Научная статья на тему 'BIRINCHI SINFDA MUSIQA O`QITISHNING MAZMUNI'

BIRINCHI SINFDA MUSIQA O`QITISHNING MAZMUNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1313
108
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Boshlang`ich sinf / o`quvchi / musiqa / musiqa madaniyati / ovoz.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — S.R. Umarova

Maqolada birinchi sinfda musiqa o`qitishning mazmuni haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BIRINCHI SINFDA MUSIQA O`QITISHNING MAZMUNI»

YneHHH XXI BeKa • 2022 • № 3 (84)

BIRINCHI SINFDA MUSIQA O QITISHNING MAZMUNI

S.R. Umarova1

Maqolada birinchi sinfda musiqa o'qitishning mazmuni haqida ma'lumot berilgan.

Kalitso'zlar: BoshlangMch sinf, o'quvchi, musiqa, musiqa madaniyati, ovoz.

BoshlangMch sinf o'quvchilarini har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashda maktabda o'qitiladigan barcha fanlar qatori musiqa darslarining ahamiyati katta. Musiqa inson his-tuyg'ularini orzu-istaklarini o'ziga xos badiy tilda ifoda etadi va hissiyotlariga faol ta'sir ko'rsatadi. Kichik yoshdagi o'quvchilar musiqa san'ati bilan bolalar bog'chalarida oilada, radio va televideniyadan beriladigan ko'rsatuvlar orqali tanish boladilar. Musiqa darslarida quvnoq kuy va qo'shiqlarni tinglash, kuylash, raqs elementlarini bajarish, chapak chalish hamda bolalar cholg'u asboblarida jo'r bolish musiqaga ishtiyojlarini yanada tez oshirib boradi. Chunki bu yoshdagi bolalarda hali diqqat-e'tibor uncha to'liq shakllanmagan bo'ladi, ular ko'proq serharakat va uyinga moyil boladilar. Shuningdek birinchi sinf o'quvchilari psixologik - fiziologik harakterga ko'ra, ma'lum darajada xotirasi, nutqi diqqati - e'tibori, ovoz apparatlari to'liq rivojlanmagan, ovoz pardalari nozik kuchsiz bo'ladi. Shunga ko'ra bolalarni musiqaga tobora qiziqtirishda, butun dars davomida ularni kayfiyatini saqlashda, o'qituvchi ochiq samimiy, shirin muomalasi va yoqimli xatti - harakatlari bilan erishishi lozim. Birinchi darsdan boshlab o'quvchilarni musiqaga qiziqtirish yo'li bilan, ularni musiqaviy o'quvlari, qobiliyatlarini kuylash hamda ovoz sifatlarini sinchiklab o'rganib olishi va yuqoridagi sifatlarga ko'ra, ularni uch differensional guruhga bo'lish lozim. I-guruhga - iqtidorli musiqiy o'quvi musiqiy qobilyati rivojlangan bolalar kiradi; II -guruhga - musiqani aniq eshita oladigan, ammo sozga o'qituvchi ovoziga tayangan, holda tushadigan bolalar; III - guruhga - sozga umuman tusha olmaydigan musiqiy o'quvi bo'sh bolalar kiradi. Musiqa darslarida o'qituvchi o'quvchilarni quydagicha o'tkazish lozim. Birinchi guruh bolalarni orqa qatorga, ikkinchi guruh bolalarni oldingi qatorga, uchinchi guruh bolalarni esa o'rta qatorga o'tkazish tavsiya etiladi. Natijada dars davomida musiqiy qobiliyati sust rivojlangan bolalarning musiqiy o'quvi o'sadi va shakllanadi. Darsda o'quvchilarni qiziqishini o'stirish uchun, ularni har bir yutugM uchun rag'batlantirish hamda, ilg'or bolalar bilan teng darajada musiqiy faolligini ko'rsata olishga ishonch hosil qildirish lozim. Musiqiy o'quvi sust bo'lgan o'quvchilar bilan darsdan keyin yakka tartibda ishlash ham tavsiya etiladi. Musiqa darsdagi faoliyat turlari tez -tez almashib turishi, o'quvchilari zerikmaslik, toliqmaslikni shu bilan birga musiqa darsiga qiziqishni oshiradi. Birinchi sinfda musiqa o'qitishni asosiy maqsadi o'quvchilarda musiqaga qiziqish uyg'otish va musiqiy taassurotni tarkib toptirish, musiqani san'at sifatida ongli idrok etish. Natijada bolalarda musiqa haqida mushohada qilishning boshlangMch asoslari vujudga keladi. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar amalga oshiriladi; 1. O'quvchilarni musiqiy qobiliyatlarini, musiqiy o'quvini rivojlantirish. 2. Musiqani (tinglash) idrok etish malakasini o'stirish. 3. Kuylash malakalarini o'stirish. 4. Musiqiy badiy-g'oyaviy mazmuni vositasida axloqiy estetik tarbiyalash. Ma'lumki, musiqa - hayot va davr aksidir. Shuning uchun ham boshlangMch sinflarda musiqa darslarini dasturining bosh mavzusi «Musiqa va hayot»dir. BoshlangMch sinfda musiqa darslari, bolalarning hayotiy tajribalariga tayangan holda, olib borish, badiy ta'lim beruvchi vosita sifatida muhim ahamiyatga ega. Zeroki, dasturda kuylash va tinglash uchun tavsiya etiladigan qo'shiqlar va musiqiy asarlar, baxtli bolalik, insonparvarlik, Vatanga muhabbat, tabiatga muhabbat haqida asarlardan iboratdir. Birinchi sinfda bolalar musiqaning harakteri obrazlari orqali olgan bilimlari nisbiy bo'lib, keyingi sinflarda aniq (konkret) tushunchalarga aylanadi. Shuningdek, birinchi sinfda o'quv yili boshida ilk bor olingan bilimlar notagacha bo'lgan davr deb ataladi.

