Научная статья на тему 'COMPARISON OF UZBEK AND SPANISH PROVERBS AND TONGUE-TWISTERS'

COMPARISON OF UZBEK AND SPANISH PROVERBS AND TONGUE-TWISTERS Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
134
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ПОСЛОВИЦА / СКОРОГОВОРКА / СЕМАНТИКА / КОМПОНЕНТ

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Багирова С. О.

Статья аналзирует испанские и узбекские пословицы и скороговорки, которые являются искусством фольклора. Они могут показать нам всю разновидность и богатство данных языков.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

СРАВНЕНИЕ УЗБЕКСКИХ И ИСПАНСКИХ ПОСЛОВИЦ И СКОРОГОВОРОК

This article analyzes Spanish and Uzbek proverbs and tongue-twisters. They are the art of folklore. They can show us the variety of these languages.

Текст научной работы на тему «COMPARISON OF UZBEK AND SPANISH PROVERBS AND TONGUE-TWISTERS»

UDC 82

O'ZBEK VA ISPAN TILLARIDAGI MAQOL HAMDA TEZ AYTISHLAR HAQIDA

S.O. Bagirova1

Annotatsiya

Bu maqolada ispan va o'zbek maqollari va tez aytishlari haqida ma'lumotlar keltirib o'tilgan.Bunda biz o'zbek xalq maqollari qanchalik ispan xalq maqollariga o'xshash hamda farq qilishini ko'rishimiz mumkin.Chunki maqol bu xalq og'zaki ijodi hisoblanib, u tilning qanchalik boy ekanligini ko'rsatib beruvchi omil hisoblanadi, shuningdek tez aytish ham shuning jumlasidandir.

Kalit so'zlar: maqol, tez aytish,ma'no farqlash, komponetlar.

O'zbek xalqi qadimdan boy ma'naviy xazinaga ega ekanligi hech kimga sir emas. Ularning tarixdagi tutgan o'rnini Prezidentimiz I.A.Karimovning " Yuksak ma'naviyak - yengilmas kuch" asarida berilgan bo'lib, har gal o'qiganda faxrlanasan kishi. Ispan xalqi ham buyuk epik va lirik og'izaki ijodiyot sohibidir. Bu ijodiyot tarkibiga kirgan o'zida kuchli mohiyat va milliy tiynatni mujassam etgan maqol va matallarni, topishmoqlarni, eposlarni, ezgu va yovuz g'oyalar bilan hamohang boy syujetli ertak va afsonalarni, qo'shiqlarni asrlar osha ispan xalqi og'zaki ijro etib kelgan. Xalq va millatning bu buyuk yaratuvchanligi mahsuli ichida maqol, matal, topishmoqlar alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki ular shaklan ixcham, mazmunan yuksak, badiiy pishiq janrlardan hisoblanadi. Bu borada, ayniqsa, maqollar til madaniyati sifatida bir xalqning butun madaniyatini o'z ichiga mujassam qilgan holda meros bo'lib qoladi. Shu millat, xalq, elning hayoti, turmush tarzini qanday bo'lsa shundayligicha o'ziga qamrab, singdirib olibdi. Shu bois ham unda o'sha xalqning butun borlig'ini, qiyofasini ko'rish imkoni mavjud. Bunday sifatlar ispan tilida ham, uning milliyligi ufurib turgan folklorida ham keng ko'lamlidir. Shu va yana boshqa sababla tufayli ham ispan tilini o'rganadigan chet elliklar kundan kunga ko'paymoqda.

Ma'lumki, har bir xalq asrlar davomida o'zidan avlodlariga juda katta ma'naviy boyliklar qoldiradi. Bu beqiyos xazina mashaqqatli mehnat, katta hayotiy tajriba mevasi hisoblanadi va avlodlarga maqol, matal va boshqa shu kabi ijod durdonalari vositasida yetib boradi. Xalq turmushi chig'irig'idan, sinovlaridan qayta-qayta o'taverib maqol, matal, topishmoq nomini olib yashab kelayotgan bu janr namunalari nihoyatda ommaviylik kasb etgan hamda umumfolklor xazinasidan mustahkam o'rin egallagan.

