Научная статья на тему 'CAPPARIS SPINOSA OʻSIMLIK ILDIZIDAN OLINGAN BIOLOGIK FAOL POLISAXARIDLAR YIGʻINDISINING KIMYOVIY TARKIBI VA OʻTKIR ZAHARLILIGI'

CAPPARIS SPINOSA OʻSIMLIK ILDIZIDAN OLINGAN BIOLOGIK FAOL POLISAXARIDLAR YIGʻINDISINING KIMYOVIY TARKIBI VA OʻTKIR ZAHARLILIGI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
20
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Capparis spinosa kovul / xomashyo / ekstraksiya / erituvchi / konsentratsiya / harorat / polisaxaridlar / texnologiya / oʻtkir zaharlilik / Capparis spinosa-cowl / raw material / extraction / solvent / concentration / temperature / polysaccharides / technology / acute toxicity

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — N.B.Bekmurzayeva, R.A.Botirov, A.A.Azamatov, U.K.Aytmuratova, A.A.Siddiqova

Shifobaxsh oʻsimliklardan ajratib olingan ekstrakt va indivudial moddalarning kimyoviy tarkibi va oʻtkir zaharliligi oʻrganish yangi va samarali dori vositalarini yaratish jarayonining asosiy bosqichi hisoblanadi. Ushbu maqolada Capparis spinoza oʻsimligining ildiz qismidan ajratib olingan biologik faol polisaxaridlar yigʻindisining kimyoviy tarkibi va tajriba hayvonlarida aniqlangan oʻtkir zaharliligi haqida maʼlumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CAPPARIS SPINOSA IS BIOLOGICALLY ACTIVE DERIVED FROM PLANT ROOT CHEMICAL COMPOSITION OF POLYSACCHARIDE AGGREGATE AND ACUTE Toxicity

The study of the chemical composition and acute toxicity of extracts and individual substances extracted from medicinal plants is a key stage in the process of creating new and effective medicines. This article provides information on the chemical composition and acute toxicity of the amount of biologically active polysaccharides of Capparis spinosa, the root part of the plant, isolated from experimental animals

Текст научной работы на тему «CAPPARIS SPINOSA OʻSIMLIK ILDIZIDAN OLINGAN BIOLOGIK FAOL POLISAXARIDLAR YIGʻINDISINING KIMYOVIY TARKIBI VA OʻTKIR ZAHARLILIGI»

UDK 544.72:547.96

CAPPARIS SPINOSA O'SIMLIK ILDIZIDAN OLINGAN BIOLOGIK FAOL POLISAXARIDLAR YIG'INDISINING KIMYOVIY TARKIBI VA O'TKIR _ZAHARLILIGI_

N.B.Bekmurzayeva, R.A.Botirov, A.A.Azamatov, U.K.Aytmuratova, A.A.Siddiqova*

Kalit so'zlar. Capparis spinosa - kovul, xomashyo, ekstraksiya, erituvchi, konsentratsiya, harorat, polisaxaridlar, texnologiya, o'tkir zaharlilik.

Hozirgi kunda dunyoda sezilarli darajada o'simlik xom ashyosiga asoslangan dori vositalariga talab ortib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri shifobaxsh o'simliklardan tayyorlangan dori vositalari sintetik dori vositalariga nisbatan nojo'ya ta'sirlarini kamligi, uzoq vaqt davomida qo'llanilganda ham zararli ta'sirlarini namoyon etmasligi, farmakologik ta'sirining yengil o'tishi va ta'sir doirasini kengligi bilan izohlanadi. Ushbu muammolarni birgina yechimi o'simlik dunyosidagi yangi dorivor o'simliklarni izlaash va ularni farmako-toksikologik xususiyatlarini keng ko'lamda o'rganish va eng faollari asosida yangi samaradorligi yuqori, ta'sir doirasi keng va zaharliligini kam bo'lgan dori vositalarini izlab topish, shu bilan bir qatorda ularning inson organizmi uchun xavfsizlik talablarini o'rganishni o'z ichiga oladi [1]. Shularni xisobga olib O'zbekistonda keng tarqalgan ko'p yillik yovvoyi holatda o'suvchi Capparis spinosa - kovul o'simligi tanlab olindi. Capparis spinosa o'simligi bo'yicha adabiyotlar bilan tanishganimizda, avvaldan xalq tabobatida turli kasalliklarni davolashda keng qo'llanilib kelingan. Abu Ali ibn Sino bobomiz Capparis spinosa o'simligidan og'riq qoldiruvchi, yara va jaroxatlarini, astma, oshqozon ichak kasalliklarini hamda ildiz qismini qaynatmasidan gepatitni, ildizpoyasi tutunidan zaxm kasalligini, mevasi va bargidan bavosil, tish, mulk kasalliklarini davolashda foydalangan [2,3]. Dunyo olimlari tomonidan ham Capparis spinosa o'simligini biologik faolliklari to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan [4-12].

