10, 11, 12]

Bu o'simlik ildizning chirishini oldini oladi. Sug'orish uchun disterlangan yoki oldindan filtrlangan suvdan foydalanish ancha yuqori samara beradi. Biz issiqxona sharoitida ham bu gullarni ko'paytirsak bo'ladi, buning uchun idishlarimizni polietilen salofanlar bilan qoplashimiz maqsadga muvofiq bo'ladi. Ushbu ko'paytirishda ham yuqoridagi tadbirlar o'tkazilgandan so'ng ikki oydan keyin barglar ildiz otganini ko'rishimiz mumkin bo'ladi[4, 5, 6].

Ildiz poyalari yoki tupini ajratish orqali ko'paytirish Zamiokulkasni - ildiz poyalari yoki tuplari orqali ko'paytirish ancha oson va eng samarali usul. Bunda ildiz poyalarini yoki tuplarini ikki yoki undan ortiq bo'laklarga bo'lib, keyin har bir bo'lakni alohida idishlarga ekamiz. Ustidan ozroq suv quyamiz. Yangi barglar paydo qilganidan keyin yosh zamiokulkasni kattaroq tuvakka ko'chirib o'tkazishimiz mumkin.

Novdasidan ko'paytirish: Zamiokulkasni - novdalari orqali ko'paytirish ancha vaqt talab etadigan usul hisoblanadi. Birichi bo'lib, Zamiokulkasni bargli novdasini o'tkir pichoq yordamida kesib olamiz. Kesib olgan novdamizni gumusli aralashmaga suqib disterlangan yoki filtrlangan suv yordamida sug'oramiz. 2-3 oy ichida o'simligimizni ildiz otganini ko'rishimiz mumkin[7, 8,

9]

MUHOKAMA

O'simlik uchun optimal harorat: Zamiokulkas +19 C dan +26 C gacha bo'lgan haroratda yaxshi o'sadi. O'simlikning yaxshi rivojlanib o'sish davri aprel-sentyabr oyidan boshlab +20 +22 C atrofida bo'ladi. Optimal harorat esa+20 va+25 C darajani tashkil etadi. Ushbu harorat qishda +16 +18 gacha tushishi mumkin. Qishda harorat +12C past bo'lmasligi kerak. +12C past haroratda o'simlik nobud bo'ladi. zamiokulkasni yuqori haroratda saqlab bo'lmaydi.

|Yorug'likka bo'lgan talabi: Yoz kunlari o'simlikni quyosh nurlaridan himoya qilish kerak. Qishda sun'iy yoritishni talab etadi. To'g'ridan-to'g'ri yorug'lik tushishini oldini olish zarur, chunki to'g'ridan - to'g'ri tushgan quyoshning ultrabinafsha nurlari barglarni kuchli zararlaydi. Ushbu gulni o'stirishda Janub tomonga yo'naltirilgan derazalarga joylashtirib qo'yish kerak

Sug'orish texnikasi: Zamiokulkas ortiqcha namlikni yoqtirmaydi. Tez-tez sug'orish o'simlik ildizini chirishiga olib keladi. Tuprog'idan nam qochgandagina sug'orish tavsiya etiladi. Bahorda va yozda haftasiga 1 marotaba sug'orish kifoya qiladi. Yozda o'rtacha sug'orish yetarli bo'ladi. Janubiy deraza tomonga qo'yilgan bo'lsa kunda bir necha marotaba suv purkagich yordamida sug'oriladi. Kuz va qish oylarida oyiga bir marotaba sug'orish talab etiladi. Qishda sug'ormaslik ham mumkin. Faqat suv purkagich yoki namlangan mato yordamida barglari yuvilib turiladi.Sug'orish uchun iliq suvdan foydalanish kerak. Sug'orishda tozalangan yoki disterlangan suvdan foydalanish maqsadga muvofiq. Zamiokulkas qurg'oqchilikka ancha chidamli o'simlik hisoblanadi. Zamiokulkas uchun namlik 50-70 % ni tashkil qiladi.

Zamiokulkasni o'g'itlash texnikasi: O'sish davrida o'g'itlash 1 oyda ikki marotaba o'tkazilishi kerak . O'g'itlash o'simlikning faol o'sishi davrida amalga oshiriladi. Asosan bu davr bahorning mart oylariga to'g'ri keladi. Qishda o'simlik tinim davrida( tinim davri: oktyabr oyidan mart oyigacha davom etadi) bo'lgani uchun o'g'itlash shart emas. Faol o'suv davri: aprel oyidan sentyabr oyigacha davom etadi.O'sib rivojlanish bosqichida tovuq axlati, mullin, yog'och kullari, siyvali va kaktus uchun vitamin kompleksi o'g'itlaridan foydalaniladi. Erta bahorda zamiokulkas gullashni boshlashi bilan o'g'itlash boshlanadi, kech kuzda o'g'itlash to'xtatiladi[13, 14]

XULOSA

Kasallikka chalinishi va zararkunandalari - Agar o'simlikning barglarida qora dog'lar paydo bo'lgan bo'lsa, bargiga hasharotlar tushgan bo'lishi mumkin. Zararlangan joyini topgach tezlik bilan zararlangan barglarni sovun eritmasini tayyorlab gubka yordamida shimdirilib olingan eritma orqali zararlangan barglar artib olinadi. Zararkunanda hasharotlarning barglardagi va butun tanasidagi lichinkalarni yo'qotish uchun tamaki spreyi purkaladi va yarim soatdan keyin suv bilan yuvib tashlanadi.

