Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
TIL - MILLATNING MA'NAVIY BOYLIGI
Qurbonova Marguba Boltayevna
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti katta o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada o 'zbek xalqining, uning milliy madaniyati va o 'ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo 'Imish o'zbek tilining har tomonlama rivojlanishini ta 'minlash, mazkur tilning davlat tili maqomidek salohiyatini izchil va to 'liq ro 'yobga chiqarish muhim vazifa ekanligi yoritilgan.
Kalit so'zlar: til, millat, o'zbek tili, qadriyat, or-nomus, turkiy tillar, elat.
АННОТАЦИЯ
В данной статье важно обеспечить всестороннее развитие узбекского языка, который является средством выражения национальной культуры и самобытности узбекского народа, последовательно и в полной мере реализовать потенциал этого языка как государственного.
Ключевые слова: язык, нация, узбекский язык, ценность, честь, тюркские языки, народ.
ABSTRACT
In this article, it is important to ensure the comprehensive development of the Uzbek language, which is a means of expressing the national culture and identity of the Uzbek people, to consistently and fully realize the potential of this language as the state language.
Key words: language, nation, Uzbek language, value, honor, Turkic languages, people.
KIRISH
Til har bir millatning ulkan boyligi, benazir qadriyati va bebaho mulki hisoblanadi. Har bir xalq, har bir elat, o'zi hurmat va ehtirom qiladigan tilga ega. Tilda ana shu tilning ijodkori bo'lgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Ayni zamonda, til ijtimoiy taraqqiyotda ulug'vor ahamiyat kasb etadi. Til - har bir millat o'zligining ajralmas belgisidir.
O'zbek tili - O'zbekiston Respublikasi aholisining mutlaq ko'pchiligi bo'lmish o'zbek xalqining ona tilidir. U O'zbekiston birligi va yaxlitligi, jamiyat jipsligining muhim omili hisoblanadi. O'zbek xalqining, uning milliy madaniyati va o'ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo'lmish o'zbek tilining har tomonlama rivojlanishini ta'minlash, mazkur tilning davlat tili maqomidek salohiyatini izchil va to'liq ro'yobga chiqarish muhim vazifadir. O'zbek tilining taraqqiy etib borishini, uning har tomonlama kamolotini davlat miqyosida ta'minlash, ya'ni o'zbek tiliga davlat tili
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
maqomini berish respublikamiz aholisining diqqat markazida turgan favqulodda masalalardan biridir. Bu muammoning ijobiy hal qilinishi hozirgi sharoitda eng oqilona yo'l bo'lishi shubhasiz. Yana shu ham aniqki, o'zbek tilining davlat tili maqomini olishi respublikamizda yashovchi boshqa millat vakillari tillarining mavqeyi va taraqqiyotiga sira to'siq bo'lmaydi, aksincha, bu tillarning yanada rivoj topib borishi uchun ko'maklashadi. Bir til qadrining oshishi boshqa tillarga ham hurmatni ta'minlaydi. Tilni chinakamiga e'zozlash xalqlar qadriga yetish, komil do'stlik rishtalarini mustahkamlash demakdir.
Til har bir millatning ko'zgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir. Til bor ekan, millat barhayotdir. Tilni Onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson o'z onasini ko'rmasdan, uning sof muhabbatini, mehrini tuymasdan yashay olishi mumkin emas. Bu fikrimizning isboti sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan so'zlagan nutqini keltirishimiz mumkin: «Kimda-kim o'zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta'sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo'lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o'lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo'shiqlariga quloq tutsin».
MUHOKAMA VA NATIJALAR
1989-yil 21-oktabr kuni O'zbekiston parlamenti "Davlat tili haqida"gi qonunni qabul qilishi bilan o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Bu O'zbekistonning mustaqillikka erishishi yo'lidagi ilk qadam, debocha edi. Davlat tili haqidagi qonunning 1-moddasida: "O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir", deb yozib qo'yilgan. 1992-yil 8-dekabrida O'zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi o'zbek tilining maqomini yanada mustahkamladi. "O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir", - deyiladi Asosiy Qonunning 4-moddasida ham. Nihoyat, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 21-oktabrdagi "O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni ayni muddao bo'ldi. Mazkur farmon davlat tili qismatiga najot, yangi hayot bag'ishladi. "Davlat tili haqida"gi qonun amaliyotini tubdan yangilash va to'g'ri izga solishga asos yaratdi. Ayniqsa, "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida xodimlarining umumiy cheklangan soni 9 ta shtat birligidan iborat Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilishi" haqidagi band juda katta amaliy ahamiyatga ega bo'lishi mumkin. Bu "Davlat tili haqida"gi qonun ijrosiga doir eng zarur va ko'pdan beri kutilayotgan amaliy mexanizmdir.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Buyuk mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, «Ko'ngil qulfi maxraning qulfi til va gulfin kalitin so'z bil». Ya'ni, inson qalbining xazinasi til, bu qalb xazinasining kaliti so'zdir.
