Научная статья на тему 'DOMINANT OʻSIMLIK TURLARIDA TURLI FASLLARDA VA TURLI YAYLOV INTENSIVLIGIDA PROEKTIV QOPLAM KO‘RSATKICHLARINING OʻZGARISHI (JANUBIY QIZILQUM)'

DOMINANT OʻSIMLIK TURLARIDA TURLI FASLLARDA VA TURLI YAYLOV INTENSIVLIGIDA PROEKTIV QOPLAM KO‘RSATKICHLARINING OʻZGARISHI (JANUBIY QIZILQUM) Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

210
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Proektiv qoplam / gradient / degradatsiya / inqiroz / sug‟orish qudugi. / Projective cover / gradient / degradation / crisis / wateringwell

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — N. F. Boboqandov

Tadqiqot natijalariga ko‟raboqilish gradiyenti bo‟ylab o‟simliklar jamoasida shuvoq tuplari sonining keskin darajada kamayib borishi va buning oqibatida ko‟p yillik o‟tlar jumladan isiriq (P. harmala) sonini ortib borganligi ko‟rsatilgan. Boqilish gradiyenti bo‟ylab dastlabki tadqiqot maydonidagi shuvoq (A. diffusa) tuplarining soni kam inqirozga uchragan, boqilish meyorida bo‟lgan. Quduq atrofidagi maydonda ko‟p yillik o‟tlardan P. harmala tuplar sonining gektariga o‟rtacha 6532 tupgacha ortganligi kuzatishlar natijasida ma‟lum bo‟ldi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

According to the results of the study, it was shown that the number of wormwood bushes in the plant community decreased sharply along the gradient of vegetation, and as a result, the number of perennial grasses, including incense (P. harmala), increased. Along the grazing gradient, the number of wormwood (A. diffusa) bushes in the initial research area was in the norm of grazing, with little crisis. As a result of observations, it was found out that the number of P. harmala bushes in the area around the well increased to an average of 6532 bushes per hectare.

Текст научной работы на тему «DOMINANT OʻSIMLIK TURLARIDA TURLI FASLLARDA VA TURLI YAYLOV INTENSIVLIGIDA PROEKTIV QOPLAM KO‘RSATKICHLARINING OʻZGARISHI (JANUBIY QIZILQUM)»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

DOMINANT O'SIMLIK TURLARIDA TURLI FASLLARDA VA TURLI YAYLOV INTENSIVLIGIDA PROEKTIV QOPLAM KO'RSATKICHLARINING O'ZGARISHI (JANUBIY QIZILQUM)

N. F. Boboqandov

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali, o'qituvchisi assistent

[email protected]

Z. B. Nomozova

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, o'qituvchisi dotsent

ANNOTATSIYA

Tadqiqot natijalariga ko'raboqilish gradiyenti bo'ylab o'simliklar jamoasida shuvoq tuplari sonining keskin darajada kamayib borishi va buning oqibatida ko'p yillik o'tlar jumladan isiriq (P. harmala) sonini ortib borganligi ko'rsatilgan. Boqilish gradiyenti bo'ylab dastlabki tadqiqot maydonidagi shuvoq (A. diffusa) tuplarining soni kam inqirozga uchragan, boqilish meyorida bo'lgan. Quduq atrofidagi maydonda ko'p yillik o'tlardan P. harmala tuplar sonining gektariga o'rtacha 6532 tupgacha ortganligi kuzatishlar natijasida ma'lum bo'ldi.

Kalit so'zlari: Proektiv qoplam, gradient, degradatsiya, inqiroz, sug'orish qudugi.

ABSTRACT

According to the results of the study, it was shown that the number of wormwood bushes in the plant community decreased sharply along the gradient of vegetation, and as a result, the number of perennial grasses, including incense (P. harmala), increased. Along the grazing gradient, the number of wormwood (A. diffusa) bushes in the initial research area was in the norm of grazing, with little crisis. As a result of observations, it was found out that the number of P. harmala bushes in the area around the well increased to an average of 6532 bushes per hectare.

Keywords: Projective cover, gradient, degradation, crisis, wateringwell.

Kirish. Bugungi kunda Respublikamizda chorvachilik sohasining, ayniqsa cho'l hududlaridagi chorvachilikning barqaror

May 12-13

877

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

rivojlanishida va uning ravnaqida tabiiy yaylov o'simliklarining o'rni benihoya kattadir. Ushbu yaylovlar chorvachilikni yil davomida tabiiy yem-xashak bilan ta'minlashning birdan-bir va yagona manbai hisoblanadi. So'ngi yillarda cho'l va yarim cho'l hududlaridagi yaylov o'simliklar qoplami qator antropogen omillar, xususan chorva mollarining tartibsiz boqilishi oqibatida tobora inqirozga uchrab, ularning tabiiy holati keskin o'zgarib bormoqda. Cho'l yaylovlarida o'simliklar qoplamining keskin o'zgarish holatlarini ushbu hudularda kam iste'mol qilinadigan, zararli va zaharli turlarning ko'payib borayotganlgi misolida ko'rish mumkin. Bu esa yaylovlarning hosildorligini pasaytirish bilan birgalikda chorva mollari yaxshi yeyiladigan tabiiy o'simliklarning keskin kamayib borishiga va buning oqibatida cho'llanish jarayonlarining tobora kuchayishiga olib kelmoqda.