Wmarova Sanobar Raxmonovna - Buxoro shahar 42-IDUM boshlang'ich sinf o'qituvchisi (Buxoro, O'zbekiston).

YneHbiH XXI BeKa • 2022 • № 3 (84)

Musiqiy faoliyatlarning birinchi turlariga doir vazifalar, ish mazmunini tashkil etadi. Mazkur faoliyatlar ashula aytish, musiqa tinglash, musiqa savodi, raqs elementlarini bajarish musiqali o'yinlar, qadam tashlash bolalar cholg'u asboblarida jo'r boiish, musiqa madaniyatini tarkib toptirishda muhim rol o'ynaydi. Birinchi sinfda xor bo'lib qo'shiq kuylash - jamoa faoliyati sifatida o'quvchilarni bevosita ishtiroki bilan amalga oshiriladi. Qo'shiq kuylash murakkab psixologik va fiziologik jarayondir. Bundan bosh miyadagi nerv xujayralari faol qatnashadi, o'quvchilarda ijobiy his -tuyg'ularini faolligini ta'minlaydi, ko'krak qismi tovush hosil qiluvchi a'zolari artikulyatsiya va nafas organlarini faollashtiradi hamda o'quvchilarning samarali ishlashga sharoit yaratadi. Boshlang'ich sinflarda qo'shiq o'rgatish uchun avval shu qo'shiq tinglanadi so'ng qo'shiq o'gatish metodi asosida o'rgatiladi: 1. Qo'shiq haqida o'qituvchining qisqacha kirish so'zi (qo'shiq muallifiari haqida, asarning tarixiy yoki tarbiyaviy ahamiyati haqida, qisqa hikoya qilish, shu asarga doir qiziqarli hayotiy suxbat o'tkazish va rasmlar ko'rsatish). 2. Qo'shiqni o'qituvchi tomonidan to'liq ijro etib berilishi. 3. Qo'shiqni musiqiy harakteri, uning ifoda vositalari, shakli, janrini o'quvchilar bilan birgalikda aniqlash. 4. Qo'shiqni musiqiy jumlalarga bo'lib o'rgatish. 5. Qo'shiqni ijro sifatlari ustida ishlash (nafas, sof intonatsiya, talaffuz, dinamik belgilar asosida ifodali kuylash). 6. Taassurotlari yuzasidan qisqacha suhbat o'tkazish (savol-javob) ko'rgazmali materiallar asosida. Qo'shiqlarni o'quvchilarga musiqiy qobiliyatlari, musiqiy o'quvi, xotirasiga, talaffuziga ahamiyat beriladi. Qo'shiqlarning differsional guruhlarga bo'lib o'rgatish dars samaradorligini oshiradi. Musiqiy o'quv bo'sh bo'lgan o'quvchilarni qiziqish va musiqiy qobiliyatini yanada o'stirish uchun o'qituvchilarni uch guruhga bolib o'tkazish lozim. Musiqiy o'quv bo'sh bo'lgan bolalar har tomonidan jarangdor ovozlarini eshitib, ularga taqlid qilib chiroyli, sof intonatsiyada kuylashga harakat qiladilar. Bu yoshdagi o'quvchilarni ovozi o'zlariga xos juda mayin va yoqimli tembga ega bo'ladi. O'tirib va turib kuylaganda gavdani to'g'ri tutish, nafasini so'z o'rtasida olmaslik uchun rejaga solish, unli va undosh tovushlarni to'g'ri talaffuz qilish, sof intonatsiya ustida muntazam ish olib borish lozim. Bolalar ovozini parvarish qilish tavsiya etiladi. Ovoz sozlashni primar tovushlardan (mi, fa, sol) boshlab, yelkani ko'tarmasdan nafas olishga ahamiyat berish, qo'shiq kuylash samaradorligini oshiradi. Musiqa tinglash - darsning boshidan oxirgacha amalga oshiriladigan faoliyat turidir. Agar bolalar sinfga musiqa sadolari ostida kirsalar, demak ular musiqani idrok etib kiradilar.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. H.Nurmatov, O.Ibrohimov «Musiqa» o'quv qo'llanma. - T.: « O'qituvchi» nashriyoti, 1997 y.

© S.R. Umarova, 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.