Научная статья на тему 'CHORVACHILIK TARMOG’IDA KICHIK TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI RAG‘BATLANTIRISH MASALALARI'

CHORVACHILIK TARMOG’IDA KICHIK TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI RAG‘BATLANTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
31
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
chorvachilik / sut / tadbirkorlik / mayda tovar ishlab chiqaruvchilar. / livestock farming / milk / entrepreneurship / consumer goods manufacturing enterprises producers.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Eshqulova H.Sh.

Bugungi kunda chorvachilikni rivojlantirish va daromadlarni oshirib, faoliyatni kengaytirish uchun aksariyat qishloq xo‘jaligi tashkilotlari o‘zlarining moliyaviy manbalariga va investitsiya resurslariga va ularni jalb etish imkoniyatgiga ham ega emaslar. Shu jihatdan chorvachilik tarmog’ida mayda tovar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy faolligini oshirish va qo’llab – quvvatlash uchun davlat miqyosida bir qator islohotlarning amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROMOTION OF SMALL BUSINESS ENTITIES IN THE LIVESTOCK NETWORK

Today, agricultural organizations seeking to develop livestock farming and increase income do not have financial and investment resources and opportunities to attract them. In this system, it is desirable to control the economic activity of small livestock producers and implement a number of strengthening measures.

Текст научной работы на тему «CHORVACHILIK TARMOG’IDA KICHIK TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI RAG‘BATLANTIRISH MASALALARI»

Eshqulova H.Sh.

Guliston Davlat Universiteti tayanch - doktoranti

CHORVACHILIK TARMOG'IDA KICHIK TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI RAG'BATLANTIRISH MASALALARI

Anotatsiya. Bugungi kunda chorvachilikni rivojlantirish va daromadlarni oshirib, faoliyatni kengaytirish uchun aksariyat qishloq xojaligi tashkilotlari o 'zlarining moliyaviy manbalariga va investitsiya resurslariga va ularni jalb etish imkoniyatgiga ham ega emaslar. Shu jihatdan chorvachilik tarmog 'ida mayda tovar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy faolligini oshirish va qo 'llab - quvvatlash uchun davlat miqyosida bir qator islohotlarning amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.

Kalit so'zlar: chorvachilik, sut, tadbirkorlik, mayda tovar ishlab chiqaruvchilar.

Eshkulova Kh.Sh. doctoral student Gulistan State University

PROMOTION OF SMALL BUSINESS ENTITIES IN THE LIVESTOCK NETWORK

Abstract. Today, agricultural organizations seeking to develop livestock farming and increase income do not have financial and investment resources and opportunities to attract them. In this system, it is desirable to control the economic activity of small livestock producers and implement a number of strengthening measures.

Keywords: livestock farming, milk, entrepreneurship, consumer goods manufacturing enterprises producers.

Kirish. Chorvachilik tarmog'ini qo'llab - quvvatlash va bunda mayda tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatini rivojlantirish uzoq muddat talab etadigan jarayon hisoblanib, bunda barcha xo'jaliklar faoliyatini moliyaviy qo'llab - quvvatlash uchun juda katta miqdorda investitsiyalar talab etiladi.chorvachilik mahsulotlaridan birgina sut yetishtirish jarayonlariga to'xtalib o'tadigan bo'lsak, fermer xo'jaliklari va qishloq xo'jaligi korxonalarida sigirlarni parvarishlash, sut yetishtirish va ularni qayta ishlash jarayonlarini zamonaviy yuqori samarali uskunalardan foydalangan holda tashkil etishda va uy xo'jaliklarida eng katta muammoga sabab bo'layotgan ozuqa narxlaridagi beqarorlik va ularning yuqori ekanligi, shuingdek sigirlarning sut mahsuldorligi pastligi bilan bog'liq muammolarni hal etish uchun uzoq davr va ularni muntazam ravishda uzoq

muddatli moliyaviy qo'llab - quvvatlash talab etiladi.