Foydalanilgan materiallar va usullar.Qizilqum respublikamizning yaylov chorvachiligi keng rivojlangan Buxoro va Navoiy viloyatlari chegarasida joylashgan muhim hudud bo'lib, geologik o'rni, tabiiy-geografik xususiyatlari hamda antropogen bosimning barcha shakllarini mavjudligiga ko'ra boshqa hududlaridan farq qiladi. Markaziy Qizilqumda o'ziga xos bo'lgan turli yaylov tiplari va xillari jumladan, gipsli va qumli tuproqlar mavjud bo'lib, chorva mollarini yil davomida uzluksiz yem-xashak bilan ta'minlashga xizmat qiladi[1].

Qumli cho'l yaylovlari boshqa tipdagi qurg'oqchil yaylovlarga nisbatan tashqi ta'sirlarga birmuncha zaif va tez o'zgarishlarga moyil ekotizim sanaladi [2].

Yuqoridagi fitosenotik ko'rsatkichlar I.I. Granitov [3] tahriri ostida chop qilingan O'zbekiston yaylovlarini geobotanik tavsiflash qo'llanmasida tavsiya qilingan metodlardan foydalanib aniqlandi. Shuningdek almashinuv jarayonlarini o'rganishda B.^.ÂneKcaHgpoBa [4], T.K. Stingham et al. [5] tavsiya etgan metodlardan ham foydalanildi. Dala ma'lumotlarining elektron shakli MS Excel 2007 dasturi yordamida yaratildi va G.F.Lakin [6] ning matematik statistika metodi asosida qayta ishlandi.

Olingan natijalar va ularning tahlili. Kuzgi tadqiqot natijalariga ko'ra, tadqiqot maydonlari o'simliklar jamoasining proektiv qoplam ko'rsatkichlari boqilish darajasiga mos ravishda o'zgarishi kuzatildi. Bunda boqilish gradient bo'ylab inqiroz kuzatilmaydigan maydonlarda proektiv qoplam ko'rsatkichlari nisbatan yuqori bo'lib, 19% gacha yetishi aniqlandi(1-jadval).

Shuvoq saqlanib qolgan, boqilish darajasi o'ta yuqori bo'lmagan tadqiqot maydonida shuvoq tuplar soni gektariga o'rtacha 9967 tupni tashkil qilgan[7.8].

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Boqilish darajasining ortishi bilan shuvoq tuplar sonining kamayishi yuqoridagi tahlillardan ma'lum bo'ldi. Tuplar sonining kamayishi mos ravishda proektiv qoplamning ham pasayishiga olib keldi. O'rtacha darajada inqirozga uchragan maydonlarda shuvoqning proektiv qoplam ko'rsatkichi 14% ga tushganligi kuzatildi.

Isiriqning proektiv qoplam ko'rsatkichi sug'orish qudug'i atrofida 9% va suqorish qudugidan uzoqlashgan sari ikkinchi va uchunchi gradientda isiriq proektiv qoplamni band qilmasligi ma'lum bo'ldi (1- rasm).

Bahorgi tadqiqot natijalariga ko'ra, sug'orish qudug'idan uzoqlashish gradient bo'yicha proektiv qoplam ko'rsatgichlari, kuzgi olingan natijalardan bir muncha yuqori bo'lganligi ma'lum bo'ldi, bunga ko'ra A. diffusa ning proektiv qoplam ko'rsatgichlari uchunchi gradient bo'yicha 23% ga teng bo'ldi. P. harmala ning proektiv qoplam ko'rastgichi esa quduq atrofida 12% ga va ikkinchi va uchunchi gradientlarda bu ko'rsatgich nolga teng ekanligi aniqlandi(2-jadval). Bundan ko'rinib turibdiki, bahor faslida A. diffusa va P. harmala ning proektiv qoplam ko'rsatgichi nisbatan yuqori bo'lishi aniqlandi (2- rasm).

