Научная статья на тему 'CHUQUR KARYERLARDA SPT KOMPLEKSI QO‘LLANISHNING LOYIHAVIY KO‘RSATKICHLARI'

CHUQUR KARYERLARDA SPT KOMPLEKSI QO‘LLANISHNING LOYIHAVIY KO‘RSATKICHLARI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
70
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maydalash qayta yuklash qurilmasi / muddat ekspluatatsiya / karyerlarda turg‘un maydalash korpuslari / avtoag‘dargichlar / maydalash-konveyer kompleksi. / Crushing reloading device / period of operation / stationary crushing bodies in quarries / auto-turners / crushing-conveyor complex.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Shodiyev Abbos Ne’mato‘g‘li, Nomdorov Rustam Uralovich, Ruzibayeva Dildora Akramovna

Maqolada chuqur karyerlarda SPT ni rivojlanish istiqbollari uning samaradorligini, raqobatbardoshligini, shuningdek qo‘llanish doirasini kengaytirishni ta’minlaydigan, ilg‘or texnik va texnologik yechimlarga asoslanadi. Portlatib maydalangan qoyasimon kon massalarini qazib yuklash ishlarida uzluksiz ishlaydigan transport vositalari va ekskavatorlar, shuningdek o‘ziyurar saralab-maydalab qayta yuklovchi uskunalardan tashkil topgan SPT ni qo‘llanishning istiqboli juda yuqoridir. Chunki bunday kompleksdan foydalanish butunlay potok texnologiyasiga o‘tishga imkon yaratadi va karyerlarda katta hajmga ega bo‘lgan kon massasining kavjoydan to yukni tushirish punktlarigacha tashish potoklarini yaratishni ta’minlaydi. Ko‘pchilik karyerlar chuqur gorizontlarini qazib olishda SPT ni qo‘llash ochiq usulda kon qazish samaradorligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishi hisoblanadi va shu bilan birga Karyerlarda SPT kompleksi qo‘llanishining loyihaviy ko‘rsatkichlari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USING THE SPT COMPLEX IN DEEP QUARRIES DESIGN INDICATORS

In the article, the prospects for the development of SPT in deep quarries are based on advanced technical and technological solutions that ensure its effectiveness, competitiveness, as well as the expansion of the scope of application. The prospect of using SPT, which consists of continuously working vehicles and excavators, as well as self-propelled sorting and crushing and reloading equipment, in the excavation and loading of blast-crushed rock mass is very high. Because the use of such a complex makes it possible to completely switch to stream technology and provides the creation of streams for the transportation of large-sized ore mass in quarries from the pit to the unloading points. The use of SPT in mining the deep horizons of most quarries is an open-pit mine. the main direction of ensuring the efficiency of excavation is calculated, and at the same time, the design indicators of the use of the SPT complex in quarries are presented.

Текст научной работы на тему «CHUQUR KARYERLARDA SPT KOMPLEKSI QO‘LLANISHNING LOYIHAVIY KO‘RSATKICHLARI»

UO'K: 622.47 " 10.5281/zenodo. 10721763

CHUQUR KARYERLARDA DAVRIY OQIMLI TEXNOLOGIYA KOMPLEKSI QO'LLANISHNING LOYIHAVIY KO'RSATKICHLARI

Shodiyev Abbos Ne'mat o'g'li

Texnika fanlari doktori, prof. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti konchilik kafedrasi, O'zbekiston, Qarshi

Nomdorov Rustam Uralovich

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti "Konchilik ishi " kafedrasi, t.f.f.d(PhD) dotsenti, Qarshi, O 'zbekiston E-mail: rustamnomdorov@mail. ru ORCIDID: 0009-0000-6987-8995

Ruzibayeva Dildora Akramovna

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institute magistranti, Qarshi, O 'zbekiston