Adabiyotlar tahlili. Chorvachilikda aynan sutchilik yo'nalishida tadbirkorlik muhitini rivojlantirish va tarmoqda mahsuldorlikni oshirish yuzasidan ko'plab tadqiqotchi va olimlar o'z izlanishlarini olib borgan bo'lib, F.M.Safin, T.I.Buxtiyorova, O.A.Tagirova, Е.П.Качурина [5], N.S.Xushmatov, T.X.Farmonov, Q.A.Choriyev, U.N.Sadullayev, S.S.Abdullayeva [2] shular jumlasidandir. Качурина Екатерина Петровна qishloq xo'jaligida sutchilik tarmog'ida kichik va o'rta biznesni rivojlantirishning tashkiliy - iqtisodiy mexanizmi borasida qator taklif va xulosalarni o'z ilmiy ishlarida keltirib o'tgandir

[5].

A.I. Abruyev o'z ilmiy ishida o'z tadqiqotlari natijasida "...mamlakatimizda sut asosan dehqon va fermer xo'jaliklarida yetishtiriladi va bu chekka qishloqlarda aholini sut va go'sht mahsulotlari bilan ta'minlash hamda ularning bandligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega" degan fikrlarni bildirb o'tgandir [6].

Tadqiqot metodologiyasi. Ilmiy izlanishlar jarayonida statistik ma'lumotlarni tahlil qilish, monografik kuzatish, iqtisodiy - statistik uslublardan foydalangan holda chorvachilik tarmog'i va unda sutchilikni rivojlantirishning aholi farovonligidagi o'rni va unga ta'siri o'rganildi. Tadqiqotda statistik ma'lumotlarni tahlil qilish orqali muammoni chuqur o'rganishga harakat qilindi. Tadqiqot obyekti sifatida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan chorvachilik xo'jaliklari tanlab olindi [12].

Tahlil va natijalar. Bugun mamlakatimizda tarmoqqa jalb etilayotgan investitsiyalarning asosiy qismi yirik fermer xo'jaliklari va qishloq xo'jaligi korxonalariga yo'naltirilgan bo'lib, dehqon va tomorqa xo'jalikari va mayda tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatini rivojlantirish istiqbollari prognozi pastligicha qolmoqdadir.

Mamlakatimizda agrar tarmoqda amalga oshirilayotgan agrar iqtisodiy islohotlar natijasida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi yildan - yilga ortib bormoqda. Bunda dehqon xo'jaliklari go'sht va sut yetishtirishda yetakchi o'rinda bo'lib, tarmoqning qariyb 90 % mahsulotlari ulushi ularning ulushiga to'g'ri kelmoqda.

Malakatimizda yillik chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi yildan -yilga ozuqa va iqlim bilan bog'liq yuzaga kelayotgan muammolarga qaramasdan ijobiy tendensiyalar bilan o'sib bormoqda. Bunda tarmoq oldidagi eng dolzarb muammo esa yetishtirilayotgan mahsulotlarni qayta ishlash tarmoqlari yetarli darajada qamrab olmayotganligidadir. Sababi qayta ishlash tarmoqlarida texnologik hamda kadrlar bilan bog'liq yetishmovchiliklar mavjuddir Ushbu muammolarni hal etish uchun esa albatta tarmoqning ma'lum bir yo'nalishlarida davlat ko'magi zarurdir.

1 - rasm.

2010 - 2023 yillar oralig'ida mamlakatda yetishtirilgan ummumiy chorvachilik mahsulotlari hajmi (mlrd. so'mda)

Manba [1].

Yuqoridagi 1 - rasmdan guvohi bo'lishimiz mumkinki, yillar kesimida mamlakatimizda chorvachilik mahsulotlari hajmi har yillik o'sish sur'atlariga ega bo'lib, oxirgi besh yillik ko'rsatkichlarni tahlil qiladigan bo'lsak, 2019 yilda mamlakatda 104378.3 mlrd so'mlik chorvachilik mahsulotlari yetishtirlgan. 2023 yilda esa bu ko'rsatkich 202335.3 mlrd so'mni tashkil etmoqda. Ushbu yillar oralig'idagi o'sish sur'ati esa 194 % bo'lib, qariyb ikki barobar o'sish sur'atiga erishilmoqda.

