Научная статья на тему 'CITY OF TERMEZ – CENTER OF SCIENCE AND CULTURE OF SURKHAN REGION'

CITY OF TERMEZ – CENTER OF SCIENCE AND CULTURE OF SURKHAN REGION Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
climate of the Sahara / history of the city / toponomic name of the city / administrative center / economic and social development. / Sahar iqlimi / shahar tarixi / shaharning toponomik nomlanishi / ma’muriy markaz / iqtisodiy ijtimoiy rivojlanish.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Abdunazarov Х. M., Niyozov X. M.

This article discusses issues related to the climate of the city of Termez, the name of the city in different historical periods, toponyms of the city as well as the economic and social development of the city during the years of independence.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TERMIZ SHAHRI – SURXON VOHASINING ILMFAN VA MADANIYAT MARKAZI

Ushbu maqolada Termiz shahrining iqliimi, shaharning turli tarixiy davrlarda toponomik nomlanishi, mustaqillik yillarida shaharning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish masalalari yoritilgan.

Текст научной работы на тему «CITY OF TERMEZ – CENTER OF SCIENCE AND CULTURE OF SURKHAN REGION»

Abdunazarov X.M., Candidate of Geographical Sciences Associate Professor, Department of Geography

Termez State University Termez, Uzbekistan Niyozov X. M.

Senior Lecturer, Department of Geography Termez State University Termez, Uzbekistan

CITY OF TERMEZ - CENTER OF SCIENCE AND CULTURE OF

SURKHAN REGION

Annotation. This article discusses issues related to the climate of the city of Termez, the name of the city in different historical periods, toponyms of the city as well as the economic and social development of the city during the years of independence.

Key words: climate of the Sahara, history of the city, toponomic name of the city, administrative center, economic and social development.

Abdunazarov X.M. Termiz davlat universiteti Geografiya kafedrasi dotsenti, geografiya fanlari nomzodi Termiz, O'zbekiston Niyozov Xojaqul Mirzaboboyevich Termiz davlat universiteti Geografiya kafedrasi katta o 'qituvchisi

Termiz, O'zbekiston

TERMIZ SHAHRI - SURXON VOHASINING ILM- FAN VA MADANIYAT MARKAZI

Annotatsiya Ushbu maqolada Termiz shahrining iqliimi, shaharning turli tarixiy davrlarda toponomik nomlanishi, mustaqillik yillarida shaharning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish masalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: Sahar iqlimi, shahar tarixi, shaharning toponomik nomlanishi, ma 'muriy markaz, iqtisodiy - ijtimoiy rivojlanish.

Termiz shahri viloyatning ma'muriy, iqtisodiy va madaniy markazi hisoblanadi. Shahar geografik nuqtai-nazardan respublikamizning eng janubiy qismi, Amudaryoning o'ng sohilida joylashgan.

Termiz shahrining dengiz sathidan balandligi 302 metrni tashkil etadi. Shahar iqlimi yozi eng issiq ( maksimal harorat 50 daraja). Yanvarning o'rtacha harorati 2,8 daraja, iyulniki 31,4 darajani tashkil etadi. Yog'in kam tushadi yog'inga

nisbatan bug'lanuvchanlik yuqori. Yiliga vaqti-vaqti bilan esib turuvchi "Afg'on shamoli" shahar iqlimiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Tarixiy arxeologik manbalarga ko'ra Termiz qadimiy shahar hisoblanadi.

Termiz shahrining vujudga kelishi bilan bog'liq bo'lgan munozarali savollar hanuzgacha tarixchi olimlar o'rtasida davom etmoqda.

Ko'pgina tarixchilar shu paytgacha Termiz shahrining shakllanishi borasida ham ellin madaniyatining ta'siri mavjud deb hisoblaydi. Jumladan, Hofizi Ab ru Termizga Iskandar asos solgan desa, ayrim tarixchilar Termizning shakllanishini Yunon-Baqtriya podshosi Demitriyning nomi bilan bog'laydilar. Bu ikkala fikr ham izohga muhtoj bo'lib, Termiz shahrining shakllanishi juda qadimga borib taqaladi. Termiz shahrining bronza va temir davrlarida Shimoliy Baqtriyada shakllangan Jarqo'rg'on, Tallashqon, Jondavlat, Qizilcha va shunga o'xshash shahar va qo'rg'onlarning shakllanishida Shimoliy Baqtriya urbanizatsiya jarayonlarining ta'siri katta. Demak, Termizning shakllanish jarayoni yunon-makedon istilosidan oldingi davrlarga borib taqaladi1.

