Научная статья на тему 'DAVLAT TILINING MAVQEYI VA HAYOTIY AHAMIYATI'

DAVLAT TILINING MAVQEYI VA HAYOTIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
233
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ma’rifatparvar / til / davlat tili / konsepsiya / qadriyat / milliy / nutq / og‘zaki va yozma savodxonlik / millat.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Samandarova Gulxayo Abdukarim Qizi

Mazkur maqolada o‘zbek tilining nufuzi, darajasi, turli davrlardagi ma’rifatparvar shaxslarning qimmatli o‘gitlaridagi haqiqatlar hamda o‘zbek tilining lotin alifbosiga asoslangan yozuvning amaliyotda qo‘llanilishi to‘g‘risida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DAVLAT TILINING MAVQEYI VA HAYOTIY AHAMIYATI»

DAVLAT TILINING MAVQEYI VA HAYOTIY AHAMIYATI

Samandarova Gulxayo Abdukarim qizi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11229512

Annotatsiya. Mazkur maqolada o'zbek tilining nufuzi, darajasi, turli davrlardagi ma'rifatparvar shaxslarning qimmatli o'gitlaridagi haqiqatlar hamda o'zbek tilining lotin alifbosiga asoslangan yozuvning amaliyotda qo'llanilishi to'g'risida so 'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: ma'rifatparvar, til, davlat tili, konsepsiya, qadriyat, milliy, nutq, og'zaki va yozma savodxonlik, millat.

Аннотация. В данной статье говорится о влиянии и уровне узбекского языка, истинах в ценных учениях просвещенных людей разных эпох, а также о практическом использовании письменности, основанной на латинице узбекского языка.

Ключевые слова: просвещение, язык, государственный язык, понятие, ценность, национальная, речевая, устная и письменная грамотность, нация.

Abstract. This article talks about the influence and level of the Uzbek language, the truths in the valuable teachings of enlightened people of different eras, as well as the practical use of writing based on the Latin alphabet of the Uzbek language.

Keywords: education, language, state language, concept, value, national, speech, oral and written literacy, nation.

Bugun "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" g'oyasi asosida o'z taraqqiyotining tamomila yangi bosqichiga dadil qadam qo'yayotgan mamlakatimizda barcha sohada bo'layotgani kabi davlat tilining o'rni va nufuzini oshirish borasida ham tub burilish jarayonlari boshlandi. Sh.Mirziyoyevning o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining o'ttiz yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqida shunday jumla bor: "Dunyo hamjamiyatidan munosib o'rin egallashni maqsad qilib qo'ygan har qaysi davlat avvalo o'z xalqining milliy tili va madaniyatini asrab-avaylashga, rivojlantirishga intiladi". Shu ezgu g'oyaga muvofiq amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o'rni va nufuzi tobora oshib bormoqda.

Til - muomala, so'zlashuv va aloqa vositasi bo'lishi bilan birga millat qiyofasini belgilovchi be'baho ne'mat hamdir. Til qaysi xalqqa oidligidan qat'iy nazar, shu xalq ma'naviyatining ustuni va asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham til ta'limida bu jihatdan katta e'tibor qaratilishi maqsadga muvofiq sanaladi.

Ravon so'zlamoq va bexato yoza olmoq — ziyolilikning birinchi belgisi. Kishi ona tilida o'ylaydi, fikrlaydi, dilidagini tiliga ko'chiradi. Demak, tafakkur tili o'z ona tili bo'ladi. Yillar o'tib, milliy liboslarimiz o'zgarar, yashash tarzimiz almashar. O'ylab qarasak, o'zgarmas tushunchaning, birlikning o'zi yo'q. Biroq biz o'zgartirishga haqimiz bo'lmagan, aksincha, rivojlantirib, sayqallab borishimiz, g'urur deb bilishimiz kerak bo'lgan qadriyat bor. Bu — ona tili. Unga mehr bolalikdan shakllanadi. Beshikda go'dak orom olganida ona aytgan mehrli va orzuli alladan quvvatlanadi.