Respublikamiz hududida aynan chorvachilikning qoramolchilik yo'nalishiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, bunda tarmoqning asosiy mahsulotlari go'sht va sutdan iboratdir. Mamlakatimzda yetishtiriladigan sut mahsulotini yillar kesimidagi hajmiga (2-rasm) nazar soladigan bo'lsak, bunda yildan - yilga tarmoqda yetishtirilayotgan sut hajmining o'sib borayotganligiga guvoh bo'lishimiz mumkin.

2 - rasm.

2010 - 2023 yillar oralig'ida mamlakatda yetishtirilgan jami sut

Hajmi (ming tonnada).

■ Jami sog'ib olingan sut hajmi ( ming tonna)

Manba [1].

Yuqoridagi 2-rasm ma'lumotlaгiga to'xtaladigan bo'lsak, 2023 yilda mamlakatda 11968,7 ming tonna sut yetishtirilgan bo'lib, 2022 yilga nisbatan 103 % o'sish suг'atiga eгishilgandiг. So'nggi besh yillik ko^satkichlami tahlil qiladigan bo'lsak, 2023 yilda 2019 yilga nisbatan 111.7 % o'sish sut'atiga guvoh bo'lamiz.

Sut ishlab chiqaгishni ko'paytiгishga qaratilgan loyihalaгga ustuvoг ahamiyat beгish kerak, chunki sut ishlab chiqaгish aholi ehtiyojlari va sutni qayta ishlashda bugungi davгda mavjud bo'lgan innovatsion imkoniyatlardan foydalanishda sezilarli daгajada ortda qolmoqda. Bundan tashqaгi sutni qayta ishlash tashkilotlari sut mahsulotlaгi aholining barcha qatlami uchun zaгuг bo'lganligi sababli boshqa ko'plab qishloq xo'jaligi tashkilotlaridan faгqli гavishda samaгaliгoq va investitsiyalami jalb qilish uchun ko'praq imkoniyatlaгga ega.

Bugun гespublikamizning ko'plab hududlarida sut yetishtiгuvchi dehqon va tomona xo'jaliklaгida hamda ko'plab mayda tovaT ishlab chiqaгuvchi tadbiгkoгlik subektlarida sigiгlaгning sut mahsuldoгligi pastligi, ulaming moddiy - texnik bazasining eskirianligi, sut yetishtiгuvchi va uni qayta ishalovchi sube^lto o'гtasida aloqalaming yetariicha ta'mlanmaganligi kabi qatoг muamшolaг mavjuddn.

Ko'plab sut mahsulotlaгini ishlab chiqamvchi tadbiгkoгlaгning o'z faoliyatlaгini texnik jihatdan qayta jihozlash va xo'jaliklaming choi"va mollaгini genetik jihatdan yangilab ulaming mahsuldoriigini oshiгishni o'z mablag'laгi evaziga amalga oshirish va yoki uzoq muddatli kredit^ jalb etish imkoniyati mavjud emas. Bunday vaziyatda taimoqdagi faoliyat yuгituvchi subektlaг mavjud mablag'larini ham boshqa texnologik jihatdan sodda va investitsiya ta'siri tezгoq o'zini namoyon qiladigan qishloq xo'jaligi mahsulotlariga (masalan: bodring, qovun kabi poliz ekinlari, paгandachilik, baliqchilik kabilaг shulaT juшlasidandiг)