Qadimiy shahar yodgorliklari hozirgi Termiz shahridan 8-9 km shimoli-g'arbda Amudaryoning o'ng sohilida joylashgan. Shahar nomi turli tarixiy davrlarda turlicha atalib kelingan. Masalan, Taramastha (Baqtriya) "narigi sohildagi manzil" Taramata, Taramat, Tami, Tarmit, Tarmiz, Termiz kabi nomlar bilan atalgan. Bundan tashqari shahar nomi uning asoschisi podshoh Demitriy nomi bilan bog'liq holda Demetriy, Dermita, Darmita nomlari bilan so'ngra Tarmita, Termid nomlari bilan atalgan. 10-asrga kelib shahar Termiz deb atala boshlagan.

Ko'plab tarixchi olimlarning fikricha Termiz shahri turli-tarixiy davrlarda gullab yashnagan obod va savdo-sotiq rivojlangan shahar sifatida e'tirof etishgan. Jumladan, 10-asrning 80-yillarida noma'lum muallif tomonidan yozilgan "Hudud ul-olam" ("Jahon mamlakatlarining chegaralari") asarida Termiz "Jayxun bo'yidagi ko'rkam va obod shahar. Qal'asi daryo qirg'og'ida, ulkan bozori mashhur Xuttalon va Chag'oniyon ahli shu yerda savdo qilishadi", deyilgan2.

Ko'hna Termiz shahri qadimda juda ko'plab bosqinchilik urushlarining guvohi bo'lgan. Dastlab miloddan avval 329 yilda Iskandar Zulqarnayn, hamda milodning 689-704 yillarida arablarning bosqinchilik yurishlari davrida shahar vayronaga aylantirilgan. SHahar vaqti-vaqti bilan G'aznaviylar, Qoraxoniylar, Qoraxitoylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar davlatlari tarkibida bo'lgan.

1220 yilda shahar mo'g'ullar bosqini natijasida vayron qilingan. Shahar aholisining bosqinchilarga ko'rsatgan qattiq qarshiligiga qaramay 11 kunlik jangdan so'ng son jihatdan ustun bo'lgan mug'ullar shaharni zabt etadilar. Mo'g'ul bosqinchilariga qattiq qarshilik ko'rsatgan Termiz tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asarida "Madinat ur-rijol" ("Mardlar shahri") deb tilga olinadi.

1 C.TypcyHOB, Э.^о6нflов, T.napgaeB, E.MypTa3oeB. "CypxoHgapë Tapux Ky3iycHga". "fflap^" TomKeHT-2001, 25-6eT

2 C.TypcyHOB, Э.^о6нflов, T.napgaeB, E.MypTa3oeB. "CypxoHgapë Tapux Ky3iycHga". "fflap^" TomKeHT-2001.

1407 yili Mironshohning o'g'li Xalil Sulton (1384-1411) Termiz shahrini qayta qurdirgan. Buyuk arab sayyohi Ibn Battuta (1304-1372) o'zining "Sayyohatnoma" asaгida o'sha davгda Teгmiz shahrida shunday ta'rif beгgan.

" bu chiгoyli imoratlari va bozoгlaгi ko'p bo'lgan yirik shahaгdiг, uni boshdan oyoq anhorlar kesib o'tadi, bog'laгi ham juda ko'p. Ayniqsa, uzum bilan behisi juda shirish, go'sht, sut juda serob" sayyoh Xorazmda bo'lganida, u yerga daгyo oгqali o'n kun muddatda Termizdan bug'doy va suli keltirilganiga guvoh bo'ladi.3

Sohibqiron Amir Temur hukmronligi davrida Termiz har tomonlama taraqqiy topgan. Tarixiy manbalarda Termiz shahri Amir Temur saltanatining eng muhim strategik shahri bo'lganligi haqida ma'lumotlaг keltiгilgan. Aynan sohibqiron Amir Temuг qo'shinlaгi Teгmiz kechuvchi orqali o'tib Balx amiгi Husayn ustidan g'alaba qozongan.

