Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
DANIIYEL DEFO "ROBINZON KRUZO" ASARIDA ROBINZON OBRAZNING BADIIY-FALSAFIY XUSUSIYATLARI HAQIDA
Bobur Yangiboy o'g'li Hakimov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola Daniel Defoning Robinzon Kruzo asari xaqida bo'lib, asar bosh qahramon nomi bilan atalgan. Kitob 1719-yilda roman shaklida ingliz tilida nashr qilingan. Asarda 28 yoshli, Yorklik dengizchi Robinzon Kruzoning boshidan kechirgan qiziqarli sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi. Baxtga qarshi u o'tirgan kema xalokatga uchraydi,kemadagi ekipajdagilardan faqatgina u tirik qoladi. Taqdir taqazosi bilan u dengizdagi orollardan biriga tushib qoladi. Bu roman angliyadagi ilk klassik romanlardan biri edi. Roman ilk bora qisqa nashrdajngliz tilida chop etildi.Roman qahramoni Robinzon kruzo sarguzashtlari bilan barchamizni o'ziga jalb qiladi.U yiqilaveradi tabiat bilan kurashishda davom etadi lekin injiq tabiat uni oroldan ketkazishni istamaganidek,u bilan hazillashadi shekilli uni shu orolda jon saqlashga majbur qiladi.
Kalit so'zlar: Orol,kema,dengiz,sohil,arqon, bug'doy,echki,narvon, kalendar,o'q
dori.
KIRISH:
Ona o'g'lining yuragiga adabiyot kirib kelayotganidan hali bexabar. Haqiqiy ijodkorga adabiyotning o'zi kirib keladi. Adabiyotga kirib borilmaydi. Adabiyotga kirib borganlar shunchaki adabiy mehmonlar, xolos! Ular tug'ma emas, surtma talantlardir! Haqiqiy ijodkorlar adabiyotga mezbonlik qiladilar. Adabiyotshunos Rahimjon Rahmat bilan muloqot nomli maqoladan olingan bu so'zlar insonni ilimga,adabiyotga,mehri ulg'ayib borayotgan yoshlarimizga bagishlangan.Kitob o'qigan insonni yuragida yovuzlik bo'lmaydi,
ASOSIY QISM:
Daniel Defo Daniyel Defo tahminan qilishlaricha 1659—1661 yillarda Londonda tavallud topgan — 1731-yil 24-aprelda Londonda vafot etgan Ingliz buyuk yozuvchisi va jurnalisti. O'zining "Robinson Crusoe" 1719-yil shoh asari bilan dunyoga mashhur bo'ldi. Daniel Defoe bu asari bilan ingliz romanchiligiga katta hissa qo'shgan. sarguzasht romanlari ham qiziqarli tafsilotlarga boy. Jahon adabiyotida "Robinzon Kruzo" romaniga taqlidan juda ko'p asarlar yaratilgan. Bu roman Yo'ldosh Shamsharov tarjimasida o'zbek tilida bir necha bor nashr etilgan.
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Robinzon Kruzo asari sarguzasht asr bo'lib bu kitobni o'qishni boshlaganingizdan sizga illiq tasurotlar uyg'otadi, yani yiqilib qayta turishni, yengilsangiz yana qaytadan hayotni boshidan boshlasa bo'ladi, insonni qo'lidan keladi, harakat qilsa hamma oldingizga qo'ygan maqsadlarga erishssa bo'ladi degan jumlalar kelib chiqadi menimcha.Robinzon orolga tushar ekan, u yerda hechkimni hayoliga kelmagan narsalarda o'ziga kerakli anjomlar yasaydi. Qiyin bo'lishiga qaramasdan, eng kata daraxtni yiqitib kema yasab ko'radi. Lekin u kemani dengizga olib chiqishni bir kishi eplay olmaydi. Shunda ham qahramonimiz to'htab qolmaydi, kema dengizga bormasa dengizni kemani oldiga olib kelaman deb katta ariq qaziydi,lekin yana tabiyatga qahramonimiz yengiladi chunki ariq yo'lidan qazib bo'lmaydigan katta tosh chiqadi.Asar shunday boshlanadi. "Men bolalik chog'imdanoq dengizni olamdagi hamma narsadan ham yaxshi ko'rib qoldim. Uzoq safarga jo'nab ketayotgan har bir matrosga hasad qildim Bir necha soatlab dengiz bo'yida tunab o'tib ketayotgan kemalarga ko'z uzmay qarab qolardim.Mening bu qilig'im ota-onamga sira yoqmadi Keksa, dardchil otam, mening katta amaldor bo'lishimni, qirol mahkamasida xizmat qilib, katta maosh olishimni istar edi. Men esa dengjz. bo'lishni orzu qilar edim. Dengiz va okeanlarda kezib