yo'naltirishni afzal ko'radilar. Shu sababli Sut ishlab chiqarishni ko'paytirishga qaratilgan loyihalarga ustuvor ahamiyat berish kerak, chunki sut ishlab chiqarish aholi ehtiyojlari va sutni qayta ishlashda bugungi davrda mavjud bo'lgan innovatsion imkoniyatlardan foydalanishda sezilarli darajada ortda qolmoqda. Bundan tashqari sutni qayta ishlash tashkilotlari sut mahsulotlari aholining barcha qatlami uchun zarur bo'lganligi sababli boshqa ko'plab qishloq xo'jaligi tashkilotlaridan farqli ravishda samaraliroq va investitsiyalarni jalb qilish uchun ko'proq imkoniyatlarga ega. Sut chorvachiligini kompleks rivojlantirish uchun tarmoqda mavjud texnologiyani eng qisqa muddatda kompleks qayta qurish, jumladan, asbob - uskunalarni yangilash, qoramollarni parvarishlash binolarini modernizatsiya qilish, chorva mollari naslini yaxshilash va ular sonini ko'paytirish uchun zotli chorva mollarini sotib olish ishlarini amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan bir qatorda, agrosanoat majmuasini investitsiyaviy kreditlashni davlat tominidan qo'llab - quvvatlash agrosanoat kompleksini rivojlantirish uchun olingan investitsiya kreditlari bo'yicha foiz stavkalarining bir qismini qoplash uchun davlat va mahalliy budjetlardan subsidiyalar berish yo'li bilan amalga oshirilishi ham tarmoqni kelgusidagi rivoji uchun o'zining ijobiy natijalarini berishi shubhasizdir. Tarmoqning kredit resurslari bilan ta'minlanganligini oshirish va qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilari zimmasiga moliyaviy yukni kamaytirish maqsadida maqsadida imtiyozli kreditlash mexanizmini qo'llash, shu jumladan qisqa muddatli kreditlar berish tartibini soddalashtirish va hajmini oshirish zarurdir. davlat tomonidan moliyalashtirishni kuchaytirish o'simlikchilik, chorvachilik va qayta ishlashda energiya va resurs tejovchi texnologiyalarni rivojlantirish, mahsulotlarning yangi innovatsion turlaridan, veterinariya dori - darmonlaridan foydalanishni yo'lga qo'yish, ishlab chiqarishga sifatli va hamyonbop mahalliy mashina, asbob - uskunalarni joriy etish uchun zarur hisoblanadi. ishlab chiqarishda axborot va ma'lumotlarni keng tarqatish, mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash hamda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga yosh va malakali mutaxassislarni jalb etish chora - tadbirlarini amalga oshirish orqali yaratilgan innovatsiyalarni tovar ishlab chiqaruvchilarga va xo'jaliklarga tezkorlik bilan yetkazish ishlarini amalga oshirish tarmoq rivojida muhim ahamiyat kasb etadigan vazifalar majmuasi hisoblanadi.

Xulosa va takliflar. Bugun mamlakatimizda ayniqsa qishloq hududlarda tarmoqni rivojlantirish uchun quyidagi imkoniyatlar mavjuddir:

• Hududlarda sut chorvachiligini rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlarining mavjudligi, shuningdek, moliyaviy qo'llab -quvvatlash tizimining ham yaratilganligi;

• Mehnat vositalarining mavjudligi - qishloq xo'jaligi yerlari, sut mahsulotlari va chorva mollari;

• Qishloq joylarda istiqomat qiluvchi aholining tarmoqda faoliyat yuritish bo'yicha salohiyatining yetarli ekanligi.

Sut chorvachiligini kelgusida rivojlantirish uchun yuzaga kelishi mumkin bo'lgan va mavjud tahdidlar esa quyidagilardan iboratdir:

- Hududdagi salbiy tabiiy - iqlim sharoitlari bilan, ya'ni hududlarda

yildan yilga kuchayib borayotgan suv tanqisligi muammosi chorva mollari ozuqasi miqdoriga, sifatiga va narxiga o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatmasdan qolmaydi;

- Xom sut narxi arzonligi va uning yillik o'sish sur'ati ozuqa narxlari yillik o'sish sur'atidan pastligi;

- Tarmoqda faoliyat yurituvchi kichik tadbirkorlik subektlari faoliyatini davlat tomonidan qo'llab - quvvatlashning beqarorligi;-

- Aholi daromadlarining pasayishi, bu o'z navbatida sut va sut mahsulotlariga bo'lgan talabni tushishiga olib keladi;

- Tarmoq rivoji uchun yangi innovatsiyalarni joriy etishda yuqori malakali kadrlarning yetishmasligi shular jumlasidandir.