O'sha vaqtda sohibqiron saroyiga Kastiliya va Lion qiroli Genrix III nomidan elchi bo'lib kelgan Rui Gonsales o'zining "kundalik" laгida Amudaгyo va uning bo'yida joylashgan Termiz shahгiga shunday ta'rif bergan edi. "21 avgust payshanba kuni katta biг daryoga yetib keldik. Bu boshqa Ыг daiyo bo'lib, u tekislikdan oqadi, ammo uning oqimi hayron qolarli darajada tez va suvi loyqa. Qishda uning suvi kamayadi, chunki bu vaqtda tog'da sovuq bo'ladi va qor erimaydi, aprelb kelishi bilan esa uning suvi ko'payadi va bu hol to'rt oy davom etadi. Daryo Boku dengiziga quyiladi va Samarqand xonligi yerlarini Xuroson yeriaridan ajratib tuгadi... shu payshanba kuni elchilar daгyoni kechib o'tib, Termiz deb nomlangan katta bir shaharga yetib keldilar..." Klavixo shu yerda daгyoning ikki tomonidagi aholi ikki tilda gapirishini, ammo ular bir-birlarini yaxshi tushunishi haqida yozib o'tgan.4

Temuriylar davrida Termiz shahri Markaziy Osiyoni Xitoy-Misr bilan bog'lovchi buyuk Ipak yo'lida joylashgan shahar sifatida ham tanilgan. Termiz shahrida shuningdek, buyuk mutaffakirlardan islom dini arbobi Hakim at-Termiziy Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali Ibn Husayn (810-870), buyuk muhaddis Imom at-Termiziy Abu Iso Muhammad ibn Iso (824-892) va boshqa ko'plab mashhur insonlar yashab ijod qilganlar. 18-asming ikkinchi yarmiga kelib Termiz o'zaro uгushlar natijasida deyarli butunlay vayron bo'lgan. 1894 yilga kelib Termiz xarobalaridan 8 km narida joylashgan Pattakesar qishlog'ida CHor Rossiyasi qo'shinlari harbiy qalba qurishgan. Mahalliy aholi uni keyinchalik "Tuproqqo'rg'on" deb ham yuritgan. Hozirgi Termiz shahri ana shu Tuproqqo'rg'on atrofida bunyod etilgan. XX-asrning boshlarida aniqrog'i Chor Rossiyasi mustamlakasi davrida shahar rivojlanishdan ancha orqada bo'lgan. Bu yerda 1913 yilda bitta kustarb holdagi paxta tozalash zavodi va bir necha mayda ustaxonalar mavjud bo'lgan. 1915 yilda Amudaryo (Samsonov stantsiyasi)dan Termizgacha temir yo'l quriladi. Keyinchalik ushbu temir yo'llar Sobiq Sho'rolar davrida davom ettirildi. Mazkur temir yo'l Termizdan 1926-1930 yillarda Dushanbegacha, 1974 yilda Qo'rg'ontepa ( Tojikiston) shaharlarigacha yetkazildi.

3 C.TypcyHOB, ЭДобилов, Т.Пардаев, Б.Мyртaзоев. '^рхондарё тарих кузгусида". "Шарк" Тошкент-2001.

4 Гадоев К., Бердиева С,Жа^онгашта географ сайёхдар"Узбекистон" НМИУ 2012.85 бет.

O'tgan asrning 1970-80 yillarida Termiz yopiq harbiy shahar bo'lgan. Sobiq sho'ro davlatining cheklangan harbiy qo'shinlari Termiz shahri orqali Afg'onistonga jo'natilgan. 1991 yilda O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishishi ko'plab shaharlar qatori Termiz shahrining iqtisodiy rivojlanishida yangi ufqlarni ochib berdi. Endilikda Termiz mamlakatimizning janubiy darvozasi bo'lishi bilan birgalikda, Yevropa va Osiyo mamlakatlari o'rtasida hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yishda sanoat,transport va savdo aloqalari tugunida joylashgan muhim strategik shahar sifatida e'tirof etilmoqda.

Mustaqillik yillarida shahar har tomonlama rivojlanib bormoqda. Ayniqsa so'nggi besh yil davomida shahar qiyofasi tubdan o'zgarib bu yerda zamonaviy hashamatli aholi turar joy binolari, davlat va nodavlat muassasalari, aholi uchun bozorlar, savdo majmualari, sport inshootlari, ta'lim, tibbiyot muassasalari qurib ishga tushirilmoqda.