O'simlik moddalari kimyosi institutida Capparis spinosa o'simligining yer ustki, ildiz qismlaridan olingan polisaxaridlar yig'indisining kimyoviy tarkibi, urug'i, barglari va ildizi tarkibidagi uglevod, flavonoidlari va lipidlarini o'rganish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilgan [13,18].

Tibbiyotda keng foydalanilayotgan jigarni ximoyalovchi dori vositalardan Liv-52 dori vositasi tarkibida Capparis spinosa ekstraktini borligi ushbu o'simlikni farmako-toksikologik xususiyatlarini kengroq o'rganishni talab etadi [19]. Shuning uchun Capparis spinosa o'simligi ildizi tarkibidagi uglevodlarni miqdorini aniqlash ustidagi ilmiy izlanishlar keng ko'lamda olib borilmoqda.

Ushbu ishning maqsadi Capparis spinosa o'simligining ildiz qismidan ajratib olingan suvda eriydigan polisaxaridlar yig'indisining kimyoviy tarkibi va o'tkir zaharliligini o'rganishdan iborat.

Institutimizda Capparis spinosa o'simligi ildizidan biologik faol moddalar, suvda eriydigan polisaxaridlar yig'indisini ajratib olish usuli ishlab chiqilgan. Unga ko'ra Capparis spinosa o'simligi ildizidan suvda eriydigan polisaxaridlar yig'indisini ekstraksiya qilib olish uchun xomashyoni 4-7 mm kattalikda maydalanadi, erituvchi sifatida suv erituvchisidan foydalanish hamda ekstraksiya qilish mobaynida 60°C dan kam bo'lmagan haroratda, xomashyo:ekstragent 1:3.1 nisbatda, 5-marta ekstraksiya qilish va 1.2.3.4 quyilmalarni 6 soatda, 5 quyilmani esa 4 soat mobaynida ekstraksiya qilinadi. Olingan suvli ekstraktlar birlashtirilib, vakuum bug'latish qurilmasida 0,6 kg/sm3 vakuum ostida 50°C dan yuqori bo'lmagan haroratda dastlabki ekstrakt hajmiga nisbatan 10% qismi qolguniga

*N.B.Bekmurzayeva - Toshkent farmatsevtika institutining "Farmakologiya va klinik Farmatsiya" kafedrasi assistenti; R.A.Botirov, A.A.Azamatov - O'simlik moddalari kimyosi instituti katta ilmiy xodimlari; U.K.Aytmuratova, A.A.Siddiqova - O'simlik moddalari kimyosi instituti tayanch doktorantlari.

79

qadar quyultiriladi. Quyultirilgan ekstrakt ajratgich kolonkasida 5:1 nisbatda xloroform bilan organik erituvchilarda eruvchi qo'shimcha yot moddalardan tozalab olinadi. Tozalangan ekstrakt rotorli vakuum bug'latish uskunasida 0.6 kg/sm3 kam bo'lmagan vakuum ostida 60°C dan yuqori bo'lmagan haroratda smola holatiga kelguniga qadar quyultiriladi. Quyultirilgan ekstraktdan kristallizatorda 95% li etil spirti yordamida suvda eriydigan polisaxaridlar yig'indisi cho'ktirib olinadi va filtrlanadi. Olingan polisaxaridlar yig'indisi quritiladi. Polisaxaridlar yig'indisining chiqish unumi xomashyoda saqlashiga nisbatan 72% ni tashkil etadi.

