DO'LANA (CRATEAGUS PONTICA L) MEVASINI QAYTA ISHLAB MURABBO TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI
Xakimova Mavjuda Baxtiyorovna
Toshkent davlat agrar universiteti assistenti https://doi.org/10.5281/zenodo.13954979
Annotatsiya. Ilmiy maqolada sariq do'lana (crateagus pontica l) mevasining xususiyatlari, hosilni yig'ib terib olish jarayoni, do'lana mevalaridan qayta ishlab murabbo tayyorlash jarayonlari o'rganilgan. Do'lana mevasini tabiiy holatda uzoq muddatga saqlab bo'lmaganligi tufayli aholiga antioksidantlarga boy bo'lgan do'lana mevasidan nest nobud qilmasdan murabbo tayyorlab, mavsumdan keyingi holatlarda ham iste 'mol uchun yetkazish dolzarb muammo hisoblanadi.
Kalit so'zlar: do'lana, antioksidant, chelak va qog 'oz quti, limon kislota, sirop, murabbo.
Аннотация. В научной статье рассмотрены свойства плодов боярышника желтого, процесс заготовки, а также процесс приготовления варенья из плодов боярышника. В связи с тем, что плоды боярышника не могут сохраняться длительное время в естественном состоянии, актуальной является проблема изготовления варенья из плодов боярышника, богатого антиоксидантами, без разрушения гнезда и доставки его для потребления даже после сезона.
Ключевые слова: боярышник, антиоксидант, ведро и бумажная коробка, лимонная кислота, сироп, джем.
Abstract. The scientific article examines the properties of yellow hawthorn fruits, the harvesting process, and the process of making hawthorn jam. Due to the fact that hawthorn fruits cannot be preserved for a long time in their natural state, the problem of making jam from hawthorn fruits, rich in antioxidants, without destroying the nest and delivering it for consumption even after the season is relevant.
Keywords: hawthorn, antioxidant, bucket and paper box, citric acid, syrup, jam.
Kirish
O'zbekiston hududida, tog'li zonalarda ko'plab mevali daraxtlar mavjud bo'lib, ularning mevalari butun kuz davrida o'rmon xo'jaligi bo'limlari va oddiy xalq tomonidan yig'iladi. Shulardan biri do'lana o'simligining mevalaridir. Do'lana respublikamizning barcha tog' oldi hududlarida, baland tog'lardan tashqari, past vodiylarda joylashgan yerlarda ham o'sadi. Do'lana mevalarini chelaklarda va qog'oz qutilarda yig'iladi hamda tezroq sotilishini ta'minlash maqsadida bozor rastalariga yuboriladi. Oktyabr oyidan boshlab O'zbekiston bozorlarida do'lana mevalari paydo bo'ladi.
O'zbekistonda do'lananing ikki xil uchraydi - yirik sariq mevali hamda mayda qizil mevali. Sariq mevali do'lanani tabiiy holatda iste'mol qilish mumkin, qizil mevaliklari esa turli kasalliklarga dori-darmon va damlamalar tayyorlash uchungina ishlatiladi. Do'lana mevasi 0,5 dan 4 sm gacha bo'lgan kichik olmaga o'xshash Do'lana(crateagus pontica l) mevasi
bo'lib, u turli xil oziq moddalarga boy
va yumshoq shirin ta'mga ega. Do'lana mevalari (barglari va gullari kabi) o'simliklarda mavjud bo'lgan kuchli antioksidantlar, polifenollarning manbai hisoblanadi. Antioksidantlar tanaga zarar etkazishi mumkin bo'lgan erkin radikallar deb ataladigan beqaror molekulalarni zararsizlantirishga yordam beradi. Antioksidant faolligi tufayli polifenollar ayrim saraton, 2-toifa diabet, astma, yurak-qon tomir kasalliklari, bir qator yuqumli kasalliklarni rivojlanish xavfini kamaytiradi, shuningdek teriga foydali ta'sir ko'rsatadi. Iloji boricha do'lana iste'mol qilish zarur, chunki bu oltin meva inson salomatligi uchun juda foydali hisoblanadi.
Do'lana zararli bakteriyalarga qarshi faol kurashadi va yuqumli kasalliklarni yuqtirish xavfini kamaytiradi. Sog'lom tishlarga ega bo'lishni xohlaydigan odamlar ko'proq do'lana iste'mol qilishlari kerak, chunki u tish emalini mustahkamlaydi.