Ma'rifatparvar, o'nga yaqin tilni puxta o'rgangan olim Is'hoqxon Ibrat ham: "Bizning yoshlar, albatta, boshqa tilni bilish uchun sa'y-harakat qilsinlar, lekin avval o'z ona tilini ko'zlariga to'tiyo qilib, ehtirom ko'rsatsinlar. Zero, o'z tiliga sadoqat - bu Vataniy ishdir", deya yozib qoldirgani bejiz emas. Zero, dunyo tillarini chuqur o'rgangan holda o'z ona tilini e'zozlagan farzand o'zligini yo'qotmaydi, xalqini azizu mukarram bilib, mamlakat taraqqiyotida o'zini daxldor his qiladi!

O'zbekning yana bir buyuk ma'rifatparvari A.Avloniy: "Har bir millatning dunyoda borlig'in ko'rsatadurg'on oyinayi hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo'qotmak millatning ruhini yo'qotmakdur" deganlarida nechog'li haq edi. U o'sha paytda ham tilimiz haqida qayg'urib, "milliy tilimizni saqlamoq bir tarafda tursin, uni unutib, yo'qotmoqdamiz" deya jon kuydirga edi.

Bugungi kunda Yer yuzidagi 50 millionga yaqin aholi o'zbek tilida gaplashadi. Yurtimizda 130dan ortiq millat va ellat vakillari istiqomat qiladi. Mamlakatimizda shakllangan odil til siyosati bois xalq ta'limi tizimida ta'lim yeti tilda olib borilmoqda. O'zbek tili Davlat tili sifatida ta'lim o'zbek tilidan boshqa tillarda olib boriladigan ta'lim muassasalarida o'qitib kelinmoqda. O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili to'g'risida" hamda "Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida"gi qonunlari ta'lim tizimida joriy etilib, bevosita o'zbek tili ta'limi mazmunini takomillashtirish, o'qitish samaradorligi hamda o'zbek tilining nufuzini oshirishga qaratilgan.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi qonunga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi 167-1-son Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi "O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5850-sonli Farmoni hamda 2020-yil 20-oktabrdagi "Mamlakatimizda o'zbek tilini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida''gi PF 6084-sonli Farmoni tizimda davlat tilini to'laqonli joriy etishni ta'minlash, davlat tili sifatida o'zbek tilini o'rganish uchun shart-sharoitlarni yaratish, o'zbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo'nalish va vazifalarini hamda istiqboldagi bosqichlarini belgilashdan iborat.

Go'zal va jozibador o'zbek tilining taraqqiy etib borishini, uning har tomonlama kamolotini davlat miqyosida ta'minlash zarurdir. Til qadrining oshishi boshqa tillarga ham hurmatni ta'minlaydi. Tilni chinakamiga e'zozlash xalqlar qadriga yetish, komil do'stlik rishtalarini mustahkamlash demakdir.

O'zbekistonda 1989-yil 21-oktabrda el-yurtimiz asrlar davomida orzu qilib, intilib va kurashib kelgan davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi mamlakat suvereniteti va mustaqilligi sari qo'yilgan dastlabki dadil qadam edi. Aynan ana shu tarixiy hujjatga binoan o'zbek tili mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega bo'ldi.

Istiqlol yillarida ona tilimiz tom ma'noda davlat tiliga aylanib, xalqimizni yurtimizda erkin va ozod, farovon hayot qurishdek buyuk marralarga safarbar etadigan beqiyos kuch sifatida maydonga chiqdi.

Yangilanayotgan O'zbekistonning bugungi bosqichi — milliy yuksalish davri talablaridan kelib chiqib, bugungi kunda ona tilimizning nufuzini yanada oshirish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining tashkil etilgani tilimizning tarixiy ildizlarini chuqur o'rganish, uni ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish va qo'llanish doirasini kengaytirish, filolog kadrlar tayyorlash borasidagi ishlarni yangi pog'onaga ko'tardi.