Capparis spinosa o'simligining ildiz qismidan ajratib olingan polisaxaridlar yig'indisining o'tkir zaharliligini o'rganish uchun tana vazni 18-22 g bo'lgan nasilsiz oq erkak sichqonlarda o'rkazildi. Tajriba uchun olib kelingan hayvonlar vivariya sharoitida 10 kun davomida karantinda saqlandi. Tajriba davomida hayvonlar standart vivariya sharoitida tabiiy 12 soatlik yorug'lik sikli bilan, 25±2°C havo haroratida saqlandi. Oziqlantirish tajriba hayvonlari uchun oziq-ovqat standartlariga muvofiq ta'minlandi. Hayvonlar ichimlik suvi sanitariya-kimyoviy va bakteriologik tahlildan o'tkazilib, kemiruvchilar uchun maxsus ichimlik idishlari yordamida suvdan cheksiz foydalanish imkoniyati yaratib berildi [20]. Tajribalar Eksperimental tadqiqotlarda foydalaniladigan umurtqali hayvonlarni himoya qilish bo'yicha Yevropa konvensiyasining xalqaro tavsiyalariga muvofiq o'tkazildi [21].

Tajriba uchun tanlab olingan hayvonlar guruhlarga ajratildi, har bir guruhga 6 donadan sichqon olindi. Capparis spinosa o'simligining yer ustki qismidan ajratib olingan polisaxaridlar yig'indisining rezorbtiv ta'sirini tabiati va o'tkir zaharlilik ko'rsatkichlarining o'rganish tajribalari "Yangi farmakologik moddalarni eksperimental (klinikadan oldingi) o'rganish bo'yicha qo'llanma" ga muvofiq olib borildi [22,23]. O'rganilayotgan moddaning 5.0-10.0% eritmasi atravmatik metall naycha yordamida og'iz orqali me'da ichiga bir marta yuborilgandan so'ng, tajriba hayvonlarining holati 14 kun davomida kuzatildi. O'rtacha o'lim dozasining statistik tahlili IBM® SPSS® Statistics v27.0.1.0 dasturi yordamida aniqlandi [24].

Capparis spinosa o'simligi ildizi turli vegetatsiya davri va o'sish joyiga qarab, namunalardagi miqdoriy jihatdan suvda eriydigan polisaxaridlar yig'indisi 0.6% dan 1.1% oralig'ida ekanligi aniqlandi. Tadqiqot natijasida Capparis spinosa o'simligining spirtda eriydigan polisaxaridlar yig'indisi tarkibida spirtda eriydigan polisaxaridlari geksoza - glyukoza, ketosaxarlar fruktoza va saxarozadan tashkil topganligi aniqlandi. Ajratib olingan polisaxaridlar och jigarrang rangdagi amorf kukun ko'rinishida bo'lib, ular suvda yaxshi eriydi, tekshirilayotgan xom ashyoda kraxmal tipidagi glyukan mavjudligi yod eritmasi bilan rang o'zgarishini namoyon qiladi.

Capparis spinosa o'simligining ildiz qismidan ajratib olingan suvda eriydigan polisaxaridlar yig'indisining rezorbtiv ta'sirini tabiyati va o'tkir zaharlilik parametrlarini o'rganishda rezorbtiv ta'sirning umumiy o'ziga xos tomonlariga, yuboriladigan dozaga va modda kiritilgandan keyingi ta'sir qilish vaqti va tajriba hayvonlarida kuzatilgan o'lim holatiga qarab zaharlilik xususiyatlarining namoyon bo'lishiga e'tibor berildi. O'tkir zaharlilik natijalari 1-jadvalda keltirilgan.

Zaharlanish kartinasi. Capparis spinosa o'simligi ildizidan ajratib olingan suvda eriydigan polisaxaridlar yig'indisining o'tkir zaharliligi o'rganilayotgan tajriba hayvonlariga 500.0-1000.0-2000.0-3000.0-4000.0-5000.0mg/kg dozada og'iz orqali metall naycha yordamida me'da ichiga yuborilgandan so'ng 10-15 daqiqadan harakat faolligi sezilarli darajada sustlashdi, hiqichoq bor, nafas olish yurak urishi tashqi tovush va og'riq sezish reaksiyalari nazorat guruhi hayvonlariga solishtirilganda sezilarli o'zgarish kuzatilmadi, hayvonlar 60-80 daqiqa ichida o'z holatiga qaytdi, sutka davomida o'lim holati kuzatilmadi. 6000.0-7000.0-8000.0 mg/kg dozada yuborilganda, 5-8 daqiqadan harakat faolligi sustlashdi biroq og'riq sezish va tashqi tovush eshitish reaksiyasi biroz pasaygan, sutka davomida o'lim holati kuzatilmadi, 2 sutkadan hayvonlar normal holatga qaytdi. Moddaning 8300.0 mg/kg dozada yuborganimizda harakat faolligi sustlashdi biroq og'riq sezish va tashqi tovush eshitish biroz pasaygan, 6 dona tajriba hayvonidan 1 donasida 74 daqiqada o'lim holati kuzatildi. 14 kun davomida hayvonlar vivariya sharoitida saqlandi boshqa tajriba hayvonlarida o'lim holati kuzatilmadi. Dozani 8500.0 mg/kg yuborilgan hayvonlarda 4-6 daqiqadan harakat faolligi sustlashdi, ko'zlar chala yumilgan hiqichoq sust titroq kuzatildi, 47 daqiqada 1 ta sichqonda o'lim

