Научная статья на тему 'ОРГАНИЗАЦИОННО-ПРАВОВЫЕ ИЗМЕНЕНИЯ В АУДИТОРСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В УСЛОВИЯХ ПАНДЕМИИ'

ОРГАНИЗАЦИОННО-ПРАВОВЫЕ ИЗМЕНЕНИЯ В АУДИТОРСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В УСЛОВИЯХ ПАНДЕМИИ Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
110
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Review of law sciences
Область наук
Ключевые слова
пандемия / COVID-19 / аудиторская деятельность / дистанционный аудит / методы проверки / информационные технологии. / pandemic / COVID-19 / audit activity / remote audit / verification methods / information technology.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Хуршиджон Абдуллаев

в данной статье обсуждены вопросы влияния пандемии COVID-19 на страны мира, освещение экономической и социальной жизни и меры, принимаемые против нее. Кроме того, рассмотрены вопросы касательно организации аудита в нашей стране и странах СНГ во время пандемии. В результате проведенного исследования разработаны предложения по организации дистанционной аудиторской деятельности в условиях пандемии.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORGANIZATIONAL AND LEGAL CHANGES IN AUDITING DURING PANDEMIC

This article discusses the impact of the COVID-19 pandemic on countries around the world, coverage of economic and social life, and measures taken against it. In addition, issues regarding the organization of an audit in our country and the CIS countries during a pandemic were examined. As a result of the study, proposals were developed for organizing remote audit activities in a pandemic.

Текст научной работы на тему «ОРГАНИЗАЦИОННО-ПРАВОВЫЕ ИЗМЕНЕНИЯ В АУДИТОРСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В УСЛОВИЯХ ПАНДЕМИИ»

Review of law sciences

Q-------------- 1

- Д^

Khurshidjon Abdullayev,

Lecturer at Tashkent State University of Law abdullaev_xurshidjon@mail.ru

ORGANIZATIONAL AND LEGAL CHANGES IN AUDITING DURING PANDEMIC

Abstract: This article discusses the impact of the COVID-19 pandemic on countries around the world, coverage of economic and social life, and measures taken against it. In addition, issues regarding the organization of an audit in our country and the CIS countries during a pandemic were examined. As a result of the study, proposals were developed for organizing remote audit activities in a pandemic.

Keywords: pandemic, COVID-19, audit activity, remote audit, verification methods, information technology.

Хуршиджон Абдуллаев,

Преподаватель Ташкентского государственного юридического университета

abdullaev_xurshidjon@mail.ru

ОРГАНИЗАЦИОННО-ПРАВОВЫЕ ИЗМЕНЕНИЯ В АУДИТОРСКОЙ

ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В УСЛОВИЯХ ПАНДЕМИИ

Аннотация: в данной статье обсуждены вопросы влияния пандемии COVID-19 на страны мира, освещение экономической и социальной жизни и меры, принимаемые против нее. Кроме того, рассмотрены вопросы касательно организации аудита в нашей стране и странах СНГ во время пандемии. В результате проведенного исследования разработаны предложения по организации дистанционной аудиторской деятельности в условиях пандемии.

Ключевые слова: пандемия, COVID-19, аудиторская деятельность, дистанционный аудит, методы проверки, информационные технологии.

Хуршиджон Абдуллаев,

Тошкент давлат юридик университети укитувчиси abdullaev_xurshidjon@mail.ru

PANDEMIYA SHAROITIDA AUDITORLIK FAOLIYATIDA TASHKILIY-HUQUQIY

O'ZGARISHLAR

Аннотация: ушбу мацолада COVID-19 пандемиясининг жа%он мамлакатларига курсатаётган таъсири, ицтисодиёт ва ижтимоий %аётни цамраб олиниши ва унга царши курилаётган чора-тадбирлар %ацида фикр юритилган. Шунингдек, мамлакатимиз ва МДХ, давлатларида аудиторлик фаолиятини пандемия даврида цандай ташкил етилиши баён цилинган. Утказилган тадцицотлар натижасида пандемия шароитида аудиторлик фаолиятини масофадан ташкил цилиш буйича таклифлар ишлаб чицилган..

Калит сузлар: пандемия, COVID-19, аудиторлик фаолияти, масофавий аудит, текширув усуллари, ахборот технологиялари.