"Davlat tili haqida"gi qonunning qabul qilinishi mamlakat suvereniteti va mustaqilligi sari qo'yilgan dastlabki dadil qadam edi. "Davlat tili to'g'risida"gi qonun boshqa millat va elatlarining tillariga nisbatan ham hurmat va e'tiborda bo'lishga, bag'rikenglik tamoyillariga da'vat etadi: "O'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o'z ona tilini qo'llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi". Inson o'z ona

tiliga qanday munosabatda bo'lsa, boshqa tillarga ham shunday munosabatda bo'lishga chaqiradi. Millatning ma'naviy boyligi tildir. U nafaqat muomala vositasi, balki xalqning madaniyati , urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Aynan til tufayli insoniyat u yoki bu xalqqa mansubligidan faxrlanib yashaydi. Barcha tillarni tan olish va hurmat qilish tinchlikning birdan bir kafolatidir. Shu sababli ham har bir xalq o'z tili saqlanib qolishi uchun harakat qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi "O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'isida" PF-5850-son Farmoni qabul qilindi. Unga ko'ra:

a) 2020-2030-yillarda o'zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi quyidagilar nazarda tutiladi:

mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to'liq va to'g'ri foydalanishga erishish;

ta'lim tashkilotlarida davlat tilini o'qitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish;

davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish; davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga faol integratsiyalashuvini ta'minlash;

davlat tilining xalqaro miqyosdagi o'rni va nufuzini oshirish, bu borada xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;

mamlakatimizda istiqomat qiladigan barcha millat va elatlar tillarini rivojlantirish maqsadida keng va teng imkoniyatlar hamda ularga davlat tilini o'rganish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

b) 2020 — 2030-yillarda o'zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini 2020 — 2022-yillarda amalga oshirish dasturiga muvofiq;

v) 2020 — 2030-yillarda o'zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlariga muvofiq tasdiqlansin.

Asosiy yo'nalishlar quyidagilarni nazarda tutadi:

a) ta 'lim tashkilotlarida davlat tilini o'qitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilmfan tili sifatidagi nufuzini oshirish sohasida:

2025-yilga qadar davlat maktabgacha ta'lim tizimida amaldagi maktabgacha ta'lim muassasalarining hududlarini kengaytirish yoki yangi quriladigan muassasalar hisobiga o'zbek tilli guruhlar qamrovini 72 foizga, 2030-yilgacha esa 80 foizga yetkazish;

oliy ta'lim muassasalarida o'zbek tili kafedralari sonini 2025-yilga qadar 120 taga, 2030-yilgacha esa 140 taga yetkazish;

2025-yilga qadar davlat tilida sohaviy ish yuritish hujjatlarining yagona elektron namunalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish uchun 14 ta onlayn dastur ishlab chiqish, 2030-yilgacha esa ushbu ko'rsatkichni 25 taga yetkazish;

Shu bilan birga, 2021-yil 1-apreldan boshlab, o'zbek tili va adabiyoti bo'yicha bilimni baholashning milliy test tizimi asosida rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasi aniqlash hamda mas'ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini bilish bo'yicha daraja sertifikatlari joriy etildi.

Ta'lim tashkilotlarida davlat tilini o'qitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish yo'nalishida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda:

maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga o'zbek tilini o'rgatish tizimini takomillashtirish;

o'zbek adabiy tilining yozma nutq me'yori va qoidalarini o'rganish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida qisqa muddatli o'quv kurslarini muntazam ravishda tashkil qilib borish va masofaviy o'qitish tizimida ta'lim olish imkoniyatini yaratish;

savdo, ishlab chiqarish, maishiy xizmat ko'rsatish obyektlariga o'zbekcha nom qo'yishning normativ-huquqiy asosini shakllantirish.

Ta'lim tashkilotlarida davlat tilini o'qitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish borasida

S Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini, imlo qoidalarini yanada takomillashtirish va yangi yozuvga to'liq o'tishni ta'minlash;

S Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga o'zbek tilini o'rgatish tizimini takomillashtirish;

S Boshqa millat vakillariga davlat tilini o'rgatuvchi o'quv-metodik qo'llanmalar, ko'rgazmali materiallar yaratish lozim.

Barcha davrlarda bo'lgani kabi hozirgi vaqtda ham ikki yozuvdan birdek foydalanish mavjud. Ammo bu nutqning sofligini yo'qotish, yozma savodxonlikning buzilishiga sabab bo'lolmaydi.