Umuman olganda, chorvcahilik tarmog'ida mayda tovar ishlab chiqaruvchlarning iqtisodiy faolligini oshirishning istiqboldagi ko'rsatkichlari va joriy holati quyidagi xulosalar chiqarishga imkon beradi:

• Sut va sut mahsulotlari importi o'rnini bosishga qaratilgan siyosat zamirida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo'llab-quvvatlash zarurligi;

•Kichik va o'rta biznes o'zgarishlarga tezda moslasha olish xususiyati yuqoriligi;

•Biznesning iqtisodiy tizimini rivojlantirish, uni moliyalashtirish uchun davlat ishtiroki zarur, biroq bu o'z navbatida budjetga qo'shimcha yuk yuklaydi;

• Standart baholash yondashuvlaridan qochib chuqurroq diffuruensiatsiya va maqsadli baholash yondashuvlarini xo'jaliklar kesimida ularni alohida guruhlarga ajratgan xolda o'rganish yanada samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish va to'g'ri xulosalar chiqarish imkonini beradi.

Bunda import o'rnini bosish siyosatini olib borish va iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash amalga oshirilishi lozim bo'lgan ustuvor vazifalardan xisoblanadi. Chorvachilik tarmog'ida sutchilikni rivojlantirish, unda kichik biznes va tadbirkorlik muhitini yaxshilashning tashkiliy - iqtisodiy asoslarini mustahkamlash subsidiyalar va imtiyozli kreditlash yuzasidan amalga oshirilayotgan mavjud islohotlarni yanada takomillashtirishni taqozo etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat statistika agentligi ma'lumotlari. stat.uz

2. Abdullayeva S.S. "Sut yo'nalishidagi qoramolchilik tarmog'ini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari" mavzusidagi PhD ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi, Toshkent - 2018.

3. Eshqulova H.Sh. Sut chorvachiligida mahsuldorlikni oshirish uchun innovatsiyalarni joriy etish va uning soha rivojidagi ahamiyati., © Xopa3M MatMyH aKageMH^CH HomupnuK öynHMH, 2023

4. "Imprving the organizational and economic relations of small business development in the dairy network directions" Eshqulova Hilola., European International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies 316 -324 p., ISSN: - 2750-8587 Volume IV Issue I.

5. Качурина Екатерина Петровна Организационно-экономический механизм развития Малого и среднего бизнеса в молочной отрасли Животноводства АПК Челябинск — 2021

6. A.I.Abruyev "Agroservislarni rivojlantirish asosida chorvachilik mahsulotlari samaradorligini oshirish" - Diss. PhD. - Toshkent 2018

7. В.И.Гайдук, Ю.И.Бершицкий, Е.А.Шибанихин, В.В.Березенков, Е.И.Артемова Организационно - экономические аспекты повышения эффективности молочного скотоводства и кормопроизводства. - Краснодар: КГАУ. 2006. - 172с.

8. "Chorvachilik sohasida kichik biznesni tashkil etishning iqtisodiy - ijtimoiy mohiyati va o'ziga xos jihatlari" Sattorqulov Obidqul Turdiqulovich, Eshqulova Hilola Shoyimqul qizi. "Solution of social problems in management and economy International scientific-online conference", Spain, Madrid 23 bet.

9. Eshqulova X.Sh. Sut chorvachiligida mahsuldorlikni oshirishga qaratilgan innovatsiyalarni joriy etish va uning soha rivojidagi ahamiyati., © Xorazm Ma'mun akademiyasi nashriyoti, 2023-yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.