Annotatsiya. Maqolada chuqur karyerlarda davriy oqimli texnologiyani rivojlanish istiqbollari uning samaradorligini, raqobatbardoshligini, shuningdek qo 'llanish doirasini kengaytirishni ta'minlaydigan, ilg'or texnik va texnologik yechimlarga asoslanadi. Portlatib maydalangan qoyasimon kon massalarini qazib yuklash ishlarida uzluksiz ishlaydigan transport vositalari va ekskavatorlar, shuningdek o'ziyurar saralab-maydalab qayta yuklovchi uskunalardan tashkil topgan davriy oqimli texnologiyani qo 'llanishning istiqboli judayuqoridir. Chunki bunday kompleksdan foydalanish butunlay potok texnologiyasiga o 'tishga imkon yaratadi va karyerlarda katta hajmga ega bo 'lgan kon massasining kavjoydan to yukni tushirish punktlarigacha tashish potoklarini yaratishni ta'minlaydi. Ko'pchilik karyerlar chuqur gorizontlarini qazib olishda davriy oqimli texnologiyani qo 'llash ochiq usulda kon qazish samaradorligini ta 'minlashning asosiy yo 'nalishi hisoblanadi va shu bilan birga Karyerlarda davriy oqimli texnologiya kompleksi qo 'llanishining loyihaviy ko 'rsatkichlari keltirilgan.

Kalit so'zlar: maydalash qayta yuklash qurilmasi, muddat ekspluatatsiya, karyerlarda turg'un maydalash korpuslari, avtoag'dargichlar, maydalash-konveyer kompleksi.

ПРИМЕНЕНИЕ КОМПЛЕКСА СПТ В ГЛУБОКИХ КАРЬЕРАХ

ПРОЕКТНЫЕ ПОКАЗАТЕЛИ

Шодиев Аббос Неъмат угли

Доктор технических наук, проф. кафедра «Горное дело» Каршинского инженерно-экономического института, Узбекистан, Карши

Номдоров Рустам Уралович

Кафедра "Горное дело " Каршинского инженерно-экономического института, m.f.f.d (PhD) доцент, Карши, Узбекистан

Рузибаева Дилдора Акрамовна

Магистр Каршинского инженерно-экономического института, Карши, Узбекистан

Аннотация. В статье рассматриваются перспективы развития СПТ в глубокой карьере на основе передовых технических и технологических решений, обеспечивающих его эффективность, конкурентоспособность, а также расширение сферы применения. Перспектива применения СПТ, состоящей из бесперебойно работающих транспортных средств и экскаваторов, а также самоходного сортировочно-дробильного оборудования, при погрузочно-разгрузочных работах по добыче взрывоопасных горных масс, очень высока. Т. к. использование такого комплекса позволяет полностью перейти на потоковую технологию и предусматривает создание транспортных потоков от забой до пунктов разгрузки горной массы, имеющих большой объем в карьерах. Применение СПТ при добыче глубоких горизонтов большинства карьеров является основным направлением обеспечения эффективности добычи открытым способом, наряду с этим приводятся проектные показатели применения комплекса СПТ в карьерах. Ключевые слова: Дробильный перегрузочный агрегат, срок эксплуатации, стационарные дробильные корпуса в карьерах, автопогрузчики, дробильно-конвейерный комплекс.

Abstract. In the article, the prospects for the development of SPT in deep quarries are based on advanced technical and technological solutions that ensure its effectiveness, competitiveness, as well as the expansion of the scope of application. The prospect of using SPT, which consists of continuously working vehicles and excavators, as well as self-propelled sorting and crushing and reloading equipment, in the excavation and loading of blast-crushed rock mass is very high. Because the use of such a complex makes it possible to completely switch to stream technology and provides the creation of streams for the transportation of large-sized ore mass in quarries from the pit to the unloading points. The use of SPT in mining the deep horizons of most quarries is an open-pit mine. the main direction of ensuring the efficiency of excavation is calculated, and at the same time, the design indicators of the use of the SPT complex in quarries are presented. Keywords: Crushing reloading device, period of operation, stationary crushing bodies in quarries, auto-turners, crushing-conveyor complex.