Zohiriy "Imlo" kitobining so'z boshisida turkiy tilning uzoq davr arab va fors tillari tazyiqi ostida qolib kelganidan, so'nggi paytda esa uning butunlay arab imlosi tartibida yoziladigan, o'ndan bir kalimasini ham odamlar anglamaydigan darajaga yetib kelganidan qayg'urib: "Buning bilan kundan-kun, yildan-yil o'tgan sari tilimiz oqmay qolg'an suvdek muzlamoqqa boshladi. Hatto ba'zi kishilarimiz arabiyg'a xeyli iqtidorli bo'lsa, o'z tilimizning eng kerakli qoidalarini ham bilmaydurg'on bo'ldilar", deb ta'kidlagan. U "Sadoyi Farg'ona" gazetasida chop etilgan "Ona tili" maqolasida: "Qachonki, o'z tilimizni yaxshilab bilmadikmi, boshqa tilni albatta durust bilmaymiz", deb yozadi.

Uning 1929-yili "Qizil O'zbekiston" gazetasidagi "Til va imlo" maqolasida: "Agar ajnabiy so'zlar olinaversa, tilda soflik bita-bita, sal yilning ichida boshqa so'zlar u tilni qoplab, tanimasliq holga keltiradi va yutadi", deb uqtirishi hozirgi kun imloda yuzaga kelayotgan muammolardagi ayni haqiqatdir.

To'g'ri -yozuv qoidalari tilshunoslar tomonidan tuziladi va jamoatchilik muhokamasidan o'tkaziladi. Imlo qoidalari hukumat tomonidan tasdiqlanadi. Kishilar o'zaro yozishmalarida, rasmiy ish yuritishda ta'lim jarayonida , madaniy - ma'rifiy faoliyatdaa tilning imlo qoidalariga amal qilishga majburdirlar. Imlo me'yorlari, ya'ni to'g'ri yozish me'yorlari nutqiy savodzonlikni belgilovchi asosiy mezon sanaladi. Bu me'yorlarning amal qilishi imlo qoidalari bilan tasdiqlanadi. So'z va qo'shimchalarning yozilishi ma'lum bir qoidalarga asoslanmasa, yozuvda har xillik yuzaga chiqadi, natijada bir-birini tushunish imkoniyati yo'qoladi.

Lotin yozuvida asoslangan o'zbek alifbosi asosidagi yozuv meyorlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1995-yil 24-avgustda tasdiqlangan "O'zbek tilining asosiy imlo qoidalari"ga tayanadi. Unga harflar imlosi, o'zbek va qo'shimchalar imlosi bo'g'in ko'chirish so'zlarni qo'shib va ajratib yozish kabilarga oid qoidalar kiritilgan. Yozma nutqda bu qoidalarga amal qilish majburiydir.

Misol tariqasida: kirill alifbosidagi ayirish belgisi (ъ) doim ham lotin alifbosidagi tutuq belgisiga to'g'ri kelavermaydi.

Agar kirill alifbosida yozilgan o'zlashma so'zda ayirish belgisidan keyin e, ё, я yoki ю harflaridan biri kelsa, ayirish belgisi lotinga ko'chmaydi, keyingi harf esa ye, ya, yu yoki yo tarzida yozilaveradi.

Misol:

Объект — obyekt Подъезд — podyezd Съёмка — syomka Объём — obyom Адъютант — adyutant Demak: Ob'ekt-Obyekt +

Bargga yoki barkka?

Kirill alifbosida

O'zagi Г harfi bilan tugaydigan so'zlarga -га, -ган, -гача, -ганча, -гунча, -гани, -гудек kabi qo'shimchalar qo'shilsa, nutqda ham, yozuvda ham tovush almashishi (к + ка) kuzatiladi: Барг + га = баркка Тег + ган = теккан Туг + гунча = туккунча Баргга+ Баркка+

*Lekin o'zlashgan so'zlar aslicha qolaveradi: Педагог + га = педагогга Стоматолог + га = стоматологга Lotin alifbosida

O'zagi G harfi bilan tugaydigan so'zlarga -ga, -gan, -gacha, -gancha, -guncha, -gani, -gudek kabi qo'shimchalar qo'shilsa, talaffuzda tovush almashsa ham, yozuvda harflar aslicha yoziladi:

Barg + ga = bargga Teg + gan = teggan Tug + guncha = tugguncha Barkka -Bargga+

Toqqa yoki tog'ga?