Iqtisoslashgan faol moddalarning kompleksi zararkunandalarga qarshi kurashishda samarali qo'llanib kelinadi. Zamiokulkasni qayta hayotiy faoliyatini tiklashi uchun quyidagi ketma-ketlikda bir qancha chora va tadbirlarni ko'rib chiqishimiz kerak:

- o'simlik tuproqdan sug'irib olinadi va marganetsli eritmada (Mn+H2O) ildizlari yuviladi.

- Chirigan ildizlari birma - bir ajratib olinadi va qolgan ildiz poyalarini 2-3 soat davomida faollashtirilgan uglerod tabletkalariga solib qo'yiladi.

- Keyinchalik kaliy permanganatda ham yuvilib bir necha kun davomida o'simlik ochiqroq havoda saqlanadi va keyin o'z joyiga qaytarib qo'yish mumkin.

- Barcha ko'rilgan choralardan so'ng zamiokulkas o'simligi tuzala boshlaydi. Keyinchalik bunday holatlarni oldini olish uchun tuproqdagi namlik darajasini me'yorda saqlash lozim.

- Zamiokulkasning kichik ko'chatlari har yili bahorida, kattalari esa 2-3 yilda katta maydonlarga ko'chirib o'tkaziladi.

Foydalanilgan adabiyotlar Белолипов И. В. Краткие итоги первичной интродукции растений природной флоры Средней Азии в Ботаническом саду // Интродукция и акклиматизация растений: Сб. науч. тр. - Ташкент

Xolmatov H.X, Ahmedov O' .A. Farmakognoziya. Toshkent 1995 Atabayeva X. O'simlikshunoslik. - Toshkent, 2004.

Bo'riyev X.S. Sabzavot ekinlari selektsiyasi va urug'chiligi. T. "Mehnat". 1999. Mamanazarov B. S., Xoshimova N.G., Saminov A.A., PETRUSHKA O'SIMLIGINI YETISHTIRISH VA UNDAN OQILONA FOYDALANISH. « SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL»,

https://doi.org/10.5281/zenodo.6773499

Эшпулатов Ш.Я., Тешабоев Н.И., Мамадалиев М.З.У. Евразийский Союз Ученых, 2021 Интродукция, свойства и выращивание лекарственного растение стевия в условиях ферганского долины

Mukhtarovna, N.R., S.A. Alimardonugli, and U.N. Botiraliyevich. "Features of treatment of winter wheat seeds by different processors." International Engineering Journal For Research & Development 6 (2021): 3-3.

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

8. Anvarjonovich D.Q., Saminov A.A., Xusanboyev G'.A., The importance of fungicides and stimulants in preparing seed grains First page : ( 415) Last page : (419) Article DOI : 10.5958/2278-4853.2021.00272.X

9. Teshaboyev, N., Abduraximova, M., Eshpulatov, A., & Mahkamova, D. (2021, July).

Ecological culture is a demand of today. In Конференции.

10. Turdaliev A., Yuldashev G., Askarov K. and Abakumov E. (2021) Chemical and Biogeochemical Features of Desert Soils of the Central Fergana. Agriculture (Pol'nohospodarstvo), Vol.67 (Issue 1), pp. 16-28. https://doi.org/10.2478/agri-2021-0002.

11. Askarov K., Musayev I., Turdaliev A., Eshpulatov Sh. (2020) "Geochemical barriers in irrigated soils and the impact of them on plants." European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7, pp. 3082-3089.

12. Хайдаров М.М., Турдалиев А.Т., Саминов А.А.У. Энергетические особенности аминокислот в светлых сероземах // Тенденции развития науки и образования. -2021. - № 80-3. - С. 45-47. - DOI 13.18411/trnio-12-2021-121.

13. Турдалиев А.Т., Аскаров К.А., Мирзаев Ф.А.У. Морфологические особенности орошаемых почв Центральной Ферганы //Почвы и окружающая среда. - 2019. - Т. 2. №3. С. 56-61.

14. O'G'Li S. A. A., Qizi N. D. K. ZANJABIL O 'SIMLIGINI OCHIQ MAYDONLARDA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D3.

- С. 26-30.

15. Обидов М. ДОРИВОР УСИМЛИКЛАРДА МИКРОЭЛЕМЕНТЛАР БИОГЕОКИМЁСИ //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D3. - С. 65-70.

16. Турдалиев А. Т., Ахунов А. А. SUG 'ORILADIGAN O 'TLOQI SAZ TUPROQLARDA G 'O 'ZA HOSILDORLIGINI OSHIRISH YO 'LLARI //Science and innovation. - 2022.

- Т. 1. - №. D3. - С. 13-18.

17. Тешабоев Н. И., Бобоев Б. К. ВЛИЯНИЕ КАЧЕСТВА ЗЕРНОПРОИЗВОДСТВА НА ЭФФЕКТИВНОСТЬ УРОЖАЯ //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D3. - С. 31-34.

18. Хайдаров М. М., Собиров А. Г. ЭНЕРГЕТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ АРОМАТИЧЕСКИХ, ДИАМИНОКАРБОНОВЫХ КИСЛОТ И ПРОЛИНА В ТЕМНЫХ СЕРОЗЕМАХ //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D3. - С. 43-47.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.