O'simliklarning proektiv qoplami (1-jadval)

Turlar 1-Gradient 2-Gradient 3-Gradient

Artemisia diffusa 14 17 19

Salsola praecox 1 0,3 1

Astragalus villosissimus 2 0,5 1

Calligonum microcarpum 4 3 5

Ammothamnus lehmannii 1 0 0

Peganum harmala 9 0 0

25 20 15 10 5 0

Г

r

ф

à- ^

1 - rasm. O'simliklarning proektiv qoplami, (%)

1-Gradi'

2-Gradi'

3-Gradi'

May 12-13

879

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Boqilish darajasi juda yuqori bo'lgan tadqiqot maydonida esa shuvoq tuplari turlar tarkibidan butunlay yo'qolib ketganligi kuzatildi. Bundan ko'rinib turibdiki, boqilish darajasining ortib borishi bilan shuvoq tuplar sonining kamayishi, buning o'rniga esa ko'p yillik o'simlik turlari (P. harmala va C. arenarius) sonining keskin ortib borganligi kuzatildi. Ko'p yillik o'simliklar sonining ortishi yaylovlar sifatining keskin pasayishiga, inqiroz jarayonlarining kuchayishiga olib keladi.

O'simliklarning proektiv qoplami (2-jadval)

Turlar 1-Gradient 2-Gradient 3-Gradient

Artemisia diffusa 14 19 23

Salsola praecox 3 1 1

Astragalus villosissimus 4 4 2

Calligonum microcarpum 3 6 4

Peganum harmala 12 0 0

2 - rasm. O'simliklarning proektiv qoplami, (%).

Yuqoridagi grafikdan ko'rinib turibdiki, boqilish gradiyenti bo'ylab o'simliklar jamoasida shuvoq tuplari sonining keskin darajada kamayib borishi va buning oqibatida ko'p yillik o'tlar jumladan isiriq (P.

May 12-13

880

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introduci^g^mmt^griculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishningnazariyva amaliy asoslari

jy

harmala) sonini ortib borganligi ko'rsatilgan. Boqilish gradiyenti bo'ylab dastlabki tadqiqot maydonidagi shuvoq (A. diffusa) tuplarining soni kam inqirozga uchragan, boqilish meyorida bo'lgan. Quduq atrofidagi maydonda ko'p yillik o'tlardan P. harmala tuplar sonining gektariga o'rtacha 6532 tupgacha ortganligi aniqlandi[9].

Xulosa: Inqiroz darajasi yuqori bo'lgan maydonlarda shuvoqning ulushi keskin kamayib, uning o'rnini yaylovning begona o'tlari hisoblangan isiriq egallaydi. Eng yuqori darajada inqirozga uchragan ikkinchi tadqiqot maydonni monitoring qilinganda proektiv qoplam ko'rsatkichi to'liq C. arenarius tomonidan egallanganligi aniqlandi.

REFERENCES

1. Рахимова Т. "Кукча" яйловларининг хозирги холати //Чул яйловлари хозирги холатини ривожлантириш ва чулланишнинг олдини олишнинг илмий-амалий асослари. Халкаро илмий-амалий конференцияси. - Самарканд. 2019. -Б. 334338.

2. Gintzburger G, Toderich K.N., Mardonov B.K., Mahmudov M.M. Rangelands of the arid and semi-arid zones in Uzbekistan. - Monpellier: CIRAD/ICARDA. 2003

3. Гранитов И.И. Растительный покров Юго- Западного Кызылкума. В 2-х т.Ташкент: Фан, 1964. Т. 1. -335с.

4. Александрова В.Д. Изучение смен растительного покрова // Полевая геоботаника. - М.Л.: Наука, 1964. Т.Ш. - С. 300-447.

5. Stringham T.K., Krueger W.C., Shaver P.L. State and transition modeling: An ecological process approach // Journal of Range Management. 2003. - №2 - P. 106113.

6. Лакин Г.Ф. Биометрия. - М.: Высшая школа, 1990. - 352с.

7. Boboqandov, N. (2023). BOQILISH GRADIENTI TASIRIDA O'SIMLIKLAR YER USTKI BIOMASSASINING O'ZGARISHI (JANUBIY G'ARBIY QIZILQUM MISOLIDA). Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences, 2(5), 11-14.

8. Boboqandov, N. (2023). EFEMER VA EFEMEROIDLARNING BIOMASSASINING BOQILISH TASIRI OSTIDA OZGARISHI. Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences, 2(5), 15-17.

9. Bobokandov, N., & Nomozova, Z. (2023). CHANGE IN THE NUMBER OF PLANT BUSHES THROUGH THE GRAZING GRADIENT OF SOUTHERN KYZYLKUM. Science and innovation in the education system, 2(4), 123-129.

May 12-13

881

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

iy

10. Toshpulot Rajabov, Shuhrat Valiev, Abdubakir Kushbokov, Nodir Bobokandov. (2022). Photosynthetic pigment content of Artemisia diffusa in response to different grazing intensities in rangelands of Uzbekistan. Conference: Society for Range Management At USA IV International scientific and practical conference, 64-65

11. Rajabov, T., Boboqandov, N., & Nomozova, Z. (2022). Janubiy qizilqum yaylovlarining boqilish gradienti bo'yicha tuplar sonining o'zgarishi. Natural sciences, O'zbekiston milliy universiteti xabarlari, 3(2), 92-95.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.