ALOE O'SIMLIGINING DORIVORLIK XUSUSIYATLARINI O'QITISHNING AHAMIYATI
M. A. Xurramova
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Tabiiy Fanlar fakulteti Biologiya kafedrasi 1-bosqich magistri
L. N. Egamberdiyeva
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Tabiiy Fanlar fakulteti Biologiya kafedrasi o'qituvchisi, b.f.n., dotsent
Annotatsiya: Bu maqolada Respublikada so'nggi yillarda dorivor o'simliklarni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, dorivor o'simliklar yetishtiriladigan plantatsiyalar tashkil etish va ularni qayta ishlash, aloe o'simligining xalq tabobatida keng qo'llanilishi to'g'risida fikr yuritiladi. Shu bilan birga aloe nafaqat dorivor o'simlik, balki ishtaha ochuvchi o'simlik ekanligi, bosh og'rig'i hamda tuberkulyozda ham o'simlik ekstraktlari foyda berishi maqolada ko'rsatib otilgan.'
Kalit so'zlar: Aloe o'simligi, organik kislotalar, flavanoidlar, glikoproteinlar, antibiotic, glikoproteinlar, foliy kislotasi, karotinlar.
ВАЖНОСТЬ ОБУЧЕНИЯ ЛЕКАРСТВЕННЫХ СВОЙСТВ
РАСТЕНИЯ АЛОЭ
Аннотация: В статье рассматриваются вопросы защиты лекарственных растений в стране в последние годы, рациональное использование природных ресурсов, создание и обработка плантаций по выращиванию лекарственных растений, широкое использование алоэ в народной медицине. Однако алоэ является - не только лекарственное растение, но и аппетитное растение. В статье отмечается, что экстракты растений также полезны при головных болях и туберкулезе.
Ключевые слова: Растение алоэ вера, органические кислоты, флаваноиды, гликопротеины, антибиотик, гликопротеины, фолиевая кислота, каротин.
THE IMPORTANCE OF LEARNING THE MEDICINAL PROPERTIES OF THE ALOE PLANT
Abstract: The article deals with the protection of medicinal plants in the country in recent years, the rational use of natural resources, the creation and processing of plantations for the cultivation of medicinal plants, the widespread
use of aloe in folk medicine. However, aloe is not only a medicinal plant, but also an appetizing plant. The article notes that plant extracts are also beneficial for headaches and tuberculosis.
Keywords: Aloe vera plant, organic acids, flavanoids, glycoproteins, antibiotic, glycoproteins, folic acid, carotene.
Respublikada so'nggi yillarda dorivor o'simliklarni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, dorivor o'simliklar yetishtiriladigan plantatsiyalar tashkil etish va ularni qayta ishlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Mahalliy floraga mansub 4,3 mingdan ortiq o'simliklarning 700 ta turi dorivor hisoblanib ulardan 112 ta turi ilmiy tibbiyotda foydalanish uchun ro'yxatga olingan. Shundan 70 ta turi farmatsevtika sanoatida faol qo'llanilib kelinmoqda. Shu jumladan aloe o'simligi ham shu turlar qatoriga kiradi. Aloe -Loladoshlar (Liliaceae) oilasiga mansub doim yashil, ko'p yillik o'tlar ( ba'zan daraxtlar) turkumi. Tropik va subtropik mintaqalarda o'sadi. Asli vatani Afrika bo'lgan bu o'simlik yurtimizga bir necha asrlar oldin kirib kelgan. Hozir diyorimizda aloening turfa turlari mavjud. U manzarali va shifobaxsh o'simlik sifatida xonadonlarda o'stiriladi, Uni har kim o'z xonadonida parvarishlab yetishtirishi mumkin va bu orqali o'z xonadonida dekorativ o'simlik, ham takrorlanmas dorivor o'simlikka ega bo'lishadi [1,2,3].
Aloe xalq tabobatida keng qo'llaniladigan o'simlik hisoblanadi. Uning bargidan va shirasidan turli kasalliklarni davolashda foydalaniladi.
O'simlik barglarida quyidagi moddalar mavjud: Ko'plab vitaminlar, shu jumladan C, E, A va B guruh vitaminlari: B1, B6 B12, efir moylari, amonokislotalar, polisaxaridlar, mineral tuzlar, organik kislotalar, flavanoidlar, glikoproteinlar, foliy kislotasi, karotinlar va K, Ca, Mg, Zn, Cu kabi elementlar bor.
