MEXANIKA
UDK 621.01
CHIGITNI TOZALASH QURILMASINING SAMARALI YURITMASINI ISHLAB CHIQISH VA UZATISH MEXANIZIMINI LOYHALASH
Mamaxonov Azam Abdumajitovich NaMMTI, t.f.d., доцент, [email protected]
Xikmatillayev Ismailxon a'zamxo'ja o'g'li NaMMTI, [email protected]
Anotatsiya. Maqolada chigitni elash mashinasi misolida texnologik mashinalarning organlarining kinematik va dinamik parametrlari asosida mashinaning dvigatelini hamda uning uzatmasini hisoblangan. Tukli chigitni elash qurilmasi yuritmasidagi burovchi moment va burchak tezlikning sonli qiymatlari aniqlangan.
Аннотация. В статье произведен расчет двигателя и привода машины для просеивания семян хлопчатника на основе кинематических и динамических параметров технологических узлов машины. Определены численные значения крутящего момента и угловой скорости в механизме привода просеивателя семян хлопчатника.
Abstract. This paper calculates the engine and drive of a machine for sieving cotton seeds based on the kinematic and dynamic parameters of the technological machine components. Numerical values of the torque and angular velocity in the drive mechanism of the cotton seed sieving device have been determined.
Kalit so'zlar: texnologik mashina, tukli chigitni elash qurilmasi, yuritma, ishchi organ, yuklanish, quvvat, val, burovchi moment, burchak tezlik.
Ключевые слова: технологическая машина, устройство для просеивания пушистых семян хлопчатника, приводной механизм, рабочий орган, нагрузка, мощность, вал, крутящий момент, угловая скорость.
Keywords: technological machine, fluffy cotton seed sieving device, drive mechanism, working body, load, power, shaft, torque, angular velocity.
Kirish. Vibratsion tozalash qurilmalari qishloq xo'jaligi, sanoat va turli texnologik jarayonlarda, begona aralashmalardan mayda materiallar, masalan, don, urug'lar, xom texnik materiallar va boshqa granulalarni ajratish uchun samarali ishlatiladi. Ushbu qurilmalar yuqori ishlab chiqarish samaradorligi, ishga tushirish xarajatlari kamligi va ajratishdagi yuqori aniqligi bilan tanilgan. Ushbu tadqiqot vibratsion tozalash qurilmasining samarali elak konstruksiyasini ishlab chiqish va mashina yuritmasining samarali tarkibini taklif etishni o'z ischiga oladi. Elakning tebranish amplitudasi, chastotasi va turtki kuchi kabi muhim kinematik va dinamik parametrlari aniqlanadi. Shuning uchun bu jihatlarni ilmiy tahlil qilish va amaliy joriy etish uchun optimallashtirilgan modelni ishlab chiqish muhim hisoblanadi.
Zamonaviy qishloq xo'jaligini qayta ishlash tizimlarida yuqori mahsulot sifatini va energiya samaradorligini ta'minlash asosiy talabga aylandi. Vibratsion tozalash qurilmalari yuzaga kelgan texnik talablarni qondirish uchun zamonaviy yechimni taqdim etadi, shuning uchun ularning ishlash samaradorligini oshirish usullarini o'rganish juda muhimdir. Ushbu tadqiqot aynan shu zaruratni hal qilishga qaratilgan bo'lib, ushbu qurilmalarning konstruktiv parametrlarini va hisoblash metodlarini batafsil ta'riflaydi.
Bundan tashqari, mashinani harakatlantiruvchi yuritma tarkibini shakllantirish va kinematik hamda dinamik parametrlarini aniqlash vibratsion tozalash qurilmalarining samarali ishlashini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. Yuitma tarkibini tahlili yordamida qurilmaning harakat rejimlari, qismlarning tezlik va tezlanishlari aniqlanadi, shuningdek, har bir qismining
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son
MEXANIKA
mexanik o'zaro ta'siri va uning tasiri natijalari ko'rib chiqiladi. Taklif etilayotgan elak konstruksiyasining ishlab chiqish va tebranish amplitudasi hamda chastotasining qurilmaning ishlashiga qanday ta'sir qilishini, shuningdek, qismlarning harakatlarini boshqarish uchun zarur bo'lgan energiya miqdorini aniqlashga imkon beradi. Bu parametrlar qurilmaning samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega, chunki ular tozalash jarayonining aniqligini va tezligini ta'minlashga yordam beradi.