Ispan tilida "maqol" tushunchasi PROVERBIO - so'zi bilan beriladi. O'zbek tiliga bu so'z arab tilidan kirib kelgan. Bu so'z arabcha «qavvola» so'zidan olingan va «aytmoq, so'zlamoq» ma'nolarini anglatadi. Binobarin, «maqol» so'zi o'zbek tilida ikki ma'noda qo'llaniladi. Birinchidan o'z lug'aviy ma'nosiga muvofiq - «so'z, nutq»ni ma'nosida, ikkinchidan, termin sifatida xalq og'zaki ijodidagi keng qo'llanadigan janrlardan birini anglatadi.

Maqol xalq og'zaki ijodi janrlaridan biridir. Unda fikr qisqa, lo'nda, obrazli, grammatik va mantiqiy tugallikka asoslangan, chuqur mazmun jamlanadi. Mavzusi tomonidan rang-barang va xilma xildir. Maqollarda vatan, mehnat, ilm, hunar, do'stlik, ahillik, donolik, xushyorlik, til va nutq madaniyati kabi mavzularga oid, shu bilan birga salbiy xislatlar bilan bog'liq masalalar yechimi o'rin olgan bo'ladi.

Turkiy xalqlarning maqollaridan namunalar dastlab, Mahmud Qoshg'ariyning "Devonu lug'otit turk" asarida keltirilgan. Bu maqollarning bir qanchasi hozir ham o'zbek xalq orasida turli variantlarda ishlatiladi. Masalan, Mahmud Qoshg'ariyning "Devonu lug'otit turk" asarida "Kishi olasi ichtin, yilqi olasi tashtin"; "Odam olasi ichida, mol olasi tashqarisida" kabilar.

1Багирова Ситора Орифовна - преподаватель кафедры испанского и итальянского языков, Самаркандский государственный институт иностранных языков, Узбекистан.

Филологические науки

Bunday purhikmat maqollar ispan xalqining durdonalari sifatida ispan maqollarida ham aks etgan. Masalan,

1. Si no quieres que se sepa no lo hogas.

Bu maqolda berilayotgan fikr o'zbek tiliga tarjima qilinganida "Siringni oshkor bo'lishini istamasang, o'zgaga aytma" degan ma'noni beradi.

2. No tengas miedo de los combios lentos.

Bu maqolda berilayotgan fikr o'zbek tiliga tarjima qilinganida "Sekin o'rganishdan qo'rqma" degan ma'noni beradi.

Bu maqollarda berilgan fikrlarni ifoda qiluvchi ekvivalent sifatida o'zbek xalq maqollarini ham keltirish mumkin. Masalan, birinchi maqol uchun quyidagilar:

1. Avval o'yla, keyin so'yla. (O'zbek xalq maqoli)

Variant:

2.Tiling bekta tutgin, tishing sinmasin,

O'tirgan odamlar sendan kulmasin. ("Devonu lug'otit turk" asaridan)

Ispan tilida berilgan ikkinchi maqol uchun quyidagilar:

1.Oz-oz o'rganib dono bo'lur,

Qatra-qatra yig'ilib daryo bo'lur. (O'zbek xalq maqoli)

2.Toma-toma ko'l bo'lur,

Tommay qolsa, cho'l bo'lur. (O'zbek xalq maqoli)

3.Ilm misqollab yig'iladi. (O'zbek xalq maqoli)

Maqol biror maqsadni izohlashga qaratilgan majoziy hikoya singari ikki ma'noda qo'llanadi. Biroq XX asrga kelib, uni maqol ma'nosida istifoda etish bilan cheklanildi.