Kirish. Kon qazish ishlarini tobora moqda. Hozirgi vaqtda O'zbekistonning

chuqurlashib borishi, karyerlarda tashish birinchi yirik karyerlarining chuqurligi 400-

ishlarini takomillashtirish masalasini dol- 700 va undan ko'p metrlarni tashkil

zarb vazifalardan biri ekanligini ko'rsat- etmoqda. "Muruntau" karyeri (chuqurligi

Nomdorov Rustam

Karshi Engineering-Economics Institute, Department of "Mining", Associate Professor of Ph.D., Karshi, Uzbekistan

DSc, prof. dept. of "Mining " Karshi engineering-economics institute, Uzbekistan, Karshi

Master of Karshi Engineering-Economics Institute, Karshi, Uzbekistan

650 m), "Qalmaqir" karyeri (chuqurligi 500 m ga yaqin), "Angren" razrezi (chuqurligi 400 m ga yaqin) shular jumlasiga kiradi. Shu sababli ushbu karyerlarda texnologik trans-portni takomillashtirish va samaradorligini oshirish DOT kompleksidan keng foydala-nishni taqazo etadi. Konlarni ochiq usulda qazib olish samaradorligi karyer chuqur gorizontlarida kon qazish ishlarini olib borish uchun tanlab olinadigan texnika vositalariga bog'liqdir.

Adabiyotlar tahlili va metodlar. Ko'pchilik karyerlar chuqur gorizontlarini qazib olishda DOT ni qo'llash ochiq usulda kon qazish samaradorligini ta'minlashning asosiy yo'nalishi hisoblanadi. Bu esa Rossiya, Ukraina, O'zbekiston va boshqa chet el korxonalarida olib borilgan ilmiy-tadqiqot, loyihalash ishlari hamda tajribalar bilan isbotlangan.

Hozirgi vaqtda DOT Olingor va Kovdor kon-boyitish kombinatlarida (Rossiya), Poltavsk, Yujniy, Ilguletsk, Sentral'ny, Novokrivorojsk va Severny kon-boyitish kombinatlari (Ukraina), Navoiy kon-metallurgiya kombinati (O'zbekiston) va qator chet el karyerlarida qo'llanmoqda. MDH mamlakatlari karyerlarida DOT ni qo'llashning loyihaviy ko'rsatkichlari quyidagi jadvalda keltirilgan (1-jadval).

MDH mamlakatlari karyerlarida DOT dan foydalanib kon massasini tashish va qayta yuklash hajmi umumiy bajarilgan kon ishlarining atigi 10% ni tashkil qiladi. AQSh, Kanada, Avstraliya, Chili va boshqa chet el korxonalarida bu ko'rsatkich 50% dan ham ko'proqdir.

Chet el korxonalarida DOT ni qo'llash dastlab yarim turg'un maydalash uskuna-laridan foydalanib keyinchalik esa, suri-luvchi (o'ziyurar) maydalash uskunalariga o'tishni ko'zda tutilgan holda amalga

oshirilgan.

Bunga qarama-qarshi o'laroq MDH mamlakatlari korxonalarida DOT komp-lekslaridan foydalanish karyerlarda turg'un maydalash korpuslarini qurish asosida amalga oshirilgan. DOTdan foydalanishning bu yo'li, birinchidan, avtomobil transportidan butunlay foydalanmaslikka imkon bermaydi, ikkinchidan, uzoq muddat eks-pluatatsiya qilinishi sababli karyerni rivoj-lantirishga sezilarli darajada moniylik ko'r-satadi. Bunga 2000 yili Steylensk KBK karyerda yirik maydalash korpusi va butunlay DOTdan foydalanish tugatilganligi yaqqol misol bo'la oladi. Aksincha Ukrainaning Poltavsk KBK karyerida turg'un va yarim turg'un maydalash uskunalari o'rniga o'ziyurar mobil maydalash usku-nalardan foydalanish hisobiga ("Krupp Fordertech" firmasi) DOT samaradorligini oshirishga erishilgan, avtotransport baland-ligini 107 metrgacha va avtoag'dargichlar sonini 9 tagacha qisqartirishga erishilgan. Shunday qilib hozirgi vaqtda DOTdan foydlanish samaradorligini oshirishning asosiy tadbiri - DOT kompleksida mobil, o'ziyurar maydalash uskunalaridan foyda-lanishdir.