80

holati kuzatildi, 61 daqiqada 2 chi sichqonda o'lim holati kuzatildi. Kun davomida boshqa hayvonlarda o'lim holati kuzatilmadi. Moddaning 8750.0 mg/kg dozada yuborilgan tajriba hayvonlarida 3-5 daqiqadan harakat sustlashdi, nafas olishi sekinlashgan, hiqichoq va boshda titroq kuzatildi, qo'l va oyoq muskullari bo'shashgan qorin bilan harakatsiz holatda yotish kuzatildi, 6 ta hayvondan 35 daqiqada 1 ta sichqonda o'lim, 45 daqiqada 2-sichqonda o'lim, 63 daqiqada 3-sichqonda o'lim holati kuzatildi. Kun davomida boshqa tajriba hayvonlarida o'lim kuzatilmadi. 8900.0 mg/kg dozada modda yuborildi, 3-5 daqiqadan xarakat sustlashishi, ko'zlar chala yumilgan tashqi tovush og'riq sezishni yo'qolishi, barcha hayvonlarda davomiy titroq, qo'l oyoq muskullari bo'shashishi, yonbosh xolatdani kuzatilishi, 21 daqiqada 1-sichqonni o'limi kuzatildi, 32 daqiqada 2-sichqonni o'limi, 43 daqiqada 3-sichqonni o'limi, 74 daqiqada 4-sichqonni o'limi kuzatildi. 24 soat davomida boshqa o'lim holati kuzatilmadi. Moddaning dozasi 9000.0 mg/kg yuborilgan tajriba hayvonlarida 3-4 daqiqadan xarakat sustlashdi, og'riq va tashqi shovqin eshitish reaksiyasi yo'qoldi, qo'l oyoq muskullari bo'shashdi, davomiy titroq kuzatildi, 11-52 daqiqa oralig'ida 6 ta tajriba hayvonidan 5 donasida o'lim kuzatildi. Moddaning dozasi 9100.0 mg/kg yuborilganda tajriba hayvonlarining 100% da o'lim holati kuzatildi va olib borilgan tajribaning natijalari 1-jadvalda keltirildi.l-jadval

Capparis spinosa o'simligi ildizidan ajratib olingan polisaxaridlar yig'indisimng o'tkir

zahar iligi

№ Modda nomi Doza mg/kg Hayvonlarning o'limi / omon qolishi LD50

500.0 0/6

1000.0 0/6

2000.0 0/6

3000.0 0/6

4000.0 0/6

5000.0 0/6

1 Capparis spinosa o'simligi ildizidan ajratib olingan suvda eriydigan polisaxaridlar yig'indisi 6000.0 7000.0 8000.0 8300.0 8500.0 8750.0 8900.0 9000.0 9100.0 0/6 0/6 0/6 1/5 2/4 3/3 4/2 5/1 6/0 8582.8 (8150.0+8916.7)

2 LD50* 8582.8 (8150.0+8916.7)

3 LD100** 10232.8 (9502.9+15442.2)

Izoh * - LD50; ** - LD100

Olingan ma'lumotlarning statistik tahlili IBM SPSS Statistics v29.0.1.0(171) dasturiy ta'minoti bilan amalga oshirildi:

Capparis spinosa o'simligi ildizidan ajratib olingan polisaxaridlar yig'indisinmg o'rtacha o'lim dozasi (LD50 ishonch oralig'i bilan) 8582.8 (8150.0+8916.7) mg/kg ni tashkil qiladi. GOST 12.1. 007-76 ga ko'ra kam zaharli moddalar (IV-sinf) ga kiradi [25]., va A.V. Stefanov tasnifiga ko'ra amaliy zaharliligi kam bo'lgan moddalar (V sinf) toifasiga kiradi [26].