Tukli chigitni tozalash qurilmasining samarali konstruksiyasini ishlab chiqish bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar Namangan viloyati Namangan tumanida joylashgan NAMANGANTOLATEKISTIL korxonasida amalga oshirildi. Bunkerdagi chigit ta'minlash qurilmasida belgilangan qiymatda taqsimlanib, vintli konveyer yordamida chigitni begona jinslardan tozalovchi qurilmaga uzatadi. Tozalash qurilmasi chigit uyumini turli begona jinslardan tozalash vazifasini bajaradi. Ayni tozalash qurilmasi orqali chigitlar linterlash jarayoniga pnevmotransport orqali uzatiladi. Chigit uyumi tarkibidagi begona jinslardan tozalash ko'rsatkichini yuqori darajaga ko'arish muhim ahamiyat kasb etib, chigitdan olinadigan, lint va yog' sifatiga yuqori ta'sir etish xususiyatiga ega. Shu bilan birga chigit uyumi tarkibida tozalanmay qolgan qattiq jinslar linterlash mashinasi ishchi organlarini yeyilishini intensivlashtiradi.
Quida 1-rasmda chigitni vibratsion tozalash qurilmasining amaldagi konstruktiv sxemasi keltirilgan. Qurilma elektrodvigatel 1, tasmali uzatma 2, eksentrik val 3, yassi to'rli yuzali elak va korpus 5 dan iborat.
1-rasm. Elektrodvigatel 1, tasmali uzatma 2, eksentrik val 3, yassi to'rli yuzali elak 4, elak korpusi 5 dan iborat.
Elektr yuritgich 1 ning harakati tasmali uzatma 2 orqali eksentrik val 3 ga uzatiladi. Eksentrik val 3 yassi to'rli yuzali elak 4 ni ilgarilanma qaytma harakat qilishini ta'minlaydi. Vintli konveyerdan kelayotgan chigit uyumi elak 4 yuzasiga tushadi va elakda tebranma harakat qilish bilan birga pnevmotransport quvuri tomon ilgarilanma harakat qiladi. Bunda elak yuzasidagi teshiklardan tukli chigit uyumidagi turli begona jinslar tushib ketadi. Tajribaviy kuzatishlar shuni asoslaydiki, chigit tuklarining yuqori ilashuvchanligi chigit uyumining elak sirti bo'ylab tarqalishi (taqsimlanishi)ga qarshilik qiladi. Bu esa chigit uyumi tarkibidagi begona jinslar qolib ketishini ta'minlaydi.
Yuqorida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etis maqsadida elakning samarali konstruksiyasini quyidagi sxemaga muvofiq bo'lishi taklif etildi (2-rasm).
1-elektrodvigatel; 2-mufta; 3-avtomatik taranglash qurilmali zanjirli uzatma; 4-eksentrik val;5-botiq qabariqsimon to'rli yuza;
2-rasm. Botiq-qabariq yuzali elash qurilmasining sxemasi.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son
MEXANIKA
i limn :::: :::: :::: ::::
:::::::: :::::::: TIT ::: •llllllllllll' ::::::::::::: Tin TTTTTTI: :::::::: IIIIIIIIIIIH ::::::::::::: lif III
THUij: ::: :::: :::: :::: :::: :::: :::
3-rasm. Botiq-qabariq yuzaning ko'rinishi
Taklif etilayotgan chigitni begona jinslardan tozalash qurilmasining asosiy maqsadi, chigit uyumining oqimi davomida elak yuzasi bo'ylab bir tekis taqsimlanishi va begona jinslardan tozalash samaradorligini oshirish hsoblanadi. Bunda elakning boshlan g'ich yuzasida chigit oqimini elak yuzasi bo'ylab bir tekis taqsimlanishi uchun (2-rasm) bo'ylama o'qqa nisbatan burchak asosida yo'naluvchi botiqliklar bo'lishi taklif etilgan. Shu bilan birga elak ko'ndalang kesim yuzasining qolgan qismi, elak boshlang'ich yuzasiga mos holda, yuza bo'ylab bir tekisda paralell tarzda sinusoidal shaklga ega bo'lishi taklif etilgan. Elak yuzasining taklif etilayotgan garmonik yuzasida chigit uyumiga ta'sir etuvchi inertsion kuchlar Elak yuzasining taklif etilayotgan shakli chigit uyumini elak yuzasi bo'ylab bir xil qiymatda taqsimlanishi va elanish jarayonini intensivligini ta'minlaydi. Tadqiqotlarimizni dastlabki maqsadi sifatida qurilmaning kinematik va dinamik parametrlarini aniqlashni o'z ichiga oladi. Mavjud texnologik parametrlarning sonli qiymatlari quyidagicha:
taklif etilayotgan elak va mahsulotning umumiy massasi mum = 50 kg,
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son
MEXANIKA
elak tebranish chastotasi fsi — 4,91 Hz,
elak tebranish amplitudasi amplitudasi A = 0.05 Til.
