Научная статья на тему 'DELINTERLASH MASHINALARIDA URUG‘LIK CHIGIT QIZISHINING TAHLILI'

DELINTERLASH MASHINALARIDA URUG‘LIK CHIGIT QIZISHINING TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
1
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
urug‘lik chigit tayyorlash sexi / mexanik va kimyoviy tuksizlantirish / delinterlash / termoshup / harorat. / семяподготовительный цех / механическое и химическое оголение / делинтерование / термощуп / температура.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Bobomurotov Tojiddin G‘aybulloyevich, Xakimov Sherqul Shergoziyevich, Xodjayeva Margarita Yurevna

Ushbu maqolada amaldagi urug‘lik chigit tayyorlash sexlarida mexanik va kimyoviy tuksizlantirish mashinalarida urug‘lik chigit qizishining tahlil natijalari keltirilgan. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, amaldagi urug‘lik chigit tayyorlash sexlarida mexanik va kimyoviy tuksizlantirish jarayonida urug‘lik chigitning qizishi 12,0 dan 48,4 gacha oshishi kuzatildi. Bu chigitni unib chiqish darajasi pasayishiga olib keladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Analysis of heating of sowing seeds in delinters

В статье представлены результаты анализа нагрева семян при механическом и химическом оголении, в цехах подготовки посевных семян. Полученные результаты показывают, что в цехах подготовки посевных семян при процессе механического и химического оголения наблюдался нагрев семян от 12,0 до 48,4 это, в свою очередь, приводит к снижению скорости прорастания семян.

Текст научной работы на тему «DELINTERLASH MASHINALARIDA URUG‘LIK CHIGIT QIZISHINING TAHLILI»

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

UDK 678.046.55

DELINTERLASH MASHINALARIDA URUG'LIK CHIGIT QIZISHINING TAHLILI

Bobomurotov Tojiddin G'aybulloyevich Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti, Doktorant E-mail: [email protected]

Xakimov Sherqul Shergoziyevich Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti, E-mail: t.f.d., prof. [email protected]

Xodjayeva Margarita Yurevna Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti, katta o'qituvchi E-mail: [email protected]

Annotatsiya. Ushbu maqolada amaldagi urug'lik chigit tayyorlash sexlarida mexanik va kimyoviy tuksizlantirish mashinalarida urug'lik chigit qizishining tahlil natijalari keltirilgan. Olingan natijalar shuni ko'rsatadiki, amaldagi urug'lik chigit tayyorlash sexlarida mexanik va kimyoviy tuksizlantirish jarayonida urug'lik chigitning qizishi 12,0 °C dan 48,4 °C gacha oshishi kuzatildi. Bu chigitni unib chiqish darajasi pasayishiga olib keladi.

Аннотация. В статье представлены результаты анализа нагрева семян при механическом и химическом оголении, в цехах подготовки посевных семян. Полученные результаты показывают, что в цехах подготовки посевных семян при процессе механического и химического оголения наблюдался нагрев семян от 12,0 °С до 48,4 °С это, в свою очередь, приводит к снижению скорости прорастания семян.

Abstract. The article presents the results of the analysis of seed heating in real seed preparation shops (using mechanical and chemical stripping machines). The obtained results show that in the seed preparation shops, during the process of mechanical and chemical stripping, heating of seeds from 12.0 "C to 48.4 "C was observed. This, in turn, leads to a decrease in the rate of seed germination.

Kalit so'zlar: urug'lik chigit tayyorlash sexi, mexanik va kimyoviy tuksizlantirish, delinterlash, termoshup, harorat.

Ключевые слова: семяподготовительный цех, механическое и химическое оголение, делинтерование, термощуп, температура.

Key words: seed preparation shop, mechanical and chemical stripping, delintering, thermal probe, temperature.

Kirish. Paxta tozalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan tolaning jahon bozorida xaridorgirligi O'zbekistonning iqlimi, уег sharoitlariga moslashgan yuqori sifatli urug'lik chigitni ekish joylarini tanlash, yetishtirilayotgan urug'lik paxtaning agrotexnikasi va qayta ishlash texnologiyasi bilan belgilanadi [1].