yurish nazarimda buyuk bir baxt edi".Hmma ota ona ham farzandini ertaga kelajakda yaxshi inson bo'lsin,biz ko'rgan qiyinchiliklarni ko'rmasin, yaxshi pul topib yaxshi ishlasin deyi Robinzon Kruzoning otasi ham shunaqa fikrda edi.Ammo qaysar Robinzon otasi oq qilaman deyishiga ham,qari onqasini ahvoliga ham qarab o'tirmay o'zinig qiziqishi,yani dengizga talpinaveradi.Va niyyatiga ham yetadi, bizda bir maqolimiz bor ota rozi hudo rozi ota onani norizo qilgan inson hayotda biri ikki bo'lmaydi degan.Balkim Robinzonda ham huddi shunday bo'lgandir deb o'ylab qolaman. Chunki Robinzon otasini norizo qiilib ketadi.Onasiga ketmoqchi ekanligini aytadi, lekin onasi bu gaplarni yillar o'tib otasiga aytadi va otasi o'sha paytda aytgan gaplari Robinzonni kimsasiz sohillarda hor bo'lishini bilganday otasi shunday gapni onasiga aytgan: "Ko'p yillardan keyin, bilsam, oyim ishqilib o'sha gapimizning hammasini oqizmay-tomizmay otamga aytibdi. Otam xafa bo'lib va og'ir nafas
olib, unga bunday debdi:— O'g'lingni dardini bilolmadim. O'z yurtimizda u qiyinchilik ko'rmay muvaffaqiyat qozonishi va baxt topishi mumkin. Biz boy-badavlat bo'lmasak ham,
uncha-muncha pulimiz bor. U hech narsaga muhtoj bo'lmay, bahuzur biz bilan yashasa bo'ladi. Agar u elma-el kezib ketadigan bo'lsa, haligacha odam bolasi boshiga tushmagan musibatlarga duchor bo'ladi. Yo'q, men uning dengizda yurishiga ijozat berolmayman. Vatandan narida u yolg'iz qoladi, mabodo biror falokat yuz bersa, unga taskin beradigan do'st topilmaydi. U vaqtda o'z mulohazasidan pushaymon yeydi-yu,
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
ammo o'kinishi befoyda bo'ladi!" Otasi uni kelajagini bilganday bu fikirlarni aytgan. Robinzon ham orolga borib bekor o'tirmadi. U bunday kimsasiz,odam oyog'i yetmaydigan orolda o'zi yolg'iz qiyinchilikdan o'zini o'ldirsa ham bo'lardi lekin u hayoti uchun tabiat bilan kurashdi va buni uddasidan chiqdi deb o'ylayman. U echkini qo'lga o'rgatdi, o'zi uchun bug'doy yetishtirdi. Echkilarni ko'paytirib hohlagan paytida sut ichadigan, go'sh yeydigan bo'ldi. O'zi uchun kiyim tikdi, charx yasadi menni etiborimni tortgan kashviyotlaridan biri charx bo'lgan. Charxni yasash va pichoqlarni chorlab ishlatishi uni, aqli zaif inson emas, uncha muncha narsalarga aqli yetadigan aqilli inson ekanligini ko'rsatadi. Jumavoga to'xtaladigan bo'lsak Jumavoy o'zi odamxo'rlardan bo'ladi lekin Robinzon uni tarbiya qiladi u insonni butunlay o'zgartirib yuboradi bu ishlari taxsinga sazovardir bu kitobdan ibrat oladigan jixatlar juda ko'p. XULOSA:
Bu asar xaqida sulasa yozar ekanmiz asar boshida Robinzon Kruzoning otasini gapiga kirmasdan ketib qolganini bilamiz lekin uning ham bunday fikri bo'lmaydi onasiga otasidan so'rab berishini aytadi. Lekin onasi bunday qilmasligini aytadi,Robinzon shunday bo'lsa ham ota onasini norizo qilib ketadi.Va umri inson qadami yetmagan sohilda o'tadi.Ota onasini duolarini olib ketganda bunday qiyinchiliklar bo'lmasdi deb o'ylayman. To'g'ri otasi bunga qarshi edi ruxsat bermayotgan edi deb o'ylayotgandirsiz, lekin chin dildan yig'lasa so'qir ko'zdan yosh chiqar deydiku. Lekin bu kitob sarguzashtlarga boy o'quvchini zeriktirib qo'ymaydi o'qib yana o'qingiz kelaveradi.
FOYDALINILGAN ADABIYOTLAR
1-Daniyel Defo "Robinzon Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari" 2019- yil
2 WWW.UZ Adabiyotga kirish
3 Internet.uz
4 WWW.UZ Adabiyot so'z sanati