DOT qo'llanilgan qariyib barcha karyerlarda ularning chuqur gorizontlarini ochish (KBK karyeri, Annovsk karyeri va Muruntau karyerlari bundan mustasno) karyer ichi qayta yuklash punkti (QYuP) da joylashtirilgan qiya stvollar va shtolnyalar orqali amalga oshirilgan. Ushbu ochish sxemasi qator kamchiliklarga ega, ulardan eng asosiylari: aksariyat hollarda QYuP to'la quvvatda ishlamaydi; QYuP ni karyer ish-lamaydigan yonbag'riga joylashtirish avtotransport yo'lini uzaytiradi; vaqtincha ishchi yonbag'riga joylashtirish esa, ma'lum miq-dordagi foydali qazilma zaxirasini kon-

servatsiya qilishga olib keladi.

Chuqur karyerlar ishchi zonasini shakl-lantirish va qoyasimon kon massalari hajmini makon bo'ylab vaqtincha joylash-ganligi DOT komplekslarida maydalash-

qaytayuklash qurilmalari (MQYuP) dan foydalanishni taqazo etadi. Blok-modul ko'rinishida bajarilgan harakatlanuvchi yarimturg'un MQYuP DOT tizimi mos-lanuvchanligini sezilarli darajada oshiradi.

Karyerlarda SPT kompleksi qo

'llanishining loyihaviy ko'rsatkichlari

1-jadval

Kon massasi ko'rinishi Loyiha unumdorligi mln.t/yil SPT da qo'llangan texnologik jarayon uskunalari

Korxonalar (karyerlar) Burg'ulash stanoklari Ekskavator cho'michi xajmi m3 Karyer ichi transporti Maydalagich (tegirmon)

CAT-

Navoiy KMK Muruntau karyeri Kon jinsi+ruda 65,5 SBSh-250 8; 12,5; 15; 26 785V CAT-789S R-170 KVD- 1200/200

BelAZ-

Inguletsk GOK (kon-boyitish kombinati) Ruda 18 SBSh-250 SBSh-320 5; 8 7519 BelAZ-548 KKD- 1500/180

karyerlari BelAZ-549

BelAZ- KKD- 1500/180

Severny GOK, Annovsk karyeri Ruda+kon 18 SBSh-250 5; 8 548 BelAZ- 549 ND-1200

jinsi SBSh-320 KVDK- 1200/200

Yujny GOK karyeri Ruda 20 SBSh-250 5; 8 Tortish agregati PE-2 KKD- 1500/180

Sentral'ny GOK karyeri №1 Ruda+kon jinsi 16 SBSh-250 5; 8 BelAZ-548 ND-1200 KKD- 1500/180

Novokrivorojsk GOK, karyer №3 Ruda 16 SBSh-250 SBSh-320 5; 8 BelAZ- 548 BelAZ- KKD- 1500/180

549

Poltavsk GOK karyeri Ruda 12 SBSh 5; 8 BelAZ- 549 ND-1200 KKD- 1500/180

BelAZ-

Olengorsk GOK karyeri Ruda 12,1 SBSh 5; 8 548 BelAZ- 549 SHKD- 1500*2100

Stoylensk GOK karyeri Ruda 20,7 SBSh 8 BelAZ-549 KKD- 1500/180

2-jadval

Korxonalar (karyerlar) Kon massasi ko'rinishi Konveyer transporti parametrlari

Ko'tarish balandligi, m Konveyer uzunligi, m Lenta kengligi, m Konveyer soni (liniya bo'yicha)