Darhaqiqat, do'lana iste'mol qilishning o'ziga xos kayfiyati bor, ammo buyrak xastaliklari bilan og'rigan insonlar bu mazali mevani iste'mol qilish miqdori haqida shifokor bilan maslahatlashishlari kerak, chunki do'lanani ko'p iste'mol qilish buyraklarda tosh paydo bo'lishiga olib keladi.
Mavzuning dolzarbligi.
Pishib yetilgan do'lana mevalarini terimdan so'ng mahsulot sifatining o'zgarishi va buzilishi bilan bog'liq murakkab jarayonlar davom etadi. Ko'pgina hollarda, terilgan mahsulot to'g'ridan-to'g'ri bozor rastalariga yoki ishlov berish uchun konserva zavodlariga yuboriladi. Terim ko'payib ketganda qisqa muddatli saqlash uchun mahsulotlar sun'iy sovutgichli omborxonalarga yuboriladi.
Do'lana mevalarini tabiiy holatda uzoq muddat saqlab bo'lmasligi uchun uni nest nobud qilmasdan qayta ishlab undan murabbo, jem va boshqa turdagi konserva mahsulotlarini tayyorlash mumkin bo'ladi. Bundan tashqari shakar sepilgan do'lana mevalarini bahorgacha muzlatgichda saqlanishi mumkin.
Do'lanadan murabbo tayyorlash. Murabbo tayyorlash uchun kerak bo'ladigan mahsulotlar: do'lana 1 kg, suv 500 ml, shakar 700 gramm, limon kislotasi 0.5 gramm limon kislotasi, xohishga ko'ra qora smorodina yoki nordon olma qo'shish mumkin.
Tayyorlash jarayoni: Do'lana mevalari yuviladi, yuvilgandan so'ng mevalar saralanadi va qayta ishlashga yaroqsiz bo'lgan begona aralashmalar olib tashlash uchun tekshiriladi, qattiq chuqurlashgan, chirigan, mog'orlangan, zararkunandalar tomonidan shikastlangan mevalar olib tashlanadi. So'ngra uni novdalari va tepasidagi tishchalarining qora qoldiqlaridan tozalanadi. Ularni oddiygina pichoq bilan yoki qo'l bilan olib tashlash mumkin.
Tozalangan mevalar sirli idishga solinadi va ustiga suv quyiladi, yumshoq bo'lgunga qadar sekin olovda 2030 daqiqa pishiriladi. Mevalarni siropdan olinadi va mavjud bo'lgan har qanday usul yordamida urug'lari olib tashlanadi. Urug'i ajratib olingan mahsulotni siropga qaytarib solinadi va 1 kg mahsulot uchun 700 g miqdorida shakar qo'shiladi.
Qaynatilgan do'lana mevasi
Olingan massani past olovda 10 daqiqa qaynatiladi, ozgina limon kislotasi qo'shiladi, uni bir necha daqiqa qaynatib turiladi, steril qoshiq bilan ko'piklari olib turiladi va issiq holda steril kichik bankalarga solinadi. Shakari kam bo'lgani uchun, bankalarni qalin mato bilan o'rash
kerak va sovuq xolatga kelgunicha qoldirish tavsiya etiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Третьякова Юлия Владимировна "Товароведная характеристика плодов боярышника и продуктов их переработки" диссертации на соискание ученой степени кандидата технических наук Кемерово-2009
2. Agro Biznes Inform Ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-ommabop jurnal №2 2024 Do'lananing (crateagus pontica l) qishloq xo'jaligidagi ahamiyati Nazarov A.M, Xakimova M.B.
3. Agro Inform www.agro-inform.uz N2 2024 Do'lana (crateagus pontica l)ning agrobioligik xususiyatlari Nazarov A.M, Xakimova M. B.
4. Rusanov F.N. Dendrologiya O'zbekistana tom I. Izd-vo FAN O'zSSR.Tashkent,1965
5. Do'lana O'zbekiston ilmiy ensiklopediyasi - 3.Davlat ilmiy nashriyoti, Toshkent 2002 y. 397 b.
6. Xakimov R.X, Xakimova M.B. "Factors influencing the storage process of' Beijing cabbage Impact of packaging materials on the preservation of beijing cabbage Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 12 (6), 22-25.