«Naql» so'zi ham maqol ma'nosida qo'llansada, arabcha so'z bo'lib, «ko'chirmoq» ma'nosini anglatadi. O'zbek tilida esa «bayon qilmoq, hikoya qilmoq, rivoyat qilmoq» singari ikkinchi bir ma'noga ega va xalq og'zaki nasrining mustaqil aforistik janrini ifodalovchi ilmiy istiloh sifatida qo'llanadi. «Yaxshi naql-tomiri aql» maqolida «naql» maqol ma'nosidadir.

Maqollar maxsus ijod qilinmaydi, balki ma'lum bir sharoit taqozosi tufayli sinalgan hayotiy tajribadan tug'iladigan xulosaning axloqiy bahosi sifatidagi hukm bo'lib yuzaga keladi. Aytaylik, jahondagi barcha xalqlarda ham yashamoqning asosiy sharti-yemoq va kiymoq bo'lib, buning moddiy negizi ekin ekish va undan mo'l-ko'l hosil olgan holda ham moddiy, ham ma'naviy imkoniyatlarini ta'minlashdir. Ekin ekish uchun yerni qay vaqtda shudgor qilish uning unumdorligini oshiradi? Bu savol javobi necha asrlik dehqonchilik tajribasining axloqiy xulosasi sifatida «Yer haydasang. kuz hayda, kuz haydamasang, yuz hayda» maqolining yuzaga kelishiga sabab bo'lgan.

Maqolning dastlab qaysi tilda yaratilganligini aniqlash oson emas. Shu sababli turli tillarda mavjud bir xil mazmundagi maqollarni o'sha xalqlar turmush tarzidagi o'xshash jihatlarga oid hayotiy tajribalarning mantiqiy-axloqiy yakunlari sifatida qarash asosliroqdir. Lekin masalaning bu qirrasi paremiologiya-maqolshunoslikda deyarli o'iganilayotgani yo'q. Har bir xalq maqollarida o'sha xalqning qalbi. milliy tabiatiga xos qarashlari ifodalansada, ulardagi g'oya umumxalqqa tegishlidir. Shu xususiyatiga ko'ra, maqollar ham milliy, ham umuminsoniy mohiyat kasb etgan. Xalq maqollari ko'p asrlik tadrijiy yo'lni bosib, avloddan-avlodga, og'izdan-og'izga o'tish jarayonida yanada silliqlanib, zamon ruhiga yo'g'rilib, teranlashib borgan. ljtimoiy hayotdagi o'zgarish ularda ham aks topa borgan.

Maqollar og'zaki badiiy ijod va falsafa oralig'ida turgan hodisa bo'lib, ularda aytilgan hukmni hech kim inkor etolmaydi. Chunki bunday hukm, avvalo, asrlar davomida turmush tajribasida qayta-qayta sinalib tasdiqlangan, so'ngra esa, xuddi shu xususiyati tufayli tarix hikmatiga aylanib tashviqiy mohiyat kasb etgan. Shuning uchun maqollardagi fikrlar tinglovchilar tomonidan e'tirozsiz, hech bir qarshiliksiz va izohsiz qabul qilinishi odatiy holdir. Maqollar ma'no-mazmunini to'la anglash va idrok etish uchun tinglovchi, avvalo, o'sha maqolni yaratgan xalqning tarixini, dunyoqarashini, urf-odatlarini, diniy aqidalarini, o'sha xalq yashayotgan yurtning jug'rofiy muhitini, hayvonlar va o'simliklar dunyosini, iqlim sharoitlarini puxta bilmog'i lozim.