Navoiy KMK Muruntau karyeri Kon jinsi+ ruda 200 7500 2000 4

Inguletsk GOK (kon-boyitish kombinati) karyerlari Ruda 180 1700 2000; 1600 3

Severny GOK, Annovsk karyeri Ruda+kon jinsi 163,5 2400 2000 5(kon jinsi) 3 (ruda)

Yujny GOK karyeri Ruda 172,5 2715 2000; 1600 4

Sentral'ny GOK katyeri №1 Ruda+kon jinsi 257 1828 1000; 2000 5

Novokrivorojsk GOK, kaгyeг №3 Ruda 199,3 1200 2000 4

Poltavsk GOK karyeri Ruda 120 - 2000 2

Olengorsk GOK karyeri Ruda 155,7 1013 1600/2000 4

Stoylensk GOK karyeri Ruda 200 1300 200 2

Kovdorsk KBK karyerlarida 1999 yildan boshlab maydalash-konveyer komp-leksi ishlab turibdi. MQYuP ShDP-500*2100 гusumli jag'simon tegiгmonli yaгim tuгg'un maydalash-qayta yuklash uskunalaridan tashkil topgan. Karyerda 3 ta yaгim tuгg'un maydalash-qayta yuklash qurilmasi ishga tushiгilgan bo'lib, ular karyer chuqurlashib borishi moboynida yirik bloklar (modullar) bilan yangi konsen-tratsion goгizontlaгga ko'chiгiladi. Komp-leksning konveyer ko'taгgichi kaгyeг yon-bag'гiga 160 burchak ostida o'matilgan.

Muhokama. Poltavsk KBK temir ruda karyerida qazish ishlari 280 m chuqurlikda olib borilmoqda (loyiha chuqurligi 600 m), 1996 yilda 2500 t/soat unumdorlikka ega bo'lgan yarim tuгg'un blok-modul ko'ri-

nishida bajarilgan maydalash-konveyer kompleksi ishga tushirilgan. Kompleksda "Krupp Fordertechnik" nemis firmasi tay-yorlagan uskunalardan foydalanilgan. Ana shu DOT kompleksini ishga tushirishga sarfangan kapital mablag' miqdori baza vaгiantidagi kapital mablag' miqdoriga teng bo'lib, kompleksni ekspluatatsiya qilish mo-baynida joriy xarajatlarni kamaytirish hiso-biga kon massasini tashish tannarxini baza variantiga nisbatan 2 barobar kamaytirishga erishilgan. Aynan shu konstruksiyadagi DOT kompleksini Poltavsk KBK katyeriarida qo'llash гejalashtiгilgan.

Maydalash qayta yuklash qurilmasi DOT tizimining texnologik imkoniyatlarini to'la ra'yobga chiqaгishda o'ta qiya konveyerlardan foydalanish katta ahami-

yatga egadir. Hozirgi vaqtda jahonning 50 dan ortiq mamlakatlari karyerlarida o'ta qiya lentali konveyerlardan foydalanilmoqda. Karyerlarda yopqich lentali, ikki konturli lentali konveyerlar keng qo'llanilmoqda. O'ta qiya konveyerlar to'kma kon jinslarini 50-600 burchak ostida yuqoriga ko'tarib berish qobiliyatiga ega bo'lganligi tufayli ananaviy konveyerlar qo'llanilganga nis-batan karyer yonbag'rida yo'l trassasini tayyorlashda kon-kapital ishlar hajmini minimumga keltirishga imkon yaratadi.

Koshtomushsk karyerida maydalash-qayta yuklash uskunali va o'ta qiya kon-veyer bilan jihozlangan DOT kompleksini qo'llanishi natijalarini texnik iqtisodiy tahlili, bu kompleksning yuqori sama-radorlikka ega ekanligini isbotlab berdi. Masalan, DOT ni qo'llanishning birinchi bosqichi joriy ochish ishlari hajmini 5 mln.m3 ga qisqartirishga imkon yaratgan bo'lsa, DOT kompleksini karyer janubiy yon-bag'riga doimiy o'rnatish (2 bosqich) karyer chegaralarida bajariladigan ochish ishlarini baza variantiga (avtomobil-temir yo'l) nis-batan 17-18 mln.m3 ga kamaytirishiga olib keladi.