Elakni harakatga keltiruvchi valdagi burchak tezlik qiymati quyidagi ifoda orqali hisoblanadi:
(jjs=2nf (1)
bu yerda:/ — tebranish chastotasi (Hz). Texnologik tizimdagi sonli parametrlarni inobatga olsak:
Taklif etilayotgan elakning chiqziqli tezligi v ni quyidagicha aniqlanadi:
bu yerda: A — tebranish amplitudasi (m), CJ — burchakli tezlik (radjs). Parametrlarning sonli qiymatlari asosida elakning chiziqli tezlik qiymati:
Elakning ish jarayonidagi maksiamal tezlanish qiymati quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
Sonli qiymatni inobatga oladigan bo'lsak,
Tebranish kuchi mahsulotni elak bo'ylab harakatga keltiradi. Elakni harakatlantiruvchi kuch Fh, Nyutonning ikkinchi qonuniga muvofiq quyidagi cha bo'ladi:
,2
bu yerda, a — elakning maksimal tezlanishi (m/S ) Harakatlantiruvchi kuchning sonli qiymati:
Gravitatsion kuch Fg komponentini quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
¥0 = m ■ g sin a
(5)
bu yerda: Q = 9,81 m/s , elakning gorizontal tekislikka nisbatan joylashuv burchagi U holda grevitatsion kuch:
Gravitatsiya kuchi mahsulotni qiyalik bo'ylab pastga siljitishga yordam beradi, shuning uchun tebranish parametrlari mahsulotning turiga qarab sozlanadi.
Taklif etilayotgan elakning kinematik va dinamik parametrlari yuqoridagi hisobiy aniqlashlarga muvofiq:
elakning chiziqli tezlik: 5 = 1,54 IIl/s;
elakni tebrantiruvchi kuch: F = 2376.2N;
gravitatsion kuch komponenti: Fg = 245.25N;
elakni harakatga keltiruvchi valdagi burovchi momentni eksentrik valni maksimal eksentriklik masofasi dv = 5 sm.= 5 ■ 10-2m, ekanligini inobatga olsak quyidagi sonli qiymatga erishadi:
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son
MEXANIKA
Taklif etilayotgan elakni harakatga keltiruvchi quvat parametri quyidagicha aniqlandi:
Tukli chigitni elash qurilmasi yuritmasining kinematik tahlilini amalga oshiramiz.
Yuqorida aniqlangan kinematik va dinamik parametrlarga asoan taklif etilayotgan elakni
harakatga keltiruvchi valning aylanishlar soni:
tilly30 30.33'30
nr.
294 ayl/min; P = 3,66 kVt
Ir 3,14
U holda yuqoridagi 2-rasmda keltirilgan qurilma kinematik sxemasiga muvofiq, qurilmani harakatga keltiruvchi elektrodvigatel quvvati,
bu yerda,l]uin — qurilmani harakatga keltiruvchi yuritmaning mimiy foydali ish koeffisienti.
'|,,;„- yuritmaning umumiy foydali ish koeffitsienti yuritma tarkibidagi uzatma va uzellarning foydali ish koeffitsientlari ko'paytmasiga teng:
(6) ifodaga muvofiq taklif etilayotgan tozalash qurilmasi yuritmasining foydali ish koeffisienti quyidagi qiymatga ega bo'ldi:
bunda, l]m = 0,99-muftaning foydali ish koeffitsienti; T]z = 0,93 - zanjirli uzatmaning foydali ish koeffitsienti; T|p = 0,99 - bir juft dumalash podshipnikning foydali ish koeffitsienti.