Mazkur tadqiqot PZ-2019062121 "Capparis spinosa o'simligi g'unchasi va mevasidan olinadigan quruq ekstraktiv moddalar asosida keng miqyosdagi - stimulyator ta'sirga ega dori vositasini yaratish" (2020-2022 yy.) amaliy loyihasi doirasida bajarilgan.

81

Xulosa Capparis spinosa o'simligining ildiz qismidan ajratib olingan suvda eriydigan

polisaxaridlar yig'indisini kimyoviy tarkibi o'rganildi.

Capparis spinosa o'simligi ildizidan ajratib olingan polisaxaridlar yig'indisining o'tkir zaharliligi

kam bo'lgan moddalar guruhiga kirishi bilan ushbu moddaning biologik faolligi ustida chuqur

farmakologik izlanishlar olib borishga zamin bo'ladi.

Adabiyotlar:

1. Руководство по экспериментальному (доклиническому) изучению новых фармакологических веществ / под общ. ред. Р.У. Хабриева. - 2-е изд., перераб. и доп. -М.: ОАО «Издательство «Медицина», 2005. - 832 с.

2. Халматов Х.Х. Дикорастущие лекарственные растения Узбекистана // Ташкент. Медицина. -1964. -185 с.

3. Акопов И.Э. Кровоостанавливающие растения // Ташкент. "Медицина" -1981. -295.с.

4. Aghel N.; Rashidi I. and Mombeini A. Hepatoprotective Activity of Capparis spinosa Root Bark Against CC14 Induced Hepatic Damage in Mice // Iranian Journal of Pharmaceutical Research. -2007. -6(4). -Р. 285-290.

5. Ali-Shtayeh A., Abu Ghdeib S.L. Antifungal activity of plant extracts against dermatophytes // Mycoses. -1999. -№42. -Р. 665-672.

6. Ambali S.F., Akanbi D.O., Oladipo O.O., Yaqub L.S., Kawu M.U. Subchronic Chlorpyrifos-Induced Clinical, Hematological and Biochemical Changes in Swiss Albino Mice: Protective Effect of Vitamin E // Int. J. Biol. Med. Res. -2011. -2(2): -Р. 497-503.

7. Arrar L., Benzidane N., Krache I., Charef N., Khennouf S., Baghiani B. Comparison between polyphenol contents and antioxidant activities of different parts of Capparis spinosa L // Phcog Commn. -2013. -3.2. -Р. 70-74.

8. Benzidane N., Charef N., Krache I., Baghianl A., Arrar L. In Vitro Bronchorelaxant Effects of Capparis Spinosa Aqueous Extracts on Rat Trachea // J. App. Pharm. Sci. -2013. -3.09. -Р. 085088.

9. Bonina F., Puglia C., Ventura D., Aquino R., Tortora S., Sacchi A., Saija A. Tomanio A., Pellegrino M.L., De Carparis P. In vitro antioxidant and in vivo photoprotective effects of a lyophilized extract of Capparis spinosa L. buds // J. of Cosmetic Science. -2002. -№53. -Р. 321335.

10. Cao Y.L., Li X., Zheng M. Effect of Capparis spinosa on fibroblast proliferation and type I collagen production in progressive systemic sclerosis // Zhongguo Zhong Yao ZaZhi. -2008. -33.5. -Р. 560-563.

11. Eddouks M., Lemhadri A., Michel J. Hypolipidemic activity of aqueous extract of Capparis spinosa L. in normal and diabetic rats // J. Ethanopharmacol. -2005. -98.3. -Р. 345-350.

12. Kulisic-Bilusic T., Schmoller K., Schnabele K., Siracusa L., Ruberto G. The anticarcinogenic potential of essential oil and aqueous infusion from caper (Capparis spinosa L.) // Food Chemistry. 2012. -№132. -Р. 261-267.

13. Yilli A., Tao Wu, Сагдуллаев Б.Т., Aisa H.A., Ульченко Н.Т., Глушенкова А.И., Рахмонбердиева Р.К. Липиды и углеводы корней Capparis spinosa // Хим.природ.соед. -2006. -№1. -С. 81-82.

14. Asilbekova D.T., Tursunkhodjaeva F.M., Yuldasheva N.K., Ul'chenko N.T., Glushenkova A.I. Lipids from seeds and leaves of Capparis spinosa L. // 7th International Symposium on the Chemistry of Natural Compounds, Tashkent. -2007. -P. 116.