Toladan so'ng to'qimachilik, kimyo va sellyuloza-qog'oz sanoatida paxta momig'i (lint), kalta momiq (delint) muhim xomashyolardan biri hisoblanadi.

Kalta momiq (delint) urug'lik chigitni tuksizlantirish davrida ajratib olinadi. Urug'lik chigitni tuksizlantirish kimyoviy va mexanik usulda amalga oshiriladi.

Mexanik usulda tuksizlantirish jarayonida delinter uskunasida tukli chigit uning bo'ylama uzunligi boshida ta'minlagich orqali tushirilib, po'lat simli cho'tkali barabanlar ta'sirida harakatlana boshlaydi. Bunda mexanik ta'sir va chigitlarning bir biri bilan hamda to'rli yuza bilan ishqalanishi natijasida tuklari ajratiladi. Ishqalanish kuchlari va mexanik ta'sir natijasida chigitlarning qizishi sodir bo'ladi.

Kimyoviy usullar vositasida tuksizlantirish jarayonida chigit yuzasidagi tolalar kuchli

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

kislotalar yordamida butunlay eritilib, tuksizlangan chigit suv bilan yuvish natijasida kislota qoldiqlaridan tozalanadi. Kislota namlik bilan reaksiyaga kirishishi natijasida hosil bo'ladigan issiqlik ta'sirida chigitdagi kalta momiqlar tez parchalanadi. Hosil bo'lgan issiqlik chigit qobig'idan o'tib unung yadrosiga salbiy ta'sir qiladi.

Hozirda, tuksizlantirilgan urug'lik chigit olish jarayonida kalta momiqni ajratishga sarflanayotgan energiya xarajatlarini tejash hisobiga tannarxni kamaytirish, mavjud delinterlash mashinalari bilan ishlov berishning samaradorligini ta'minlash, delinterlash vaqtida urug'lik chigitning qizishi hamda mexanik shikastlanishini kamaytirishga e'tibor berilishi dolzarbdir.

0C-01 rusumli mashina ikkita ketma-ket ishlaydigan bir xil diametrli ishchi kamera 1 dan tashkil topgan. Har bir kameraga ikkita metall cho'tkali baraban o'rnatilgan. Ishchi kameraning yuqori qismida barabanning uzunligi bo'yicha hosil bo'ladigan chigit valigi hamda ishchi kamerasini tashkil qiluvchi, teridan tayyorlangan qoplama 2 joylashgan. Chigit mashinaga ta'minlash novi 3 orqali kelib tushadi hamda pastki qismda joylashgan barabanlar orasidagi rostlovchi klapan yordamida ikkala barabanga taqsimlanadi.

Har bir juft barabanlar alohida elektr yuritkich 5 orqali harakat oladi. Cho'tkali baraban va qoplamalarning joylashishi simlarining uchlari to'mtoq bo'lganda barabanlarni teskari

yo'naltirishga imkon beradi.

1-Ishchi kamera; 2-chigit valigi; 3-ta'minlovchi nov; 4-rostlovchi klapan; 5-elektr yuritkich. 1-rasm. 0C-01 rusumli kalta momiq ajratuvchi mashina

Chigitni delinterlash jarayonida uning qizishini kontaktli va kontaktsiz moslamalar yordamida aniqlanadi (2-rasm).

2-rasm. a) HT-9815 kontaktli harorat o'lchagich; b) UNI-T UT303A kontaktsiz harorat

o'lchagich

HT-9815 bu to'rt oqimli harorat o'lchagich bo'lib, bir vaqtning o'zida to'rt nuqtadan

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI harorat o'lchash imkonini beradi. Qurilmani ishga tushirish uchun qurilma orqa tarafining pastki qismiga 12A quvvatini beruvchi batareyka joylanadi. Batareykani joylashtirish vaqtida uning qurilma qutblari bilan (manfiy yoki musbat) bir-biriga mos kelishi zarur. Uskunaning asosiy ishchi qismi bo'lib hisoblanuvchi 4 ta datchik (termopara) uskunaning yuqori qismiga T1, T2, T3, va T4 kabi ketma-ketlikda tartib bilan joylashtiriladi. Bunda ham uskunada ko'rsatilgan qutblarga datchik qutblari mos kelishi lozim.