Davlatimiz rahbarining BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida insoniyat oldida turgan eng muhim masalalar xususida o'zbek tilida nutq so'zlagani tilimizning xalqaro miqyosdagi mavqyeini mustahkamlash yo'lida yana bir qadam bo'ldi. Zotan, ona tili - millatning ruhi, uning or-nomusi, ma'naviy qiyofasi, orzu-umidlarning namunasidir.
Zero, buyuk ma'rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy yozganidek: «Har bir millatning dunyoda borlig'ini ko'rsatadurg'on oyinai hayoti tili va adabiyotidur. Milliy tilni yo'qotmak millatning ruhini yo'qotmakdur». Ona tilimizning qadr-qimmati, tilimizga hurmat va muhabbat barcha jabhalarda to'la namoyon bo'lishi millat kelajagi bilan bog'liq muhim masaladir. Aytish kerakki, bugun o'zbek tilining xalqaro minbarlarda baralla yangrashi, dunyo bo'ylab e'tirof etilishi yorug' istak sifatida qalbimizda jo'sh urmoqda. Bu borada tashlanayotgan dadil qadamlar davlat siyosati darajasida qo'llab-quvvatlanayotgani faxrlanarli, albatta. BMT minbarlarida jaranglagan tilimiz o'zbekning qon tomirlarida g'urur tuyg'usini jo'shqinlantirgan bo'lsa, bu tarixiy voqelik yurtimizda o'zbek tili qaddi va g'ururini tiklashga qaratilgan ezgu ishlarda ona tiliga sadoqatning yorqin namunasi bo'ldi.
O'zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro'-e'tiborini tubdan oshirish, o'nib-o'sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an'ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug' ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to'laqonli joriy etishni ta'minlash maqsadida 2019 yil 21 oktyabrda "O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi, 2020 yil 20 oktyabrda "Mamlakatimizda o'zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi prezident qaror va farmonlari imzolandi va hayotga tatbiq etildi. Shuningdek, 2020-2030 yillarda o'zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi va mazkur kotsepsiyani 2020-2022 yillarda amalga oshirish dasturi, o'zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari belgilab berildi.
XULOSA
Xulosa qiladigan bo'lsak, har birimiz davlat tiliga bo'lgan e'tiborni mustaqillikka bo'lgan e'tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozimligini butun vujudimiz bilan his etishimiz lozim. Bunday vatanparvar harakatni barchamiz o'zimizdan, o'z oilamiz va jamoamizdan
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
boshlashimiz bilanoq o'zbek tilini rivojlantirishga bevosita ulkan hissa qo'shgan bo'lamiz. O'zbek tili turkiy tillar oilasiga mansub eng yirik tillardan biri hisoblanadi. Til-millatning ma'naviy boyligidir. Til nafaqat muomala vositasi balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Tilni asrash, rivojlantirish - millatning yuksalishi demak.
Bosh qonunimizda ham davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo'yilgan. Hozirgi vaqtda yer yuzida o'zbek tilida so'zlashuvchilar soni qariyb 50 million kishini tashkil etishi uning dunyodagi yirik tillardan biriga aylanib borayotganidan dalolat beradi. Zero, «Davlat tili haqida»gi qonun ona tilimizning bor go'zalligi va jozibasini to'la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi.
Shu jihatdan bugun yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning madaniyati va urf-odatlarini, xususan, ularning ona tillarini rivojlantirish uchun ham zarur sharoitlar yaratilmoqda. Turli hududlarda tashkil etilgan 140 ga yaqin milliy madaniyat markazlari ana shu maqsadlarga xizmat qilmoqda. Ko'plab ta'lim-tarbiya maskanlari, ommaviy axborot vositalari o'zbek tili bilan birga, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg'iz, tojik, turkman tillarida faoliyat ko'rsatmoqda. Xorijiy tillarga ixtisoslashgan hamda ta'lim chet tillarda olib boriladigan ta'lim muassasalari soni oshib borayotir.
REFERENCES
1. Mirziyoyev. O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va maqyeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida. Toshkent sh., 2019 yil 21 oktyabr,PF-5850-son
2. Mirziyoyev Sh.M. O'zbek tili xalqimiz uchun milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma'naviy boylik, buyuk qadriyatdir // Xalq so'zi gazetasi.-2019 yil 22 oktyabr, 218-son.
3. Qurbonova M.B. "Language Policy and Its Social Aspects" Internatsional Journal of Development and Public Policu. Table of Content - Volume 1 | No 5 (Oct 2021)
4. Qurbonova M.B. (2022). Huquqiy va siyosiy madaniyat O'zbekistonda fuqarolik jamiyati barpo etishning asosiy bo'g'ini. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 342-346. 1.
5. Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. - Toshkent: Ma'naviyat, 2020.