So'ngi paytlarda dunyodagi bo'layotgan epidemiologik holat nafaqat butun kompaniyalarni, shaharlarni, mamlakatlarni, dunyoni o'zgartiradi, bizni oddiy odamlarni ham o'zgartiradi. Turli ekspert baholariga ko'ra, COVID-19 koronavirus infektsiyasining pandemiyasining o'tkir bosqichi 2020 yil oxirigacha davom etishi mumkin, ammo undan kelib chiqadigan iqtisodiy oqibatlar uzoq vaqt davomida sezilarli bo'ladi. Bloomberg agentligining taxlilchilari koronovirusning dunyo iqtisodiyotiga ko'rsatadigan zarari miqdori taxminan 5,5 trln. dollar deb baxolashmoqda. Uoll-strit tahlilchilarining ogohlantirishicha, dunyo 30-yillarning "Buyuk tushkunligi"dan buyon eng chuqur inqirozga yuz tutmoqda. Hech bo'lmaganda 2022 yilgacha global YalM inqirozgacha bo'lgan darajaga qaytmaydi[1], deydi mutaxassislar. Aynan shunday tahlikali davrda ko'pgina ijtimoiy soxalarga yangicha ishlashga imkon yaratilgani kabi, auditorlik faoliyatiga ham bir qancha yangiliklarni olib kirmoqda. Auditorlik tekshiruvlari o'tkazish va auditorlik faoliyatini yuritish yangi bosqichga chiqdi. Aslida mamlakatimizda auditorlik tekshiruvlari Auditorlik faoliyati to'g'risidagi qonunning 9-moddasiga asosan "Auditorlik tekshiruvi majburiy va tashabbus tarzidagi shakllarda o'tkaziladi" [2] deb belgilangan. Pandemiyadan ko'riladigan zararlarni kamaytirish maqsadida hukumat tomonidan bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hususan, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat ko'rsatishining barqarorligini ta'minlash, shuningdek, ayrim xo'jalik yurituvchi subyektlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tomonidan 2020 yil 3-aprel kuni PF-5678 sonli farmoni chiqarildi va unga ko'ra:

-koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish uchun kiritilgan cheklov choralari tufayli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan korxonalarga nisbatan bankrotlik tartib-taomillarini qo'llash va ularni bankrot deb e'lon qilishga 2020-yil 1-oktabrgacha bo'lgan muddatda moratoriy joriy etiladi;

-majburiy auditorlik tekshiruvidan o'tkazilishi lozim bo'lgan xo'jalik yurituvchi subyektlarni 2019-yil yakunlari bo'yicha auditorlik tekshiruvidan o'tkazish muddati 2020-yil 1-oktabrgacha uzaytiriladi;

-aksionyerlarning 2019-yil yakunlari bo'yicha yillik umumiy yig'ilishlarini 2020-yil 1-oktabrgacha muddatda, shuningdek, videokonferensaloqa rejimida o'tkazishga ruxsat beriladi;

-aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan ortiq bo'lgan mas'uliyati cheklangan hamda qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlarni har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o'tkazish bo'yicha talab 2020-yil yakunlari bo'yicha kiritiladi; [3] deb belgilab qo'yildi.

Yuqoridagi farmonga asosan, majburiy auditorlik tekshiruvlarini o'tkazish 6 oyga kechiktirildi. Bunday amaliyot Rossiya Federatsiyasida barcha moliyaviy hisobot shakllarini topshirish va barcha majburiy tekshiruvlarni o'tkazish[4] 2020-yil 31 maygacha kechiktirilgan

bo'lsa, Ukrainada esa moliyaviy hisobot va 2019 yil uchun auditorlik xulosasi bilan birgalikda karantin tugagan kundan keyingi kundan 90 kalendar kuni ichida, lekin 2020 yil 31 dekabrdan kechiktirmay e'lon qilinishi mumkin[5] deb belgilab qo'yilgan.

Bunday chora-tadbirlar majburiy auditorlik tekshiruvini kechiktirishi bilan birga, ixtiyoriy ko'rinishdagi va ichki audit o'tkazishni yangi bosqichga olib kirdi. Bu esa auditorlik faoliyatini amalga oshiruvchi auditorlarga audit bo'yicha maslahat ya'ni konsalting xizmatlarini yanada takomillashtirishni ustuvor vazifa qilib beradi.