Qurilma datchiklari uchlarini harorati o' lchanayotgan obyektning istalgan kerakli bir yoki to'rttagacha nuqtasiga o'rnatiladi va bunda qisqa soniyalar ichida har bir datchikning ko'rsatkichlari ekranda ko'rinadi. Bunda qurilmaning ruxsat etilgan xatolik koeffitsienti + l°Cga teng bo'ladi.

UNI-T UT303A - raqamli termometr keng diapazonda sirt haroratini -32°C ~ 800°C oralig'ida kontaktsiz o'lchash uchun mo'ljallangan ishonchli va ishlatish uchun qulay infraqizil pirometrdir. Ushbu qurilma sanoat, qurilish, avtomobilsozlik va obyekt bilan bevosita aloqa qilmasdan haroratni aniq va tez o'lchash talab qilinadigan boshqa sohalarda foydalanish uchun joizdir. Qurilmada harorat chegaralaridan oshib ketganligi haqida LED ko'rsatkichi mavjud bo'lib, bu haroratni muntazam nazorat qilish jarayonini amalga oshirishda qulaydir.

Tajriba qismi. Ishlab chiqarishda urug'lik chigitlarni tuksizlantirish mashinalarida chigitlarning chiqishdagi haroratini o'lchash bo'yicha tajriba ishlarini "Urug'chilikni rivojlantirish markazi" tizimidagi "Sirdaryo best seeds" MChJ urug'lik chigitni tuksizlantirish bo' limida

10 takrorlikda o'lchov bilan o'tkazildi.

"Sirdaryo best seeds" MChJda ikki bosqichli tuksizlantirish texnologiyasida chigitlar tuksizlantiriladi. Bu korxona texnologiyasida HCÄ tozalash agregati va 6 ta OC-01 rusumli tuksizlantirish mashinalari mavjud.

HCÄ tozalash agregati va OC-OI rusumli tuksizlantirish mashinasida urug'lik chigitning harorati kontaktsiz UNI-T UT303A asbob orqali o'lchandi.

Tadqiqot jarayonida adabiyotlar hamda internet manbalaridan foydalanildi [2-8].

Natijalar tahlili. Olingan natijalar bo'yicha ma'lumotlar 1-jadvalda keltirilgan. Bu natijalar asosidagi qurilgan gistogrammaning tahlili (3-rasm) shuni ko'rsatadiki, HC A uskunasidan so'ng tuksizlantirish mashinalarida chigitning harorati 12,6 °C dan 39,2 °C gacha o'zgaradi. Chigitning harorati ko'tarilishi uning unuvchanlik darajasiga salbiy ta'sir qiladi.

1-jadval

"Sirdaryo best seeds" MChJ urug'lik chigit tayyorlash sexida Sulton 1-avlod seleksion navi bo'yicha o'tkazilgan tajriba natijalari

_(mexanik tuksizlantirish usuli)_

Chigit seleksion navi HCA agregatidan keyingi holat 0C-01 rusumli mashina (1-delinter) 0C-01 rusumli mashina (3-delinter) 0C-01 rusumli mashina (5-delinter)

Chigit harorati (qizishi) °C

SULTON 13,0 35,9 39,8 40,5

13,0 35,4 39,1 40,2

12,9 34,9 38,9 39,9

12,9 34,8 38,9 39,4

12,8 34,6 38,6 39,4

12,6 34,4 37,5 39,1

12,4 34,2 36,9 38,6

12,3 33,4 36,6 38,4

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

12,1 33,2 36,1 38,3

12,0 32,8 34,8 38,2

O'rtacha 12,6 34,4 37,7 39,2

40

35

34,4

■C 30

25

z 20

'3n

3 15

10

12,6

1

39,2

17 7 '

I

■ HCA agregatida l 1-delinterda H 3-delinterda H 5-delinterda

3-rasm. Urug'lik chigitni tozalash va tuksizlantirish vaqtidagi harorati

Keyingi tajriba ishlari "Urug'chilikni rivojlantirish markazi" tizimidagi "Poly tex urug' klasteri" MChJ urug'lik chigit tuksizlantirish sexida 10 takrorlikda o'lchov bilan o'tkazildi.

