Научная статья на тему 'DORIVOR MOYCHECHAK (MATRICARIA RECUTITA L.) NING BIOLOGIK XUSUSIYATI'

DORIVOR MOYCHECHAK (MATRICARIA RECUTITA L.) NING BIOLOGIK XUSUSIYATI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

16
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Dorivor moychechak poyasi / guli / bargi / urug’i / mevasi / to’pguli / efir moyi / kimyoviy tarkibi / dorivorlik xususiyati / Medicinal chamomile stem / flower / leaf / seed / fruit / flower / essential oil / chemical composition / medicinal properties

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Iroda Mo’min Qizi Panayeva

Ushbu maqola Samarkand viloyatida o’stirilayotgan dorivor moychechak o’simligining biologiyasi, dorivorlik xususiyati, kimyoviy tarkibi va bargi, poyasi, guli, mevasi o’rganilib chiqildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the biology, medicinal properties, chemical composition, and leaves, stems, flowers, and fruits of the medicinal chamomile plant grown in Samarkand region were studied.

Текст научной работы на тему «DORIVOR MOYCHECHAK (MATRICARIA RECUTITA L.) NING BIOLOGIK XUSUSIYATI»

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

DORIVOR MOYCHECHAK (MATRICARIA RECUTITA L.) NING

BIOLOGIK XUSUSIYATI

Iroda Mo'min qizi Panayeva

Toshkent davlat agrar universiteti Samarkand filiali magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola Samarkand viloyatida o'stirilayotgan dorivor moychechak o'simligining biologiyasi, dorivorlik xususiyati, kimyoviy tarkibi va bargi, poyasi, guli, mevasi o'rganilib chiqildi.

Kalit so'zlar. Dorivor moychechak poyasi, guli, bargi, urug'i, mevasi, to'pguli, efir moyi, kimyoviy tarkibi, dorivorlik xususiyati.

ABSTRACT

In this article, the biology, medicinal properties, chemical composition, and leaves, stems, flowers, and fruits of the medicinal chamomile plant grown in Samarkand region were studied.

Keywords: Medicinal chamomile stem, flower, leaf, seed, fruit, flower, essential oil, chemical composition, medicinal properties.

Kirish. Mustaqillikka erishilgandan so'ng O'zbekiston Respublikasining farmasevtika sanoati tezlik bilan rivojlana boshladi. Hozirgi vaqtda bunday korxonalarning soni 70 tadan ortiqdir. Shu sababli ham, ushbu sanaotni dorivor o'simliklar xomashyosi bilan yetarli darajada ta'minlash talab etiladi Keyingi vaqtda farmasevtika sanoati korxonalari dori vositalarining taxminan 50 % dorivor o'simliklar xom-ashyosidan tayyorlanayotganligini e'tiborga olsak, dorivor o'simliklar o'stirish, ularni yetishtirish agrotexnikasining ishlab chiqish naqadar katta ahamiyat kasb eta boshlaganini tasavvur qilish qiyin. Dorivor o'simliklar xom ashyosidan farmasevtika, qisman oziq-ovqat ehtiyojlari uchun, shunungdek, inson salomatligi va atrof muhitni yaxshilash uchun foydalanish dolzarbligi juda tez suratlar bilan o'sib bormoqda.

Maqsadi va vazifasi. Dorivor moychechak bo'yi 15-40 sm ga yetadigan bir yillik o't o'simlik. Poyasi tik o'suvchi, sershox, ichi kovak. Bargi ikki marta patsimon ajralgan, segmentlari ingichka chiziqsimon, o'tkir uchli. Poya va shoxchalari uzun bandli (yashil moychechakniki kalta bandli) savatchaga to'plangan gullar bilan tamomlanadi. Savatcha

October 5-6

618

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

chetidagi gullari oq, tilsimon, o'rtadagilari esa ikki jinsli, sariq, naychasimon. Mevasi - qo'ng'ir- yashil pista. May oyidan boshlab kuzgacha gullaydi.

Geografik tarqalishi. Dorivor moychechak keng tarqalgan bo'lib, u asosan o'troqlarda, ekinzorlarda (begona o't sifatida), yo'l yoqalarida o'sadi. Asosan Rossiyaning Yaponiya qismining janubida, Kavkaz, Qrim, Ukraina, Sibirning janubiy tumanlari va O'rta Osiyo uchraydi. Yashil moychechak Yevvropada, G'arbiy Sibir va Sharqda keng tarqalgan. Mahsulot asosan Ukrainaning janubida (Qrim, Xerson, Nikolaev, Odessa viloyatlarida), kamroq Krasnodar o'lkasida, Rostov viloyati, Moldova Respublikasi va boshqa yerlarda tayyorlanadi. Moychechak juda tez ko'payadi. Har ikkala moychechak talab ko'p bo'lganidan Ukraina, Belarus va boshqa yerlarda o'stiriladi.