Karantin paytida auditning o'z predmet va obyektlariga xos usullari tizimidan foydalanib, auditni o'tkazish uslublarini tavfsiflaymiz. Auditda qo'llaniladigan usullarning xilma-xilligi va ularning murakkabligi ularni uzviy bog'liqlikda turkumlash, mantiqiy izchillikda tizimga solishni taqozo etadi. Bu masalaga bizning yondoshuvlarimiz asosida masofaviy auditni o'tkazish metodi quyidagicha tavfsiflanadi:

Masofaviy tarzda auditni o'tkazish bo'yicha aniq-amaliy usullar

1-rasm. Masofaviy audit va uni tashkil etish usullarining turkumlanishi.

Yuqoridagi rasmdan ko'rinib turiptiki, masofaviy tarzda auditni tashkil etish va o'tkazish bir nechta o'ta murakkab jarayonlarni o'z ichiga oladi. Bu esa auditorlarga o'zlarining auditorlik faoliyatini o'tkazishda quyidagi jiddiy muammolarga duch kelishlari mumkin:

• protseduralarni bajarish va xulosalar chiqarish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni olishda, shu jumladan menejmentning AT tizimlariga kirishda to'siqlar;

• mijoz korxona xodimlarining kasalligi yoki ish vaqtida uzoq yo'qligi sababli moliyaviy hisobotni tayyorlash jarayoni ustidan nazorat o'zgartirilishi yoki samarasiz bo'lishi mumkin;

•protseduralarni bajarish uchun mijozlarning elektron bazalari (ma'lumotlar ombori)ga kirishda qiyinchiliklar va bazi ko'zdan kechirish amaliyotlarini qila olmasliklari (masalan, boshqaruvning inventarizatsiya hisobini kuzatish yoki yil oxiridan keyin asosiy vositalarni fizik tekshirish imkoniyati yo'qligi);

• audit usuliga o'zgartirish kiritishni talab qiladigan, kutilgan auditorlik dalillarini taqdim etmaydigan audit protseduralari (masalan, bank yoki qarzdorni tasdiqlash uchun javob berish stavkalari sezilarli darajada pasayishi);

• guruhlarni jalb qilish bo'yicha jiddiy muammolar, xususan, tarkibiy auditorlarning ishini yo'naltirish, nazorat qilish va ko'rib chiqish, tarkibiy auditorlarni tekshirishlarni yakunlash va o'z vaqtida guruhning hisobot guruhiga hisobot berish.

• auditor hisobotida kutilayotgan o'zgartirishlar[6]

Ushbu qiyinchiliklar auditni yakunlashda sezilarli kechikishlarga olib kelishi mumkin va shuningdek, auditorlarning yetarli va tegishli auditorlik dalillarini olish qobiliyatiga ta'sir qilishi mumkin. Shunday qilib, auditorlar ilgari kelishilgan muddatlarga erisha olmasliklari natijasida o'zlarining audit strategiyalari va rejalariga o'zgartirishlar kiritishlari kerak bo'lishi mumkin. Audit qo'mitalari ushbu masalalarni diqqat bilan kuzatib borishlari va samarali auditni ta'minlash uchun auditorlar bilan ishlashlari juda muhimdir.

Hozirgi sharoitda, auditor asl hujjatni mijoz joylashgan joydan kelib chiqqan holda video tasmasi orqali yoki online-videokonferensiya tarzida ko'rishi mumkin. Asl hujjatlarning skanerlangan rasmlarini ko'rib chiqishda, auditor skanerlangan rasm asl hujjatning haqiqiy nusxasi ekanligiga qanday qilib ishonch hosil qilganligini hujjatlashtirishi kerak. Masalan, agar mijoz auditorning talabiga binoan schyot-fakturalarni yoki hujjatlarni skanerdan o'tkazish uchun o'z idorasiga borsa, auditor videolarni uzatish texnologiyasidan foydalanishi yoki mijoz firma tomonidan barcha xujjatlarni ma'lumotlar bazasida saqlash va ma'lumotlar bazasiga kirish kalitlarini auditorga taqdim etishi lozim. Agar mijoz auditorlik tekshiruvini o'tkazish uchun auditorlik hujjatlarini elektron shaklda yuborayotgan bo'lsa, unda xujjatlarni elektron raqamli imzolar orqali yuborish talab qilinadi. Ushbu muhit qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin va boshqaruv elementlarini ko'rib chiqishda jiddiy buzilishlar aniqlanishi mumkin. Atrof-muhit, biz xabardor bo'lishimiz kerak bo'lgan xatarlarning boshqacha tusini yaratishi mumkin. Shunday qilib, mijoz ushbu xavflarni kamaytirish uchun o'rnatgan boshqarish vositalarini tushunish keyingi audit protseduralarini ishlab chiqishda muhimdir. Nihoyat, ichki nazoratning muhim kamchiliklari yoki jiddiy kamchiliklari to'g'risida rahbariyat va boshqaruv vakolatiga ega bo'lgan shaxslarga yetkazish uchun auditor sifatida professional javobgarlikni unutmaslik lozim.

Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki, bu pandemiya iqtisodiyotga va auditorlik faoliyatiga qanchalik zarar yetkazmasin baribir vaqti kelib yakunlanishi aniq. Va aksincha ushbu noqulay

vaziyatdan foydalangan holda auditorlik faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish zamon talabi hisoblanadi.

Auditorlar koronavirus pandemiyasi sharoitida masofadan tekshiruvlar o'tkazayotganliklarida foydalanishlari kerak bo'lgan ba'zi taklif va maslahatlar:

- Masofaviy auditorlik tekshiruvlari o'tkazish mobaynida faqat ximoyalangan elektron pochtalar va maxsus joriy etilgan ma'lumotlar bazasidan foydalanish kerak;

- Aniqlik, to'liqlik, dolzarblik va ishonchlilikni ko'rib chiqish lozim. Bu audit dalillarining har bir bo'lagi uchun to'rtta muhim tarkibiy qism. Auditorlar o'zining mustaqil mushoxada yuritib o'z mulohazalaridan foydalanishi kerak chunki odamlarni chalg'itadigan eng katta xavf bu elektron muhit hisoblanadi;

- Kiberhujumlardan ehtiyot bo'lish lozim. Ushbu pandemiya sharoitidan foydalanib, masofaviy ishlash tizimi bilan bog'liq bo'lgan firibgarliklar asosida tizimlarga kirish uchun xakerlar bilan bog'liq xatarlar ko'payishi tabiiy holdir;

- Jamoa uchrashuvlari uchun noutbuk kameralarini yoqish muximdir. Chunki, kameralar orqali jonli muloqot orqali auditorlar yoki mijozlar bir-birlari bilan ish jarayonida diqqatimizni yaxshilashi amaliyotda kuzatilgan. Masofaviy audit o'tkazish jarayonida mijozlar bilan kameralardagi suhbatlar va suhbatlar ham muhimdir;

- Moslashuvchan jadvallarni ishlab chiqib undan foydalanish kerak deb o'ylaymiz. Bu mijozlar uchun ham, audit guruhi a'zolari uchun ham amal qilishi lozim. Bunda eng avvalo auditorlar mijozlar bazasi uchun qulay va qulayroq qilish uchun o'zgartirishga tayyor bo'lishi kerak;

- Auditorlar doimiy o'zgarishga tayyor bo'ling. Bundan keyin hamma har xil yo'l tutadi sababi, pandemiyaning qachon tugashi yoki unga qarshi vaksina qachon o'ylab topilishini hech kim aniq ayta olmaydi.

References:

1. l.Bloomberg agentligi ma'lumotlari. https://www.bloomberg.com/europe

2. 2.Auditorlik faoliyati to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi qonuni.26.05.2000y. https://lex.uz/docs/64290

3. 3.O'zbekiston respublikasi Prezidentining 03.04.2020 yildagi PF-5678-sonli farmoni. https://lex.uz/docs/-4780475

4. 4.Federalniy zakon ot 1 aprelya 2020 g. N 102-FZ "O vnesenii izmeneniy v chasti pervuyu i vtoruyu Nalogovogo kodeksa Rossiyskoy Federatsii i otdelnie zakonodatelnie akti Rossiyskoy Federatsii" https://rg.ru/2020/04/03/fz102nk-dok.html

5. Andrey Popov. Koronavirus vs biznes: ob audite, finotchetnosti i obshix sobraniyax aktsionerov. https://mind.ua/ru/openmind/20209818-koronavirus-vs-biznes-ob-audite-finotchetnosti-i-obshchih-sobraniyah-akcionerov

6. 6.Amerika jamoat buhgalterlari instituti ma'lumotlari https://www.aicpa.org/content/aicpa/eaq/covid19.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.