"Poly tex urug' klasteri" MChJning ish jarayoni o'rganilganda esa, tuksizlantirish kimyoviy usulda Turkiyaning Taren Muhandislik-Engineering kompaniyasi tomonidan yaratilgan resurs-tejamkor, innovatsion delinterlash texnologiyasi asosida urug'lik chigitni tuksizlantirish zamonaviy TR 1000 delinter mashinalari yordamida amalga oshirilmoqda.

Olingan natijalar 2-jadvalda hamda 4-rasmdagi grafikda keltirilgan.

2-jadval

"Poly tex urug' klasteri" MChJ urug'lik chigit tayyorlash sexida C-6524 1-avlod seleksion navi bo'yicha o'tkazilgan tajriba natijalari

(kimyoviy tuksizlantirish usuli)

Chigit seleksion navi TAREN 1000 DELINTER rusumli mashina O'rtacha

Chigit harorati (qizishi) °C

C-6524 46,8 48,4 46,9 48,1 47,4 46,2 47,6 45,4 46,6 46,2 47

48.4

\ 48,1

\47,4 4 ,6

46,8 46,9 \

'46,2

45,4

123456789 10 TR 1000 Delinterida

4-rasm. Urug'lik chigitni kimyoviy tuksizlantirish vaqtidagi harorati

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI Xulosa. Urug'lik chigitni mexanik va kimiyoviy tuksizlantirish davrida uning harorati 35-48 °C gacha oshadi. Haroratning oshishi, ma'lum qismi yog'dan iborat bo'lgan chigit yadrosi

strukturasining o'zgarishiga sababchi bo'ladi va chigitning unuvchanligiga salbiy ta'sir qiladi. Shuning sababli, chigitni tuksizlantirish jarayonida uning qizishini kamaytiruvchi takomillashgan delinter ustida ilmiy izlanishlar va tajribalar olib borish zarur.

ADABIYOTLAR

1. "Urug' tayyorlash texnologiyasi" - Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi ta'lim yo'nalishi uchun Ma'ruza kursi. Toshkent - 2024.

2. http://www.cotton.org; http://www.omicsgroup.org; http://www.samjackson.com; http://www.bajajngp.com/; http://www.busa.com; www.indiantextilejournal.com; jit.sagepub.com; Cotton ginners handbook. 2015 y.

3. Paxtani dastlabki ishlash bo'yicha qo'llanma. "Paxtasanoat ilmiy markazi" AJ, Toshkent - 2019 y.

4. Urug'lik chigit tayyorlash texnologik reglamenti (PDI 22-2010). "Paxtasanoat ilmiy markazi" OAJ, Toshkent - 2010 y.

5. G'aybulloyevich, B. T., Shergoziyevich, X. Sh., & Mirsalixovich, A. M. (2024). URUG'LIK CHIGITLARNI TAYYORLASH TEXNOLOGIK JARAYONINING TAHLILI. Endless light in science, (mart nomer 1), 259-263.

6. Бобомуротов, Т. Г., Хакимов, Ш. Ш., & Ходжаева, М. Ю. (2024). ДЕЛИНТЕРОВАНИЕ СЕМЯН ХЛОПКА СОРТА С-6524. Universum: технические науки, 3(7 (124)), 5-8.

7. Yunusov, S., Sultonov, A., Rakhmatov, M., Bobomurotov, T., & Agzamov, M. (2021). Results of studies on extending the time operation of gin and linter grates. In E3S Web of Conferences (Vol. 304, p. 03028). EDP Sciences.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

8. T.G'.Bobomurotov, Sh.Sh.Xakimov, M.M.Agzamov. Urug'lik chigitni tuksizlantirish usullari. Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumani to'plami. I-qism, 2024y. -B. 69-71.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 2-son, 2024 Maxsus son

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.