CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489
OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 1 I ISSUE 1 I 2021
DORIVOR O'SIMLIKLARNING AHAMIYATI VA MAYMUNJON O'SIMLIGI
Munisxon Faxriddinxon qizi Mutalibxonova
Namangan davlat universiteti talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada O'zbekiston hududida uchraydigan taiiy dorivor o'simliklar ularni areallari haqida malumotlar keltirish bilan birgalikda maymunjon o'simligining shifobaxshlik xususiyatlari hamda zararli jihatlari ko'rsatilgan.
Kalit so'zlar: O'simlik, ekologik sharoit, ajralmas tarkibiy qism, tur, dorivor preparat.
THE IMPORTANCE OF MEDICINAL PLANTS AND THE MONKEY PLANT
ABSTRACT
This article provides information about the habitats of natural medicinal plants found in the territory of Uzbekistan, as well as the medicinal properties and harmful aspects of the ape plant.
Keywords: Plant, environmental conditions, integral component, species, drug.
KIRISH
Dorivor o'simliklar tabiatda va inson hayotida katta ahamiyatga ega. O'simliklar dunyosi shu jumladan uning tarkibiga kiruvchi dorivor o'simliklari ham tabiat boyliklaridan biri hisoblanadi. Shifobaxsh o'simliklarning xosiyati qadim zamonlardan odamlarga ma'lum. Inson va hayvonlar organizmida ro'y beradigan turli kasalliklarni davolashda ishlatiladigan dori-darmonlar ichida shifobaxsh o'simliklardan tayyorlanayotgan dorilar katta ahamiyatga ega. Juda ko'pchilik dorivor o'simliklar dorixonalarda sotilmaydi, balki dori-darmonlar ishlab chiqarishdagi asosiy xomashyo manbai hisoblanadi. O'zbekistonda yovvoyi holda o'sadigan va o'stiriladigan o'simliklar soni 4150 ga yetadi. Shulardan 577 tasi shifobaxsh xususiyatga ega. Ilmiy tibbiyotda ishlatiladigan, dorivor preparatlarining qariyib 45 % i o'simliklardan ajratib olinadi yoki ulardan tayyorlanadi. Dorivor o'simliklar turli xil sistematik guruhlarga ega . Ular turli xil zonalarda tarqalgan. Dorivor o'simliklardan olinadigan mahsulotlar ularning tuli organlaridan olinadi. Chunki kerakli bo'lgan moddalar o'simlik turiga yashash sharoitiga qarab turli organlarida joylashadi. Dorivor o'simliklar juda ko'pgina kasalliklarga da'vo bo'ladi. Masalan:
241
UZBEKISTAN | www.caajsr.uz
1.Shamollashga 2.Yallig'lanishga 3.Oshqazon- ichak
4.nafas yo'llari
5.qon ketganda
6.qon bosimida 7.ichni haydash
8. Yo'talga qarshi va boshqa kasalliklarga dori vositalari tayyorlashda qolaversa tabiiy damlama,qaynatma,nastoykalar tayyorlashda ham keng qo'llaniladi.[2] Dorivor o'simliklarning organizmga ta'siri ularning tarkibidagi kimyoviy birikmalarning miqdoriga bog'liq. Bu birikmalar o'simliklarning qismlarida turli miqdorda to'planadi.Dori tayyorlash uchun o'simlikning kerakli qismlari turli muddatlarda yig'iladi, masalan, po'stlog'i, kurtagi erta bahorda, bargi o'simlik gullashi oldidan yoki gullaganda, meva va urug'lari pishganda, ildiz, ildizpoyasi bahorda yoki kech kuzda olinadi. Tabiatning ajralmas tarkibiy qismi o'simlik dunyosidir. O'simliklar ham o'z navbatida bir necha turlarga turlarga bo'linadi. Shulardan eng muhimlari dorivor o'simliklardir.