Mustaqillik yillarda ko'plab halqaro va respublika darajasidagi konferentsiya, tadbirlar va sport turnirlari o'tkazib kelinmoqda. Termiz shahrida 1999 yilda "Alpomish" dostoni yaratilganligining 1000 yilligi, 2002 yilda shaharning 2500 yilligi yubileyi, shuningdek, 2019 yilda "Xalqaro baxshichilik" festivali kabi qator tadbirlar ko'tarinki ruhda o'tkazildi. Bundan tashqari har ikki yilda muntazam ravishda Al.Hakim Termiziy xotirasiga bag'ishlanib ko'rash bo'yicha sport turniri yuqori saviyada o'tkazib kelinmoqda.

Termiz viloyatning ilm-fan markazi bo'lib, shaharda Termiz davlat universiteti, Termiz davlat pedagogika instituti, Islom Karimov nomidagi Toshkent texnika universitetining Termiz filiali, Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiallari kabi ta'lim muassasalari, shuningdek, o'rta maxsus o'quv yurtlari, umumiy o'rta ta'lim, maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyat ko'rsatmoqda. Shuningdek, shaharda 1934 yilda tashkil etilgan Termiz hayvonot bog'i ishlab turibdi.

Termiz shahrining umumiy maydoni 0,03 ming km2 ni tashkil etib, shahar umumiy maydoni viloyat maydonining 0,1 foizini tashkil etadi.

So'nggi yillarda shahar aholisi soni tez sur'atda o'sib bormoqda. SHahar aholisi 1990 yilda 100 ming, 1992 yilda 102,3 ming, 1993 yilda 104,4 kishi bo'lgan. Aholi soni 2017 yilda 143790 kishini tashkil etgan bo'lsa, 2018 yilda esa 145169 kishiga yetgan. 2022 yilda shahar aholisi 1990 yilga nisbatan 4.4 martaga o'sgan.

Termiz shahar aholisi viloyat jami shaharlar aholisining 19,2 foizini, jami viloyat aholisining 6,9 foizini tashkil etadi (2023 y.1-yanvar).

Termiz shahri aholisi soniga ko'ra respublikamizda aholi soni 50 ming kishi va undan ko'p bo'lgan 40 ta shaharlar orasida 13 o'rinni egallaydi.

Xulosa qilib aytganda, Termiz shahri qadimiy shahar bo'lib, uning eski shahar hududida aniqlangan arxeologik topilmalar va ashyolar shaharning qadimgi shahar ekanligini eslatib turadi. Mustaqillik yillarida bu yerdagi barcha tarixiy obidalar qayta ta'mirlanib, aholining ma'naviy ehtiyojini qondiradigan maskanlarga aylantirildi.

Yangi zamonaviy Termiz shahrida esa aholi ushun zamonaviy shinam turar joylar barpo etilib, so'ngi yillarda shahar qiyofasi tubdan o'zgardi. Shahar

respublikamizning janibiy darvozasi sifatida MDH va Markaziy Osiyo davlatlarini Janubiy Osiyo davlatlari bilan bog'laydigan muhim transport tugunida joylashgan.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Tojiyeva Z.N. Aholi geografiyasi "Fan va texnologiya'T:.-2019.321 b. 2.Soliyev A.S. Iqtisodiy geografiya nazariya, metodika va amaliyoti. To shkent: Kamalak,2013,184.b.

3.Soliyev A.S. Tanlangan asarlar..-T.; MUMTOZ.2018, 367 b.

4.Komilova.N.K., Jumaxonov Sh.Z. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya metodologiyasi. "MALIK PRINT CO" T:.2021, 382 b.

5.Egamberdiyeva U. T. Sanoat geografiyasi.'Tan va texnologiya".T:.-2019.-222 b. 6.Sodiqov A.M., Nazarov Sh.X. va b. Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi. Toshkent-2013. 224 b.

7.Soliev A.S.,Hududiy majmualarning nazariy asoslari.(O'quv qo'llanma) T.,2007, 90 b.

8.Surxondaryo viloyatining statistik axborotnomasi. Termiz-2018. 9.O'zbekiston hududlarining yillik statistika to'plami. O'zbekiston Respublikasi davlat statistika qo'mitasi. T:. 2019. 11-14b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.