Yuritmaning umumiy uzatish nisbati, zanjirli uzatmaning uzatish nisbatiga teng bo'ladi. Qurilmani harakatga keltiruvchi zanjirli uzatmaning uzatish soni qiymatini iz = 2,5 qiymatda olish lozim. Yuritma elektrodvigatelining talab etilgan aylanishlar chastotasini topamiz.
Aniqlangan quvvat Pe, kVt, va aylanishlar soniga 7ld, min-1, ko'ra qurilmani 4A132 8 UZ; Pe = 4, 00, kVt, tld = 719, mirr1, parametrii yuritgichda harakatga keltirish maqsadga muvofiq.
Xulosa. Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko'ra, tukli chigitlarni tozalash qurilmasi ucun samarali elak konstruksiyasi ishlab chiqildi. Mavjud texnologik tizim parametrlariga mos holda qurilmaning kinematik va dinamik parametrlari aniqlandi: Elakni harakatga keltiruvchi
valdagi burchak tezlik = 30,83 rad/s va chiziqli tezlik V = 1.54 — qiymatlari hamda elakni tebrantiruvchi kuch: F = 2376.2N, gravitatsion kuch komponenti: Fg = 245.25N, elakni harakatga keltiruvchi valdagi burovchi momentni M = 118,81 Ntn, elakni harakatga keltiruvchi valning aylanishlar soni: ne = 294 ayl/min, qiymatlari aniqlangan.
ADABIYOTLAR
1. Mamaxonov A.A. Development of designs and methods for calculating chain drives with elastic elements of technological machines. Dissertation: 05.02.02 - Theory of mechanisms and machines. Teoretical engineering and machine elements. Namangan. 2021y.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son
MEXANIKA
2. Usmonkhujayev S., "The effect of the deformation of the elastic element of the chain drive guide star on the extension parameters"//Problems in the Textile and Light Industry in the Context of Integration of Science and Industry and Ways to Solve Them (PTLICISIWS-2022). Namangan, Uzbekistan 5-6 May 2022
3. Oripov Sh.J., Orifjonov S.U., Wind generator: a clean and sustainable source of energy// Innovations in technology and science education// volume 2 issue 8, 2023. 5.305
4. D. Kholboev., "Preparation and testing of an experimental version of the device for controlling the parameters of the air fan parameters of the cotton pneumatic transport operating mode"// AIP Conference Proceedings 2789, 040137 (2023)
5. A.Djurayev., I.Khikmatullayev., Analysis Of Regularities Of Rotation Frequency Change And Noise Values Of Chain Drive Shaft With Elastic Element// Turkish Journal of Computer and Mathematics Education Vol.12 No.7 (2021), 314-322.
6. O. Sarimsakov., "Study of the possibility of reducing electricity consumption by control of air ventilator parameters in pneumatic transportation of cotton"// European Scholar Journal (ESJ) Vol. 3 No.3, March 2022
7. Rayimjonov, Mirzavali, et al. "The Cotton cleaning technology: INCREASING THE EFFICIENCY OF RETAINING DEVICE FOR FINE AND LARGE HEAVY MIXTURES IN COTTON RAW MATERIALS." Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology 9.2 (2024): 13-18.
8. A.A.Mamakhonov, I.A.Khikmatillaev, E.B.Aliev. Emperimental studies of resource-efficient roller chain drive// Technical science and innovation 2023, Special edition
9. Mamaxonov A'zam Abdumajitovich, Xikmatillayev Ismoiilxon A'zamxo'ja o'g'li., Mashinasozlikdagi asosiy zanjirli uzatmalar// "FARG'ONA VODISIDA FAN VA TEXNOLOGIYA" ilmiy konferensiya 11-12-may 2023 yil.
10. D.A.Djuraev, A.A.Mamaxonov I.A.Xikmatillayev., "QAYISHQOQ ELEMENTLI ZANJIRLI UZATMA VALLARI YUKLANISHLARNING TAJRIBAVIY TADQIQOT NATIJALARI TAHLILI" // "MEXANIKA VA TEXNOLOGIYA ILMIY JURNALI" Maxsus son Namangan 2024
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 3-son, 2024 Maxsus son