Mahsulotning tashqi ko'rinishi. Tayyor mahsulot savatchaga to'plangan gullardan iborat. Dorivor moychechak savatchaga diametri 4-8 mm, yarim sharsimon bo'lib, o'rama barglari cherepisaga o'xshab joylashgan. Savatcha chetidagi oq tilsimon gullari 12-18 ta bo'ladi. O'rtadagi gullari sariq, ikki jinsli, naysimon, gulkosachasi bo'lmaydi, gultojisi besh tilshli, otaligi 5 ta , onalik tuguni bir xonali, pastga joylashgan. Yashil moychechakning savatchasi maydaroq bo'lib yashil naychasimon gullardan tashkil topgan. Gulkosachasi yupka parda shaklida, gultojisi to'rt tishli. Savatchaning gul o'rni konussimon, tuksiz va ichi bo'sh. Ana shu belgilari bilan dorivor (oddiy) va xushbo'y (yashil) moychechak savatchasi boshqa o'simlik aralashmalaridan (moychechak o'simligi o'sadigan yerda) ucharaydigan Matricaria Leucanthemum vulgare Lam; Anthems turlaridan) farq qiladi. Har ikkila moychechak maxsuslotining xushbo'y hidi va achchiq o'tkir mazasi bor.

Kimyoviy tarkibi. Savatchaga to'plangan gullar tarkibida 0,22-0,8% efir moyi, aniin, kvesimeritrin,kversitin,lyuteolin va boshqa (35 tacha birikmalar) flavanoidlar, gvayyanolid guruh laktonlaridan matrikarin va matrisin, geterosiklik xalqali poliin laktonlar, proxamazulen, kumarinlar (umbelli - feron, gerniarin), dioksikumarin, karotin,vitamin C, shilliq va boshqa modda bo'ladi.XI DF ga ko'ra, oddiy moychechak guli tarkibida 0,3% , yashil moychechakda, 0,2% efir moyi bo'lishi kerak. Efir moyi ko'k suyuqlik bo'lib tarkibida 1,64-8,99% xamazulen, 20% gacha seskviterpen spirtlari, kadinen, trisiklik spirt, bisabolen va uning oksidlari, kapril,nonil,izoverrian kislotalar hamda boshqa terpen va seskviterpenlar bor. Efir moyi tarkibidagi seskviterpenlarning umumiy miqdori 50% gacha bo'ladi. Xamazulen efir moyining asosiy ta'sir etuvchi qismi hisoblanadi.

Ishlatilishi. Moychechak ichaklarning yopishib qolishi (ichaklar spazmi) ga, mikroblarga, allergiyaga va yallig'lanishiga

October 5-6

619

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Google Scholar indexed

Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Theoretical and Practical Principles of Innovative Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

qarshi hamda yaralarni davolovchi ta'sirga ega. Shuning uchhun uning dorivor preparatlari meda-ichak (ichak yopishib qolganda va ich ketganda) va ginekologik kasalliklarni davolashda hamda ter va yel haydovchi dori sifatida ishlatiladi. Bulardan tashqari, moychechak guli yumshatuvchi, antiseptik va yallig'lanishga qarshi (og'iz, tomoqni chayqashida, shifobaxsh vanna hamda klizma qilishda) vosita sifatida qo'llaniladi.

Moychechak guli tarkibidagi kimyoviy birikmalar kompleksi (xamazulen, matrisin, apigenin, gerniarin va boshqalar) ta'sir etuvchi qism hisoblanadi. Xamazulen tichlantiruvchi xossaga hamda ichaklarning yopishib qolishida, allergiya va yallig'lanishiga qarshi ta'sirga ega. Apigenin, apinin va gerniarinlar ham ichaklarning yopishib qolishiga qarshi ta'sir qiladi.

Dorivor preparatlari. Moychechak gulidan (savatchlardan) damlama tayyorlanadi. Savatchalar me'da kasalliklarida, tomoq chayqashda ishlatiladigan va yumshatuvchi yig'malar - choylar tarkibiga ham kiradi.

REFERENCES

1. Xolmatov X.X., Axmedov O'.A. Farmakognoziya. Toshkent, 2006.

2. Ahmedov O'., Ergashev A.A. Abzalov, Yulchiyeva M., Mustafakulov D. Dorivor o'simliklar yetishtirish texnologiyasi va ekologiyasi. "Tashakkur bo'stoni" nashriyoti. Toshkent, 2018.

3. Qadirov Sh.Yu., Sabirov R.S., Abdurahimov U.K. Xorazm vohasi sharoitida Dorivor moychechak yetishtirish agrotexnologiyasi. Xiva, 2015.

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.