Poltavsk KBK karyerida "Krupp Fordertechnik" firmasi maydalash-konveyer kompleksi qayta yuklash punkti modeli sifatida qo'llaniladi.

Kompleks mobil yirik maydalash quril-masi (unumdorligi yiliga 12 mln.t), uzunligi 508 m lentali konveyer, uzunligi 38 m lentali ag'darma hosil qiluvchi va uzunligi 273 m omborxona konveyeridan tashkil topgan. Maydalash qurilmasi gusenitsali trans-portyor yoki ko'p g'ildirakli platforma yordamida yurishi mumkin. Qabul qilish bunkeri ikki tushirish joyi va plastinkali ta'minlagich bilan jihozlangan.

Tadqiqot natijalari. Karyer ichi mobil

qayta yuklash punkti sifatida uzliksiz ish-laydigan ekskavator va saralab-maydalab qayta yuklovchi qurilmalardan foydalanish istiqbolli hisoblanadi. Portlatib maydalan-gan qoyasimon kon jinslari uchun IGTMNAN (Ukraina) yaratgan, ERGS-5000 va maydalab yuklovchi PGS-2250 qurilmalaridan tashkil topgan kompleksdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Karyer ishchi zonasida gravitatsion transport asosida ishlaydigan DOT ni qo'llanishi ham katta istiqbolga egadir. Bunda kon massasini gorizontlar bo'yicha ruda-tushurgichgacha tashib keltiriladi va u orqali karyerning yer ostida vertikal joylashgan omboriga tushiriladi. Ombordagi ruda konveyer transportiga qayta yuklanadi.

Ukraina IGTMNAN da konveyer poyezdlari va ularni qo'llash texnologiyalari ishlab chiqarilgan. Konveyer poyezdli tashish kompleksi yirik bo'lakli (1200 mm) kon massasini tashishga mo'ljallangan bo'lib, yuqoritezlikka egadir.

Bu yangi ko'rinishdagi karyer transporti o'zida temir yo'l va konveyer transportlarining afzalliklarini mujassam-lagan bo'lib, eng maqbul tezligi 10-15 m/sek va ko'tarilish burchagi 200 ni, solishtirma yuk ko'tarish qobiliyati 1,5-2,5 t/m ni tashkil qiladi.

Portlatib maydalangan qoyasimon kon massalarini qazib yuklash ishlarida uzluksiz ishlaydigan transport vositalari va ekska-vatorlar, shuningdek o'ziyurar saralab-may-dalab qayta yuklovchi uskunalardan tashkil topgan DOT ni qo'llanishning istiqboli juda yuqoridir. Chunki bunday kompleksdan foydalanish butunlay potok texnologiyasiga o'tishga imkon yaratadi va karyerlarda katta hajmga ega bo'lgan kon massasining kav-joydan to yukni tushirish punktlarigacha tashish potoklarini yaratishni ta'minlaydi

(ruda boyitish fabrikasiga, kon jinslari ag'darmalariga). Qoyasimon qoplama jins va qattiq rudalarni qazib oladigan karyerlarda potok texnologiyasi (PT) ni qo'llash quyidagilarni ta'minlaydi: kon ish-larini markazlashtirish hisobiga kon qazish ishlari jadalligini, karyer yonbag'ri bo'yicha yuk ko'tarish qiyalik burchagini katta bo'lishi hisobiga tashish masofasini qisqartirishni; kon qazish, tashish ishlarida uzluksiz ishlaydigan kon-transport vosi-talarini qo'llanishi tufayli karyer unum-dorligini oshirish; resurs va energiya tejamkorligini; mahsulot tannarxini kama-yishini; ishlab chiqarish jarayonlarini to'la mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni; karyerda ishlaydigan avtoag'dargichlar so-nini kamayishi hisobiga zaharli gazlarni atmosferaga ajralib chiqishini kamaytirish.

