Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
DORIVOR MOYCHECHAKNING (MATRICARIA RECUTITA L.) NING
MIKROSKOPIK TUZILISHI
Iroda Mo'min qizi Panayeva
Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali Magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola Samarkand viloyatida o'stirilayotgan dorivor moychechak o'simligining mahsulotning tashqi ko'rinishi va mahulotning mikroskopik tuzilishi o'rganilib chiqilmoqda.
Kalit so'zlar:dorivor moychechakning tashqi ko'rinishi, savatcha, naysimon, sharsimon, mahsulotning mikroskopik tuzilishi,naysimon va tilsimon gullari, o'rama barg va gul.
ABSTRACT
This article examines the appearance of the product and the microscopic structure of the environment of the medicinal chamomile plant grown in the Samarkand region.
Keywords: appearance of medicinal chamomile, basket, tubular, spherical, microscopic structure of the product, tubular and tongue-shaped flowers, rolled leaf and flower.
KIRISH
Mahsulotning tashqi ko'rinishi. Tayyor mahsulot savatchaga to'plangan gullardan iborat. Dorivor moychechak savatchasining diametri 4-8 mm, yarim sharsimon bo'lib, o'rama barglari cherepitsaga o'xshab joylashgan. Savatcha chetidagi oq tilsimon gullari 12-18 ta bo'ladi. O'rtadagi gullari sariq, ikki jinsli, naychasimon, gulkosachasi bo'lmaydi, gultojisi besh tishli, otaligi 5 ta, onalik tuguni bir xonali, pastga joylashgan.
Yashil moychechakning savatchasi maydaroq bo'lib, yashil naychasimon gullardan tashkil topgan. Gulkosachasi yupqa parda shaklida, gultojisi to'rt tishli. Savatchaning gul o'rni konussimon, tuksiz va ichi bo'sh. Ana shu belgilari bilan dorivor (oddiy) va xushbo'y (yashil) moychechak savatchasi boshqa o'simlik aralashmalaridan (moychechak o'simligi o'sadigan yerda uchraydigan Matricaria inodora L.; Leucanthemum vulgare
May 12-13
715
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
Lam.; Anthems turlaridan) farq qiladi.Har ikkala moychechak mahsulotining xush bo'y hidi va achchiqroq o'tkir mazasi bor.
XI DF ga ko'ra mahsulot namligi 14 %, umumiy kuli 12 %, 10 % li xlorid kislotada erimaydigan kuli 4 %, teshigining diametri 1 mm li elakdan o'tadigan savatchaning mayda qismlari 30 %, poya, barg aralashmadari va gul bandining uzundigi 3 sm dan oshiq bo'lgan (5 sm dan oshib ketmagan), savatchalar odatda 9 % (yashil moychechak uchun 2 %), qoraygan yoki qo'ng'ir savatchalar 5 % (yashil moychechak uchun 8 %), organik aralashmalar 3 % va mineral aralashmalar 0,5 % dan oshmasligi kerak.
Mahulotning mikroskopik tuzilish.Har ikkala moychechak o'simligining savatchalari suvda qaynatilib, naychasimon va tilsimon gullari lupa hamda mikroskop ostida ko'riladi. Efir moyi ishlab chiqaradigan bezlar gul qismlari (tojbargi, o'ramabarg va onalik tugunida) epidermal to'qimasining ustki qismiga joylashgan.Bezlar tashqi ko'rinishi bilan (ustki tomondan) sakkiz raqamini eslatadi, yon tomonidan kutikula bilan o'ralgan, 2 qator 4 qavat (yoki 3 qavat) joylashgan 8 ta (yoki 6 ta) efir moyi ishlab chiqaradigan hujayralardan tashkil topgan.O'rama barg va gul o'rnidagi o'tqazuvchi to'qima bog'lamlari yonida doimo efir moyli joylar bo'ladi.
Rasm.A-naysimon gullari,E-tilsimon gullari,B-tilsimon gullari tojibarglarining ostki epidermis,r-tilsimon gullari tojibarglarining ustki epidermis,^-o'rama gullarini tashqi epidermisi
A
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
Ishlatilishi. Moychechak ichaklarning yopishib qolishi (ichaklar spazmi) ga , mikroblarga, allergiyaga va yallig'lanishiga qarshi hamda yaralarni davolovchi ta'sirga ega. Shuning uchun uning dorivor preparatlari me'da-ichak (ichak yopishib qolganda va ich ketganda) va ginekologik kasalliklarni davolashda hamda ter va yel haydovchi dori sifatida ishlatiladi. Bulardan tashqari, moychechak guli yumshatuvchi, antiseptik va yallig'lanishga qarshi (og'iz, tomoqni chayqashida, shifobaxsh vanna hamda klizma qilishda) vosita sifatida qo'llaniladi.
Moychechak guli tarkibidagi kimyoviy birikmalar kompleksi (xamazulen,matrisin,apigenin,gerniarin va boshqalar) ta'sir etuvchi qism hisoblanadi.Xamazulen tichlantiruvchi xossaga hamda ichaklarning yopishib qolishida,allergiya va yallig'lanishiga qarshi ta'sirga ega.Apigenin,apinin va gerniarinlar ham ichaklarning yopishib qolishiga qarshi ta'sir qiladi.
REFERENCES
1."Farmakognoziya" X.X.Xolmatov,O'.A.Axmedov Toshkent 2006-yil.
2. "Dorivor o'simliklar yetishtirish texnologiyasi va ekologiyasi".O'.Ahmedov,A.Ergashev,A.Abzalov,M.Yulchiyeva,D.Mustafakulov. "Tashakkur -bo'stoni"nashriyoti Toshkent-2018.
3."Xorazm vohasi sharoitida Dorivor moychechak yetishtirish agrotexnologiyasi" Sh.Yu.Qadirov,R.S.Sabirov, U.K.Abdurahimov. Xiva-2015 yil.
4. "O'zbekistonda vatan topgan dorivor o'simliklar" Murdaxayev Yu.M.Toshkent,1990.
May 12-13