Aloe o'simligi barglarida mavjud bo'lgan allontoin juda qadrlanadi. Ushbu modda biriktiruvchi yallig'lanishga qarshi va mahallliy og'riqsizlantiruvchi ta'sirga ega. Har xil kasalliklarni davolash uchun aloe sharbati qadim zamonlardan buyon ishlatilib kelinmoqda. Qadimda tabiblar va qadimgi Misrning ruhoniylari dorivor ichimliklar tayyorlash jarayonida aloe sharbatini qo'shib tayyorlardilar va o'z bemorlarini ko'plab kasalliklardan qutqarardilar. Zamonaviy tibbiyotda ham aloening foydali xususiyatlari tan olingan va undan dori preparatlari sifatida foydalaniladi. Xalq tabiblari aloening sharbatidan, barglari va ekstraktidan davo uchun qo'llashadi [1,2].
• O'simlikning aloe Vera turida dorivorlik xususiyatlari ko'p bo'lib, undan davo sifatida foydalanish uchun o'simlik kamida 3 yoshda bo'lishi kerak. Aloening
yoshi qanchalik katta bo'lsa uning dorivorlik xususiyatlari ham shuncha yuqori bo'ladi. Bakterisit xususiyati tufayli aloe sharbati streptokokk va stafilakokk infeksiyalariga qarshi ishlatiladi. O'simlikning to'qimalarini yangilanishini tezlashtirish xususiyati yiringli va yuqtirilgan yaralar, turli xil jarohatlar, yallig'lanish kasalliklari va nurlanishni davolashda ishlatiladi. Aloe sharbati tarkibidagi moddalar difteriya va dizenteriya tayoqchlariga qarshi faol hisoblanadi. Olimlar aloe sharbatidan teri kasalliklari va sil kasalligini davolashda ishlatiladigan antibiotikni ajratib olishdi. Oftalmologlar konyuktivit, miopiya, ko'z shishasimon tanasining xiralashishi va kataraktaning oldini olishda aloe sharbati qo'shilgan tomchi vositalaridan foydalanadilar [3].
Aloe bosh og'rig'i, qon kasalliklari, bronxial astma va turli nevrozlarda ham foyda beradi. Oshqozon va ichak kasalliklarini davolashda ushbu dorivor o'simlikdan olingan dorilardan keng foydalaniladi. Kam dozalarda qo'llangan aloe sharbati ovqatni hazm bo'lish jarayonini yengillashtiradi, safro ajralishini yaxshilaydi, ichaklar peristaltikasini normallashtiradi va inson organizmiga umumiy kuchaytiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Ginekologik xastaliklarda ham odatda aloe bargi, shirasidan bachadon eroziyasi, turli xil ginekologik yallig'lanish kasalliklariga qarshi vosita sifatida foydalaniladi. Aloe nafaqat dorivor o'simlik, balki ishtaha ochuvchi hamdir. Bosh og'rig'i hamda tuberkulyozda ham o'simlik ekstraktlari foyda beradi. Shuningdek, o'simlik sharbatidan ichimlik tayyorlanadi. Aloedan tayyorlangan ichimlik tabiiy antibakterial vositadir. U tanadan xavfli bakteriyalarni chiqarib yuboradi, tuberkulyoz tayoqchalari va stafilokokklar bilan kurashishda yordam beradi, tomoqni yuvish va burunga tomizish mumkin. Suyuq moddalar bilan zaharlanishda yordam beradi, toksinlarni yo'qotadi, oshqozon va ichak faoliyatini normallashtiradi va metobolizmni yaxshilaydi.Aloe barglaridan ajratib olingan sharbatidan kosmetologiya sohasida yuz, qo'l va tana te risi uchun gel va kremlar tayyorlanib foydalaniladi [1,2].
Xulosa qilib aytganda hozirgi kunda biz ko'p murojaat qiladigan, sanoatda ishlab chiqariladigan kimyoviy dori vositalari organizm uchun bir muncha foydali va anchagina zararli ta'sirlarga ham egadir. Tabiiy dorivor o'simliklardan me'yorida foydalanilganda esa inson organizmi uchun zararli ta'sirlar bo'lmaydi va ta'sir doirasi keng hisoblanadi. Shuningdek, tabiiy dorivor o'simliklar iqtisodiy jihatdan ham ancha arzondir. Shuning uchun dorivor o'simliklarni yetishtirish, noyob turlarini saqlab qolish va ko'paytirish bugungi kunda dolzarb masalalardandir.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. "Yovvoyi holda o'suvchi dorivor o'simliklami muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash, va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora - tadbirlari to'g'risida" (Qonun hujjatlari milliy bazasi, 11.04.2020 - y., 07/20/4670/0414 - son ) 1-bet
2. Акопов И.Э. Важнейшие отечественные лекарственные растения и их применение.-Т.:Медицина, 1990. -440c
3. M.A.Jo'rayeva., Dorivor o'simliklar atlasi (o'quv qo'llanma)- Toshkent., Noshir nashriyoti- 2019. - 5-6 bet
4. Internet.www.google.uz, www.ziyonet.uz