Kirill alifbosida

F harfi bilan tugaydigan so'zlarga -га, -ган, -ганча, -гунча, -гани kabi qo'shimchalar qo'shilsa, nutqda ham, yozuvda ham tovush almashishi (к + ка) kuzatiladi: Тог + га = токка Бог + га = бокка Тогга -Токка + Lotin alifbosida

G' harfi bilan tugaydigan so'zlarga -ga, -gan, -gancha, -guncha, -gani kabi qo'shimchalar qo'shilsa, faqatgina nutqda tovush almashishi kuzatiladi (q + qa), yozuvda esa aslicha qolaveradi

(g' + ga):

Tog' + ga = tog'ga+ Bog' + ga = bog'ga+ Toqqa -

Tog'ga +

X(X) va H(^) harflari

Misol uchun

Kirill Lotincha to'g'ri Lotincha noto'g'ri

дорихона dorixona dorihona, dorikhona

жах,он jahon jaxon, jakhon

Agar "ц" so'z boshida va oxirida kelsa, shuningdek, so'z o'rtasida undosh tovushdan keyin kelsa, "ц"ш "s" bilan yozish mumkin. Bunda o'zbeklar nutqiga xos talaffuz yuzaga keladi. Masalan:

• циркуль — sirkul, цирк — sirk

• герц — gers, абзац — abzas

• акция — aksiya, концерт — konsert

Ikkinchisi, "ц" harfi so'z o'rtasida ikki unli tovush orasida kelsa, "ts" shaklida o'girish kerak. Masalan, dotsent - dotsent, akatsiya- akatsiya, konstitutsiya - konstitutsiya kabi. Bu o'rinda kirill va lotin o'rtasida muvofiqlik bor. Shu bilan birga, istisno holatlar borki, buni ham ko'rib chiqish kerak. Masalan:

антициклон — antisiklon, эпицентр — episentr, геоцентрик — geosentrik.

Ushbu misollardagi "ц" ikki unli orasida turgandek ko'rinadi, lekin bu yerda nozik bir narsa bor. Bu so'zlarning o'zagiga e'tibor qilinsa, "siklon", "sentr", "sentrik" so'zlarining o'zagi, "anti", "epi" va "geo" esa old qo'shimcha, ya'ni prefiks deb qaraladi. Shuning uchun bu o'rinlarda "ц"ni ikki unli orasidagi emas, balki so'z boshidagi deb qarash kerak.

Misol uchun

Kiril Lotincha to'g'ri Lotincha noto'g'ri

цирк федерация функция sirk federatsiya funksiya cirk, tsirk federaciya, federasiya funktsiya, funkciya

Xulosa qilib aytadiganda, har bir fuqaro ajdodlardan meros bo'lib kelayotgan tilimiz rivojiga mas'uldir. Ushbu mas'ullik hissi farzandlarimiz ongida yoshlikdan tarbiyalangan taqdirda, kelajakda ular tilimizni dunyo tillari qatoridan o'rin olishlarida o'zlarining vatanparvarlik tuyg' ularini namoyon eta oladilar. Og'zaki va yozma savodxonlikni oshirish zamon va yosh tanlamaydi, aksincha insonni yanada ziynatlaydi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi qonunga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi 167-1-sonli Qonuni.

2. O'zbekiston Respublikasining "Ozbek tili bayrami kunini belgilash to'g'risida"gi Qonuni 2020-yil 10-aprel, O'RQ-615-son.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-sonli Farmoni.

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi "O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo'yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida"gi 140-son qarori.

5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yilning 20-yanvaridagi "Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 34-sonli qarori.

6. "O'zbek tilining asosiy imlo qoidalari". 1995-yil 24-avgust.

7. Milliy o'zlik va mustaqil davlatchilik timsoli. Toshkent. "Innovatsiya-Ziyo" 2020.

8. Nosirov A. "Davlat tilining uzluksiz ta'lim tizimida o'qitilishi borasidagi muammolar"

9. Milliy o'zlik va mustaqil davlatchilik timsoli. Toshkent. "Innovatsiya-Ziyo" 2020y. 200-b.

10. Oyina.uz. Ma'naviy-ma'rifiy portal.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.