ASOSIY QISM
O'zbekistonda uchraydigan dorivor o'simliklar quyidagi ekologik sharoitlarda keng tarqalgan. 1.Cho'l 2. Adir 3. Tog' 4. Yaylov
O'zbekiston cho'llarida cherkez , cho'g'on , anabazis, keyreuk, yovshan , kovrak, isiriq, achchiqmiya kabi ko'plab dorivor o'simliklar uchraydi. Cho'lda namlikning tanqisligi tufayli ko'pchilik dorivor o'simliklar erta mart-aprel oylaridan o'sib chiqib qishning dekabrigacha hayotini davom ettiradi. Adir zonasi ham o'ziga xos dorivor o'simliklar qoplamiga ega. Adir mintaqasining tuprog'i och tipik va to'q bo'z tuproqdan iborat. Adirlarda qoqio't, isfarak, cho'lyalpiz, rovoch, g'azako't , gulxayri kabi juda ko'p dorivor o'simliklar uchraydi. .Respublikamiz tog'laridagi jigarrang tuproqlar avtomorf tuproq hisoblanib, ko'pincha quruq tog'lar mintaqasida uchraydi. Tog' mintaqasida donli va dukkakli ekinlar ekiladi. Pastki tog' mintaqasida bir yillik dorivor o'simliklar uchraydi. Tog'larda zirk, tog'yalpiz, yalpiz, na'matak, qizilcha, kabi birqancha dorivor o'simliklar o'sadi. Hozirgi vaqtda tibbiyotda ishlatiladigan 900 dan ortiqroq xil doridarmonlarning uchdan bir qismi dorivor o'simliklarning maxsuli hisoblanadi. Yurak kasalliklarini da'volashda foydalaniladigan dorilarning 77 % , I jigar va oshqazon- ichak yo'llarida uchraydigan kasalliklarni da'volaydigan dorilarning 74 %i , bachodon kasalliklariga qarshi ishlatiladigan
dorilarning 80 %I shifobaxsh o'simliklardan tayyorlangandir MDX mamlakatlar florasida uchraydigan 17500 tur yuksak sporali va gulli o'simliklarning tibbiyotda 70 oilaga mansub bo'lgan 247 turi qo'llanilmoqda. Juda ko'p o'simlik turlari shifobaxsh ,yani dori darmonlik xususiyatiga ega .[1]Shulardan biri maymunjon o'simligidir.Bu o'simlik ra'noguldoshlar oilasiga mansub bo'lib Yevroosiyoda 400 dan ortiq turi uchraydi.Shulardan 90 turi ,asosan ko'k (Rubus Caesius) va mayda mevali (R nensensiz) turlari Kavkaz,Ukrainaning Janubiy qismida va O'rta Osiyoda uchraydi.O'zbekistonning tog'oldi mintaqalarida o'sadi va dala ,tomorqa va bog'larda o'stiriladi.Barglari patsimon.Gullari shingilsimon to'pgulda joylashgan.Mevasi tugunak meva .Mevasi tarkibida 4-6% qand,0.8-1.4 % organik kislotalar S vitamin va karotin mavjud.[3]Mevasi yangiligida istemol qilinadi,qurutib,konservalar tayyorlab ham foydalaniladi.Mevasi shirin nordon tamli bo'libko'pchilikga manzur bo'ladi.Maymunjon shirin-nordon ta'mga ega rezavor meva bo'lib, uning ajoyib ta'mi hammaga yoqadi.
Bundan tashqari maymunjon juda ham foydali mahsulot hisoblanadi: 2000 yil avval bu mevani qadimiy Gretsiyada dorivor vosita deb hisoblashgan. U quyidagi holatlarda yordam beradi:
1.U chanqoqni bostirib haroratni tushuradi;
2.U kasalliklardan so'ng organizmni tiklanishiga yordam beradi;
3.Oshqozon-ichak tizimi faoliyatini yaxshilaydi;
4.U asab tizimini mustahkamlaydi va xotirjam uxlashga yordam beradi;
5. Fikrlash qobiliyati va xotirani mustahkamlaydi;
6.O'zida ko'pgina antioksidantlarni saqlashi sabab ham, organizmdan zararli toksinlarni chiqarib tashlaydi;[2]
Maymunjon o'simligi shifobaxshligi bilan birga zararli jihatlari ham mavjuddir. Bu mahsulot allergiyani chaqirish ehtimoli ham yo'q emas. Bundan tashqari, u o'zida ko'p kislotani saqlashi sabab ham, uni ko'p iste'mol qilish yaramaydi.
Organizmdagi ayrim yog'lardan halos bo'lish uchun ham maymunjon foydalanish maqsadga muvofiqdir.Maymunjon o'zida A, C, B guruh vitaminlari, mineral va to'qimalarni saqlashi sabab ham, ozishni xohovchilar uchun u ajoyib mahsulot sanaladi. Uning kaloriyasi kam bo'lishiga qaramay, u to'qlik hissini uzoq vaqtgacha ushlab turadi.100 gramm maymunjonning ozuqaviy qiymati 31 kKalni tashkil qilib, 2 grammini oqsillar, 6.4 grammini uglevodlar va 0 grammini yog'lar tashkil qiladi.Albatta tabiat ham yaratgan tomonidan berilgan mo'jizalardan biridir zero har narsani oxiri
XULOSA
bo'lganidek bu nematni ham ohiri bor.Tabiatni o'zi tabib ekanligini bilgan holda uni asrab avaylamog'imiz darkordir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Q.H. Haydarov, Q. H.Hojimatov —O'zbekiston O'simliklari — Toshkent 1992.
2. V.Karimov, A.Shomahmudov — Xalq tabobati va zamonaviy ilmiy tibda qo'llaniladigan shifobaxsh o'simliklar — Toshkent 1993
3. www.ziyonet.uz