Rossiya va Ukraina loyiha institutlari tomonidan bajarilgan texnik-iqtisodiy tadqiqot hamda loyihaviy ishlanmalar aso-sida chuqur karyerlarda portlatib mayda-langan qoyasimon kon jinslarini DOT orqali qazib olish yuqori samaradorlikka ega bo'lishi aniqlangan. Yillik unumdorligi 5 mln.t dan ko'p bo'lgan, faqat birgina

karyerda DOT kompleksini qo'llashning iqtisodiy samaradorligi qariyb 2 mln. AQSh doll.ni tashkil qilishi aniqlangan.

Xulosa. Shunday qilib, chuqur karyer-larda DOT ni rivojlanish istiqbollari uning samaradorligini, raqobatbardoshligini, shu-ningdek qo'llanish doirasini kengaytirishni ta'minlaydigan, ilg'or texnik va texnologik yechimlarga asoslanadi. Chuqur karyerlarda qazish chuqurligi oshib borgan sari kon ishlarini olib borish quyidagi sabablarga ko'ra sezilarli darajada murakkablashib boradi:

- qazish ishlari 300-400 m va undan ham chuqur gorizontlarda olib borilishi tufayli qoplama jinslarni qazib olish hajmi oshib boradi;

- gorizontal va balandlikka ko'tarilish bo'yicha kon massasini tashish masofasi uzayib boradi;

- transport kommunikatsiyasi sxemasi murakkablashib kon-transport uskunalari-dan foydalanish samaradorligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va pirovard natijada karyerning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini pasayib ketishiga olib keladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

Номдоров Рустам Уралович. Научное обоснование повышения устойчивости бортов карьера путем формирования вогнутого профиля откоса высокого уступа // Автореферат диссертации доктора философии (PhD) по техническим наукам. Навои, - 2022. - стр.44.

Mansurova S.A., Urinov S.R., Nomdorov R.U., Nurxonov H.A., Karimov Y.L., Boymurodov N.A., Nematullayev S., Abduvahobova Z., Sanakulov H., Mukhtorova M,Sh. Investigation of the degree of uniformity of the edge array during contour blasting // Intersections of Faith and Culture: AMERICAN Journal of Religious and Cultural Studies. Volume 01, Issue 03, 2023 ISSN (E): 2993-2599, pp.39-59. Заиров Ш.Ш., Уринов Ш.Р., Равшанова М.Х., Номдоров Р.У. Физико-техническая оценка устойчивости бортов карьеров с учетом технологии ведения буровзрывных работ. Бухоро, изд-во «Бухоро», 2020. - 175 с.

4. Zairov S.S., Urinov S.R., Nomdorov R.U. Ensuring Wall Stability in the Course of Blasting at Open Pits of Kyzyl Kum Region. Gornye nauki i tekhnologii = Mining Science and Technology (Russia). 2020; 5(3): 235-252. https://doi.org/10.17073/2500-0632-2020-3-235-252 https://mst.misis.ru/iour/article/view/243/211

5. Urinov Sherali Raufovich, Zairov Sherzod Sharipovich, Ravshanova Muhabbat Husniddinovna, Nomdorov Rustam Uralovich. (2020). Theoretical and experimental evaluation of a static method of rock destruction using non-explosive destructive mixture from local raw materials. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt / Egyptology, 17(6), 14295-14303. Retrieved from https://archives.palarch.nl/index.php/iae/article/view/4186

6. Уринов Ш.Р., Номдоров Р.У., Джуманиязов Д.Д. Исследование факторов, влияющих на устойчивость бортов карьера Journal of advances in engineering technology ISSN:2181-1431, 2020, No.1, pp.10-15. DOI 10.24411/2181-1431-20201-10-15.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.