15. Юлдашева Н.К., Ульченко Н.Т., Глушенкова А.И. Липиды семян Capparis spinosa // Хим.природ.соед. -2008. -№ 5. -С. 516.

16. Асилбекова Д.Т., Турсунходжаева Ф.М. Липиды листьев Capparis spinosa L. // Химия растительного сырья. -2009. -№2 -С. 97-99.

17. Ботиров Р.А., Валиев Н.В., Жураев О.Т., Садиков А.З., Сагдуллаев Ш.Ш., Турсунова Ш.З. Технология производства алкалоида стахидрина из растения Capparis spinoza L //

82

Universum: технические науки : электрон. научн. журн. 2020. № 9(78).С. 55-59. DOI -10.32743/UniTech.2020.78.9-2.

18. Д.Р. Сиддиков, А.А. Ганиев, Р.А. Ботиров, Х.М. Бобакулов, А.З. Садиков, Ш.Ш.Сагдуллаев / Capparis spinosa L. усимлиги ер устки кисмининг флавоноид таркиби // "Kimyo ta'limi, fan va ishlab chiqarish integratsiyalari" mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 22 may 2024 yil. Qo'qon. IV sho'ba B. 148-150. http://doctors.am/en.

19. Ali A.A. We are Intech Open, the world's leading publisher of Open Access books Built by scientists, for scientists TOP 1 % and Biological. Application. GJRR [1] [3] [2014] 051-058.

20. European Convention for the Protection of Vertebrate Animals Used for Experimental and Other Scientific Purposes, ETS №123, Strasbourg. 1986.

21. Руководство по проведению доклинических исследований лекарственных средств. Часть I / председатель редколлегии А. Н. Миронов. —М.: Гриф и К, 2012. — 944 с.

22. Руководство по экспериментальному (доклиническому) изучению новых фармакологических веществ / под общ. ред. Р. У. Хабриева. — 2-е изд., перераб. и доп. — М.: Медицина, 2005. — 832 с.

23. IBM SPSS Statistics 27 Documentation.

24. Meжгосударственный стандарт система стандартов безопасности труда вредные вещества классификация и общие требования безопасности ГОСТ 12.1.007-76. Москва Стандарти нформ, 2007г.

25. А.В.Стефанова «Доклинические исследования лекарственных средств», Киев 2002, Часть I, с. 91.

CAPPARIS SPINOZA OSIMLIKILDIZIDAN OLINGAN BIOLOGIK FA OL POLISAXARIDLAR YIG'INDISININGKIMYOVIY TARKIBI VA O'TKIR ZAHARLILIGI

Shifobaxsh o'simliklardan ajratib olingan ekstrakt va indivudial moddalarning kimyoviy tarkibi va o'tkir zaharliligi o'rganish yangi va samarali dori vositalarini yaratish jarayonining asosiy bosqichi hisoblanadi. Ushbu maqolada Capparis spinoza o'simligining ildiz qismidan ajratib olingan biologikfaol polisaxaridlar yig'indisining kimyoviy tarkibi va tajriba hayvonlarida aniqlangan o'tkir zaharliligi haqida ma'lumot berilgan.

ХИМИЧЕСКИЙ СОСТАВ И ОСТРАЯ ТОКСИЧНОСТЬ СОВОКУПНОСТИ БИОЛОГИЧЕСКИ АКТИВНЫХ ПОЛИСАХАРИДОВ, ПОЛУЧЕННЫХ ИЗ КОРНЯ

CAPPARIS SPINOSA

Изучение химического состава и острой токсичности экстрактов и отдельных веществ, извлеченных из целебных растений, является ключевым этапом процесса создания новых и эффективных лекарств. В данной статье дается информация о химическом составе и острой токсичности выделенной у подопытных животных суммы биологически активных полисахаридов из корня Capparis spinosa.

CHEMICAL COMPOSITION AND ACUTE TOXICITY OF A SET OF BIOLOGICALLY ACTIVE POLYSACCHARIDES OBTAINED FROM THE ROOT OF THE CAPPARIS

SPINOSA

The study of the chemical composition and acute toxicity of extracts and individual substances extractedfrom medicinal plants is a key stage in the process of creating new and effective medicines. This article provides information on the chemical composition and acute toxicity of the amount of biologically active polysaccharides of Capparis spinosa, the root part of the plant, isolated from experimental animals.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.