Maqollar shaklan ixcham bo'lsalar-da, badiiyatiga ko'ra yuksak obrazlilikka egadirlar. Ularda fikr sodda, tabiiy, ravon, silliq va tushunarli bo'lib, tasirchan

ifodalanishi ehtiyoji turli narsalar, hayvonlar, o'simliklar va hodisalar obrazlaridan g'oyaviy-badiiy niyatni ifodalashda foydalanishni taqozo etgan. Natijada timsoliy obrazlar vositasida hayotdagi ijobiy yo salbiy voqealarga, insoniy munosabatlarga axloqiy baho berilib, hukmlar chiqarilgan. Maqollarda badiiy til vositalari fikrni ixcham va obrazli ifodalashga, tinglovchi qalbida kechinmani tez uyg'otishga xizmat qiladi. Bu jihatdan maqollarda uchrovchi sinonimiya va antonimiya hodisalari e'tiborni tortadi. Maqollar orasida shakli boshqa bo'lsa-da, mazmuni bir xil bo'lib, sinonimik qatorlar hosil qiluvchi namunalar anchaginadir.

Tilning boyligi bo'yoqdor leksikaning boyligi bilan o'lchanadi. Xalqlar asrlar davomida yaratgan minglab ajoyib maqol va tez aytishlar og'izdan-og'izga, avloddan-avlodga o'tib, zamonlar osha tobora sayqallanadi, mazmuni yanada ravshanlashadi.

Masalan, G'ani g'ildirakni g'izillatib g'ildiratdi.

Oq choynakka oq qopqoq,

Ko'k choynakka ko'k qopqoq.

Til jamiyatning yuzini aks ettiradi. Chet tilini o'rganish eng mashaqqatli ta'lim tizimidir. Til insonning fikri, qayg'usi,xavotirini ifodalash bilan birga o'sha tilga tegishli bo'lgan jamiyatning madaniyatini ko'rsatib beradi. Shunga qarab chet tili ta'limi deganda shu tilning o'zigina emas o'sha tili o'rganilayotgan davlatning madaniyatini ham o'rganishdir. Tilga bog'liq bo'lgan ta'limlar orasida eng muhimi maqollar bilan bir qatorda tez aytish deb aytishimiz mumkin.

Ispan izohli lug'atga e'tibor beradigan bo'lsak, tez aytish ispan tilida "TRABA LENGUA" deyiladi.

Un raton reptó risueño hasta la roma de Reto lo Rano

El hipopotamo hipo este conhipo

Quien el quita el hipo al hipo patomo Hipo

Tez aytish barcha tillarda ham bir xil mohiyatni kasb etadi. Bunda asosiy e'tibor so'zlovchi nutqining ravon bo'lish uchun xizmat qiladi. Tez aytish o'zbek tilida ham shu maqsadda ko'p qo'llaniladi. Bir-biriga o'xshash va yaqin talaffuzzli so'zlardan tuzilgan jumlalar takrori nutq ko'nikmasini mukammal qilib shakllantiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Nurmuhamedov M., Qo'shjonov M. O'zbek xalq maqollari. -T.: Fan,1981. 400 b.

2. Гируцкий А.А. Введение в языкознание. М.: HayKa, 2003. - 335 c.

3. Концевич P. Корееведение Избранное. - М.: HayKa, 2001. - 256 c.

4. Вопросы лексикологии и слово образования. М.: HayKa, 1960. - 240c.

5. http://ziyonet.uz

6. http://search.uz

7. www.chamber.uz

© S.O. Bagirova, 2016

УДК 82

СРАВНЕНИЕ УЗБЕКСКИХ И ИСПАНСКИХ ПОСЛОВИЦ И СКОРОГОВОРОК

С.О. Багирова

Аннотация. Статья аналзирует испанские и узбекские пословицы и скороговорки, которые являются искусством фольклора. Они могут показать нам всю разновидность и богатство данных языков.

Ключевые слова: пословица, скороговорка, семантика, компонент.

© С.О. Багирова, 2016

UDC 82

COMPARISON OF UZBEK AND SPANISH PROVERBS AND TONGUE-TWISTERS

S.O. Bagirova

Abstract. This article analyzes Spanish and Uzbek proverbs and tongue-twisters. They are the art of folklore. They can show us the variety of these languages. Key words: proverb, tongue-twister, semantics, component.

© S.O. Bagirova, 2016

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.